ZOMINIY
1.87K subscribers
5.28K photos
1.78K videos
30 files
3.03K links
Download Telegram
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirgan mega-loyiha — “Talabalar festivali” o‘tkazildi

Salkam bir oy davomida Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida millionlab yoshlarni birlashtirgan “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tdi.

“Kontent72” ijtimoiy videoroliklar tanlovi, “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”, “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘quv yig‘ini, barcha hududlarda va respublika miqyosida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Quvnoqlar va zukkolar” festivallari o‘tkazilib, ularda jami 600 ming nafar talaba-yosh qatnashdi.

Shuningdek, talabalar uchun “BMT modeli” loyihasi, “Ibrat” debat turniri, “Yurtim qadriyatlari” tanlovi, talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy konferensiyasida 100 mingdan ortiq, jami 700 mingdan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Festival doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “O‘zmilliybank” AJ, AT “Aloqabank”, Savdo sanoat palatasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida 21-23 may kunlari “Talaba Expo – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, 3 kun kun davomida 700 ta xususiy kompaniyalar va davlat idoralarining bo‘sh ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar ko‘rgazmasi, biznes loyihalar portfellari bo‘yicha mahorat darslari, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida muvaffaqiyatli bitiruvchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Buning natijasida 53 ming nafarga yaqin bitiruvchi yoshlar qamrab olindi, shuningdek, 4967 nafar talaba bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirildi, 924 nafar talabaning biznes loyihalari ko‘rib chiqilib, kredit ajratiladigan bo‘ldi.

“Abituriyentlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika va Inha universitetlari, Toshkent davlat tibbiyot universitetlarining taniqli bitiruvchilari va ularning muvaffaqiyatlari yuzasidan rektorlarning taqdimotlari o‘tkazilib, 3000 nafar abituriyent qamrab olindi.

Qolaversa, “Talabalar kuni” doirasida 50 nafar iqtidorli startapchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaStartUp Pitch” tanlovi, 150 nafar iqtidorli yoshlar ishtirokida “TalabaTalant” kreativ shousi, 400 nafar faol talaba yoshlar ishtirokida motivasion uchrashuv o‘tkazildi.

“Talabalar festivali”ning yakunida Toshkent shahrida 20 ming nafar, barcha hududlarda 600 ming nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar ishtirokida gala-konsert dasturlari tashkil etildi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalist Abror Zohidov oʻz sahifasida yozadi.

✍️ 31 yil bo‘ldi, bitta rasmga tushishga pul topa olmagandi u

Maktabni 1994 yilda tugatganmiz. Mana shu yillarni eng og‘ir davrlar deb bilaman. Bitiruv kunlari bug‘doy mashoq qilib pul yiqqanmiz, dasturxonga non yetmay qolgan, oshimiz go‘shtsiz suzilgan.

Sinfdoshim bor edi, bilimi yaxshi edi, niyatlari katta bo‘lgandi. Attestatni olgandan keyin otasiga o‘qishga borishini aytibdi. Qishloqdan avtobusga, yo‘lkirasiga, rasmga tushib, hujjat tayyorlashiga puli bo‘lmagani uchun jo‘natmabdi. Bugungi kun hisobida taxminan 100-150 ming topilmagan, bormadi, institut degan joyni ko‘rmay ham armonda o‘tdi.

Ota-onalar bitiruv puli uyoqda tursin, bolalarning qornini o‘ylab qaqshab qolishgandi. Hamma qashshoq bo‘lgan paytlar edi chindanam. Farzandlarimga aytsam ishonishmaydi...

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi ish vaqtidan tashqari ishlaganlar uchun 1,5 baravar haq to‘lanishi mumkin

Ish beruvchilar va xodimlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilibdi.

Unga ko‘ra, endilikda ish vaqtidan tashqari ishning bir kunda birinchi ikki soati uchun kamida bir yarim hissa miqdorida, ikki soatdan ortiq qismi uchun kamida ikki hissa miqdorida (mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda – har bir soati uchun kamida ikki hissa miqdorda) haq to‘lanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, ishchilarning manfaatlari bilan bog‘liq normalar yanada aniqlashtirilmoqda. Amalda ikki hissa miqdorida haq to‘lash belgilangan, ammo miqdorning yuqoriligi uni ta’minlashni qiyinlashtirib kelayotgan edi.

Shuningdek, amalda xodimni bir yil ichida 120 soatdan ortiq ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin emasligi haqida me’yor bor. Ammo xalqaro va xorijiy tajribada bu me’yor ko‘proqligi hisobga olinib, endilikda me’yor ikki kun davomida to‘rt soatdan oshmasligi belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, mavjud 120 soatlik cheklovni olib tashlash va qo‘shimcha ish uchun 1,5 baravar miqdorida haq to‘lash taklif qilinmoqda.


Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Roddomda bo‘layotgan holat deyishmoqda. Kim borsa, kesarevo qilish kerak deyishayotgan emish.

Operatsiya uchun esa 300-500 dollargacha pul talab qilishar ekan. Pul berilmasa, qarashmayapti, deyishmoqda ayrim “doktorlar” haqida.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forish tumanida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda

Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Forish tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hududdagi asosiy avtomobil yo‘llarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar tumandagi aholi uchun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ichki turizm rivoji va iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’mirlash ishlari ikki bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birinchi navbatda eng katta harakat intensivligiga ega bo‘lgan yo‘l uchastkalari qamrab olinmoqda. Yo‘llar ikki tomonlama ta’mirlanmoqda: asfalt qoplamasi yangilanmoqda, yo‘l chekalari mustahkamlanmoqda hamda zarur hollarda yo‘l belgilarini yangilash, yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlari ham bajarilmoqda.

Ayni paytda, mahalliy aholi va haydovchilar tomonidan ta’mirlash ishlari ijobiy kutib olinmoqda. Ular mazkur loyiha tufayli nafaqat transportda harakatlanishdagi qulaylik oshganini, balki xavfsizlik darajasi ham yaxshilanganini ta’kidlamoqdalar.

Shuningdek, ta’mirlash jarayonida zamonaviy texnika vositalari va sifatli qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar ishlarni belgilangan muddatda, yuqori sifat bilan yakunlashni maqsad qilgan.

Ushbu ta’mirlash ishlari Forish tumanidagi yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilab, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yoshlarimiz kuchli, aqlli va bilimli. Ularga imkoniyat va sharoitlar yaratib berilaversa, natijalar ham o‘zini ko‘p kuttirmaydi...

Jizzaxda talaba oziq-ovqat chiqindilaridan 80 benzin o‘rnini bosuvchi bioyoqilg‘i olish bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan ekan. O‘zMU Jizzax filiali 1-bosqich magistranti Bobur Anvarov tomonidan benzinga alternativ tarzda bioyoqilg‘i yaratish bo‘yicha startap loyiha amalga oshirilmoqda.

Dastlabki sinov bosqichlari Jizzax yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.

Yosh izlanuvchining qayd etishicha, yoqilg‘i kraxmal moddalariga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan olingan va uning quvvati avtomobillar harakati uchun yetarli.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zomindagi bir qator qishloqlarda kuzatilgan yomg‘irlar natijasida vaqtinchalik sel yo‘llaridan 4 ta sel oqimlari o‘tdi

“Duoba” MFY, Qorong‘isoy qishlog‘i hududida kuzatilgan sel oqimi mahalliy avtomobil yo‘liga chiqqan. Hozircha hech qanday talofat kuzatilmadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zominda kuzatilgan sel hodisasi

FVVning xabar berishicha, hodisa oqibatida fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va chorva mollariga zarar yetmagan. Hozirda qisman avtomobillar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇿 Qozog‘istonlik tadbirkor 100 ishchisiga kvartira sovg‘a qildi!

Yirik tadbirkor Tursen Alaguzov o‘zi asos solgan biznesida 15 yildan buyon hamkorlikda ishlab kelayotgan ishchilardan 100 nafariga kvartira sovg‘a qildi.

Oddiy oshpazlar, haydovchilar, texnik xodimlar bu saxiylikdan juda mamnun. Tadbirkorning bunday saxovatpeshaligi bir kechada Qozog‘iston yangiliklarida tarqalib ketdi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

👏 Haqiqiy rahbar shunday bo‘ladi!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Davlat buyurtmasidagi qurilishlarda kim yutadi, kim yutqazadi?

Bugun qurilish firmalarida ishlovchi bir nechta tanishlarim bilan suhbatlashib qoldim. Ular achchiq haqiqatni gapirib berdilar:

> Davlat buyurtmasi asosida qilinadigan qurilishlarda umuman foyda ko‘rib bo‘lmay qolyapti.

Loyiha-smetalar shunday hisob-kitob bilan tuziladiki, smeta bo‘yicha ishlagan firma ko‘pincha hatto foyda emas, balki minusda qoladi. O‘z hisobidan qo‘shimcha xarajat qilishga majbur bo‘ladi.

Endi bir o‘ylab ko‘ring: bu holatda qurilish firmasi qanday qilib tirik qoladi? U faqat sifatsiz mahsulotlardan foydalanish orqali qisman foyda ko‘rishi mumkin. Natija esa hammaga ayon: sifatsiz obyektlar, nosog‘lom infratuzilma, zarar ko‘radigan jamiyat.

‼️ Nahotki mas’ullar bunday sun’iy bosim va sharoitlarni bilib turib, ko‘z yumishsa? Nahotki shunday tizimda davlat buyurtmalarini hal qilish davom etaversa?

👉 Sifatli qurilish — bu nafaqat firmalarning, balki butun jamiyatning manfaatidir. Bu masala hamma uchun o‘ta muhim. Jim bo‘lmasligimiz kerak!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“UzAuto Motors” bugundan Chevrolet Malibu XL avtomobili uchun kontraktasiyani qayta boshlaganini ma'lum qildi

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADOLAT TANTANASI / Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining hukmi bilan oqlangan Latif O‘raqovning odil sudlov haqidagi fikrlari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining 2025 yil 4 martdagi O‘raqov Latif Qurbanovichga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qilindi.

O‘raqovning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli u O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan aybsiz deb topilgan va reabilitatsiya qilingan (oqlangan).

Oqlangan O‘raqov reabilitatsiya qilinish munosabati bilan unga yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyonni qoplash oqibatlarini O‘zbekiston Respublikasi JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Namanganlik qadrdonimizdan yarim narxdagi halol go‘sht!

Ulug‘bek aka — bizning eski tanishimiz, hozir Pokiston, Hindiston va Belarusiyadan halol sertifikatiga ega go‘sht mahsulotlarini olib kelib, deyarli yarim narxda yurtdoshlarimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Ta’mi — bizning bozordagi go‘shtlardan deyarli ajralmaydi!
Halollik kafolati, sifat va qulay narx!
Yirik restoranlar, do‘konlar va ulgurji xaridorlarga yetkazib beriladi.

Sifatli va halol mahsulot har doim baraka olib keladi! 🍀🥩

TOʻLIQ VIDEONI KOʻRISH UCHUN:

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun biz Axsikent tarixiy majmuasida bo‘ldik. Bu yerda yurarkanmiz, go‘yo tarixning o‘zida sayr qilayotgandek his etdik. Har bir xaroba, har bir devor – o‘tmishning jimjimador sahifalaridan bir bo‘lagi. Qadimiy hunarmandlar mehnati, tarixiy voqealar – barchasi shu yerda mujassam. Axsikent – bu nafaqat arxeologik yodgorlik, balki milliy g‘ururimizning timsoli.

Axsikent (yoki Axsikat) — O‘zbekistonning Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan qadimiy shahar xarobasi. Miloddan avvalgi III asrda tashkil topgan bu shahar IX–X asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida Axsikent haqida alohida ta'riflar mavjud: "Farg‘onada Andijondan so‘ngra mundin ulug‘roq qasaba yo‘qtur... Umarshayx Mirzo muni poytaxt qilib edi" .

