Tilsim
Qissa
9-qism
Loʻli: - Endi men ketay. Yoʻl ochilsin. Eringga ayt bolang oʻsha joyda. Men bu yerda qolsam, yoʻl yopilib bolang qiynaladi. Men ketdim. Hali yana kelaman. Omon boʻl, - dedi.
Keyin oʻrnidan turib olgan narsalarini tuguniga tugdi. Duo oʻqidi.
Soʻng: - Singlim ikkita non ber. Bolangga xudo ikki kunlik rizq beradi, - dedi.
Sanobar uyidan yana ikkita non olib chiqib berdi. Non ekanku bolasi uchun jonini so’rasin beradi. Faqat topilsa bo’ldi. Loʻli nonni ham olib hovliga chiqib: - Bobosi ham narz bersin. Nabirasining rizqi butun boʻladi. Faqat rozi boʻlib bersin. Men norizo odamdan narsa olmayman. Bersangiz nabirangiz uchun bering, boʻlmasa shart emas, - dedi.
Chol shoʻrlik nabirasi uchun kecha olgan butun boshli nafaqa pulini berib yubordi. Chol birinchi marta loʻliga narsa berdi. Berganda ham rozi boʻlib, duo qilib berdi.
Loʻli undirgan narsalaridan xursand boʻlib qayta-qayta duo qilib uydan chiqib ketdi. Nafaqat uydan butun boshli qishloqdan ham chiqib ketdi. Orqasiga qarab-qarab ketdi. Ichidan quvonib ketdi. Quvonmay boʻladimi, bugungi oʻljani bir oyda ham toʻplash qiyin edi, u uchun. Loʻli katta-katta qadam bosib qishloqdan chiqib togʻga qarab ketdi.
Kechga yaqin kelgan Toʻlagan bu xabarni eshitib akasini izlab ketdi. Uyiga kelgan akasi izlab bormoqchi edi, Sanobar va otasi ruxsat bermadi. Erta borish kerakligini aytdi.
Turdiboy ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay indamay qoldi. Butun oila erta tong otishini intiq boʻlib kutishdi. Qalbida umid uchquni bilan kutishdi. Loʻliga ishonib kutishdi.
***
Ertasi kuni bolakayni topib olgan qozoq cholning ahvoli yanada ogʻirlashdi. Oʻgʻli Begali qoʻshni choʻponlarga molini topshirib, otiga arava taqib keldi. Onasi bilan arava ustiga yumshoq oʻrin tayyorlashdi. Soʻngra cholni bir amallab aravaga chiqarib yotqizishdi. Kampir bolakayni chaqirib qari eshakni mindi va bolani orqasiga mindirib oldi. Ular oʻtovdan qishloqqa qarab yoʻlga tushdi. Bolakay tobora qishlogʻidan uzoqlashib borar, uyini ham unuta boshlagan edi.
Arava yoʻlda gʻirchillab yurib cholni bezovta qildi. Chol nimadir demoqchi boʻldi. Kampir eshakni tezlatib arava yoniga bordi. Engashib cholining gapiga quloq soldi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍2
Tilsim
Qissa
10-qism
- Bolani oilasini topinglar. Sizga omonat. Men u dunyoda tinch yotishim uchun bolaning oilasini topinglar. Begaliga ayt, meni rozi boʻlsin desa bolaning oilasini topsin. Kampir, - dedi chol inqillab.
- Xoʻp, aytaman. Tinch yoting. Uyga yaqin qoldi. Chidang, hammasi yaxshi boʻladi, - deb taskin berdi kampir.
Begali orqaga qaragan edi, onasi "Hayda, otang yaxshiman dedi" deb qoʻya qoldi. Begali yoshli koʻzini yashirdi. Otiga achchiq qamchi bosib hovuridan tushdi.
Kampir indamay eshakda aravadan qolmay ergashib borardi. Hech narsadan xabari yoʻq bolakay eshakning orqasiga minib uyqusirab borardi.
Ular tushdan soʻng qishloqqa kirib bordi. Qoʻshnilar darrov egalik qilib, cholni uyga koʻtarib kirishdi. Kampir bolani ergashtirib kirdi. Begali ot va eshakni molxonaga olib ketdi.
Qoʻshnilar choldan hol soʻrashdi. Chol gapirishga urinar ammo tili aylanmay gʻoʻldirashdan nariga oʻtmas edi. Qoʻllari qimirlamay qolgan edi. Koʻzi bilan bolakayga imo qilardi.
Qoʻshnilardan biri "Bu bola qanday bola." deb soʻrab qoldi.
Kampir: - Chol bolalar uyidan olib kelibdi. Oybekaga berarkan, - deb turib ketdi.
Qozoq cholning koʻzidan yosh dumaladi. Gapirishga urinish befoyda edi. Gʻoʻldirab qoʻya qoldi. Kimdir "Yaxshi qilibdi. Zora shu yetimning boshini Oybeka silasa, unga ham xudo tirnoq berar. Yaxshi niyatli odam niyatiga yetadi" deb qoʻydi.
Kampirning ham niyati yaxshi. Choli topib kelgan kuniyoq shu fikrga kelgan edi. Kampir shu sababli otasining gapini Begaliga aytmagan edi. Begali ham bu bola haqida otasi bilan gaplashmagan edi. Begali oʻzi shunaqa, otasi aytmasa soʻramaydi.
Qoʻshni yigitlardan biri qozoq cholning qizi Oybekani chaqirish uchun otda ketgan edi. Kechga yaqin Oybeka eri bilan oʻzlarining yengil mashinasida kelib qoldi. Mashina toʻxtashi bilanoq Oybeka yigʻlab yubordi. Begali uni bagʻriga bosib, "Yigʻlatma, otam tirik" dedi.
Oybeka akasining bagʻridan chiqib uyga shoshdi.
Otasining bagʻriga bosh qoʻyib yigʻladi. Chol uni koʻrar, lekin unga ham gapira olmadi. Koʻzi bilan bolakayni koʻrsatdi.
Oybeka qoʻshni bolalardan boʻlsa kerak deb oʻylab uni tashqariga yetaklab chiqardi. Kampir bolakayni boshqa uyga kirgizib yubordi. Oʻzi kelib Oybekaning yelkasidan tutib olib chiqib ketdi. Cholning yonida oʻzi tengi chol jim boʻlib oʻtirardi. Toʻshakda yotgan qozoq chol tili aylanmagani, vasiyatini ayta olmaganidan afsuslanib jim yotishdan boshqa iloji yoʻq edi.

11-qism
Kampir qizini bola oʻtirgan uyga olib kirdi va qiziga dedi: - Qizim, otang seni baxtli boʻlsin deb qaysidir shahardan, bolalar uyidan bu bolani olib kelibdi. Yoʻlda hujjatlarini yoʻqotib qoʻyibdi. Shu bolani bagʻringga ol. Erkala, suy. Xudo senga ham berarda, qizim. - dedi.
Qizi: - Oyi, hozir shu gaplar yuragingizga sigʻadimi? Otamga qarang, ahvoli ogʻir. Men buni oʻylaydigan holda emasman. Bola olishni oʻylab koʻrmaganmiz. Kuyovingiz nima deydi? Bola oʻrganib ketarmikan? Otamni oʻylab siqilib turibman. Bu haqda keyin gaplashamiz. - deb oʻrnidan turmoqchi edi, kampir qarshilik qildi.
- Oʻtir, joyingga. Otang shu bolani olaman deb qancha yelib yugurdi. Endi yotibdi ikki dunyo orasida sarson boʻlib. Kuyovni men koʻndiraman. Otangning ham vasiyati shunaqa. Bajarasan vassalom, - dedi kampir gapiga yolgʻon aralashtirib.
Qizi boshini egdi. Kampir xursand. U ham niyatiga yetadi.
Shuncha yil choliga shu qizimizga bir bola olib beraylik, tinchib ketsin deb yalindi. Qaysar chol rozi boʻlmadi. Xudoning oʻzi berib turibdi. Kampir shularni oʻylab oʻtirdi.
Oʻgʻli Begaliga bitta bolangni ber dedi. Avval Begali rozi boʻlmadi. Kelinni, oʻgʻlini, cholini rozi qilgan kampir qizini koʻndira olmadi. Oʻshanda qizi "Har kimga farzandni xudo beradi. Akamning bolasi menga bola boʻlmaydi. Inim boʻladi. Aslo olmayman. Etni tirnoqdan ayirmayman. Undan koʻra befarzand oʻtganim yaxshi" deb gapida turib oldi.
Bugun shu bolani bagʻriga bostirib qoʻyaman deya kampir oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Kampir tashqariga chiqsa kuyovi eshik oldida turgan ekan. Kuyovini ham aldab rozi qildi. Keyin qizi bilan kuyovini bolani olib uyiga ketishga chaqirdi. Nazarida hozir choli oʻrnidan turib bolani olib qoʻyadigandek boʻlib tuyuldi. Ona baribir onada.
Qizi va kuyovi bu kecha cholning oldida qolishga qaror qildi. Kampir xafa boʻlib ignaning ustida oʻtirgan kabi his qildi. Ularni joʻnashga rozi qilmaganidan afsuslanmasa boʻldi.

👍3
Tilsim
Qissa
12-qism
***
Turdiboy tun boʻyi uxlay olmay chiqdi. Toʻlagan ham uyiga ketmay nargi uyda yarim uygʻoq boʻlib yotdi. Sanobar oʻtirib xayol surib ketdi. Xayolida oʻgʻli topilib uyiga kelaverdi. Baʼzida yomon qora odam undan bolasi uchun pul soʻrardi.
Tong otgach Toʻlagan motatsiklni minib tayyor boʻldi. Sanobar xuddi bolasi ikki kundan buyon narsa yemaganini aytib shirinlik va yumshoq non olib chiqdi. Turdiboy sandiqdan toʻn va pul olib tugunga tugib tez-tez yurib keldi.
Turdiboyning otasi tahorat olib nomoz oʻqish harakatida edi. Bularni koʻrib uzoq duo qildi. Sanobar: - Bolamni nima bersangiz ham olib keling, - deya eriga qayta-qayta tayinladi.
Aka-uka loʻli aytgan tomonga qarab yoʻl oldi. Ular ham bolakayga teskari tomonga qarab ketishdi. Taqdir shunaqa ekan. Ayrilganlar bir-biriga emas, qarama-qarshi tomonga qarab ketishdi. Bu qismatdir balki.
Ular qoʻshni qishloqqa borib loʻli aytgan uyni topib borishdi. Katta oq uyning eshigini taqillatdi. Aksiga olgandek uydan loʻli taʼriflagan qora odam chiqib keldi. Toʻlagan shoshib qolib, uning yoqasiga yopishdi.
- Ukam qani? Topib ber lanati. Qani bolakay? - deb oʻshqirdi.
Eshikdan chiqqan qora odam angrayib hech narsaga tushunmay Toʻlaganning qoʻlidan qutila olmay qiynalar edi.
- Qanday bola? Yoqamni qoʻyib yubor. Sizlarni tanimasam, bola kim? - deb hansirab nafas olardi.
Turdiboy ukasining changalidan qora odamni ajratib oldi va yalinishga tushdi.
- Akajon, iltimos bolamni qaytaring. Nima desangiz beraman. Bolam yolgʻizim. Iltimos qul boʻl deng umrim boyi xizmatingizda boʻlaman. Jon akajon, iltimos, - deya Turdiboy choʼk tushdi.
Toʻlagan jim turar, qora odam hayron boʻlib nima qilarini bilmas edi.
- Turing inim. Inson birovning oldida tiz choʻkmaydi. Men tushunmadim. Qanday bola, siz kimsiz, mendan nima istaysiz? - dedi hang-mang boʻlib.
-Aka, oʻzingizni bilmaslikka olmang. Bu mening akam. Uning yolgʻiz bolasini oʻgʻirlab sandiqqa solibsiz, qaytarib bering, - dedi jahl aralash Toʻlagan.
- Shoshmang, uka. Men sizlarni tanimasam, bolangizni nima qilaman? Uka turing, uyga kiring, tanishib masalani hal etamiz, - deya Turdiboyning qoʻlidan tutib turgʻazdi.
Turdiboyga bu uyda savdo qilamiz degandek eshitilib, qora odamning orqasidan ergashdi. Toʻlagan ham akasiga ergashib hovliga kirdi.

13-qism
- Ukalar, meni koʻp xijolat qildinglar. Qoʻshnilar nima deb oʻylaydi. Men bu qishloqqa yaqinda koʻchib keldim. Uyatga qoldirdinglar. Qani endi bir boshidan aytinglar, nima gap? - dedi qora odam.
- Aka, bizga bolamiz kerak. Qaytib bering, qoʻshnilardan oʻzimiz kechirim soʻraymiz. Mana tugun ataganim. Kamiga shu jonimni oling, - dedi Turdiboy yigʻlamsirab.
- Uka, yana tushunmadim. Tushuntirib ayting - dedi qora odam Toʻlaganga.
- Akamning besh yashar bolasi yoʻqoldi. Ikki kundirki topilmaydi. Kecha bir loʻli xotin fol ochib, sizning uyingizda bolasi borligini aytibdi. Shunga keldik, iltimos bolani bering, - dedi Toʻlagan ham.
- Oʻsha loʻli bekor aytibdi. Agar yoshgina lo’li ayol bo’lsa aldagan. Men uni uyimga kiritmagan edim. Shunga qasos olibdi. Menda bola yoʻq, - dedi qora odam ajablanib.
kki kunlik uyqusizlik, vahima sababmi Turdiboy turgan joyida hushini yoʻqotdi. Yerga qarsillab yiqildi. Toʻlagan chopib borib akasini suyadi.
Qora odam: - Teginmang, insult oldi. Qon bosimi oshdi. Men doktorman. Hozir davolayman. Faqat qimirlatmang. - deya uyiga yugurdi.
Toʻlagan nima qilarini bilmay joyida qotib qoldi. Qora odam uyidan shpris ichiga dori olib chiqib Turdiboyning bilagidan ukol qildi. Oʻrnidan turib borib uy oldidan katta soyabonni olib kelib Turdiboyning ustiga tutdi. Toʻlaganga suyab turishni aytib, uyidan katta koʻrpa olib chiqib bemorning ustiga yopdi. Keyin Turdiboyning bilagini ushlab koʻrdi. Bosh chayqadi.
Uyiga chopib kirib yana dori olib chiqdi. Yana ukol qildi. Biroz fursat oʻtgach, yana tomirni tekshirdi. Bu safar "Xudoga shukur" deb qoʻydi.
Bir soatdan soʻng uyidan zambil olib chiqib Turdiboyni unga yotqizdi. Toʻlagan bilan ikkalasi uyga olib kirdi. Toʻlagan hayron boʻlib turgan edi, qora odam tushuntirdi.
-Akangiz insult oldi. Oʻziga kelishini kutamiz. Qani oʻtiring gaplashib olamiz, - dedi.
Ular uzoq suhbatlashdi. Vaziyatni aniq boʻlgach Toʻlagan kechga yaqin bir oʻzi qishloqqa qaytdi. Turdiboyga qora odam qarab turadigan boʻldi.
Toʻlagan qaytgan payti Sanobar kiprik qoqmay qarab turdi. Umid bilan yoʻlga boqdi. Toʻlaganni yolgʻiz koʻrib unga tomon intildi.
- Hoy, qayinjon. Nima gap? Topildimi? Akangiz qani? - deya Sanobar tinimsiz savollar berardi.

14-qism
Toʻlagan avval shoshdi. Soʻngra oʻzini bosib olib yangasini aldadi. "Daragi chiqdi. Ukam u yerda emas, boshqa qishloqda ekan. Yuring sizni ham olib boraman. Akam olib kel dedi."
Sanobar xuddi bolasi topilgan kabi quvondi. Toʻlagan otasini chaqirib vaziyatni tushuntirdi. Keyin yangasiga "Hozir kelaman" deb uyiga shoshdi.
Birozdan soʻng ayoli va bolasini olib keldi. Ayoliga ishlarni tayinlab, yangasini motatsiklga mindirib, yeldek uchib ortga qaytdi.
Ota shoʻrlik orqadan duo qilib qoldi. Boshqa iloji yoʻq edi. Nabiralariga koʻzidan oqqan yoshni koʻrsatmaslik uchun uzoqlarga tikildi. Toʻlaganning ayoli bolalarni uyga taklif etdi.
Chol "Xudo, ayriliq balosini ravo koʻrma. Bolam va nabiram omon boʻlsin. Jon kerak boʻlsa menikini ol. Ular meni tepkilab-tepkilab koʻmsin. Bolam yo nabiram tobutini koʻtara olmayman. Bunday qora kunni boshimga solma." deb iltijo qildi.
Kimdir cholni chaqirdi. Qoʻshni chollar hol soʻrab kelishgan ekan. Chol yuzini choponining yengiga artib ular tomon odimladi.
***
Qozoq chol oʻlim toʻshagida yotar edi. Soʻnggi vasiyatini oʻgʻli Begaliga aytish uchun harakat qilar, ammo bu til qurgʻur aylanmas edi. Begali oldiga kirsa, kampiri nuqul ish buyurar, otasining oldiga yaqinlashtirmas edi. Begali ham indamay onasiga boʻysinib ishida davom etardi.
Kampirni bunday qiligʻini koʻrgan qozoq chol "Oʻlimimni rosa kutdi, bu kampir. Nahotki uning shunday rahmsiz ekanligini bilmay yashagan boʻlsam. Bolada nima gunoh. Yaqinlari izlab yurgandir. Qizimning yelkasiga gunoh xaltamni ortib ketishimga yoʻl qoʻyma, ollohim. Oʻzing soʻnggi bora kuch ber, bolamga yoʻl koʻrsatay. Bu kampirning koʻngliga oʻzing shavqat urugʻini ber" deya qalbida iltijo qilar, yonidagilarga koʻzi bilan ishora etardi.
Tun yarmida qoʻshni chol qozoq cholning yuzini silab, ogʻziga suv tomizdi. Keyin kulib gapirdi.
- Doʻstim, sen hali yashashing kerak. Hali qiladigan ishlarimiz bor. Meni tashlab ketma. Bilaman dunyoga toʻymaymiz, qancha yashasak ham. Bolalaringga vasiyating bormi? Kimni chaqiray, Begalinimi? - deb soʻradi.
Toʻshakda yotgan qozoq cholga bu bir suvda oqib xasga yopishgandek boʻldi. Koʻzi bilan tasdiq ishorasini qildi. Qoʻshni chol Begalini chaqirdi. Oʻzi chiqib ketmoqchi edi, qozoq chol uning qoʻlini tutib qoʻyib yubormadi.

15-qism
Begali otasining yoniga tiz choʻkdi. Otasining qoʻlidan tutib, hol soʻradi. Chol ogʻiz juftlab gapirmoqchi boʻlar, ammo gapirishga tili aylanmas edi. Koʻzidan miltillab yosh tomardi. Begali nima qilarini bilmay qiynalib otasining yuzini silab qoʻyardi. Qoʻshni chol "Imo qil, doʻstim," dedi.
Qozoq chol imo qilar, ammo Begali ham, qoʻshni chol ham tushunmay hayron termulardi. Chol ming harakat qildi, samara boʻlmadi.
Shu payt uyga Begalining onasi kirib keldi. Ularni koʻrib qoʻrqib ketdi. Bir zum ogʻziga gap kelmay qoldi. Keyin shoshib ularning yoniga borib oʻtirdi.
- Cholni tinch qoʻyinglar. Vasiyatini menga aytgan. Xudo shohid, Begali senga oʻzim aytaman. Xudo qiynamay olsin jonini olsa. Bu nima ayb qildiki yaratgan egam buncha qiynading? Begali tur bolam dam ol. Qoʻshni, siz yonida boʻlarsiz? - dedi kampir.
Begali indamay chiqib ketdi. Qoʻshni chol kampirga termulib turdi.
Kampir: - Qoʻshni, cholimni yolgʻiz qoldirmang. Begali hali yosh. Otasining oʻlimini koʻtara olmaydi. Siz bizga madad boʻling. Xudoning oʻzi qoʻllasin hammamizni. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni oʻzi kechirsin. - dedi va turib tashqariga chiqib ketdi.
Ikki chol uyda yolgʻiz qoldi.
Kampir cholining oʻlimini shunchalik istadiki, gunohga botayotganini ham sezmadi. Boshqa iloji yoʻq, qizi baxtli boʻlsa yetarli. U dunyoda doʻzax oʻtida yonsa ham mayli.
Begali yaqinlari oldiga borib oʻtirdi. Suhbat qovishmas edi. Hamma oʻz oʻyi bilan band edi.
Biroz vaqtdan soʻng nargi uydan qoʻshni cholning "Begali, kel. Qoʻrqmay kel. Otang bu dunyoni tark etdi. Otangning oriyatini tayyorgarlik," degan ovozi eshitildi. Begali shoshib turaman deb yiqilishiga sal qoldi.
Kampir aybdor odamdek mum tishladi. Oybeka yigʻlab boshlagan edi, qoʻshni chol: "Hali yigʻlatmanglar. Marhumni tayyorlab olaylik, keyin qancha yigʻlasanglar ham mayli. Hozir yigʻlash unga azob tilash bilan barobar," deb qoldi.
Oybeka ham mum tishladi. Begali avval qoʻrqib otasining oldiga kirdi. Qoʻshni cholning daldasi sabab oʻzini bosib oldi. Begali avval otasining jagʻini belbogʻ bilan qattiq siqib bogʻladi. So’ngra ko’ylagini yechib qo’llarini juft qilib yonig qo’ydi va qayta ko’ylakni kiygazdi. Ko’ylakning bo’sh yenglari bilan otasining belini o’rab qo’ydi. Keyin oyoqlarining bosh barmoqlarini ham latta bilan siqib bogʻladi. Yana ayrim amallarni bajardi. Soʻng otasining ikki koʻzini asta silab yumdi. Bularning barchasini qoʻshni chol oʻrgatib turdi. Har zamonda "Oʼrgan bolam. Men ham gʻanimat boʻlib qoldim. Sizlar oʻrganib olib, yoshlarga oʻrgatishingiz kerak. Oʻlim haq. Tayyor boʻlib turish kerak. Sabrli boʻl," deb oʻrgatib turdi.

16-qism
Barcha amallar bajarilgach Begaliga "Hovliga chiqib yigʻla, odamlar bilsin" dedi. Oʻzi doʻsti yonida oʻtirib bir oyatli sura oʻqidi.
Begali hovliga chiqib bor ovozi bilan "Otajonim, otamdan ayrilib qoldim." deya yigʻladi. Qalbidagi bor alamni toʻkib yigʻladi. Otasini eslab yigʻladi.
Bu ovozga Oybekaning ingichka ovozi qoʻshilib eshitildi. Kampir quvonibmi, achinibmi, ovozsiz yigʻladi. Kuyov yigʻlashni bilmay eshik oldida turdi.
Saldan soʻng hovliga baqirib yigʻlab qoʻshnilar kirib keldi. Bu elning odati shunaqa. Shunaqa mehr yoʻqolmasin.
***
Sanobar Toʻlagan bilan qoʻshni qishloqqa borgan payti kech tushib borayotgan edi. Katta darvozali uy bu qishloqda yagona edi. Toʻlagan yangasini ichkariga boshladi. Hech narsadan bexabar Sanobar alanglab hovliga qarab chiqdi
Shu payt ichkaridan istarasi issiqqina ayol chiqdi. Ularni ichkariga taklif qildi. Bu ayol oʻsha qora odamning xotini edi. U maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlar edi. Boyagi mashmashadan bexabar edi. Hozirgina eri unga aytib bergan edi.
Sanobarni koʻrib quchoqlab oldi, hol-ahvol soʻradi. Avval Sanobar hayron boʻlib qoldi. Keyin Toʻlaganga qaragan edi, "Yanga bular yaxshi odamlar ekan. Lanati loʻli aldabdi." dedi. Sanobar turgan joyida qotib qoldi.
Toʻlagan yangasini suyab uyga boshladi. Ichkaridan qora odam chiqib, "Keling singlim, hammasi yaxshi boʻladi" degani ortiqcha boʻldi. Sanobar unga qarab yigʻlab yubordi.
Uy egasining ayoli Sanobarning yuziga suv sepdi. Sanobar hansirab nafas olib, oʻziga keldi. Toʻlagan "Yanga akamning mazasi yoʻq, siz ham meni qo'rqitmang" degach, Sanobar uyga kirib ketdi.
Ichkarida bir ahvolda yotgan erini koʻrib, yuragi battar ezildi. Erining yoniga borib tiz choʻkkan holda, "Nima boʻldi, dadasi" deya oldi. Turdiboy baqrayib yotar, koʻzlari ham qimirlamas edi.
- Qoʻrqmang, singlim. Eringiz insult oldi. Dori berdim. Erta-indin oʻziga keladi. Ammo, - dedi qora odam.
- Ammo, nima? - hayajondan baqirib yubordi Sanobar.

17-qism
- Ammo, - deya kalovlanib qoldi, qora odam. - Tuzaladi, lekin bir tomoni, oʻng qoʻli va oyogʻi ishlamay qoladi. Qon bosimi yuqori ekan. Chidaysiz, singlim.
- Bolam, bolam qani? Topib ber bolamni, - deya Sanobar qora odamga tashlandi.
Toʻlagan chaqqonlik bilan yangasini tutib qoldi. Sanobar tinmay oldinga intilar, ammo Toʻlaganning qoʻlidan qutila olmay qiynalar edi. Qora odam burchakka turib olib, nima qilishni bilmas edi.
- Yangajon, oʻzingizni bosib oling. Bolangiz bu yerda emas, loʻli aldabdi. Bu yaxshi odam. Akamni qutqarib qoldi. Iltimos, siz ham meni qiynamang. Ukam va akamning dardi yetarli, sizga bir narsa boʻlsa, men sinaman. Tamom boʻlaman. Jon yanga, - deya Toʻlagan yalinardi.
Shovqinni eshitib uyga kirgan ayol ham qarab yigʻlardi. Sanobar oʻzini biroz bosib oldi. Toʻlagan uni quchogʻidan boʻshatdi. Sanobar bir eriga, bir atrofdagi odamlarga qaradi. Soʻng oʻziga oʻzi, "Men hayot sinoviga bardosh berolmay qoladigan ayol emasman. Qancha sinov boʻlsa chidayman. Yonimda sizlar tursangiz boʻldi," deya Toʻlaganning yelkasini ushladi.
Toʻlagan hiqillab yigʻlar edi.
Qora odam Sanobarga vaziyatni tushuntirdi. Sanobar erining beliga bir paytlari oʻzi mehr bilan gul tikib ismlarini bitgan belbogʻini olib, oʻzining beliga bogʻladi. Qora odamga qarab: - Erim sizga omonat. Qayinim xabar olib turadi. Men bolamni izlab kelay, - deya oʻrnidan turdi.
Toʻlagan yalinsa ham Sanobar ortga qaytmadi. Bir haftada yo bolasi bilan, yoki oʻzi qaytishini aytib qorongʻu aralash uydan chiqib ketdi. Toʻlagan nima qilishini bilmay dovdirab qoldi. U nima ham qilar edi. Sanobar axir ona edi. Onalar shunday boʻladi
Toʻlagan doktor aytgan dorilarni olib keldi. Doktor akasiga tomchi dori uladi.
Toʻlagan endi tamoman boshi qotganini his qildi. Bu yoqda akasi bir ahvolda yotibdi. Yangasi ham uni tashlab ketib qoldi. Ukasidan darak yoʻq. Toʻlagan qattiq uh tortib akasining yoniga oʻtirdi.
Butun dardlarini ichidan chiqarish uchun hiqillab yigʻladi. Oʻzini erkin qoʻyib yigʻladi. Oʻksib-oʻksib yigʻladi.
***
Ertasi kuni qozoq cholning janazasi eʼlon qilindi. Aytuvchi odamlar otda, motatsiklda tegishli odamlarni aytish uchun joʻnab ketdi. Shulardan biri Doniyor muallimni ham aytish uchun ketdi. Doniyor muallim qozoq cholning kampiriga jiyan sanalib, orada ancha uzilishlar boʻlgan edi.

18-qism
Sababi Doniyor muallim aroqni ichmasa turolmas, bu esa qozoq cholga xush kelmas edi. Shu sababli ular kam uchrashishardi.
Aytuvchilar tarqagach kampir bolakayni tongga yaqin uygʻotdi. Bolakayga "Kimdir ismingni, otangni, onangni, qishlogʻingni soʻrasa aytma. Seni uzoqqa olib ketib qoladi. Jim yur" deya qayta-qayta tayinladi. Shusiz ham bolakay bularni deyarli unutgan edi. Kampir vajohat bilan gapirgach, bolakay mum tishladi.
Tushga yaqin hamma aytilgan odamlar yetib keldi. Ularning orasida Doniyor muallim ham bor edi. Ertalab ichgan aroq tufayli zoʻrgʻa yurardi. Kelmay qoʻysa ham boʻlar edi-ku xotini aldab-avrab joʻnatdi.
Doniyor muallim janaza oʻqilayotgan payti odamlardan ajralib uy orqasiga oʻtib deraza yonida sigareta chekib turgan edi, koʻzi ichkarida oʻtirgan bolaga tushdi. Ishonmay koʻzini qayta-qayta ishqalab qaradi. Tanib qoʻrqib ketdi. Keyin oʻzini bosib olib ammasi bilan gaplashib olishga qaror qildi.
Janaza oʻtgach Doniyor muallim ammasini asta chaqirdi. Ammasi hayron boʻlib yoniga keldi.
- Ha, piyanista. Yana tomogʻing taqillayaptimi? Menda senga berishga pul yoʻq? - deb javradi.
- Amma, uydagi bola qayerdan keldi? - deya soʻradi.
- Qanday bola? Sen nima deyapsan? - bilib, bilmaslikka olib soʻradi amma.
- Uyingizda oʻtirgan bola? Bizning qishloqdagi Turdiboyning bolasi. Oʻzim tanidim. - dedi Doniyor muallim bezrayib.
- Qaysi bola? U Oybekaning bolasi. Pochchang "detdom"dan olib kelib berdi. - dedi kampir koʻzini olib qochib.
- Nima amma? Men ahmoqmanmi? Bu Turdiboyning bolasi. Men adashmayman. Amma nimani boshladingiz?
- Oʻchir, ovozingni. Bu Oybekaning bolasi. - deb kampir choʻntagini kovladi. Ancha pul chiqarib Doniyor muallimga berdi. Doniyor muallim qoʻli qaltirab pulni oldi va "Amma, hali bu kam" deb qoʻydi.
- Doniyorjon, indama. Hech kim bilmasin. Hali seni rozi qilaman. Cholimning marakasini oʻtkazib olaylik. Birovga ayta koʻrma, - deb ammasi uyga kirib ketdi.
Doniyor muallim choʻntagiga qoʻlini solib, kulib qoʻydi. "Amma, birovga aytib oʻlibmanmi? Turdiboy kim? Menga har zamonda shunday atab narsa bersangiz boʻldi. Hali koʻp narsa ataysiz, amma. Bu bola oʻlib ketmaydimi? Menga nima. Amma siz menga xazinasiz, xazinam" deb ichida aytib qoʻydi.

