Zebiniso Ahmedova — psixolog. psixiatr blogi
5.35K subscribers
1.51K photos
201 videos
76 files
2.76K links
Шифокор, психолог, психотерапевт — Зебинисо Аҳмедованинг шахсий Телеграм саҳифаси.
Боғланиш учун:
📞 +998951662662
📞 +998909992289

🕊Youtube: youtube.com/psixologzebiniso
📍Тош, Чилонзор т.центр, Техномарт 3 қават

Сайт: doktorzebiniso.uz
Download Telegram
Bolangiz nimaga gapirmayapti? (Zebiniso Ahmedova)

Mazkur kitob bolaning chiroyli, ravon gapirishi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi, uning nutqidagi muammolarni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida psixolog maslahatlarini o‘ziga jamlagan.

Ushbu kitob orqali ota-onalar bolaning gapirib ketishidagi psixologik omillar, bilimlar va ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlarni yechishni o‘rganadilar. Chunki gapirishdagi artikulyatsion mashqlar, nafas mashqlari, tilni massaj qilish kabi muolajalar nafaqat soha mutaxassislarini, balki farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul barcha insonlarni qiziqtiradi. Kitob ota-onalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tarbiyachilar, logopedlar va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Ushbu kitobni UZUM MARKETdan istalgan to'lov usuli bilan sotib oling
👇👇

https://uzum.uz/uz/product/bolangiz-nimaga-gapirmayapti-zebiniso-ahmedova-1251557

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Bugun farzandingiz hayotidagi ulug‘ odam bo‘lishi uchun berilgan imkoniyatning yana bir kuni boshlandi. Bolangiz ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi uchun farzandingizga vaqt ajrating.
Bolangiz uchun vaqt toping, bu – farzandingizning mehrli bo‘lishi shartidir.
Bolangiz haqida o‘ylashga vaqt toping, bu – uning kuchli bo‘lishi shartidir.
Bolangiz bilan o‘ynashga (birga yumush bajarishga) vaqt toping, bu – yaqinlik shartidir.
Bolangiz bilan birga kitob o‘qishga vaqt toping, bu – bilimli bo‘lish shartidir.
Bolangiz bilan do‘stona suhbatlashishga vaqt toping, bu – baxt shartidir.
Bolangiz bilan orzular qilishga vaqt toping, bu – kelajakdagi o‘rnini topa olishi shartidir. Bolangiz yaxshi ko‘rgan narsalarni aniqlashga vaqt toping, bu – hayot quvonchidir.
Bolangiz bilan birga musiqa eshitib, raqs tushishga vaqt toping, bu – qalbiga yozilgan ovozdir.
Bolangizning ichida baxt nimaligini tushuntira olgan ota-ona bo‘lish shartini tushunishga ham vaqt ajrating, bu mehrli ota ona bo‘lish shartidir.

Zebiniso Ahmedova, Bola va taym menejment kitobidan

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Яна қанча бола йўлларда ўлиши керак?” – кўпайган авариялар ҳақида катта суҳбат

Сўнгги пайтларда авариялар, тезлик билан боғлиқ видеолар, ҳайдовчиларнинг йўл-ҳаракати қоидаларига беписанд эканини исботловчи ҳолатлар кўпайди. ЙТҲлар ўлим билан якунланмоқда, мактаб ўқувчилари машиналар остида жон беряпти. Пиёдалар ҳам йўлларда юриш маданиятидан йироқ. Kun.uz мавзу юзасидан суҳбат ўтказди. Суҳбатдошларга кўра, бу узоқ йиллик муаммо. Ҳайдовчиларнинг давлат тасдиқлаган қоидаларга муносабати “ҳуқуқий нигилизм” даражасига чиқди. Биргина Отажоновнинг видеоси – ҳуқуқ-тартибот органларига “қўлингдан нима келади?” дегандек бўлди.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘la boshladimi? Mutaxassislar bunga nima deydi?

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Bugun soat 21:00 da "Uy sharoitida UYQUSIZLIKni yengish" mavzusida onlayn vebinar tashkillashtiriladi. Sizga ushbu mavzu qiziq bo'lsa, bugun "onlayn diydorlashamiz"

Zo'r bo'ladi, nasib )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GIPNOZNI O'RGANISH KURSI - Endi atiga 6kunda bu metodni to'liq o'rganib chiqa olasiz

Kursga hoziroq a'zo bo'ling!

Xavotir, NEVROZ, Vaxima, Uyqusizlik va shu kabi holatlarda GIPNOTERAPIYA usuli bilan oson davolashni o'rganing va daromadlarni oshiring

Kurs muallifi - Psixolog. Psixoterapevt. Shifokor - Zebiniso Ahmedova

Adminstrator telefon raqami: +998951662662

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Alkogol qaramligi, Narkomaniya, Sigaret qaramligi kabilardan qutilsa bo'ladimi? Sog'lom hayot tomon

Yangi videoni hoziroq tomosha qiling
👇👇
https://youtu.be/voJh_4hj77E

Adminstrator telefon raqami:
+998999982289

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
Voy! Men sevib qoldimmi?!

Eslaysizmi? Kimdir sizni yaxshi ko‘rib qoldi. Kimdirning aqli xushi sizni deb yo‘qoldi. Bu sizga qanchalik kayfiyat ulashdi. Bu sizning yuzingizdagi jilmayishga va yuragingizga kirgan shirin orziqishga aylandi. Voy, u yo‘qolsa endi nima qilasiz? Qayerdan topasiz shu orziqishni. Oson yo‘li boru. O‘zingizni yaxshi ko‘ring, boshqalar yaxshi ko‘radimi, yaxshi ko‘rmaydimi, bu ularning muammosi. Sizning muammongiz – “Meni yaxshi ko‘rarmikan?...” degan muammo bo‘lishi yaxshimi endi? O‘ylab qo‘ring. Shu insonni (o‘zingizni) judayam yaxshi ko‘rib ketish qiyinmi? Nega o‘zingizni yaxshi ko‘rishni azob deb hisoblaysiz? Siz yaxshi ko‘rgan odam haqiqatdan ham yaxshi inson, unda sizda yo‘q sifatlar bor. Shu sifatlarga siz ham ega bo‘ling. Qiyinmi? Albatta qiyin, yaxshisi uning yaxshi ko‘rganligidan orziqib ketish yaxshida! Faqat va faqat kuchli insonlarga boshqalarning yaxshi ko‘rishi kerak emas. Faqat va faqat kuchli inonlar ularni hamma yaxshi ko‘rishiga ishona olishadi. Faqat va faqat kuchli insonlar mehr kutib, orziqish sanash o‘rniga yoqimli sifatlarni o‘zida paydo qilishadi. Bu achchiq va kuchli haqiqatdir. Men sizniyam yaxshi ko‘raman, bu faqat va faqat mening muammoyim. Men o‘zimni yaxshi ko‘raman, faqat va faqat o‘zimni yaxshi ko‘raman, chunki eng yaxshi sifatlarni menga bergan Rabbimga shukronam o‘zimni yaxshi ko‘rishimdadir!

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
​​Go‘zal xonim yoki o‘sha tilanchi

Ko‘chadagi kiyimlar do‘konidan chiqayotgan ayolning oldiga bir tilamchi xotin yugurib kelibdi va yalinuvchi ovoz bilan tilanibdi. Bori-yo‘g‘i ikki tanga bering debdi mungli ovoz va tilanuvchi ko‘z bilan.
-Men senga o‘n tanga beraman, debdi bu go‘zal ayol, ammo, bu pulni ichib qo‘yasan-da!
-Yo‘q-yo‘q! Zinhor ichmayman!
-Balki kiyim olging kelib qolar...
-Men bitta kiyimni ham yoz va ham qishda kiyamanu....
-Balkim, bu pulga sochingni kestirib o‘zingga oro berging kelib qolar...
-E, qo‘ying-e... Sartaroshga bormaganimga 20-yil bo‘lganov...men bu pulga ovqat olib yeyman... debdi tilanchi xotin.
-Unda men bilan restoranga borasan, men senga 100 tillo beraman! Baribir men ko‘p ovqat yemayman. U yerda mening erim bo‘ladi faqat debdi bu go‘zal ayol.
-Mening kiyimlarim kirligidan bu sassiq hid meni ham uyaltiradi. Restoranga kirishga sochni siz aytgandek turmaklash kerak... Qimmatbaho atir-upa ham kerak bo‘ladi. Eringizga meni ko‘rsatishdan nima maqsad? Ey, go‘zal xonim? Hech nimani tushunmadim deb o‘ylanibdi tilanchi.
-Do‘konma-do‘kon yurmagan, o‘ziga oro bermagan, sartaroshxonaga bormagan ayolning qanday bo‘lishini erim ko‘rib qo‘ysin! Debdi bu go‘zal ayol....

GO‘ZAL MALIKANGIZ GO‘ZAL QALBINGIZ TO‘RIDADIR HURMATLI SULTON....

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
📕 4-5-qism: "SHARIFA yohud SEVGI va XIYONAT" kitobi

- Xo‘p! Xo‘p, Xo‘p! Faqat shartim bor opa. O‘g‘lingizdan juda uyalayapman. Aytib qo‘ying faqat rol o‘ynaganda gaplashaman. Boshqa payt mendan uzoqroq yursin opaaaa...
-Sharifajon... Qandayam qalbing go‘zal a... Biluvdim, sen bizni bu xolga tashlab qo‘ymasligingni. O‘g‘limga yaxshilab tushuntirib qo‘yaman senga umumaaannn gapirmaydi. Gapirmasa xafa bo‘lma endi... (Xa-xa-xa kuldi). ..........

👉 4-5-QISMni batafsil o'qib chiqing

📕Kitobning barcha qismlari👇
http://doktorzebiniso.uz/sharifa
2ta kitob 1ta qilingan: Vahima, Qo'rquv, Xavotir, Nasiyaga olingan baxt, tushkunlikdan chiqish.

Qo‘rquv holatiga hamma tushadi. Biroq qo‘rquvning bo‘lishi qo‘rqinchli emas, negaki u insonni xavf borligidan ogohlantiradi va vaziyatdan chiqishga undaydi. Qo‘rquv salbiy holat emas. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi kishilar qo‘rquvni og‘ir oladilar va kuchli vahimaga tushadilar. Bu esa ularning ruhiy va jismoniy salomatliklariga ta’sir qiladi. Shu sabab psixologlar qo‘rquvning asl mohiyatini tushuntirishga harakat qiladilar.

Mazkur kitobda qo‘rquvni foydali faoliyatga yo‘naltirish uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi. Eng muhimi, hadik, qo‘rquv yoki vahima bor-yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan qiziqarli testlar tavsiya etiladi.

✔️ Kitobni "UZUM MARKET"dan sotib olishingiz mumkin!

Quyidagi 👇manzilga o'tib, hoziroq kitobni xarid qiling:
https://uzum.uz/uz/product/vahima-qorquv-xavotir-977517?skuId=2725852

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
KO‘Z YOSH BILAN TARBIYALASH …
Sizning bolangiz sizning qarigan kuningizdir. To‘g‘ri tarbiya bu baxtli qarilik, noto‘g‘ri tarbiya bu baxtsiz qarishdir. Qariganda bolangiz orqali ko‘rgan kunlaringiz sizning boshqalar oldida bergan hisobotingizdir. Qariganda bolangiz orqali ko‘zingiz yoshga to‘ldimi, demak, tarbiyadagi xatoliklarga boshqalar oldida uzr so‘rayapsiz. Yig‘lashdan qo‘rqmang. Yig‘lamang... Ko‘z yoshingiz orqali qilgan xatolar yuvilarkan... Bir tomchigina ko‘z yosh...

TARBIYA O‘ZI NIMA?
TARBIYA bu siz o‘ylab topgan idealingizga bolangizni o‘xshatish uchun qilayotgan xatti-harakatlaringiz jamlanmasidir. Har doim ota-ona farzandini tarbiyalaganda o‘z ehtiyojlarini hisobga oladi. Ya’ni farzand obro‘ uchun, sizning talablaringizga javob berishi uchun, sizning ehtiyojlaringizni qondirishi uchun tarbiyalanayotgan bo‘lishi mumkin. Farzandingizga qimmatbaho kiyim kiygizish bu tarbiya emas, bu siz uchun kerak bo‘lgan bir holat. Agar sizning farzandingiz qimmatbaho kiyim kiysa, siz o‘zingizni shunga qodir bo‘lganingizdan qoniqasiz, va shu kiyimni olib berganingiz haqida boshqalarda fikr paydo bo‘lishiga intilmoqdasiz xolos. Bolani to‘g‘ri tarbiyalayotgan ota-ona bilan noto‘g‘ri tarbiyalayotgan ota-onaning farqi “Bola tarbiyasiga qani vaqt” deyishlaridadir. Nimalarga vaqt topyapsiz? O‘zingizga hisob bering. Vaqt buxgalteriyasini aniq hisob-kitob qiling. Bola uchun ajratilgan vaqtga xiyonat qilmang. Bu vaqtni televizor ko‘rish uchun, telefonda bekorchi gaplashish uchun ajratmang.

Zebiniso Ahmedova

▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog