Ziyo madrasasi kanali
3.34K subscribers
1.96K photos
1.53K videos
61 files
915 links
Ayollar va bolalar uchun diniy madrasa.
Qur'oni Karim hifzi, tajvid, Qur'on ta'limi, aqida, fiqh, arab tili
@ziyo_admini
@tafsirsaadiy
@hadisriyozussolihiyn
@tarbiya_islam
https://t.me/qalb_imtihonlari
Download Telegram
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rosululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: ''Jannat Ramazon uchun yil boshidan kelgusi yilgacha ziynatlanib, yasanib turadi''. Yana Rosululloh aytdilar: ''Ramazon birinchi kuni kirishi bilan xuri iynlar uzra jannat daraxtlaridan xushbo'y shaboda esadi. Shunda ular: ''Ey Robbimiz, bizga O'z bandalaringdan jufti halollar berginki, ular bizning ko'zimizni quvnatsin, bizni ko'rganda ularning ko'zi quvnasin''- deb duo qilishadi. (Bayhaqiy. Shuab ul-iymon).

https://t.me/ziyomadrasasi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Ramazon oxirgi kechasida ummatlari kechirilishini" aytdilar. Shunda Ul zotga kimdir: Ey Rasululloh, o'sha qadr kechasimi?- deb savol qildi. Ul zot: ''yo'q, lekin har bir amal egasi o'z ishini tugatsa to'liq ajrini oladi''- dedilar. (Imom Ahmad).

https://t.me/ziyomadrasasi
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sallahu alayhi va sallam aytdilar: ''Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bordir!". (Buxoriy, Muslim).

https://t.me/ziyomadrasasi
Amr ibn al-Os roziyallohu anhudan rivoyat qilindi:
"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Bizning ro'zamiz bilan ahli kitoblarning ro'zasini
saharlik ajratib turadi".
Muslim rivoyati.
https://t.me/ziyomadrasasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Аёлларнинг барчаси бир-бирига ўхшайди.Уларни фақат ҳаё ажратиб туради.

-Уйлар аёллар сабри устига қурилади.

-Дунёнинг ярми аёллар, қолган ярми уларнинг тарбияланувчисидир.

Жаҳолатнинг ягона қўрқуви аёлдир, чунки аёл ўрганса, фарзандларига ҳам ўргатади.

Душанба, чоршанба ва жума кунлари

Туркия вақти 10:00 да

Ўзбекистон вақти 12:00 да

“ЭЙ ҚИЗИМ” номли янги суҳбатимизга ҳаммангизни таклиф қиламиз



https://t.me/oxirathovlisi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Ramazonning oxirgi kechasida ummatlari kechirilishini" aytdilar. Shunda Ul zotga kimdir: Ey Rasululloh, o'sha qadr kechasimi?- deb savol qildi. Ul zot: ''Yo'q, lekin har bir amal egasi o'z ishini tugatsa to'liq ajrini oladi"- dedilar. (Imom Ahmad).

https://t.me/ziyomadrasasi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "Alloh azza va jalla: "Bandalarim ichida menga eng mahbublari- iftorga shoshilganlaridir"- deb aytgan". (Termiziy).

https://t.me/ziyomadrasasi
Forwarded from Sara
<< Ro'zaning hukmlari >>
Qachonki ko'rishlik tasdiqlansa (Ya'ni: Oy ko'rinsa) har bir kecha uchun Ramazon ro'zasini tutishda niyat qilish shart qilinadimi yoki oyning boshidagi niyyat kifoya qiladimi?

Javob: Bu masala ixtiloflidir. Va tog'risi niyat qilish lozimdir: Chunki har bir kunning amali alohidadir. Nabiy صلى الله عليه وسلم aytdilarki: ,, Albatta amallar niyyatlar bilandir. "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro'zani (iftorsizlik) ulab tutishdan qaytardilar. Shunda ul zotga bir kishi: ''Ey Allohning Rasuli, o'zingiz ulab tutasizku?!'' - dedi.
Rasululloh:
''Qaysi biringiz menga o'xshashsiz?! Men uxlamayman va holbuki Alloh meni to'ydiradi va tashnaligimni qondiradi''- dedilar''.

(Buxoriy Muslim).

https://t.me/ziyomadrasasi
Xafsa onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilindi, ul zoti sharifa aytdilar: "Kim fajr (tong)dan avval ro'zaga niyat qilmagan bo'lsa, uning ro'zasi ro'za emasdir''.
(Termiziy, Abu Dovud va Nasaiy).

https://t.me/ziyomadrasasi
Xafsa onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilindi, ul zoti sharifa aytdilar: "Kim fajr (tong)dan avval ro'zaga niyat qilmagan bo'lsa, uning ro'zasi ro'za emasdir''.
(Termiziy, Abu Dovud va Nasaiy).

https://t.me/ziyomadrasasi
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro'zalarida shom nomozini o'qishdan oldin yangi pishib yetilgan xurmo bilan iftor qilardilar. Agar yangi pishgani topilmasa quritilgan xurmo bilan iftor qilardilar. U ham topilmasa uch xo'plam suv bilan og'iz ochardilar''.
(Termiziy Abu Dovud).

https://t.me/ziyomadrasasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM