ZOMINIY
1.85K subscribers
5.26K photos
1.76K videos
30 files
2.97K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalq dardini o‘z dardidek qabul qilgan hokim!

Ikki oylar oldin qishloqqa borganimda onam uyga mehmon kelishini aytdi. “Kim?” deb so‘raganimda, “bir kampir xola” dedi.
O‘sha kuni uyimizga onam tug‘ilib o‘sgan qishloqda yashovchi, ancha qarib qolgan Qaliya xola ismli ayol keldi. U kishi uyini termit (sariq chumoli) bosib, endi qulab tushish arafasida ekanini, kechasi shamol bo‘lsa tom bosib qolishidan qo‘rqib yashayotganini aytib, yordam so‘radi. Ularning o‘g‘li ham yosh va sog‘lig‘ida muammolari bor ekan.

Vaziyatni tushunib, birinchi o‘rinda Zarbdor tumanining yangi hokimi Bekzod Toshpo‘latov akamizga murojaat qildim. Hokim bova ushbu muammoni tinglab, befarq boʻlmadi, mas’uliyat bilan yondashdi. Avval mas’ullarini yuborib, ikki kun oldin shaxsan o‘zi borib, Qaliya xolamizning uyini ko‘zdan kechiribdi. Holat haqiqatda abgor ekanini ko‘rib, xolamizga yangi uy qurib berishga va’da beribdi. Faqat bunga 3–4 oy vaqt so‘rabdi.

Bu voqea menga yana bir narsani eslatdi: chin rahbar xalq dardiga befarq bo‘lmaydi, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashadi. Hokim Bekzod akamizning xalq uchun qilgan bu e’tibori va yordami uchun Alloh rozi bo‘lsin!

Nasib qilsa, uy qurilishi jarayoniga o‘zim ham borib, sizlarni ham xabardor qilib turaman.
Shunday xalqparvar, halol, mas’uliyatli rahbarlar ko‘payaversin! 🇺🇿🤲

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabdagi “so‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga otasining mashinasini haydab kelgani aytilgan o‘quvchini YPX xodimi quvlayotgani aks etgan video tarqaldi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Chayladan boshlangan orzular: Komila opaning kuch va sabr hikoyasi”

Ba’zi insonlar bor, ularning hayoti kitob yozishga arzigulik. Bugun biz shunday insonlardan biri — Komila opaning gulchilik issiqxonasiga sayohat qildik.

Komila opa hayotda juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan: uysiz qolgan, pulsiz qolgan, bolalari bilan chaylalarda yashagan kunlari ham bo‘lgan. Lekin u taslim bo‘lmadi. Umidini yo‘qotmadi. Har bir kunini mehnat va intilish bilan o‘tkazib, bugun esa u katta tadbirkor, o‘zining zamonaviy gulchilik issiqxonasini barpo etgan ayolga aylangan.

Issiqxonada qadam bosgan har bir joyingizda Komila opaning mashaqqatli yo‘li, sabri va mehnati aks etib turibdi. Har bir gul niholi — bir orzu, bir tilak, bir kuch ramzi.

Ushbu sayohat nafaqat gulchilik dunyosiga, balki insoniy sabr, matonat va mehnatga ham bir sayohat bo‘ldi. Shunday kuchli ayollarimiz borligi bilan faxrlanamiz!
🇺🇿❤️

Sizga ham shunday kuch va sabr tilaymiz! Orzularingizdan voz kechmang!

https://youtu.be/spLDRWWPkUg?si=GQ7qbNrg4xPJMBtd

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SARDOBA_SUV_OMBORI 💧🇺🇿

Qishloqdan Toshkonga qaytishda Sardoba Suv Ombori yonidan oʻtib, ushbu suratni oldim va internetdagi ma'lumotlar asosida ushbu postni tayyorlashga harakat qildim.

Sardoba suv ombori: fojia saboqlari va kelajakdagi rejalar

2020-yil 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi O‘zbekiston tarixidagi eng yirik texnogen falokatlardan biriga aylandi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, minglab uylar va infratuzilma vayron bo‘ldi.

