Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XLIV qism
Yoʻl bo’lsina, yoʻl boʻlsin.
Yurar yoʻlim, moʻl boʻlsin.
Xudo bergan umrimda,
Yaxshi niyat moʻl boʻlsin.....
Sayxonlik oralab yurish mushkul edi. Qor uyumlari eshakning yurishiga xalaqit berardi. Amallab yo’lni zo’rg’a topib yurib bordilar. Eshak oldinda borar, uning izidan qolgan hayvonlar ergashib borardi. Ba’zan eshak qorga tiqilib qolar, Mardon bobo tushib qorni ezg’ilardi. Iz tushgach eshak sheriklari bilan yo’lga tushardi. Mardon bobo eshakka minib asta-sekin odimlardi.
Tushlikda katta qirga yetib olgan Mardon bobo eshakda tushib, eshagiga dam berdi. Kun ancha iligan, qor mayinlashib qolgandi. Olisdan qishloqqa bir qur nazar tashladi. Qishloq yastanib yotardi. Tushlik payti bo’lgani sababli ko’plab uylarning mo’risidan qora tutun chiqib osmonga o’rlardi. “Uyda bo’lganimda kampirim menga issiq ko’k choy damlardi. Qand solib ichardim. Oh, mazza! Shuncha yillik qadrdon qishlog’im, yana bag’ringga omon-eson qayta oldim. Ey, yaratgan egam, hali ko’rar kunim bor ekan, ajalim yetmabdi. Bu ham bir sinoatdirda. Ey, yaratgan egam, jonimni olsang o’z uyimda ol. Jasadim ko’cha-kuyda qolib ketmasin. ” – deya xayolga cho’mdi, Mardon bobo.
Keyin o’rnidan turib eshagini mindi va hayvonlarni boshlab yo’lga tushdi. Tushdan keyin Mardon bobo qishloq yaqinidagi qabristonga yaqinlashib qoldi. Qabristonda odamlar gʻimirlar, nimadir qilishmoqda edi. Mardon bobo ichida "Tinchlik boʻlsinda" deb qoʻyardi...
Bu paytda qishloq ahli qabristonga yetib kelishgan, zoʻrgʻa tayyor boʻlgan lahadga mayitni qoʻyish bilan ovvora edi. Goʻr kovlagan yigitlar terga botib ketgan, hansirab nafas olishardi. " Joyi biroz torroq boʻlibdi. Yigitlar rosa harakat qilishibdi. Rahmat!” - deb qoʻydi kimdir .
Lahad ichiga Ermatning tog’asi tushdi. Tog’a jiyanni o’rniga qo’yishi farz edida. Unga yigitlar yordam berib turdi. Kafanlangan mayitni ko’plashib tog’aga uzatishdi. Tog’a avaylab mayitni joyiga qo’yib, tashqariga intildi. Odamlar ko’magi bilan qabrdan tog’a chiqib oldi. Ermatning bolasi yoshgina bo’lib bu holni boshidan o’tkazishga majbur edi. Otasining katta choponini kiyib, beliga qizil shoyi belbog’ tang’igan, boshida katta qora charm telpakni bostirib kiygan, murg’ak bola edi,u. Ko’zlarida yosh miltillar, har bir odamga mung’ayib qarab turardi. Umidvor nigohlarini odamlarga ko’rsatmaslikka urinardi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XLV qism
Choponining etagini ko’tarib har bir odam oldida to’xtar, ular tashlagan har siqim tuproqni avaylab yig’nab chiqardi. Nihoyat qabr og’zi bekitilgach, bolakay bor tuproqni qabr ustiga to’kdi. Tuproq bilan qalbidagi hasratni ham to’kdi, go’yo. Kechagina otasini so’kib turgan odamlar bugun uning og’ir damida yonida tirgak bo’lishdi. Eldan ayrilmaslik kerak ekan, el senga tirgak ekan. Murg’ak bolaning dilidan kechgan dil izhori edi bu.
Tuproq to’kilgach ketmonlab toproq tashladilar. Ahmadjon birinchilardan bo’lib tuproq tashladi va oqsoqoldan javob olishga shoshdi. Axir ikki tun o’tib uyquga to’ymagan, Mardon boboni topishdan umid uzmagan edi. Oqsoqol buni tushinib yonidagi mullaga quron tilovat qilishini aytdi. Quron o’qila boshlandi. Sohibkorlar qabrni chiroyli qilib tayyor holga keltirdi. So’ng jamoa yuziga fotiha tortdi. Oqsoqol “ Ahli jamoa, Ermat qanday odam edi?” – deya odamlarga yuzlandi. Hech kimdan sado chiqmasdi. Shunda kimdir “Yaxshi edi” dedi quruqqina qilib. Uning bu gapi ko’pchilikning “Ana qaranglar, tirik ekan!” degan jumlasining ichida yo’q bo’lib ketdi. Kimlardir shoshib hozirgina ko’milgan Ermatning qabriga qaradi. Qo’rqqanidan yoqasiga tuflab ham qo’yishdi. Boshqa birov qabriston yoniga qaradi.
Qabriston yonida Mardon bobo qari eshagida targ’il sigiri, buzoqcha, ho’kizni boshlab kelardi. Buzoqcha sakrab o’ynar, ba’zan qorga yiqilib tushardi. Mardon bobo angrayib odamlarga qarab kelardi.
Ahmadjon Mardon boboni ko’rib yosh boladek quvonib qabriston eshigi tomon yugirdi. Qorda oyog’ining toyishiga ham parvo qilmay Mardon boboning oldiga yetib bordi. Ko’zi to’la yosh bilan “Tirikmisiz!?” deya oldi xalos. Tasdiq ishorasini olgach quvonib ketdi. Qo’llari bilan Mardon boboning oyoqlarini ushlab ko’rdi. Sekin eshak ustidan Mardon boboning tushishiga ko’maklashdi. Mardon bobo ajib bir chaqqonlik bilan eshakdan sakrab tushdi. Biroz oyoqlarida og’riq sezilsada odamlarga bildirmadi.
Qabristondan chiqqan odamlar Mardon bobo bilan hol so’rashishdi. Vaziyat qisqacha ayon bo’lgach, marhum haqqiga Mardon ota tilovat o’qidi. Fotihadan so’ng Ermatning o’g’lini chaqirib sabr tiladi va otasining omonati bo’lgan ho’kizni yetaklatdi. Bola avval olmadi, keyin oqsoqol va odamlar qistovi bilan olishga qaror qildi. Ho’kizni yetaklab oldinda boshini xam qilib bolakay yo’lga tushdi.

👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XLVI qism
Samad Mardon boboni eshagiga mingazdi. O’zi sigirni yetaklab buzoqchani ergashtirib ortidan ergashdi.
Odamlar qishloqqa ajib hangomalar og’ushida kirib borardi. Uzoqdan cholining eshagini tanigan Malika xola peshvoz chiqib qarshilash uchun yugurdi. Boshidagi shol ro’moli yo’lda tushib qoldi. Malika xola buni sezmadi ham. Tilla topgan tentakday yugirib kelardi. Qizlari nima qilarini bilmay gandiraklardi. Bir-birini quchoqlab yig’lab yuborishdi. Go’yo otasini uzoq ko’rmagandek diydoriga shoshishdi.
Qishning so’nggi kuni, songgi bo’roni qishloqda unitilmas iz qoldirgan edi. Bu taqdir, odamlar esa taqdir chiziqlari edi, go’yo……
TAMOM

Tilsim
Qissa
1-qism
To’qson beshinchi yil kuz oylarida qishloqda g’alati voqea bo’ldi. Hali bunaqa ish hech qachon bo’lmagan edi. Kechqurun qishloqda gʻalati gap tarqaldi. Turdiboyning besh yashar bolasi yoʻqolib qoldi. Butun qishloq izlashga tushdi. Hamma hayron.
Turdiboy qishloq chetiga yangi uy qurib yaqinda koʻchib oʻtgan edi. Ota hovlini ukasiga qoldirib, oʻziga vatan sifatida shu uyni qurib olgan edi. Oʻzining qoʻli gul, usta. U bilmaydigan ish yoʻq. Qurilish sohasimi, texnika taʼmirimi, elektr ishlarimi unga begona emas edi. Oʻzining ishidan ortib qoʻshnilarga ham yordam berardi. Kimdir ishlatganidan soʻng uch-toʻrt soʻm pul berar, kimdir quruq rahmat bilan qutilib qolardi. Xullas, Turdiboy odamning joni edi. Hammaga birdek inson edi.
Uning ikki qiz va bir oʻgʻli bor edi. Qizlari katta, maktabga qatnardi. Oʻgʻli hali besh yoshda boʻlganligi uchun uyida yolgʻiz qolar edi. U ham maktabga boraman deya xarxasha qilardi. Maktab ham atay qilgandek qoʻshni qishloqda, orasi besh chaqirim kelardi.
Turdiboyning qizlari ertalab maktabga joʻnab ketdi. Oʻzi qoʻshni qishloqqa kimningdir tomini suvash uchun yoʻl oldi. Ayoli Sanobar uyda ish bilan mashgʻul edi. Yangi uyga gilam toʻqib toʻshayman, deya bir oydirki tinim bilmaydi.
Opalaridan ayrilib xarxasha qilib qolgan bolakay uy orqasiga oʻtib oʻyin bilan ovundi. Sanobar uning oʻziga kelib oʻyinga ovunganidan xursand boʻlib ishga urindi.
Uy orqasida oʻynab yurgan bolakay asta oʻrnidan turib, opalarining eski maktab sumkasini orqasiga taqdi. Kecha oʻzi sindirgan ruchka bilan yozib toʻldirilgan daftarni ham solib olgan edi.
Oyisi koʻrmay qolganidan xursand boʻlib soylikka qarab yugurdi. Kichkina emasmi, charchab qoldi. Soʻngra opalari maktabga ketadigan yolgʻizoyoq soʻqmoqdan maktabga qarab shoshib joʻnadi.
U qishloqdan chiqib oldi. Soʻngra tepalikdan, tepalikka ajib chaqqonlik bilan oʻtib boraverdi. Qalbida bitta umid bor, "Men ham maktabda oʻqiyman." U shu ishonch bilan dadil odimlar edi.
Sentyabr oyi boshi boʻlsada, havo biroz sovuq edi. Bitta koʻylakda ekanligidan afsuslandi. Ancha yurgan edi, maktab koʻrindi. U yaqinda kichkina opasining maktabga birinchi bora chiqqan kuni dadasi bilan kelgan edi.

2-qism
Oʻshanda Ashur muallim "Hali seni ham oʻqitamiz" deya yuzidan chimchilagan edi. Shu kundan boshlab maktabga borish orzusida yashadi.
Maktabga katta sumkasini koʻtarib charchagan bolakay sudrab kirib bordi. Oʻquvchilar darsda ekan. Zalda yurgan Doniyor muallim bolakayni koʻrib hayron boʻlib qoldi.
- Hoy, bebosh, kimning bolasisan? - deya baland ovozda soʻradi.
Qoʻrqib ketgan bolakay: - Tuydi akani uliman. - dedi yigʻi aralash.
Kechagi ziyofatda rosa boʻkib ichgan Doniyor muallim boshi ogʻrib, qayerdan boʻlsa ham ozroq aroq topib ichish uchun yurgan edi. Bolakayning gapi unga yoqmadi.
- Tez joʻnab qol. Hozir doktor kelib ukol qiladi. - dedi. Ichida "Oʻzi senday churvaqalar yetmay turgan edi" deb qoʻydi. Ertalabdan darslariga kira olmay har kimga yalinib charchagan edi. Aksiga olib uni tushunadigan hamkasbi Soli bugun kelmay qolgani yomon boʻldi. Kelganda mototsikli bilan borib bitta aroq topib kelardi. Doniyor muallim karaxt boʻlib yurgan edi-da.
Bolakayga qarab: - Hali ham ketmadingmi? Qulogʻingni kesib olaymi? - dedi gʻazab bilan.
Bolakay yigʻlab qochdi. Sumkasini tashlab qochdi. Orqasiga qaramay qochdi. Maktabdan qoʻrqib qochdi. Muallimdan qoʻrqib qochdi.
Doniyor muallim yerda qolgan yirtiq sumkani tepib chetga chiqardi. Maktab eshigidan chiqqanida bolakayning hovlidan yigʻlab chiqayotganini koʻrib oʻzicha jilmayib qoʻydi. Asta maktab hovlisidan chiqib Abdi qassobning uyiga kirib ketdi. U Abdi qassobdan ochiq boʻlsa ham aroq olib ichish uchun kirib ketdi.
Bu paytda bolakay yigʻlagan holda oʻzi kelgan tepalikka qarab chiqib ketayotgan edi.
Ashur muallim tanaffusga chiqib zalda ketayotib tanish sumkaga koʻzi tushdi. Bu oʻtgan yili Turdiboyning katta qiziga oʻzi sovgʻa qilgan sumka edi. Turdiboyning qizi maktabda yaxshi oʻqir edi. Oiladagi muammo sababmi, qizcha maktabga sumkasiz kelar edi. Ashur muallim shaharga tushganida sumka oldi. Maktabga kelib uni qizchaga oʻzi bermadi. Maktab direktorining oʻzidan shu sumkani Turdiboyning qiziga berishini iltimos qildi. Maktabdagi tadbirda qizchaga aʼlo oʻqishi uchun, sovgʻa sifatida berishdi. Qizchaning quvonganini bir koʻrsangiz edi.
Ashur muallim sumkani olib bir xayoli axlat chelakka tashlagisi keldi. Keyin Turdiboyning oʻgʻlini eslab, "Balki, opalari bilan kelgandir. Uyalib sumkani zalga tashlashgan boʻlsa kerak", deb qoʻydi, ichida.

👍3❤1
Tilsim
Qissa
3-qism
Soʻng Turdiboyning qizlarini kutdi. Qizlar kelavermagach, Ashur muallimning oʻzi qizlarni izlab sinflarga kirdi. Ular ukalari kelmaganini aytgach, indamay xonasiga kirib, sumkani tokchaga qoʻydi.
Bolakay yigʻlab tepalikdan tushdi. Orqasiga qaradi, boyagi yomon muallim yoʻq edi. Chanqagan edi. Axir hazilmi, yosh bola shuncha joyga yurib kelishi. Yoʻldan chetga chiqib ketdi. U adashdi. Adashganini oʻzi bilmasdi. Uyini izlab ketardi.
Qancha yurdi, oʻzi ham bilmasdi. Suvsizlikdan ogʻzi qurib qoldi. Oʻtirib yigʻlashga tushdi. Boshqa iloji yoʻq. Dodlab yigʻladi. Nihoyat charchab uxlab qoldi. Suvsizlik, yomon muallim uni qiynadi.
***
Sanobar gilam toʻqib oʻtirib oʻgʻli esiga tushib ketdi. Ismini aytib chaqirdi, javob boʻlmadi. Ishini toʻxtatib, uyning orqasiga oʻtib qaradi. Bolasi yoʻq edi. Uyga kirdi, yoʻq. Hovli boʻylab qidirdi, yoʻq. Qoʻshnilaridan soʻradi, yoʻq. Nima qilish kerak?
Darhol qishloq boʻylab izlashga tushdi. Soʻramagan odam qolmadi. Qaynotasining uyiga umid bilan keldi. U yerda ham yoʻq edi. Qayini Toʻlagan bu haqda bilib shoshib qoldi. Darrov mototsiklini minib akasini aytib kelishga shoshdi.
Sanobarning umidi puchga chiqqach qoʻrqib ketdi. Boshidagi roʻmoli tushib qoldi. U dodlab uyiga qarab bolasini izlab chopdi. Qari qaynotasi nimadir dedi, u eshitmadi. Eshitadigan ahvolda emas edi.
Qari chol hassasini doʻqillatib, hovlidan chiqqanida kelini uzoqlab ketgan edi.
Chol "Maktabdan xabar olinglar. U maktabga boraman der edi. Maktabga odam joʻnat" dedi. Ammo cholning gapini kelini eshitmadi.
Sanobar uyiga shoshdi, keliboq hamma joyni qaradi. Qayta-qayta izladi. Umid bilan izladi. Bolakay yoʻq.
Turdiboy va Toʻlagan kelgan payti tushlik vaqti boʻlgan edi. Sanobar yoyilib ketgan sochini toʻzitgan holda umid bilan ularning oldiga yugurdi. Erining vajohatini koʻrib yigʻlashga tushdi.
- Yigʻlama, xotin. Bolangni oxiri qayerda koʻrgan eding. Ayt, topiladi, - dedi Turdiboy qaltirab.
- Ertalab uy orqasida oʻynab turgan edi. Soʻng koʻrinmay qoldi. Izlab topmadim, - dedi Sanobar qoʻrqa-pisa.

4-qism
Turdiboy hovlini, molxonani, pichan gʻaramini izladi. Toʻlagan qoʻshnilardan soʻroqlashga ketdi. Sanobar uyini agʻdar-toʻntar qilib izladi. Bola yoʻq edi.
Tushdan keyin qizlar maktabdan keldi. Oyisining yigʻlaganini koʻrib birgalikda yigʻlashga tushdi.
- Bas, bu yerni azaxona qilmanglar. Izlanglar. - dedi Turdiboy jahl bilan.
Katta qizi: - Dada, Ashur muallim ukang maktabga sen bilan keldimi, deb soʻradi, - deb qoldi.
Ikkinchi qizi - Ashur muallim mendan ham soʻradi, - degach, Turdiboyga jon kirdi.
-Toʻlagan, maktabga boramiz, - deya qishloq boʻylab yugurdi. Qishloq oʻrtasida ukasini topib olib, ikkalasi maktab tomon shoshdi.
Aka-uka maktabga kelganida Ashur muallim endi ketmoqchi boʻlib turgan edi. Ularni koʻrib toʼxtadi.
- Muallim, mening bolam qani, - dedi shoshib Turdiboy.
- Keling uka. Bolangizni koʻrmadim, ammo katta qizingizning eski sumkasi maktabda, - dedi Ashur muallim.
- Oʻzi qayerda, - dedi Toʻlagan shoshib.
- Oʻzini bilmayman. Tushga yaqin tanaffusga chiqib zalga qarasam eski sumka yotgan ekan. Tanidim, keyin qizlardan soʻradim. Bolangiz kelmadi. Sumka mening xonamda, - deya Ashur muallim ularni ichkariga boshladi.
Sumkani tanigan Turdiboy angrayib qoldi. Keyin sekingina - Muallim bolam qayerda boʻladi? Endi nima qilaman? - deb yerga oʻtirib qoldi. Ashur muallim bolajon edi. Kichkina bolalarni oʻqitaverib oʻzi ham boladek boʻlib qolgan edi.
-Turdiboy, turing ukam. Topiladi. Men bu qishloqni izlayman. Siz yoʻlni izlang. Choʻpon-choʻliqdan soʻrang. Zora kimdir koʻrgandir, - dedi ohista Ashur muallim.
-Aka xuddi maktabda oʻtirgandek, yoʻlni ham izlamay kelaveribmiz. Endi izlaymiz. Topsangiz xabar bering, mualim, - deb Turdiboy shoshib chiqib ketdi.
- Bolangizni oʻxim oʻqitaman, hali. Tezroq topilsin.
Turdiboy Ashur muallimning bu gapini eshitmadi. U eshitadigan ahvolda emas edi. Turdiboy maktabdan chiqqan payti Doniyor muallim uni toʻxtatdi. Turdiboy umid bilan unga qarab yurdi. Boshqa payti boʻlganida Doniyor muallimni yoniga bormas, odam deb bilmas edi. Hozir majbur edi.
- Ha, bolang yoʻqmi? Qarash kerak. Maktabda oʻqimaydigan bolani nega maktabga yuborasan? Bizga shuncha chalasavod yetarli. Sening mitti bolangning orqasidan ergashib yurishga vaqtimiz yoʻq. Biz ziyoli qatlam, - deya gʻoʻldiradi Doniyor muallim.

5-qism
- Sen, alkash, nima deyapsan? - Turdiboy uning yoqasidan ushladi.
- Uyda bolangga qaramasdan nega maktabga joʻnatding? Nima endi enagalik ham qilaylikmi? Qoʻlingni ol, men bilsang ziyoli qatlam aʼzosiman, - dedi Doniyor muallim qutila olmay.
- Hey, inson. Bunaqa ziyoli boʻlgandan koʻra oʻlganing afzal emasmi? - Turdiboy uning yoqasini boʻshatdi.
- Aka, shoshmang. - dedi Toʻlagan. - Muallim bolakay qani? Tez ayt.
- Toʻxta. Ertalab yirtiq sumkani sudrab maktabga keldi. Men urushib qaytarib yubordim. Keyin ketdi uyiga. Men Abdi qassobning uyiga kirib bir shisha aroqni maydalab ichdim. Endi ketay. Charchadim. Rosa darslar koʻpayib ketdi.
Doniyor muallim gandiraklab yoʻlga tushdi. Turdiboy orqasidan tepmoqchi edi, Toʻlagan uni ushlab qoldi. Soʻngra ikkalasi yana orqaga qaytdi.
Kechqurun hamma bolani izlashga tushdi. Kimdir motatsiklda, kimdir otda, eshakda, koʻpchilik piyoda izlash uchun ketdi.
Sanobar yigʻlab charchamadi. Kelgan har bir insonga umid koʻzi bilan qaradi. Topilishidan umidvor boʻlib oʻtirdi. Qaynatasi eshik oldida ikki chol bilan jim oʻtiribdi. Ular kelinga dalda berishdan boshqasiga yaramas edi
Tun yarim boʻldi. Izlashga ketgan odamlar kimdir topgandir deya Turdiboyning uyiga umid bilan kelar, natijani bilib boshini egib oʻtirishdan nariga oʻtmas edi. Ichida "Hali izlashim kerak edi. Turdiboyning koʻziga qanday qarayman" degan oʻy kechardi.
Shu tun deyarli butun qishloq uxlamadi. Tong qizarib otdi. Tong chogʻi koʻpchilik uzr aytib topolmay qaytdi. Toʻlagan ham qaytdi. Sanobar endi behush boʻlib yiqildi. Hamma unga yordamga shoshdi. Tun boʻyi uxlay olmagan qizaloqlar dodlashga tushdi.
Turdiboy ham qaytdi. U ham quruq qaytdi. Sanobar oʻziga keldi. Bolasini soʻroqladi. Turdiboy bosh chayqadi.
Koʻpchilik uzr aytib ishga ketdi. Toʻlagan yoqilgʻi olib, motatsiklda qayta izlab ketdi. Ashur muallim qari otda keldi. U ham tun boʻyi izlabdi. Keyin otini Turdiboyga "Minib izla" deb tashlab maktabga shoshdi. Turdiboy nonushta ham qilmay qari otni minib yoʻlga tushdi.

6-qism
***
Bolakay yerda charchab uxlab yotgan edi, shu atrofdan bir qozoq choʻpon otda oʻtib qoldi. Choʻpon qarasa bir bola yotibdi. Atrofida hech kim yoʻq. Otdan tushib sekin yaqinlashdi. Qarasa murgʻak bolakay ogʻzidan oppoq koʻpik kelib yotgan edi. "Tirikmi?" deb oʻylab bolaning tomirini ushlab koʻrdi. "Tirik ekan. Kimning bolasi. Kech boʻlib qoldi. Adashgan bola. Olib ketsammi? Uyidagilar izlab borar," - deya oʻyladi.
Keyin bolani asta turtdi. Bola ingrab koʻzini ochdi. "Suv. Suv be" - dedi, ingranib. Chol xurjundan koʻzani olib bolaga tutdi. Bola yutoqib ichdi.
- Ehtiyot boʻl. Suv tiqilib qoladi. Kimning bolasisan? Adashdimi? - dedi chol.
- Tuydiboyni - dedi bola entikib.
- Uying qayerda, bolam, - dedi chol.
- Bilmayman, - dedi bola.
- Qishlogʻing nomini bilasanmi? - dedi chol.
Bola bosh chayqadi. Koʻzidan yosh dumaladi.
Chol bolani asta koʻtarib otga mindirdi. Bola hayron boʻlib cholga qaragan edi, "Qoʻrqma, bolam. Men bilan ketasan." - dedi.
Bola indamay egarning orqasiga oʻtirdi. Chol uzangiga oyoq qoʻyib, ajib chaqqonlik bilan sakrab otga mindi. Bolakay cholning belbogʻidan qattiq siqib ushladi. U otga birinchi bora mingan edi, qalbida qoʻrquv bor edi.
Ular keng yaylov boʻylab togʻga qarab yoʻl oldi. Tabiat ajib koʻrkamlik baxsh etardi. Past oʻsgan yovvoyi bodomlar orasidan ot shitob bilan oldinga intilar edi. Kun kech boʻlib, atrofni qorongʻulik qopladi. Bolakay qoʻrqib cholni yanada qattiq siqib quchoqladi.
- Bolam, qoʻrqma. Ot yiqitmaydi. Bugun uyimda qolasan. Ertaga ota-onangni izlab topamiz. Hali hammasi yaxshi boʻlib ketadi.
Chol shu gaplarni aytib, qozoqcha oʻlan ayta boshladi. Bolakay indamay ketardi.
Ular togʻdan oshib ancha yurishgan edi, ot toʻxtadi. Chol otdan tushdi. Bolani tushirdi. Kimnidir chaqirdi. Qorongʻuda kimdir bolakayning qoʻlidan ushlab yetakladi. Bola qoʻrqib yigʻladi.
- Yigʻlama, bu mening kampirim boʻladi. Oʻtovga olib kiradi. Men otni bogʻlab kelaman. Oʻtovga kiringlar, - dedi chol va qayergadir ketdi.

👍2❤1
Tilsim
Qissa
7-qism
Kampir bolakayni xira chiroq yoniq turgan oʻtovga boshlab kirdi. Bola turib qolgan edi: -Turib qolma, oʻrgilay. Qani kel oʻtir. Hozir boboy keladi. Ovqatlanamiz, - dedi.
Birozdan soʻng chol kirib keldi. Bolaning qoʻlini yuvib dasturxon oldiga oʻtqazdi. Oʻzi tepaga chiqib, katta yostiqlarga bosh qoʻydi. Kampir katta kosalarga shoʻrva olib keldi. Bolaga ham shoʻrva ichishini aytishdi. Bolakayga katta qoʻyning pishgan suyagini butunlay berishdi. Uyida otasining iqtisodi sababmi, bunaqa suyak koʻrmagan bola ajablanib qoʻydi
Taomlanib boʻlgach bola charchash sababmi, tezda uxlab qoldi. Ustiga qalin koʻrpa tashlagan kampir cholidan soʻradi
- Hoy, otasi, bu bola kimning bolasi. Qayerdan keldi? - dedi kampir.
Piyoladagi choyini sipqorib ichgan chol: - Bilmadim kampir. Togʻning orqasidagi ovullardan boʻlsa kerak. Hozir qorongʻu aralash topib oldim. Chanqab yiqilibdi. Na otini biladi, na zotini. Hayronman. Ertaga otga mindirib soʻroqlab chiqaman. Ertaga Begali otarni haydab keladi. Bolangga ayt, qoʻrani yaxshilab taxlasin. Men yotib ham qolishim mumkun. - dedi.
- Otasi, kimligini bilmasangiz, qayerdan topasiz? Bolaga qiyin boʻldi. Joy solib beray, yoting. - dedi kampir oʻrnidan zoʻrgʻa turib.
- Xudo oʻzi yoʻl koʻrsatadi. Hammasi yaxshi boʻladi. Uxlashini qara bu toychoqning, - dedi chol bolaga kulib qarab.
- Bola shirin boʻladi. Bu Oybeka qizingizga ham xudo tirnoq bermadi. Oʻn yilki tirnoqqa zor. - dedi kampir. Sekin borib taxmonda turgan koʻrpadan olib, nolidi.
Kampir oʻzi shunaqa kam gapiradi. Boshqalar bergan savoliga javob beradi xalos. Oybeka qizi oʻn yilki befarzand. Koʻrsatmagan doktori, tabib, qushnochi qolmadi. Hali ham eri sabrli ekan, umid bilan kutmoqda.
Chol oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Odati shunaqa yuragini dard bossa, indamay tashqariga chiqib yigʻlab oladi. Oʻzini bosib keyin uyiga kirib keladi. Kampirim siqilmasin deydida. Kampir buni biladi. Bilibki indamaydi. Choli yigʻidan qizargan koʻzini yashiradi. Kampir koʻrsa ham koʻrmaslikka oladi. Xullas ular shunaqa taqdir egalari.
Hayot ularga bir oʻgʻil bir qiz berdi. Oʻgʻli Begali oʻzidan tinchigan. Bolalari bor. Choldan keyin choʻponlikni davom ettirmoqda. Oilasi qishloqda. Xotini oʻqituvchi, bolalari maktabda oʻqiydi. Begali otasining oʻtovida mol boqadi. Chol-kampir qishda ham, yozda ham shu oʻtovda yashaydi. Bobo meros deb qishloqqa ham koʻchib ketmaydi.

8-qism
Oybeka qizining baxtini oʻylab siqiladi baʼzida. Oybeka qoʻshni tumanda yashaydi. Eri mol doktori boʻlib ishlaydi. Oʻzi fermada sut sogʻuvchi boʻlib ishlaydi.
Ertasi kuni ertalab havo aynib qoldi. Kuz havosi emasmi, atrofni tuman qopladi. Chol ertaga borishga qaror qilib, molxona devorini taʼminlash uchun ketdi. Kampir bolaga qarab qoldi.
Kampir bolani uygʻotib nonushta tayyorlab berdi. Soʻng boladan soʻragan savollariga javob ololmay xunob boʻlib, bolani tinch qoʻydi. Oʻz ishlari bilan ovundi. Bolakay hamma narsani unutdi.
Kechqurun Begali qoʻy podasini haydab keldi. Cholning o’ng biqinida ogʻriq turdi. Kampiri bergan dorilar naf bermadi. Tun yarmida cholning ahvoli ancha ogʻirlashdi. Tongga yaqin butunlay tildan qoldi.
***
Turdiboy bolasi yoʻqolgan kunning ertasiga ham tinmay izladi. Ashur muallim berib ketgan qari ot bilan kun boʻyi samarasiz daydib yurdi. Boshqa nima iloji bor. Umid xudodan deya qayta-qayta izlab tentirab yurdi.
Toʻlagan ham motatsiklda kun boʻyi yurdi. Har zamonda uyga kelib xabardor boʻlib turdi. U ham chiqmagan jondan umid deya tinmay izlab charchamadi.
Tushlikka yaqin qishloqqa bir loʻli ayol kirib keldi. Uylarni aylanib sadaqa soʻrab tentiradi. Kimdir shunga fol ochirish kerak deb qoldi. Sanobar eshitib loʻli ayolning orqasidan yugurdi. Nazarida bolasi hozir topiladigandek boʻlib tuyuldi. Loʻli ayolni ming tavallo bilan uyiga boshlab bordi. Qaynotasi loʻlilarni yomon koʻrsa ham nabirasi uchun indamadi.
Loʻli ayol ikki kiyimlik atlas, ancha pul va Sanobarning qoʻlidagi tilla bilaguzuk evaziga fol ochadigan boʻldi.
- Koʻrdim, koʻrdim. Bolang kun chiqish tomonda bir qishloqda bir yomon odamning qoʻlida qolibdi. Seni sogʻingan, koʻzi yoshga toʻla. Eringga ayt ertaga kun botguncha, shu tomondagi qishloqni izlasin. Qishloq oʻrtasidami, bilmadim, oq darvoza. Ha oq darvozali katta hovli bor. Shu yerda qora odam bor. Bolang shunda. Faqat ertaga izlab borsin. Bugun uyida yoʻq. Bolangni sandiqqa solib qoʻygan - deb fol koʻrdi.
Bolasi xuddi topilgandek xursand boʻlgan Sanobar loʻlining yuzidan oʻpdi. Qoʻllarini oʻpdi.
- Rahmat opa. Bolam topilsin, keyingi kelishingizga bosh-oyoq sarpo qilib qoʻyaman. Bolam topilsa boʻldi, - deya yigʻladi.

9-qism
Loʻli: - Endi men ketay. Yoʻl ochilsin. Eringga ayt bolang oʻsha joyda. Men bu yerda qolsam, yoʻl yopilib bolang qiynaladi. Men ketdim. Hali yana kelaman. Omon boʻl, - dedi.
Keyin oʻrnidan turib olgan narsalarini tuguniga tugdi. Duo oʻqidi.
Soʻng: - Singlim ikkita non ber. Bolangga xudo ikki kunlik rizq beradi, - dedi.
Sanobar uyidan yana ikkita non olib chiqib berdi. Non ekanku bolasi uchun jonini so’rasin beradi. Faqat topilsa bo’ldi. Loʻli nonni ham olib hovliga chiqib: - Bobosi ham narz bersin. Nabirasining rizqi butun boʻladi. Faqat rozi boʻlib bersin. Men norizo odamdan narsa olmayman. Bersangiz nabirangiz uchun bering, boʻlmasa shart emas, - dedi.
Chol shoʻrlik nabirasi uchun kecha olgan butun boshli nafaqa pulini berib yubordi. Chol birinchi marta loʻliga narsa berdi. Berganda ham rozi boʻlib, duo qilib berdi.
Loʻli undirgan narsalaridan xursand boʻlib qayta-qayta duo qilib uydan chiqib ketdi. Nafaqat uydan butun boshli qishloqdan ham chiqib ketdi. Orqasiga qarab-qarab ketdi. Ichidan quvonib ketdi. Quvonmay boʻladimi, bugungi oʻljani bir oyda ham toʻplash qiyin edi, u uchun. Loʻli katta-katta qadam bosib qishloqdan chiqib togʻga qarab ketdi.
Kechga yaqin kelgan Toʻlagan bu xabarni eshitib akasini izlab ketdi. Uyiga kelgan akasi izlab bormoqchi edi, Sanobar va otasi ruxsat bermadi. Erta borish kerakligini aytdi.
Turdiboy ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay indamay qoldi. Butun oila erta tong otishini intiq boʻlib kutishdi. Qalbida umid uchquni bilan kutishdi. Loʻliga ishonib kutishdi.
***
Ertasi kuni bolakayni topib olgan qozoq cholning ahvoli yanada ogʻirlashdi. Oʻgʻli Begali qoʻshni choʻponlarga molini topshirib, otiga arava taqib keldi. Onasi bilan arava ustiga yumshoq oʻrin tayyorlashdi. Soʻngra cholni bir amallab aravaga chiqarib yotqizishdi. Kampir bolakayni chaqirib qari eshakni mindi va bolani orqasiga mindirib oldi. Ular oʻtovdan qishloqqa qarab yoʻlga tushdi. Bolakay tobora qishlogʻidan uzoqlashib borar, uyini ham unuta boshlagan edi.
Arava yoʻlda gʻirchillab yurib cholni bezovta qildi. Chol nimadir demoqchi boʻldi. Kampir eshakni tezlatib arava yoniga bordi. Engashib cholining gapiga quloq soldi.

10-qism
- Bolani oilasini topinglar. Sizga omonat. Men u dunyoda tinch yotishim uchun bolaning oilasini topinglar. Begaliga ayt, meni rozi boʻlsin desa bolaning oilasini topsin. Kampir, - dedi chol inqillab.
- Xoʻp, aytaman. Tinch yoting. Uyga yaqin qoldi. Chidang, hammasi yaxshi boʻladi, - deb taskin berdi kampir.
Begali orqaga qaragan edi, onasi "Hayda, otang yaxshiman dedi" deb qoʻya qoldi. Begali yoshli koʻzini yashirdi. Otiga achchiq qamchi bosib hovuridan tushdi.
Kampir indamay eshakda aravadan qolmay ergashib borardi. Hech narsadan xabari yoʻq bolakay eshakning orqasiga minib uyqusirab borardi.
Ular tushdan soʻng qishloqqa kirib bordi. Qoʻshnilar darrov egalik qilib, cholni uyga koʻtarib kirishdi. Kampir bolani ergashtirib kirdi. Begali ot va eshakni molxonaga olib ketdi.
Qoʻshnilar choldan hol soʻrashdi. Chol gapirishga urinar ammo tili aylanmay gʻoʻldirashdan nariga oʻtmas edi. Qoʻllari qimirlamay qolgan edi. Koʻzi bilan bolakayga imo qilardi.
Qoʻshnilardan biri "Bu bola qanday bola." deb soʻrab qoldi.
Kampir: - Chol bolalar uyidan olib kelibdi. Oybekaga berarkan, - deb turib ketdi.
Qozoq cholning koʻzidan yosh dumaladi. Gapirishga urinish befoyda edi. Gʻoʻldirab qoʻya qoldi. Kimdir "Yaxshi qilibdi. Zora shu yetimning boshini Oybeka silasa, unga ham xudo tirnoq berar. Yaxshi niyatli odam niyatiga yetadi" deb qoʻydi.
Kampirning ham niyati yaxshi. Choli topib kelgan kuniyoq shu fikrga kelgan edi. Kampir shu sababli otasining gapini Begaliga aytmagan edi. Begali ham bu bola haqida otasi bilan gaplashmagan edi. Begali oʻzi shunaqa, otasi aytmasa soʻramaydi.
Qoʻshni yigitlardan biri qozoq cholning qizi Oybekani chaqirish uchun otda ketgan edi. Kechga yaqin Oybeka eri bilan oʻzlarining yengil mashinasida kelib qoldi. Mashina toʻxtashi bilanoq Oybeka yigʻlab yubordi. Begali uni bagʻriga bosib, "Yigʻlatma, otam tirik" dedi.
Oybeka akasining bagʻridan chiqib uyga shoshdi.
Otasining bagʻriga bosh qoʻyib yigʻladi. Chol uni koʻrar, lekin unga ham gapira olmadi. Koʻzi bilan bolakayni koʻrsatdi.
Oybeka qoʻshni bolalardan boʻlsa kerak deb oʻylab uni tashqariga yetaklab chiqardi. Kampir bolakayni boshqa uyga kirgizib yubordi. Oʻzi kelib Oybekaning yelkasidan tutib olib chiqib ketdi. Cholning yonida oʻzi tengi chol jim boʻlib oʻtirardi. Toʻshakda yotgan qozoq chol tili aylanmagani, vasiyatini ayta olmaganidan afsuslanib jim yotishdan boshqa iloji yoʻq edi.

11-qism
Kampir qizini bola oʻtirgan uyga olib kirdi va qiziga dedi: - Qizim, otang seni baxtli boʻlsin deb qaysidir shahardan, bolalar uyidan bu bolani olib kelibdi. Yoʻlda hujjatlarini yoʻqotib qoʻyibdi. Shu bolani bagʻringga ol. Erkala, suy. Xudo senga ham berarda, qizim. - dedi.
Qizi: - Oyi, hozir shu gaplar yuragingizga sigʻadimi? Otamga qarang, ahvoli ogʻir. Men buni oʻylaydigan holda emasman. Bola olishni oʻylab koʻrmaganmiz. Kuyovingiz nima deydi? Bola oʻrganib ketarmikan? Otamni oʻylab siqilib turibman. Bu haqda keyin gaplashamiz. - deb oʻrnidan turmoqchi edi, kampir qarshilik qildi.
- Oʻtir, joyingga. Otang shu bolani olaman deb qancha yelib yugurdi. Endi yotibdi ikki dunyo orasida sarson boʻlib. Kuyovni men koʻndiraman. Otangning ham vasiyati shunaqa. Bajarasan vassalom, - dedi kampir gapiga yolgʻon aralashtirib.
Qizi boshini egdi. Kampir xursand. U ham niyatiga yetadi.
Shuncha yil choliga shu qizimizga bir bola olib beraylik, tinchib ketsin deb yalindi. Qaysar chol rozi boʻlmadi. Xudoning oʻzi berib turibdi. Kampir shularni oʻylab oʻtirdi.
Oʻgʻli Begaliga bitta bolangni ber dedi. Avval Begali rozi boʻlmadi. Kelinni, oʻgʻlini, cholini rozi qilgan kampir qizini koʻndira olmadi. Oʻshanda qizi "Har kimga farzandni xudo beradi. Akamning bolasi menga bola boʻlmaydi. Inim boʻladi. Aslo olmayman. Etni tirnoqdan ayirmayman. Undan koʻra befarzand oʻtganim yaxshi" deb gapida turib oldi.
Bugun shu bolani bagʻriga bostirib qoʻyaman deya kampir oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Kampir tashqariga chiqsa kuyovi eshik oldida turgan ekan. Kuyovini ham aldab rozi qildi. Keyin qizi bilan kuyovini bolani olib uyiga ketishga chaqirdi. Nazarida hozir choli oʻrnidan turib bolani olib qoʻyadigandek boʻlib tuyuldi. Ona baribir onada.
Qizi va kuyovi bu kecha cholning oldida qolishga qaror qildi. Kampir xafa boʻlib ignaning ustida oʻtirgan kabi his qildi. Ularni joʻnashga rozi qilmaganidan afsuslanmasa boʻldi.

12-qism
***
Turdiboy tun boʻyi uxlay olmay chiqdi. Toʻlagan ham uyiga ketmay nargi uyda yarim uygʻoq boʻlib yotdi. Sanobar oʻtirib xayol surib ketdi. Xayolida oʻgʻli topilib uyiga kelaverdi. Baʼzida yomon qora odam undan bolasi uchun pul soʻrardi.
Tong otgach Toʻlagan motatsiklni minib tayyor boʻldi. Sanobar xuddi bolasi ikki kundan buyon narsa yemaganini aytib shirinlik va yumshoq non olib chiqdi. Turdiboy sandiqdan toʻn va pul olib tugunga tugib tez-tez yurib keldi.
Turdiboyning otasi tahorat olib nomoz oʻqish harakatida edi. Bularni koʻrib uzoq duo qildi. Sanobar: - Bolamni nima bersangiz ham olib keling, - deya eriga qayta-qayta tayinladi.
Aka-uka loʻli aytgan tomonga qarab yoʻl oldi. Ular ham bolakayga teskari tomonga qarab ketishdi. Taqdir shunaqa ekan. Ayrilganlar bir-biriga emas, qarama-qarshi tomonga qarab ketishdi. Bu qismatdir balki.
Ular qoʻshni qishloqqa borib loʻli aytgan uyni topib borishdi. Katta oq uyning eshigini taqillatdi. Aksiga olgandek uydan loʻli taʼriflagan qora odam chiqib keldi. Toʻlagan shoshib qolib, uning yoqasiga yopishdi.
- Ukam qani? Topib ber lanati. Qani bolakay? - deb oʻshqirdi.
Eshikdan chiqqan qora odam angrayib hech narsaga tushunmay Toʻlaganning qoʻlidan qutila olmay qiynalar edi.
- Qanday bola? Yoqamni qoʻyib yubor. Sizlarni tanimasam, bola kim? - deb hansirab nafas olardi.
Turdiboy ukasining changalidan qora odamni ajratib oldi va yalinishga tushdi.
- Akajon, iltimos bolamni qaytaring. Nima desangiz beraman. Bolam yolgʻizim. Iltimos qul boʻl deng umrim boyi xizmatingizda boʻlaman. Jon akajon, iltimos, - deya Turdiboy choʼk tushdi.
Toʻlagan jim turar, qora odam hayron boʻlib nima qilarini bilmas edi.
- Turing inim. Inson birovning oldida tiz choʻkmaydi. Men tushunmadim. Qanday bola, siz kimsiz, mendan nima istaysiz? - dedi hang-mang boʻlib.
-Aka, oʻzingizni bilmaslikka olmang. Bu mening akam. Uning yolgʻiz bolasini oʻgʻirlab sandiqqa solibsiz, qaytarib bering, - dedi jahl aralash Toʻlagan.
- Shoshmang, uka. Men sizlarni tanimasam, bolangizni nima qilaman? Uka turing, uyga kiring, tanishib masalani hal etamiz, - deya Turdiboyning qoʻlidan tutib turgʻazdi.
Turdiboyga bu uyda savdo qilamiz degandek eshitilib, qora odamning orqasidan ergashdi. Toʻlagan ham akasiga ergashib hovliga kirdi.

13-qism
- Ukalar, meni koʻp xijolat qildinglar. Qoʻshnilar nima deb oʻylaydi. Men bu qishloqqa yaqinda koʻchib keldim. Uyatga qoldirdinglar. Qani endi bir boshidan aytinglar, nima gap? - dedi qora odam.
- Aka, bizga bolamiz kerak. Qaytib bering, qoʻshnilardan oʻzimiz kechirim soʻraymiz. Mana tugun ataganim. Kamiga shu jonimni oling, - dedi Turdiboy yigʻlamsirab.
- Uka, yana tushunmadim. Tushuntirib ayting - dedi qora odam Toʻlaganga.
- Akamning besh yashar bolasi yoʻqoldi. Ikki kundirki topilmaydi. Kecha bir loʻli xotin fol ochib, sizning uyingizda bolasi borligini aytibdi. Shunga keldik, iltimos bolani bering, - dedi Toʻlagan ham.
- Oʻsha loʻli bekor aytibdi. Agar yoshgina lo’li ayol bo’lsa aldagan. Men uni uyimga kiritmagan edim. Shunga qasos olibdi. Menda bola yoʻq, - dedi qora odam ajablanib.
kki kunlik uyqusizlik, vahima sababmi Turdiboy turgan joyida hushini yoʻqotdi. Yerga qarsillab yiqildi. Toʻlagan chopib borib akasini suyadi.
Qora odam: - Teginmang, insult oldi. Qon bosimi oshdi. Men doktorman. Hozir davolayman. Faqat qimirlatmang. - deya uyiga yugurdi.
Toʻlagan nima qilarini bilmay joyida qotib qoldi. Qora odam uyidan shpris ichiga dori olib chiqib Turdiboyning bilagidan ukol qildi. Oʻrnidan turib borib uy oldidan katta soyabonni olib kelib Turdiboyning ustiga tutdi. Toʻlaganga suyab turishni aytib, uyidan katta koʻrpa olib chiqib bemorning ustiga yopdi. Keyin Turdiboyning bilagini ushlab koʻrdi. Bosh chayqadi.
Uyiga chopib kirib yana dori olib chiqdi. Yana ukol qildi. Biroz fursat oʻtgach, yana tomirni tekshirdi. Bu safar "Xudoga shukur" deb qoʻydi.
Bir soatdan soʻng uyidan zambil olib chiqib Turdiboyni unga yotqizdi. Toʻlagan bilan ikkalasi uyga olib kirdi. Toʻlagan hayron boʻlib turgan edi, qora odam tushuntirdi.
-Akangiz insult oldi. Oʻziga kelishini kutamiz. Qani oʻtiring gaplashib olamiz, - dedi.
Ular uzoq suhbatlashdi. Vaziyatni aniq boʻlgach Toʻlagan kechga yaqin bir oʻzi qishloqqa qaytdi. Turdiboyga qora odam qarab turadigan boʻldi.
Toʻlagan qaytgan payti Sanobar kiprik qoqmay qarab turdi. Umid bilan yoʻlga boqdi. Toʻlaganni yolgʻiz koʻrib unga tomon intildi.
- Hoy, qayinjon. Nima gap? Topildimi? Akangiz qani? - deya Sanobar tinimsiz savollar berardi.

