Tilsim
Qissa
26-qism
***
Doniyor muallim uyiga borsa katta qizini soʻrab sovchilar kelgan ekan. Ayollar uning kayfi borligini koʻrib hayron boʻldi. Xotini uning bu qiligʻini berkitish uchun: "Dadamizning ichish odati yoʻq edi. Bugun bir ichib qoʻyibdi. Uyga kiring, dadasi," deb qoʻydi.
Doniyor muallim "Ha, mayli" deb uyiga kirib ketdi. Kirdiyu, gursillab yiqildi. Xotini borib uni joyiga yotqizib qoʻydi.
Doniyor muallimning joyi antiqa: bir eski gilam, ustida kir koʻrpacha, kichkina dasturxon ichida yarimta non va piyoz doim turar edi. Boʻlgani shu, ortigʻi ortiqcha edi. Uyiga kelib shu joyda yotar, birov bezovta qilishini istamasdi.
Xotini koʻp aytdi, "Qizlar katta boʻlib qoldi. Uyga sovchi kelmoqda. Bunday ichishni tashlang" deya. Doniyor muallimga aql kirmadi. Ichgani ichgan edi.
Sovchilar shoshib joʻnab ketdi. Omonlashishni ham nasiya qilishdi. Xotini mulzam boʻldi. Nima qilsin, uchta qizi boʻy yetib turibdi. Kattasi oʻttizga koʻray desa, ikkinchisi yigirma besh, kichigi yigirma toʻrt yoshda. Yolgʻiz oʻgʻli uydan bezor boʻlib harbiy xizmatga borib, oʻsha joyda uylanib qolib ketdi. Har zamonda xat yozib turadi. Kelay desa otasi bilan janjallashib qolardi. Qiyin, qiyin onaga qiyin edi.
Xotini uyiga kirganida Doniyor muallim uyalmay, " Aroq olib kel" deydi. Bechora xotin indamay qizlarining oldiga oʻtib ketdi.
- Oyi siqilmang, bizga ham xudoning atagan tuhfasi bordir. Otamizga insof berar. Hali yoshmiz-ku, - deya chugʻirlashib onasining koʻnglini koʻtarishdi.
- Men xudoga nima gunoh qilgan edim. Sizlarni baxtli koʻrsam armonim qolmasdi, - deya yigʻladi bechora ayol.
Doniyor muallim xurrak otib uxlashga tushdi. Hammaning yuragi siqilib turganda bu xurrak ovozi ortiqcha edi.
***
Sanobar begona joyda oʻzini ortiqcha his qildi. Na otini biladi, na zotini biladi. Aqldan adashsa qiyin ekan. Kampir uni tinmay savolga tutadi. U javob berolmay halak. Nahotki hamma narsani unutsa bu qanday gap?
Sanobar ularga mehr berdi. Boshqa iloji qancha. Nima qilsin, bechora. Uydagi ayolga ishlarida yordam berdi. Ancha ishni eplay oldi. Buni koʻrgan kampir: - Qoʻli shirin ayol ekan. Bir roʻzgʻorni obod qilgan ekan. - dedi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍3
Tilsim
Qissa
27-qism
Qozoq mehmonlar qaytish uchun yoʻlga tushdilar. Kampir kuyovini ularga qoʻshib joʻnatdi. Bir haftadan keyin u yerda ishlash maʼqul boʻlsa oilaviy koʻchib ketishiga kelishib olishdi. Kuyov avval rozi boʻlmagan boʻlsa ham, moʻmay daromadni eshitib qanday joʻnab ketganini sezmay ham qoldi.
Ular ketgach Begali onasiga: - Nimalarni rejalashtiryapsiz? Nega ularni koʻchirishga shuncha qiziqib qoldingiz? - deb ajablanib soʻradi.
- U tomonda maosh yaxshi ekan. Nima ozroq koʻproq pul topsa yomonmi? Men ularni baxtli boʻlsin deyman. Otang ham shu maqsadda bolalar uyidan bola olib keldi. Umri qisqa ekan, bolani bagʻriga bosganini, quvonganini koʻrmay ketdi. Armonda ketdi. Endi biz harakat qilishimiz lozim, otang gʻorida tinch yotsin. Menga zarurmi shuncha dahmaza. Men ham oʻlib ketaman, - deb mingʻirlab qoʻydi kampir.
- Ona, nuqul oʻlimdan gapirasiz. Otamdan ayrilganim yetmaydimi? Bir ogʻiz aytdim. Shu yerda ham non topayapdi. Vatandan kechish hazilmi? Opamsiz qiynalaman. Yaqin joy boʻlsa ekan, xabarlashib tursak, - dedi Begali xomushgina boʻlib.
- Ularning ham millati qozoq, Qozogʻiston ularga vatan. Qolaversa otangning yaqinlari tashlab qoʻymas. Har yili kelib turadi. Biz izlab boramiz.
Buning ustiga bola ham oʻsha joylarda mehr berib ularga farzand boʻlib ketadi. Bu yerda hamma bizni taniydi. Bolaga yetimligini aytsa, opangga el boʻlmaydi. Senga shu kerakmi? - dedi kampir oʻrniga choʻzilib yotib.
- Nima qilsangiz, mayli. Faqat oqibatini oʻylab qiling. Menga opamning baxtli hayot kechirishi muhim. Boshqasi kerakmas. - dedi Begali ham koʻrpacha chetiga oʻtirib.
- Menga ham sizlarning baxtingiz kerak. Oʻsha tomonda odamlar opangni tanimaydi. Bolam desa bola opangga mehr qoʻyib ketar, balki. Izlash boʻlsa jigarlar uzoqda yashasa mehrli boʻladi. - dedi kampir yotgan joyida.
- Ona, siz opamni sogʻinib qolasiz. Yaqin joy boʻlsa ekan izlab borsangiz. Qiynalmang deymanda. - dedi Begali, esnab qoʻyib.
- Men ham, opang ham koʻnikamiz. Muhimi baxtli boʻlsa boʻldi opang. Koʻzidan yosh oqmasa deyman. Qoʻy dam olaylik, sen ham charchagansan, - dedi kampir.
Begali asta oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Kampir bolasini aldagani uchun biroz qiynaldi. Keyin "Qizim baxtli hayot kechirsa bas, xudo kechirarda" deb qoʻydi ichida.

28-qism
Begali otasidan ayrilganiga bir kuyunsa, opasi oʻzga yurtlarga ketayotganligidan bir oʻksindi. Xoʻrligi kelib yigʻlagisi keldi. Bolalarini koʻrib oʻzini bosib oldi.
Xotiniga ertaga togʻga ketishini aytib, oʻzi qoʻshnisining uyiga ketdi. Qoʻshnisi traktorda qabristonga odamlarni va otasining tobutini ortib borgan edi. Shu xizmati uchun uch-toʻrt soʻm pul berishni va rahmat aytishni diliga tugib qoʻydi.
***
Begali Solini izlab borganida endi ishdan kelgan ekan. Soli uni koʻrib uyga taklif qildi. Begali uyga kirar ekan bir ayolga koʻzi tushdi. Avval bu ayolni koʻrmagan edi. Solining biror yaqindir deb qoʻydi ichida.
Uyga kirgach Soli: - Begali inim xafa boʻlmay oʻtiribsizlarmi? Oʻsha kundan buyon xabar ololmaysan. Davlat ishi bilan ovvoraman, - dedi.
- Rahmat sizga aka. Hamma yaxshi. Men ham oʻzim bilan ovvora boʻlib sizga ozroq ataganimni berilmay yuribman, - deya Begali choʻntagidan pul chiqarib qoʻydi.
- E, uka, nima qilyapsiz? Pul nimasi. Meniki xolis xizmat. Otangiz jannati inson edi. Koʻp yaxshiliklar qilgan. Meniki nima boʻlibdi, traktorda tobutini olib bordim. Aslida bu insonning xizmatlari uchun yelkamda olib borishim kerak edi. Oʻzingizni qiynamang. Yana biror xizmat boʻlsa aytarsiz. - dedi Soli choy uzatib.
- Aka, aybga buyurmang, uyingizdagi ayolni tanimadim. Biror qarindoshingizmi? - dedi choydan hoʻplab Begali.
- Ha, boyagi ayolmi? U mehmon, mehmon-ki, qanday tushuntirsam ekan. Mayli boshidan boshlab aytay, - dedi Soli yostiqqa yonboshlab olib. - Bir necha kun oldin tongda ishga ketayotsam, bir ayol qishloq chetidagi yoʻlda yotibdi. Borib qarasam, hushsiz. Kiyimlari bir ahvolda. Bir amallab traktorga solib uyga olib keldim. Onam parvarish qildi. Kechqurun oʻziga kelibdi. Ammo xotirasi yoʻq. Avvaldan yoʻqmi, shu kuni yoʻqotganmi, bilmadik. Na otini biladi, na zotini biladi. Onam yaxshi ayol ekan, uyda yursin dedi. Bilasan uch yil oldin yolgʻiz singlimni tuproqqa qoʻyganman. Shu ayol singlimga oʻxshab koʻrindi. Onamga ham shunday koʻringan boʻlsa kerak. Uyda yursin, yaqinlari izlab kelsa olib ketar.
- Aka siz yaxshi insonsiz, siz tufayli hayot qiziqda. Bu ayolning biror belgisi yoʻqmi? - dedi Begali.
- Bor uka, - dedi Soli yotgan joyidan turib. - Ustida atlas koʻylagi bor ekan. Ammo uning etaklari yirtilib kiyim deb atab boʻlmay qolgan. Onam sandiqqa solib qoʻydi, belgisi boʻladi deya. Begali, shu ayol huda koʻp qiyinchilik koʻrganmi, deyman. Baʼzida yosh bolaning ovozini eshitsa koʻzlari olazarak boʻlib yigʻlaydi.

29-qism
- Aka, balki bolalarini tuproqqa topshirib, aqldan ozgandir. Yoki, zolim erining kaltagidan shu kuyga tushgan boʻlsa kerak. Har holda savob uchun qarang, aka. - dedi Begali. - Aytmoqchi, erta ertalab togʻga molga ketaman. Qoʻshni choʻponlarga molini topshirib kelgan edim. Bu ayolni kimdir soʻrasa, sizning uyingizda ekanligini aytsam maylimi?
- Bu nima deganingiz, uka. Soʻrasa ayting, yaqinlari olib ketsa ham singlim kabi koʻrib holidan xabar olib turaman. Ayting, uka, - dedi Soli.
Begali oʻrnidan turib omonlashdi. Keyin uyiga qarab ketdi. Bir xayoli shu ayolda qoldi.
Kechqurun uyida oilasi bilan choy ichib oʻtirib, xayoli ketib dasturxon chetidagi choynakni turtib toʻkib yubordi.
Onasi: - Bolam, yaxshimisan. Bolangni issiq choyga kuydiray dedingku. Buncha xomushsan. Bir sening otang oʻlibdimi? Oʻlim haq, otani koʻmmoq bolaga farz. Oʻylanma, - dedi.
- Ona, otamni oʻylab siqilib turibman. Buning ustiga qoʻshnimizning uyiga bir ayol kelib qolibdi. Esi yoʻq. Bechora hayotida rosa qiynalgan koʻrinadi. Soli aka oʻlgan singlimga oʻxshar ekan deya unga yaxshi qarayapdi, - dedi Begali oʻychan.
"Bolaning onasi. Aqlini yoʻqotgani yaxshi boʻlibdi. Ammo esini tanib qolsachi. Qiziga bolani bu yerga olib kelishini man qilishi kerak" Kampir shu oʻylar iskanjasida Begaliga qarab: - Odamzodning taqdiri shunaqa. Oʻylab siqilib oʻtirma. Soli singlimga oʻxshab koʻrindi degan boʻlsa singil qilib olsin. Bizga nima? - dedi
Begali onasiga yalt etib qaradi. Ichida "Onam otamning yoʻqligiga qattiq xafa boʻlmoqda. Oxiri bahayr bosimda." deb oʻyladi.
Kampir esa "Begali hech narsani sezmasin, sezib qolsa yomon boʻladi" deb oʻyladi.
Hamma uxlash uchun yotishdi. Kampir tun boʻyi uxlamay qiynaldi.
Ertalab Begali togʻga joʻnab ketdi. Kampir ham bormoqchi ekanligini yolgʻondan boʻlsa ham aytdi. Begali onasini uyga nabiralari bilan qolishini takidlab oʻzi otga aravani qoʻshib joʻnab ketdi.
Qishloqdan ancha uzoqlashgach, yoʻl chetida qandaydir mato parchalariga duch keldi. Avval etibor bermadi. Qarasa deyarli butun yoʻl boʻylab bir xil atlas matosining kichik uzuq-yuluq boʻlaklari sochilgan. Bu oʻsha ayolning kiyimi boʻlsa kerak deb oʻylab qoʻydi. Oʻzining chodiriga yaqinlashsa uning ham yonida shu latta parchasi bor ekan.
Begali darrov qoʻshni choʻpondan mollarini ajratib oldi. Unga rahmat aytib chodiri tomon ketdi.

30-qism
Chodirga borib avval kirmay ancha turdi. Otasi haqidagi shirin xotiralarni yodga oldi. Soʻngra ichkariga kirib chodirni yigʻishtirib qoʻydi. Kechgacha mollari bilan ovvora boʻldi.
***
Toʻlagan har kuni yangasi va ukasini kun davomida izlab kelar, ammo biror daragini topmay xunob boʻlib qiynalardi.
Otasi ham umid bilan kutar edi.
Turdiboy oʻsha holda yotgani yotgan edi.
Har ikki kunda qora odam kelib holidan xabar olib, ukol qilar va dori berib ketardi. Ammo Turdiboyda oʻzgarish kuzatilmadi.
Toʻlagan yangasini togʻ tomondan emas, qarshi tomondan izlar, oldidan chiqqan har bir insondan qayta-qayta soʻroqladi. Birov ham koʻrmagan edi.
Begali bir kuni Solining uyidagi ayol esiga tushib qoldimi, harqalay togʻdan oshib tushib mato boʻlaklari yotgan joylarni izladi. Kuz shamoli ularni uchirib yuborgan, lekin butalarga osilib qolgan edi.
"Bu ayol shu tomondan chiqqan ekan. Daragini kimgadir aytsam boʻlar ekan" - deya oʻyladi. Kun qisqa boʻlganligi uchun kechga yaqin orqaga qaytdi. Chodirga kelsa bir yosh yigit uni kutib turgan ekan. Hol-ahvol soʻrashib olishdi.
- Mening ismim Abdulla. Rais sizga yordamchi qilib tayinladi. Siz bilan birga ishlaymiz, - dedi kulib yigitcha.
- Ha, yaxshi uka. Ertaga mollarni togʻga haydaysan. Men togʻning orqasiga Doniyor togʻamni koʻrish uchun ketaman. Kechgacha yetib kelaman. Eshagingni minib ol, charchab qolasan - dedi Begali.
Ertasi kuni Begali Abdullaga ishlarni tayinlab, oʻzi togʻdan oshib qishloqqa Doniyor togʻasidan xabar olgani ketdi. Doniyor muallim uni qiziqtirmas, uni Solining uyidagi ayolning taqdiri qiziqtirardi. Begali otda togʻdan tushib ancha yurgach qishloq yaqinida Ashur muallimni koʻrib qoldi.
- Assalomu alaykum muallim, - dedi Begali otining jilovini tortib.
- Vaalaykum assalom, Begali jiyan oʻzingmisan? - dedi Ashur muallim quvonib. - Seni koʻrganim yaxshi boʻldi. Otangni berib qoʻyibsan. Oxirati obod boʻlsin. Maktabdan chiqib bora olmadim. Nasib etsa bir kun borib kelarman. Uzrda, jiyan.
- Rahmat, muallim. Bizning. Doniyor togʻa qalay? Maktabda bormi? - dedi Begali oʻynoqlab turgan otini orqaga burib.

31-qism
- Doniyor bor, maktabga bugun chiqmasa kerak. Otangning janazasiga borib kelgandan buyon toʻxtovsiz ichib yuribdi. Doʻkonlardagi qarzlarini bir uzgan ekan, yana qarzga botib qoldi. Har zamonda maktabga oʻtib qoladi. Uzr jiyan. Darsga kech qolmay. Uyga oʻt choy ichib ketasan, - deya Ashur muallim maktabga tomon shoshib ketdi.
Begali togʻasining uyiga borishini ham, bormasligini ham bilmay oʻylandi. Keyin tavakkal qilib togʻasining uyiga borishga qaror qildi.
Begali kirib borganida Doniyor muallim oʻz xonasida kayfi oshib uxlab yotardi. Xotini uni koʻrib uyga taklif qildi. Begali uyga kirib togʻasining qizlari bilan koʻrishib soʻrashib oldi.
- Bizning togʻa oʻzgarmabdi, yanga. Hamon oʻsha ichgani, ichgan boʻlibdi. Uyga ham qaramabdi. - dedi Begali.
- Togʻangiz shunga oʻrgandi. Oldinda qish kelay deb turibdi. Oʻtin kerak. Bu qizlarni soʻrab kelgan sovchilar otasini koʻrib indamay ketishadi. Begali siz biror narsa deng, zora soʻzingizni olsa, - dedi Doniyor muallimning xotini yerga qarab.
- Kuyunmang, yanga. Hammasi iziga tushib ketadi. Rahmatli otamning gapiga quloq solmagan mening gapimga kirarmidi. Insofni oʻziga bersin, - dedi Begali.
Doniyor muallimning oʻzi turganmi, yoki qizlari uygʻotganmi, ishqilib uyga kirib keldi
- Jiyan kelibdi. Qaysi shamol uchirdi? Qalaysan? - deya Doniyor muallim jiyanining qoʻlini siqib koʻrishdi.
- Togʻa, sizdan hol soʻrab keldim. Qalaysiz? - dedi Begali togʻasiga qarab.
- Zoʻrman, jiyan. Hoy, tirikmisizlar? Jiyan kelibdi, doʻkonga borib ikkita aroq olib kelinglar. Bir togʻa-jiyan yayraylik. Turey, - deya Doniyor muallim baqirib yubordi. Keyin xotini va qizlarini buralatib soʻkdi.
Begali kelganiga afsus qildi.
Tashqarida motatsiklning ovozi eshitildi. Uy bekasi kim bilandir gaplashdi. Motatsiklning baland ovoziga suhbatdoshlarning ovozi qoʻshilib hech narsaga tushunib bolmas edi.
Ayol kirib: - Toʻlagan yaqinlarini soʻroqladi. Shu bechoraga ham qiyin. - deya gap boshlagan ayol erining qattiq soʻkishini eshitib mum tishladi.
Begali ketishga ruxsat soʻradi. Doniyor muallim uni joyiga oʻtqazib, bir shisha aroq ochdi.
- Bezrayib turmay, ovqat qil, - dedi gʻazab bilan xotiniga.

32-qism
Ayol indamay chiqib ketdi. Begali ichmasligini aytdi. Doniyor muallim: - Oʻlgan otang endi tirilmaydi. Ich, - dedi Doniyor muallim. - Qani ol. Bir kelib qolibsan.
Begali shu ichkilikdan bezor boʻlib, koʻpchilik ol deyaversa zoʻrgʻa bir piyola aroq ichardi. Hozir ichish niyati ham yoʻq edi. Doniyor muallim ichmasligini eslab: - Otang oʻlib ketdi. Aroq ichmasdan. Dunyo lazzati bu. Ich, otang yoʻq endi urishadigan. - dedi masxaramuz ohangda.
Begaliga bu gap qattiq taʼsir qildi. Sakrab oʻrnidan turib Doniyor muallimning yoqasidan ushladi.
- Otamga til tekkizmang. Siz bunga arzimaysiz. Sizdek togʻaning boridan yoʻgʻi yaxshi. Mening otam mard inson boʻlgan, sizni yomon koʻrgani uchun uni ayblaysiz. Yaramas ekansiz. Onam borda boʻlmasa sizni doʻpposlab xumorimdan chiqardim. - dedi Begali tutoqib.
- Hoy jiyan. Sen menga qoʻl koʻtarmoqchisanmi? Mengaya? Men bir ziyoli qatlam vakillaridan hisoblanaman. Sen kim boʻlibsanki, bir choʻponning bolasisan. Yaramas ol qoʻlingni yoqamdan, - deya Doniyor muallim baqirdi.
- E, sendaqa ziyolini, xudo olsin. Uyal, ahmoq, - deya Begali togʻasini qoʻyib yubordi.
Doniyor muallim gandiraklab borib yiqildi. Uyga shovqinni eshitib uy sohibasi kirib qoldi.
- Begalijon, qoʻying. Shu bilan teng boʻlasizmi? Hozir kayfi bor, - deya yalindi ayol.
Begali indamay tashqariga chiqib ketdi. Ichkaridan Doniyor muallimning gʻoʻldiragan ovozi eshitilib turdi. Birozdan soʻng ayol chiqib: - Ovqat tayyor boʻlib qolay dedi, Begalijon oʻtiring, - deb yalindi
- Yanga siz xafa boʻlmang. Bu inson bilan shuncha yil chidab yashaganingizga rahmat. Men ketdim, xafa emasman. Omon boʻling, - deb Begali hovlidan chiqib ketdi.
Ayol yerga qarab oʻylanib qoldi.
***
Sanobar bu yerga ancha oʻrganib qoldi. Kampir bilan suhbatlashish maroqli edi. Ammo oʻz taqdirini bilmaslik ogʻir azob edi, uning uchun.

33-qism
Solining ayoli oʻrmak qurdi. Unga uyi uchun gilam turmoqchi boʻldi. Buni koʻrgan Sanobar oldiga bordi va gilamini mustaqil toʻqiy boshladi. Kampir uni koʻrib keliniga indama deya imladi.
Sanobar ajib chaqqonlik bilan gilam toʻqib, chiroyli gullar hosil qilar edi.
Kampir: - Qizim bu hunaring bor ekan. Kimdan oʻrganib olgansan? - deya soʻradi.
Sanobar indamay yelka qisdi. Eslashga urinib koʻrdi. Eslay olmasdi. Soʻng yana ishida davom etdi. Kampir yonida uning ishiga mahliyo boʻlib qarab oʻtirdi.
- Bir ajib hunaring bor ekan, qizim. Endi mening qizimsan. Ishla yengil tortasan. Ovinib yursang xotirang ham tiklanib qolar. Ishlayver, men qoʻshni kampirdan hol-ahvol soʻrab kelaman. Charchasang dam ol. Oʻzingni koʻp qiynama, - deb kampir hovlidan chiqib ketdi.
Kampir qoʻshnisining uyiga borganida qoʻshni kampir katta toʻshak qilib yotib olgan edi. Uni koʻrib oʻrnidan turdi.
- Yotavering, dugona. Bezovta qildim. Nima kasal boʻlib qoldingizmi? - deya kampir koʻrpacha ustiga oʻtirdi.
- Keling dugona. Cholimning marakasi bilan yurib charchabman. Dam olish uchun yotgan edim. - dedi yotgan kampir.
Solining onasi tilovat qildi. Ikki kampir duo qilib olishdi. Shu payt uyga Begalining xotini kirib keldi.
- Assalomu alaykum, yaxshi oʻtiribsizlarmi? Uy sovuq ekan, hozir pechkaga olov yoqaman. Bugun ishim erta tugadi, - deb ishga kirishdi
Pechkaga olov yondi. Darrov choy qaynadi. Kelin choy damladi. Kampirlar u yoq, bu yoqdan gaplashib oʻtirishdi.
- Xola, uyingizga bir ayol kelibdi deb eshitdim. Yaxshi ekanmi? - soʻradi kelin.
- Voy, nimasini aytay. Uy ishiga sarishta ekan. Hamma joyni chinnidek qilib qoʻyadi. Kelinimga ish qolmayapti. Bugun oʻrmak qurgan edi, oʻzi kelib toʻqib ketdi. Biram qoʻli gul ekan. Xuddi qizimdek boʻlib qoldi, oʻrgilay, - dedi qoʻshni kampir ogʻzidan bol tomib.
- Xola, yaxshi ekan. Keliningiz yaxshida. Uni maqtab qoldi oʻtgan kuni. Vaqtim boʻlmayotir, men ham tanishsam deyman. Nasib qilar bir kuni, - degan kelin qaynonasidan baloga qoldi.
- Voy, bir nasli buzuqdirda. Yaxshi boʻlsa uni izlab kelardi. Hammaning bezorini olgan boʻlsa kerak, hech kim izlab kelmadi. Qoʻshni uni uydan haydang. Biror zarari tegmasin. Shunaqalarni davolaydigan kasalxona bor deb eshitib edim.

👍2
Tilsim
Qissa
34-qism
Soliga ayting topshirib kelsin. Undaylarni uyda saqlamoq balo olib kelishi mumkin. Yana oʻzingiz bilasiz, dugona, - deya ters gapirdi.
Kelin indamay chiqib ketdi. U chiqib ketgach oraga ogʻir sukunat choʻkdi. Ikki kampir indamay jim oʻtirishga majbur boʻldi. Ikki kampir ikki xil xayolda qolishdi. Avvallari bularning suhbati uzoq davom etar, bir-biridan ayrilgisi kelmas edi. Birozdan soʻng kampirlar soʻzsiz tarqalishib ketishdi. Kelin ham bularni birinchi marta bu holda koʻrib hayron boʻldi.
***
Toʻlagan ertalab turib qarasa akasining bir qoʻli qimirlab turibdi. Quvonganidan otasini chaqirdi. Avval koʻzlariga ishonmadi. Otasi ham kelib tasdiqlangach, quvonib ketdi.
Darrov qizlarni chaqirib quvontirdi. Qizlar otasining bagʻriga otildi. Turdiboy chap qoʻli bilan qizlarining boshini silab qoʻydi. Gapirmoqchi boʻlib harakat qildi, ammo uddalay olmadi. Koʻzidan miltillab yosh dumaladi.
Toʻlagan otasiga shifokorni olib kelishini aytib uydan tezda chiqib ketdi. Motatsiklda gʻizillab uchdi. Qanday tez haydaganini oʻzi ham sezmasdi. Quvonchdan yuragi yorilib oʻlay dedi.
Qoʻshni qishloqqa borib, qora odamning uyiga kirib, hovliqib gapirdi
- Aka, akamning qoʻli qimirlab qoldi. Yuring, - dedi quvonib.
- Assalomu alaykum, uka. Keling. Yaxshi. Hozir chiqaman, - deya qora odam uyga kirib ketdi.
Birozdan soʻng katta qora portfel koʻtarib chiqdi. Ikkovlon yana ortga qaytdi. Toʻlagan motatsiklini har galgidan tezroq haydadi.
- Toʻlagan uka, shoshmang. Hali yashashim kerak. Boshlab qoʻygan ilmiy ishim bor, - dedi orqada oʻtirgan qora odam.
- Uzr, aka. Hayajonlanib ketibman. Hozir sekin ketamiz, - dedi Toʻlagan uyalib. Ular endi sekin bir maromda ketishardi.
Toʻlagan uyga yetib borganida akasi duduqlanib gapirishga harakat qilar edi.
Ularni koʻrib indamay qoldi. Qora odam Turdiboyning koʻzlarini, yuragini tekshirdi. Keyin chamadonini ochib bitta suyuq dori oldi va qoshiqchiga quyib ichirdi. Soʻng boshqa idishdan dori oldi va Turdiboyning bilagiga ukol qildi.
Oradan ancha vaqt oʻtgach, Turdiboy uxlab qoldi. Otasi hayron boʻlib: - Nega buni uxlatib qoʻydingiz? - deb soʻradi.

35-qism
- Ota, bolangiz hali tayyor emas. Hali uxlashi kerak. - dedi qora odam. - Nargi uyga oʻtsak boʻladimi?
- Ha, yuring bolam, - deya chol yoʻl boshladi.
Nargi xonaga kirgach qora odam soʻz boshladi.
- Ota, men shifokor olimman. Hozirgi kundagi insult kasalligi ortib ketganligi tufayli shu sohada ilmiy ish boshladim. Ammo gʻanimlar menga tuhmat qilishdi. Ishimdan haydashdi. Men yaratgan dori bir necha odamni tuzatdi. Bu esa ularga maʼqul kelmadi. Ular darhol mendan osonlikcha qutilish imkonini qildi. Keyin siz bilgan qoʻshni qishloqqa koʻchib kelishga majbur boʻldim.
- Endi uka yaxshi odam yonida yomon odam ham boʻladi. Yomon odam yaxshiga kun bermaydi. Agar hamma yaxshi boʻlib ketsa hayotning qizigʻi ham qolmaydi. Yomonlar yaxshilarni koʻpayib ketishidan qoʻrqadi. Yomonlarning qalbida shayton yashaydi deyishadi. Bu yolgʻon. Shaytonga ular dars beradi. Shunga aytadilarda yaxshiga kun yoʻq, yomonga oʻlim yoʻq deb. Chidaysiz inim, chidaysiz - dedi chol boshini chayqab.
- Ota, men yaratgan dori juda kerak. Bu dorini olgan bemor tezda tuzaladi. Ular buni istashmaydi. Chet eldan falon pulga foydasiz dorini olib kelib kasalga berishadi. Ammo kasaldan umid yoʻq. Doktorlarning choʻntagi qappaygani qoladi xalos. Men yaratgan dori tuzatadi. Ammo bizga kerak emas emish, - dedi qora odam jon kuydirib.
- Inim men bir savodsiz odamman. Lekin elda eʼzoz topdim. Birovga yomon gapirmadim, gʻiybat qilmadim. Sizning ishingiz zoʻr. Xudo hohlasa dorini zoʻr qilib yaratasiz. Bolam tuzalsin kattalarga oʻzimiz borib tushuntiramiz, - dedi chol.
- Ota, oʻgʻlingiz tuzaladi, ammo kattalar meni va dorini tan olmaydi. - dedi qora odam yerga qarab.
- Tan oldiramiz, umid bilan qaraymiz. - dedi chol.
Ular yana uzoq vaqt suhbatlashib oʻtirishdi.
***
Begali togʻasi bilan aralashib ketgach, togʻga qaytmoqchi boʻlib maktab yonidan oʻtib ketar edi. Uni Ashur muallim koʻrib toʻxtatdi.
- Begali, otangizning marakasi qachon. Aybga buyurmang Doniyor muallimdan soʻrasam bilmayman dedi. Aytib keting, nasib qilsa oʻtardim - dedi.
- Nargi haftaning yakshanba kuni. Oʻtavering kutaman, - deya Begali otini jadallab haydadi.

36-qism
- Hali oʻn kun bor ekan, yana yakshanba kuni ekan. Bir borib kelaman, xudo hohlasa, - deya Ashur muallim darsiga kirib keldi.
Begali chodirga kelganida kun botish payti edi. Yangi yordamchisi mollarni haydab kelardi. Begali hayron boʻlib, otini minib, tezda oldiga chiqdi. Sherigidan soʻragan edi, " Mollarga boʻri hujum qildi" deya javob berdi.
Begali mollarni sanamoqchi edi, sherigi barchasi borligini aytdi.
- Sizga aytsam, gʻalati ish boʻldi. Tushlikka yaqin qoʻylar podasi oldiga bir boʻri keldi. Nuqul kichkina qoʻzichoqqa qarab keladi, deng. Hay-haylasam orqaga qaytadi. Keyin yana qoʻziga qarab keladi. Oldidan chiqqan qoʻyga ham teginmaydi. Qarab turdim, qoʻzini ushlab yalaydi, koʻzidan yosh oqadi, keyin choʻzib uvilladi. Keyin yerni tirnab togʻning ikki tomoniga qarab uvillab qaytib ketdi. Qoʻshni choʻponlar ham bu holni koʻp bora koʻrishgan ekan. Aka, oʻsha qoʻzi yaqinda sizning otaringizga kelib qoʻshilgan emish. Shu gap rostmi? Qoʻzi sizniki emasmi? - dedi sherigi ajablanib.
- Toʻgʻri uka. Otam uyga bir bola olib kelgan kuni qoʻyga bir qoʻzichoq qoʻshilib qoldi. Nuqul maragani maragan. Hammadan soʻradim, egasi topilmadi. Keyin otam oʻtib qoldi. Men qishloqqa ketdim. Qoʻshni choʻponlar molga qarashdi. Menga aytishdi, ammo ishonmadim. Bu yerda bir sir bor. Aniqlash kerak, uka. Ertaga qishloqqa tushib kelaman. Sen ehtiyot boʻl. Qoʻylarni qoʼraga hayda. Sovuq yomon kuchaydi, ertaga qor yogʻishi mumkin. - deb Begali ortga qaytdi.
"Ota nima sir yashirdingiz? Nega menga aytmay oʻlib ketdingiz? Onam bular balki. Balki onamning oʻzgarib qolishiga shu bola sababchidir? Nega? Javob topolmay qiynaldim. Ota bu qanday sinoat boʻldi. Boshim qotdi."
Begali shu kabi xayollar ogʻushida kunni kech qildi.
Tun boʻyi uyqusi kelmay yotdi. Tun yarmida chodir orqasida boʻri choʻzib uvilladi. Begali jahl bilan miltiqni olib chiqib havoga ikki marta oʻq uzdi. Boʻri ayanchli oʻkirib orqaga qaytdi.
Ertalab sherigiga mollarni tayinlab qishloqqa yoʻl oldi. Endi chodirdan uzoqlashgan edi, quyuq tuman bosib kelayotganini korib, orqaga qaytdi. Tuman bosdi, qishlogʻi tomonda boʻri ayanchli uvilladi.
Uning tezda ortga qaytganini koʻrgan sherigi: - Aka boravering. Men ham choʻponning oʻgʻliman. Otam bilan bu togʻlarda koʻp yurganman. Adashmayman. Otam nafaqaga chiqqan kuni qoʻy otarini topshirdi. Men uch oyki qoʻylar bilan birga yurishni sogʻinganman. Ketavering. Menga ishoning, - dedi.