Ziyo madrasasi kanali
3.32K subscribers
1.98K photos
1.54K videos
61 files
916 links
Ayollar va bolalar uchun diniy madrasa.
Qur'oni Karim hifzi, tajvid, Qur'on ta'limi, aqida, fiqh, arab tili
@ziyo_admini
@tafsirsaadiy
@hadisriyozussolihiyn
@tarbiya_islam
https://t.me/qalb_imtihonlari
Download Telegram
#Maqola

QISH – MOʼMINNING BАHORI

“Sovuq – Аllohning dushmani” ekani haqida bilib oldik. Lekin bu rivoyat qishning Аlloh nazdida yoqimsiz va salbiy fasl ekanini anglatmaydi. Har bir faslning foydali jihatlari bor. Jumladan, qish fasli ham shariatimizda oʼz oʼrniga ega. Xususan, vaqt nuqtai nazaridan qish moʼminlar uchun juda ham foydali fasl sanaladi. Keling, qish faslining moʼminlar uchun baʼzi foydali jihatlarini sanab oʼtamiz.

Bahor va kuz fasllarida, asosan, dehqonchilik bilan mashgʼul boʼlgan, yozning issigʼi va tunlarning qisqaligidan “aziyat” chekkan moʼminlar uchun qish fasli ibodat va zikru tilovat uchun qulay fursat.
Bu haqida Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Qish – moʼminning bahori” (Jaloluddin Suyutiy rahimahulloh rivoyati, hasan hadis).
Munoviy rahimahulloh ushbu hadisni quyidagicha sharhlaydi: “Chunki moʼmin qish faslida toat bogʼlarida yayraydi va ibodat maydonlarida sayr qiladi. Qalb amallar bogʼida poklanadi. Moʼmin qishda Robbisiga itoat qilish uchun keng imkoniyatlarga ega boʼladi. Jumladan, Roʼza tutib charchamaydi. Tunlari uzunligi sababli uyqu va qiyomi-layl (tahajjud) uchun yetarli vaqt boʼladi. Qishda moʼmin oʼzini huddi bahor bogʼlarida sayr qilgandek his qiladi.
Аskariy rahimahulloh bu haqida shunday degan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bejizga: “Qish – moʼminning bahori”, demaganlar. Chunki arablarda fasllarning biri “الربيع” (maʼnosi: oʼt-oʼlan oʼsadigan vaqt, bahor) deb taladi. Zero, bu faslda oʼt-oʼlanlar oʼsadi, suv moʼl boʼladi, dehqonchilik ishlari boshlanadi. Shuning uchun ham arablarda saxiy va yetimparvar odamlarni “Etimlar bahori” deb atash urfga kirgan. Yaʼni, arablar saxiy insonni bahorda koʼpayadigan yam-yashil oʼt-oʼlanga oʼxshatadilar va sahiy insonning saxovatini “koʼp yaxshilik” maʼnosida mazkur oʼt-oʼlangan oʼxshatadilar”.

Qolaversa, qish ham jon rohati, ham ibodat uchun eng qulay fasl hisoblanadi. Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Qish – moʼminning bahori. kunduzi qisqa, roʼza tutib oladi. tunlari uzun, (tahajjud namozida) qoim boʼladi” (Jaloluddin Suyutiy rahimahulloh rivoyati. Omiriy rahimahulloh bu hadisni sahih degan).
Nafsning istaklaridan biri – uyqu. Qishda tunlarning uzun boʼlishi nafsning uyqudagi nasibasini toʼliq olishga imkon yaratadi. Moʼmin qish faslida uyquga toʼyib olgach, tunlari tahajjudga turadi va tungi ibodat va zikrlarni tetiklik bilan bajaradi. Qishda uyqu ham, ibodatlar ham birdek mukammal ado etiladi. Natijada moʼminning ham dini, ham rohati komil boʼladi. Yozgi tunlar esa unday emas. Yozda tun qisqa boʼlish bilan issiq ham boʼladi. Issiqda uyqu keladi va ibodatlarni qishdagidek mukammal bajarish imkoniyati boʼlmaydi.

Qish faslining bulardan boshqa yana ko’p foydali jihatlari ham bor. Bu haqida kelgusi maqolamizda yana to’xtalamiz, in sha Alloh.

Аlloh taolo qishning uzun tunlari va qisqa kunlaridan unumli foydalanishni barchamizga nasib etsin!

Manba:
1. Qarang: Muhammad Аbdurrauf Munoviy. Fayz al-Qadir – Sharh al-Jomixʼ as-sagʼir. J.4. – Bayrut: Dar al-maʼrifa, 1972. – B. 171;
2. Shayx Muhammad Yusuf Bannuriy. Maʼorif as-sunan – Sharh Sunan at-Tirmiziy. J.5. – Karachi: Edukeshn Bari, 1992. – B. 525-526.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Kod 0000
DIQQAT!Botga yozishdan oldin kontaktingizni ochib qo‘ying. Aks holda javob kelmaydi sizga
Forwarded from Сийрат .шанба соат 19.30
0000
Forwarded from Сийрат .шанба соат 19.30
Бугун дарсда Савда бинт Замъа ва Ойша бинт Абу Бакр розияллоху анхумолар хақида гаплашамиз, иншааллоҳ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ziyo madrasasi siz aziz muslima opa singillarimiz uchun barcha turdagi ijtimoiy tarmoqlarini taqdim etadi 🌷🌷📚
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh🍀

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

Hurmatli opa singillarimiz sizlarni ''Rohiqul mahtum'' darsligiga taklif etamiz🌷

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

Ustoza: Ummu Habiba
Kitobni birgalikda o'qimiz👇

🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴

https://us02web.zoom.us/j/82145760712?pwd=aDhTWENFd2J3R0pDQTUvdG5NalRRZz09

Kuni: Payshanba
Dars vaqti : 15.30


Boshqalarga ham ulashing📍
@ziyomadrasasi
Ilm olishda, Allohning bergan ne‘matlariga shukr qilishda qanchalik noqismz?! Ibrat olaylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Икки неъмат борки, одамларнинг кўплари уларни бой бериб қўядилар – (улар) саломатлик ва бўш вақтдир», дедилар».
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh🇸🇦

🌴🌴📚🌴🌴🐪🌴🌴🪶🌴🌴🐎🌴🌴

Hurmatli opa singillarimiz sizlarni ''AR- Rohiqul mahtum'' darsligiga taklif etamiz📖🪶

🌴🌴🌴🕌🌴🌴🪶🌴🌴🐫🌴🌴🐎🌴

Ustoza: Ummu Habiba
Kitobni birgalikda o'qimiz👇

🌴🌴🕯🌴🌴🌴🌴🪔🌴🌴🕯🌴🌴

https://us02web.zoom.us/j/82145760712?pwd=aDhTWENFd2J3R0pDQTUvdG5NalRRZz09

🌇Kuni: Payshanba
Dars vaqti : 15.30



Boshqalarga ham ulashing📍
@ziyomadrasasi
AR ROHIKUL MAHTUM🌴
3.2 MB
🌴🌴🐪🌴🌴🐪🌴🌴🐪🌴🌴🐪
[ وَقُل رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا ] 🕯
[ Роббим, илмимни зиёда килгин] дегин. 🕯