Ziyo madrasasi kanali
3.34K subscribers
1.99K photos
1.54K videos
61 files
918 links
Ayollar va bolalar uchun diniy madrasa.
Qur'oni Karim hifzi, tajvid, Qur'on ta'limi, aqida, fiqh, arab tili
@ziyo_admini
@tafsirsaadiy
@hadisriyozussolihiyn
@tarbiya_islam
https://t.me/qalb_imtihonlari
Download Telegram
САБР ҚИЛИШ ВА НАМОЗ ЎҚИШ БИЛАН АЛЛОҲДАН МАДАД СЎРАШ.

Аллоҳ таоло айтади:

ي⁠⁠⁠أَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَعِينُواْ بِٱلصَّبۡرِ وَٱلصَّلَوٰةِۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلص⁠⁠⁠بِرِينَ

Эй мўминлар, сабр қилиш ва намоз ўқиш билан (Аллоҳдан) мадад сўранглар! Албатта, Аллоҳ сабр қилгувчилар билан биргадир.

(Бақара сураси, 153-оят).

Қийинчилик пайтида намоз ўқиш.

عَنْ حُذَيْفَةَ قَالَ : كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا حَزَبَهُ أَمْرٌ صَلَّى.

Ҳузайфа розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламга бир иш оғирлик қилса, намоз ўқир эдилар.

(Имом Абу Довуд ривояти).

Яъни, бирон ғам-қайғу етса, намоз ўқир эдилар.


@ziyomadrasasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Гуноҳлар қалбнинг (ибрат олиб фикр қилиш) қувватини йўқотади ва Қуръонни тафаккур қилишдан маҳрум қилади.

﴾Агар хоҳласак, гуноҳлари сабаб мусибат етказиб қўяр эдик. Биз уларнинг қалбларини муҳрлаб қўюрмиз. Сўнг улар (ўзларига манфаатли нарсаларни) эшитмайдиган бўлурлар﴿¹.

1) Аъроф: 100

Шайх Абдулазиз Торифий

@ziyomadrasasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Гуноҳнинг ёмон оқибати
23-dars
#Гуноҳнинг_зарари

Юқори табақа ва паст табақа | 23-дарс

▫️00:00 Гуноҳ инсонни паст табақага тушуради.
▫️05:40 Гуноҳни тоғлар ҳам кўтара олмайди.
▫️08:45 Осмон парчаланиб, ер ёрилиб, тоғлар қулай дейди.
▫️14:44 Одам боласининг қадри.

🎙Абдуллоҳ Усмон

🌐Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩1
"Alloh kimga yaxshilikni istasa, uni dinni tushunadigan qiladi." 
> (Hadis: Buxoriy va Muslim rivoyati)

Hurmatli ustozlarimiz!

Ziyo diniy ta’lim madrasasi ma’muriyati nomidan siz azizlarga chuqur minnatdorlik izhor etamiz. Islom diniga qo‘shgan ulkan hissangiz, ilm-ma’rifatni yoyishdagi fidokorona mehnatingiz va tolibi ilmlar tarbiyasidagi sabr-toqat, donolik va mehr-muhabbatingiz biz uchun yuksak qadriyatdir.

Sizning saboqlaringiz, nasihatlaringiz va amaliy ibratlaringiz orqali ko‘plab yoshlar qalbida imon, adolat va ezgulik urug‘lari unmoqda. Har bir darsingiz — haqiqatga eltuvchi nur, har bir so‘zingiz — qalblarga hikmat bo‘lib singmoqda.

Madrasamiz hayoti siz kabi ustozlar bilan barakali va ma’rifatli bo‘lib, sizning ilmiy salohiyatingiz, tarbiyaviy layoqotingiz va halol niyatingiz tolibi ilmlarimizga mustahkam asos, yorqin yo‘l va ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Alloh taolo sizni salomatlikda, barakotda, sabrda va ilmda ziyoda qilsin. Har bir qilgan ezgu amalingizni ajrli qilsin. Sizni dunyo va oxiratda azizlardan, mukofotlanganlardan qilsin. Avlodlarga ilm merosini yetkazishda kuch-quvvat bersin.

Tilaklarimiz:
Ilmingiz ziyoda, qalbingiz nurli, hayotingiz barakali bo‘lsin. Siz tarbiyalagan tolibi ilmlar dinimizga, jamiyatimizga xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lishsin. Sizning nomingiz ilm tarixida ezgu iz qoldirsin.

Hurmat va ehtirom ila, 
Ziyo diniy ta’lim madrasasi ma’muriyati
@ziyomadrasasi
🥰11👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰6