Zafar Muminov ijodi
104 subscribers
1 photo
2 videos
13 files
Download Telegram
Tilsim
Qissa
19-qism

Begali bilan omonlashgan Doniyor muallim chiqiboq koʻringan birinchi doʻkondan aroq quydirib ichdi. Kayfi oshib qolib duch kelgan birinchi uyga kirdi. Uy egasi ham u kabi ulfat odam edi. Tun boʻyi aroq ichib chiqishdi.

***
Sanobar tunda chiqib ketgach, qayerga ketayotganini avval anglamadi. Qorongʻuda yurib bir necha bora yiqildi. Tizzalari shilinib ketdi. Tanasida ogʻriq sezilmas edi. Tun yarmida osmonda oy koʻrindi. Atrof sal yorishdi.
Sanobar qandaydir togʻga qarab chiqayotganini sezdi. Qadami sekinlashdi. Yurib oyoqlari tolganini sezdi. Biroz oʻtirib dam olishni istadi. Nazarida oʻtirib dam olsa bolasi uzoqlab ketayotgandek tuyuldi. Yana oʻrnidan turib yurishda davom etdi.
Biroz yurgach uzoqdan it hurgandek boʻldi. Sanobar shu atrofda uy bor deb oʻyladi. Biroz yurgan edi, itning ovozi yaqindan eshitildi. Sanobarga bu safar ovoz itning ovozi emasligi aniq eshitildi. "Boʻri" deya oʻyladi. Qoʻrqmaslik kerakligini bilib dadil yurdi.
Boʻri yaqindan ovoz berdi. "Yolgʻiz ekan, hechqisi yoʻq" deb Sanobar oldinga dadil yurdi. Qadamida shijoat bor edi. Oʻn qadam narida boʻri aniq koʻrindi. Sanobar avval qoʻrqib ketdi, soʻngra oʻzini bosib olib qadamini bir xilda oʻlchab bosdi. Ancha yurgach tanasidan muzdek ter chiqib ketdi. Koʻylagining etagini yerdan chiqib turgan eski bodom tomirlariga ilinib yurishiga xalaqit berardi. Sanobar bunga egilib qarashga qoʻrqar edi. Agar egilsa boʻri unga tashlanishi mumkinligidan xavotirlanib, koʻylagini siltab tortar, etagi yirtilar edi. Sanobarning ikki koʻzi boʻrida, yoʻlga qaramas edi.
Boʻri haybatli boʻlib koʻrinar, Sanobar undanda haybatli edi. Hozir uning koʻziga bolasidan boshqa narsa koʻrinmas edi. Sanobar boʻri bilan yonma-yon boʻlib yurdi.
Sanobar boʻrining unga yaqinlasha olmasligini tushundi. Boʻri uni bir tomonga siqib borayotganini sezdi. Qoʻrqib yoʻlini toʻgʻirlab olmoqchi edi, boʻri irillab qarshilik qildi. Sanobar toʻxtadi, boʻri ham toʻxtadi. Sanobar yursa, boʻri ham yurdi.
Sanobar endi dadil yura boshladi. Tong chogʻi Sanobar qandaydir qishloqqa yaqin kelib qoldi. Yoniga qarasa boʻri yoʻq. Qishloq itlaridan qoʻrqdi shekilli deb oʻyladi.
Sanobarning birdan oyoqlari boʻshashib ketdi. Charchoqni his etib, oʻtirib qoldi. Birdan koʻylagiga koʻzi tushdi. Etaklari barcha-parcha boʻlib yirtilgan, uni eni koʻylak deya atash imkoni deyarli yoʻq edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Tilsim
Qissa
20-qism


Sanobarning xoʻrligi kelib yigʻlagisi keldi, ammo oʻzini bosib oldi. Qandaydir kuch bilan oʻrnidan turdi va qishloq tomon yurdi.
Erta saharda uyiga Doniyor muallim ham qaytayotgan edi. Kecha ancha koʻp olib qoʻygan, shu sababli ammasining qo’shnisining uyida yotib qolgan edi.
Doniyor muallim ertalabdan ozroq ichib boshining ogʻrigʻini qoldirgan edi. Eshakda oʻzicha qoʻshiq hirgoyi qilib kelar ekan, oldidan chiqqan ayolni koʻrib qoʻrqib ketdi. Qoʻrqmay boʻladimi, uzuq-yuluq koʻylak kiygan, horgʻin qadam bosgan ayol oldingizdan tong chogʻi chiqsa. Naq yuragingiz yoriladi.
Doniyor muallim ayolni koʻrib tanidi va darrov toʻxtadi. "Bu bu yerda nima qilib yuribdi? Nahotki bolasining daragini eshitgan boʻlsa? Ammam nima qiladi? E dars boʻlaveradi? Orqaga qaytish kerak" - deya shartta eshakni burib orqasiga qaytdi. Xayolida "Tanib qolgan boʻlmasin, ishqilib" deya eshagini tezroq yurishga majburladi.
Sanobar uni tanimadi. U odam taniydigan ahvolda emas edi. Tun boʻyi uxlamay yurgan, kiyimlari bir ahvol, ogʻzi quruqlashib, tili tanglayga deyarli yopishib qolgan edi. Oldindagi eshakli kishini koʻrib yordam soʻradi. Ammo ovozi chiqmasdi. Ovozi chiqsa ham Doniyor muallim unga qayrilib qaramas edi. Sanobar gandiraklab yurar, boshi aylanib zoʻrgʻa yurardi.
Biroz yurgach yerga oʻtirdi va hushini yoʻqotdi.

***
Tun boʻyi akasining yonida uxlamay chiqqan Toʻlagan ertalab uxlab qoldi. Tush koʻribdi. Tushida Sanobar yangasini bir boʻri bolasining oldiga qarab borishi uchun qaytarar, ammo Sanobar qarshilik qilar edi. Toʻlagan yangasiga "Boʻri koʻrsatgan yoʻldan yuring. Bolangiz kutmoqda." deya baqirar, ammo yangasi eshitmas edi. Toʻlagan oʻzining ovozidan choʻchib uygʻonib ketdi.
Chinqiriq ovozni eshitib uyga qora odam kirib keldi. Toʻlaganning terlab ketganini koʻrib soʻradi:
- Ukam, tinchlikmi? Akangiz yaxshi. Qoʻrqmang, bir haftada oyoqqa turib ketadi. Men kelindan xavotirdaman. Ayol kishi tunda yurishi xavfli.
- Aka, tush koʻrdim. Tushimda yangamni bir boʻri bir tomonga qarab haydab ketdi. Yangam qarshilik qildi. Men bolasining oldiga boʻri olib borishini aytib qichqirdim, lekin yangam eshitmadi. Bu tushning taʼbirini boʻlmoqchiman, - dedi Toʻlagan terlarini artib.
- Uka, tushda boʻri koʻrmoq xosiyatli. Ayniqsa bunday holatda. Kelinni oʻtgan bobolarining ruhi bolasiga boshlab bormoqda. Bolakay topiladi

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
. Tilsim
Qissa
21-qism
Siz choy ichib kelinni izlang. Akangiz menga omonat. Men bir xudo degan odamman. Xudo shu darddan qutilib omon qolsin deya akangizni menga roʻbaroʻ qilgandir balki. Xudoning sinovi koʻp. Sabr qilsak, oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Turing nonushta tayyor, - deb qora odam tashqariga chiqib ketdi.
Toʻlagan oʻylanib qoldi.
Nonushtadan keyin Toʻlagan qishloq boʻylab Sanobarni izladi. Hamma uni qoʻshni qishloqqa qarab ketganini aytdi. Toʻlagan uyiga xabar berib keyin izlashga qaror qildi.
Uyiga borsa singillari ularni soʻrab qoldi. Toʻlagan nima deyishini bilmay: - Ular shifoxonada, - deb aldadi.
Otasining yoniga borib hammasini aytib yigʻladi. Chol uning boshini silab: - Xudo oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Kelinni top. Nevaramni albatta kelinim topgan. Iloji boʻlsa topmay qaytma, - deb nargi xonaga oʻtib ketdi.
Toʻlagan xotiniga nimanidir tayinladi. Keyin akasining qizlarini chaqirdi. Qizlar yugirib kelishdi. Ular "Bizni ham shifoxonaga olib ketsa kerak" deb oʻylashdi.
Amakisi: - Sizlar maktabga boringlar. Yaxshi oʻqisangiz ular tezda tuzalib uyga qaytadi, - deb qoldi.
Qizlar: - Biz yaxshi oʻqiymiz, hammasi tuzalib ketsin, - deya chugʻirlashib javob berdi.
Toʻlagan qizlarning peshonasidan oʻpdi. Koʻzidan tomgan yoshni amallab yashirdi. Qizlar kiyinib maktabga tomon yugurishdi. Toʻlagan yangasini izlab ketdi. U ham teskari tomonga qarab izlab ketdi.
Otasi uydan chiqib orqasidan duo qildi. Shu payt Ashur muallim otda kelib qoldi.
- Assalomu alaykum, ota. Qalaysiz? Nabirangiz topildimi? - deb soʻradi otdan tushmay.
- Vaalaykum assalom, keling muallim. Topilmadi. Turdiboy insult olib qoʻshni qishloqda qolgan. Kelin kecha tunda nabiramni izlab ketibdi. - dedi chol yerga qarab.
- Xafa boʻlmang. Men ham maktabdan chiqolmay qoldim. Ertaga Doniyor muallimning qozoq pochchasi olamdan oʻtgan ekan, oʻsha yoqqa borib kelaman. U tomondan ham nabirangizni soʻroqlayman. Nabira qizlaringiz darsga ketishdi. Men yetib olay, omon boʻling, - deb Ashur muallim joʻnab ketdi.
Chol uni ham duo qildi.
Toʻlagan yangasini nargi qishloqdan surishtirdi. Daragi chiqmadi. Shunda ham umidsizlik qilmay tinmay izladi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Tilsim
Qissa
22-qism

***
Doniyor muallim ammasining oldiga yetib bordi. Ko’rganlarini oqizmay-tomizmay aytdi. Kampir shoshib qoldi. Darrov reja tuzdi. Qizini chaqirib uyiga ketishga ko’ndirdi.
- Bolani tezroq olib ketinglar. Menga mehr qo’ymasin. Sizga o’rgansin. Shuncha kun otalaringni siyladilaring, yetadi. Ketinglar, sizda ham vatan bor, -deya kampir ularni yo’lga soldi.
Qizi va kuyovi joʻnab ketgach kampirning chiroyi ochildi. Doniyor muallimga yana ancha pul berib joʻnatib yubordi. Doniyor muallim ham quvonib uyiga qaytdi.
Ertalabdan traktorda ishga ketayotgan Soli yo’l yoqasida yotgan ayolni ko’rib qoladi. Darrov tushib traktorning kabinasiga bir amallab soli uyiga olib boradi. Darrov onasi va ayolini chaqirib uyga olib kirishadi.
Sanobar behush edi. Taqdir ona-bolaning uchrashishini istamadi. Sanobar borgan uyning yonidagi uydan bolasi yanada olislarga ketib borardi.
Sanobar oʻziga kelganida kun botar chogʻi edi. Qandaydir uyda yotganligini anglab yetdi. Oʻrnidan turmoqchi edi boshi aylanib qayta yiqildi. Shu tariqa ertasi kuni ertalab oʻziga keldi.
Uyga kirib kelgan ayol uni koʻrib quvonib ketdi.
- Opa, oʻzingizga keldingizmi? Rosa qoʻrqitdingiz. Erim ham xavotir olib ishga ketdi. - dedi kulib.
Avval Sanobar bu ayolni koʻrmagan edi. Hayron boʻldi.
- Men qayerdaman? Siz kimsiz? Nega bunday yotibman? - deb soʻradi.
- Siz bizning uydasiz. Xavotir olmang. Kecha ertalab sizni qishloq yaqinidan erim topib kelgan edi. Behush ekansiz, - dedi boyagi ayol kulib.
- Men kimman? Sizni tanimadim? Mendan nima istaysiz? - dedi Sanobar yigʻlamsirab.
- Opa, men sizni tanimayman. Ismingiz, naslingizni bilmayman. Bilganim shu sizni kecha tongda topdik. - dedi ayol hayron boʻlib.
- Men kimman? Nahotki eslay olmasam? Endi qanday yashayman? - Sanobar tinimsiz yigʻlar edi.
Uy egasi asta chiqib qaynonasini boshlab kirdi. Qari kampir Sanobarning yoniga tiz choʻkkan holda, bilaklarini ushladi, koʻzlarini ochib koʻrdi. Tomir urishini eshitdi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
23-qism

- Bu ayol xotirasini yoʻqotgan. Qizim sen issiq suv hozirlab ber, mehmon yuvinib olsin. - dedi keliniga.
Sanobar yigʻlashdan nariga oʻtmas edi. Qari kampir unga qarab: - Qizim, oʻzingni bos. Hammasi xudoga ayon oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Faqat ugina bizni himoya qiladi. Sening aqlingni ham qaytarib beradi. Xafa boʻlma, yuvinib taranib ol, - dedi.
Sanobar ilojsiz oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Notanish joy, notanish odamlar ham mayli-yu, oʻzini tanimaslik alam qilar edi. Uy egasi koʻrsatgan hammomga kirib yuvindi, berilgan yangi kiyimlarni kiydi. Ustidagi kiyimlarni kampir aytganidek qilib tugunga tugdi.
Kampir uning kiyimlarimni oʻzining sandigʻiga solib qoʻydi. Kelini va Sanobar hayron boʻlgan edi, kampir: - buni kimdir izlab keladi. Kiyimidan tanib olishar balki. Buni asrashimiz kerak - dedi.
Sanobar eslashga urinardi, ammo natija yoʻq edi. Ilojsiz shu insonlarga qaram boʻlib oʻtirardi.
Shu kuni qozoq cholning Qozogʻistonlik yaqinlari eshitib izlab kelishdi. Cholning qabrini ziyorat qildi. Begali ularni uyiga chaqirdi. Mehmonlar uzoq suhbatlashdi. Gap orasida ularga hayvonlarni davolovchi shifokor zarur ekanligi va katta maosh olishi haqida aytib qilishdi. Bu kampirga moydek yoqdi.
- Cholimning kuyovi bor. U shunday kasb egasi. Mol doktori. Uni koʻndirsam olib ketinglar. Har holda cholimning jigarlarisiz. Ozroq yordam bering. Kuyovimning ham millati qozoq. Rozi qilsam olib ketasizlarmi? - dedi kampir dabdurustdan
Begali onasiga yalt etib qaradi. Kampir hech narsa boʻlmagandek davom etdi.
- Kuyovim yaxshi mutaxassis. U yoqda uch-toʻrt soʻm orttirib kelsa uy-joy qilarmidi? Toʻy degandek, - dedi.
Mehmonlardan biri: - Checha, buni yaxshi oʻylabsiz. Kuyovni olib ketamiz. Yoqsa barchasi koʻchib boradi. Begali ham bizni yoʻqlab turardi. Nima dedingiz? - dedi.
- Haqsiz. Singlisi sabab Begali ham sizni izlaydi. Mehr ortadi. Men qizimning uyiga borib kelay. Bir ulov topay. Sizlar bugun mehmonsiz. Begali mehmonlarning izzatini qil, - deya kampir oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
Mehmonlardan biri: - Checha, oʻzim olib borib kelaman, - deb qoʻshilib chiqib ketdi.
Begali bu vaziyatdan hayron boʻlib nima qilarini bilmay qoldi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
24-qism


***
Toʻlagan yangasini izlab charchadi. Nom-nishonsiz ketgan edi. Qaytib kelib akasidan xabar oldi. Qora odam uyga olib ketishga ruxsat berdi. Toʻlagan yengil mashina topib kechga yaqin akasini uyiga olib keldi.
Otasi Turdiboyning ahvolini bilib yuragi ezildi. Turdiboyning qizlari uvvos solgan edi, chol: - Qizlarim otalaring tirik, yigʻlasanglar yomon boʻladi, - dedi. Bu gapdan soʻng qizlar birdan yigʻidan toʻxtadi.
Tuydiboyni uyga kiritishdi. Joyiga yotqizib qoʻyishdi. Darrov qoʻni-qoʻshnilar kelib uning holidan xabar olishdi. Turdiboy hech narsani sezmas, shiftga bir nuqtaga termulib yotar edi.
Qoʻshnilar ketgach chol qizlarni boshqa uyga olib oʻtdi. Qizlariga pand-nasihat qildi.
-Otalaring keldi, onalaring va ukalaring ham keladi. Sizlar aqlli boʻlsalaring bas. Hammamiz jamiljam boʻlamiz. Turdiboy tuzalib ketadi. Sizlar yigʻlasanglar u battar eziladi. Unga yaxshi qaraylik, - dedi chol.
Qizlar "Rozimiz. Dadam tuzalsa, oyim va ukam kelsa bas" deb chugʻurlashdi. Chol ulardan yoshli koʻzini yashirdi.
Tun boshlandi. Qizlar choldan ertak aytishini soʻrashdi. Chol ertak boshladi.
"Qadim zamonda bir cholning yetti oʻgʻli bor ekan. Cholning ismi Qoratogʻay ekan. Chol yetti oʻgʻlini uylantiribdi. Nabiralar suyibdi. Baxtli ekan. Ammo oʻrtancha oʻgʻlining bolalari hech yashab ketmabdi. Bir ilmu amal qilib koʻribdi. Natija boʻlmabdi. Ammo umid bilan farzand kutishibdi. Umidlari so’nmabdi.
Keyin bir donishmandning huzuriga boribdi.
- Ey, dono zot. Men ham, farzandlarim ham birovga ozor bermaganmiz. Ammo mana shu farzandim zurriyot qoldirmay yashashi menga alam qilmoqda. Ayting nima chora qilamiz? - debdi chol.
- Sizlar yaxshi odamsiz. Olloh qoʻllaydi. Bir iloji bor, irganmaysiz. Uyingizda bir it bolalabdi. Shu itning sutini itning koʻkragidan shu ukam ichsin. Zora farzandlari yorugʻ olamda yashab ketar. Faqat ixlos bilan bu ishni bajar, oʻgʻlim, - debdi ilm egasi.
Ular qaytib kelib shu ishni bajarishibdi. Oradan yil oʻtib farzandli boʻlibdi. Keyin qoʻsha-qoʻsha farzandlar koʻribdi. Baxtli boʻlibdi.
Ammo shu insonning ismi unutilib "Itemgan" deya laqab olibdi. Hozir ham bu insonning avlodlari yashab kelmoqda. Ular bobolari nomini sharaf bilan tilga olishadi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Tilsim
Qissa
25-qism


Biz shu insonning avlodlarimiz. Neki ogʻir kunlarni yengdik, bu kunlarni ham yengamiz, xudo hohlasa," - deya chol ertagini tugaydi.
Qizlar mahliyo boʻlib tingladi. Toʻlagan ham avval bu ertakni eshitmagan edi. Eshitib uyqusi qochdi. Qizlar uxlashgach chol Turdiboyning yoniga ketdi.
Turdiboy uygʻoqmi, uyqudami bilib boʻlmas edi. Chol uni yoniga choʻzilib xudoga yolvordi.
"Jon kerak boʻlsa menikini ol. Kelin ham, nabiram ham yoʻqoldi. Bu qizlariga bosh boʻlsin. Oʻzing madad ber!"
Doniyor muallim qishloqqa qaytdi. Kela solib doʻkonlardagi qarzlarini toʻladi. Ikki kun bormagan maktabga kechga yaqin kirib bordi.
Ashur muallimni uchratib: - Nima yangiliklar. Turdiboyning bolasi topildimi? - deya yolgʻon aralash soʻradi.
- Topilmadi, buning ustiga Turdiboy insult olib bir ahvolda yotibdi. Kelin ham bedarak ketibdi. Qiyin boʻldi bularga, - dedi kiyinib Ashur muallim.
- Voy yomon boʻldi. Ishqilib meni ayblamasin, men bir ogʻiz bolaga gap aytgan edim. Topilarda, - dedi Doniyor muallim boshini qashlab.
- Ha, topilsin. Qarindoshingizning marakasi oʻtdimi? Qozoq chol mard edi. Men ham bir yoʻqlab kelmoqchiman, shu yakshanba kuni. Har holda tanish odam edi. Mening toʻyimdan qolmas edi. Bir hovuch duo qilib, oilasiga koʻrinib kelmoqchiman, - dedi Ashur muallim soddalik bilan.
Doniyor muallimga bu yomon taʼsir qildi. Xuddi bu borib bola va onasini topib olib keladigandek tuyuldi. Keyin birdan: - Bormasangiz ham boʻladi. Ular Qozogʻistonga ketishdi. U tomondan kelgan odamlar taklif qilibdi. Bir oycha boʻlib kelar ekan. Men oʻzim joʻnatdim, - dedi Doniyor muallim qaltirab.
- E, attang. Mayli kelsa ayting, siz bilan birga boraman. Duo doʻstdan degan gap borku. Esingizdan chiqarmang, - dedi Ashur muallim.
- Aytaman, aytaman, - dedi Doniyor muallim qutulganiga shukur qilib.
Ashur muallim joʻnab ketdi. Doniyor muallim ichida "Aytib boʻlibman. Sen borsang bari ayon boʻladi. Ahmoqmanmi, men" deb gʻoʻldiradi.
Doniyor muallim maktabda tentirab yurdi. Soʻngra uyiga qarab shoshdi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
26-qism


***
Doniyor muallim uyiga borsa katta qizini soʻrab sovchilar kelgan ekan. Ayollar uning kayfi borligini koʻrib hayron boʻldi. Xotini uning bu qiligʻini berkitish uchun: "Dadamizning ichish odati yoʻq edi. Bugun bir ichib qoʻyibdi. Uyga kiring, dadasi," deb qoʻydi.
Doniyor muallim "Ha, mayli" deb uyiga kirib ketdi. Kirdiyu, gursillab yiqildi. Xotini borib uni joyiga yotqizib qoʻydi.
Doniyor muallimning joyi antiqa: bir eski gilam, ustida kir koʻrpacha, kichkina dasturxon ichida yarimta non va piyoz doim turar edi. Boʻlgani shu, ortigʻi ortiqcha edi. Uyiga kelib shu joyda yotar, birov bezovta qilishini istamasdi.
Xotini koʻp aytdi, "Qizlar katta boʻlib qoldi. Uyga sovchi kelmoqda. Bunday ichishni tashlang" deya. Doniyor muallimga aql kirmadi. Ichgani ichgan edi.
Sovchilar shoshib joʻnab ketdi. Omonlashishni ham nasiya qilishdi. Xotini mulzam boʻldi. Nima qilsin, uchta qizi boʻy yetib turibdi. Kattasi oʻttizga koʻray desa, ikkinchisi yigirma besh, kichigi yigirma toʻrt yoshda. Yolgʻiz oʻgʻli uydan bezor boʻlib harbiy xizmatga borib, oʻsha joyda uylanib qolib ketdi. Har zamonda xat yozib turadi. Kelay desa otasi bilan janjallashib qolardi. Qiyin, qiyin onaga qiyin edi.
Xotini uyiga kirganida Doniyor muallim uyalmay, " Aroq olib kel" deydi. Bechora xotin indamay qizlarining oldiga oʻtib ketdi.
- Oyi siqilmang, bizga ham xudoning atagan tuhfasi bordir. Otamizga insof berar. Hali yoshmiz-ku, - deya chugʻirlashib onasining koʻnglini koʻtarishdi.
- Men xudoga nima gunoh qilgan edim. Sizlarni baxtli koʻrsam armonim qolmasdi, - deya yigʻladi bechora ayol.
Doniyor muallim xurrak otib uxlashga tushdi. Hammaning yuragi siqilib turganda bu xurrak ovozi ortiqcha edi.

***
Sanobar begona joyda oʻzini ortiqcha his qildi. Na otini biladi, na zotini biladi. Aqldan adashsa qiyin ekan. Kampir uni tinmay savolga tutadi. U javob berolmay halak. Nahotki hamma narsani unutsa bu qanday gap?
Sanobar ularga mehr berdi. Boshqa iloji qancha. Nima qilsin, bechora. Uydagi ayolga ishlarida yordam berdi. Ancha ishni eplay oldi. Buni koʻrgan kampir: - Qoʻli shirin ayol ekan. Bir roʻzgʻorni obod qilgan ekan. - dedi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
27-qism

Qozoq mehmonlar qaytish uchun yoʻlga tushdilar. Kampir kuyovini ularga qoʻshib joʻnatdi. Bir haftadan keyin u yerda ishlash maʼqul boʻlsa oilaviy koʻchib ketishiga kelishib olishdi. Kuyov avval rozi boʻlmagan boʻlsa ham, moʻmay daromadni eshitib qanday joʻnab ketganini sezmay ham qoldi.
Ular ketgach Begali onasiga: - Nimalarni rejalashtiryapsiz? Nega ularni koʻchirishga shuncha qiziqib qoldingiz? - deb ajablanib soʻradi.
- U tomonda maosh yaxshi ekan. Nima ozroq koʻproq pul topsa yomonmi? Men ularni baxtli boʻlsin deyman. Otang ham shu maqsadda bolalar uyidan bola olib keldi. Umri qisqa ekan, bolani bagʻriga bosganini, quvonganini koʻrmay ketdi. Armonda ketdi. Endi biz harakat qilishimiz lozim, otang gʻorida tinch yotsin. Menga zarurmi shuncha dahmaza. Men ham oʻlib ketaman, - deb mingʻirlab qoʻydi kampir.
- Ona, nuqul oʻlimdan gapirasiz. Otamdan ayrilganim yetmaydimi? Bir ogʻiz aytdim. Shu yerda ham non topayapdi. Vatandan kechish hazilmi? Opamsiz qiynalaman. Yaqin joy boʻlsa ekan, xabarlashib tursak, - dedi Begali xomushgina boʻlib.
- Ularning ham millati qozoq, Qozogʻiston ularga vatan. Qolaversa otangning yaqinlari tashlab qoʻymas. Har yili kelib turadi. Biz izlab boramiz.
Buning ustiga bola ham oʻsha joylarda mehr berib ularga farzand boʻlib ketadi. Bu yerda hamma bizni taniydi. Bolaga yetimligini aytsa, opangga el boʻlmaydi. Senga shu kerakmi? - dedi kampir oʻrniga choʻzilib yotib.
- Nima qilsangiz, mayli. Faqat oqibatini oʻylab qiling. Menga opamning baxtli hayot kechirishi muhim. Boshqasi kerakmas. - dedi Begali ham koʻrpacha chetiga oʻtirib.
- Menga ham sizlarning baxtingiz kerak. Oʻsha tomonda odamlar opangni tanimaydi. Bolam desa bola opangga mehr qoʻyib ketar, balki. Izlash boʻlsa jigarlar uzoqda yashasa mehrli boʻladi. - dedi kampir yotgan joyida.
- Ona, siz opamni sogʻinib qolasiz. Yaqin joy boʻlsa ekan izlab borsangiz. Qiynalmang deymanda. - dedi Begali, esnab qoʻyib.
- Men ham, opang ham koʻnikamiz. Muhimi baxtli boʻlsa boʻldi opang. Koʻzidan yosh oqmasa deyman. Qoʻy dam olaylik, sen ham charchagansan, - dedi kampir.
Begali asta oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Kampir bolasini aldagani uchun biroz qiynaldi. Keyin "Qizim baxtli hayot kechirsa bas, xudo kechirarda" deb qoʻydi ichida.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
28-qism