Bugungi holat (2025-yil):

Sardoba suv ombori qayta tiklanmoqda. Hozirda omborda 230 million m³ suv to‘plangan bo‘lib, bu hajmni 350 million m³ ga yetkazish rejalashtirilgan.

Tiklash ishlari davomida Rossiya va boshqa xorijiy mutaxassislar jalb etilgan, texnik yechimlar chuqur o‘rganilmoqda.

Ombor atrofida 10,7 MVt quvvatga ega GES qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu loyiha Rossiyaning “Silovyye mashiny” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.


Javobgarlik masalasi:

Sardoba fojiasi yuzasidan 17 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular orasida buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari va ekspluatatsiya xizmati vakillari bor.


Savollar tugʻiladi:

Mas'ullar, bu fojiadan saboq oldimikan ?

Sardoba qayta ishga tushirilsa, xavfsizlik kafolatlari bormi?

Qanday qilib bu hududdagi aholi yana ishonch bilan yashashga qaytadi?

Bunga kim javob beradi va javobgarlikning oxiri bormi?

Siz qanday fikrdasiz? Sardoba taqdiri siz uchun muhimmi? Quyida fikrlaringizni qoldiring!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biroz oldin metan gaz quyish shaxobchasida to‘xtadik. Yo‘lakdan kutish joyiga borayotganimizda, 2–3 nafar imkoniyati cheklangan yosh yigitlar mana shunday yozuv tushirilgan O‘zbekiston bayroqchalarini tarqatayotganini ko‘rdim.

Men ham haydovchiga sovg‘a qilish maqsadida, bittasini sotib oldim. Menimcha, bu juda yaxshi tashabbus! ☺️🇺🇿

Bu nafaqat ular uchun tirikchilik manbai, balki bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni oshirishning ham kichik, ammo muhim qadami deb hisoblayman.

Har birimiz mana shunday oddiy harakatlar orqali Vatanimiz ramzlariga bo‘lgan mehrimizni, milliy g‘ururimizni namoyon etishimiz mumkin!

Afsuski, kimlardir 3, 4dona bayrogʻimizni oʻsha joydagi chiqindi qutisiga tashlashgayam ulguribdi, bunisi yomon...🇺🇿

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Photo
Duolar bilan boshlangan ishlar natija beryapti!

Zomin Tumani Gulshan qishlog‘imiz faxri bo‘lgan tadbirkorlarimizdan biri — Asxat aka nihoyat Golubika hosilini sotishni boshladi!

Bir yil oldin qishlogʻimiz hokim yordamchisi Dilshod Bozorboyevning tashabbusi bilan ushbu jarayonlar boshlanganda post qilgan edim.

Bu ishlarda Asxat akaga yelkama-yelka yordam berib kelayotgan oila a’zolari, xususan, mehnatkash Guli yangamizga ham alohida tashakkur!

Bir yil oldin mutasaddilar ushbu o‘simlikni qishloqdoshlarimizga tavsiya qilganida, ko‘pchilik tavakkal qilishdan qo‘rqib, ekmadi. Lekin Asxat aka oilasi jasorat ko‘rsatib, tuvaklarda golubika yetishtirish ishiga kirishdi. Mana, o‘sha tavakkal va harakat bugun o‘z samarasini bermoqda:
Guli yangamiz hozirda har bir kilosi 250 ming, 300 ming so‘mdan golubikani sotib, pullarni qurtday sanab olmoqda! 😁🌷

Birinchi terim natijasi — 35 kilogramm hosil!
Va bu hali boshlanishi!

Xech qachon tavakkal qilishdan qo‘rqmang, mehnat qilgan odamga rohatini ko‘rish ham albatta nasib qiladi!

Endi Gulshan tajribasi boʻladi 😁🇺🇿

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Dunyo qarzga botyapti..."

Xalqaro moliya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida dunyo qarzi taxminan 7,5 trillion dollarga oshibdi.

Natijada umumiy qarz 324 trillion dollardan oshib, tarixiy rekord darajaga yetdi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi O‘zbekistonda faqat milliy mahsulotlardan iborat katta savdo markazi bo‘ladi

Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Savdo do‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, to‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish bo‘yicha 15 foizli me’yor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM