Zarnews.uz
15.2K subscribers
77K photos
9.69K videos
354 files
40.6K links
Самарқанд вилоят ZarNews.uz веб-сайти.
Тезкор, холис, ишончли!

Сайт: http://zarnews.uz

info@zarnews.uz

http://facebook.com/zarnews.uz/

https://www.instagram.com/zarnews.uz/

Реклама ва мурожаатлар👉 @zarafshonbot

📞 +998662339159
📞 +998662339156
Download Telegram
#Биласизми?
Телевидение солиғи

Буюк Британияда телевидение солиғи мавжуд, 2010 йилдан бери у йилига 145,50 фунт стерлинг (тахминан 180 АҚШ доллари)ни ташкил қилади.


———

#Bilasizmi?
Televideniye soligʻi

Buyuk Britaniyada televideniye soligʻi mavjud, 2010-yildan beri u yiliga 145,50 funt sterling (taxminan 180 AQSH dollari)ni tashkil qiladi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/yo8q

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Bilasizmi?
“Zamzam” och qolganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi

Yevropadagi laboratoriyalarning birida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, “Zamzam” suvida boshqa tur suvlarga nisbatan kamroq oltingugurt mavjud ekan va toʻyimliroq, minerallarga boyroq ekan.

Bu suvning manbasi hali maʼlum emas. Qayerdan kelishini zamonaviy texnologiya ham aniqlolmagan. Yaqin atrofda biror suv havzasi yoʻq, dengizdan esa 80 kilometr uzoqlikda. Bu sharoitda suvning dengizdan kelishi mumkin emas. Asrlar mobaynida “Zamzam” qanday tugamay turibdi – buni hech kim bilmaydi.

“Zamzam” och qolganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi. 1,5 metr chuqurlikdagi kichik quduqdan chiqadigan suv, haj mavsumida millionlab hojilar chanqogʻini qondirishga yetadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining eʼtirofiga koʻra, “Zamzam” dunyodagi eng xushxoʻr va foydali suvlardan biridir.

AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar boʻlmagan yagona suv “Zamzam”dir.

Ilmiy isbotlarga koʻra, ichilgan “Zamzam” suvi hech qachon beldan pastga tushmaydi. Tanadan siydik yoʻli orqali emas, terlash bilan chiqib ketadi.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 19:05 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми?
Одамлар ўртасидаги мулоқот нафақат маълумот алмашинуви, балки энергия алмашинуви ҳамдир

Ушбу видео бизнинг қандай қилиб ижтимоий-маданий муҳит таъсирида шаклланган ҳалокатли ҳолатлар, руҳий кечинмалар ёки ҳиссиётлар орқали бошқаларга таъсир кўрсата олишимизни билдиради.

Қисқагина видеоролик яратувчилари бу орқали ўз ҳис-туйғуларингиз, ҳолатингизни бировга билдираётган лаҳзаларда онгли равишда иштирок этиш лозимлигини айтаётган бўлса ажабмас.

———

#Bilasizmi?
Odamlar oʻrtasidagi muloqot nafaqat maʼlumot almashinuvi, balki energiya almashinuvi hamdir

Ushbu video bizning qanday qilib ijtimoiy-madaniy muhit taʼsirida shakllangan halokatli holatlar, ruhiy kechinmalar yoki hissiyotlar orqali boshqalarga taʼsir koʻrsata olishimizni bildiradi.

Qisqagina videorolik yaratuvchilari bu orqali oʻz his-tuygʻularingiz, holatingizni birovga bildirayotgan lahzalarda ongli ravishda ishtirok etish lozimligini aytayotgan boʻlsa ajabmas.

@Zarnews_uz
#Биласизми?
Ғозлар суруви узоқ масофалардаги парвозлар пайтида 8 километргача баландликка кўтарилиши мумкин

Расмий равишда рўйхатга олинган рекорд 10 километрдан бир оз кўпроқни ташкил қилди. Бундай баландликда одам кислород ниқобисиз ҳатто нафас ололмайди ва паст босим туфайли ҳушини йўқотади.

———

#Bilasizmi?
Gʻozlar suruvi uzoq masofalardagi parvozlar paytida 8 kilometrgacha balandlikka koʻtarilishi mumkin

Rasmiy ravishda roʻyxatga olingan rekord 10 kilometrdan bir oz koʻproqni tashkil qildi. Bunday balandlikda odam kislorod niqobisiz hatto nafas ololmaydi va past bosim tufayli hushini yoʻqotadi.

@Zarnews_uz
#Bilasizmi?
Odam nega tush ko‘radi?

Inson uxlagan paytida tana beixtiyor osoyishtalik holatga tushmasdan sust va tez uyqu fazalarini almashtirib turadi.

Tez uyqu fazalari paytida miya juda faol boʻlib qoladi. Dastlabki fazalar taxminan 10 daqiqa davom etadi, ertalabga yaqin esa bu fazalar uzaya boshlaydi. Biz yorqin, unutilmas tushlarni aynan ushbu bosqichlarda koʻramiz.

Insonning barcha tushlari bedorlik paytida olingan xotiralar, his-tuygʻular va tasvirlarga asoslanadi, hatto eng gʻalati tushlar ham haqiqatdan olingan elementlarni oʻz ichiga oladi.

@Zarnews_uz
#Биласизми?
Самарқанд шаҳрининг диққатга сазовор қадамжолари

Самарқанд - ер юзининг сайқали, ўз вақтида Амир Темур бирлаштирган йигирма етти давлатнинг пойтахти. Бу кўҳна заминда юзлаб диққатга сазовор, сайёҳлар эътиборини тортадиган тарихий масканлар бор.

———

#Bilasizmi?
Samarqand shahrining diqqatga sazovor qadamjolari

Samarqand - yer yuzining sayqali, oʻz vaqtida Amir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlatning poytaxti. Bu koʻhna zaminda yuzlab diqqatga sazovor, sayyohlar eʼtiborini tortadigan tarixiy maskanlar bor.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/ub1w

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Биласизми?
Самарқандда яшаган ва ижод қилган мутафаккирлар
 
Албатта, сиз бу аллома, олим, уламолар ҳақида биласиз, улар ҳаёти, ижоди, фаолияти ҳақида кўплаб китобларда ўқигансиз. Биз қуйида уларнинг биз, авлодларига қолдирган маънавий мероси ҳақида мухтасаргина маълумот беришни маъқул кўрдик.

———

#Bilasizmi?
Samarqandda yashagan va ijod qilgan mutafakkirlar
 
Albatta, siz bu alloma, olim, ulamolar haqida bilasiz, ular hayoti, ijodi, faoliyati haqida koʻplab kitoblarda oʻqigansiz. Biz quyida ularning biz, avlodlariga qoldirgan maʼnaviy merosi haqida muxtasargina maʼlumot berishni maʼqul koʻrdik.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/85d

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Bilasizmi?
2023-yilda eng koʻp oltin qazib olgan davlatlar

🇨🇳 Xitoy - 370 tonna
🇷🇺 Rossiya - 310 tonna
🇦🇺 Avstraliya - 310 tonna
🇨🇦 Kanada - 200 tonna
🇺🇸 AQSH - 170 tonna
🇰🇿 Qozogʻiston - 130 tonna
🇲🇽 Meksika - 120 tonna
🇮🇩 Indoneziya - 110 tonna
🇿🇦 JAR - 100 tonna
🇺🇿 Oʻzbekiston - 100 tonna
🇬🇭 Gana – 90 tonna
🇵🇪 Peru - 90 tonna

@Zarnews_uz
#Биласизми?
Туркиянинг ноёб хазинаси
 
Агар Туркияга йўлингиз тушиб, Эгей денгизидан Ўрта ер денгизигача чўзилган ғарбий қирғоқлари бўйлаб юрсангиз, афсоналарга ҳаёт бағишловчи қадимий хазиналарга дуч келасиз.

———

#Bilasizmi?
Turkiyaning noyob xazinasi
 
Agar Turkiyaga yoʻlingiz tushib, Egey dengizidan Oʻrta yer dengizigacha choʻzilgan gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab yursangiz, afsonalarga hayot bagʻishlovchi qadimiy xazinalarga duch kelаsiz.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/pjql

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Биласизми?
Инсон ҳаётини сақлаб қолишга хизмат қилаётган муҳим кашфиётлар


Тиббиёт мунтазам изланишлар олиб бориладиган соҳа бўлиб, дунё олимлари инсон саломатлигини асраш йўлида тинимсиз тадқиқотлар ўтказади. Ихтиролар орасида шундайлари борки, улар неча йиллар давомида миллионлаб беморлар ҳаётини сақлаб қолишга ҳизмат қилмоқда. Қуйида уларнинг бештаси ҳақида маълумот бериб ўтамиз.

——————-

#Bilasizmi?
Inson hayotini saqlab qolishga xizmat qilayotgan muhim kashfiyotlar

Tibbiyot muntazam izlanishlar olib boriladigan soha boʻlib, dunyo olimlari inson salomatligini asrash yoʻlida tinimsiz tadqiqotlar oʻtkazadi. Ixtirolar orasida shundaylari borki, ular necha yillar davomida millionlab bemorlar hayotini saqlab qolishga hizmat qilmoqda. Quyida ularning beshtasi haqida maʼlumot berib oʻtamiz.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/vv08

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Биласизми?
Дунёдаги думалоқ кўл


Географлар бу кўлни Кингслей, авиаторлар эса Кумуш рангли доллар кўли деб аташади. Агар сиз расмларга қарасангиз, бу жуда мантиқий.

————-

#Bilasizmi?
Dunyodagi dumaloq koʻl

Geograflar bu koʻlni Kingsley, aviatorlar esa Kumush rangli dollar koʻli deb atashadi. Agar siz rasmlarga qarasangiz, bu juda mantiqiy.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/c0l

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Биласизми?
Музқаймоқ танани совутадими?

Кардиологлар иссиқ ҳавода музқаймоқ биз ўйлагандек танани совутмай, аксинча иситишини исботлашди.

Хушхўр ширинлик овқат ҳазм бўлишини тезлаштиради, бу ўз навбатида иссиқлик ҳосил қилади.

Ошқозон фақат вақтинча совийди, кўп ўтмай у янада қизийди. Ширин "газировка" худди шундай реакцияга эга.

————-

#Bilasizmi?
Muzqaymoq tanani sovutadimi?

Kardiologlar issiq havoda muzqaymoq biz oʻylagandek tanani sovutmay, aksincha isitishini isbotlashdi.

Xushxoʻr shirinlik ovqat hazm boʻlishini tezlashtiradi, bu oʻz navbatida issiqlik hosil qiladi.

Oshqozon faqat vaqtincha soviydi, koʻp oʻtmay u yanada qiziydi. Shirin “gazirovka” xuddi shunday reaksiyaga ega.

@Zarnews_uz
#Биласизми?
Инсон танасида яшовчи бактерияларнинг оғирлиги қанча?


Буғуни ким кўпроқ ўлдиради: овчими ё ҳайдовчи?

———

#Bilasizmi?
Inson tanasida yashovchi bakteriyalarning ogʻirligi qancha?


Bugʻuni kim koʻproq oʻldiradi: ovchimi yo haydovchi?

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/6gy9

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube