#KO‘NGIL_SO‘RAB

O‘zgalar ko‘magiga muhtoj, nogiron va bemor  fuqarolar holidan xabar olish,  mehrga muhtoj insonlarning ko‘nglini xushlash kabi xayrli ishlar
shahrimizda muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Zarafshon  shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov "Quruvchi" mahallasida istiqomat qiluvchi  nogironligi bor fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldi. Fuqaro va oila a'zolarining muammo va takliflari tinglandi hamda erkin harakatlanishi uchun nogironlar aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Ushbu tashrifdan mamnun fuqaro ezgu tilaklar bildirib, Yurtimizga tinchlik, Yurtboshimizga omonlik tilab, duoga qoʻl ochdi.

Kanalimizni kuzatib boring
#JARAYON

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov qurilish kompleksi xodimlari bilan birgalikda Yangi Zarafshon mahallasida ichimlik suv tarmoqlarini ulash ishlari yuzasidan berilgan topshiriqlar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qildi. Belgilangan vazifalar yuzasidan ishlar olib borilmoqda.


Kanalimizni kuzatib boring
Assalomu alaykum.
Zarafshon hududida kutilayotgan ob havo
Bugun, 26-aprel.

+24° +15° Bulutli

Namlik: 28%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 7.6 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:46
Quyosh botishi: 19:35
Tong: 17°
Kun: 22°
Oqshom: 23°

Kanalimizni kuzatib boring
#hayot _haqiqati _

Tarbiyali inson birovning dilini avaylaydi.

G‘ururli odam-birovning fitnasiga bosh qo‘shib,  uning buyurtmalarini qulga o‘xshab bajarib yurmaydi.

O‘zining qadrini bilgan-birovning qadrini biladi,  aqlli odam doim o‘zi bilan ovvora!  Chunki birovlarning hayoti-baribir birovniki...

Umr juda qisqa.  Uning qanchalar tez o‘tib ketishini biladiganlar - o‘ziga uchragan har bir odamda yaxshi xulosa qoldirishga intiladi.

Chunki duolarda hayotdagidan ko‘ra uzoqroq yashab qolish mumkinligini hamma ham bilavermaydi.

Kanalimizni kuzatib boring
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

🔰 Davlat organlari va tashkilotlarining 7 mingdan ortiq funksiyalarini baholash natijalari asosida Korrupsiyaga moyil bo'lgan munosabatlar elektron reestri loyihasi shakllantirilgan.

🌐 Reestr loyihasi "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirilgan.

Fuqarolar Reestrdagi korrupsiyaviy xavflar yuzasidan o'z fikr-mulohaza va takliflarini onlayn yuborishlari mumkin.

📌 Ma'lumot uchun, mazkur Reestr Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
KITOB TAQDIMOTI O'TAZILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarorining 5-bandi 4-xatboshisi va mazkur qarorning 16-bandi ijrosi yuzasidan Zarafshon shahrida hududdagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan rahbar va ish yuritish uchun masʼul xodimlar uchun Oʻzbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish asoslari boʻyicha oʻquv kurslari har yil anʼanaviy tashkil etilmoqda.

Bugun Zarafshon shahar hokimligida ushbu oʻquv kursida tahsil olgan bir guruh tinglovchilarga malaka sertifikatlari topshirildi. Tadbir davomida 6 jildli "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kanalimizni kuzatib boring
#JARAYON

Respublika ishchi guruhi vakili M.Avazov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova Oltin vodiy mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, mahallada obodonlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kanalimizni kuzatib boring