19-qism
Begali bilan omonlashgan Doniyor muallim chiqiboq koʻringan birinchi doʻkondan aroq quydirib ichdi. Kayfi oshib qolib duch kelgan birinchi uyga kirdi. Uy egasi ham u kabi ulfat odam edi. Tun boʻyi aroq ichib chiqishdi.
***
Sanobar tunda chiqib ketgach, qayerga ketayotganini avval anglamadi. Qorongʻuda yurib bir necha bora yiqildi. Tizzalari shilinib ketdi. Tanasida ogʻriq sezilmas edi. Tun yarmida osmonda oy koʻrindi. Atrof sal yorishdi.
Sanobar qandaydir togʻga qarab chiqayotganini sezdi. Qadami sekinlashdi. Yurib oyoqlari tolganini sezdi. Biroz oʻtirib dam olishni istadi. Nazarida oʻtirib dam olsa bolasi uzoqlab ketayotgandek tuyuldi. Yana oʻrnidan turib yurishda davom etdi.
Biroz yurgach uzoqdan it hurgandek boʻldi. Sanobar shu atrofda uy bor deb oʻyladi. Biroz yurgan edi, itning ovozi yaqindan eshitildi. Sanobarga bu safar ovoz itning ovozi emasligi aniq eshitildi. "Boʻri" deya oʻyladi. Qoʻrqmaslik kerakligini bilib dadil yurdi.
Boʻri yaqindan ovoz berdi. "Yolgʻiz ekan, hechqisi yoʻq" deb Sanobar oldinga dadil yurdi. Qadamida shijoat bor edi. Oʻn qadam narida boʻri aniq koʻrindi. Sanobar avval qoʻrqib ketdi, soʻngra oʻzini bosib olib qadamini bir xilda oʻlchab bosdi. Ancha yurgach tanasidan muzdek ter chiqib ketdi. Koʻylagining etagini yerdan chiqib turgan eski bodom tomirlariga ilinib yurishiga xalaqit berardi. Sanobar bunga egilib qarashga qoʻrqar edi. Agar egilsa boʻri unga tashlanishi mumkinligidan xavotirlanib, koʻylagini siltab tortar, etagi yirtilar edi. Sanobarning ikki koʻzi boʻrida, yoʻlga qaramas edi.
Boʻri haybatli boʻlib koʻrinar, Sanobar undanda haybatli edi. Hozir uning koʻziga bolasidan boshqa narsa koʻrinmas edi. Sanobar boʻri bilan yonma-yon boʻlib yurdi.
Sanobar boʻrining unga yaqinlasha olmasligini tushundi. Boʻri uni bir tomonga siqib borayotganini sezdi. Qoʻrqib yoʻlini toʻgʻirlab olmoqchi edi, boʻri irillab qarshilik qildi. Sanobar toʻxtadi, boʻri ham toʻxtadi. Sanobar yursa, boʻri ham yurdi.
Sanobar endi dadil yura boshladi. Tong chogʻi Sanobar qandaydir qishloqqa yaqin kelib qoldi. Yoniga qarasa boʻri yoʻq. Qishloq itlaridan qoʻrqdi shekilli deb oʻyladi.
Sanobarning birdan oyoqlari boʻshashib ketdi. Charchoqni his etib, oʻtirib qoldi. Birdan koʻylagiga koʻzi tushdi. Etaklari barcha-parcha boʻlib yirtilgan, uni eni koʻylak deya atash imkoni deyarli yoʻq edi.

20-qism
Sanobarning xoʻrligi kelib yigʻlagisi keldi, ammo oʻzini bosib oldi. Qandaydir kuch bilan oʻrnidan turdi va qishloq tomon yurdi.
Erta saharda uyiga Doniyor muallim ham qaytayotgan edi. Kecha ancha koʻp olib qoʻygan, shu sababli ammasining qo’shnisining uyida yotib qolgan edi.
Doniyor muallim ertalabdan ozroq ichib boshining ogʻrigʻini qoldirgan edi. Eshakda oʻzicha qoʻshiq hirgoyi qilib kelar ekan, oldidan chiqqan ayolni koʻrib qoʻrqib ketdi. Qoʻrqmay boʻladimi, uzuq-yuluq koʻylak kiygan, horgʻin qadam bosgan ayol oldingizdan tong chogʻi chiqsa. Naq yuragingiz yoriladi.
Doniyor muallim ayolni koʻrib tanidi va darrov toʻxtadi. "Bu bu yerda nima qilib yuribdi? Nahotki bolasining daragini eshitgan boʻlsa? Ammam nima qiladi? E dars boʻlaveradi? Orqaga qaytish kerak" - deya shartta eshakni burib orqasiga qaytdi. Xayolida "Tanib qolgan boʻlmasin, ishqilib" deya eshagini tezroq yurishga majburladi.
Sanobar uni tanimadi. U odam taniydigan ahvolda emas edi. Tun boʻyi uxlamay yurgan, kiyimlari bir ahvol, ogʻzi quruqlashib, tili tanglayga deyarli yopishib qolgan edi. Oldindagi eshakli kishini koʻrib yordam soʻradi. Ammo ovozi chiqmasdi. Ovozi chiqsa ham Doniyor muallim unga qayrilib qaramas edi. Sanobar gandiraklab yurar, boshi aylanib zoʻrgʻa yurardi.
Biroz yurgach yerga oʻtirdi va hushini yoʻqotdi.
***
Tun boʻyi akasining yonida uxlamay chiqqan Toʻlagan ertalab uxlab qoldi. Tush koʻribdi. Tushida Sanobar yangasini bir boʻri bolasining oldiga qarab borishi uchun qaytarar, ammo Sanobar qarshilik qilar edi. Toʻlagan yangasiga "Boʻri koʻrsatgan yoʻldan yuring. Bolangiz kutmoqda." deya baqirar, ammo yangasi eshitmas edi. Toʻlagan oʻzining ovozidan choʻchib uygʻonib ketdi.
Chinqiriq ovozni eshitib uyga qora odam kirib keldi. Toʻlaganning terlab ketganini koʻrib soʻradi:
- Ukam, tinchlikmi? Akangiz yaxshi. Qoʻrqmang, bir haftada oyoqqa turib ketadi. Men kelindan xavotirdaman. Ayol kishi tunda yurishi xavfli.
- Aka, tush koʻrdim. Tushimda yangamni bir boʻri bir tomonga qarab haydab ketdi. Yangam qarshilik qildi. Men bolasining oldiga boʻri olib borishini aytib qichqirdim, lekin yangam eshitmadi. Bu tushning taʼbirini boʻlmoqchiman, - dedi Toʻlagan terlarini artib.
- Uka, tushda boʻri koʻrmoq xosiyatli. Ayniqsa bunday holatda. Kelinni oʻtgan bobolarining ruhi bolasiga boshlab bormoqda. Bolakay topiladi

. Tilsim
Qissa
21-qism
Siz choy ichib kelinni izlang. Akangiz menga omonat. Men bir xudo degan odamman. Xudo shu darddan qutilib omon qolsin deya akangizni menga roʻbaroʻ qilgandir balki. Xudoning sinovi koʻp. Sabr qilsak, oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Turing nonushta tayyor, - deb qora odam tashqariga chiqib ketdi.
Toʻlagan oʻylanib qoldi.
Nonushtadan keyin Toʻlagan qishloq boʻylab Sanobarni izladi. Hamma uni qoʻshni qishloqqa qarab ketganini aytdi. Toʻlagan uyiga xabar berib keyin izlashga qaror qildi.
Uyiga borsa singillari ularni soʻrab qoldi. Toʻlagan nima deyishini bilmay: - Ular shifoxonada, - deb aldadi.
Otasining yoniga borib hammasini aytib yigʻladi. Chol uning boshini silab: - Xudo oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Kelinni top. Nevaramni albatta kelinim topgan. Iloji boʻlsa topmay qaytma, - deb nargi xonaga oʻtib ketdi.
Toʻlagan xotiniga nimanidir tayinladi. Keyin akasining qizlarini chaqirdi. Qizlar yugirib kelishdi. Ular "Bizni ham shifoxonaga olib ketsa kerak" deb oʻylashdi.
Amakisi: - Sizlar maktabga boringlar. Yaxshi oʻqisangiz ular tezda tuzalib uyga qaytadi, - deb qoldi.
Qizlar: - Biz yaxshi oʻqiymiz, hammasi tuzalib ketsin, - deya chugʻirlashib javob berdi.
Toʻlagan qizlarning peshonasidan oʻpdi. Koʻzidan tomgan yoshni amallab yashirdi. Qizlar kiyinib maktabga tomon yugurishdi. Toʻlagan yangasini izlab ketdi. U ham teskari tomonga qarab izlab ketdi.
Otasi uydan chiqib orqasidan duo qildi. Shu payt Ashur muallim otda kelib qoldi.
- Assalomu alaykum, ota. Qalaysiz? Nabirangiz topildimi? - deb soʻradi otdan tushmay.
- Vaalaykum assalom, keling muallim. Topilmadi. Turdiboy insult olib qoʻshni qishloqda qolgan. Kelin kecha tunda nabiramni izlab ketibdi. - dedi chol yerga qarab.
- Xafa boʻlmang. Men ham maktabdan chiqolmay qoldim. Ertaga Doniyor muallimning qozoq pochchasi olamdan oʻtgan ekan, oʻsha yoqqa borib kelaman. U tomondan ham nabirangizni soʻroqlayman. Nabira qizlaringiz darsga ketishdi. Men yetib olay, omon boʻling, - deb Ashur muallim joʻnab ketdi.
Chol uni ham duo qildi.
Toʻlagan yangasini nargi qishloqdan surishtirdi. Daragi chiqmadi. Shunda ham umidsizlik qilmay tinmay izladi.

22-qism
***
Doniyor muallim ammasining oldiga yetib bordi. Ko’rganlarini oqizmay-tomizmay aytdi. Kampir shoshib qoldi. Darrov reja tuzdi. Qizini chaqirib uyiga ketishga ko’ndirdi.
- Bolani tezroq olib ketinglar. Menga mehr qo’ymasin. Sizga o’rgansin. Shuncha kun otalaringni siyladilaring, yetadi. Ketinglar, sizda ham vatan bor, -deya kampir ularni yo’lga soldi.
Qizi va kuyovi joʻnab ketgach kampirning chiroyi ochildi. Doniyor muallimga yana ancha pul berib joʻnatib yubordi. Doniyor muallim ham quvonib uyiga qaytdi.
Ertalabdan traktorda ishga ketayotgan Soli yo’l yoqasida yotgan ayolni ko’rib qoladi. Darrov tushib traktorning kabinasiga bir amallab soli uyiga olib boradi. Darrov onasi va ayolini chaqirib uyga olib kirishadi.
Sanobar behush edi. Taqdir ona-bolaning uchrashishini istamadi. Sanobar borgan uyning yonidagi uydan bolasi yanada olislarga ketib borardi.
Sanobar oʻziga kelganida kun botar chogʻi edi. Qandaydir uyda yotganligini anglab yetdi. Oʻrnidan turmoqchi edi boshi aylanib qayta yiqildi. Shu tariqa ertasi kuni ertalab oʻziga keldi.
Uyga kirib kelgan ayol uni koʻrib quvonib ketdi.
- Opa, oʻzingizga keldingizmi? Rosa qoʻrqitdingiz. Erim ham xavotir olib ishga ketdi. - dedi kulib.
Avval Sanobar bu ayolni koʻrmagan edi. Hayron boʻldi.
- Men qayerdaman? Siz kimsiz? Nega bunday yotibman? - deb soʻradi.
- Siz bizning uydasiz. Xavotir olmang. Kecha ertalab sizni qishloq yaqinidan erim topib kelgan edi. Behush ekansiz, - dedi boyagi ayol kulib.
- Men kimman? Sizni tanimadim? Mendan nima istaysiz? - dedi Sanobar yigʻlamsirab.
- Opa, men sizni tanimayman. Ismingiz, naslingizni bilmayman. Bilganim shu sizni kecha tongda topdik. - dedi ayol hayron boʻlib.
- Men kimman? Nahotki eslay olmasam? Endi qanday yashayman? - Sanobar tinimsiz yigʻlar edi.
Uy egasi asta chiqib qaynonasini boshlab kirdi. Qari kampir Sanobarning yoniga tiz choʻkkan holda, bilaklarini ushladi, koʻzlarini ochib koʻrdi. Tomir urishini eshitdi.

23-qism
- Bu ayol xotirasini yoʻqotgan. Qizim sen issiq suv hozirlab ber, mehmon yuvinib olsin. - dedi keliniga.
Sanobar yigʻlashdan nariga oʻtmas edi. Qari kampir unga qarab: - Qizim, oʻzingni bos. Hammasi xudoga ayon oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Faqat ugina bizni himoya qiladi. Sening aqlingni ham qaytarib beradi. Xafa boʻlma, yuvinib taranib ol, - dedi.
Sanobar ilojsiz oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Notanish joy, notanish odamlar ham mayli-yu, oʻzini tanimaslik alam qilar edi. Uy egasi koʻrsatgan hammomga kirib yuvindi, berilgan yangi kiyimlarni kiydi. Ustidagi kiyimlarni kampir aytganidek qilib tugunga tugdi.
Kampir uning kiyimlarimni oʻzining sandigʻiga solib qoʻydi. Kelini va Sanobar hayron boʻlgan edi, kampir: - buni kimdir izlab keladi. Kiyimidan tanib olishar balki. Buni asrashimiz kerak - dedi.
Sanobar eslashga urinardi, ammo natija yoʻq edi. Ilojsiz shu insonlarga qaram boʻlib oʻtirardi.
Shu kuni qozoq cholning Qozogʻistonlik yaqinlari eshitib izlab kelishdi. Cholning qabrini ziyorat qildi. Begali ularni uyiga chaqirdi. Mehmonlar uzoq suhbatlashdi. Gap orasida ularga hayvonlarni davolovchi shifokor zarur ekanligi va katta maosh olishi haqida aytib qilishdi. Bu kampirga moydek yoqdi.
- Cholimning kuyovi bor. U shunday kasb egasi. Mol doktori. Uni koʻndirsam olib ketinglar. Har holda cholimning jigarlarisiz. Ozroq yordam bering. Kuyovimning ham millati qozoq. Rozi qilsam olib ketasizlarmi? - dedi kampir dabdurustdan
Begali onasiga yalt etib qaradi. Kampir hech narsa boʻlmagandek davom etdi.
- Kuyovim yaxshi mutaxassis. U yoqda uch-toʻrt soʻm orttirib kelsa uy-joy qilarmidi? Toʻy degandek, - dedi.
Mehmonlardan biri: - Checha, buni yaxshi oʻylabsiz. Kuyovni olib ketamiz. Yoqsa barchasi koʻchib boradi. Begali ham bizni yoʻqlab turardi. Nima dedingiz? - dedi.
- Haqsiz. Singlisi sabab Begali ham sizni izlaydi. Mehr ortadi. Men qizimning uyiga borib kelay. Bir ulov topay. Sizlar bugun mehmonsiz. Begali mehmonlarning izzatini qil, - deya kampir oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
Mehmonlardan biri: - Checha, oʻzim olib borib kelaman, - deb qoʻshilib chiqib ketdi.
Begali bu vaziyatdan hayron boʻlib nima qilarini bilmay qoldi.

24-qism
***
Toʻlagan yangasini izlab charchadi. Nom-nishonsiz ketgan edi. Qaytib kelib akasidan xabar oldi. Qora odam uyga olib ketishga ruxsat berdi. Toʻlagan yengil mashina topib kechga yaqin akasini uyiga olib keldi.
Otasi Turdiboyning ahvolini bilib yuragi ezildi. Turdiboyning qizlari uvvos solgan edi, chol: - Qizlarim otalaring tirik, yigʻlasanglar yomon boʻladi, - dedi. Bu gapdan soʻng qizlar birdan yigʻidan toʻxtadi.
Tuydiboyni uyga kiritishdi. Joyiga yotqizib qoʻyishdi. Darrov qoʻni-qoʻshnilar kelib uning holidan xabar olishdi. Turdiboy hech narsani sezmas, shiftga bir nuqtaga termulib yotar edi.
Qoʻshnilar ketgach chol qizlarni boshqa uyga olib oʻtdi. Qizlariga pand-nasihat qildi.
-Otalaring keldi, onalaring va ukalaring ham keladi. Sizlar aqlli boʻlsalaring bas. Hammamiz jamiljam boʻlamiz. Turdiboy tuzalib ketadi. Sizlar yigʻlasanglar u battar eziladi. Unga yaxshi qaraylik, - dedi chol.
Qizlar "Rozimiz. Dadam tuzalsa, oyim va ukam kelsa bas" deb chugʻurlashdi. Chol ulardan yoshli koʻzini yashirdi.
Tun boshlandi. Qizlar choldan ertak aytishini soʻrashdi. Chol ertak boshladi.
"Qadim zamonda bir cholning yetti oʻgʻli bor ekan. Cholning ismi Qoratogʻay ekan. Chol yetti oʻgʻlini uylantiribdi. Nabiralar suyibdi. Baxtli ekan. Ammo oʻrtancha oʻgʻlining bolalari hech yashab ketmabdi. Bir ilmu amal qilib koʻribdi. Natija boʻlmabdi. Ammo umid bilan farzand kutishibdi. Umidlari so’nmabdi.
Keyin bir donishmandning huzuriga boribdi.
- Ey, dono zot. Men ham, farzandlarim ham birovga ozor bermaganmiz. Ammo mana shu farzandim zurriyot qoldirmay yashashi menga alam qilmoqda. Ayting nima chora qilamiz? - debdi chol.
- Sizlar yaxshi odamsiz. Olloh qoʻllaydi. Bir iloji bor, irganmaysiz. Uyingizda bir it bolalabdi. Shu itning sutini itning koʻkragidan shu ukam ichsin. Zora farzandlari yorugʻ olamda yashab ketar. Faqat ixlos bilan bu ishni bajar, oʻgʻlim, - debdi ilm egasi.
Ular qaytib kelib shu ishni bajarishibdi. Oradan yil oʻtib farzandli boʻlibdi. Keyin qoʻsha-qoʻsha farzandlar koʻribdi. Baxtli boʻlibdi.
Ammo shu insonning ismi unutilib "Itemgan" deya laqab olibdi. Hozir ham bu insonning avlodlari yashab kelmoqda. Ular bobolari nomini sharaf bilan tilga olishadi.

25-qism
Biz shu insonning avlodlarimiz. Neki ogʻir kunlarni yengdik, bu kunlarni ham yengamiz, xudo hohlasa," - deya chol ertagini tugaydi.
Qizlar mahliyo boʻlib tingladi. Toʻlagan ham avval bu ertakni eshitmagan edi. Eshitib uyqusi qochdi. Qizlar uxlashgach chol Turdiboyning yoniga ketdi.
Turdiboy uygʻoqmi, uyqudami bilib boʻlmas edi. Chol uni yoniga choʻzilib xudoga yolvordi.
"Jon kerak boʻlsa menikini ol. Kelin ham, nabiram ham yoʻqoldi. Bu qizlariga bosh boʻlsin. Oʻzing madad ber!"
Doniyor muallim qishloqqa qaytdi. Kela solib doʻkonlardagi qarzlarini toʻladi. Ikki kun bormagan maktabga kechga yaqin kirib bordi.
Ashur muallimni uchratib: - Nima yangiliklar. Turdiboyning bolasi topildimi? - deya yolgʻon aralash soʻradi.
- Topilmadi, buning ustiga Turdiboy insult olib bir ahvolda yotibdi. Kelin ham bedarak ketibdi. Qiyin boʻldi bularga, - dedi kiyinib Ashur muallim.
- Voy yomon boʻldi. Ishqilib meni ayblamasin, men bir ogʻiz bolaga gap aytgan edim. Topilarda, - dedi Doniyor muallim boshini qashlab.
- Ha, topilsin. Qarindoshingizning marakasi oʻtdimi? Qozoq chol mard edi. Men ham bir yoʻqlab kelmoqchiman, shu yakshanba kuni. Har holda tanish odam edi. Mening toʻyimdan qolmas edi. Bir hovuch duo qilib, oilasiga koʻrinib kelmoqchiman, - dedi Ashur muallim soddalik bilan.
Doniyor muallimga bu yomon taʼsir qildi. Xuddi bu borib bola va onasini topib olib keladigandek tuyuldi. Keyin birdan: - Bormasangiz ham boʻladi. Ular Qozogʻistonga ketishdi. U tomondan kelgan odamlar taklif qilibdi. Bir oycha boʻlib kelar ekan. Men oʻzim joʻnatdim, - dedi Doniyor muallim qaltirab.
- E, attang. Mayli kelsa ayting, siz bilan birga boraman. Duo doʻstdan degan gap borku. Esingizdan chiqarmang, - dedi Ashur muallim.
- Aytaman, aytaman, - dedi Doniyor muallim qutulganiga shukur qilib.
Ashur muallim joʻnab ketdi. Doniyor muallim ichida "Aytib boʻlibman. Sen borsang bari ayon boʻladi. Ahmoqmanmi, men" deb gʻoʻldiradi.
Doniyor muallim maktabda tentirab yurdi. Soʻngra uyiga qarab shoshdi.

26-qism
***
Doniyor muallim uyiga borsa katta qizini soʻrab sovchilar kelgan ekan. Ayollar uning kayfi borligini koʻrib hayron boʻldi. Xotini uning bu qiligʻini berkitish uchun: "Dadamizning ichish odati yoʻq edi. Bugun bir ichib qoʻyibdi. Uyga kiring, dadasi," deb qoʻydi.
Doniyor muallim "Ha, mayli" deb uyiga kirib ketdi. Kirdiyu, gursillab yiqildi. Xotini borib uni joyiga yotqizib qoʻydi.
Doniyor muallimning joyi antiqa: bir eski gilam, ustida kir koʻrpacha, kichkina dasturxon ichida yarimta non va piyoz doim turar edi. Boʻlgani shu, ortigʻi ortiqcha edi. Uyiga kelib shu joyda yotar, birov bezovta qilishini istamasdi.
Xotini koʻp aytdi, "Qizlar katta boʻlib qoldi. Uyga sovchi kelmoqda. Bunday ichishni tashlang" deya. Doniyor muallimga aql kirmadi. Ichgani ichgan edi.
Sovchilar shoshib joʻnab ketdi. Omonlashishni ham nasiya qilishdi. Xotini mulzam boʻldi. Nima qilsin, uchta qizi boʻy yetib turibdi. Kattasi oʻttizga koʻray desa, ikkinchisi yigirma besh, kichigi yigirma toʻrt yoshda. Yolgʻiz oʻgʻli uydan bezor boʻlib harbiy xizmatga borib, oʻsha joyda uylanib qolib ketdi. Har zamonda xat yozib turadi. Kelay desa otasi bilan janjallashib qolardi. Qiyin, qiyin onaga qiyin edi.
Xotini uyiga kirganida Doniyor muallim uyalmay, " Aroq olib kel" deydi. Bechora xotin indamay qizlarining oldiga oʻtib ketdi.
- Oyi siqilmang, bizga ham xudoning atagan tuhfasi bordir. Otamizga insof berar. Hali yoshmiz-ku, - deya chugʻirlashib onasining koʻnglini koʻtarishdi.
- Men xudoga nima gunoh qilgan edim. Sizlarni baxtli koʻrsam armonim qolmasdi, - deya yigʻladi bechora ayol.
Doniyor muallim xurrak otib uxlashga tushdi. Hammaning yuragi siqilib turganda bu xurrak ovozi ortiqcha edi.
***
Sanobar begona joyda oʻzini ortiqcha his qildi. Na otini biladi, na zotini biladi. Aqldan adashsa qiyin ekan. Kampir uni tinmay savolga tutadi. U javob berolmay halak. Nahotki hamma narsani unutsa bu qanday gap?
Sanobar ularga mehr berdi. Boshqa iloji qancha. Nima qilsin, bechora. Uydagi ayolga ishlarida yordam berdi. Ancha ishni eplay oldi. Buni koʻrgan kampir: - Qoʻli shirin ayol ekan. Bir roʻzgʻorni obod qilgan ekan. - dedi.

27-qism
Qozoq mehmonlar qaytish uchun yoʻlga tushdilar. Kampir kuyovini ularga qoʻshib joʻnatdi. Bir haftadan keyin u yerda ishlash maʼqul boʻlsa oilaviy koʻchib ketishiga kelishib olishdi. Kuyov avval rozi boʻlmagan boʻlsa ham, moʻmay daromadni eshitib qanday joʻnab ketganini sezmay ham qoldi.
Ular ketgach Begali onasiga: - Nimalarni rejalashtiryapsiz? Nega ularni koʻchirishga shuncha qiziqib qoldingiz? - deb ajablanib soʻradi.
- U tomonda maosh yaxshi ekan. Nima ozroq koʻproq pul topsa yomonmi? Men ularni baxtli boʻlsin deyman. Otang ham shu maqsadda bolalar uyidan bola olib keldi. Umri qisqa ekan, bolani bagʻriga bosganini, quvonganini koʻrmay ketdi. Armonda ketdi. Endi biz harakat qilishimiz lozim, otang gʻorida tinch yotsin. Menga zarurmi shuncha dahmaza. Men ham oʻlib ketaman, - deb mingʻirlab qoʻydi kampir.
- Ona, nuqul oʻlimdan gapirasiz. Otamdan ayrilganim yetmaydimi? Bir ogʻiz aytdim. Shu yerda ham non topayapdi. Vatandan kechish hazilmi? Opamsiz qiynalaman. Yaqin joy boʻlsa ekan, xabarlashib tursak, - dedi Begali xomushgina boʻlib.
- Ularning ham millati qozoq, Qozogʻiston ularga vatan. Qolaversa otangning yaqinlari tashlab qoʻymas. Har yili kelib turadi. Biz izlab boramiz.
Buning ustiga bola ham oʻsha joylarda mehr berib ularga farzand boʻlib ketadi. Bu yerda hamma bizni taniydi. Bolaga yetimligini aytsa, opangga el boʻlmaydi. Senga shu kerakmi? - dedi kampir oʻrniga choʻzilib yotib.
- Nima qilsangiz, mayli. Faqat oqibatini oʻylab qiling. Menga opamning baxtli hayot kechirishi muhim. Boshqasi kerakmas. - dedi Begali ham koʻrpacha chetiga oʻtirib.
- Menga ham sizlarning baxtingiz kerak. Oʻsha tomonda odamlar opangni tanimaydi. Bolam desa bola opangga mehr qoʻyib ketar, balki. Izlash boʻlsa jigarlar uzoqda yashasa mehrli boʻladi. - dedi kampir yotgan joyida.
- Ona, siz opamni sogʻinib qolasiz. Yaqin joy boʻlsa ekan izlab borsangiz. Qiynalmang deymanda. - dedi Begali, esnab qoʻyib.
- Men ham, opang ham koʻnikamiz. Muhimi baxtli boʻlsa boʻldi opang. Koʻzidan yosh oqmasa deyman. Qoʻy dam olaylik, sen ham charchagansan, - dedi kampir.
Begali asta oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Kampir bolasini aldagani uchun biroz qiynaldi. Keyin "Qizim baxtli hayot kechirsa bas, xudo kechirarda" deb qoʻydi ichida.

28-qism
Begali otasidan ayrilganiga bir kuyunsa, opasi oʻzga yurtlarga ketayotganligidan bir oʻksindi. Xoʻrligi kelib yigʻlagisi keldi. Bolalarini koʻrib oʻzini bosib oldi.
Xotiniga ertaga togʻga ketishini aytib, oʻzi qoʻshnisining uyiga ketdi. Qoʻshnisi traktorda qabristonga odamlarni va otasining tobutini ortib borgan edi. Shu xizmati uchun uch-toʻrt soʻm pul berishni va rahmat aytishni diliga tugib qoʻydi.
***
Begali Solini izlab borganida endi ishdan kelgan ekan. Soli uni koʻrib uyga taklif qildi. Begali uyga kirar ekan bir ayolga koʻzi tushdi. Avval bu ayolni koʻrmagan edi. Solining biror yaqindir deb qoʻydi ichida.
Uyga kirgach Soli: - Begali inim xafa boʻlmay oʻtiribsizlarmi? Oʻsha kundan buyon xabar ololmaysan. Davlat ishi bilan ovvoraman, - dedi.
- Rahmat sizga aka. Hamma yaxshi. Men ham oʻzim bilan ovvora boʻlib sizga ozroq ataganimni berilmay yuribman, - deya Begali choʻntagidan pul chiqarib qoʻydi.
- E, uka, nima qilyapsiz? Pul nimasi. Meniki xolis xizmat. Otangiz jannati inson edi. Koʻp yaxshiliklar qilgan. Meniki nima boʻlibdi, traktorda tobutini olib bordim. Aslida bu insonning xizmatlari uchun yelkamda olib borishim kerak edi. Oʻzingizni qiynamang. Yana biror xizmat boʻlsa aytarsiz. - dedi Soli choy uzatib.
- Aka, aybga buyurmang, uyingizdagi ayolni tanimadim. Biror qarindoshingizmi? - dedi choydan hoʻplab Begali.
- Ha, boyagi ayolmi? U mehmon, mehmon-ki, qanday tushuntirsam ekan. Mayli boshidan boshlab aytay, - dedi Soli yostiqqa yonboshlab olib. - Bir necha kun oldin tongda ishga ketayotsam, bir ayol qishloq chetidagi yoʻlda yotibdi. Borib qarasam, hushsiz. Kiyimlari bir ahvolda. Bir amallab traktorga solib uyga olib keldim. Onam parvarish qildi. Kechqurun oʻziga kelibdi. Ammo xotirasi yoʻq. Avvaldan yoʻqmi, shu kuni yoʻqotganmi, bilmadik. Na otini biladi, na zotini biladi. Onam yaxshi ayol ekan, uyda yursin dedi. Bilasan uch yil oldin yolgʻiz singlimni tuproqqa qoʻyganman. Shu ayol singlimga oʻxshab koʻrindi. Onamga ham shunday koʻringan boʻlsa kerak. Uyda yursin, yaqinlari izlab kelsa olib ketar.
- Aka siz yaxshi insonsiz, siz tufayli hayot qiziqda. Bu ayolning biror belgisi yoʻqmi? - dedi Begali.
- Bor uka, - dedi Soli yotgan joyidan turib. - Ustida atlas koʻylagi bor ekan. Ammo uning etaklari yirtilib kiyim deb atab boʻlmay qolgan. Onam sandiqqa solib qoʻydi, belgisi boʻladi deya. Begali, shu ayol huda koʻp qiyinchilik koʻrganmi, deyman. Baʼzida yosh bolaning ovozini eshitsa koʻzlari olazarak boʻlib yigʻlaydi.