Ziyonotes
69 subscribers
41 photos
8 videos
86 links
Shaxsiy fikrlar, mulohazalar. O'qilgan kitoblar haqida qisqa xulosalar. Sayohat, tarix. Thoughts from Inside the Box & outside the Box
Download Telegram
Men bu fikrga qo'shilmayman, avvalo musulmon odamning yashashdan maqsadi - Allohning rizoligi, nimadir kashf qilish yoki qayernidir fath qilish emas (bular faqat vosita). Bundan tashqari har bir yangilik o'zi bilan birga muammoni ham olib keladi, shu bois insoniyat hal qiladigan narsa tugab qoladi deb o'ylash to'g'ri emas. Masalan, elektromobil bateriyalari litiydan foydalanadi (qayta tiklanmaydigan resurs) yoki yaqinda chiqqan ChatGPT sababli qaysi matnni robot yozgan qaysini odam yozganini aniqlash muammosi paydo bo'ldi
👍3
"Subyektiv"ning oxirgi - to'ylar haqidagi sonini ko'rib, beixtiyor o'zimizning to'yimizni esladik. Alhamdulillah, to'yimiz ancha kamtar ruhda bo'lgan. Ko'rsatuvda aytilgan aksariyat urf-odatlarning mavjudligini ham bilmas ekanman.
To'yimiz kamtar bo'lgan bo'lsa-da, o'sha vaqtda "menda dabdabaliroq o'tkazish, kursdoshlar, tanishlarimdan uyalib qolmaslik hissi bo'lmagan" deyaolmayman. Yaxshiyamki, ota-onalarimiz, akalarim sog'lom fikrli bo'lib, keraksiz his-tuyg'ularga kerosin sepishmagan. Eslayman, o'shanda yaxshiroq to'yxona gaplashmaganimiz, dasturxonni yaxshiroq qilmaganimiz uchun akamdan xafa ham bo'lganman. Aka, bu uchun sizdan uzr so'rayman ;) Qani edi, hozirgi aqlim bo'lganda bundan ham kamtarroq qilgan bo'lar edik. Agar adashmayotgan bo'lsam, jami 6-7 mln ketgan, xolos. (so'mda 😊)

Buni nega yozyapman?

Hali uylanmaganlarda tengdoshlardan kam bo'lmaslik hissi bo'lishi mumkin. Ishoning, bari - vaqtincha. O'tadi-ketadi. Muhimi baxtli oila qurish, bir-birini tushunib, inoqlikda yashash. Ertaga - 5-6 yil o'tib, o'smirlik qiziqqonliklari ketgach, o'tmishga qarab, to'yingizni eslab uyalmaslik, afsuslanmaslik uchun ham kamtarona to'y qiling. Ota-onadan ham shuni so'rashning yomon joyi yo'q.

***

Yana ko'pchilikda kuzataman, moddiy ta'minotini yaxshilash sababli uylanish, turmush qurishni ortga suradi. Menimcha, hamma narsani tayyor qilib keyin turmush qurish - foydadan ko'ra zarar keltiradi. Agar er-xotin barchasiga birgalikda erishsa, ham ikkalasi uchun qadrli bo'ladi, ham bir-birini suyab yashashi kerakligini anglaydi. Uzoq yillar baxtli turmush qurganlardan so'rasangiz, aksariyati "qanday qilib Toshkentga (yoki boshqa biror joyga) ikki ko'rpacha va gilam bilan kelib, qolganini sekin-asta birga qurganliklarini" hikoya qilishadi.