Begali otasidan ayrilganiga bir kuyunsa, opasi oʻzga yurtlarga ketayotganligidan bir oʻksindi. Xoʻrligi kelib yigʻlagisi keldi. Bolalarini koʻrib oʻzini bosib oldi.
Xotiniga ertaga togʻga ketishini aytib, oʻzi qoʻshnisining uyiga ketdi. Qoʻshnisi traktorda qabristonga odamlarni va otasining tobutini ortib borgan edi. Shu xizmati uchun uch-toʻrt soʻm pul berishni va rahmat aytishni diliga tugib qoʻydi.

***
Begali Solini izlab borganida endi ishdan kelgan ekan. Soli uni koʻrib uyga taklif qildi. Begali uyga kirar ekan bir ayolga koʻzi tushdi. Avval bu ayolni koʻrmagan edi. Solining biror yaqindir deb qoʻydi ichida.
Uyga kirgach Soli: - Begali inim xafa boʻlmay oʻtiribsizlarmi? Oʻsha kundan buyon xabar ololmaysan. Davlat ishi bilan ovvoraman, - dedi.
- Rahmat sizga aka. Hamma yaxshi. Men ham oʻzim bilan ovvora boʻlib sizga ozroq ataganimni berilmay yuribman, - deya Begali choʻntagidan pul chiqarib qoʻydi.
- E, uka, nima qilyapsiz? Pul nimasi. Meniki xolis xizmat. Otangiz jannati inson edi. Koʻp yaxshiliklar qilgan. Meniki nima boʻlibdi, traktorda tobutini olib bordim. Aslida bu insonning xizmatlari uchun yelkamda olib borishim kerak edi. Oʻzingizni qiynamang. Yana biror xizmat boʻlsa aytarsiz. - dedi Soli choy uzatib.
- Aka, aybga buyurmang, uyingizdagi ayolni tanimadim. Biror qarindoshingizmi? - dedi choydan hoʻplab Begali.
- Ha, boyagi ayolmi? U mehmon, mehmon-ki, qanday tushuntirsam ekan. Mayli boshidan boshlab aytay, - dedi Soli yostiqqa yonboshlab olib. - Bir necha kun oldin tongda ishga ketayotsam, bir ayol qishloq chetidagi yoʻlda yotibdi. Borib qarasam, hushsiz. Kiyimlari bir ahvolda. Bir amallab traktorga solib uyga olib keldim. Onam parvarish qildi. Kechqurun oʻziga kelibdi. Ammo xotirasi yoʻq. Avvaldan yoʻqmi, shu kuni yoʻqotganmi, bilmadik. Na otini biladi, na zotini biladi. Onam yaxshi ayol ekan, uyda yursin dedi. Bilasan uch yil oldin yolgʻiz singlimni tuproqqa qoʻyganman. Shu ayol singlimga oʻxshab koʻrindi. Onamga ham shunday koʻringan boʻlsa kerak. Uyda yursin, yaqinlari izlab kelsa olib ketar.
- Aka siz yaxshi insonsiz, siz tufayli hayot qiziqda. Bu ayolning biror belgisi yoʻqmi? - dedi Begali.
- Bor uka, - dedi Soli yotgan joyidan turib. - Ustida atlas koʻylagi bor ekan. Ammo uning etaklari yirtilib kiyim deb atab boʻlmay qolgan. Onam sandiqqa solib qoʻydi, belgisi boʻladi deya. Begali, shu ayol huda koʻp qiyinchilik koʻrganmi, deyman. Baʼzida yosh bolaning ovozini eshitsa koʻzlari olazarak boʻlib yigʻlaydi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
29-qism

- Aka, balki bolalarini tuproqqa topshirib, aqldan ozgandir. Yoki, zolim erining kaltagidan shu kuyga tushgan boʻlsa kerak. Har holda savob uchun qarang, aka. - dedi Begali. - Aytmoqchi, erta ertalab togʻga molga ketaman. Qoʻshni choʻponlarga molini topshirib kelgan edim. Bu ayolni kimdir soʻrasa, sizning uyingizda ekanligini aytsam maylimi?
- Bu nima deganingiz, uka. Soʻrasa ayting, yaqinlari olib ketsa ham singlim kabi koʻrib holidan xabar olib turaman. Ayting, uka, - dedi Soli.
Begali oʻrnidan turib omonlashdi. Keyin uyiga qarab ketdi. Bir xayoli shu ayolda qoldi.
Kechqurun uyida oilasi bilan choy ichib oʻtirib, xayoli ketib dasturxon chetidagi choynakni turtib toʻkib yubordi.
Onasi: - Bolam, yaxshimisan. Bolangni issiq choyga kuydiray dedingku. Buncha xomushsan. Bir sening otang oʻlibdimi? Oʻlim haq, otani koʻmmoq bolaga farz. Oʻylanma, - dedi.
- Ona, otamni oʻylab siqilib turibman. Buning ustiga qoʻshnimizning uyiga bir ayol kelib qolibdi. Esi yoʻq. Bechora hayotida rosa qiynalgan koʻrinadi. Soli aka oʻlgan singlimga oʻxshar ekan deya unga yaxshi qarayapdi, - dedi Begali oʻychan.
"Bolaning onasi. Aqlini yoʻqotgani yaxshi boʻlibdi. Ammo esini tanib qolsachi. Qiziga bolani bu yerga olib kelishini man qilishi kerak" Kampir shu oʻylar iskanjasida Begaliga qarab: - Odamzodning taqdiri shunaqa. Oʻylab siqilib oʻtirma. Soli singlimga oʻxshab koʻrindi degan boʻlsa singil qilib olsin. Bizga nima? - dedi
Begali onasiga yalt etib qaradi. Ichida "Onam otamning yoʻqligiga qattiq xafa boʻlmoqda. Oxiri bahayr bosimda." deb oʻyladi.
Kampir esa "Begali hech narsani sezmasin, sezib qolsa yomon boʻladi" deb oʻyladi.
Hamma uxlash uchun yotishdi. Kampir tun boʻyi uxlamay qiynaldi.
Ertalab Begali togʻga joʻnab ketdi. Kampir ham bormoqchi ekanligini yolgʻondan boʻlsa ham aytdi. Begali onasini uyga nabiralari bilan qolishini takidlab oʻzi otga aravani qoʻshib joʻnab ketdi.
Qishloqdan ancha uzoqlashgach, yoʻl chetida qandaydir mato parchalariga duch keldi. Avval etibor bermadi. Qarasa deyarli butun yoʻl boʻylab bir xil atlas matosining kichik uzuq-yuluq boʻlaklari sochilgan. Bu oʻsha ayolning kiyimi boʻlsa kerak deb oʻylab qoʻydi. Oʻzining chodiriga yaqinlashsa uning ham yonida shu latta parchasi bor ekan.
Begali darrov qoʻshni choʻpondan mollarini ajratib oldi. Unga rahmat aytib chodiri tomon ketdi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
30-qism


Chodirga borib avval kirmay ancha turdi. Otasi haqidagi shirin xotiralarni yodga oldi. Soʻngra ichkariga kirib chodirni yigʻishtirib qoʻydi. Kechgacha mollari bilan ovvora boʻldi.

***
Toʻlagan har kuni yangasi va ukasini kun davomida izlab kelar, ammo biror daragini topmay xunob boʻlib qiynalardi.
Otasi ham umid bilan kutar edi.
Turdiboy oʻsha holda yotgani yotgan edi.
Har ikki kunda qora odam kelib holidan xabar olib, ukol qilar va dori berib ketardi. Ammo Turdiboyda oʻzgarish kuzatilmadi.
Toʻlagan yangasini togʻ tomondan emas, qarshi tomondan izlar, oldidan chiqqan har bir insondan qayta-qayta soʻroqladi. Birov ham koʻrmagan edi.
Begali bir kuni Solining uyidagi ayol esiga tushib qoldimi, harqalay togʻdan oshib tushib mato boʻlaklari yotgan joylarni izladi. Kuz shamoli ularni uchirib yuborgan, lekin butalarga osilib qolgan edi.
"Bu ayol shu tomondan chiqqan ekan. Daragini kimgadir aytsam boʻlar ekan" - deya oʻyladi. Kun qisqa boʻlganligi uchun kechga yaqin orqaga qaytdi. Chodirga kelsa bir yosh yigit uni kutib turgan ekan. Hol-ahvol soʻrashib olishdi.
- Mening ismim Abdulla. Rais sizga yordamchi qilib tayinladi. Siz bilan birga ishlaymiz, - dedi kulib yigitcha.
- Ha, yaxshi uka. Ertaga mollarni togʻga haydaysan. Men togʻning orqasiga Doniyor togʻamni koʻrish uchun ketaman. Kechgacha yetib kelaman. Eshagingni minib ol, charchab qolasan - dedi Begali.
Ertasi kuni Begali Abdullaga ishlarni tayinlab, oʻzi togʻdan oshib qishloqqa Doniyor togʻasidan xabar olgani ketdi. Doniyor muallim uni qiziqtirmas, uni Solining uyidagi ayolning taqdiri qiziqtirardi. Begali otda togʻdan tushib ancha yurgach qishloq yaqinida Ashur muallimni koʻrib qoldi.
- Assalomu alaykum muallim, - dedi Begali otining jilovini tortib.
- Vaalaykum assalom, Begali jiyan oʻzingmisan? - dedi Ashur muallim quvonib. - Seni koʻrganim yaxshi boʻldi. Otangni berib qoʻyibsan. Oxirati obod boʻlsin. Maktabdan chiqib bora olmadim. Nasib etsa bir kun borib kelarman. Uzrda, jiyan.
- Rahmat, muallim. Bizning. Doniyor togʻa qalay? Maktabda bormi? - dedi Begali oʻynoqlab turgan otini orqaga burib.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
31-qism

- Doniyor bor, maktabga bugun chiqmasa kerak. Otangning janazasiga borib kelgandan buyon toʻxtovsiz ichib yuribdi. Doʻkonlardagi qarzlarini bir uzgan ekan, yana qarzga botib qoldi. Har zamonda maktabga oʻtib qoladi. Uzr jiyan. Darsga kech qolmay. Uyga oʻt choy ichib ketasan, - deya Ashur muallim maktabga tomon shoshib ketdi.
Begali togʻasining uyiga borishini ham, bormasligini ham bilmay oʻylandi. Keyin tavakkal qilib togʻasining uyiga borishga qaror qildi.
Begali kirib borganida Doniyor muallim oʻz xonasida kayfi oshib uxlab yotardi. Xotini uni koʻrib uyga taklif qildi. Begali uyga kirib togʻasining qizlari bilan koʻrishib soʻrashib oldi.
- Bizning togʻa oʻzgarmabdi, yanga. Hamon oʻsha ichgani, ichgan boʻlibdi. Uyga ham qaramabdi. - dedi Begali.
- Togʻangiz shunga oʻrgandi. Oldinda qish kelay deb turibdi. Oʻtin kerak. Bu qizlarni soʻrab kelgan sovchilar otasini koʻrib indamay ketishadi. Begali siz biror narsa deng, zora soʻzingizni olsa, - dedi Doniyor muallimning xotini yerga qarab.
- Kuyunmang, yanga. Hammasi iziga tushib ketadi. Rahmatli otamning gapiga quloq solmagan mening gapimga kirarmidi. Insofni oʻziga bersin, - dedi Begali.
Doniyor muallimning oʻzi turganmi, yoki qizlari uygʻotganmi, ishqilib uyga kirib keldi
- Jiyan kelibdi. Qaysi shamol uchirdi? Qalaysan? - deya Doniyor muallim jiyanining qoʻlini siqib koʻrishdi.
- Togʻa, sizdan hol soʻrab keldim. Qalaysiz? - dedi Begali togʻasiga qarab.
- Zoʻrman, jiyan. Hoy, tirikmisizlar? Jiyan kelibdi, doʻkonga borib ikkita aroq olib kelinglar. Bir togʻa-jiyan yayraylik. Turey, - deya Doniyor muallim baqirib yubordi. Keyin xotini va qizlarini buralatib soʻkdi.
Begali kelganiga afsus qildi.
Tashqarida motatsiklning ovozi eshitildi. Uy bekasi kim bilandir gaplashdi. Motatsiklning baland ovoziga suhbatdoshlarning ovozi qoʻshilib hech narsaga tushunib bolmas edi.
Ayol kirib: - Toʻlagan yaqinlarini soʻroqladi. Shu bechoraga ham qiyin. - deya gap boshlagan ayol erining qattiq soʻkishini eshitib mum tishladi.
Begali ketishga ruxsat soʻradi. Doniyor muallim uni joyiga oʻtqazib, bir shisha aroq ochdi.
- Bezrayib turmay, ovqat qil, - dedi gʻazab bilan xotiniga.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Tilsim
Qissa
32-qism

Ayol indamay chiqib ketdi. Begali ichmasligini aytdi. Doniyor muallim: - Oʻlgan otang endi tirilmaydi. Ich, - dedi Doniyor muallim. - Qani ol. Bir kelib qolibsan.
Begali shu ichkilikdan bezor boʻlib, koʻpchilik ol deyaversa zoʻrgʻa bir piyola aroq ichardi. Hozir ichish niyati ham yoʻq edi. Doniyor muallim ichmasligini eslab: - Otang oʻlib ketdi. Aroq ichmasdan. Dunyo lazzati bu. Ich, otang yoʻq endi urishadigan. - dedi masxaramuz ohangda.
Begaliga bu gap qattiq taʼsir qildi. Sakrab oʻrnidan turib Doniyor muallimning yoqasidan ushladi.
- Otamga til tekkizmang. Siz bunga arzimaysiz. Sizdek togʻaning boridan yoʻgʻi yaxshi. Mening otam mard inson boʻlgan, sizni yomon koʻrgani uchun uni ayblaysiz. Yaramas ekansiz. Onam borda boʻlmasa sizni doʻpposlab xumorimdan chiqardim. - dedi Begali tutoqib.
- Hoy jiyan. Sen menga qoʻl koʻtarmoqchisanmi? Mengaya? Men bir ziyoli qatlam vakillaridan hisoblanaman. Sen kim boʻlibsanki, bir choʻponning bolasisan. Yaramas ol qoʻlingni yoqamdan, - deya Doniyor muallim baqirdi.
- E, sendaqa ziyolini, xudo olsin. Uyal, ahmoq, - deya Begali togʻasini qoʻyib yubordi.
Doniyor muallim gandiraklab borib yiqildi. Uyga shovqinni eshitib uy sohibasi kirib qoldi.
- Begalijon, qoʻying. Shu bilan teng boʻlasizmi? Hozir kayfi bor, - deya yalindi ayol.
Begali indamay tashqariga chiqib ketdi. Ichkaridan Doniyor muallimning gʻoʻldiragan ovozi eshitilib turdi. Birozdan soʻng ayol chiqib: - Ovqat tayyor boʻlib qolay dedi, Begalijon oʻtiring, - deb yalindi
- Yanga siz xafa boʻlmang. Bu inson bilan shuncha yil chidab yashaganingizga rahmat. Men ketdim, xafa emasman. Omon boʻling, - deb Begali hovlidan chiqib ketdi.
Ayol yerga qarab oʻylanib qoldi.

***

Sanobar bu yerga ancha oʻrganib qoldi. Kampir bilan suhbatlashish maroqli edi. Ammo oʻz taqdirini bilmaslik ogʻir azob edi, uning uchun.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3