Zafar Muminov ijodi
103 subscribers
1 photo
2 videos
13 files
Download Telegram
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XIV qism

Qariligi sababli zoʻrgʻa sudrar, tez-tez nafas olar, yuragi hayqirib urardi. Ancha uringach gʻor ogʻzidan ancha ichkariga tortib kirdi. Orqadan jonivor ot ergashdi. Ot avvaldan bu joyga kirib yurgandrk kirib kelardi. Ot yondan aylanib oʻtib, mollarning oldiga borib qoʻshildi. Bobo “Sen jonivor ham qadringni bilasan?” - deb miyigʻida kulimsiradi. Bobo bir amallab haligi odamni gilamgacha olib bordi. Tomirini ushlab koʻrdi, “Tirik ekan, bechora”. Darrov ustiga koʻrpa yopib, olov yoqmoqchi boʻldi. Tezda gʻor ogʻzidagi tezaklarni toʻplab olov yoqdi. Nam tortgan tezaklar sekin yona boshladi. Birozdan soʻng olov gurullab yondi. Undan chiqqan tutun gʻor ogʻzidan chiqib ketardi. Boyagi odam isimas edi, Mardon ota ilojini topolmay qiynalardi. Keyin esiga aroq keldi va tezda olib qopqogʻini ochib piyola topib quydi. Boyagi odamning oʻzini ochib sekin quya boshladi. Mardon bobo qarasa bu xushbichim yigit ekan. Qoshlari qora, xuddi kamondek ingichka edi. Yuzida kichik chandiq o’rni bor edi. Qora, ensiz mo’ylovli , o;ttizdan oshgan, xushbichim yigit edi. Birozdan soʻng, yigit tamshanib ogʻzidagi aroqni icha boshladi. Mardon bobo piyolaga yana aroq quyib, yigitning ogʻziga quya boshladi. Yigit tamshanib icha boshladi. “Boʻldi, oʻzingga kelasan, koʻpi mast qiladi, bolam”, deb qoʻydi. Yigitning butun badaniga aroq surtib ishqaladi. Kiyimlarini toʻgʻirlab, ustini qalin qilib oʻradi. Boshidagi ivib ketgan telpagini yechib, yonidan belbogʻini olib mahkam qilib boshini oʻradi. Yigitning qoshlaridagi muzlarni olib tashladi. Sovuqda muzlab qolgan yigitning choponini olovga yaqin qoʻydi, muzi erib quruqlashsin deya. Olovga tezak keltirib tashladi. Mardon bobo sherik koʻpayganidan xursand edi. Asta borib otning ayilini yechdi. Egar-jabdugʻini ustidan olib, qashladi. Bog’lamda qolgan xashakni toʻplab ularning oldiga tashladi. Jonivorlarning xashakni yeyishini kulib tomosha qilib turdi. Orada boyagi yigitning holidan xabar olib qoʻyadi. Yuzlariga iliqlik kirganini koʻrib ancha quvonadi, ustiga choponini ham yopib oʻrab qoʻyadi. Olovga tappi tashlab gurillatib yoqadi. Ancha vaqt shular bilan ovundi. Shu bahonada, kampirini ham biroz unitgandek boʻldi.
Tun yarmida Mardon boboning sigiri tugʻa boshladi. Mardon bobo hamma narsani unutib, sigiriga parvona boʻldi. Birozdan soʻng sigiri bolaladi. Kichkina qashqali erkak buzoqcha tugʻildi. Ona sigir qizgʻanib oʻrnidan turdi va buzoqchani yalay ketdi. Buzoqcha oʻrnidan turolmay uzoqqa yumalab ketdi. Buni koʻrib Mardon bobo yosh boladek qiqirlab kuldi. Buzoqchani onasining bagʻriga qo’yib asta joyiga oʻtirdi.
- Buzoqcha qara, ertaga ertalab uyga boramiz. Kampirim bir quvonsin, seni koʻrib. Mendan xavotir olayotgan boʻlsa kerak, kampirim qurmagur

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XV qism

Xoʻp, mehribonda, meni oʻtqazishga joy topolmay qoladi. Sen katta boʻlsang, nabiralarimga xizmat qilasanda. Ajab ishlar boʻldi. Aytsam, hech kim ishonmaydi. Ayniqsa oqsoqol doʻstim Jalil, oʻlib qolsa ham ishonmaydi. Ishonmasa ishonmas, menga nima. Lekin qishloqda yoʻqolib qolganini rosa hangoma boʻladida. Boʻlsa nima qilibdi, el ogʻziga elak tutilmaymanku. Nima dedilaring, ha aytgancha manavi yigit borku. Oʻziga kelsin tanishib, balki ota-bola tutinarmiz. Balki, ogʻa-ini degandek. Jalilning oʻziga shu yigit isbot boʻlib uradi. Keyin ishonadida, xumpar.
Mardon bobo gʻoʻldirab ancha oʻtirdi. Yonida yotgan yigitning yuzini ushlab “Isib qolibsanku, jigarim. Endi tongda oʻzingga kelasan. Yaxshi, yaxshi!” - deb qoʻydi. Sekin yoniga dumalab yotdi. Qancha yotdi bilmadi, bir amallab uxlab qoldi. Uyqusida tush koʻribdi. Tushida uyiga qaytgan emish. Kampiri yigʻlarmish. Qizlari otasini quchoqlash uchun kelsa, yoniga yetolmasmish. Kuyovlari qizlarini ushlab orqaga tortarmish. Mardon bobo gapirsa ovozi chiqmasdi. Faqat qoʻshnisi Ermat oppoq kiyimda kularmish. Mardon bobo qancha baland baqirsa ham, hech kim eshitmasdi. Ermat Mardon boboning qoʻlidan tutib, qayergadir boshlarmish. Malika xola dodlab cholini qaytararmish. Uy oldida eshagi va targʻil sigir turgan emish. Yonida buzoqcha ham bor emish. Mardon bobo qichqira-qichqira uyidan uzoqlashar, lekin kimdir orqaga uyiga itararmish. Mardon bobo choʻchib uygʻondi. Qarasa hamon gʻorda yotar, yonida yigit uxlar, mollar kavsh qaytarib yotardi.
Tashqarida boʻron guvillardi. Erinibgina koʻzini uyqudan ochdi. Uyqudan uygʻonsa, tong otib qolibdi. Buzoqcha onasini miriqib emmoqda edi. Mardon bobo yoniga qarasa, boyagi yigit oʻziga kelgan pishillab uxlardi. Oʻrnidan turib mollarga, otga bir-bir qaradi. Belbogʻi yoyib xaltadagi yemdan jonivorlarning oldiga toʻkdi. Qaytib joyiga oʻtirib kiyimlarini tartibga keltirdi. Sekin turib gʻor ogʻziga tomon yoʻl oldi. Tashqariga qarab boʻron toʻxtamaganini koʻrdi. Qaytib kirib, kulni surib choʻgʻini topdi. Choʻgʻ ustiga tezak tashlab qoʻydi. Yonishini tezlanish uchun oʻtirib pufladi. Tezak yoqmoqchi boʻlib tutay boshlagach, koʻzi tutundan achishdi. Mardon bobo koʻzini ishqalab biroz yoshlab oldi. Yigit qimirlab ustidagi koʻrpani tushirib yubordi. Buni koʻrgan Mardon bobo kuldi va “O’zingga kelib qilibsan, endi hammasi yaxshi boʻladi!” - deb qoʻydi. Sekin borib yigitning ustidan koʻrpani oldi. Yigit oʻziga kelgan, asta turib salom berdi. Mardon bobodan qayerdaligini soʻradi. Javobini eshitib jilmayib qoʻydi. Oʻrnidan zoʻrgʻa turib, qomatini rostlab oldi. Bobo “Dasturxon yozib, biror narsa yeb ol, ichingga issiq yuguradi”, dedi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XVI qism

Ular birga notanish dasturxon ustiga oʻtirib, nonushta qilishdi va bir- biriga termuldi. Tanish va notanish chehralar toʻqnashardi.
Ermat
Ermat bu qishloqda tugʻilib oʻsgan. Ota-onasining yolgʻiz bolasi boʻlib, erkalanib oʻsdi. Maktabda oʻqib yurgan vaqtida ham oʻzidan katta bolalarni bemalol urardi. Oʻqituvchilar tergasa bezrayib turardi. Maktabni amallab tugatdi. Harbiy xizmatni o’tab ham o’zgarmadi. Ko’chada uchib-chakib yurishni odat qildi. Koʻchadan kelmay qoʻyganini koʻrgan ota-onasi uni uylab qoʻymoqchi bo’lishdi. Ermatga aytishgan edi, u xursand boʻlib ketdi. Qoʻshni qishloqdan bir muallimning qizini olib berishdi. Toʻy oʻtgach Ermatning qilig’i yanada koʻpaydi. Har kuni ichib keladigan, yosh kelinchakni doʻposlaydigan odat chiqardi. Otasi ulfatlaridan bir kun ayirdi, ikki kun ayirdi, natija boʻlmadi. Ermat kundan-kunga qutirar, xotinining sog’ joyini qoldirmay urardi. Momataloq boʻlgan bechora kelinchak oxiri ota-onasini oʻylab, oʻzini quduqqa tashlab, joniga qasd qildi. Shundan keyin Ermat uzoq yilga qamalib ketdi. Qamoqdan kelib, uyiga qaytsa otasi oʻtib ketgan, onasi mungʻayib qolgan edi. Onasi bolasini yoʻqotishdan qoʻrqardi, Ermatga tayinli gap ayta olmasdi. Qarindoshlar Ermatning hovlisiga toʻplanishdi. Qarindoshlar maslahatni bir joyga qoʻyib, Ermatni uylantirib qoʻyishmoqchi boʻlishdi. Otasining jiyani Faridani olib bermoqchi boʻlishdi. Faridani kelin qilib shu uyga olib kelishganida endi oʻn sakkiz yoshda edi. Avval tinch yashay boshlashdi. Orada farzandlar tugʻildi. Ermat avvalgidek ichkilikka berilib ketdi. Qishloqda odam borki, Ermat bilan urishmagan, arazlashmagan. Ermat oldidan chiqqan odam bilan aytishib qolardi va uni yoqasidan olardi. Keyin uni sudga berib, haqqini ajratib oladi. Shundan soʻng u bilan yuz koʻrmas boʻlib ketadi. Tumanning bor kattalari, sudya, militsiya boshligʻi, soliq boshligʻi kabilar bilan yaqin boʻlib ketgan. Har yili bahorda ularni togʻga olib kelib, ov ovlaydi. Ular bu yerda ikki -uch kunlab qolib ketadi va dam olib ketishadi. Ular orasida Mardon boboning kuyovi Gʻaybulla sudya ham bor. U ham kelib dam olib ketardi. Gʻaybulla bu haqda hech kimga aytmaydi, hatto xotini Umidaga ham aytmasdi. Ermat shaharga tushsa ham quruq bormaydi. Sut, qatiq, qurt olib boradi. Akaxonlari ham yegan ogʻiz uyalar deganidek, Ermatning ishini bitirib berardi. Shu sababli Ermatning aytgani aytgan, yegani yegan edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XVII qism

Qishloq oqsoqoli ham undan hayiqadi. Ermatni hurmatlab uyiga tez-tez chaqirib turadi. Ermat bilan maslahatlashib ish qiladi. Garchi ichida oʻl desa ham, tashqarida kulib turadi. Ermat barcha qoʻshnilarining asabiga tegib boʻlgandi.
Yaqini boʻlgan togʻasini ham tinch yashashga qoʻymadi. Togʻasi zoʼrgʻa orttirib eski " Moskvich" mashinasini oldi. Mashinaga ozroq yetmay jiyani Ermatdan bir qoʻyning pulini qarzga oldi, baloga qoldi. Ermat togʻasidan mashinasini qoʻshni qishloqqa toʻyga minishga soʻrab bordi va rad javobini oldi. Togʻasini haqoratlab, rosa baqir-chaqir qildi. Orada tushgan togʻasining xotinini ham turtib soʻkib yubordi. Togʻasi bilan arazlashiga shu sabab boʻldi. Togʻasi bir kuni qoʻshni qishloqdan toʻydan qaytarkan, Ermatning uyi oldidan oʻtishiga toʻgʻri keldi. Nargi yoʻlni sel olib ketgan edi. Ertalab tinch oʻtgandi. Qaytishida jiyani yoʻlga mix qoqib qoʻydi va uyida poylab yotdi. Togʻasi toʻydan sarxush boʻlib qaytdi. Jiyanining uyi oldiga kelib birin ketin mashinasining g’ildiraklari yorildi. Asabi buzilgan togʻasi mashinadan tushiboq jiyanini soʻka ketdi. Ermat uyidan hech narsa koʻrmaganday uyqusirab chiqib keldi. Togʻasi bilan sen- menga borib arazlashdi. Rosa uch qoʻyning pulini qarz olgansan, topib berasan deb turib oldi. Togʻasi shuncha bir qoʻyning pulini olganman deb qasam ichsa ham jiyani koʻnmadi. Togʻasiga nomozshomgacha uch qoʻyning pulini topasan, topmasang mashinangga oʻt qoʻyaman deb shart qoʻydi. Agar yoqmasam yuzimga tupir deb sensirab yubordi. Togʻasi senga pul yoʻq, yoqsang yoq deb arazlab ketib qoldi. Hammasi togʻasi ketgandan keyin boʻldi. Ermat mashinaga uyalmay olov yoqdi. Bus-butun mashina yonib ketdi. Togʻasi yuragini changallab yiqildi va insult oldi. Oʻng qoʻli ishlamay qoldi, oyogʻi oqsoq boʻlib qoldi. Shu-shu togʻa-jiyan yuz-koʻrmas boʻlib ketdi.
Ermatning dastidan dod demagan odam qolmadi. Oʻtganning oʻrogʻini, ketganning ketmonini olib yuraverdi. Aql oʻrgatgan odam borki, Ermatning mushti taʼmini totib koʻrardi. Hamma undan bezor boʻldi. Toʻyga borsa toʻyni, azaga borsa azani buzib, hech narsa koʻrmaganday boʻlib yuraverdi, bu Ermat deganlari. Ulfatlari bilan ichar, qimir oʻynardi. U qoʻshni qishloqlarga ham borib qimor oʻynashni odat qildi. Agar kimdir kattaroq narsa yutqazsayu, toʻlay olmasa uyiga kirib yotib olardi, bu Ermat qurmagur. Qani toʻlamay koʻrsinchi el oldida sharmanda qilib, uyida qo’lga ilingulik borini olib ketardi. Yana ketar chogʻi baqirib ‘Toʻlolmasang nima qilarding oʻynab, ey sen ham erkakmisan?” - deya baqirib ketardi. Lekin, bir tomoni yaxshi edi, koʻplar uyalib qimorni bir umrga tashlab ketishardi. Ayniqsa, tuman markazidan mehmonga kelgan Qosim muallimga qiyin boʻldi

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XVIII qism

Qishloqqa toʻyga kelgan edi, qarindoshlar qoʻyarda qoʻymay aroq ichirishdi. Avval ichmagan bechora mast boʻlib qoldi, bu Ermatga qoʻl keldi. Tezda ulfatlarini toʻplab qimor oʻynay boshladi. Tomoshabin koʻpayib ketdi. Qosim muallim oʻzi xohlamay oʻyinga qoʻshildi, bor pulini yutqazib qoʻydi. Yonidagi sheriklaridan qarz oldi va bulardan ham ayrildi. Odamlarning qoʻy deyishiga qaramay, Ermatdan qarz oldi. Buni ham Ermat uyalmay aldab yutib oldi. Qosim muallim hovlida ikki bosh sigirim bor, narxlab oling, Ermatboy deb qoldi. Ermatga jon kirdi, odamlarni aralashtirib sigirlarni qimmat narxlab oldi. Pulni olgan Qosim muallim birdan boyvachchaga aylandi. Bir-ikki qoʻl yutdi, oʻzidan quvonib, piyolaga quyilgan aroqni oxirigacha ichib qoʻydi. Soʻngra darrov mastligi bois bor pulini yutqazib qoʻydi. Ermat xursand boʻlib uyiga ketdi. Ertasiga Qosim muallim boshini mushtlab uyidan bolalarini chirqiratib yigʻlatib sigirlarni Ermatga qoʻshqoʻllab berib yubordi. Shu-shu Qosim muallim na ichadi, na qimor oʻynaydi. Yuzi shivit boʻlib ishlayotgan maktabini tashlab qo’shni tumanga koʻchib ketdi. Koʻchib ham odamlar gʻiybatidan qutilmadi.
Ermat oʻgʻirlikka ham qoʻl urdi. Birov bildi, birov bilmadi. Yaqin ikki yildirki, qishloqda mol, qoʻy yoʻqolishni boshladi. Moli yoʻqotmagan uy qolmadi, hisobi. Moli yoʻqolgan odam Ermatdan soʻray olmaydi, molidan umidini uzib qoʻya qoladi. Ermat molni uyalmay ishlatadi, ortganini akaxonlariga yetkazadi.
Farida dodlasa, urardi. Farida ham bilib bilmaslikka oladigan boʻldi. Yaqin ikki yilki Ermat togʻdan beri kelmay qoʻydi. Otini minib yoʻqolib ketadi. Bir zamonlar mast-alast uyiga qaytadi. Faridani urib uydan haydaydi. Farida qo’shnisi Mardon otaning uyida jon saqlaydi. Bolalarining ham tinchini buzib, yigʻlashiga ham qaramay qamchilab xumoridan chiqadi. Ermat ketgach, yuzi koʻkargan Farida bolalari bilan hovlida erkin boʻlib qoladi. Farida dardini kimga aytsin, bechora mushtipar.
Boʻrondan oldin tushga yaqin Ermat qoʻshni qishloqdan keldi. Hovliga kirar ekan, qir ustidagi targʻil sigirni koʻrib quvonib ketdi. Uyiga kira solib, ayvondagi sandiqdan pul oldi, hech kimga hech narsa demay, otini minib hovlidan chiqib ketdi. Odatini bilib Farida va bolalari indamadi, oʻz ishlariga mashgʻul boʻlishdi. Ermat qirga chiqib tilla topgandek quvonib ketdi. Quvonmay boʻladimi, axir shu sigirning ortidan olti oy yurdi. Eplab olib qocholmadi. Mana bugun oʻzi oyogʻi ostidan chiqib turibdi. Karimga bergan vaʼdasi amalga oshadi endi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XIX qism

Karim ham bir hoʻkiz bilan ketmaydigan boʻldi. Endi bir amallab bu oʻlgurni sayxonlikda yetkazib olsa boʻldi, u yogʻiga ishini olchida. Xuddi atay qilgandek sigir jonivor oʻzi sayxonlikka yoʻl olmoqda.
Quyosh tikka kelgan, yengil shamol esmoqda. Qoratepa tomondan osmonda qora quyuq bulutlar quyilib kelmoqda. Goʻyo hozir yomgʻir yoki qor yogʻadigan holatga kelgan. Sigir Qabriston tomonga oʻtlab ketardi. Bu ketish Ermatga yoqardi. Chunki hozir sigirni haydasa, kimdir koʻrishi mumkin edi. Qabriston yonidan hech kim yoʻqligi uchun sigirni sal haydab yubordi. Soʻngra sigir Quriqsoy jarligiga tushdi. Buni ham omad bilgan, Ermat jarning ichi bilan ancha joygacha sigirni haydab bordi. Quriqsoy jarligidan chiqqan jonivor toʻgʻri Qoratepa tomonga oʻrmaladi. Bu yil qish iliq kelganligi sababli maysa yashil boʻlib boʻy koʻrsatgan, mollarning tishiga ilinadigan darajaga kelgandi. Har kuni ogʻilxonadan chiqmagan targʻil uchun bu yangilk boʻlib, maysani chimdib tortar, koʻkatning taʼmini ogʻzida tuyardi. Shu sababli Ermat qiynalmadi. Qir ustiga chiqqanida uzoqdan choʻpon bolalarni koʻrib, sekin otini jarlikka burdi. Sigir jarlik boʻyida yangi maysalarni tanlab yer, tamshanib boshqa maysani izlar edi. Sigirdan umidini uzgan Ermat jarlikda otini qamchilab, alamini otdan oldi. Jarlik oxiridan chiqqan Ermat koʻzlariga ishonmadi. Sayxonlik yaqinida sigir bamaylixotir oʻtlar, bolalar ham koʼrinmaydi. Ermat shoshib sigirni oʻngur yaqinidan haydab oʻzi biladigan sayxonlikka tushirdi. Otdan sakrab tushib, otni toshga bogʻladi. Sigirni aylanib oʻtib oʻzgacha chaqqonlik bilan ushlab, yonidagi arqon bilan bogʻladi. Yetaklab borib hoʻkiz yonidagi katta yogʻoch qoziqqa bogʻladi. Biroz yolgʻon mehr bilan sigirni silab turdi. Osmonga qarab entikib-entikib nafas oldi. Qanday sigira, bu sigir. Katta yelinlari aniq bir chelak sut beradi. Xazina, bu xazina. Ermat xayollar ogʻushida koʻmildi. Quvonib qoʻllarini yoyib oʻynadi. Soʻng yerga agʻnab kuldi, osmonga qarab qarsak chaldi. Ancha vaqtdan buyon bunaqa quvonmagan edi. Qanday baxt, xudoning oʻzi ishini oʻngladi. Karim yozda shu sigirni koʻrib oshiq boʻlgandi. Ermatga aka shu sigirni menga berasiz, aytgan pulingizni beraman degan edi. Salkam olti oydirki sigir tutqich bermaydi, Komilning oldida yuzi koʻp shivit boʻlgandi. Ermat irgʻib oʻrnidan turdi, va otga qarab yurdi. Otini birinchi marta mehr bilan siladi, va ustida sakrab minib oldi. Oti bilan Qoratepa ustiga chiqib atrofga qarab turdi. Osmonni quyuq qora bulutlar qoplagan, shamol ancha kuchaygandi. Qishloq tomonga qarab turdi. Mol boqib chiqqan bolalar qishloqqa yaqinlashib qolgan.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XX qism

Ermat otdan tushib, yuganini olib oʻtla deb qoʻyib yubordi.
Qoratepa ustiga mol chiqmagani uchunmi bu yerdagi yashil maysalar ancha uzun boʻlib qolgandi. Ot maysalarni tortib yeya boshladi. Ermatning yuragi hapqirardi. Qani endi Komil tezroq kelsa-yu, shu sigirni tezroq olib ketsa. Komildan hali darak yoʻq, qorasi ham koʻrinmasdi. Togʻdan uzoq-uzoqlarga termulib qaradi, oʻpkasi toʻlib nafas oldi. Shunda uzoqdan otliq koʻrindi, bu Karim edi. Ermat otini ushlab yuganini soldi. Yetaklab Komil kelayotgan tomonga qarab yura boshladi. Qalin maysadan baʼzan oyogʻi toyar, lekin bu unga taʼsir qilmasdi. Komil yaqinlashib qolgach, Ermat otga sakrab minib oldi. Ular uchrashishdi, anchagina ot ustida suhbatlashib turishdi. Keyin pastga sayxonlikka tushib borayotgan edilar, maydalab qor yogʻa boshladi. Bu qor ikkisiga taʼsir qilmasdi, ular xazina topgan tentakdek shod edi. Qor yuzlariga qoʻnar va tezda erib ketardi. Shu koʻyi ancha yurdi. Birozdan keyin shamol kuchayib boʻron boshlandi. Shu payt sayxonlikda bir eshakli sigir va hoʻkizni yetaklab yurganini koʻrishdi. Keyin otni oʻrtga burib biroz yurgach, boʻron kuchaydi. Ular boʻronda ancha tortishdi va qayoqqa ketayotganini unutishdi. Boʻron avjida ikkisi bir-birini yoʻqotib qoʻydi. Ermat otini u yoqdan, bu yoqqa choptirib Karimni chaqirib izladi. Shuncha sarson boʻlgani qoldi, baribir Karimni topmadi. Karim pishiq bola, bu yerlarni besh qoʻlday biladi. Uyiga qaytib ketgan boʻlsa kerak, men izlab yuribman, deb oʻyladi Ermat. Hayo hayt deb Ermat uyiga qaytdi. Jon oʻziga shirin, bu boʻronda boshqa iloj yoʻq edida. Ermat shu kuyda qancha yurganini bilmaydi. Tanasi muzlay boshlaganini sezdi, otini qamchilab tezlatdi. Ot jonivor boʻronda qiynalib chopar, chuqurlikni ham sezmaydigan darajaga yetgan, yoʻlini zo’rg’a topib borardi. Boʻron avj olar, chuqurlar qor uyumidan gurtuklarga toʻlib qoldi. Past -balandlik sezilmaydi, toshlar ustida hosil boʻlgan muzlar otning yurishiga xalaqit berardi. Shu ketishda tun yarmida Ermat oʻzi bilmagan holda Quriqsoy jarligi yonidan oʻtardi. Ot jonivor jarlikni sezib yonga burildi. Birdan otning burilishi Ermatning gʻashiga tegdi. Kuchini toʻplab otning boshiga qamchlay boshladi. Ot jonivor tipirchilab, ortga tisarilardi. Ermat oʻzi bilmay otni jarlikka qarab haydaydi, qamchilab joniga ozor berardi. Ot jonholatda koʻkka sapchidi. Ermat ot ustidan uchib ketdi. Shu ketgancha pastlikka quladi. Ot qutilganiga shukur qilib uyga tomon yeldek yugirdi. Hovliga yetib kelib kishnay boshladi, lekin boʻronda ot ovozini hech zogʻ eshitmadi. Sovuqda ot qaltirab, otxona eshigi ochilishini intiq boʻlib kutib turdi. Shu turgancha tongni orttirdi. Tong otgach Ermatning katta oʻgʻli uni koʻrib qolib, otxonaga kirgizib ustini tozaladi. Oldiga bir bogʻ beda tashladi

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXI qism

Oldiga bir bogʻ beda tashladi. Ot uzoq qiynalishdan soʻng xashakni yutoqib yeya boshladi. Boʻron avj olar, bu ot jonivorga endi bilinmas, xashakni tamshanib kavshardi.

Malika xola
Malika xola yoshligida chiroyli loʻppi yuzli, boʻyi uzun, sochi yerga tekkudek qiz edi. Kamgap, sodda qiz boʻlib, oddiy oʻzbek qishloq qizi edi. U paytda maktab boʻlmagan savodi chala edi. Akalaridan harflarni tanib olgan gazetani hijjalab oʻqiy olardi. Birovga tik boqmagan iboli qiz edi. Qop-qora, uzun sochlari belidan pastga tushar, o’ziga yarashib turardi. Ko’zlari kulib turuvchi, ingichka qaldirg’och qanotiday qoshi o’ziga xos-mos edi. Doimo mayda qadam bilan yurardi. Koʻcha-kuyda koʻrinmas, otasi va akalari ruxsatisiz ostona hatlab chiqmasdi.
Bir kuni qoʻshnisi bolalariga el duosini olay deb kurash berdi. Onasining ruxsati bilan Malika qizlar bilan uy tomida oʻtirib kurashni tomosha qilishdi. Qizlar uchun tomda tomosha qilish ham kata baxt edi. Oʻyin qizigʻida davra bir polvonni chorlay boshladi. Davraga alp kelbatli yigit chiqib kelib bakovul qoshida oʻtirdi. Hamma qiyqirib chapak chalib polvonni olqishladi. Malika buning nimasiga qarsak chalishadi, oddiy polvon boʻlsa, deb ajablandi. Polvonga bir raqib chiqib olisha boshladi. Birozdan keyin boyagi raqibini koʻtarib yerga urdi, davra hayiqib yubordi. Davraboshi polvonning qoʻlini ushlab koʻtarmoqchi edi, polvon qoʻlini tortib olib, "Hali halol yiqitmadim" dedi. Davra uh tortdi. “Halolligini qara, ey uka buni boshqa yiqilmaysan, rozi boʻlaver” - dedi olomon orasidan kimdir. “Men, halol yiqitishni xohlayman, polvonning bir kuragi yerga tegdi, ruxsat bering, qayta olishay” - deb turib oldi. Olomon “Halol, qoʻy kurashma, bu polvonni hali hech kim yengmagan. Hoy, Mardon mardligingni bilamiz, lekin sen halol yiqitding, qoʻy uka, xalqqa quloq sol!” - deyishsa ham, polvon unamadi. Davraboshi “O’ʻzing bilasan, uka!” - dedi. Haligi polvon quvonib sakrab davraga tushdi. “Endi seni yiqmasam boʻlmaydi?”- deb oʻylaydi ichida raqib. “Yiqitsam, halol yiqitaman, ikki kuragini yerga tekkizib, osmonni koʻrsatib, yulduzni sanatmasam, hisob emas!”, - dedi ichida mard polvon.
Ular uzoq olishdi. Bir hal mard polvonni raqibi yiqitish uchun barmogʻini ilib olib qaytdi. Joni ogʻrigan mard polvon dodlab yubordi. Davraboshi darrov ajratib qoʻydi. Nomardlik qilma deb raqib polvonni ogohlantirdi

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXII qism

Mard polvon davraga qaytib kirib, raqibini ushlab, siltab tortdi va osmonga koʻtarib yerga urdi. Raqib osmonga boqib jim qoldi. Davra mard polvonni olqishlab alqadi. Malika tom chetida turib polvonga qaradi, polvon ham qarab turgan ekan. Koʻzlar toʻqnashib, tezda boshqa yoqqa qaratildi. Yuraklar gupillab urdi, tomirlarda qon koʻpirib aylandi. Dillarda ajib hislar joʻsh urdi. O’yin tugadi. Malika qizlar bilan kulishib tomdan hovliga tushib ketdi. Mardon orqasidan yashirincha qarab qoldi. Shu kuni Malika Mardonning yuragidan urgan ekan. Ikki kundan keyin suvga chiqsa, bir kampir uni kutib turgan ekan. Dil rizosini boyagi polvon soʻratibdi. Malika yerga qarab “Uydagilar biladi” - dedi va tezda ortga qaytdi. Tezda sovchi keldi va toʻy oʻtdi. Malika yettinchi osmonda uchib yurar, baxtdan sarmast edi. Oradan yil oʻtdi, lekin kutgan baxtdan darak yoʻq. Oradan oʻn yil oʻtgach qizi Umida tugʻildi. Boshi yettinchi osmonga yetdi go’yo. Baxtdan sarmast uchdi. Soʻng uni xudo bir oʻgʻil va yana ikki qiz bilan siyladi. Ayniqsa ikkinchi farzandi Safar tug’ilganda Malika xolaning bir quvonchi o’n bo’ldi. Malika xola Safarni uzoq cho’lda dunyoga keltirdi. Unda eri bilan cho’lda mol boqardi. Cho’ponga qiyin oilasi bilan davlat aytgan joyga borib mol boqadi. Qizi Umida endi yurib boshlagan edi. Qish yaqinlashgach chorvadorlar qishlov uchun ovulga qaytardi. O’sha kuni erkaklar qo’y suruvini tongdanoq haydab yo’lga chiqishdi. Sherik cho’ponlarning ayollari esa chodirni yig’ishtirishga kirishdi. Chodirlar yig’ilib bolgach ko’pchilik bo’lib yo’lga tushishdi. Kechga yaqin Malika xolaning to’lg’oq azobi boshlandi. Hamma to’xtashga majbur bo’lishdi. Qo’shni kayvoni kampir ko’magida Malika xola pahlavondek o’g’il tug’di. Kayvoni kampir chaqaloqqa “Safarboy” deya ism qo’ydi. “O’z ismi, o’zi bilan qo’yildi. Safarda tug’ildi, ismi Safarboy bo’lsin dedi. Doimo ota-onasi bilan safarda yursin,”- deya duo qilgandi qo’shni kampir. Yillar o’tdi. Bolalari ulg’aydi. Oilali, baxtli bo’lib ketishdi. Shirin nabiralar ardogʻida. Qo’shnisi Samadning bolalari ham xuddi oʻzining nabirasidek boʻlib ketgan. Hovliga kirgan Samadning bolalari “momojon” deb kiradi. Malika xola ularni begona bilmay, mehr berib qarardi.
Mardon bobo bilan shuncha yil turmush qurib, yomonlik koʻrmadi. Yaxshi-yomon kunida yonida tirgak boʻldi. Oʻgʻli Safardan ayrilganda, cholining taskini bilan hayotga qaytdi. Qizlari bilan ovundi. Shular uchun yashashga majbur ekanligini his etdi.
Oʻsha kuni cholini bekor yoʻlga soldim deb oʻkinardi. Shu sigir oʻlgur oʻzi qaytib kelardi, kelmasa ham mayli edi. Endi butun boshli cholidan ayrilib oʻtiribdi. Oʻlib qolgan boʻlsa nima boʻladi. Malika xola bu hovlida qanday yashaydi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXIII qism

Qizlari yolgʻiz qoʻymas, olib ketar, balki. Lekin kuyov baribir kuyovda, oʻgʻil boʻlarmidi? Voy nega yomon oʻy qilayapman, boboy tirik, albatta uyga omon qaytadi. Bu lanati boʻron toʻxtay qolsa boʻlmasmikan? Peshonamdan shu kunlar ham bormidi? Malika xola oʻychan boʻlib derazadan tashqariga alanglab qaradi.
Qizlari kelib Malika xolaga ancha tirgak boʻldi. Qizlari kelishdan oldin, choli yoʻqolgan kuni tunni bedor oʻtkazdi. Kutganda vaqt o’tmaydi. Xuddi soat to’xtab qolgandek edi. Malika xola tez-tez soatga qarar, to’xtab qolmadimi drya termulardi. U yoqdan bu yoqqa ag’nay-ag’nay tongni ottirdi. Tong otgach asta turib shaharga ketuvchi taksilar yoniga yugirdi. Bo’ronda zo’rg’a topdi o’ziyam o’sha joyni. Bo’ronda kata shol ro’moli qor bilan qoplanib, bo’yniga qor kirar, ammo Malika xola parvo qilmasdi. Borsa baxtiga hali mashinalar ketmagan ekan. Malika xolani koʻra solib, haydovchi bolalar yugirib keldi.
-Shaharga borasizmi, momo? - deyishdi baravariga ikki haydovchi yigit.
- Yoʻq, oʻrgilaylar, bobongiz boʻronda yoʻqolib qoldi. Qizlarimga aytib qoʻya olmaysizlarmi? - dedi Malika xola, yig’lagudek bo’lib. Qizlarimdan qaysiga aytsalaring ham mayli, oʻrgilaylar.
-Kim yoʻqilibdi? - mashina ichidan sakrab tushib soʻradi, Turdiboy.
-“Mardon bobo”, - deyishdi bolalar.
-Malika yanga, men oʻzim xabar beraman, xavotir olmang -dedi Turdiboy yoqasidagi qorni qoqib.
Malika xola boʻronda qiynalib uyiga qaytar ekan, umid bilan atrofga alanglab qaradi, xayolida choli uyga qaytganu, uni kutib oʻtirgandek tuyilaverdi. Hovli, uyni bir aylanib chiqdi. Endi uyga kirmoqchi boʻlgan edi, tashqarida ot kishnadi. Hovliga Ahmadjon kirib kelib bobosini soʻradi. Keyin ortga qaytib izlagani ketayotganini aytdi. Malika xola uyiga kirib, uyiga sigʻmadi. Uyiga kirib, chiqaverdi. Boʻron tinmas, kun oʻtmasdi, nazarida. Tushga yaqin oqsoqol, Oʻlmas saqov bilan kelib hol-ahvol soʻradi. Oqsoqol qishloqdagi odamlar bilan boʻron toʻxtasa koʻplashib izlashini vaʼda qilib ketdi. Oʻlmas boʻlsa duduqlanib uyda uzoq oʻtirdi. Malika xola O’lmasni bolasiday yaxshi ko’radi. Bu o’sha bolalarini dunyoga kelishiga xizmat qilgan qo’shni doya kampirning katta nabirasi edi. Katta nabiralari tug’liboq dunyoda o’taverdi. Nihoyat, O’lmas tug’ildi. Uni ham o’z nomi bilan, endi bunisi yashar o’lmas deya, O’lmas qo’yishdi. Tug’ilganidan duduqlandi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXIV qism

. Katta bolib ham duduqlanishi qolmadi. El uni O’lmas soqov deya atashdi. Malika xola choy damladi, Oʻlmas bilan birga tushlik qildi. Tomogʻidan narsa oʻtmadi, yegan narsasini bilmadi. Oʻlmas ham uydan chiqib ketdi.
Malika xola tashqariga chiqib boʻronni qargʻab qoʻydi. Xuddi qarg’ishi ta’sir qilib bo’ron to’xtab qoladigandek uzoq qarg’andi. U yoqda bu yoqqa samarasiz yurdi. Devor yoniga, hovli burchagidagi molxonaga bir necha bora borib keldi. Xuddi nazarida choli kelib molxonadan chiqolmayotgandek tuyildi. Natijasiz ortga qaytardi. Uyga tez-tez kirib chiqardi. Boshqa nima ham kelardi qoʻlidan.
Tushga yaqin uyiga kirdi. Pechkaga olov yoqdi. Bolalari kelib qolar deb qozon osdi. Uyida bor goʻshtni solib, shoʻrva osib qoʻydi. Shunga ovunib kunni kech qildi. Soʻng bolalari kelib tunni bir amallab oʻtkazdi. Ularga ovunib tongni tezda qarshiladi. Ertalabdan molxona va darvozadan xabar olib keldi. Samarasiz uyga kirib nonushta tayyorladi. Nonushtadan so’ng qishloq ahli cholini izlashga umid qildi. Duo qilib o’tirdi.
Tongda bu voqea boʻlib qoldi. Yoshgina Ermatga achindi, ichi ezildi. Ko’zlardan tomchi-tomchi yosh dumaladi. Ermatning bolalarini uyiga olib chiqib, choy berdi. Uyda oʻtirishni tayinladi. Ermatning uyiga qaytib borsa, deyarli odam yoʻq. Malika xola qoʻshnilardan oʻkindi. Shunday kunda kelmasaya, bu qarindoshlar. Odamlarga nima boʻlayapti, mehr qayga yoʻqolayapti.
Tashqarida boʻron toʻxtagan boʻlsada, havo sovuq edi. Sovuq odamlarni ich-ichidan oʻtardi. Malika xolaning kuyovlari tashqarida Ermatning katta oʻgʻli bilan safda turib, kelgan odamni qarshilardi. Qizlari Faridaning yonida Ermatning mayiti oldida, odam kelsa yigʻi-sigʻiga qoʻshilib turdi. Malika xola pechkaga olov yoqar, hammaga “Ichlaring isiydi” deb choy quyib berardi. Lekin koʻzlari yoʻlda, Ahmadjondan xabar kutardi. Bir-bir kirib qaytib ketayotgan kishilar undan Mardon boboning daragini soʻrar, koʻngliga tasalli berardi. Shu taskin ham choli topilganday koʻngliga malham boʻlardi.
Tushga yaqin Faridaning yaqinlari yetib keldi. Bechoralar bu qorda qiynalishib kelishibdi. Mashina yurishiga imkon yo’q bo’llgach, ot-eshakda kelishibdi bechoralar. Usti-boshlari hol bo’lib ketishgandi. Malika xola uyidan o’zining kiyimlaridan olib kelib kelgan ayollarning kiyimlarini almashtirdi. Axir ular yo’lga chiqqanlarida bo’ron hali tinmagan edida. Kelganlardan rahmat eshitgan, Malika xola ho’l kiyimlarni o’z uyiga olib kelib pech yoniga ilgakka ilib qo’ydi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXV qism

Ermatning bolalariga taom bergach azador uyga qaytib bordi. Kelgan ayollar yig’lab ancha hovuridan tushib qolishgandi. Malika xola bilan yana bir kampir kelgach ayollar yana yigi-sig’iga zo’r berishdi. Biroz yigʻi-sigʻidan keyin uyda ham, tashqarida ham yoʻqolgan Mardon bobo haqida suhbat ketardi. Kimdir tirik desa, kimdir muzlab oʻlgan boʻlsa kerak derdi. Malika xola bularga eʼtibor qilmas, dilida yaratganga nola qilardi.
Tashqarida “Mayitni tayyorlanglar, vaqt boʻlib qoldi, harakat qilinglar,” - deya oqsoqolning ovozi eshitildi. Ichkaridan ayollarni Malika xola olib chiqdi. Uyga yuvuvchi gʻassollar kirishdi. Malika xola qizlari bilan kayvoni ayollarni uyiga taklif qildi. Janaza oʻqishda ayollar panada turishadi, shu sababli ayollarni uyiga chaqirib chiqdi.
Uyiga ayollarni kiritib boʻlgan edi hamki, Ahmadjon kelib qoldi. Cholini topilmaganini bilib, oʻtirib qoldi. Oyoq-qo’llari muzlab, boshi aylanib ketdi. Ahmadjonning yordami bilan oʻrnidan turib oʻziga va Ahmadjonga taskin berdi. Roʻmollarini toʻgʻirlab oldi. “Topiladi, oʻgʻlim, topiladi “- deb gʻoʻldirab qoʻydi, Malika xola. Ahmadjon Qoratepaning orqasidan izlamoqchi ekanligini aytib, ketmoqchi edi. Malika xola Ermatning janazasini oʻtkazib keyin izlaysan deb, Ahmadjonni koʻndirdi. Soʻng Ahmadjon janazadan keyin izlashga rozi boʻlib, qoʻshni hovliga oʻtib ketdi.
Malika xola uyiga kirib, ayollarga choy damladi.dasturxon yozib meva-cheva qo’ydi. Mehmonlarni olib o’tirishga chorlab o’zi qoshni uyga, qizlarining yoniga o’tdi. Qizlari azaxonada o’tiraverib oyoqlari tolgandi. Umida to’rda yotib olgandi. Malika xola qizlariga ham dasturxon tuzab choy damladi. O’zi ham o’tirib choy ichdi. Bir payola choy ichib turmoqchi edi, qizlari unamadi. Malika xolani qiyin-qistovga olishdi, zo’rlab biror narsa yeyishga undashdi. Qizlarining qistovi bilan ozroq non yedi. Qizlariga “Dam olinglar,” – deb qo’shni xonaga otib ketdi. Uydagi ayollar choy ichib o’tirishardi. Malika xola pechning og’zini ochib o’tin tashladi. Pechkada olov gurillab yondi. Choynaklardagi choylarni yangiladi. Ayollar qistovi bilan poygakka omonatgina o’tirdi. O’tirishi bilan ko’zi ko’chaga tushdi, lekin tezda yerga qarab otirib oldi. Ayollar har xil mavzularda gʻiybatlashar, bu gaplar Malika xolaning qulogʻiga singmas edi. Uning fikri- xayoli cholida edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
G'ordagi tavba yoki taqdir chiziqlari
XXVI qism

'Turdiboy
Turdiboy yoshligidan oʻzim boʻlay deb ulgʻaydi. Esini taniboq uyidagilardan narsani qizg’anib o’rgandi. Og’zi to’lib tursa ham ko’rganini qo’liga to’plab olardi. Otasi ishdan kelganidan tizzasiga chiqib olar, boshqa hech kimni yaqinlashtirmas edi. Mabodo otasi tizzasidan tushirsa ko’zini pirpiratib, yig’lamsirab turardi. Unga hammaning achinishini istardi. Maktabda oʻqiganda ham darsda oʻzidan hech kimning oʻzishini istamasdi. Darsda bilmay qolsa bormi, koʻzlarini pirpiratib yalinib turaverardi. Maktabni tamomlabolgach, otasining tanishlari orqali oliygohga kirib,o’qidi. Otasining boyligi tufayli qishloqqa oʻqituvchi boʻlib keldi. Boshiga oq shapka, ustiga qora kastyum-shim, qora tufli kiyib yurardi. Koʻrinishi sipo, lekin uning ichida nima borligini hech kim bilmasdi. Maktabda ilk ishlagan yiliyoq oʻquvchilar bilan ishlash tajribasi yoʻqligini koʻrsatib qoʻydi. Bolalar bilan ishlay olmadi, sababi oʻz fanini yaxshi bilmasdi. Oʻqituvchilar bilan chiqishib ketmadi. Ayniqsa, ilmiy boʻlim mudiri bilan kelisha olmadi. Uning aybini aytishi, Turdiboy uchun ogʻirlik qildi. Keyingi yili asta rahbarga yaqinlashib, qanotiga kirib oldi. Tilyogʻmalik bilan rahbarga aytib ilmiy boʻlim mudirligini bir amallab oldi. Endi uning tili uzun, qoʻli chaqqon boʻlib qoldi. Ancha yillar bu lavozimda ishladi. Direktor nafaqaga chiqqach, oʻrniga oʻtirdi. Tezda oʻqituvchilar bilan kelishib ancha pul ishlab topa boshladi. Yarmi senga, yarmi menga qabilida ish yuritdi. U ilonning yogʻini yalagan odam boʻlgani uchun koʻp qiynalmadi. Yuqorini ham tilyogʻmalik bilan qoʻlga olgan, xullas ishlari "besh" edi.
Turdiboy oʻzi Mardon boboga yaqin qarindosh boʻlib, orada bordi-keldi uzilib uzoqlashib ketgan edi. Turdiboy ota-onasi borida Mardon bobo bilan yaqin edi. Ota-onasi oʻtgach aloqani uzib qoʻya qoldi. Turdiboy birovnikiga mehmonga boraverar, lekin uyiga mehmon borishini istamasdi. Mabodo kimdir adashib uyiga kirib qolsa, “Topganim shu, ancha qimmat zo’rg’a topdim, ko’rish bor, yeyish yo’q. Hazil!” – deb qo’yardi. Uyiga bir borgan odam bu qiligʻidan uyalar, Keyin oʻylab bormas edi.
Turdiboy hamma narsani hisob kitob qilib yurardi. Choʻntagida eski sigateta qutisi va unda bir dona sigaret boʻlardi. Odamlarning orasida sigareta chekkisi kelib qolsa, yonidagi odamdan soʻrab qolardi. Agar unga sigaret berishmasa, oʻzining choʻntagidan qutini olib oʻzinikini chekardi. Shunga ham oʻzi pul sarflamas, oqkoʻngil tanishlaridan ikki-uchta sigaret soʻrar va qutisiga solib qoʻyardi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXVII qism

Koʻpincha " Oxirgisini chekdim, ertaga bir quti olib qoʻyarman" deb atrofdagilarni aldab qoʻyardi. Agar tumanda yigʻilish boʻlib qolsa, unga borish-kelish xarajatini ishchi-xodimlar ish haqidan choʻtal olib qolardi, hatto yegan taomini ham aytib oʻtardi. Uyalmasdan bezrayib, siz uchun quruq xizmatqilyapman deb qo’yardi. Unga ham yig’im undirardi.
Maktabdan nimanidir oʻzlashtirishni oʻylab yurardi. Maktabda rahbar boʻlib olgach, maktabga tarixiy shaxslar nomini berish haqida yuqori tashkilotlarga xalq nomidan murojaat qildi. Murojaati ijobiy hal etilishi haqida qaror qabul qilingach, darhol Mardon boboning oldiga keldi. Agar ozroq xarajatlar qilsak maktabga afgʻon jangchisi marhum Safarning nomini bermoqchi ekani va qishloq ahlini bunga koʻndirishni aytdi. Mardon bobo rozi bo’lmadi. Bu iltifotning zamirida bir umid borligini Mardon bobo sezib turar, shu sababli unamadi. Malika xolani Turdiboy aldab avradi. Nomi qoladi, el taniydi, deya holi joniga qoʻymadi. Malika xola uyidagi sigirini choliga sottirdi, qoʻllaridagi onasidan qolgan tilla taqinchoqlarni ham qizlariga berib sottirdi. Toʻplagan pullarini choliga zoʻrlik qilib, Turdiboyning qoʻllariga oʻzi topshirdi. Shundan soʻng Turdiboy yoʻqolib qoldi. Uni birov dam olishga ketdi desa, boshqasi turmaga tushibdi deyishardi. Malika xola oyogʻi kuygan tovuqdek tipirchilardi. Oradan bir oy oʻtgach Turdiboy tirjayib qaytib keldi. Aytishicha, tumandagi kattalar Safarning nomini qoʻyishni maʼqullamabdi. Turdiboy viloyatga sarson boʻlganmish, lekin natija chiqara olmabdi. Bu yurishda bir odam aldab pulini olib qochibdi. Turdiboy quvib charchabdi, umidini uzib iziga qaytibdi.
Malika xola ayrilgan sigiriga bir achinsa, onasining merosini asray olmaganiga bir achinardi. Lekin. Iloj qancha, oxiri unitdi. Boshqa iloji ham yo’q edida.
Turdiboy uyidagi bolalariga ham ziqnalik qilardi. “Shirinlikni ko’p yemanglar, kasal bo’lasizlar. Nonni kam ye, kiyimni kir qilma. Tejashni o’rgansanglar bo’lmaydimi?” - deya bolalari va xotinini ham tergab turardi. Bu ishi bilan o’zi faxrlanib yurardi. Qiynalib olgan mashinasini minmasdi. Har zamonda bir-bir minib maktabga borib qo’yardi. Keyin yana garajga solib katta qulf eshikka urilardi.
O’tgan yili xotinining qornida qattiq og’riq turdi. Doktorlar “Ko’richak” deya tashxis qo’ydi. Aksiga olib Turdiboy tumanga yig’ilishga ketgandi. Xotini nima qilarini bilmay erining tog’asi Rahimni chaqirtirib, mashinani haydatib, tumanga yo’l oldi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXVIII qism

Tumanga kirar chog’I taksida qaytayotgan Turdiboy mashinasini tanib dodlaydi. Taksichiga mashinani quvlatadi. Mashina to’xtamay shifoxona hovlisiga kirgach, Turdiboy baqirib kirib bordi. Endi tushgan tog’asining yoqasidan ola ketdi.
- Nega mashinani beruxsat mindingiz? Kimdan so’radingiz?- deb javradi, Turdiboy, jahl bilan.
- Shoshma, jiyan. Kelinning mazasi bo’lmayapti. Qara kelinga. – dedi tog’asi yalinganday bo’lib.
- O’lib ketmaydimi! O’lgani yaxshi buni, mashinani qiynamasdan. – dedi Turdiboy xirillab.
- Senga shu temir xotingdan qadrlimi? – dedi tog’asi Turdiboyni hovuridan tushirish uchun, yumshoq ovozda.
- Bilasizku, men shu mashina uchun qancha qiynalganimni. Sen bilardingku buni axmoq xotin. Men o’zimni sen deb, mashinamni sizlab yashaymanku! – dedi Turdiboy xotiniga g’azab bilan yovqarash qilib.
- Ablah ekansan, jiyan,- dedi tog’asi g’azablanib.
- Tush tez, mashinani bo’shat, - dedi xotiniga Turdiboy, bezrayib.
Mashinadan Turdiboyning xotini yig’lab, og’riqdan qiynalib tushdi. Og’riqdan qiynalibmi, eridan qo’rqibmi, hushidan ketib yiqildi. Tog’a kelib kelinni ko’tardi. Turdiboy befarq mashinaga suyanib g’o’ldirardi. Hamshiralar zambilga solib xotinini olib ketishdi. Turdiboy jahl bilan mashinaga o’tirib, tog’asiga ham qaramay qishloqqa qaytdi. Tog’asi esa mayuslanib taksida qaytishga majbur bo’ldi. Bir necha kundan so’ng Turdiboy taksida borib operatsiya bo’lgan xotinini so’zsiz olib qaytdi. Tog’asidan kechirim ham so’ramadi. Xotiniga ham tayinli gap aytmadi.
Turdiboy G’aybullani pochcha deb yaltoqlanib o’zining ishlarini bitkazib olaverardi. Umidani “Opoy” deb ataydi. Umida undan o’n yosh kichik bo’lsa ham uni sizlab turadi. Turdiboy ichida “ Lo’lining eshagini sug’or va pulini ol!” - deb qo’yardi. Umida buni bilsa ham eriga bir narsa demas, kulib qo’ya qolardi, xolos. G’aybulla ham e’tibor bermasdi. O’tgan yili uning maktabini respublikadan reviziya qilishdi. Ancha kamchilik va yolg’on sarflangan buydjet mablag’lari aniqlandi. G’aybulla oyog’I kuygan tovuqdek o’zini o’tga-cho’g’ga urdi. Surishtirib ko’rsa Mardon boboninng kata kuyovi G’aybulla tumanga bosh prakuror bo’lib kelganini aniqladi. Bildiyu, G’aybullaning uyiga yugirib bordi. Umidani darrov tanimadi. Tanib olgach yolg’on yig’I bilan avval marhum Safarni esladi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXIX qism

Keyin o’rtaga Mardon boboning qarindoshligini qo’shdi. Xullas, bir amallab Umidaning ko’nglini topdi. Umida oxiri ilojsiz erining ishxonasiga Turdiboyni boshlab bordi va eri bilan Turdiboyni tanishtirib qo’ydi. Keyin uyiga qaytdi.
G’aybulla ham anoyi emas edi. Bu amalga alla aytib kelmagandi. Qanchadan-qancha akaxonlarning ko’nglini olishiga majbur bo’ldi. Turdiboyning ahvolini bilib sog’in sigir keldi deb o’yladi.
- Aka sal xarajat qilasiz. Hammasi yaxshi bo’ladi. Xudo xohlasa. Siz, qaynotamga qarindosh ekansiz, biz yordam qilamizda, endi. – dedi G’aybulla labini yalab.
- Sizni pochcham, dedim, qolingizni quruq qo’ymayman, - deya yaltoqlandi Turdiboy, ko’zlarini pirpiratib.
- Boldi, aka! Ishingiz hal bo’ladi, tayyorlanib ertaga keeling, hallaymiz, dedi G’aybulla uni eshikka kuzatib qo’yib.
Shu kuni Turdiboy qishloqqa uchdi,uchganda ham burgutday uchdi. Taksichi bolalarga tez haydatib, maktabga yetib keldi. Darrov jamoani to’plab soliq undirishga kirishib ketdi. Kimdir ixtiyoriy berdi, kimdir qo’rqib, ichida qarg’ab berdi. Natijada kerakli pul to’plandi. Ertasiga ertalab Turdiboy shaharga G’aybullaning uyiga kirib bordi. Ajib iforli, kichkina xonadon shinam joihozlangan edi. Xona to’rida katta telivizor uyga fayz berib turardi. Qimmatbaho gilam yozilgan, ustida yurish noqulaydek edi. O’rtadagi katta stolda nonushta tayyor edi. Nonushtani tezda qilib bo’lishdi. U yon, bu yondan mazmunsiz suhbat qilishdi. Ayniqsa Turdiboy o’ng’aysizlanib o’tirdi. O’zini ortiqcha ekanligini sezib turardi. Sir boy bermay, G’aybullani pochcha deb, Umidani opoy deb atab yaltoqlandi.
G’aybulla ortidan Turdiboyni ergashtirib idorasiga bordi va Turdiboyni zalda kutishini ta’kidladi, tezda xonasiga kirib ketdi. Yuqoridan kelgan taftishchini xonasiga chaqirib uzoq ma’ruza o’qidi. Turdiboy bu paytda zalda qahva ichib o’tirdi. Taftishchi bariga rozi bo’lib, xonadan qulliq qilib chiqib ketdi. Turdiboy xonaga kirib G’aybullani olqishlab, cho’ntagidagi aytilgan sovg’ani stol ustiga qo’ydi. G’aybulla uni qo’ltiqlab xonasidan kuzatib qo’ydi. Keyin Turdiboyning ishi hal bo’ldi. Shu-shu Turdiboy G’aybullani pochcha deb holidan xabar olib turadi. Borganda sovg’asiz oldiga kirmaydi. Turdiboyning mushugini hech kim pisht deyolmaydi, hatto botinolmaydi. Turdiboyning oshig’i olchi edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXX qism

Oqsoqol
Qorabuloq qishlogʻining oʻz oqsoqoli bor. Bu Jalil ota. Yoshi oltmishdan oshgan, uzun, oriq kishi edi. Kalta qora soqolli oʻziga yarashib turardi. Bu qishloqning oqsoqoli boʻlganiga ham qancha qovun pishigʻi oʻtib ketdi. Salkam oʻttiz yoshidan buyon oqsoqollik qiladi bu elga. Qanchadan qancha urishganlarni yarashtirdi. Arazlashgan qancha oilalarni tinch hayotga qaytardi. Xullas bu qishloqda uning gapini ikkita qiladigan jon yoʻq, faqat Ermatni aytmaganda.
Ertalab yetib kelgan oqsoqol Ermatning janazasini oʻtkazishga kirishib ketdi. Bir-ikki yigitni chaqirib ovulni janazaga aytishga joʻnatdi. Kimnidir qoʻshni qishloqlarni aytishga yubordi. Bir yigitni qabr qazish uchun yigitlarni aytishga yubordi. Bu qishloqda udum shunaqa, goʻrkov yoʻq, oqsoqol aytgan uch-toʻrt yigit mayit uchun qabr qazishadi. Hech kim bu ishdan boʻyin tovlamaydi, oqsoqol aytdimi, bas savob uchun xizmat qilishadi. Qoʻllariga oqsoqol bir-bir kiyimlik gazlama beradi.
Bugun chaqirilgan yigitlar asta janaza oʻtayotgan uyga kirib kelishdi. Negadir barining qovog’I soliq. Jimgina kelib Ermatning bolasini bir-bir quchib tasalli berishdi. Keyin o’tirib duo o’qib, asta o’rinlaridan turib ketishga chog’landi. Ular darvoza yaqiniga kelganlarida oqsoqol ortlaridan kelib chetga imladi.
- Nega qabristonga bormadilaring? - deb soʻradi oqsoqol, yigitlardan.
- Biz buning qabrini qazmaymiz. - deyishdi yigitlar.
Oqsoqol darrov vaziyatni angladi. Yigitlarga qarab gap boshladi.
- Ukalar, siz bunday qilmang. Bu ham odam, buning gunohi koʻp boʻlishi mumkin, lekin biz ham gunohga botmaylik. Siz bunga emas, otasi Doʻsmat uchun xizmat qiling. Otasi oldidagi qishloq qarzini uzasizlar, jigarlarim.
-Qanday qarz, oqsoqol, ochigʻini ayting. Biz bilmagan qanday gap bor? - gapni boʻlib gapirdi Obid.
- Shoshma, jigarlarim, aytaman -dedi oqsoqol. Eshitib olib keyin qabristonga borasizlar. Oltmish toʻqqizinchi yilning qishi ogʻir keldi. Qor qalin, kun sovuq, atrof yaxmalak edi. Yurishning imkoni yoʻq davr edi. Texnika kam, bori ham xoʻjalik ishidan ortmaydi. Bizning qishloqda oʻn beshdan oshiq xonadon yashardi. Texnika qishloqqa yaqin ham kelmasdi. Fevral boshida koʻplarning uyida un tugay boshladi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXXI qism

Ot yoʻq, eshaklar qorda yurolmasdi. Doʻsmat aka uyidagi bor unini qishloq bilan yeyishni xotiniga tayinlab, oʻzi tumanga yoʻl oladi. Bir necha kundan keyin qaysidir yaqin qarindoshidan bir tuya soʻrab olibdi. Unga bir qoʻyni qaytishda olib borib berishga kelishibdi. Tuyaga olti qop un ortib, uch kun deganda qishloqqa qaytdi. Unni uyiga tushirib keragicha tarqatishni yana xotiniga tayinlaydi va evaziga pul olmaslikni ham qattiq tayinladi. Shunday qilib shaharga uch-toʻrt bora qatnaydi. Keyin uyidagi bitta qoʻyini ortib tuyaning egasiga berib qaytadi. Uzoq yoʻl, sovuq uni charchatgandi. Qaytib uyiga kelgach, oyoqlari ishlamay qoladi. Buni biror kishiga aytmaydi. Xotini un so’raganga keragicha un berib turdi. Un uchun haq olmadi. Qishloq odamlarida ham insof bor edi, hech kim ortiqcha un olmadi, mard edi xalqimiz. Bahor boshlanib qolganida odamlar Doʻsmat akaning holini bilib qoladi. Qoʻldan kelgancha muolaja qilishadi. Kunlar isib ketgandan keyin yoʻl ochiladi. Odamlarning duosi sababmi Doʻsmat aka asta oyoqqa turdi. Faqat bir oyogʻi yaxshi ishlamadi. Shu-shu Doʻsmat aka nogiron boʻlib qoldi. Shu odam sababli qishlogʻimiz omon qolgan. Buning uchun undan minnatdor boʻlib yashadik. Men Ermatdan qoʻrqmayman, otasi uchun uni joyiga qoʻyishga harakat qilayapman. Endi ukalar, otalar qarzi uchun xizmat qilasizlar. Rozi boʻlinglar, kelgan odamlar mehrsiz ekan deyishmasin. Borasizlarmi, jigarlarim? - dedi oqsoqol kalta soqolini silab.
- Boramiz, oqsoqol, qishloq sha’ni uchun, otalar hurmatli uchun boramiz. -dedi Qobil oʻrnidan qimirlab. Qolganlar ham o’rnilaridan turib tasdiq ishorasini qilib yo’lga tushishdi. Yigitlar joʻnab ketgach, oqsoqol bir xoʻrsinib qoʻydi. Ichkariga kirib ayollarga topshiriq berdi. Qaytib chiqib Oʻlmasni chaqirib samavarga olov yoqib, choy qaynatib turishini tayinladi.
"Havo ochilib ketar" deb qoʻydi oʻziga-oʻzi. Kun tushlikka yaqin kelgan odamlarni koʻzdan kechirdi. Mayitni yuvishga kimlarni gʻassol qilsa ekan. Koʻz ostiga u, bu kimni olib qoʻydi. Qarasa Ermatning yolgʻiz togʻasi Xolmirza kelmabdi, nomard. “Oʻlganning nimasidan araz qiladi, yaramas. Oʻzim boray,” - deb oʻzi Xolmirzaning uyiga yoʻl oldi. Oʻzi bormasa kelmasligiga koʻzi yetdi. Xolmirzaning uyi shunday qishloq oʻrtasida, bir soy oʻtsa boʻldi. Oqsoqol soy bo’ylab yurib Xolmirzaning uyiga kirib bordi. Kichkina hovli o’rtasidagi uyga qarab shiddat bilan kirib bordi. Qadamida qa’iyat, ajib bir jasorat bor edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXXII qism

-Ha, nomard, jiyaning oʻlib, sen uyda choʻzilib yotibsanmi? - deb uyga baqirib kirib bordi, oqsoqol.
- Assalomu alaykum, oqsoqol keling.- dedi hech narsa koʻrmaganday Xolmirza uyalib. Nega baqirasiz?- deya dahlizda kutib oldi, oqsoqolni.
- Baqiraman, yolgʻiz jiyaning oʻldi. Borib tursang oʻlasanmi, araz-ginani yigʻishtirib. E, sendaqa togʻani. Tur birga boramiz, yo eshitmadingmi? - dedi sal hovuridan tushib.
Xolmirza allaqachon eshitgan edi. Katta o’g’li aytgan edi. Qo’shnisi Obid ham aytib qabr qazishga ketgan edi. Shu oradagi ziddiyat sabab Xolmirza borolmay o’tirgandi. Yana xotinining ming’ir-sing’iri uchun ham uyidan chiqolmayotgan edi. Bir xayoli bor desa, biri borma derdi. Nima qilsin sho’rlik. O’zi ko’ngli sezgandi, shu oqsoqol kelishini. Xotinidan otolmas qaytsin, boyaqish.
- Bilasiz, oqsoqol, oʻrtada qancha gap oʻtgan. Endi - deb turgan joyida oqsoqol yoqasidan tutadi, Xolmirzaning.
-. Hoy, yigʻishtir, haji qizlikni. Qani oldimga tush, farzingni oʻta, bachchagʻar- deb Xolmirzani oqsoqol sudradi. Bormasang qishloqdan koʻchiraman, meni bilasan-a.
-. Boʻldi , oqsoqol boraman, uyga kirib kiyinib chiqay. Mendan oʻtibdi, uzr - deya uyga shoshdi, Xayrulla.
Uyiga kirgach, xotinining shangʻirib gapirgani eshitildi. Xolmirzaning xotini o’zi shunaqa, bir jahli chiqsa bobillayverib miyani achitib yuboradi. O’zi yaxshi xotin, sal kamchiligi borda. Kamchiligi kalta o’ylashi. Erini katta davralarga ko’p qo’shmaydi. Buning ortidan erining ko’pincha tili qisilib qoladi. Hozir ham oqsoqol eshitsin deb atay ovozini ko’tarib shang’illadi. Bu bilan oqsoqoldan ustun kelmoqchi bo’ldi. Oqsoqol ham anoyi emas edida. Oqsoqol tomoq qirib baqirdi:
- Xayrulla, endi senga xotiningdan ham javob olishim kerakmi? Chiqasanmi?
Hovliga choʻponini qoʻlida olib, Xayrulla yugirib chiqdi. Indamay oqsoqolning oldiga tushib keta boshladi. Xayrulla indamay oʻychan qiyofada ketar, oqsoqol ortidan ergashib borardi.
- Bu, jiyaningning na aka-ukasi, na boshqa yaqin qarindoshi yoʻqku, sendan boshqa. Endi shu jiyaningni oʻzing marakasini bosh boʻlib oʻtkaz


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXXIII qism

Oxirgi damda joyiga qoʻy, bu ishni qilmasang oqibatini oʻyla. Erta u dunyoda opangning yuziga qanday qaraysan. Yolgʻiz jiyaningni ushbu kunida bosh boʻlib tur. Aytganday, bolalaring, ayoling ham oʻtishi kerak, boya boshim aylanib, mening xayolimdan koʻtarildi. Eh, attang - dedi oqsoqol nasihat qilib.
Yoʻlda soydan oʻtayotganlarida Xayrullaning katta oʻgʻli eshakka ikki flaga suv ortib ketayotgan edi.
-Ana, oʻgʻlingga hammasini tayinla, xotining ham oʻtsin, bolalaring ham qolib ketmasin. Yo, bularga ham o’zim tushuntiraymi? - dedi oqsoqol.
- Yo’q, oqsoqol. O’zim aytaman. O’tishadi, - dedi boshini quyi solib Xayrulla. Uning oqsoqoldan boshqa gap eshitish niyati yo’q edida.
Xayrulla oʻgʻliga tayinlab, tez-tez yurib azaxonaga yigʻlab kirib bordi. Koʻchada turgan Ermatning oʻgʻlini mahkam bagʻriga bosib uzoq turdi. Qalbini timdalagan ozorlarni butkul unitgandek boʻldi. Keyin asta mayit yotgan xonaga dodlab kirib bordi. Ayollar uni koʻrib, tezda yoʻl boʻshatishdi. Xayrulla Ermatning jasadining bosh tomoniga oʻtib oʻtirdi. Boshini xam qilib boʻzlab yigʻladi. Oʻksib-oʻksib yigʻladi. Dardlarini aytib-aytib yigʻladi. Oʻzini bo’sh qoʻyib, dunyo gʻamlarini unitib yigʻladi. Kirgan ayollarga ham qaramay boʻzladi. Oqsoqol kirib Xayrullaning qoʻltigʻidan koʻtarib tashqariga olib chiqdi. Yelkasiga qoqib qoʻydi. Asta boshlab borib, darvoza oldidagi safning boshiga oʻtirgʻizib qoʻydi. Xayrulla silkinib-silkinib, oʻksib-oʻksib yigʻladi. Dunyoning bevafolini bilib qalbini tig’lab yig’ladi. Bor alamni unitib yig’ladi. Kelgan odamlarga e’tibor ham bermadi, uzoq yig’ladi. Uni bu yig’idan hech kim to’xtata olmadi. “ Qo’yinglar, yig’lab bor hasratlarini to’kib olsin. Indamanglar, “ – dedi oqsoqol atrofdagilarga bir qur nazar solib. Odamlar ham achinib qo’yishdi. Yig’lamaganning ham ko’ziga bir tomchi yosh keldi.
Oqsoqol yigilgan odamlarga bir qur nazar tashladi. Odam oz. qoshni qishloqlardan hech kim kelmabdi. Ermatning o’zi birovning to’yiyu, azasiga bormagan. Birovning holidan xabar olmagan.” Bo’lari bo’ldi!” – deb qo’ydi oqsoqol ichida. “Boshqalar qursin o’z qishlog’ining ham ko’pi kelmabdiya. Nima bo’lyapti o’zi, oqibat qayerga ketdi. Erta yana nimalar bo’lar ekan. Odamzod nahot qadringni unitdingga. Sen insonsan, senda aql bor. Bu turishda hayvondan farqimiz qolmaydiku, azizlar, “ – deya o’ylandi va og’ir xo’rsinib qo’ydi. Keyin oyoqlari ostidagi qorni jahl bilan bosib yanchdi. Yanchilgan qorda yangi kalishning chuqur izi qoldi. O’zi ichkariga uydan xabar olgani kirib ketdi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XXXIV qism

Dahlizda o’tirgan odamlarning qavatiga borib cho’kkalab o’tirdi. Yonidagi yigitlardan biridan soatni so’radi.
- Vaqt boʻldi - dedi oqsoqol oʻrnidan turib. Qani mayitni yuvib tayyorlanglar, Xayrulla, Gʻaybulla kuyov, qoʻshnilardan yana ikkitang kiringlar. Tezlatinglar, ha aytmoqchi yoshlardan ikkitang qabristonga borib kelinglar. Qabr tayyor boʻldimi?
Ayollar mayit yotgan uyni bo’shatishdi. Ermatning xotini sho’rlikni Malika xola suyab qo’shni uyga kirgizib yotqizib chiqdi. Oqsoqolga qarab “ Qiyin bo’ldi, mushtiparga,” – deya ro’molining uchini tishlab o’tib ketdi. Oqsoqol yana bir bor bu ayollarning irodasiga qoyil qolib, Malika xolaning ortidan termulib qoldi. Yuvuvchi sohibkorlar ichkariga kirib ketishdi. Oqsoqol hamma narsani tayyorlatdi. Tashqarida odamlar qabristonga ketgan yigitlarni kutib oʻtirishdi. Oradan bir oz vaqt oʻtgach qabristonga ketgan yigitlar xomush boʻlib qaytishdi. Aytishlaricha hali lahat tayyor boʻlmabdi. Yeri qattiq chiqibdi, kovlovchilar qiynalib qolibdi. Hali ikki soat kutish kerak emish.
-Obbo, mayit tayyor boʻldi. To’planganlarni kuttirmaylik, aytilgan vaqt bo’ldiku. Janazani oʻqib, asta-sekin koʻtarib boraveraylik, joyi tayyor boʻlib qolsa qolar, bo’lmasa yordam qilamiz. Ko’pdan quyon qochib qutilmas, - dedi oqsoqol toʻplangan olomonga qarab.
Olomon qimirlab, safga tizildi. Qarzlarini bor bo’lsa, katta oʻgʻli toʻlashni oʻz boʻyniga oldi. Toʻplangan jamoa mayitni janazasini oʻqidi. Soʻngra tobutni koʻtarib sekin qabristonga qarab yoʻlga tushdi. Yog’och tobut qo’ldan-qo’lga o’tar, qishloq ahli galma-galdan yelka tutib tobutni so’nggi manzilga yaqinlashtirar edi. Odamlarning oldida oqsoqol va Xayrulla ketar, ular ortidan pildirab Ermatning katta o’g’li borardi. Yoʻl oʻgʻir, odam oz boʻlgani uchun yurish qiyin edi. Jamoa sekin qabristonga qarab yaqinlashib borardi. Hamma jim sukunat qo’ynida yengil odimlardi. Yelkasiga tushgan tobutni avaylab, marhumni bezovta qilmaslik uchun ham sekin yurishardi. Hovlida qolgan ayollar Ermatning ayoli va bolalarini ovutish, tinchlantirish uchun harakat qilishardi. Ular orasida Malika xola ham bor bo’lib bir ko’ngli yo’qolgan choli bilan band edi. Uyqusiz ko’zlari jovdirab uzoqlarga tikilar, cholining qaytishini orzu qilib kutardi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3