ziyodakhanim ytit
2 subscribers
91 photos
22 files
11 links
Download Telegram
Darak bo'shliq

53-mashq. Matnni o'qing. Savollarga javob bering.

Siz miyaning ikkita yarim sharga bo'linishini bilsangiz kerak. Ularning har biri mustaqil ekanini-chi?
Ma'lumki, miya chap va o'ng yarim sharlardan tashkil topgan. Yana shu narsa ham ayonki, agar chap yarim shar shikastlansa, tananing o'ng tarafi, o'ng yarim shar shikastlansa, tananing chap qismi falaj holatiga tushadi. Boshqacha qilib aytganda, miyaning har bir yarim shari tanada o'ziga qarama-qarshi bo'lgan tomonni boshqaradi. Miyaning chap yarim shari aqliy faoliyatning quyidagi turlarini boshqarar ekan:

• hisob-kitob;

0

• tillarni o'zlashtirish;

• mantiqiy bilim;

• tahlil;

• xat-hujjatlar;

• shularga o'xshash boshqa faoliyat turlari.
Miyaning o'ng yarim shari esa faoliyatning quyidagi turlarini boshqaradi:

tasavvur qilish;

ranglarni farqlay olish;

musiqa;

orzu qilish;

ritmni his etish;

faoliyatning shunga o'xshash boshqa turlari
1. Matnda nechta darak gap borligini aniqlang.

2. Siz matnga qanday sarlavha qo'ygan bo'lardingiz?

3. Matndan nimalarni bilib oldingiz?

4. O'ng va chap miya sharlarining farqi nimada ekan? Fikringizni 2-3 ta xabar ma'nosini bildiruvchi gaplar orqali bayon qiling.
1. Matnda 5 ta darak gap bor.

2. "Miyaning chap va o'ng yarim sharlarining faoliyati"

3. Matndan miyaning chap va o'ng yarim sharlarining ish faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldik.

4. Miyaning chap yarim shari hisob-kitob, tillarni o'zlashtirish, tahlil, xat-hujjatlar kabi aqliy faoliyatlarni boshqaradi. Miyaning oʻng yarim shari esa tasavvur qilish, ranglarni farqlash, musiqa, ritmni his etish, orzu qilish kabi faoliyatlarni boshqaradi.
Qoidani yod oling.

Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap darak gap deyiladi. Darak gap oxirida ovoz pasayadi. Darak gapning oxiriga nuqta qo'yiladi.
54-mashq. Matnni o'qing. Har bir gap oxiriga mos tinish belgisini qo'yib, gaplarni ko'chiring.

Bir kuni Alijon qo'y boqib yurgan edi qirga chiqsa, qarg'alar yong'oq yeyishayotgan ekan Alijon ularga kesak otdi qarg'alar og'zidagi yong'oqlarni tashlab qochishdi birozdan so'ng qarg'alar yana yong'oq yeyishni boshladi Alijon yana kesak otdi qarg'alarning jahli chiqib, unga hujum qilishdi Alijon boshqa bunday qilmaydigan bo'ldi

Matnda nechta gap borligini aniqlang. Matnga mos sarlavha toping
Bir kuni Alijon qo'y boqib yurgan edi. Qirga chiqsa, qarg'alar yong'oq yeyishayotgan ekan. Alijon ularga kesak otdi. Qarg'alar og'zidagi yong'oqlarni tashlab qochishdi. Birozdan so'ng qarg'alar yana yong'oq yeyishni boshladi. Alijon yana kesak otdi. Qarg'alarning jahli chiqib, unga hujum qilishdi. Alijon boshqa bunday qilmaydigan bo'ldi.

(Matnda 8 ta darak gap bor.)
Yumshoq, oq rangli narsalar nomi ishtirok etgan 5 ta gap tuzing.

2 Qattiq, qora rangli narsalar nomi ishtirok etgan 5 ta gap tuzing.
Namuna

: 1. Dehqonlar kuz faslida paxtalarni yig'ib olishadi. Ukam qandni choyga solib ichishni yaxshi ko'radi.
2. Rassom natyurmort rasmlarini qora qalamda chizdi. Metallurgiya xalq xoʻjaligini rivojlantirishda ko'p ishlatiladi.
56-mashq. Quyida berilgan so'zlarni to'g'ri

ketma-ketlikda yozib, gaplar hosil qiling.

1. Ona, Vatanga, sadoqatli, bo'l, hamisha.

Har qanday kuch birlikda va hamjihat bo'lishda.

3. Adolat, mezoni, bil, ekanini, taraqqiyot