🥔 Lay’s chipslar nimadan tayyorlanishini eslatdi - endi hech qanday sir yo‘qligi aniq😅
Brend so‘rovnoma o‘tkazib, xaridorlarning 42% chipslar kartoshkadan tayyorlanishini bilmasligini aniqladi. Vaziyatni tuzatish uchun Lay’s rebrending o‘tkazdi: endi kartoshka va ziravorlar yirik qilib tasvirlangan, logotip esa yorqinroq bo‘lib, umidning quyosh nurini ifodalaydi🌞
Ayrim vaqtlarda, mahsulot yuzasida turgan belgilarni yana qayta ko'rinardi qilib tasvirlashga to‘g‘ri keladi😁

❤1
Salom! Mening blogimni o‘qib turgan do'stim
Ishlar yaxshimi?😊
Menimcha ham hammasi yaxshi, faqat nimadir yetishmayotgandek tuyg‘u bor o‘yda a? Bu tabiiy😉
Nega bu savollar bilan boshladim, aytaymi?
Bir necha soat oldin bir reels ko'rib qoldim va unda "ChatGPT bilan bir suhbatlashib ko‘ring. Sizni psixologik tarafdan qanday inson ekanligingizni bir necha savollarda bilib beradi"-deb yozgan ekan.
Skriptni siz bilan ulashaman. Bir foydalanib ko‘ring-a?😀

<Sen - kognitiv psixologiya, xulq-atvor tahlili va
maxsus tayyorgarlik bo'yicha mutaxassissan.
Tasavvur qil, sen maxsus xizmatlarning tahliliy
bo'limida ishlaydigan xodim bo'lib, mening shaxsiy
tipim, kuchli va zaif jihatlarim, kognitiv buzilishlarim
cheklovchi e'tiqodlarim hamda chuqur ichki
qarashlarimni aniqlashing kerak
Vazifang - menga 15 ta savoldan iborat ketma-ket
(birvarakay emas) savollar turkumini berish. Bu
savollar soddagina ko'rinsa-da, sening fikringga ko'ra
mening shaxsiyatim haqida maksimal ma'lumot
taqdim qilishi kerak.
Savollarni bevosita maqsadni ochib bermasdan ber:
tajribali surishtiruvchilar yoki tahlilchilar singari -
muloyim, imolar bilan, hikoyalar yoki assotsiatsiyalar
orqali.
Har javobimdan so'ng, ikki jumladan iborat qisqa izoh
yoz: menga qarab qanday fikr shakllanayotganini yoz
va keyingi savolga 0't.
Maqsad - mening ruhiy xaritamni tuzish:
psixotipimni aniqlash, xatti-harakatlarimdagi
naqshlarni, kuchli tomonlarimni, xavfli zonalarni,
yashirin qo'rquvlarimni, idrokdagi buzilishlarimni
hamda cheklovchi e'tiqodlarimni aniqlash.
Tayyormanmi? Boshlang, birinchi savoldan.>

Zafar Ostonov blog
KoN – Autumn Leaves
Erta tong, qo‘lda americano. Quloqchinda esa huddi shu musiqa.
Kuzgi pleylistingizga ajoyib tanlov🍁🍂🌧
Kuzgi pleylistingizga ajoyib tanlov🍁🍂🌧
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 SAMSUNG DYSON CHANGINI SO‘RIB OLDI — TOM MA’NODA! 😳
Samsung’ning Avstraliyadagi bo‘linmasi epik performans uyushtirdi: 🌀 ular Dyson changyutgichini shrederda maydalab, keyin esa barcha changni o‘z changyutgichlari bilan tozalashdi!
Shu tariqa kompaniya kim bozordagi asosiy “tozalovchi” ekanini tom ma’noda ko‘rsatdi 😎
⚡️ Agressiv marketing — tozalikdan boshlanadi! 💪

🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmang)
Reklama suratga olishda, muhim bir qoida bor — suratga olish aholiga, tabiatga va milliy yodgorliklarga zarar bermasligi shart.
Xitoyning Chery avtomobil kompaniyasi Range Rover qoyillatgan ishni takrorlamoqchi bo‘ldi. Lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
2018-yilda Range Rover sport mashinasi Tianmen tog‘idagi 999 ta zinadan muvaffaqiyatli ko‘tarilganligi ko‘pchilikni lol qoldirgandi.
Ammo Chery bilan unday bo‘lmadi, videoda ko‘rib turganingizdek, zinapoyalardan chiqayotganda, mashina orqaga sirg‘alib zina tutqichlariga shikast yetkazdi.
Xayriyat, hech kim jabrlanmadi, ammo tarixiy yodgorlik ta’mirga muhtoj bo‘lib qoldi. Kompaniya esa, bu halokatga arqon yaxshi bog‘lanmaganligini sabab qilib ko‘rsatdi.
Minglab tomosha qilgan insonlarda brendga nisbatan qanday o‘y-fikr o‘tdi ekan, qiziq...

❤1🔥1
CAC yoki LTV qaysi ko’rsatgichga e’tibor qaratish muhim?
Yaqinda bir tadbirkor tanishim bilan marketing haqida gaplashib qoldik.
Suhbat davomida shunday dedi:
“Bizda eng asosiy masala, bitta mijozni olib kelish narxi (CAC) oshib ketmasligi. Marketing jamoasiga CACni past darajada ushlab turish bo‘yicha KPI qo‘ysak bo‘larkan.”
Bu fikr ko‘pchilik tadbirkorlarda uchraydi. Chunki bozorda raqobat kuchaygan sari CAC tabiiy ravishda oshib borayotganini hamma sezmoqda. Reklama platformalari qimmatlashyapti, iste’molchi tanlovi ortmoqda, industriyalar to‘yinmoqda.
Ammo shu yerda bir nozik nuqta bor:
CAC — bozor tomonidan belgilanuvchi ko‘rsatkich. Uni sun’iy pastga tushirish yoki bir normada ushlab turish odatda imkonsiz.
Kelin avval bozordagi real holat: CAC va LTV rolini tushunishga e’tibor qarataylik.
Bugungi kunda har qanday industriyada ikkita ko‘rsatkich biznes barqarorligini hal qiladi:
1) CAC — mijozni olib kelish narxi (tejamkorlik haqida emas, bozor dinamikasi haqida signal beradi).
2) LTV — mijozdan butun munosabat davomida olinadigan qiymat (biznesning haqiqiy kuchi bormi yoki yo’qmi, o’lchab beradi).
CAC oshishi, normal jarayon. Lekin LTV oshmasa, biznes uchun xavf tug‘iladi.
Dunyo bo‘yicha yirik kompaniyalar aynan shu sababli CACni emas, LTV/CAC nisbatini boshqaradi. Ya’ni mijoz qimmatga kelsa ham, undan keladigan foyda yuqori bo‘lsa, model sog‘lom bo‘ladi.
Shu tushunchalardan kelib chiqib tadbirkor tanishimga va marketing sohadagi tanishlarimga tavsiya beraman:
Marketingga CACni cheklash KPI sini bermang. Bozorni to‘xtata olmaysiz. Buning o‘rniga mijozdan olinadigan qiymatni, LTVni ko‘paytirish strategiyasiga o‘ting.
Bu nima degani?
- Mijoz bilan aloqani uzaytirish
- Qayta sotuvni mustahkamlash
- Servisni yaxshilash
- Sodiqlik tizimlarini kuchaytirish
- O‘rtacha chekni oshirish
Xalqaro bozorga ham e’ribor beraylik. Misol uchun Netflix?
Netflix mijozni qimmatga olib keladi, lekin uni yillar davomida ushlab turadi. Shuning uchun doim o‘sadi.
Umumiy xulosa:
Bozordagi o‘zgarishlarni to‘xtata olmaysiz, lekin mijozdan olinadigan qiymatni kuchaytirish, to‘liq sizning qo‘lingizda. Kim LTV’ni boshqara oladi, o‘sha bozorni boshqaradi.
@zafars_blog

🔥1
Mavlono aytadi:
“Uzatgan qo’lingni tutmagan qo’llardan hafamisan
yoki
Tutmaydigan qo’llarga qo’lingni uzatgan o’zingdan g’azabdamisan”

❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video rolik FCB.Tashkent bilan olinibdi. Isnayt zo'r topilgan.
STP'ni biznesdagi o'rni!
Katta brendlarning reklama kampaniyalarini ko‘rib, hayratlanib qolish odatiy holga aylangan. Nike, Apple, Coca-Cola yoki Airbnb, deyarli har bir kampaniyada aniq bitta mavzu, bitta g‘oya va bitta yo‘nalish bo‘ladi.
Tomoshabin sifatida biz u reklama kampaniyalardan turli xulosalar chiqaramiz. Kimdir ilhom oladi, kimdir brendga yaqinlik his qiladi, yana kimdir mahsulotni sotib olishga qaror qiladi. Lekin bu xulosalar qanchalik turli bo‘lmasin, ularning barchasi oxir-oqibat bitta nuqtaga borib taqaladi, bu brend yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy tushuncha va maqsadga.
Bu tasodif emas.
Sababi katta brendlar marketingni reklama bilan boshlamaydi. Ular marketingni tadqiqot bilan boshlaydi. Ichki marketing va strategiya jamoalari ma'lum bir vaqtlar davomida bitta muhim masala ustida ishlaydi: brend tashqi muhitda qanday qabul qilinishi kerak?
Shu jarayonda ular o‘zlariga doim bir xil savollarni beradi: biz qanday brendmiz, bizning qadriyatlarimiz nima, biz kimlar uchun mavjudmiz va odamlar bizdan nimani kutadi? Bu savollarga aniq javob topilgandan keyingina brend o‘zining maqsadli mijoz portretini shakllantiradi. Keyingi barcha qarorlar: reklama mavzusi, vizual, matn uslubi, qaysi kanalda chiqishi va hatto ovoz ohangigacha aynan shu portretga moslab quriladi. Mana shu nuqtada marketingda juda muhim bir jarayon ishga tushadi. Katta bo‘ladimi yoki kichik, tizimli ishlayotgan deyarli barcha kuchli marketinglar aynan shu yerda tartibga tushadi.
Bu — STP.
STP — bu marketingda shunchaki nazariyasi emas, balki bu tartib. Segmentatsiya, Targeting va Positioning bular murakkab so‘zga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Lekin amalda STP marketingdagi eng oddiy savolga javob beradi: biz aynan kim bilan gaplashyapmiz va nima uchun u bizni tanlashi kerak?
STP haqida batafsil:
Birinchi bosqich — Segmentatsiya.
Bozorni “hamma” deb qabul qilgan brend hech qachon kuchli bo‘la olmaydi. Chunki “hamma” degan auditoriya mavjud emas. Kimdir narxga qaraydi, kimdir qulaylikka, yana kimdir obro‘ga. Kimdir bugun sotib olishga tayyor, kimdir hali muammoni anglamagan. Segmentatsiya mana shu farqlarni tan olishdir. Yosh, kasb, xulq-atvor, ehtiyoj, qaror qabul qilish sababi, bular shunchaki ma’lumot emas, bu kelajakdagi marketing qarorlarining fundamenti.
Keyingi bosqich — Targeting.
Bu yerda brend hal qiluvchi qaror qabul qiladi: “Biz hammaga emas, aynan kimga xizmat qilamiz?” Kuchli brendlar bu savoldan qo‘rqmaydi. Aksincha, ular ataylab torayadi. Chunki ular biladi: aniq auditoriya uchun qurilgan taklif har doim kuchliroq ishlaydi. Targeting — bu faqat “kimga sotamiz” degan savol emas, balki “kim uchun yo‘qmiz va bu normal holat” degan qaror.
Va eng muhim bosqich — Positioning.
Bu bosqichda mahsulot emas, ma’no sotiladi. Nega odam sizni tanlashi kerak? Siz bozordagi boshqa variantlardan nima bilan farqlanasiz? Qaysi nuqtada sizning va’dangiz mijoz uchun muhim bo‘lib qoladi? To‘g‘ri positioning bo‘lmasa, eng chiroyli dizayn ham, eng katta reklama byudjeti ham ishlamaydi. Chunki odamlar reklama emas, o‘ziga mos yechimni izlaydi.
STP to‘g‘ri qo‘yilganda bitta juda muhim narsa sodir bo‘ladi:
marketing shunchaki “baland gapirish”dan to‘xtaydi va 'aniq gapirishni' boshlaydi.
Matnlar umumiy bo‘lmaydi. Vizual tasodifiy bo‘lmaydi. Reklama kampaniya “yoqsa bo‘ldi” emas, “to‘g‘ri odam tushundimi” savoliga ishlaydi. Tone of voice ham aynan shu yerda shakllanadi, rasmiy yoki do‘stona, sodda yoki murakkab, sokin yoki provokatsion. Chunki bu ovoz brend xohlagani uchun emas, maqsadli mijoz shuni qabul qilgani uchun tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda, kuchli marketing tasodifan paydo bo‘lmaydi. U chiroyli reklama, baland shior bilan boshlanmaydi. U aniqlikdan boshlanadi. Kim uchun ishlayapmiz, nimani va’da qilyapmiz va odamlar nega aynan bizni tanlashi kerak.
Tavsiya o'laroq siz ham ishlayotgan korxonangizda aniqlab oling. Agarda aniq bo'lsa har qancha vaqtda ular bilan turli CustDev'lar o'tkizib yangiliklar bilan bo'lishib boring!

❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar ham ko’rdizlarmi?
Artel kompaniyasi tomonidan olingan creativ video rolik bo’libdi😉

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu esa kadr orti jarayoni qanday kechgani to’g’risida