P.S. Fikrim erta yoki kech turmush qurish haqida emas. Qachon oila qurish yoki umuman oila qurmaslik har kimning shaxsiy tanlovi. Faqat aytmoqchi bo'lganim, agar kimdir oila qurishni istaydi-yu, ammo faqat moddiyatni to'siq deb bilsa, "buni to'siq deb bilmaslik kerak" demoqchiman.
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Esdan chiqmasin bu prikol, qoʻllanma emas 😀
😁4
Barchaning muhabbatiga erishish va boshqarish haqida masal

Bu hikoya haqiqatda sodir bo'lganmi yoki yo'q menga qorong'u. Ammo bugungi kunimizga mos tushadi. Hikoya quyidagicha:
Sovet ittifoqining dastlabki yillarida amaldorlar Stalin ommaviy qatl qilgan, bor mol-mulklarini tortib olgan bo'lsa-da, aholi uni yaxshi ko'rishi, ortidan ergashishi, muhabbati sababini bilaolmay, hayron bo'lishar ekan. Bir kuni Stalin amaldorlarga buni sababini tushuntirish uchun sovuq havoda - dalada to'plabdi. Atrofda don cho'qib yurgan tovuq bor ekan. Buyrug'iga ko'ra, tovuqni Stalinga tutib berishibdi va Stalin tovuqning patlarini yulaboshlabdi. Tanasida qizil go'shti va qon dog'lari ko'rinib, birorta pat qoldirmabdi. Keyin u tovuqni qo'yib yuboradi, lekin u hech qayerga ketmaydi. Havo juda sovuq bo'lgani uchun, jon talash patsiz tovuq Stalinning paltosi ostiga talpinibdi. Shundan so'ng Stalin ora-orada bir dona donni tashlab turibdi, ham sovqotgan ham och tovuq yugurib chiqib donni bir cho'qir, so'ng qaytib palto tagiga kirar ekan. Stalin qayerga borsa tovuq ham ortidan ergashibdi (Stalin u uchun yagona issiqlik va oziq manbai-da)
Shunda Stalin amaldorlarga qarab: "O'rtoqlar, odamlarni mana shunday boshqarish kerak" degan ekan.

***

Alloh bergan gazimizni samarali boshqarmaslik, o'z cho'ntagini o'ylab odamlarni sovuqda qoldirishni xuddi tovuq patini yulishga o'xshatdim. Osh berish esa ora-orada don tashlab turishdek gap.
👍3
Anadoliya platosi 3-3.5 meter o'rnidan siljibdi.
Platolar siljishi natijasida katta energiya chiqarilgan. Bu energiya bilan butun yer aholisini 24-28 kun boqish mumkin ekan.
Siljigan yer egaligi, GPS koordinatalarining o'zgarishi kabi savollar ham bor hali

Jabr koʻrgan Turk qardoshlarimiz va Suriyalik birodarlarimizga Alloh najot, sabr-toqat bersin!
👍4
Kitob oson o'qiladi. Foydali bo'lgan ma'lumotlar bor. Muallifning hamma fikrlariga ham qo'shilmayman. Biznes boshlamoqchi bo'lgan, biror g'oyasini amalga oshirmoqchi bo'lganlar uchun foydali ma'lumotlar va fikrlar ko'p.

📖 https://ziyonotes.uz/book-zero-to-one
👍5
Bugun o'qiydigan, ko'radigan materiallarimizni tanlashda ko'pchlikka ergashish, "ko'pchilik tanlovi yomon bo'lmasa kerak" degan kayfiyat ustun. "Trend", "Viral" tushunchalari ham shunga ishora qiladi - herd mentality. Buni yaxshi tomoni - yaxshi mahsulot juda tez o'z o'quvchilarini topishi bo'lsa, yomon tomoni - ko'pchilik ko'rmagan, o'qimagan yaxshi asarlar chetda qolib ketadi. Bugun Youtubeda shunday chetda qolib ketgan kanalni ko'rib qoldim - "Tarix omonatdir".
Yaxshi suhbatlar bor ekan. Oxirgi suhbat, hammamiz Turkiyadagi zilzila hududida qizg'in yordam berayotgan O'zKAD tashkilotining faoli bilan qilinibdi:

https://youtu.be/gHyRq5XN8Z8
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu sheʼrni oʻtkazib yuborishgani, TVdan berilgani umid beryapti...
👍4🔥4
Oxirgi vaqtlarda bir necha kishilarning diniy-ekstremistik, terrorchilikka targ’ib qiladigan materiallarni tarqatganlik uchun javobgarlikka tortilayotgani, ayrim holatlarda uzoq yillik qamoqqa hukm qilinayotgani xabarlari tarqalmoqda. Shu haqida qarashlarimni yozdim. O'qib fikr bildirsangizlar yaxshi bo'lar edi.

https://ziyonotes.uz/244-haqida-fikrlar
👍2
Ushbu podkastda asosan tug'ilish darajasining kamayib borayotgani, uning sabab va oqibatlari haqida suhbatlashilgan bo'lsa-da, sabablardan biri bo'lgan oila strukturasining global o'zgargani/o'zgarayotgani yaxshi tahlil qilinibdi. Men erta oila qurish tarafdoriman, tanishlar, o'zimdan kichiklarga ham imkon qadar oila qurishni kechiktirmaslikni maslahat beraman. Podkastda oila qurishni kechiktirishning salbiy oqibatlariga faktlar keltirilgan. O'zbekistonda ham tug'ilish foizi yildan-yilga kamayib bormoqda. Tug'ilish bilan bog'liq muammodan hech qaysi davlat/jamiyat chetda emas. Faqat qaysidir jamiyatlar oldinda, qaysidiri orqada. Agar to'g'ri harakat qilinmasa bizni ham Yaponiyadagidek qariyalar jamiyati kutayotgan bo'lishi mumkin. Hatto tug'ilish juda yuqori bo'lgan Afrikani ham. Oiladan karyera va ta'limni afzal bilish, istamagan holatdagi farzandsizlik haqida ham gaplashilgan.
👍2
Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin! Alloh barcha moʻminlarga ikki dunyo saodatini bersin
👍4
Ғарбнинг бўладими, Европанингми, ўша жуҳудларними, кучли тарафи – бошқаларни одам ўрнида кўрмайди. Сен ҳайвонсан, демак фикринг ҳам аҳамиятсиз, деб ўзини тутади.

Жуҳудлар билан гаплашсангиз, сизнинг фикрингизни тамоман нотўғрига чиқаради. Умуман ҳеч қайси гапингизни тан олмайди, одам ўрнида кўрмайди.

Танишим французлар билан бўлган музокараларни гапириб берди. Ҳалигилар ҳеч кимни менсимасмиш. Ўзи билан келган араб бўлса керак, уларга нисбатан ҳудди хонаки ҳайвонга ўхшаб, ўзини тутаётганмиш.

АҚШликлар сағал фарқ қилиши мумкин, лекин улар ҳам ич-ичида ирқчи. Ўзи яқиндан негрларни ҳожатхонага ва автобусларга киришга рухсат берган миллат.

Айнан шу уларнинг устунлиги, айнан шу орқали улар ғалаба қозонади. Сенинг фикринг, тарихинг, маданиятинг фақатгина ориенталист тарихчиларга қизиқ бўлиши мумкин. Ориенталист дегани, Шарқнинг қолоқлигини асослаб берувчи ирқчи атрополог. Ва ҳар доим поғаналар пастда, ҳайвон даражасидаги бир инсон бўлаверасан.

Уларни бу ўйинида ютуб бўлмайди. Ҳеч қачон бизни ўз сафида кўрмайди. Ғаройиб бир зоопаркнинг труппасига қарагандек қарайди. Биздан олган нарсаларини тан олмайди, маданиятимиздан, сиёсий бошқарувимиздан, илмий изланишимизлардан фойдаланганлигини айтмайди. Ҳатто цивилизациялар рўйхатида ҳам йўқмиз – Месопотамия, Қадимги Миср, юнонлар, Рим кейин эса Европа, бўлди.

Ечим нимада? Ечим ноқулай, албатта. Ўзлигимизни англаш, фарқимизни тан олиш, уни қабул қилиш, европаликлардан, жуҳудлардан, хитойлик ё ҳинддан фарқ қилишимизни тан олиш... бунга катта жасорат керак. Бу Ғарб ё Европа маданияти кетидан югуришга нисбатан анча оғир.

Бу қандай кўринишда бўлиши мумкин? Масалан, муслима кофирга эрга теголмайди. Ҳа, замон ўзгарган, ҳа, ҳозир шароит бошқача, ва ҳоказо ва ҳоказо. Лекин бу қоида. Айнан шундай қоидалар бизни кучли қилади.

Йўқ, рибони қандай атамайлик, қандай ташаббуслар ортида киритмайлик, у ҳаром. Таъқиқланган.

Бу рўйхатни узоқ давом эттириш мумкин. Лекин биз одаммиз, биз ҳақ йўлдамиз, деган эътиқод билан яшаш керак.

Ўрта асрларда голландлар Усмонлидан хафа бўлишар экан, бизни чўчқа деб атаяпти булар, деб...

* * *

Фаластинда на жуҳудлар, на уларни қўллаб қувватлаятган давлатлар жиноят қилмаяпти. Чунки одамлар билан уришмаяпти. Ўша украинлар ҳам фаластинликларга нисбатан кўпроқ инсон улар наздида. Бундай қирғинбаротлар қанча бўлди? Сурия, Ироқ, Афғонистон, Болқон.
👍6
Biznesda "startupcha tafakkkur" degan qarash bor, ma'nosi kompaniyalar yiriklashgan sari, yangilik qilishi qiyinlashib boraveradi. Oqibatcha kichik startup loyihalar samarali boshqaruv ortidan yirik bizneslarni mag'lub qilaolishadi.(Masalan, SpaceX kichik jamoa bilan NASA erishaolmagan yutuqlarga erishdi va hkz)
Siyosatda ham "startupcha tafakkur" yangilik emas. Uzoq vaqt davomida muayyan davlatlar haqida "superkuch", "yengilmas armiya", "eng kuchli razvedka" degan qarashlar ongimizda o'rnashgan edi. Ammo ko'rdikki, dunyoning 2-armiyasiga kichik davlat muvaffaqiyatli qarshilik ko'rsatdi/ko'rsatmoqda. Kichik Tolibon "dunyo politsiyasi"ni Afg'onistonni tark etishga majbur qilaoldi. 7-oktabrda ham HAMAS hujumida shu kabi holatga guvoh bo'ldik. Hamma qo'rqadigan Isroil armiyasi u qadar qudratli emas ekan, "yer tagida ilon qimirlasa biladi" deya ishonilgan Mossad hamma narsani ham bilavermas ekan.
Demoqchi bo'lganim, texnologik va son jihatdan ko'plik - to'liq g'alaba degani emas. HAMAS ham (siyosiy startup) mustaqil Falastin davlati qurilishiga(2 davlat yechimi) yoki Isroilni zionismdan qutulib, barcha teng huquqqa ega davlatga(1 davlat yechimi) reformatsiya bo'lganida munosib siyosiy kuch sifatida ishtirok etishiga ishonaman.
👍2
Shuncha vayronagarchilik... HAMAS nimaga erishdi?

- Dunyoga Falastin muammosi yechilmaganini qayta eslatdi, Arab-Isroil normallashtirish jarayonlarini to'xtatdi;
- "Isroil yengilmas, u superkuch" degan qarashni yo'qotaoldi. Isroil tasavvurlardagidek qudratli emas ekanligi ko'rsatdi;
- Kollektiv g'arbning ikkiyuzlamachiligini ochib berdi, natijada ularning dunyo siyosatidagi avvalgi o'rni endi savol ostida;
- Hududlarga o'rnashib olgan ko'chmanchilar ko'ngliga qo'rquv soldi. Endi yillar tortib olgan uylariga qaytishga qo'rqadi;
- Butun dunyo musulmonlarini uyg'onishiga sababchi bo'lmoqda. Musulmon o'zligi kun tartibiga chiqmoda;
- Musulmon davlatlardagi hukumatlarning yuzlarini ochib berdi. Mahmud Abbosdan tortib, Sisigacha hech qaysi xalqiga qayishmasligini ko'rsatib berdi (afsuski, aksariyat musulmon davlatlarda ahvol shunday - kuchi faqat xalqiga yetadi). Bu yaqin kelajakda musulmon ziyolilar, yangi siyosiy harakatlar paydo bo'lishiga olib keladi;
- Iqtisodiy zarba. Urush xarajatlari, keyingi 5-6 yilda turizmning qisqarishi, Isroil mahsulolatiga boykot - hammasi Isroil iqtisodini ancha orqaga tortadi. Bu vaqtda qo'shni davlatlar iqtisodiy yuksalishga erishaolsa, siyosiy bosim qilish imkoniyatlari ortishi mumkin;
- Netanyahu qayta saylanish ehtimolligi kamaydi. Knessitda ham zionist partiya ancha o'rinlarni yo'qotishi mumkin;
Bular allaqachon erishilgan yutuqlar. Umid qilamizki, harbiy yutuqlar ham oldinda.


P.S. Albatta, insoniy talafotlar juda og'ir. HAMAS Isroilning hujumini kutgan bo'lsa-da, bu qadar urush jinoyatlariga qo'l urishini kutmagan degan gumondaman.
👍7
"Qo'rqma" haqida
Dastlab chiqqanida ancha shov-shuv bo'lgan kitobni o'qish endi nasib qildi.
Mavzu - zo'r, boshqalar badiiy adabiyotda tilga olmagan mavzu - Germaniyada o'qigan talabalar haqida. Menimcha, muallif aytmoqchi bo'lgan fikrini ochib beraolgan.
Dastlab o'qishni boshlaganda nimasidir Tog'ay Murod uslubini eslatdi, lekin aynan nusxasi emas. Hozirgi talabalar bilan Germaniyadagi talabalarni taqqoslagan o'rinlarni o'qib, o'zimning ham talabalik davrimni esladim.
Faqat menga juda cho'zib yuborilgandek tuyuldi. Nazarimda aytilmoqchi bo'lgan fikrni kattaroq hikoya yoki qissa shaklida yetkazish mumkin edi.
👍7
https://youtu.be/UtOTgRzqvCI

Iste'mol uchun kontent ko'pligidan ko'rib, eshitib, o'qib ulgurib bo'lmayapti.
Akrom akani Abdulla Qodiriy haqidagi qarashlari 2 haftacha avval shov-shuv bo'lgan edi. Intervyu asosan shu haqida...
Akrom akani to'g'ri yoki noto'g'ri demoqchi emasman. Baho berishga na haqqim, na bilimim yetarli. Bu post Qodiriy ijodi haqida emas. Shunchaki suhbatni ko'rib o'ylaganlarim:
Inson mahsuli bo'lgan har qanday asar, qadriyat, fikrlarni so'roq ostida olishdan cho'chimasligimiz kerak. Hatto jamiyat bu haqida yakdil xulosaga kelgan bo'lsa ham. O'tmishdagi asarlarni qayta tadqiq qilish faqat foydali. Agar qayta tadqiqot avvalgi fikrimizni tasdiqlasa - yaxshi, aksincha bo'lsa - bu ham yaxshi, xatoni tan olishdan cho'chimasligimiz kerak. Qayta-qayta tadqiqot doim davom etaveradi. Olim kishilar tadqiqoti natijasi Nyutonni yoki Eynshteyni so'roq ostiga olishdan qo'rmasagina insoniyat rivojlanishda davom etaveradi.
Akrom akani gaplarini ortida qanday motiv yotgani menga qorong'u. Ammo meynstrim qarashga teskari gapirolgani diqqatga arziydi.
👍7
Hamid aka bilan mazmunli suhbat boʻlibdi. Eyforiyalar haqida emas, real qilish mumkin boʻlgan masalar bilan band boʻlishimiz kerakligini yaxshi tushuntiribdi. Faqat katta avlodni eshitishga oʻrgangan edik, bu yoʻnalishda avlodlar almashinuvi boʻlayotgandek. Tavsiya qilaman
https://youtu.be/bmkSy0C-LtE?si=EsWPrbLAJctW5ZE3
👍3