14-qism
Toʻlagan avval shoshdi. Soʻngra oʻzini bosib olib yangasini aldadi. "Daragi chiqdi. Ukam u yerda emas, boshqa qishloqda ekan. Yuring sizni ham olib boraman. Akam olib kel dedi."
Sanobar xuddi bolasi topilgan kabi quvondi. Toʻlagan otasini chaqirib vaziyatni tushuntirdi. Keyin yangasiga "Hozir kelaman" deb uyiga shoshdi.
Birozdan soʻng ayoli va bolasini olib keldi. Ayoliga ishlarni tayinlab, yangasini motatsiklga mindirib, yeldek uchib ortga qaytdi.
Ota shoʻrlik orqadan duo qilib qoldi. Boshqa iloji yoʻq edi. Nabiralariga koʻzidan oqqan yoshni koʻrsatmaslik uchun uzoqlarga tikildi. Toʻlaganning ayoli bolalarni uyga taklif etdi.
Chol "Xudo, ayriliq balosini ravo koʻrma. Bolam va nabiram omon boʻlsin. Jon kerak boʻlsa menikini ol. Ular meni tepkilab-tepkilab koʻmsin. Bolam yo nabiram tobutini koʻtara olmayman. Bunday qora kunni boshimga solma." deb iltijo qildi.
Kimdir cholni chaqirdi. Qoʻshni chollar hol soʻrab kelishgan ekan. Chol yuzini choponining yengiga artib ular tomon odimladi.
***
Qozoq chol oʻlim toʻshagida yotar edi. Soʻnggi vasiyatini oʻgʻli Begaliga aytish uchun harakat qilar, ammo bu til qurgʻur aylanmas edi. Begali oldiga kirsa, kampiri nuqul ish buyurar, otasining oldiga yaqinlashtirmas edi. Begali ham indamay onasiga boʻysinib ishida davom etardi.
Kampirni bunday qiligʻini koʻrgan qozoq chol "Oʻlimimni rosa kutdi, bu kampir. Nahotki uning shunday rahmsiz ekanligini bilmay yashagan boʻlsam. Bolada nima gunoh. Yaqinlari izlab yurgandir. Qizimning yelkasiga gunoh xaltamni ortib ketishimga yoʻl qoʻyma, ollohim. Oʻzing soʻnggi bora kuch ber, bolamga yoʻl koʻrsatay. Bu kampirning koʻngliga oʻzing shavqat urugʻini ber" deya qalbida iltijo qilar, yonidagilarga koʻzi bilan ishora etardi.
Tun yarmida qoʻshni chol qozoq cholning yuzini silab, ogʻziga suv tomizdi. Keyin kulib gapirdi.
- Doʻstim, sen hali yashashing kerak. Hali qiladigan ishlarimiz bor. Meni tashlab ketma. Bilaman dunyoga toʻymaymiz, qancha yashasak ham. Bolalaringga vasiyating bormi? Kimni chaqiray, Begalinimi? - deb soʻradi.
Toʻshakda yotgan qozoq cholga bu bir suvda oqib xasga yopishgandek boʻldi. Koʻzi bilan tasdiq ishorasini qildi. Qoʻshni chol Begalini chaqirdi. Oʻzi chiqib ketmoqchi edi, qozoq chol uning qoʻlini tutib qoʻyib yubormadi.

15-qism
Begali otasining yoniga tiz choʻkdi. Otasining qoʻlidan tutib, hol soʻradi. Chol ogʻiz juftlab gapirmoqchi boʻlar, ammo gapirishga tili aylanmas edi. Koʻzidan miltillab yosh tomardi. Begali nima qilarini bilmay qiynalib otasining yuzini silab qoʻyardi. Qoʻshni chol "Imo qil, doʻstim," dedi.
Qozoq chol imo qilar, ammo Begali ham, qoʻshni chol ham tushunmay hayron termulardi. Chol ming harakat qildi, samara boʻlmadi.
Shu payt uyga Begalining onasi kirib keldi. Ularni koʻrib qoʻrqib ketdi. Bir zum ogʻziga gap kelmay qoldi. Keyin shoshib ularning yoniga borib oʻtirdi.
- Cholni tinch qoʻyinglar. Vasiyatini menga aytgan. Xudo shohid, Begali senga oʻzim aytaman. Xudo qiynamay olsin jonini olsa. Bu nima ayb qildiki yaratgan egam buncha qiynading? Begali tur bolam dam ol. Qoʻshni, siz yonida boʻlarsiz? - dedi kampir.
Begali indamay chiqib ketdi. Qoʻshni chol kampirga termulib turdi.
Kampir: - Qoʻshni, cholimni yolgʻiz qoldirmang. Begali hali yosh. Otasining oʻlimini koʻtara olmaydi. Siz bizga madad boʻling. Xudoning oʻzi qoʻllasin hammamizni. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni oʻzi kechirsin. - dedi va turib tashqariga chiqib ketdi.
Ikki chol uyda yolgʻiz qoldi.
Kampir cholining oʻlimini shunchalik istadiki, gunohga botayotganini ham sezmadi. Boshqa iloji yoʻq, qizi baxtli boʻlsa yetarli. U dunyoda doʻzax oʻtida yonsa ham mayli.
Begali yaqinlari oldiga borib oʻtirdi. Suhbat qovishmas edi. Hamma oʻz oʻyi bilan band edi.
Biroz vaqtdan soʻng nargi uydan qoʻshni cholning "Begali, kel. Qoʻrqmay kel. Otang bu dunyoni tark etdi. Otangning oriyatini tayyorgarlik," degan ovozi eshitildi. Begali shoshib turaman deb yiqilishiga sal qoldi.
Kampir aybdor odamdek mum tishladi. Oybeka yigʻlab boshlagan edi, qoʻshni chol: "Hali yigʻlatmanglar. Marhumni tayyorlab olaylik, keyin qancha yigʻlasanglar ham mayli. Hozir yigʻlash unga azob tilash bilan barobar," deb qoldi.
Oybeka ham mum tishladi. Begali avval qoʻrqib otasining oldiga kirdi. Qoʻshni cholning daldasi sabab oʻzini bosib oldi. Begali avval otasining jagʻini belbogʻ bilan qattiq siqib bogʻladi. So’ngra ko’ylagini yechib qo’llarini juft qilib yonig qo’ydi va qayta ko’ylakni kiygazdi. Ko’ylakning bo’sh yenglari bilan otasining belini o’rab qo’ydi. Keyin oyoqlarining bosh barmoqlarini ham latta bilan siqib bogʻladi. Yana ayrim amallarni bajardi. Soʻng otasining ikki koʻzini asta silab yumdi. Bularning barchasini qoʻshni chol oʻrgatib turdi. Har zamonda "Oʼrgan bolam. Men ham gʻanimat boʻlib qoldim. Sizlar oʻrganib olib, yoshlarga oʻrgatishingiz kerak. Oʻlim haq. Tayyor boʻlib turish kerak. Sabrli boʻl," deb oʻrgatib turdi.

