Ibn Qoyyim Javziyya rohimahulloh aytadi:
Insonning kamoloti ikki narsada bo'ladi:
• Uni yuqoriga chorlaydigan himmat.
• To'g'ri yolga boshlab turadigan ilm.
* inson mana bu ikki narsa bilan komil bo'ladi: Himmat va ilm.
Himmat uni oldinga harakat qilishga undab tursa, ilm qaysi yo'ldan borish kerakligini bilishi uchun kerak.
Ba'zan himmati oliy kishi katta ishlarni boshlashi mumkin, ammo ilmsiz bo'lsa xatolarga yo'l qo'yadi.
@ziyomadrasasi

👍4
#1233_дур
Ибн Қоййим раҳимаҳуллоҳ айтади:
قال الإمام ابن القيم رحمه الله تعالى :
فأمراض القلوب أصعب من أمراض الأبدان، لأن غاية مرض البدن ، أن يفضي بصاحبه إلى الموت ، وأما مرض القلب ؛ فيفضي بصاحبه إلى الشقاء الأبدي ولا شفاء لهذا المرض إلا بالعلم .
مفتاح دار السعادة ، 111/1.
«Қалб касалликлари тана касалликларидан хавфлироқ. Чунки жисм касаллигининг ғояси соҳибини ўлимга элтишдир. Қалб касаллиги эса соҳибини абадий шақоват, бахтсизликка етаклайди. Бу касалликка илмдан бошқа даво йўқ».
«Мифтаҳ дарис саъада», 1/111.

👍7
Forwarded from 𝐎𝐗𝐈𝐑𝐀𝐓 𝐇𝐎𝐕𝐋𝐈𝐒𝐈
Bugun quyosh tutilishi sodir boʻladi (biiznillah).
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Abu Bakra (Nofeʼ ibn al-Horis) roziyallohu anhu shunday deydi: Biz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilarida ekanimizda kun tutildi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shoshib turdilarda, ridolarini sudragancha masjidga kirdilar. Biz ham kirdik. To kun ochilib ketgunicha biz bilan ikki rakʼat uzun namoz oʻqidilar. Soʻng: «Albatta, kun va oy biron kishining oʻlimi sababli tutilmaydi. Agar ularning tutilganini koʻrsangizlar, to ochilib ketgunicha namoz oʻqingiz va duo qilingiz», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Oisha roziyallohu anho shunday deydi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida kun tutildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlar bilan namoz oʻqidilar. Qiyomda turdilar, qiyomda uzoq turdilar. Soʻng rukuʼ qilib, rukuʼda ham uzoq turdilar. Soʻng qiyomga qaytib, uzoq qiyomda turdilar va bu avvalgi qiyomlaridan qisqaroq boʻldi. Soʻng rukuʼ qilib, rukuʼda uzoq turdilar va bu avvalgi rukuʼlaridan qisqaroq boʻldi. Soʻng sajda qilib, sajdalarida uzoq turdilar. Soʻng ikkinchi rakʼatda ham xuddi birinchi rakʼatdagidek qildilar. Soʻngra namozlarini tugatdilar, bu paytda kun ochilib boʻlgandi. Keyin odamlarga vaʼz qildilar, vaʼzda Allohga hamdu sano aytib, soʻng shunday dedilar: «Albatta, kun va oy Allohning oyat-alomatlaridan ikkisidir. Ular birovning oʻlishi yo tugʻilishi sababli tutilmaydi. Agar ulardan birining tutilganini koʻrsangizlar, Allohga duo qiling, takbir ayting, namoz oʻqing va sadaqa qiling!» Keyin aytdilar: «Ey ummati Muhammad! Allohga qasamki, qulining yoki choʻrisining zino qilishiga Allohdan koʻra gʻayurroq biron kimsa yoʻqdir! Ey ummati Muhammad! Allohga qasamki, men bilgan narsani bilganingizda, kam kulib, koʻp yigʻlagan boʻlar edingiz!»
Sharh:
Quyosh va oy tutilishi Alloh taoloning bandalarini qoʻrqitadigan, qiyomatni yodlariga soladigan oyat-alomatlardan biridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday holatda tezlik bilan zikr, istigʻfor, Alloh taologa iltijo, tazarruʼ va namozga kirishar edilar. Bu holatda to kun yoki oy ochilib ketgunicha davom etardilar.
Quyosh yoki oy tutilgan vaqtda namoz oʻqish sunnatdir.
Quyosh yoki oy tutilganda «Assolatu jaamiʼa» deb nido qilinadi.
Kusuf namozining surati: namoz ikki uzun rakʼat boʻlib, har bir rakʼatda ikki rukuʼ soʻngra ikki sajda boʻladi.
Ikki rakatli namozdan farqi, birinchi rakatdan keyin toʻgʻri sajdaga bormasdan, yana "Allohu Akbar" deb, qôl bog’lanib, fotiha va uzun zam sura ôqib, sajdaga boradi, sajdada ham uzoq turib, duolar qiladi. Keyingi rakatida ham shu suratda bôladi.
Namozdan keyin imom odamlarga oxiratni va gʻaflatdan uyg’onishni eslatib, va'z qiladi.
📝 @oxirathovlisi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🌑Қуёш Тутилиши/Кусуф Намози Ва Унинг Ахкомлари (Абу Ҳанифа)
Qalb Nuri
🌑Қуёш Тутилиши/Кусуф Намози Ва Унинг Ахкомлари
Зикрлар | 100 мартадан
mufarrid123
📌 Ҳар вақт учун энг буюк зикрлар!
00:00 —
سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ، سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ
Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи, субҳаналлоҳил аъ3иим!
(Аллоҳнинг ҳар қандай нуқсондан поклиги ва улуғлиги!)
08:47 —
سُبْحَانَ اللَّهِ وَالْحَمْدُ لِلَّهِ وَلاَ إِلٰهَ إِلَّا اللَّهُ وَاللَّهُ أَكْبَرُ
Субҳаналлоҳи валҳамдулиллаҳи ва лаа илааҳа иллаллоҳу валлоҳу акбар!
(Аллоҳ покдир, ҳамд-сано Унга хос, Ундан ўзга илоҳ йўқ, Аллоҳ энг улуғдир!)
19:46 —
أَسْتَغْفِرُ اللَّهَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ
Астағфируллоҳа ва атубу илайҳ!
(Мен Аллоҳдан мағфират сўрайман ва Унга тавба қиламан!)
Яқинларингизга ҳам улашинг

🔴Илм лаззати — охиратга ҳам етади!
🔴Ибн Таймия раҳимаҳуллоҳ айтдилар:
«Шубҳа йўқки, илм лаззати — энг улуғ лаззатдир. Ўлимдан кейин ҳам қоладиган ва охиратда фойда берадиган лаззат — Аллоҳни таниш ва Унга амал қилиш лаззатидир. Бу эса иймон ва ихлосли амалдир.»
🔴Ибн Қайим раҳимаҳуллоҳ эса аҳли жаннат ҳақида шундай дейдилар:
«Дунёда илм мўлжалларини муҳокама қилиш таоми, суви ва ҳатто шаҳватидан ҳам лаззатли эди. Жаннатда эса бу муҳокамалар бундан-да улуғроқ лаззат беради.»
📚
⸻
Илм — бу фақат вазифа эмас, балки қалб учун лаззат, жаннат учун ризқ.✍

Мажмўъул Фатово.
⸻
Илм — бу фақат вазифа эмас, балки қалб учун лаззат, жаннат учун ризқ.✍
@ziyomadrasasi
🥰7🤩3
#Тонги_ва_тунги_зикрлар
Аллоҳ таоло (иймонларида) содиқ бўлган инсонлар ҳақида хабар бериб, уларни мол-дунё ҳам, бало-чақа ҳам Аллоҳнинг зикридан машғул қилмаслигини айтган:
﴿يُسَبِّحُ لَهُ فِيهَا بِالْغُدُوِّ وَالآصَالِ رِجَالٌ لّا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ اللَّهِ﴾
﴾У (масжидларда) эркак кишилар эртаю кеч Аллоҳни поклаб, тасбеҳ айтадилар. Уларни тижорат ҳам, олди-сотди ҳам Аллоҳни зикр қилишдан машғул қилмайди﴿. (Нур-37).
(19) Тонги ва тунги зикрлар
Шайх Абдулазиз Торифий

Фарзандларни дуо қилганда уларнинг зурриётларини ҳам дуо қилиш яхши амал, гарчи зурриётлари ҳали дунёга келмаган бўлса ҳам.
Имроннинг аёли қизлари Марямни дуо қилганларида шундай деганлар:
﴾Бу қизни "Марям" деб номладим. (Эй Аллоҳим) Мен бу қизга ва унинг зурриётига малъун шайтоннинг ёмонлигидан паноҳ беришингни сўрайман!﴿¹.
1) Оли имрон: 36
Шайх Абдулазиз Торифий
@ziyomadrasasi
Имроннинг аёли қизлари Марямни дуо қилганларида шундай деганлар:
﴾Бу қизни "Марям" деб номладим. (Эй Аллоҳим) Мен бу қизга ва унинг зурриётига малъун шайтоннинг ёмонлигидан паноҳ беришингни сўрайман!﴿¹.
1) Оли имрон: 36
Шайх Абдулазиз Торифий
@ziyomadrasasi
👍11🥰3
Тонги Зикрлар | Дониёр Қори
mufarrid123
☀️Тонги Зикрлар — ўқиш учун энг афзал вақти, бомдод ва ишроқ вақт орасида)
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Муфарридлар ўзиб кетдилар», дедилар.
«Муфарридлар кимлар, ё Расулуллоҳ?» деб сўрашди.
У зот: «Аллоҳни кўп зикр қилувчи эркак ва аёллар», дедилар.
Имом Муслим ривояти
Тонгги зикрларни бу ердан ўқинг 👈🏻 📄