Madaniyati va hunarmandchiligi:
Axsikent o‘z davrida Buyuk Ipak yo‘lining muhim shahri bo‘lib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida tanilgan. Shaharda shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. Ayniqsa, bu yerda ishlab chiqarilgan Damashq po‘lati bilan mashhur qilichlar Sharq va G‘arb bozorlarida yuqori baholangan .

Arxitektura va infratuzilma:
Shahar mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, devor balandligi 20 metrga, qalinligi esa 10 metrga yetgan. Shaharda 5 ta darvoza bo‘lgan va har bir darvoza atrofi chuqur xandaqlar bilan o‘ralgan. Ichki shahristonda yer osti suv inshootlari mavjud bo‘lib, bu shaharning mudofaa va hayotiy ehtiyojlarini ta'minlagan .
Bugungi kunda Axsikentning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlik sanaladi. 2019-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev Axsikent arxeologik yodgorligida bo‘lib, uning O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlagan .

Sayyohlik va tadqiqotlar:
Axsikentda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimiy hammom, jome masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark kabi obyektlar aniqlangan. Shuningdek, qoraxoniylar davriga oid devoriy rasmlar va ming yillik Damashq qilichlari topilgan .

TOʻLIQ VIDEONI KOʻRISH UCHUN:

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Youtube monetizatsiyasi o‘zbekistonliklar daromadini yiliga $30-50 mln.ga oshirishi mumkin

"Iqtisodiy sharh" jurnali o‘rganishlariga ko‘ra, Youtube O‘zbekistonda monetizatsiya qilinishi natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga $30-50 mln.ga yetishi mumkin. Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi (kreativ iqtisodiyot bo‘yicha katta rejalar qo‘yilayotganiga qaramay, amalda so‘z erkinligi koridorlari torayishi hisobiga uning tobora biqiqlashuvi yuz bermoqda).

Hozirda, Youtube'ning o‘zbek segmentida kontent yaratuvchilarda xarajat bor, lekin platformadan olinadigan bevosita daromad yo‘q (mintaqada faqat Qozog‘istonda monetizatsiya ochiq). Monetizatsiya ochilishi milliy kontent uchun faqat davlat mablag‘lari emas, reklama daromadlarini yo‘naltirish, sifatni oshirish va boyitish imkoniyatlarini ochgan bo‘lardi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi o‘tgan 2024 yilda 2,1 trln.so‘mni tashkil etgan, 29% - raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20% - tashqi reklama, 51% - telereklamalar). Lekin bu faqat ichkaridagi tranzaksiyalar hisobiga. Reklama eksporti deyarli yo‘q (import bor va yildan yilga oshmoqda).

Manba

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri keladi — Prezident qarori

7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "ZOMINLIKLAR"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

📣 31-may! ZOMINLIKAR tayyormisiz? idea do'koni ERTAGA 11:00 da ochiladi!

❗️Sizni 1+1 Sovg'ali va ko'plab CHEGIRMALI aksiyalar kutmoqda!

📍MANZIL - Zomin sh. Korzinka supermarketi ichida. Mo'ljal: Dehqon bozori

☑️ Boshlang'ich to'lov - YO'Q
☑️
Ortiqcha ovoragarchilik- YO'Q
☑️
Kafillar kerak emas - YO'Q

Batafsil ma'lumot:
📞 71-230-7799 | Chat Zarina

👉 ARZON NARXLAR | Instagram | Do'konlarimiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Dunyoda 6-ommaviy qirilish jarayoni allaqachon boshlangan… Raqamlar qo‘rqinchli, kerakli choralar ko‘rilmasa, halokatdan qochib qutula olmaymiz…

Buning sababi esa…

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi dunyoga xavf solayotgan eng katta ekologik muammolardan biriga e’tibor qaratdi.

Batafsil ma’lumot ushbu videoda!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM