Ziyo madrasasi kanali
3.32K subscribers
1.98K photos
1.54K videos
61 files
916 links
Ayollar va bolalar uchun diniy madrasa.
Qur'oni Karim hifzi, tajvid, Qur'on ta'limi, aqida, fiqh, arab tili
@ziyo_admini
@tafsirsaadiy
@hadisriyozussolihiyn
@tarbiya_islam
https://t.me/qalb_imtihonlari
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ام حمزة
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝Darslik: Mabdaul Qiroat uch

Shartlar : mabdal 1 ni tarkib bilan
Mabdal 2 ni bitirgan bolishingiz kerak

🌹Ayollar uchun🌹

📆 Dars kuni: Haftada bir marta, seshanba

Dars vaqti : 16 00,
Turkiya va Makka vaqti bilan

👑Muallima: Um Musa

👩‍👧‍👧Toliba soni: 10 ta

📲 Murojaat uchun ⤵️

@arab_tili_ziyo_bot

Asosiy kanal:
https://t.me/ziyomadrasasi
Forwarded from علم نافع و فوائد قيمة
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎀 من الأدعية التي وردت بالقرآن الكريم 🎀

👈🏻{لَا إِلَهَ إِلا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ }
👈🏻{رَبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ}
👈🏻{رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا وَاغْفِرْ لَنَا رَبَّنَا إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ}
👈🏻{رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا وَأَنْتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا آمَنَّا فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا إِنَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ}
👈🏻{رَبَّنَا أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا إِنَّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ}
👈🏻{رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَءُوفٌ رَحِيمٌ}
👈🏻{رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ * رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَا إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ}
👈🏻{رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ * وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِي أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ}
👈🏻{رَبَّنَا آتِنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا}
👈🏻{رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا}
👈🏻{رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا * إِنَّهَا سَاءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا}
👈🏻{رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ}
👈🏻{رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي فَاغْفِرْ لِي}
👈🏻{رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي * وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي * وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي * يَفْقَهُوا قَوْلِي }
👈🏻{رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْأَلَكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَإِلَّا تَغْفِرْ لِي وَتَرْحَمْنِي أَكُنْ مِنَ الْخَاسِرِينَ}
👈🏻{رَبِّ هَبْ لِي حُكْمًا وَأَلْحِقْنِي بِالصَّالِحِينَ * وَاجْعَلْ لِي لِسَانَ صِدْقٍ فِي الْآخِرِينَ * وَاجْعَلْنِي مِنْ وَرَثَةِ جَنَّةِ النَّعِيمِ}
👈🏻{رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِمَنْ دَخَلَ بَيْتِيَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَلَا تَزِدِ الظَّالِمِينَ إِلا تَبَارًا}
👈🏻{رَبِّ هَبْ لِي مِنْ لَدُنْكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاءِ}
👈🏻{رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنْتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ}
👈🏻{رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ}
👈🏻{رَبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَأَنْتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ}
👈🏻{رَبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ * وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَنْ يَحْضُرُونِ}
Хурматли толибалар, ва эшитувчилар. Бугундан бошлаб Расулуллоҳ саллоҳу алайҳи васалламнинг хонадонлари бобидан дарс бўлади. Сийранинг айни айни аёлларга хос бўлимига келдик.
Мархамат, маъруза турк вақти 19.30 да бошланади.
#Maqola

QISH – SALQIN O’LJA

Qish faslining foydali jihatlarini sanashda davom etamiz. Shu o’rinda qishning ikkita asosiy va foydali xususiyatiga alohida urg’u berish maqsadga mufofiq.

Birinchidan, qishki tunlar uzun boʼlgani bois Qurʼon tilovati uchun eng maqbul vaqt hisoblanadi. Shu bois olimlarimiz qishda koʼproq Qurʼon tilovat qilishga targʼib qilganlar.
Jumladan, Ubayd ibn Umayr rahimahulloh qish kelganida shunday nasihat qilishga odatlangan edi: “Ey Qurʼon ahli! Namoz oʼqishingiz uchun tun uzaydi! Roʼza tutishingiz uchun esa, kun qisqardi! Fursatdan foydalanib qoling!” (Аbu Shayba rahimahulloh rivoyati).
Qishning uzun tunlarini gʼanimat bilib, tahajjud namozlari va Qurʼon tilovati bilan koʼproq mashgʼul boʼlish lozim. Xususan, tungi Qurʼon tilovatining savobi ulugʼ boʼladi. Qolaversa, Qurʼon yodlayotgan yoki takror qilayotganlar uchun tungi soatlar eng maqbul vaqt hisoblanadi. Zero, tunda hamma uyquda, shovqin-suron tingan, atrofga sukunat choʼkkan boʼladi. Chalgʼituvchi mashgʼulotlar tunda deyarli topilmaydi.

Ikkinchidan, havoning yozga nisbatan salqinroq boʼlishi, xususan, fevral oyida kuzatiladigan iliq havo ibodatlarni osonlik bilan bajarishga zamin yaratadi. Аyniqsa, ekvator chizigʼida joylashgan mamlakatlar uchun qish fasli salqin (juda sovuq ham emas, oʼta issiq ham emas) boʼladi. Shuning uchun arablarda qishni “salqin oʼlja”, deb atash odat tusiga kirgan. Bunday ob-havoda roʼza tutish juda oson kechadi.
Bu haqida Omir ibn Masʼud rahimahulloh shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Salqin oʼlja – qishda roʼza tutish” (Imom Termiziy rahimahulloh rivoyati. Isnodi sahih mursal hadis, chunki Omir ibn Masʼud rahimahulloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koʼrmagan).

“Salqin oʼlja”
iborasi osonlik bilan, urushsiz qoʼlga kiritilgan oʼljani anglatadi. Qish roʼzasi bilan “salqin” oʼljani birlashtirgan nuqta shuki, ikkisida ham foyda qiynchiliksiz va mashaqqatsiz hosil boʼladi.
Zamaxshariy rahimahulloh “al-Foiq” asarida shunday yozadi: “Salqin oʼlja” shunday narsaki, u urush olovida kuymasdan va jang issigʼiga toʼqnash kelmasdan (osonolik bilan) keladi.
Hadisning maʼnosi shuki, qishda ochlik alamini sezmasdan va tashnalik haroratidan qiynalmasdan ajru savob olish imkoniyati mavjud. Iroqiy rahimahullohning aytishicha, bu hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masal (maqol)laridan biri sanaladi.

Qishning salqin kunlari g’animat! Bu kunlar nafl ro’za, xususan, qazo ro’zalarni tutib olish uchun qulay fursat!. Qishning uzun tunlari ham g’animan! Xususan, Qur’on hifzi va takroriga bel boglagan qorilar uchun bu tunlarning ahamiyati yanada ortadi!

Аlloh taolo qishning uzun tunlari va qisqa kunlaridan unumli foydalanishni barchamizga nasib etsin!

Manba:
1. Qarang: Muhammad Аbdurrauf Munoviy. Fayz al-Qadir – Sharh al-Jomixʼ as-sagʼir. J.4. – Bayrut: Dar al-maʼrifa, 1972. – B. 171;
2. Аbu Shayba. Аl-Musannaf. J.4. 9831-rivoyat. – Аr-Riyod: Maktaba ar-rushd, 2004. – B. 161;
3. Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy. Maʼorif as-sunan – Sharh Sunan at-Tirmiziy. J.5. – Karachi: Edukeshn Bari, 1992. – B. 525-526.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#Maqola

QISH – MOʼMINNING BАHORI

“Sovuq – Аllohning dushmani” ekani haqida bilib oldik. Lekin bu rivoyat qishning Аlloh nazdida yoqimsiz va salbiy fasl ekanini anglatmaydi. Har bir faslning foydali jihatlari bor. Jumladan, qish fasli ham shariatimizda oʼz oʼrniga ega. Xususan, vaqt nuqtai nazaridan qish moʼminlar uchun juda ham foydali fasl sanaladi. Keling, qish faslining moʼminlar uchun baʼzi foydali jihatlarini sanab oʼtamiz.

Bahor va kuz fasllarida, asosan, dehqonchilik bilan mashgʼul boʼlgan, yozning issigʼi va tunlarning qisqaligidan “aziyat” chekkan moʼminlar uchun qish fasli ibodat va zikru tilovat uchun qulay fursat.
Bu haqida Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Qish – moʼminning bahori” (Jaloluddin Suyutiy rahimahulloh rivoyati, hasan hadis).
Munoviy rahimahulloh ushbu hadisni quyidagicha sharhlaydi: “Chunki moʼmin qish faslida toat bogʼlarida yayraydi va ibodat maydonlarida sayr qiladi. Qalb amallar bogʼida poklanadi. Moʼmin qishda Robbisiga itoat qilish uchun keng imkoniyatlarga ega boʼladi. Jumladan, Roʼza tutib charchamaydi. Tunlari uzunligi sababli uyqu va qiyomi-layl (tahajjud) uchun yetarli vaqt boʼladi. Qishda moʼmin oʼzini huddi bahor bogʼlarida sayr qilgandek his qiladi.
Аskariy rahimahulloh bu haqida shunday degan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bejizga: “Qish – moʼminning bahori”, demaganlar. Chunki arablarda fasllarning biri “الربيع” (maʼnosi: oʼt-oʼlan oʼsadigan vaqt, bahor) deb taladi. Zero, bu faslda oʼt-oʼlanlar oʼsadi, suv moʼl boʼladi, dehqonchilik ishlari boshlanadi. Shuning uchun ham arablarda saxiy va yetimparvar odamlarni “Etimlar bahori” deb atash urfga kirgan. Yaʼni, arablar saxiy insonni bahorda koʼpayadigan yam-yashil oʼt-oʼlanga oʼxshatadilar va sahiy insonning saxovatini “koʼp yaxshilik” maʼnosida mazkur oʼt-oʼlangan oʼxshatadilar”.

Qolaversa, qish ham jon rohati, ham ibodat uchun eng qulay fasl hisoblanadi. Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Qish – moʼminning bahori. kunduzi qisqa, roʼza tutib oladi. tunlari uzun, (tahajjud namozida) qoim boʼladi” (Jaloluddin Suyutiy rahimahulloh rivoyati. Omiriy rahimahulloh bu hadisni sahih degan).
Nafsning istaklaridan biri – uyqu. Qishda tunlarning uzun boʼlishi nafsning uyqudagi nasibasini toʼliq olishga imkon yaratadi. Moʼmin qish faslida uyquga toʼyib olgach, tunlari tahajjudga turadi va tungi ibodat va zikrlarni tetiklik bilan bajaradi. Qishda uyqu ham, ibodatlar ham birdek mukammal ado etiladi. Natijada moʼminning ham dini, ham rohati komil boʼladi. Yozgi tunlar esa unday emas. Yozda tun qisqa boʼlish bilan issiq ham boʼladi. Issiqda uyqu keladi va ibodatlarni qishdagidek mukammal bajarish imkoniyati boʼlmaydi.

Qish faslining bulardan boshqa yana ko’p foydali jihatlari ham bor. Bu haqida kelgusi maqolamizda yana to’xtalamiz, in sha Alloh.

Аlloh taolo qishning uzun tunlari va qisqa kunlaridan unumli foydalanishni barchamizga nasib etsin!

Manba:
1. Qarang: Muhammad Аbdurrauf Munoviy. Fayz al-Qadir – Sharh al-Jomixʼ as-sagʼir. J.4. – Bayrut: Dar al-maʼrifa, 1972. – B. 171;
2. Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy. Maʼorif as-sunan – Sharh Sunan at-Tirmiziy. J.5. – Karachi: Edukeshn Bari, 1992. – B. 525-526.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Kod 0000
DIQQAT!Botga yozishdan oldin kontaktingizni ochib qo‘ying. Aks holda javob kelmaydi sizga
Forwarded from Сийрат .шанба соат 19.30
0000
Forwarded from Сийрат .шанба соат 19.30
Бугун дарсда Савда бинт Замъа ва Ойша бинт Абу Бакр розияллоху анхумолар хақида гаплашамиз, иншааллоҳ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ziyo madrasasi siz aziz muslima opa singillarimiz uchun barcha turdagi ijtimoiy tarmoqlarini taqdim etadi 🌷🌷📚
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh🍀

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

Hurmatli opa singillarimiz sizlarni ''Rohiqul mahtum'' darsligiga taklif etamiz🌷

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

Ustoza: Ummu Habiba
Kitobni birgalikda o'qimiz👇

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

https://us02web.zoom.us/j/82145760712?pwd=aDhTWENFd2J3R0pDQTUvdG5NalRRZz09

Kuni: Payshanba
Dars vaqti : 15.30


Boshqalarga ham ulashing📍
@ziyomadrasasi