Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXVIII qism
Tumanga kirar chog’I taksida qaytayotgan Turdiboy mashinasini tanib dodlaydi. Taksichiga mashinani quvlatadi. Mashina to’xtamay shifoxona hovlisiga kirgach, Turdiboy baqirib kirib bordi. Endi tushgan tog’asining yoqasidan ola ketdi.
- Nega mashinani beruxsat mindingiz? Kimdan so’radingiz?- deb javradi, Turdiboy, jahl bilan.
- Shoshma, jiyan. Kelinning mazasi bo’lmayapti. Qara kelinga. – dedi tog’asi yalinganday bo’lib.
- O’lib ketmaydimi! O’lgani yaxshi buni, mashinani qiynamasdan. – dedi Turdiboy xirillab.
- Senga shu temir xotingdan qadrlimi? – dedi tog’asi Turdiboyni hovuridan tushirish uchun, yumshoq ovozda.
- Bilasizku, men shu mashina uchun qancha qiynalganimni. Sen bilardingku buni axmoq xotin. Men o’zimni sen deb, mashinamni sizlab yashaymanku! – dedi Turdiboy xotiniga g’azab bilan yovqarash qilib.
- Ablah ekansan, jiyan,- dedi tog’asi g’azablanib.
- Tush tez, mashinani bo’shat, - dedi xotiniga Turdiboy, bezrayib.
Mashinadan Turdiboyning xotini yig’lab, og’riqdan qiynalib tushdi. Og’riqdan qiynalibmi, eridan qo’rqibmi, hushidan ketib yiqildi. Tog’a kelib kelinni ko’tardi. Turdiboy befarq mashinaga suyanib g’o’ldirardi. Hamshiralar zambilga solib xotinini olib ketishdi. Turdiboy jahl bilan mashinaga o’tirib, tog’asiga ham qaramay qishloqqa qaytdi. Tog’asi esa mayuslanib taksida qaytishga majbur bo’ldi. Bir necha kundan so’ng Turdiboy taksida borib operatsiya bo’lgan xotinini so’zsiz olib qaytdi. Tog’asidan kechirim ham so’ramadi. Xotiniga ham tayinli gap aytmadi.
Turdiboy G’aybullani pochcha deb yaltoqlanib o’zining ishlarini bitkazib olaverardi. Umidani “Opoy” deb ataydi. Umida undan o’n yosh kichik bo’lsa ham uni sizlab turadi. Turdiboy ichida “ Lo’lining eshagini sug’or va pulini ol!” - deb qo’yardi. Umida buni bilsa ham eriga bir narsa demas, kulib qo’ya qolardi, xolos. G’aybulla ham e’tibor bermasdi. O’tgan yili uning maktabini respublikadan reviziya qilishdi. Ancha kamchilik va yolg’on sarflangan buydjet mablag’lari aniqlandi. G’aybulla oyog’I kuygan tovuqdek o’zini o’tga-cho’g’ga urdi. Surishtirib ko’rsa Mardon boboninng kata kuyovi G’aybulla tumanga bosh prakuror bo’lib kelganini aniqladi. Bildiyu, G’aybullaning uyiga yugirib bordi. Umidani darrov tanimadi. Tanib olgach yolg’on yig’I bilan avval marhum Safarni esladi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXIX qism
Keyin o’rtaga Mardon boboning qarindoshligini qo’shdi. Xullas, bir amallab Umidaning ko’nglini topdi. Umida oxiri ilojsiz erining ishxonasiga Turdiboyni boshlab bordi va eri bilan Turdiboyni tanishtirib qo’ydi. Keyin uyiga qaytdi.
G’aybulla ham anoyi emas edi. Bu amalga alla aytib kelmagandi. Qanchadan-qancha akaxonlarning ko’nglini olishiga majbur bo’ldi. Turdiboyning ahvolini bilib sog’in sigir keldi deb o’yladi.
- Aka sal xarajat qilasiz. Hammasi yaxshi bo’ladi. Xudo xohlasa. Siz, qaynotamga qarindosh ekansiz, biz yordam qilamizda, endi. – dedi G’aybulla labini yalab.
- Sizni pochcham, dedim, qolingizni quruq qo’ymayman, - deya yaltoqlandi Turdiboy, ko’zlarini pirpiratib.
- Boldi, aka! Ishingiz hal bo’ladi, tayyorlanib ertaga keeling, hallaymiz, dedi G’aybulla uni eshikka kuzatib qo’yib.
Shu kuni Turdiboy qishloqqa uchdi,uchganda ham burgutday uchdi. Taksichi bolalarga tez haydatib, maktabga yetib keldi. Darrov jamoani to’plab soliq undirishga kirishib ketdi. Kimdir ixtiyoriy berdi, kimdir qo’rqib, ichida qarg’ab berdi. Natijada kerakli pul to’plandi. Ertasiga ertalab Turdiboy shaharga G’aybullaning uyiga kirib bordi. Ajib iforli, kichkina xonadon shinam joihozlangan edi. Xona to’rida katta telivizor uyga fayz berib turardi. Qimmatbaho gilam yozilgan, ustida yurish noqulaydek edi. O’rtadagi katta stolda nonushta tayyor edi. Nonushtani tezda qilib bo’lishdi. U yon, bu yondan mazmunsiz suhbat qilishdi. Ayniqsa Turdiboy o’ng’aysizlanib o’tirdi. O’zini ortiqcha ekanligini sezib turardi. Sir boy bermay, G’aybullani pochcha deb, Umidani opoy deb atab yaltoqlandi.
G’aybulla ortidan Turdiboyni ergashtirib idorasiga bordi va Turdiboyni zalda kutishini ta’kidladi, tezda xonasiga kirib ketdi. Yuqoridan kelgan taftishchini xonasiga chaqirib uzoq ma’ruza o’qidi. Turdiboy bu paytda zalda qahva ichib o’tirdi. Taftishchi bariga rozi bo’lib, xonadan qulliq qilib chiqib ketdi. Turdiboy xonaga kirib G’aybullani olqishlab, cho’ntagidagi aytilgan sovg’ani stol ustiga qo’ydi. G’aybulla uni qo’ltiqlab xonasidan kuzatib qo’ydi. Keyin Turdiboyning ishi hal bo’ldi. Shu-shu Turdiboy G’aybullani pochcha deb holidan xabar olib turadi. Borganda sovg’asiz oldiga kirmaydi. Turdiboyning mushugini hech kim pisht deyolmaydi, hatto botinolmaydi. Turdiboyning oshig’i olchi edi.

XXX qism
Oqsoqol
Qorabuloq qishlogʻining oʻz oqsoqoli bor. Bu Jalil ota. Yoshi oltmishdan oshgan, uzun, oriq kishi edi. Kalta qora soqolli oʻziga yarashib turardi. Bu qishloqning oqsoqoli boʻlganiga ham qancha qovun pishigʻi oʻtib ketdi. Salkam oʻttiz yoshidan buyon oqsoqollik qiladi bu elga. Qanchadan qancha urishganlarni yarashtirdi. Arazlashgan qancha oilalarni tinch hayotga qaytardi. Xullas bu qishloqda uning gapini ikkita qiladigan jon yoʻq, faqat Ermatni aytmaganda.
Ertalab yetib kelgan oqsoqol Ermatning janazasini oʻtkazishga kirishib ketdi. Bir-ikki yigitni chaqirib ovulni janazaga aytishga joʻnatdi. Kimnidir qoʻshni qishloqlarni aytishga yubordi. Bir yigitni qabr qazish uchun yigitlarni aytishga yubordi. Bu qishloqda udum shunaqa, goʻrkov yoʻq, oqsoqol aytgan uch-toʻrt yigit mayit uchun qabr qazishadi. Hech kim bu ishdan boʻyin tovlamaydi, oqsoqol aytdimi, bas savob uchun xizmat qilishadi. Qoʻllariga oqsoqol bir-bir kiyimlik gazlama beradi.
Bugun chaqirilgan yigitlar asta janaza oʻtayotgan uyga kirib kelishdi. Negadir barining qovog’I soliq. Jimgina kelib Ermatning bolasini bir-bir quchib tasalli berishdi. Keyin o’tirib duo o’qib, asta o’rinlaridan turib ketishga chog’landi. Ular darvoza yaqiniga kelganlarida oqsoqol ortlaridan kelib chetga imladi.
- Nega qabristonga bormadilaring? - deb soʻradi oqsoqol, yigitlardan.
- Biz buning qabrini qazmaymiz. - deyishdi yigitlar.
Oqsoqol darrov vaziyatni angladi. Yigitlarga qarab gap boshladi.
- Ukalar, siz bunday qilmang. Bu ham odam, buning gunohi koʻp boʻlishi mumkin, lekin biz ham gunohga botmaylik. Siz bunga emas, otasi Doʻsmat uchun xizmat qiling. Otasi oldidagi qishloq qarzini uzasizlar, jigarlarim.
-Qanday qarz, oqsoqol, ochigʻini ayting. Biz bilmagan qanday gap bor? - gapni boʻlib gapirdi Obid.
- Shoshma, jigarlarim, aytaman -dedi oqsoqol. Eshitib olib keyin qabristonga borasizlar. Oltmish toʻqqizinchi yilning qishi ogʻir keldi. Qor qalin, kun sovuq, atrof yaxmalak edi. Yurishning imkoni yoʻq davr edi. Texnika kam, bori ham xoʻjalik ishidan ortmaydi. Bizning qishloqda oʻn beshdan oshiq xonadon yashardi. Texnika qishloqqa yaqin ham kelmasdi. Fevral boshida koʻplarning uyida un tugay boshladi.

XXXI qism
Ot yoʻq, eshaklar qorda yurolmasdi. Doʻsmat aka uyidagi bor unini qishloq bilan yeyishni xotiniga tayinlab, oʻzi tumanga yoʻl oladi. Bir necha kundan keyin qaysidir yaqin qarindoshidan bir tuya soʻrab olibdi. Unga bir qoʻyni qaytishda olib borib berishga kelishibdi. Tuyaga olti qop un ortib, uch kun deganda qishloqqa qaytdi. Unni uyiga tushirib keragicha tarqatishni yana xotiniga tayinlaydi va evaziga pul olmaslikni ham qattiq tayinladi. Shunday qilib shaharga uch-toʻrt bora qatnaydi. Keyin uyidagi bitta qoʻyini ortib tuyaning egasiga berib qaytadi. Uzoq yoʻl, sovuq uni charchatgandi. Qaytib uyiga kelgach, oyoqlari ishlamay qoladi. Buni biror kishiga aytmaydi. Xotini un so’raganga keragicha un berib turdi. Un uchun haq olmadi. Qishloq odamlarida ham insof bor edi, hech kim ortiqcha un olmadi, mard edi xalqimiz. Bahor boshlanib qolganida odamlar Doʻsmat akaning holini bilib qoladi. Qoʻldan kelgancha muolaja qilishadi. Kunlar isib ketgandan keyin yoʻl ochiladi. Odamlarning duosi sababmi Doʻsmat aka asta oyoqqa turdi. Faqat bir oyogʻi yaxshi ishlamadi. Shu-shu Doʻsmat aka nogiron boʻlib qoldi. Shu odam sababli qishlogʻimiz omon qolgan. Buning uchun undan minnatdor boʻlib yashadik. Men Ermatdan qoʻrqmayman, otasi uchun uni joyiga qoʻyishga harakat qilayapman. Endi ukalar, otalar qarzi uchun xizmat qilasizlar. Rozi boʻlinglar, kelgan odamlar mehrsiz ekan deyishmasin. Borasizlarmi, jigarlarim? - dedi oqsoqol kalta soqolini silab.
- Boramiz, oqsoqol, qishloq sha’ni uchun, otalar hurmatli uchun boramiz. -dedi Qobil oʻrnidan qimirlab. Qolganlar ham o’rnilaridan turib tasdiq ishorasini qilib yo’lga tushishdi. Yigitlar joʻnab ketgach, oqsoqol bir xoʻrsinib qoʻydi. Ichkariga kirib ayollarga topshiriq berdi. Qaytib chiqib Oʻlmasni chaqirib samavarga olov yoqib, choy qaynatib turishini tayinladi.
"Havo ochilib ketar" deb qoʻydi oʻziga-oʻzi. Kun tushlikka yaqin kelgan odamlarni koʻzdan kechirdi. Mayitni yuvishga kimlarni gʻassol qilsa ekan. Koʻz ostiga u, bu kimni olib qoʻydi. Qarasa Ermatning yolgʻiz togʻasi Xolmirza kelmabdi, nomard. “Oʻlganning nimasidan araz qiladi, yaramas. Oʻzim boray,” - deb oʻzi Xolmirzaning uyiga yoʻl oldi. Oʻzi bormasa kelmasligiga koʻzi yetdi. Xolmirzaning uyi shunday qishloq oʻrtasida, bir soy oʻtsa boʻldi. Oqsoqol soy bo’ylab yurib Xolmirzaning uyiga kirib bordi. Kichkina hovli o’rtasidagi uyga qarab shiddat bilan kirib bordi. Qadamida qa’iyat, ajib bir jasorat bor edi.

👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXXII qism
-Ha, nomard, jiyaning oʻlib, sen uyda choʻzilib yotibsanmi? - deb uyga baqirib kirib bordi, oqsoqol.
- Assalomu alaykum, oqsoqol keling.- dedi hech narsa koʻrmaganday Xolmirza uyalib. Nega baqirasiz?- deya dahlizda kutib oldi, oqsoqolni.
- Baqiraman, yolgʻiz jiyaning oʻldi. Borib tursang oʻlasanmi, araz-ginani yigʻishtirib. E, sendaqa togʻani. Tur birga boramiz, yo eshitmadingmi? - dedi sal hovuridan tushib.
Xolmirza allaqachon eshitgan edi. Katta o’g’li aytgan edi. Qo’shnisi Obid ham aytib qabr qazishga ketgan edi. Shu oradagi ziddiyat sabab Xolmirza borolmay o’tirgandi. Yana xotinining ming’ir-sing’iri uchun ham uyidan chiqolmayotgan edi. Bir xayoli bor desa, biri borma derdi. Nima qilsin sho’rlik. O’zi ko’ngli sezgandi, shu oqsoqol kelishini. Xotinidan otolmas qaytsin, boyaqish.
- Bilasiz, oqsoqol, oʻrtada qancha gap oʻtgan. Endi - deb turgan joyida oqsoqol yoqasidan tutadi, Xolmirzaning.
-. Hoy, yigʻishtir, haji qizlikni. Qani oldimga tush, farzingni oʻta, bachchagʻar- deb Xolmirzani oqsoqol sudradi. Bormasang qishloqdan koʻchiraman, meni bilasan-a.
-. Boʻldi , oqsoqol boraman, uyga kirib kiyinib chiqay. Mendan oʻtibdi, uzr - deya uyga shoshdi, Xayrulla.
Uyiga kirgach, xotinining shangʻirib gapirgani eshitildi. Xolmirzaning xotini o’zi shunaqa, bir jahli chiqsa bobillayverib miyani achitib yuboradi. O’zi yaxshi xotin, sal kamchiligi borda. Kamchiligi kalta o’ylashi. Erini katta davralarga ko’p qo’shmaydi. Buning ortidan erining ko’pincha tili qisilib qoladi. Hozir ham oqsoqol eshitsin deb atay ovozini ko’tarib shang’illadi. Bu bilan oqsoqoldan ustun kelmoqchi bo’ldi. Oqsoqol ham anoyi emas edida. Oqsoqol tomoq qirib baqirdi:
- Xayrulla, endi senga xotiningdan ham javob olishim kerakmi? Chiqasanmi?
Hovliga choʻponini qoʻlida olib, Xayrulla yugirib chiqdi. Indamay oqsoqolning oldiga tushib keta boshladi. Xayrulla indamay oʻychan qiyofada ketar, oqsoqol ortidan ergashib borardi.
- Bu, jiyaningning na aka-ukasi, na boshqa yaqin qarindoshi yoʻqku, sendan boshqa. Endi shu jiyaningni oʻzing marakasini bosh boʻlib oʻtkaz

XXXIII qism
Oxirgi damda joyiga qoʻy, bu ishni qilmasang oqibatini oʻyla. Erta u dunyoda opangning yuziga qanday qaraysan. Yolgʻiz jiyaningni ushbu kunida bosh boʻlib tur. Aytganday, bolalaring, ayoling ham oʻtishi kerak, boya boshim aylanib, mening xayolimdan koʻtarildi. Eh, attang - dedi oqsoqol nasihat qilib.
Yoʻlda soydan oʻtayotganlarida Xayrullaning katta oʻgʻli eshakka ikki flaga suv ortib ketayotgan edi.
-Ana, oʻgʻlingga hammasini tayinla, xotining ham oʻtsin, bolalaring ham qolib ketmasin. Yo, bularga ham o’zim tushuntiraymi? - dedi oqsoqol.
- Yo’q, oqsoqol. O’zim aytaman. O’tishadi, - dedi boshini quyi solib Xayrulla. Uning oqsoqoldan boshqa gap eshitish niyati yo’q edida.
Xayrulla oʻgʻliga tayinlab, tez-tez yurib azaxonaga yigʻlab kirib bordi. Koʻchada turgan Ermatning oʻgʻlini mahkam bagʻriga bosib uzoq turdi. Qalbini timdalagan ozorlarni butkul unitgandek boʻldi. Keyin asta mayit yotgan xonaga dodlab kirib bordi. Ayollar uni koʻrib, tezda yoʻl boʻshatishdi. Xayrulla Ermatning jasadining bosh tomoniga oʻtib oʻtirdi. Boshini xam qilib boʻzlab yigʻladi. Oʻksib-oʻksib yigʻladi. Dardlarini aytib-aytib yigʻladi. Oʻzini bo’sh qoʻyib, dunyo gʻamlarini unitib yigʻladi. Kirgan ayollarga ham qaramay boʻzladi. Oqsoqol kirib Xayrullaning qoʻltigʻidan koʻtarib tashqariga olib chiqdi. Yelkasiga qoqib qoʻydi. Asta boshlab borib, darvoza oldidagi safning boshiga oʻtirgʻizib qoʻydi. Xayrulla silkinib-silkinib, oʻksib-oʻksib yigʻladi. Dunyoning bevafolini bilib qalbini tig’lab yig’ladi. Bor alamni unitib yig’ladi. Kelgan odamlarga e’tibor ham bermadi, uzoq yig’ladi. Uni bu yig’idan hech kim to’xtata olmadi. “ Qo’yinglar, yig’lab bor hasratlarini to’kib olsin. Indamanglar, “ – dedi oqsoqol atrofdagilarga bir qur nazar solib. Odamlar ham achinib qo’yishdi. Yig’lamaganning ham ko’ziga bir tomchi yosh keldi.
Oqsoqol yigilgan odamlarga bir qur nazar tashladi. Odam oz. qoshni qishloqlardan hech kim kelmabdi. Ermatning o’zi birovning to’yiyu, azasiga bormagan. Birovning holidan xabar olmagan.” Bo’lari bo’ldi!” – deb qo’ydi oqsoqol ichida. “Boshqalar qursin o’z qishlog’ining ham ko’pi kelmabdiya. Nima bo’lyapti o’zi, oqibat qayerga ketdi. Erta yana nimalar bo’lar ekan. Odamzod nahot qadringni unitdingga. Sen insonsan, senda aql bor. Bu turishda hayvondan farqimiz qolmaydiku, azizlar, “ – deya o’ylandi va og’ir xo’rsinib qo’ydi. Keyin oyoqlari ostidagi qorni jahl bilan bosib yanchdi. Yanchilgan qorda yangi kalishning chuqur izi qoldi. O’zi ichkariga uydan xabar olgani kirib ketdi.

XXXIV qism
Dahlizda o’tirgan odamlarning qavatiga borib cho’kkalab o’tirdi. Yonidagi yigitlardan biridan soatni so’radi.
- Vaqt boʻldi - dedi oqsoqol oʻrnidan turib. Qani mayitni yuvib tayyorlanglar, Xayrulla, Gʻaybulla kuyov, qoʻshnilardan yana ikkitang kiringlar. Tezlatinglar, ha aytmoqchi yoshlardan ikkitang qabristonga borib kelinglar. Qabr tayyor boʻldimi?
Ayollar mayit yotgan uyni bo’shatishdi. Ermatning xotini sho’rlikni Malika xola suyab qo’shni uyga kirgizib yotqizib chiqdi. Oqsoqolga qarab “ Qiyin bo’ldi, mushtiparga,” – deya ro’molining uchini tishlab o’tib ketdi. Oqsoqol yana bir bor bu ayollarning irodasiga qoyil qolib, Malika xolaning ortidan termulib qoldi. Yuvuvchi sohibkorlar ichkariga kirib ketishdi. Oqsoqol hamma narsani tayyorlatdi. Tashqarida odamlar qabristonga ketgan yigitlarni kutib oʻtirishdi. Oradan bir oz vaqt oʻtgach qabristonga ketgan yigitlar xomush boʻlib qaytishdi. Aytishlaricha hali lahat tayyor boʻlmabdi. Yeri qattiq chiqibdi, kovlovchilar qiynalib qolibdi. Hali ikki soat kutish kerak emish.
-Obbo, mayit tayyor boʻldi. To’planganlarni kuttirmaylik, aytilgan vaqt bo’ldiku. Janazani oʻqib, asta-sekin koʻtarib boraveraylik, joyi tayyor boʻlib qolsa qolar, bo’lmasa yordam qilamiz. Ko’pdan quyon qochib qutilmas, - dedi oqsoqol toʻplangan olomonga qarab.
Olomon qimirlab, safga tizildi. Qarzlarini bor bo’lsa, katta oʻgʻli toʻlashni oʻz boʻyniga oldi. Toʻplangan jamoa mayitni janazasini oʻqidi. Soʻngra tobutni koʻtarib sekin qabristonga qarab yoʻlga tushdi. Yog’och tobut qo’ldan-qo’lga o’tar, qishloq ahli galma-galdan yelka tutib tobutni so’nggi manzilga yaqinlashtirar edi. Odamlarning oldida oqsoqol va Xayrulla ketar, ular ortidan pildirab Ermatning katta o’g’li borardi. Yoʻl oʻgʻir, odam oz boʻlgani uchun yurish qiyin edi. Jamoa sekin qabristonga qarab yaqinlashib borardi. Hamma jim sukunat qo’ynida yengil odimlardi. Yelkasiga tushgan tobutni avaylab, marhumni bezovta qilmaslik uchun ham sekin yurishardi. Hovlida qolgan ayollar Ermatning ayoli va bolalarini ovutish, tinchlantirish uchun harakat qilishardi. Ular orasida Malika xola ham bor bo’lib bir ko’ngli yo’qolgan choli bilan band edi. Uyqusiz ko’zlari jovdirab uzoqlarga tikilar, cholining qaytishini orzu qilib kutardi.

XXXV qism
Notanish otliqlar
Boʻron boshlangan paytda sayxonlikda ikki otliq koʻringanday bo’lgan edi. Bu otliqlar Ermat va Komil edi. Ular Qoratepa tomonidan sayxonlikda turgan sigir va hoʻkizni olish uchun sayxonlikka tushib borayotgan edilar. Sayxonlikdan chiqib kelayotgan eshakli kishini koʻrib, ular otini ortga burilib ketishdi. Koʻzga tashlanib qolmaslik uchun otini qamchilab tezlatdi. Boʻronda qoralari koʻrinmay qolgandan soʻng sherigi Ermatga qarab javradi.
- Bu kim, bu yerda nima qilib yuribdi?- dedi.
-Qoʻshnim, Mardon chol, bu yerni qanday topibdi. Boyagi sigir shu cholniki. Yaramas, qanday topib kelibdi. Oʻlishga tayyor, lekin oʻlolmaydi. Shu sigirning ortidan qancha sarson boʻldim, yana buyurmadiyov. Qani endi, qoʻlimda boʻlsayu - dedi Ermat dovdirab.
- Agar bu chol boʻlsa, tinchirish kerak. Cholni yoʻqotamiz, sigirga ega boʻlamiz. Cholni gum qilib qor tagiga tashlaymiz. O’ligini biror hayvon g’ajirda. Siz bilan mendan hech kim shubhalanmaydi. ayni vaqti. bo'ronda sovuqdan o'lgan deydida yaqinlari. Nima deysiz?-dedi Komil ortda qolmaslik uchun otini qamchilab tezlatdi.
- Nima, nima?-dedi Ermat shoshib. Aslo bunday qilmaymiz, odam oʻldirish osonmi? Oʻgʻirla de, oʻgʻirlay. Aslo odam oʻldirmayman. Buning ustiga katta kuyovi G’aybulla prakuror. Seni, meni akaxonimiz. Bu ishni darrov ochib tashlaydi. Qo’li uzun. Iskovuchlar tezda izimizni topadi, qanday yo’l bilan bo’lsa ham. Sen bu cholni kimsasiz dema. Tomiri suvga yetgan chol, faqat foydalanmaydida, ablah. Tushundingmi?
- Aka, hazillashib ham boʻlmaydimi? G’alati ekan, bu chol -dedi Komil otini qamchilab.
- Bu chol, Gʻaybulla sudyaning qaynotasi, bilmasang bilib qoʻy. -dedi Ermat, boʻronda yuziga urilgan qorlarni supurib tashlab.
- Oho, tomiri suvga yetgan ekan, nima qiladi, bitta sigirni izlab. Kuyovi berardi oʻsha sigirning pulini- dedi Komil, yoqasidan kirgan qorni qoqishtirib tashlab.
-Ehe -dedi, Ermat otini jadallab. Bu chol Gʻaybulla sudyadan sariq chaqa olmaydi. Harom emish, oʻrgildim halollikni bilgan holingdan. Gʻaybulla ham qaynotasini yomon koʻradi. E, la’nat boʻlsin, bu boʻronga. Jonga tegdi, yaramas

XXXVI qism
Shu chol boʻlmaganda ishimiz yurishardi. Senga ham qoʻyilmasman, kech kelding, uka.
- Aka, bilasiz, molni qarzga beraman. Pulini kutib turaman. Vaʼda qilgan kunim pulni topib kelyapmanku - deb yozgʻirdi, Komil, xafa boʻlib.
-Boʻldi, uka. Endi shu boʻrondan qutilib olaylik, bu sigirni cholning uyidan oʻzim olib chiqib eltib beraman. Qani, uka otingni tezlat. Boʻron kuchaymoqda, ketdik men oldinda yuraman. G’orga borolmaymiz, chol kirib olgandir. Mening uyimga boramiz, hayda ortimdan, - dedi Ermat otini jadallab haydab. Komil ortda qolmaslik uchun otini qamchilab haydadi.
Ikkalasi uzoq vaqt davomida talashib, tortishishdi. Boʻron avj olar ular qayoqqa ketayotganini unutishdi. Adashganini bilib qolishgach, yuraklarga qoʻrquv kirib keldi. Ular nima qilishini bilmasdi, qayerga borishini ham bilmasdi. Oradan ancha vaqt oʻtgandan soʻng otliqlar bir-birini yoʻqotib qoʻydi. Bu boʻronda yurishning oʻzi azob edi. Komil ancha yurgach qichqirib yubordi. Atrof qorongʻu, boʻron kuchaygandan kuchaydi. Komil otining jilovini tortib toʻxtatdi, alanglab atrofga qaradi. Taqdirga tan bermasdan iloji yoʻq, bu togʻlarda oʻligi qolib ketadiyov. Koʻz oldiga bolalari keldi va koʻzidan duv-duv yosh toʻkila boshladi.
Ermat esa bu paytda oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoldi. Boʻronda otining qulogʻi zoʼrgʻa koʻrinardi. Huvillagan boʻron yuzini nayza uchidek timdalar, burun ichidan chiqayotgan bugʻ ham muzlab qolyotgandek tuyulardi, nazarida. Qayerda ketayotganligini oʻzi bilmas, atrofga alanglab Komilni chaqirardi. Hammasiga oʻzi aybdor. Komil aytgan payti gʻorga qaytish kerak edi. Chol ularni koʻrib tanib qoladi, bizning uyga yetib olamiz, hech kim sezmaydi, deya unamagandi. Hozir ahvoli ogʻir edi.
Ermat Komil bilan ikki yil oldin tuman militsiyasi boshligʻining uyida tanishdi. Shu kuni Ermat togʻda bir ohuning iziga tushdi. Tushgacha ohu uni sarson qildi. Ermat bor tajribasini toʻpladi. Kiyikning ortidan osmonga qarab oʻq uzdi. Bechora jonivor jon holatda yugurdi. Qirdan qirga chopdi. Ermat otini jadallab bir necha qirni aylanib oʻtib, yoʻlni qisqartirdi. Soylik yonida kiyikni kuta boshladi. Bilardik, kiyik boshqa yoʻldan yurmaydi, to’g’ri shu soʻqmoqdan keladi. Oʻylagani toʻgʻri chiqdi, kiyik jonivor jon holatda orqasiga qarab-qarab yugurib kelardi. Ermat soyda yotib, uni kutdi. Kiyik yaqinlashib kelgach, birdan oʻq uzdi. Oʻq atay qilgandek to’g’ri kiyikning manglayiga borib tegdi. Kiyik jon holatda osmonga bir sakrab yerga urildi.

XXXVII qism
Shu zahoti Ermat yugurib borib, boʻyniga pichoq tortib yubordi. Qon har tomonga sachray boshladi. Ermat bundan zavqlanib uzoqqa borib oʻtirdi. Soʻng kiyikni otiga ortmoqchi boʻldi va fikridan qaytdi. Keyin pichogʻini olib hafsala bilan terisini ayirdi. Ichki aʼzolarini olib tashlab, goʻshtini xurjuniga soldi. Kalla -poychasini ham olib xurjuniga soldi. Terisini otining egari ustiga tashlab qo’ydi. Soyga tushib otini sugʻordi. Yuz-qoʻlini yuvib kiyimlarini tuzatdi, otiga minib tumanga yoʻl oldi. Kechga yaqin akaxonining uyiga bordi. Bu hovlida har kelganida oʻzgarishlarni koʻrib zavqlanib, akaxonini tabriklar edi. Hovli naq saroy edi, oʻzi ham. Bunaqa hovli boshqa hech kimda yoʻq, hatto Gʻaybulla sudyada ham. Ermat hovliga kirib "Kim bor" deya chaqirdi. Ovozni eshitib boshliq chiqib keldi. Boshliq ishdan endi kelgan ekan, Ermatni koʻrib quvondi. Ermatdan ham sovgʻasi uni quvontirgan edi. Uyidan bir yigitni chaqirdi. “Komil, akangga yordam qil, qizonga goʻshtni osinglar”, - deb tashqariga chiqib ketdi. Birozdan keyin tuman kattalaridan iborat toʻrt-besh kishi kirib keldi. Hovlining oʻrtasidagi supaga joy solishdi. Dasturxon tuzalib, ustiga hamma narsani keltirib qoʻyishdi. Aroq degani serob boʻldi. Qozondagi goʻsht qaynab pishdi. Yarmi ichkariga kirgizilgach, qolgani dasturxonga tortildi. Kattalar oʻzaro suhbatlashar, Ermat va Komil supa chetiga gilamcha tashlab, yonboshlab yotib tanishishdi. Ikki shisha aroqni ikkalasi ichib olgach, ancha dadillashib dardlashdi. Aytishicha, Komil yaqinda turmadan kelibdi. Qoʻshnisining mollarini oʻgʻirlab qoʻlga tushibdi. U paytda togʻasi bu ishda ishlamas, yordam qilolmagan ekan. Komil boshliqning opasining oʻgʻli ekan. Hozir togʻasinig uyida mehmon ekan. Gap orasida uyi mol bozor yaqinida ekani, otasi dallollik qilishini aytib qoldi. Ermatning xayoliga bir fikr keldi va Komilga aytmadi. Ermat - “Sigirimni olib borsam sotishga yordam berasizmi?” - deb soʻrab qoldi. Komil - “Jonim bilan, aka” - degandan soʻng, Ermat mol oʻgʻirlashni niyat qildi. Nima qilsa qo’lga tushmas, tushsa shuncha akaxonlari bor, yordam qilar. Bu yogʻi tavakkal deb qoʻydi, ichida.
Shu ziyofatdan soʻng ikki kun oʻtib Ermat togʻda yurgan qoʻshni qishloqdan bir sigirni haydab Komil aytgan manzilga bordi. Ming aylanib, xavotir bilan bu ishni qildi. Qoʻrqa-pisa mol bozorida sigirini sotdi. Pulini choʻntagiga solgach, bu qoʻrquvni yengib oʻtdi. Keyingi gal qoʻrqmay bu ishni qildi. Asta bu ishga Komilni tortdi. Komil ham jon-jon deb rozi boʻldi. Ermat molni sayxonlikka toʻplar, Komil kelib olib ketardi. Sayxonlik yaqinidagi gʻorni uyday qilib olishdi. Bu gʻorga hech kim kelmas, odam qadami yetmagan joy edi. Ikkovlon bu yerda yeb ichishar, maishat qilib oʻtirishardi.

XXXVIII qism
Baʼzan yotib ham qolishardi. Ermat ortiqcha pulini gʻorning kavagida saqlar, orqasiga tosh tiqib qoʻyardi.
-Yana biroz toʻplasam, tumandan uy olaman. Yangangni ikkita qilaman, - deb Komilga maqtanardi.
Komil - “Buyursin aka, bizga ham yuqsin!” - deb kulardi.
Ermat hamisha gʻorga ortiqcha aroq, non, yegulik, mollarga yem-xashak olib kelib qoʻyardi. Baʼzan mol topilmay qolsa, ikkalasi bu gʻorda ikki -uch kunlab yotib qolardi. Molni qoʻlga kiritishgach ikkalasi tarqab ketardi. Komil pulini qilib kelguncha Ermat mol toʻplardi.
Ermatning bu ishini qishloqda baʼzilar bilar, bilsa ham indamas, och qulogʻim, tinch qulogʻim qabilida qarashardi. Moli yoʻqolganlar soʻrab borsa, yo musht yer, yoki soʻkish eshitib qaytardi. Hamma bezor boʻlar, militsiyaga aytsa, oʻzi baloga qolardi. Bu nomard militsiya xodimlari tumanga chaqiraverardi. Oddiy savollar berib oʻtirar, qogʻozga qayta-qayta shikoyatini yozdirar, kimda gumoni borligini surishtirardi. Natija chiqarish uchun bu ishlarni bajarayotganligini tinmay uqtirardi. Aslida ular rahbarlari topshiriqlarini bajarishardi. Baʼzan tergovchi yoʻq deb kechgacha olib oʻtirardi. Shikoyatchi uzun zalda zerikib oʻtirardi. Xullas ish oldinga emas, orqaga ketardi. Har gal natijasiz tumanga pul sarflab beraverganidan keyin shikoyatchi oʻzi shikoyatini qaytib olardi. Arizasini ham bir necha marta borib, oʻzing yaxshi, otang yaxshi, bolang undan ham yaxshi deb, kissasiga ataganini solib qutulardi. Buni koʻrgan odamlar moli yoʻqolsa ham, indamay qoʻyar edi. Baʼzi ayollar qarab qoʻyar, erkaklar orqasidan yashirincha soʻkib yurardi.
Ermat bu ishini odat qildi. Topganini maishatga sarflar, akaxonlarini ham siylab turardi. Ular Ermatni hamma ishida boshchi edi. Tekin luqma kimni teshib chiqqan axir. Ermat bu ishidan quvonib, battar avj olar, atrofidagilarni mensimay yurardi. Topgani o’ziga bo’lardi. Hatto bolalariga biror kiyim ham olib bermasdi. Har zamonda xotinining yolvorishi sababli ro’zg’or uchun ozroq pul berar, uni ham minnat qilardi.
Hozir esa otda yoʻlini yoʻqotib, boʻronda izgʻib yurardi. Jahl bilan otini savalar, sovuqda muzlab qolishdan qoʻrqib ketardi. Ermat otini qamchilab borar, boʻronda qayerda ketayotganligini bilmasdi. ko’z oldiga murg’ak bolalari keldi

XXXIX qism
Ularning dilni yig’latguvchi, Ermatni ko’rsa pirpirab turuvchi, mayus ko’zlari ko’rinib ketdi. Bolalarining yonida unga ojiza bo’lib qolgan xotini ko’rinib ketdi. Shularni o’ylab otini achchiq qamchiladi. Ot vajohat bilan oldinga intildi. Ot nimadandir qoʻrqib toʻxtadi. Ermat alanglab atrofga qaradi, hech narsa koʻrinmas edi. Ermat otni ayovsiz ravishda qamchiladi. Ot jonivor jarlikni sezib yonga keskin burildi va Ermat otning ustidan uchib ketdi. Shu tushishda jarlik oʻrtasidagi eski tol toʻnkasi ustiga tushdi. Zarb bilan urilganda oyogʻining uchasi sinib ketdi. Aftidan bel umurtqasi ham shikast yedi. Ermat shu alfozda oʻzini yoʻqotib, hushdan ketib qoldi. Qancha vaqt behush yotganini bilmadi. Bir vaqt oʻziga keldi, suyaklari zirqirab ogʻrir edi. Sovuqda tanasi sovib qolganini sezdi, qimirlab koʻrsa qimirlay olmadi. Bo’ron avj olgan, quloqlari ham qor bilan to’lgandi. U qulog’idagi qorni qoqaman deb qo’lini ko’tarmoqchi edi, qo’li o’ziga bo’ysunmadi. Bo’ynidagi qorlar badaniga muzdek bo’lib botardi. Nazarida u so’ngi nafasini olayotgandek tuyulardi. Endi shu joylarda oʻlib ketsam kerak deb oʻyladi va qoʻrqib ketdi. Bor ovozi bilan baqirdi. Boʻron shovqinnida ovozi yoʻqolib ketdi. Nazarida oyoqlarini qor uyumi gurtuk bosib qolgandek tuyuldi. Qoʻli ham, oyogʻi ham qimirlamas, hatto boshi ham oʻziga boʻysunmay, yonga ogʻib ketardi. Qoʻlining panjalar sezilmas, allaqachon sovuqda muzlab boʻlgandi. Ermatning oʻpkasi yigʻiga toʻldi, lekin koʻzlariga yosh kelmadi. Xuddi koʻzlari ham muzlab qolgandek tuyuldi. Ko’z oldiga otasi va onasining qiyofasi keldi. Ular go’yo achinish bilan qarab turgandek bo’ldi. Ulardan madad kutdi, lekin natijasiz ekanligini his etdi. Atrofga alangladi, biror jon bordir deya umid qildi. Shuncha pul uning joniga oro kirmadiya. Kimga qolib ketmoqda uning boyligi. Nahot endi uning joni shu joyda uzilsa. Kimsa topmas joy ekanligini bildi. Bildiyu, jasadini shoqollar g’ajishini his etdi. Nazarida hozirdanoq oyog’ini daydi shoqol tishlayotgandek bo’ldi. Egilib qaramoqchi edi, qimirlay olmadi. Faqat ko’zigina unga bo’ysunar, boshqa joyi muzlab o’lgandek edi. Jon shirin, u dodlab yubordi. Ovozi boʻgʻzidan chiqmay qoldi. Ko’zlari ham birdan yumildi, qayta ochishga urinsada ochilmadi. Uzoq qiynalishdan soʻng tanasi butkul muzlab, tanani joni tark etdi. J buonsiz tana bo’ronda eski to’ngak ustida qotib turardi. Ko’rgan narsa borki undan qo’rqib yuz burardi. Insonning so’nggi manzili shunday bo’lmasin ekanda.

XL qism
G’ordagi tanishuv
Mardon bobo ertalabki nonushtadan so’ng notanish yigitga qarab “Endi ota-boladek bo’ldik. Qani tanishib olsak bo’ladimi? Kimsan, bu yerda nima qilib yuribsan? Agar o’zing xohlasang albatta, tanishamiz. Men Mardon bobong bolaman. Qorabuloq qishlog’ida yashayman. Kecha sigirimni izlab chiqib bo’ronda qolib ketdim. Shu g’orda kirib jon saqladim. Keyin ollohim seni menga yo’liqtirdi. Qolgani o’zingga ayon. Ko’rdingmi bolam!” – dedi.
Tashqarida bo’ron qutirardi. Yog’ayotgan qor sekinlashgan, lekin shamol kuchi bilan yerdagi qorlarni uchirib o’ynardi. Shamolning ovozi quloqqa yoqimsiz eshitilardi. Sigir, buzoqcha, ot va eshak bir-biriga o’rganib qolgsanidan boshlarini bir-birining biqiniga qo’yib, jimgina yotishardi. Qorni to’q, g’ami yo’q edi, go’yo. Komil o’zining tirikligiga shokurona aytdi. O’zini o’lim changalidan saqlab qolgan shu insonga bor haqiqatni aytishni niyat qildi. Avval u bu qadar ajalning yaqiniga bormagan edi. Sal qolsa o’lib ketardi. Turmada ham tavbasiga tayanmagan edida. U turmada ko’p bora janjallashdi. Raqiblari uni o’lasi qilib kaltaklashsa ham bundan qo’rqmadi. Yuzini ustara bilan kesib, qonsiratib tashlaganda ham o’lishni xayoliga keltirmagandi. Ajal haqida umuman o’ylamagan edi.
Bugun yosh joniga achinib ketdi. Hali yigirma to’qqizga kirgan bo’lishiga qaramay aqlsiz yigit edi. Shuncha topgan puli unga va’fo qilmaganini ko’rdi. Shu chol bo’lmaganda ajalidan besh kun burun o’lib ketardi. Endi tavba qilmoq pallasi keldi. Shu cholga bor haqiqatni aytadi va yengil bo’ladi.
-Ota, mening ismim, Komil. Tog’ning ortidagi qishloqda turaman. Ota-onam hayot. Farzandlarim bor. Qamalib chiqqanman, lekin ko’zim ochilmadi. Ermat bilan tanishman. Biz birgalikda ko’p bora mollarni o’g’irlaganmiz. Sizning sigiringizni ham o’g’irlashni olti oydan buyon rejalashtiramiz. Kechagi kunda sigiringizni Ermat haydab keldi. Ammo qishning, ayniqsa fevralning so’ngi kuni bo’ron bo’lishini kutmagan edik. Ermat bo’ronda adashib ketdi. Uni topolmay qoldim. Men ham yo’ldan adashdim. Ollohga tavakkal qilib otning jilovini qo’yib yubordim. Uzim muzlab qolayozdim. Keyin boshqasini eslay olmayman. Meni xudo sizga duchor qildi. Qolganini o’zingiz yaxshi bilasiz! dedi boshini qiyi solib Komil.

XLI qism
Ha, bolam, nima qilarding yosh jonigga jabr qilib? O’qisang, ishlasang bo’lmaydimi? Ota-onangga rahming kelmadimi? Bola-chaqang bor ekan. Ularni harom luqma berib boqibsanku, bolam. Endi nima qilasan? Yuzing shuvut bo’libdiku, bolajonim! - dedi Mardon bobo xo’rsinib.
Oraga og’ir sukunat cho’kdi. Ikkalasi bir-biriga tikilib uzoq o’tirishdi. Komil kamzulining tugmasini o’ynashga tutindi. Mardon bobo mahsisini tozalashga kirishdi. Ancha jimlikdan so’ng Komil gap boshladi:
-Ota, bu ishni boshqa qilmayman, tavba qildim. Endi oilam bag’riga qaytaman. Istasangiz meni qamating, Ermat bilan qilgan ishlarimning barini aytib beraman va bo’ynimga olaman. – dedi boshini o’ng qo’li bilan changallab.
- Yo’q, men seni ham, Ermatni ham qamatmayman. O’z yo’lingni top. Bu yerdan omon-eson chiqib olaylik, sen uyingga ket. Bir haftadan so’ng uyimga kel. Xalqdan kechirim so’ra. Ular kechirishadi, mana men kafilman. El seni kechiradi. Boshqa bunday ishni qilma. Sen menga o’g’lim daysan, xafa bo’lma! Ishga joylash, el bilan birga bo’l! Boshingni ko’tar, mag’rur tur, bolam! - dedi Mardon bobo.
- Roziman, ota, siz nima desangiz ham haqsiz. Endi to’g’ri yo’ldan yuraman. Siz aytgandek, eldan kechirim so’rayman. El kechirar, zararini ortig’i bilan qaytaraman. Siz menga otalik qildingiz. Agar taqdir sizni shu joyga keltirmaganda hozir men tirik bo’lmasdim. Olloh sizdan rozi bo’lsin, ota!- dedi Komil ma’yusgina.
Ular kun bo’yi suhbatlashdilar, dardlashdilar. Mardon bobo yoshligini, bolalarini xotirlab aytib berdi. Suhbat orasida Safar o’g’lini esladi. Ko’ngli yumshab ko’zlaridan yosh dumaladi. Komil Mardon boboni o’zicha ovutishga harakat qildi. Xullas, kun bo’yi ikki jon hasratlashdi. Bunday bo’ronda nima ham qila olardi. Tashqariga chiqolmas , chiqqan bilan hech joy ko’rinmas, xullas g’orda jon saqlashga majbur edilar. Kech kirgach xaltadagi oxirgi yemni hayvonlar oldiga to’kdilar. O’zlari ham oxirgi nonni baham ko’rdilar. Ichlarida “E, xudoyim ertaga bo’ron tinsin. Omon-eson uyga yetaylikda!” deya niyat qilishdi.
Komil cho’g’ ustiga eski tezaklardan tashlab qo’ydi. Olov yonib tungi g’or yorug’lashdi. Olov yorug’ida qalblari ham yorug’lashgandek bo’ldi. Ikkalasi o’rinlariga yotib yana suhbatlashdi. Endi Komil Mardon bobodan tortinmas, o’z yaqinidek ko’rib qalbidagi bor orzilarini bir-bir bayon qilardi.

👍3❤1
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XLII qism
Mardon bobo ham Komilni o’ziga yaqin olib gaplashardi. Tun yarmida Komil uxlab qoldi. Mardon bobo ham shirin uyquga ketdi.
Mardon bobo har galgidek erta uyg’ondi. “Qarigandan so’ng qush uyqu bo’lib qolarkan odam” deya o’rnidan turib g’or og’ziga qarab bordi. Tashqarida bo’ron ancha pasaygan edi. Tong otibdi. Ancha olislarni ham ko’rsa bo’lar darajaga yetgan edi. Har-har joyda gurtuklar vahimali bo’lib uyilib yotardi. Bugun ikkinchi mart endi bu yog’I bahor. Bahorga yetdikku degan o’y bilan ichkariga odimladi.
Sigirining yoniga borib buzoqchani turg’azdi. Buzoqcha miriqib onasini emish bilan ovvora edi. Mardon bobo sandiq yonidagi temir tovoqni oldi. Sigirning yoniga o’tirib, buzoqdan ortgan sutni sog’ib oldi. Keyin o’rtadagi kulni titib cho’g’ topdi va olov yoqdi. Olov ustiga tovoqdagi sutni qo’ydi. Bu paytda Komil ham uyg’ongan edi. Komil tashqariga chiqib yuzini qor bilan ishqalab ichkariga kirib keldi. Go’yo nazarida o’zini qayta tug’ilgandek his etdi. Ikkalasi o’tirib sut ichdilar. Komil sutni shunday icholmas edi. Non tugagan edi. Noiloj sutni yosh boladek ho’rillatib ichdi. Uning bu qilig’I Mardon boboga yoqdi. Kulishib sutni ichib olishdi.
Tashqari yorug’lashgan, bo’ron so’nggi kuchini sarf etayotgan edi. Birozdan so’ng bo’ron tinib havoning chiroyi ochilib ketdi. Ertalabki rizqini yemagan hayvonlar tashqariga qarab termulib turardi. Ot eshakning qulog’ini tishlab g’ajirdi, bundan eshakning g’ashi kelib hangrardi. Shuncha harakat qilsa ham eshak otning og’zidan qulog’ini ayirib ololmay qiynalardi. Qorni to’ygan buzoqcha onasining yonida sakrab, irg’ishlab o’ynardi. Mardon bobo va Komil bularni zavq bilan kuzatishar va kulib qo’yishardi.
Ular hozir bor olamni unitishga edilar. Ikkalasi o’z o’y-xayollari bilan band edilar. Butun borliq sirlarining yechimini topishga uringan olimdek hayvonlarning harakatini zavqqa to’lib kuzatishardi. O’rinlaridan turib g’orni saranjomlashdi. Mardon boboning odati shunaqa, hamma joyda tartib bo’lishi kerak. Hozir ham g’ordagi namat va ko’rpalarni joyiga avvalgidek qilib taxlab chiqdi. Eshagiga egarini joyladi. Hayvonlarning go’ngini yig’ib bir chetga olib qo’ydi.
Endi ketishga hozirlanish kerak. Yo’lga hamma narsa taxt edi. Faqat xudo ularga yurar yo’lni ko’rsatsa bo’ldi.

XLIII qism
Uyga qaytish
Ertalab boʻron tingach, Mardon bobo Komilga qarab: - " Tur, oʻgʻlim, boʻron tindi. Endi safarimiz qaridi. Yaxshi-yomon gaplar uchun uzr. Men sigirimni hayday qolay. Kampirim, meni yoʻqotib jinni boʻlib oʻtirgandir. Sigirini bolasi bilan olib borib xursand qilay. Oʻgʻlim, sen oʻz yoʻlingni tanla. Keyin uyga albatta bor! Yaxshilikdan uchrashguncha!"- dedi.
- Ota, ho’kizni ham olib keting, iltimos! Ermatga berib qo’ying. Mening tavba qilganimni aytib qo’ying. Ho’kizini nima qilsa o’zi biladi. Men uyimga borib dam olay. Ota-onam bilan sizni izlab boraman. Siz bilan endi qadrdonmiz, ota. Omonlikda uchrashguncha! - dedi Komil.
- Ha, bolam, endi o’zingga qara. Boshqa yo’lingni yo’qotma. Omonlikda uchrashaylik. Bizning uchrashihimiz, tanishishimiz, peshonamizga yozib qo’yilgan. Taqdirimizda bor ekan biz tanishdik, qismatdosh bo’ldik. Olloh hammaning taqdirini o’zi yozadi. Shu uchrashuv bizning taqdirimizda bor ekan. Uyingga bor, dam ol. Keyin albatta meni izlab kel. Kampirim ham seni ko’rib xursand bo’ladi. Shu sigirning sut, qatig’ini ichasan. Kampirimning qo’li xo’p shirinda, - dedi Mardon ota quvonch bilan. U bugungi kundagi quvonchini ichiga sig’dira olmayotgan edi.
Komil oʻrnidan turib, boshqa indamay narsalarini yigʻishtira boshladi. Xurjunni yelkasiga tashlab, otini yetaklab chiqdi. Tashqarida havo sovuq, qor uyumlari baland edi. Komil otini minganda, Mardon bobo eshakka minib olganini koʻrdi. Eshak ortida sigir va buzoqcha, hamda ho’kiz yurishga shay boʻlib turardi. Komil asta boshini silkib, otiga qamchi bosib joʻnab ketdi. Komil nima ham derdi, aybdor odam boʻlsa. Yana Mardon bobo yomonlikka yaxshilik qilib qoʼygan boʻlsa. Komilning boshi egik, yuragi dardli edi.
Mardon bobo eshagini biqiniga uzangili oyogʻi bilan turtib, sigir va ho’kizning ipini mahkam siqib yoʻlida davom etardi. Qor uyumlarini aylanib oʻtar, sigir buzoqchani "moʻ"lab chaqirib qoʻyardi. Buzoqcha onasining ortidan qolmay ergashib borardi. Mardon bobo horgʻin qoʻshiqni aytib ketardi.

XLIV qism
Yoʻl bo’lsina, yoʻl boʻlsin.
Yurar yoʻlim, moʻl boʻlsin.
Xudo bergan umrimda,
Yaxshi niyat moʻl boʻlsin.....
Sayxonlik oralab yurish mushkul edi. Qor uyumlari eshakning yurishiga xalaqit berardi. Amallab yo’lni zo’rg’a topib yurib bordilar. Eshak oldinda borar, uning izidan qolgan hayvonlar ergashib borardi. Ba’zan eshak qorga tiqilib qolar, Mardon bobo tushib qorni ezg’ilardi. Iz tushgach eshak sheriklari bilan yo’lga tushardi. Mardon bobo eshakka minib asta-sekin odimlardi.
Tushlikda katta qirga yetib olgan Mardon bobo eshakda tushib, eshagiga dam berdi. Kun ancha iligan, qor mayinlashib qolgandi. Olisdan qishloqqa bir qur nazar tashladi. Qishloq yastanib yotardi. Tushlik payti bo’lgani sababli ko’plab uylarning mo’risidan qora tutun chiqib osmonga o’rlardi. “Uyda bo’lganimda kampirim menga issiq ko’k choy damlardi. Qand solib ichardim. Oh, mazza! Shuncha yillik qadrdon qishlog’im, yana bag’ringga omon-eson qayta oldim. Ey, yaratgan egam, hali ko’rar kunim bor ekan, ajalim yetmabdi. Bu ham bir sinoatdirda. Ey, yaratgan egam, jonimni olsang o’z uyimda ol. Jasadim ko’cha-kuyda qolib ketmasin. ” – deya xayolga cho’mdi, Mardon bobo.
Keyin o’rnidan turib eshagini mindi va hayvonlarni boshlab yo’lga tushdi. Tushdan keyin Mardon bobo qishloq yaqinidagi qabristonga yaqinlashib qoldi. Qabristonda odamlar gʻimirlar, nimadir qilishmoqda edi. Mardon bobo ichida "Tinchlik boʻlsinda" deb qoʻyardi...
Bu paytda qishloq ahli qabristonga yetib kelishgan, zoʻrgʻa tayyor boʻlgan lahadga mayitni qoʻyish bilan ovvora edi. Goʻr kovlagan yigitlar terga botib ketgan, hansirab nafas olishardi. " Joyi biroz torroq boʻlibdi. Yigitlar rosa harakat qilishibdi. Rahmat!” - deb qoʻydi kimdir .
Lahad ichiga Ermatning tog’asi tushdi. Tog’a jiyanni o’rniga qo’yishi farz edida. Unga yigitlar yordam berib turdi. Kafanlangan mayitni ko’plashib tog’aga uzatishdi. Tog’a avaylab mayitni joyiga qo’yib, tashqariga intildi. Odamlar ko’magi bilan qabrdan tog’a chiqib oldi. Ermatning bolasi yoshgina bo’lib bu holni boshidan o’tkazishga majbur edi. Otasining katta choponini kiyib, beliga qizil shoyi belbog’ tang’igan, boshida katta qora charm telpakni bostirib kiygan, murg’ak bola edi,u. Ko’zlarida yosh miltillar, har bir odamga mung’ayib qarab turardi. Umidvor nigohlarini odamlarga ko’rsatmaslikka urinardi.

XLV qism
Choponining etagini ko’tarib har bir odam oldida to’xtar, ular tashlagan har siqim tuproqni avaylab yig’nab chiqardi. Nihoyat qabr og’zi bekitilgach, bolakay bor tuproqni qabr ustiga to’kdi. Tuproq bilan qalbidagi hasratni ham to’kdi, go’yo. Kechagina otasini so’kib turgan odamlar bugun uning og’ir damida yonida tirgak bo’lishdi. Eldan ayrilmaslik kerak ekan, el senga tirgak ekan. Murg’ak bolaning dilidan kechgan dil izhori edi bu.
Tuproq to’kilgach ketmonlab toproq tashladilar. Ahmadjon birinchilardan bo’lib tuproq tashladi va oqsoqoldan javob olishga shoshdi. Axir ikki tun o’tib uyquga to’ymagan, Mardon boboni topishdan umid uzmagan edi. Oqsoqol buni tushinib yonidagi mullaga quron tilovat qilishini aytdi. Quron o’qila boshlandi. Sohibkorlar qabrni chiroyli qilib tayyor holga keltirdi. So’ng jamoa yuziga fotiha tortdi. Oqsoqol “ Ahli jamoa, Ermat qanday odam edi?” – deya odamlarga yuzlandi. Hech kimdan sado chiqmasdi. Shunda kimdir “Yaxshi edi” dedi quruqqina qilib. Uning bu gapi ko’pchilikning “Ana qaranglar, tirik ekan!” degan jumlasining ichida yo’q bo’lib ketdi. Kimlardir shoshib hozirgina ko’milgan Ermatning qabriga qaradi. Qo’rqqanidan yoqasiga tuflab ham qo’yishdi. Boshqa birov qabriston yoniga qaradi.
Qabriston yonida Mardon bobo qari eshagida targ’il sigiri, buzoqcha, ho’kizni boshlab kelardi. Buzoqcha sakrab o’ynar, ba’zan qorga yiqilib tushardi. Mardon bobo angrayib odamlarga qarab kelardi.
Ahmadjon Mardon boboni ko’rib yosh boladek quvonib qabriston eshigi tomon yugirdi. Qorda oyog’ining toyishiga ham parvo qilmay Mardon boboning oldiga yetib bordi. Ko’zi to’la yosh bilan “Tirikmisiz!?” deya oldi xalos. Tasdiq ishorasini olgach quvonib ketdi. Qo’llari bilan Mardon boboning oyoqlarini ushlab ko’rdi. Sekin eshak ustidan Mardon boboning tushishiga ko’maklashdi. Mardon bobo ajib bir chaqqonlik bilan eshakdan sakrab tushdi. Biroz oyoqlarida og’riq sezilsada odamlarga bildirmadi.
Qabristondan chiqqan odamlar Mardon bobo bilan hol so’rashishdi. Vaziyat qisqacha ayon bo’lgach, marhum haqqiga Mardon ota tilovat o’qidi. Fotihadan so’ng Ermatning o’g’lini chaqirib sabr tiladi va otasining omonati bo’lgan ho’kizni yetaklatdi. Bola avval olmadi, keyin oqsoqol va odamlar qistovi bilan olishga qaror qildi. Ho’kizni yetaklab oldinda boshini xam qilib bolakay yo’lga tushdi.

XLVI qism
Samad Mardon boboni eshagiga mingazdi. O’zi sigirni yetaklab buzoqchani ergashtirib ortidan ergashdi.
Odamlar qishloqqa ajib hangomalar og’ushida kirib borardi. Uzoqdan cholining eshagini tanigan Malika xola peshvoz chiqib qarshilash uchun yugurdi. Boshidagi shol ro’moli yo’lda tushib qoldi. Malika xola buni sezmadi ham. Tilla topgan tentakday yugirib kelardi. Qizlari nima qilarini bilmay gandiraklardi. Bir-birini quchoqlab yig’lab yuborishdi. Go’yo otasini uzoq ko’rmagandek diydoriga shoshishdi.
Qishning so’nggi kuni, songgi bo’roni qishloqda unitilmas iz qoldirgan edi. Bu taqdir, odamlar esa taqdir chiziqlari edi, go’yo……
TAMOM

Tilsim
Qissa
1-qism
To’qson beshinchi yil kuz oylarida qishloqda g’alati voqea bo’ldi. Hali bunaqa ish hech qachon bo’lmagan edi. Kechqurun qishloqda gʻalati gap tarqaldi. Turdiboyning besh yashar bolasi yoʻqolib qoldi. Butun qishloq izlashga tushdi. Hamma hayron.
Turdiboy qishloq chetiga yangi uy qurib yaqinda koʻchib oʻtgan edi. Ota hovlini ukasiga qoldirib, oʻziga vatan sifatida shu uyni qurib olgan edi. Oʻzining qoʻli gul, usta. U bilmaydigan ish yoʻq. Qurilish sohasimi, texnika taʼmirimi, elektr ishlarimi unga begona emas edi. Oʻzining ishidan ortib qoʻshnilarga ham yordam berardi. Kimdir ishlatganidan soʻng uch-toʻrt soʻm pul berar, kimdir quruq rahmat bilan qutilib qolardi. Xullas, Turdiboy odamning joni edi. Hammaga birdek inson edi.
Uning ikki qiz va bir oʻgʻli bor edi. Qizlari katta, maktabga qatnardi. Oʻgʻli hali besh yoshda boʻlganligi uchun uyida yolgʻiz qolar edi. U ham maktabga boraman deya xarxasha qilardi. Maktab ham atay qilgandek qoʻshni qishloqda, orasi besh chaqirim kelardi.
Turdiboyning qizlari ertalab maktabga joʻnab ketdi. Oʻzi qoʻshni qishloqqa kimningdir tomini suvash uchun yoʻl oldi. Ayoli Sanobar uyda ish bilan mashgʻul edi. Yangi uyga gilam toʻqib toʻshayman, deya bir oydirki tinim bilmaydi.
Opalaridan ayrilib xarxasha qilib qolgan bolakay uy orqasiga oʻtib oʻyin bilan ovundi. Sanobar uning oʻziga kelib oʻyinga ovunganidan xursand boʻlib ishga urindi.
Uy orqasida oʻynab yurgan bolakay asta oʻrnidan turib, opalarining eski maktab sumkasini orqasiga taqdi. Kecha oʻzi sindirgan ruchka bilan yozib toʻldirilgan daftarni ham solib olgan edi.
Oyisi koʻrmay qolganidan xursand boʻlib soylikka qarab yugurdi. Kichkina emasmi, charchab qoldi. Soʻngra opalari maktabga ketadigan yolgʻizoyoq soʻqmoqdan maktabga qarab shoshib joʻnadi.
U qishloqdan chiqib oldi. Soʻngra tepalikdan, tepalikka ajib chaqqonlik bilan oʻtib boraverdi. Qalbida bitta umid bor, "Men ham maktabda oʻqiyman." U shu ishonch bilan dadil odimlar edi.
Sentyabr oyi boshi boʻlsada, havo biroz sovuq edi. Bitta koʻylakda ekanligidan afsuslandi. Ancha yurgan edi, maktab koʻrindi. U yaqinda kichkina opasining maktabga birinchi bora chiqqan kuni dadasi bilan kelgan edi.

2-qism
Oʻshanda Ashur muallim "Hali seni ham oʻqitamiz" deya yuzidan chimchilagan edi. Shu kundan boshlab maktabga borish orzusida yashadi.
Maktabga katta sumkasini koʻtarib charchagan bolakay sudrab kirib bordi. Oʻquvchilar darsda ekan. Zalda yurgan Doniyor muallim bolakayni koʻrib hayron boʻlib qoldi.
- Hoy, bebosh, kimning bolasisan? - deya baland ovozda soʻradi.
Qoʻrqib ketgan bolakay: - Tuydi akani uliman. - dedi yigʻi aralash.
Kechagi ziyofatda rosa boʻkib ichgan Doniyor muallim boshi ogʻrib, qayerdan boʻlsa ham ozroq aroq topib ichish uchun yurgan edi. Bolakayning gapi unga yoqmadi.
- Tez joʻnab qol. Hozir doktor kelib ukol qiladi. - dedi. Ichida "Oʻzi senday churvaqalar yetmay turgan edi" deb qoʻydi. Ertalabdan darslariga kira olmay har kimga yalinib charchagan edi. Aksiga olib uni tushunadigan hamkasbi Soli bugun kelmay qolgani yomon boʻldi. Kelganda mototsikli bilan borib bitta aroq topib kelardi. Doniyor muallim karaxt boʻlib yurgan edi-da.
Bolakayga qarab: - Hali ham ketmadingmi? Qulogʻingni kesib olaymi? - dedi gʻazab bilan.
Bolakay yigʻlab qochdi. Sumkasini tashlab qochdi. Orqasiga qaramay qochdi. Maktabdan qoʻrqib qochdi. Muallimdan qoʻrqib qochdi.
Doniyor muallim yerda qolgan yirtiq sumkani tepib chetga chiqardi. Maktab eshigidan chiqqanida bolakayning hovlidan yigʻlab chiqayotganini koʻrib oʻzicha jilmayib qoʻydi. Asta maktab hovlisidan chiqib Abdi qassobning uyiga kirib ketdi. U Abdi qassobdan ochiq boʻlsa ham aroq olib ichish uchun kirib ketdi.
Bu paytda bolakay yigʻlagan holda oʻzi kelgan tepalikka qarab chiqib ketayotgan edi.
Ashur muallim tanaffusga chiqib zalda ketayotib tanish sumkaga koʻzi tushdi. Bu oʻtgan yili Turdiboyning katta qiziga oʻzi sovgʻa qilgan sumka edi. Turdiboyning qizi maktabda yaxshi oʻqir edi. Oiladagi muammo sababmi, qizcha maktabga sumkasiz kelar edi. Ashur muallim shaharga tushganida sumka oldi. Maktabga kelib uni qizchaga oʻzi bermadi. Maktab direktorining oʻzidan shu sumkani Turdiboyning qiziga berishini iltimos qildi. Maktabdagi tadbirda qizchaga aʼlo oʻqishi uchun, sovgʻa sifatida berishdi. Qizchaning quvonganini bir koʻrsangiz edi.
Ashur muallim sumkani olib bir xayoli axlat chelakka tashlagisi keldi. Keyin Turdiboyning oʻgʻlini eslab, "Balki, opalari bilan kelgandir. Uyalib sumkani zalga tashlashgan boʻlsa kerak", deb qoʻydi, ichida.