16-qism
Barcha amallar bajarilgach Begaliga "Hovliga chiqib yigʻla, odamlar bilsin" dedi. Oʻzi doʻsti yonida oʻtirib bir oyatli sura oʻqidi.
Begali hovliga chiqib bor ovozi bilan "Otajonim, otamdan ayrilib qoldim." deya yigʻladi. Qalbidagi bor alamni toʻkib yigʻladi. Otasini eslab yigʻladi.
Bu ovozga Oybekaning ingichka ovozi qoʻshilib eshitildi. Kampir quvonibmi, achinibmi, ovozsiz yigʻladi. Kuyov yigʻlashni bilmay eshik oldida turdi.
Saldan soʻng hovliga baqirib yigʻlab qoʻshnilar kirib keldi. Bu elning odati shunaqa. Shunaqa mehr yoʻqolmasin.
***
Sanobar Toʻlagan bilan qoʻshni qishloqqa borgan payti kech tushib borayotgan edi. Katta darvozali uy bu qishloqda yagona edi. Toʻlagan yangasini ichkariga boshladi. Hech narsadan bexabar Sanobar alanglab hovliga qarab chiqdi
Shu payt ichkaridan istarasi issiqqina ayol chiqdi. Ularni ichkariga taklif qildi. Bu ayol oʻsha qora odamning xotini edi. U maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlar edi. Boyagi mashmashadan bexabar edi. Hozirgina eri unga aytib bergan edi.
Sanobarni koʻrib quchoqlab oldi, hol-ahvol soʻradi. Avval Sanobar hayron boʻlib qoldi. Keyin Toʻlaganga qaragan edi, "Yanga bular yaxshi odamlar ekan. Lanati loʻli aldabdi." dedi. Sanobar turgan joyida qotib qoldi.
Toʻlagan yangasini suyab uyga boshladi. Ichkaridan qora odam chiqib, "Keling singlim, hammasi yaxshi boʻladi" degani ortiqcha boʻldi. Sanobar unga qarab yigʻlab yubordi.
Uy egasining ayoli Sanobarning yuziga suv sepdi. Sanobar hansirab nafas olib, oʻziga keldi. Toʻlagan "Yanga akamning mazasi yoʻq, siz ham meni qo'rqitmang" degach, Sanobar uyga kirib ketdi.
Ichkarida bir ahvolda yotgan erini koʻrib, yuragi battar ezildi. Erining yoniga borib tiz choʻkkan holda, "Nima boʻldi, dadasi" deya oldi. Turdiboy baqrayib yotar, koʻzlari ham qimirlamas edi.
- Qoʻrqmang, singlim. Eringiz insult oldi. Dori berdim. Erta-indin oʻziga keladi. Ammo, - dedi qora odam.
- Ammo, nima? - hayajondan baqirib yubordi Sanobar.

17-qism
- Ammo, - deya kalovlanib qoldi, qora odam. - Tuzaladi, lekin bir tomoni, oʻng qoʻli va oyogʻi ishlamay qoladi. Qon bosimi yuqori ekan. Chidaysiz, singlim.
- Bolam, bolam qani? Topib ber bolamni, - deya Sanobar qora odamga tashlandi.
Toʻlagan chaqqonlik bilan yangasini tutib qoldi. Sanobar tinmay oldinga intilar, ammo Toʻlaganning qoʻlidan qutila olmay qiynalar edi. Qora odam burchakka turib olib, nima qilishni bilmas edi.
- Yangajon, oʻzingizni bosib oling. Bolangiz bu yerda emas, loʻli aldabdi. Bu yaxshi odam. Akamni qutqarib qoldi. Iltimos, siz ham meni qiynamang. Ukam va akamning dardi yetarli, sizga bir narsa boʻlsa, men sinaman. Tamom boʻlaman. Jon yanga, - deya Toʻlagan yalinardi.
Shovqinni eshitib uyga kirgan ayol ham qarab yigʻlardi. Sanobar oʻzini biroz bosib oldi. Toʻlagan uni quchogʻidan boʻshatdi. Sanobar bir eriga, bir atrofdagi odamlarga qaradi. Soʻng oʻziga oʻzi, "Men hayot sinoviga bardosh berolmay qoladigan ayol emasman. Qancha sinov boʻlsa chidayman. Yonimda sizlar tursangiz boʻldi," deya Toʻlaganning yelkasini ushladi.
Toʻlagan hiqillab yigʻlar edi.
Qora odam Sanobarga vaziyatni tushuntirdi. Sanobar erining beliga bir paytlari oʻzi mehr bilan gul tikib ismlarini bitgan belbogʻini olib, oʻzining beliga bogʻladi. Qora odamga qarab: - Erim sizga omonat. Qayinim xabar olib turadi. Men bolamni izlab kelay, - deya oʻrnidan turdi.
Toʻlagan yalinsa ham Sanobar ortga qaytmadi. Bir haftada yo bolasi bilan, yoki oʻzi qaytishini aytib qorongʻu aralash uydan chiqib ketdi. Toʻlagan nima qilishini bilmay dovdirab qoldi. U nima ham qilar edi. Sanobar axir ona edi. Onalar shunday boʻladi
Toʻlagan doktor aytgan dorilarni olib keldi. Doktor akasiga tomchi dori uladi.
Toʻlagan endi tamoman boshi qotganini his qildi. Bu yoqda akasi bir ahvolda yotibdi. Yangasi ham uni tashlab ketib qoldi. Ukasidan darak yoʻq. Toʻlagan qattiq uh tortib akasining yoniga oʻtirdi.
Butun dardlarini ichidan chiqarish uchun hiqillab yigʻladi. Oʻzini erkin qoʻyib yigʻladi. Oʻksib-oʻksib yigʻladi.
***
Ertasi kuni qozoq cholning janazasi eʼlon qilindi. Aytuvchi odamlar otda, motatsiklda tegishli odamlarni aytish uchun joʻnab ketdi. Shulardan biri Doniyor muallimni ham aytish uchun ketdi. Doniyor muallim qozoq cholning kampiriga jiyan sanalib, orada ancha uzilishlar boʻlgan edi.

18-qism
Sababi Doniyor muallim aroqni ichmasa turolmas, bu esa qozoq cholga xush kelmas edi. Shu sababli ular kam uchrashishardi.
Aytuvchilar tarqagach kampir bolakayni tongga yaqin uygʻotdi. Bolakayga "Kimdir ismingni, otangni, onangni, qishlogʻingni soʻrasa aytma. Seni uzoqqa olib ketib qoladi. Jim yur" deya qayta-qayta tayinladi. Shusiz ham bolakay bularni deyarli unutgan edi. Kampir vajohat bilan gapirgach, bolakay mum tishladi.
Tushga yaqin hamma aytilgan odamlar yetib keldi. Ularning orasida Doniyor muallim ham bor edi. Ertalab ichgan aroq tufayli zoʻrgʻa yurardi. Kelmay qoʻysa ham boʻlar edi-ku xotini aldab-avrab joʻnatdi.
Doniyor muallim janaza oʻqilayotgan payti odamlardan ajralib uy orqasiga oʻtib deraza yonida sigareta chekib turgan edi, koʻzi ichkarida oʻtirgan bolaga tushdi. Ishonmay koʻzini qayta-qayta ishqalab qaradi. Tanib qoʻrqib ketdi. Keyin oʻzini bosib olib ammasi bilan gaplashib olishga qaror qildi.
Janaza oʻtgach Doniyor muallim ammasini asta chaqirdi. Ammasi hayron boʻlib yoniga keldi.
- Ha, piyanista. Yana tomogʻing taqillayaptimi? Menda senga berishga pul yoʻq? - deb javradi.
- Amma, uydagi bola qayerdan keldi? - deya soʻradi.
- Qanday bola? Sen nima deyapsan? - bilib, bilmaslikka olib soʻradi amma.
- Uyingizda oʻtirgan bola? Bizning qishloqdagi Turdiboyning bolasi. Oʻzim tanidim. - dedi Doniyor muallim bezrayib.
- Qaysi bola? U Oybekaning bolasi. Pochchang "detdom"dan olib kelib berdi. - dedi kampir koʻzini olib qochib.
- Nima amma? Men ahmoqmanmi? Bu Turdiboyning bolasi. Men adashmayman. Amma nimani boshladingiz?
- Oʻchir, ovozingni. Bu Oybekaning bolasi. - deb kampir choʻntagini kovladi. Ancha pul chiqarib Doniyor muallimga berdi. Doniyor muallim qoʻli qaltirab pulni oldi va "Amma, hali bu kam" deb qoʻydi.
- Doniyorjon, indama. Hech kim bilmasin. Hali seni rozi qilaman. Cholimning marakasini oʻtkazib olaylik. Birovga ayta koʻrma, - deb ammasi uyga kirib ketdi.
Doniyor muallim choʻntagiga qoʻlini solib, kulib qoʻydi. "Amma, birovga aytib oʻlibmanmi? Turdiboy kim? Menga har zamonda shunday atab narsa bersangiz boʻldi. Hali koʻp narsa ataysiz, amma. Bu bola oʻlib ketmaydimi? Menga nima. Amma siz menga xazinasiz, xazinam" deb ichida aytib qoʻydi.