Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
X qism
Erining mushtlaridan soʻng, koʻkargan koʻzlari bilan shikoyat xati yozib berdi. Sud Ahmadjonni, oʻn besh sutkalik qamoqqa buyurdi. Sudiya ham Ermat tomonda boʻldi. Shu-shu ular yuz koʻrmas boʻlishgan edi. Toʻy-marakada ham ular yuzma-yuz kelishsa Ahmadjon qoʻlini koʻrishish uchun choʻzardi. Lekin Ermat qurgʻur ters qarab ketardi. Oralarida iliqlik boʻlmadi. Mana endi Ahmadjon uning murdasiga egalik qilmoqda, uyiga olib bormoqda. Ha taqdir qursin, insofni har kimsaning oʻziga bersin. Ahmadjon qishloqqa yaqinlashib qolgan chogʻi, tong otgan, boʻron tingandi. Endi nima boʻladi, murdani qanday qilib egasiga topshiradi. Xotini va bolalari qoʻrqmaydimi? Qoʻshnilarni chaqirish kerakmi? Ahmadjon shu oʻylar bilan borar ekan, oqsoqol Jalil boboni koʻrib, tilla topgandek quvonib ketdi. Jalil otaga borini aytib berdi. Oqsoqol vaziyatni bilib oldinda Ermatning hovlisiga kirib bordi. Sekin Faridani chaqirib, asta borini tushintirdi. Faridaga bolalaring qoʻrqmasin ehtiyot boʻl deb tayinladi. Keyin koʻchaga chiqib, Ahmadjonni chaqirdi. Ahmadjon sekin hovliga yaqinlashib keldi. Yuragi tez-tez urar, nima qilishini bilmas edi. Otini Ermatning hovlisiga yetaklab kirdi. Keyin asta oqsoqol bilan birga Farida yangani chaqirdi. Farida uyiga kirib bolalarini uygʻotib, kiyintirish bilan band edi. Hovlidan oqsoqolning ovozini eshitib, yuragi gʻalati boʻlib ketdi.Hovliga chiqqan Farida avval shoshib qoldi. Keyin oʻziga kelib vaziyatni bilgach, dodlab yigʻlay boshladi. Ortidan tushunib-tushunmay bolalari qoʻshilib yigʻlay boshladi. Ahmadjon murdani otdan tushirganda Malika xola, qizlari va kuyovlari hovliga kirib keldi. Hovli yigʻi-sigʻiga toʻldi. Koʻplashib Ermatning murdasini uyiga olib kirdi. Uy oʻrtasiga sim karovatni olib keltirib, ustiga murdani bir amallab yotqizishdi. Muzlagan tana boʻysunmas, bir tekis yotqizishning ilojini topisholmadi. Marhumning jasadi oʻrtada doʻmpayib xunuk koʻrinib qoldi. Oqsoqol ilojini topolmay qiynalganlarga, tinch qoʻyinglar, ruhi bezovta boʻlmasin dedi. Feruza oʻzini bilmay qolar, eriga achinib yigʻlardi. Bolalarini Malika xola uyiga boshlab ketdi. Ularga ertalabki nonushtani qilib berdi. “Uyda oʻtirib turinglar, bolalarim!”-deb Malika xola qoʻshnisining uyiga shoshib qaytdi. Borsa hovlida oqsoqol taʼziyani oʻtkazish boʻyicha kengash oʻtkazayotgan edi. Janaza tushdan keyin soat birga belgilandi. Kimnidir goʻr kovlashga Abdullani, Qobilni, Obidni chaqirib kelishga joʻnatdi. Bir-bir qoʻshnilar ham kela boshladi. Oqsoqoldan Ahmadjon ruxsat soʻradi. “Oqsoqol odam qoʻshamiz, koʻplashib izlaymiz, mana shu janazani oʻtkazaylik “ - deganiga ham unamadi. Sekin odamlardan ajralib koʻchaga chiqdi, ogʻir xoʻrsindi va osmonga umid bilan tikilib ancha turdi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XI qism
Ahmadjon yana otini minib Mardon boboni izlashga ketdi. Havo ancha ochilgan, faqat sovuq shamol kishiga yoqmas edi. Ahmadjon otida Qoratepa tomonga umid bilan yoʻlga tushdi.
Mardon bobo
Mardon bobo yoshligida alp kelbatli yigit edi. Toʻylarda kurash tushar, elning nazariga tushgan yigit edi. Otadan erta ayrilgan Mardon oqkoʻngil yigit edi. Topagini el bilan baham koʻrib, hamisha el xizmatida edi. Toʻylarning birida Malikani koʻrib ishqi tushgan edi. Oʻsha paytlarda qizlarga gapirish mumkin emas edi. Oʻrtaga qoʻshni kampirni qoʻyib dil izhorini oldi. Butun qishloq, qon- qarindoshlar yigʻilishdi. Hamma topganini to’yga atadi. Kimdir qoʻy beradi, boshqasi qand- qurs beradigan boʻlishdi. Toʻplab-yigʻnab toʻy boshlandi. Kunlar oʻtib, toʻy qilib Malikaga uylandi. Ular baxtli edi Xudo baxt berdi-yu, farzand bermadi. Uzoq yillar sabr bilan yashadi, umidini soʻndirmadi. Ajrashinglar deyishsa ham bir-biridan voz kechmadilar. Oradan. oʻn yil oʻtib farzand ko’rishdi. Mardon bobo va Malika xola baxtning yettinchi osmonida ichishadi. Chaqaloq oilaga quvonch olib keldi. Qizaloq, ismini umidimiz soʻnmasin deya Umida deb qoʻyishdi. Keyin oʻgʻli Safar koʻchib yurganda tugʻildi. Soʻngra Guloyim va Halima qizlari tugʻildi. Qizlarini oʻqitdi, turmushga berdi. Yolgʻiz oʻgʻli Safar xudoga kerak ekan, umri qisqa boʻldi. Chol-kampirni kuydirib u dunyoga ketdi. Mardon bobo qizlari uchun yashadi. Kampiri bilan hovlida bir sigir olib boqdi. Sutini, qatigʻini har kuni shahardagi qizlariga yuboradi. Har yilgi buzogʻini sotib puliga nabiralariga narsa olib beradi. Qizlari “Shaharga olib ketamiz, qariganda tinch yashaysizlar,” - deyishsa ham rozi boʻlishmaydi. “Tugʻilib oʻsgan joyimni tashlab ketmaymiz, bu joyda ota-bobolarimiz yotishibdi. Qolaversa oʻgʻlimiz Safar bu yerda yotibdi. Uning ruhi bezovta boʻlmasin” - deb unashmadi. Taqdirga tan berib bu joylarda chol-kampir bir-biriga suyanib yashamoqda.
Oʻsha kuni havo bulutli, shamol turib avzoyi buzuq edi. Mardon bobo ogʻriyotgan oyogʻini pechkaga bosib yotgan edi. Kampiri chaqirib, sigiri yoʻqligini aytdi. Mardon bobo mahsisini paytava oʻrab kiydi. Kamzulini kiyib oynaga qaradi. Odati shunaqa kiyinib olib oynaga qaramasa boʻlmaydi. Uzun, oppoq soqolini bir siladi va yuzini burib yoqasini toʻgʻirladi. Ustiga choʻponini kiyib tashqariga chiqib, uyoq-buyoqqa qarab koʻrdi. Sigir oʻlgir yoʻq. Qirga chiqib ketgandir deb, eshagini minib yoʻlga tushdi. Qirga chiqsa yoʻq, atrofni kuzatdi.

👍4
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XII qism
Shu yoshda ham koʻzi oʻtkir, ko’rishidan nolimas edi. Qirga chiqib qishloqqa qaradi. Qorabuloq qishlogʻi yastanib yotibdi. Qishloqda qirqdan ortiq xoʻjalik istiqomat qiladi. Pastqam-pastak uylar bir-biriga yaqin qurilgan. Birining tomiga chiqsang qishloq oxirigagi uyning tomidan tushasan. Shifersiz uylar, xomsuvoq devorlar qishloqqa oʻzgacha fayz berib turibdi. Qishloq oʻrtasida maktab joylashgan. Yonida kichkina kasalxona bor. Qishloq oʻrtasidan soy kesib oʻtgan. Undan bir ariq suv oqib turadi. Qishloqning eng chekkasida Ahmadjonning uyi bor. Sal berida Ermatning uyi, uning yonida oʻzining jonajon uyi bor. Qishloqqa o’zgacha mehr bilan qaragan Mardon bobo ortga boqib sigirini izlay boshladi.Qarasa uzoqdan choʻpon bolalar molni haydab kelardi. Ularning orasida Ahmadjonning ikkinchi oʻgʻli Sattor ham bor edi. U akasi Safarning velosipedini haydab kelardi. Mardon bobo oʻtgan yili pensiyasidan toʻplab, Safarga sovgʻa qilgan edi. Oʻshanda bolakaylarning quvonganini bir koʻrsangiz edi. Ularga qoʻshilib oʻzi ham quvongan edi. Ulardan soʻrash uchun bolalarga yaqinlashib, sigirini soʻroqladi. Bolalar tushlikda “Qoratepa ortida sayxonlikda bir sigir koʻrindi”, deyishdi. “Bir otliq ham koʻrindi, bobo”, deyishdi. Mardon bobo bir orqaga qaytar boʻldi, bir borar. Oʻylay-oʻylay Qoratepa tomonga yoʻl oldi. Tavakkal qilib kechgacha sigirini topsa, qorongʻuda boʻlsa ham haydab kelaveraman deb eshagini nuqtab yoʻl oldi. Yoʻl qabriston yonidan oʻtardi, u eshakning ustida duo oʻqib bordi. Savobini oʻtganlarga baxshida qildi. Xudodan sigirini omon-eson topishini soʻradi. Keyin yoʻlida davom etdi. Bu joylarda u koʻp yurgan adashmasdan yoʻlni topa oladi. Ancha yurgan edi, havo ayniy boshladi. Qoratepa ustiga chiqqanida maydalab qor yogʻa boshladi. Shamol kuchayib, kech yaqinlashib qoldi. Mardon bobo eshagini tezlab haydab sayxonlikka tushdi. Sayxonlikda oʻtgan yilgi xashak va mayda qoldiqlari serob edi. Sayxonlikda biroz yurgach, togʻ bagʻrida soy yonida qorayib bir narsa koʻrindi. Ha, sigir jonivor bolalabdida, deya jadallashdi. Soy yaqiniga borganida sigiri bogʻliqday tuyildi, yonida katta ho’kiz ham bogʻlangan, shekilli. Eshagini ura-ura Mardon bobo soyga tushdi. Borsa, haqiqatdan ham sigiri va hoʻkiz bogʻlangan. Yonida ancha qoziqlar, eski mollarning tezagi ham bor. Mardon bobo ajablanib sigirini yecha boshladi. Bu paytda shamol kuchayib boʻron boshlangan edi. Sigirini tayyor ipi bilan eshakning boʻyniga bogʻladi. Bu havoda hoʻkiz ham qolmasin deb uni ham ipini eshakning boʻyniga bogʻladi. Yoʻlga tushar chogʻi togʻ yonida ikki otliq koʻringanday boʻldi. “Ha, meni koʻrib, yordamga kelar!” - deb umid bilan yoʻlga tushdi. Soydan chiqqan mahal boʻron kuchayib, yurgizmay qoʻydi. Bir qadam narini koʻrishning imkoni yoʻqoldi. Yuzi aralash burunlari qor parchalari bilan qoplandi.

XIII qism
Mollar ham boʻronga qarshi yurolmay qiynaldi. Sigir va hoʻkiz eshakni ortga tortib, sal qolsa Mardon boboni eshagiga qoʻshib yiqitayozdi. Mardon bobo uyida yetolmasligini bilib, orqaga eshagini burdi. “Endi shu boʻronda oʻlib ketmasam goʻrga” - deb oʻziga-oʻzi toʻngʻilladi. Esiga gʻor tushib qolgach, biroz oʻzini bosib oldi. “Togʻ bagʻrida eski gʻor bor, unda tunni oʻtkazamiz, jonivorlarim”, deya oʻziga dalda berdi. Boʻronda ancha yurgach gʻorni topdi. Topmay boʻladimi, axir bu yerlarni besh qoʻlday biladi. Chunki bu yerda umrining yarmi oʻtgan joylar edida. Davlat xoʻjaligi qoʻylarini bu togʻda salkam oʻttiz yildan ortiq boqdi. Qishini-yozini koʻrib, issiq-sovugʻini koʻrib, chidab yashadi.
Mardon bobo gʻorga avval hoʻkizni, keyin sigir va eshagini kirgizdi. Ularni bir- biriga bogʻlab boʻlib qarasa, gʻor toʻrida allaqanday sandiq koʻrindi. Astagʻfirulloh, bu nima gap deb sandiqqa yaqinlashdi. Sandiq yonida gilam, koʻrpa-toʻshak bor edi. Burchakda chiroq va gugurt ham bor ekan. Mardon bobo gʻor qorongʻulashayotganini koʻrib, chiroqni yoqdi. Gʻor yorugʻlashgach, gilamni yoydi. Ichidan ikki shisha aroq ham chiqdi. Mardon bobo shu yoshga kirib aroq ichish u yoqda tursin, birovga aroq quyib bermagan ham. Qurgʻur odamlar buni qanday ichishadi. Shishada tinch yotadi, odamning ichiga kirib oʻyin qiladigan bu battol. Aroqlarni chetga olib, koʻrpalarni olib to’shadi. Sandiq orqasida dasturxon, ichida to’rt dona non, konfetlar ham bor ekan. Ajablangan, Mardon bobo biror choʻpon bu gʻorda yashar ekanda deb oʻylandi. Tashqarida boʻron guvillardi. Mardon bobo sekin gʻor burchagida yarim qop yem va uch bog’ xashak borligini koʻrdi. “Egasi meni urishmas, yem- xashagidan ishlatsam?”- deb qoʻydi. Keyin mollarga ozroq xashak tashladi. Eshagining egarini olib, ayilini boʻshroq qilib qoʻydi. Oʻtirib dasturxonni yozib, ozroq tamaddi qildi. Tashqariga quloq solar, egasi kelar deb umid qilardi. Vaqt allamahal boʻldi, lekin boʻron toʻxtamasdi. Gʻorning egasi ham kelmadi, “Ha koʻchib ketgan, yoki endi kunlar isigach koʻchib keladi, chogʻi” - deb qoʻydi. Egasi kelsa, yoki sharifini eshitsam rozi qilaman. Kampirimga “Bir osh qildirib mehmon qilaman, rozichiligini olaman!”, dedi. Keyin kampirini oʻylay boshladi. “Kampirim meni izlab uydan chiqib ketmasa gorga edi”- deya gʻoʻldirab-gʻoʻldirab uxlashga yotdi. Biroz oppoq,uzun soqolini silab, oʻzini ovutib, xayolga berildi. Uxlashga harakat qilib ancha qiynalib yotdi. Uxlab uxlolmadi, tashqarida otning kishnagani eshitildi. Ajabo, bu yana nimasi ekan, deb Mardon bobo sekin tashqariga chiqdi. Gʻor ogʻzida ot va ustida bir odam borligini koʻrdi. Tezda otdan odamni tushirib oldi va ichkariga tortdi.

👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XIV qism
Qariligi sababli zoʻrgʻa sudrar, tez-tez nafas olar, yuragi hayqirib urardi. Ancha uringach gʻor ogʻzidan ancha ichkariga tortib kirdi. Orqadan jonivor ot ergashdi. Ot avvaldan bu joyga kirib yurgandrk kirib kelardi. Ot yondan aylanib oʻtib, mollarning oldiga borib qoʻshildi. Bobo “Sen jonivor ham qadringni bilasan?” - deb miyigʻida kulimsiradi. Bobo bir amallab haligi odamni gilamgacha olib bordi. Tomirini ushlab koʻrdi, “Tirik ekan, bechora”. Darrov ustiga koʻrpa yopib, olov yoqmoqchi boʻldi. Tezda gʻor ogʻzidagi tezaklarni toʻplab olov yoqdi. Nam tortgan tezaklar sekin yona boshladi. Birozdan soʻng olov gurullab yondi. Undan chiqqan tutun gʻor ogʻzidan chiqib ketardi. Boyagi odam isimas edi, Mardon ota ilojini topolmay qiynalardi. Keyin esiga aroq keldi va tezda olib qopqogʻini ochib piyola topib quydi. Boyagi odamning oʻzini ochib sekin quya boshladi. Mardon bobo qarasa bu xushbichim yigit ekan. Qoshlari qora, xuddi kamondek ingichka edi. Yuzida kichik chandiq o’rni bor edi. Qora, ensiz mo’ylovli , o;ttizdan oshgan, xushbichim yigit edi. Birozdan soʻng, yigit tamshanib ogʻzidagi aroqni icha boshladi. Mardon bobo piyolaga yana aroq quyib, yigitning ogʻziga quya boshladi. Yigit tamshanib icha boshladi. “Boʻldi, oʻzingga kelasan, koʻpi mast qiladi, bolam”, deb qoʻydi. Yigitning butun badaniga aroq surtib ishqaladi. Kiyimlarini toʻgʻirlab, ustini qalin qilib oʻradi. Boshidagi ivib ketgan telpagini yechib, yonidan belbogʻini olib mahkam qilib boshini oʻradi. Yigitning qoshlaridagi muzlarni olib tashladi. Sovuqda muzlab qolgan yigitning choponini olovga yaqin qoʻydi, muzi erib quruqlashsin deya. Olovga tezak keltirib tashladi. Mardon bobo sherik koʻpayganidan xursand edi. Asta borib otning ayilini yechdi. Egar-jabdugʻini ustidan olib, qashladi. Bog’lamda qolgan xashakni toʻplab ularning oldiga tashladi. Jonivorlarning xashakni yeyishini kulib tomosha qilib turdi. Orada boyagi yigitning holidan xabar olib qoʻyadi. Yuzlariga iliqlik kirganini koʻrib ancha quvonadi, ustiga choponini ham yopib oʻrab qoʻyadi. Olovga tappi tashlab gurillatib yoqadi. Ancha vaqt shular bilan ovundi. Shu bahonada, kampirini ham biroz unitgandek boʻldi.
Tun yarmida Mardon boboning sigiri tugʻa boshladi. Mardon bobo hamma narsani unutib, sigiriga parvona boʻldi. Birozdan soʻng sigiri bolaladi. Kichkina qashqali erkak buzoqcha tugʻildi. Ona sigir qizgʻanib oʻrnidan turdi va buzoqchani yalay ketdi. Buzoqcha oʻrnidan turolmay uzoqqa yumalab ketdi. Buni koʻrib Mardon bobo yosh boladek qiqirlab kuldi. Buzoqchani onasining bagʻriga qo’yib asta joyiga oʻtirdi.
- Buzoqcha qara, ertaga ertalab uyga boramiz. Kampirim bir quvonsin, seni koʻrib. Mendan xavotir olayotgan boʻlsa kerak, kampirim qurmagur

XV qism
Xoʻp, mehribonda, meni oʻtqazishga joy topolmay qoladi. Sen katta boʻlsang, nabiralarimga xizmat qilasanda. Ajab ishlar boʻldi. Aytsam, hech kim ishonmaydi. Ayniqsa oqsoqol doʻstim Jalil, oʻlib qolsa ham ishonmaydi. Ishonmasa ishonmas, menga nima. Lekin qishloqda yoʻqolib qolganini rosa hangoma boʻladida. Boʻlsa nima qilibdi, el ogʻziga elak tutilmaymanku. Nima dedilaring, ha aytgancha manavi yigit borku. Oʻziga kelsin tanishib, balki ota-bola tutinarmiz. Balki, ogʻa-ini degandek. Jalilning oʻziga shu yigit isbot boʻlib uradi. Keyin ishonadida, xumpar.
Mardon bobo gʻoʻldirab ancha oʻtirdi. Yonida yotgan yigitning yuzini ushlab “Isib qolibsanku, jigarim. Endi tongda oʻzingga kelasan. Yaxshi, yaxshi!” - deb qoʻydi. Sekin yoniga dumalab yotdi. Qancha yotdi bilmadi, bir amallab uxlab qoldi. Uyqusida tush koʻribdi. Tushida uyiga qaytgan emish. Kampiri yigʻlarmish. Qizlari otasini quchoqlash uchun kelsa, yoniga yetolmasmish. Kuyovlari qizlarini ushlab orqaga tortarmish. Mardon bobo gapirsa ovozi chiqmasdi. Faqat qoʻshnisi Ermat oppoq kiyimda kularmish. Mardon bobo qancha baland baqirsa ham, hech kim eshitmasdi. Ermat Mardon boboning qoʻlidan tutib, qayergadir boshlarmish. Malika xola dodlab cholini qaytararmish. Uy oldida eshagi va targʻil sigir turgan emish. Yonida buzoqcha ham bor emish. Mardon bobo qichqira-qichqira uyidan uzoqlashar, lekin kimdir orqaga uyiga itararmish. Mardon bobo choʻchib uygʻondi. Qarasa hamon gʻorda yotar, yonida yigit uxlar, mollar kavsh qaytarib yotardi.
Tashqarida boʻron guvillardi. Erinibgina koʻzini uyqudan ochdi. Uyqudan uygʻonsa, tong otib qolibdi. Buzoqcha onasini miriqib emmoqda edi. Mardon bobo yoniga qarasa, boyagi yigit oʻziga kelgan pishillab uxlardi. Oʻrnidan turib mollarga, otga bir-bir qaradi. Belbogʻi yoyib xaltadagi yemdan jonivorlarning oldiga toʻkdi. Qaytib joyiga oʻtirib kiyimlarini tartibga keltirdi. Sekin turib gʻor ogʻziga tomon yoʻl oldi. Tashqariga qarab boʻron toʻxtamaganini koʻrdi. Qaytib kirib, kulni surib choʻgʻini topdi. Choʻgʻ ustiga tezak tashlab qoʻydi. Yonishini tezlanish uchun oʻtirib pufladi. Tezak yoqmoqchi boʻlib tutay boshlagach, koʻzi tutundan achishdi. Mardon bobo koʻzini ishqalab biroz yoshlab oldi. Yigit qimirlab ustidagi koʻrpani tushirib yubordi. Buni koʻrgan Mardon bobo kuldi va “O’zingga kelib qilibsan, endi hammasi yaxshi boʻladi!” - deb qoʻydi. Sekin borib yigitning ustidan koʻrpani oldi. Yigit oʻziga kelgan, asta turib salom berdi. Mardon bobodan qayerdaligini soʻradi. Javobini eshitib jilmayib qoʻydi. Oʻrnidan zoʻrgʻa turib, qomatini rostlab oldi. Bobo “Dasturxon yozib, biror narsa yeb ol, ichingga issiq yuguradi”, dedi.

XVI qism
Ular birga notanish dasturxon ustiga oʻtirib, nonushta qilishdi va bir- biriga termuldi. Tanish va notanish chehralar toʻqnashardi.
Ermat
Ermat bu qishloqda tugʻilib oʻsgan. Ota-onasining yolgʻiz bolasi boʻlib, erkalanib oʻsdi. Maktabda oʻqib yurgan vaqtida ham oʻzidan katta bolalarni bemalol urardi. Oʻqituvchilar tergasa bezrayib turardi. Maktabni amallab tugatdi. Harbiy xizmatni o’tab ham o’zgarmadi. Ko’chada uchib-chakib yurishni odat qildi. Koʻchadan kelmay qoʻyganini koʻrgan ota-onasi uni uylab qoʻymoqchi bo’lishdi. Ermatga aytishgan edi, u xursand boʻlib ketdi. Qoʻshni qishloqdan bir muallimning qizini olib berishdi. Toʻy oʻtgach Ermatning qilig’i yanada koʻpaydi. Har kuni ichib keladigan, yosh kelinchakni doʻposlaydigan odat chiqardi. Otasi ulfatlaridan bir kun ayirdi, ikki kun ayirdi, natija boʻlmadi. Ermat kundan-kunga qutirar, xotinining sog’ joyini qoldirmay urardi. Momataloq boʻlgan bechora kelinchak oxiri ota-onasini oʻylab, oʻzini quduqqa tashlab, joniga qasd qildi. Shundan keyin Ermat uzoq yilga qamalib ketdi. Qamoqdan kelib, uyiga qaytsa otasi oʻtib ketgan, onasi mungʻayib qolgan edi. Onasi bolasini yoʻqotishdan qoʻrqardi, Ermatga tayinli gap ayta olmasdi. Qarindoshlar Ermatning hovlisiga toʻplanishdi. Qarindoshlar maslahatni bir joyga qoʻyib, Ermatni uylantirib qoʻyishmoqchi boʻlishdi. Otasining jiyani Faridani olib bermoqchi boʻlishdi. Faridani kelin qilib shu uyga olib kelishganida endi oʻn sakkiz yoshda edi. Avval tinch yashay boshlashdi. Orada farzandlar tugʻildi. Ermat avvalgidek ichkilikka berilib ketdi. Qishloqda odam borki, Ermat bilan urishmagan, arazlashmagan. Ermat oldidan chiqqan odam bilan aytishib qolardi va uni yoqasidan olardi. Keyin uni sudga berib, haqqini ajratib oladi. Shundan soʻng u bilan yuz koʻrmas boʻlib ketadi. Tumanning bor kattalari, sudya, militsiya boshligʻi, soliq boshligʻi kabilar bilan yaqin boʻlib ketgan. Har yili bahorda ularni togʻga olib kelib, ov ovlaydi. Ular bu yerda ikki -uch kunlab qolib ketadi va dam olib ketishadi. Ular orasida Mardon boboning kuyovi Gʻaybulla sudya ham bor. U ham kelib dam olib ketardi. Gʻaybulla bu haqda hech kimga aytmaydi, hatto xotini Umidaga ham aytmasdi. Ermat shaharga tushsa ham quruq bormaydi. Sut, qatiq, qurt olib boradi. Akaxonlari ham yegan ogʻiz uyalar deganidek, Ermatning ishini bitirib berardi. Shu sababli Ermatning aytgani aytgan, yegani yegan edi.

XVII qism
Qishloq oqsoqoli ham undan hayiqadi. Ermatni hurmatlab uyiga tez-tez chaqirib turadi. Ermat bilan maslahatlashib ish qiladi. Garchi ichida oʻl desa ham, tashqarida kulib turadi. Ermat barcha qoʻshnilarining asabiga tegib boʻlgandi.
Yaqini boʻlgan togʻasini ham tinch yashashga qoʻymadi. Togʻasi zoʼrgʻa orttirib eski " Moskvich" mashinasini oldi. Mashinaga ozroq yetmay jiyani Ermatdan bir qoʻyning pulini qarzga oldi, baloga qoldi. Ermat togʻasidan mashinasini qoʻshni qishloqqa toʻyga minishga soʻrab bordi va rad javobini oldi. Togʻasini haqoratlab, rosa baqir-chaqir qildi. Orada tushgan togʻasining xotinini ham turtib soʻkib yubordi. Togʻasi bilan arazlashiga shu sabab boʻldi. Togʻasi bir kuni qoʻshni qishloqdan toʻydan qaytarkan, Ermatning uyi oldidan oʻtishiga toʻgʻri keldi. Nargi yoʻlni sel olib ketgan edi. Ertalab tinch oʻtgandi. Qaytishida jiyani yoʻlga mix qoqib qoʻydi va uyida poylab yotdi. Togʻasi toʻydan sarxush boʻlib qaytdi. Jiyanining uyi oldiga kelib birin ketin mashinasining g’ildiraklari yorildi. Asabi buzilgan togʻasi mashinadan tushiboq jiyanini soʻka ketdi. Ermat uyidan hech narsa koʻrmaganday uyqusirab chiqib keldi. Togʻasi bilan sen- menga borib arazlashdi. Rosa uch qoʻyning pulini qarz olgansan, topib berasan deb turib oldi. Togʻasi shuncha bir qoʻyning pulini olganman deb qasam ichsa ham jiyani koʻnmadi. Togʻasiga nomozshomgacha uch qoʻyning pulini topasan, topmasang mashinangga oʻt qoʻyaman deb shart qoʻydi. Agar yoqmasam yuzimga tupir deb sensirab yubordi. Togʻasi senga pul yoʻq, yoqsang yoq deb arazlab ketib qoldi. Hammasi togʻasi ketgandan keyin boʻldi. Ermat mashinaga uyalmay olov yoqdi. Bus-butun mashina yonib ketdi. Togʻasi yuragini changallab yiqildi va insult oldi. Oʻng qoʻli ishlamay qoldi, oyogʻi oqsoq boʻlib qoldi. Shu-shu togʻa-jiyan yuz-koʻrmas boʻlib ketdi.
Ermatning dastidan dod demagan odam qolmadi. Oʻtganning oʻrogʻini, ketganning ketmonini olib yuraverdi. Aql oʻrgatgan odam borki, Ermatning mushti taʼmini totib koʻrardi. Hamma undan bezor boʻldi. Toʻyga borsa toʻyni, azaga borsa azani buzib, hech narsa koʻrmaganday boʻlib yuraverdi, bu Ermat deganlari. Ulfatlari bilan ichar, qimir oʻynardi. U qoʻshni qishloqlarga ham borib qimor oʻynashni odat qildi. Agar kimdir kattaroq narsa yutqazsayu, toʻlay olmasa uyiga kirib yotib olardi, bu Ermat qurmagur. Qani toʻlamay koʻrsinchi el oldida sharmanda qilib, uyida qo’lga ilingulik borini olib ketardi. Yana ketar chogʻi baqirib ‘Toʻlolmasang nima qilarding oʻynab, ey sen ham erkakmisan?” - deya baqirib ketardi. Lekin, bir tomoni yaxshi edi, koʻplar uyalib qimorni bir umrga tashlab ketishardi. Ayniqsa, tuman markazidan mehmonga kelgan Qosim muallimga qiyin boʻldi

❤2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
XVIII qism
Qishloqqa toʻyga kelgan edi, qarindoshlar qoʻyarda qoʻymay aroq ichirishdi. Avval ichmagan bechora mast boʻlib qoldi, bu Ermatga qoʻl keldi. Tezda ulfatlarini toʻplab qimor oʻynay boshladi. Tomoshabin koʻpayib ketdi. Qosim muallim oʻzi xohlamay oʻyinga qoʻshildi, bor pulini yutqazib qoʻydi. Yonidagi sheriklaridan qarz oldi va bulardan ham ayrildi. Odamlarning qoʻy deyishiga qaramay, Ermatdan qarz oldi. Buni ham Ermat uyalmay aldab yutib oldi. Qosim muallim hovlida ikki bosh sigirim bor, narxlab oling, Ermatboy deb qoldi. Ermatga jon kirdi, odamlarni aralashtirib sigirlarni qimmat narxlab oldi. Pulni olgan Qosim muallim birdan boyvachchaga aylandi. Bir-ikki qoʻl yutdi, oʻzidan quvonib, piyolaga quyilgan aroqni oxirigacha ichib qoʻydi. Soʻngra darrov mastligi bois bor pulini yutqazib qoʻydi. Ermat xursand boʻlib uyiga ketdi. Ertasiga Qosim muallim boshini mushtlab uyidan bolalarini chirqiratib yigʻlatib sigirlarni Ermatga qoʻshqoʻllab berib yubordi. Shu-shu Qosim muallim na ichadi, na qimor oʻynaydi. Yuzi shivit boʻlib ishlayotgan maktabini tashlab qo’shni tumanga koʻchib ketdi. Koʻchib ham odamlar gʻiybatidan qutilmadi.
Ermat oʻgʻirlikka ham qoʻl urdi. Birov bildi, birov bilmadi. Yaqin ikki yildirki, qishloqda mol, qoʻy yoʻqolishni boshladi. Moli yoʻqotmagan uy qolmadi, hisobi. Moli yoʻqolgan odam Ermatdan soʻray olmaydi, molidan umidini uzib qoʻya qoladi. Ermat molni uyalmay ishlatadi, ortganini akaxonlariga yetkazadi.
Farida dodlasa, urardi. Farida ham bilib bilmaslikka oladigan boʻldi. Yaqin ikki yilki Ermat togʻdan beri kelmay qoʻydi. Otini minib yoʻqolib ketadi. Bir zamonlar mast-alast uyiga qaytadi. Faridani urib uydan haydaydi. Farida qo’shnisi Mardon otaning uyida jon saqlaydi. Bolalarining ham tinchini buzib, yigʻlashiga ham qaramay qamchilab xumoridan chiqadi. Ermat ketgach, yuzi koʻkargan Farida bolalari bilan hovlida erkin boʻlib qoladi. Farida dardini kimga aytsin, bechora mushtipar.
Boʻrondan oldin tushga yaqin Ermat qoʻshni qishloqdan keldi. Hovliga kirar ekan, qir ustidagi targʻil sigirni koʻrib quvonib ketdi. Uyiga kira solib, ayvondagi sandiqdan pul oldi, hech kimga hech narsa demay, otini minib hovlidan chiqib ketdi. Odatini bilib Farida va bolalari indamadi, oʻz ishlariga mashgʻul boʻlishdi. Ermat qirga chiqib tilla topgandek quvonib ketdi. Quvonmay boʻladimi, axir shu sigirning ortidan olti oy yurdi. Eplab olib qocholmadi. Mana bugun oʻzi oyogʻi ostidan chiqib turibdi. Karimga bergan vaʼdasi amalga oshadi endi.

XIX qism
Karim ham bir hoʻkiz bilan ketmaydigan boʻldi. Endi bir amallab bu oʻlgurni sayxonlikda yetkazib olsa boʻldi, u yogʻiga ishini olchida. Xuddi atay qilgandek sigir jonivor oʻzi sayxonlikka yoʻl olmoqda.
Quyosh tikka kelgan, yengil shamol esmoqda. Qoratepa tomondan osmonda qora quyuq bulutlar quyilib kelmoqda. Goʻyo hozir yomgʻir yoki qor yogʻadigan holatga kelgan. Sigir Qabriston tomonga oʻtlab ketardi. Bu ketish Ermatga yoqardi. Chunki hozir sigirni haydasa, kimdir koʻrishi mumkin edi. Qabriston yonidan hech kim yoʻqligi uchun sigirni sal haydab yubordi. Soʻngra sigir Quriqsoy jarligiga tushdi. Buni ham omad bilgan, Ermat jarning ichi bilan ancha joygacha sigirni haydab bordi. Quriqsoy jarligidan chiqqan jonivor toʻgʻri Qoratepa tomonga oʻrmaladi. Bu yil qish iliq kelganligi sababli maysa yashil boʻlib boʻy koʻrsatgan, mollarning tishiga ilinadigan darajaga kelgandi. Har kuni ogʻilxonadan chiqmagan targʻil uchun bu yangilk boʻlib, maysani chimdib tortar, koʻkatning taʼmini ogʻzida tuyardi. Shu sababli Ermat qiynalmadi. Qir ustiga chiqqanida uzoqdan choʻpon bolalarni koʻrib, sekin otini jarlikka burdi. Sigir jarlik boʻyida yangi maysalarni tanlab yer, tamshanib boshqa maysani izlar edi. Sigirdan umidini uzgan Ermat jarlikda otini qamchilab, alamini otdan oldi. Jarlik oxiridan chiqqan Ermat koʻzlariga ishonmadi. Sayxonlik yaqinida sigir bamaylixotir oʻtlar, bolalar ham koʼrinmaydi. Ermat shoshib sigirni oʻngur yaqinidan haydab oʻzi biladigan sayxonlikka tushirdi. Otdan sakrab tushib, otni toshga bogʻladi. Sigirni aylanib oʻtib oʻzgacha chaqqonlik bilan ushlab, yonidagi arqon bilan bogʻladi. Yetaklab borib hoʻkiz yonidagi katta yogʻoch qoziqqa bogʻladi. Biroz yolgʻon mehr bilan sigirni silab turdi. Osmonga qarab entikib-entikib nafas oldi. Qanday sigira, bu sigir. Katta yelinlari aniq bir chelak sut beradi. Xazina, bu xazina. Ermat xayollar ogʻushida koʻmildi. Quvonib qoʻllarini yoyib oʻynadi. Soʻng yerga agʻnab kuldi, osmonga qarab qarsak chaldi. Ancha vaqtdan buyon bunaqa quvonmagan edi. Qanday baxt, xudoning oʻzi ishini oʻngladi. Karim yozda shu sigirni koʻrib oshiq boʻlgandi. Ermatga aka shu sigirni menga berasiz, aytgan pulingizni beraman degan edi. Salkam olti oydirki sigir tutqich bermaydi, Komilning oldida yuzi koʻp shivit boʻlgandi. Ermat irgʻib oʻrnidan turdi, va otga qarab yurdi. Otini birinchi marta mehr bilan siladi, va ustida sakrab minib oldi. Oti bilan Qoratepa ustiga chiqib atrofga qarab turdi. Osmonni quyuq qora bulutlar qoplagan, shamol ancha kuchaygandi. Qishloq tomonga qarab turdi. Mol boqib chiqqan bolalar qishloqqa yaqinlashib qolgan.

XX qism
Ermat otdan tushib, yuganini olib oʻtla deb qoʻyib yubordi.
Qoratepa ustiga mol chiqmagani uchunmi bu yerdagi yashil maysalar ancha uzun boʻlib qolgandi. Ot maysalarni tortib yeya boshladi. Ermatning yuragi hapqirardi. Qani endi Komil tezroq kelsa-yu, shu sigirni tezroq olib ketsa. Komildan hali darak yoʻq, qorasi ham koʻrinmasdi. Togʻdan uzoq-uzoqlarga termulib qaradi, oʻpkasi toʻlib nafas oldi. Shunda uzoqdan otliq koʻrindi, bu Karim edi. Ermat otini ushlab yuganini soldi. Yetaklab Komil kelayotgan tomonga qarab yura boshladi. Qalin maysadan baʼzan oyogʻi toyar, lekin bu unga taʼsir qilmasdi. Komil yaqinlashib qolgach, Ermat otga sakrab minib oldi. Ular uchrashishdi, anchagina ot ustida suhbatlashib turishdi. Keyin pastga sayxonlikka tushib borayotgan edilar, maydalab qor yogʻa boshladi. Bu qor ikkisiga taʼsir qilmasdi, ular xazina topgan tentakdek shod edi. Qor yuzlariga qoʻnar va tezda erib ketardi. Shu koʻyi ancha yurdi. Birozdan keyin shamol kuchayib boʻron boshlandi. Shu payt sayxonlikda bir eshakli sigir va hoʻkizni yetaklab yurganini koʻrishdi. Keyin otni oʻrtga burib biroz yurgach, boʻron kuchaydi. Ular boʻronda ancha tortishdi va qayoqqa ketayotganini unutishdi. Boʻron avjida ikkisi bir-birini yoʻqotib qoʻydi. Ermat otini u yoqdan, bu yoqqa choptirib Karimni chaqirib izladi. Shuncha sarson boʻlgani qoldi, baribir Karimni topmadi. Karim pishiq bola, bu yerlarni besh qoʻlday biladi. Uyiga qaytib ketgan boʻlsa kerak, men izlab yuribman, deb oʻyladi Ermat. Hayo hayt deb Ermat uyiga qaytdi. Jon oʻziga shirin, bu boʻronda boshqa iloj yoʻq edida. Ermat shu kuyda qancha yurganini bilmaydi. Tanasi muzlay boshlaganini sezdi, otini qamchilab tezlatdi. Ot jonivor boʻronda qiynalib chopar, chuqurlikni ham sezmaydigan darajaga yetgan, yoʻlini zo’rg’a topib borardi. Boʻron avj olar, chuqurlar qor uyumidan gurtuklarga toʻlib qoldi. Past -balandlik sezilmaydi, toshlar ustida hosil boʻlgan muzlar otning yurishiga xalaqit berardi. Shu ketishda tun yarmida Ermat oʻzi bilmagan holda Quriqsoy jarligi yonidan oʻtardi. Ot jonivor jarlikni sezib yonga burildi. Birdan otning burilishi Ermatning gʻashiga tegdi. Kuchini toʻplab otning boshiga qamchlay boshladi. Ot jonivor tipirchilab, ortga tisarilardi. Ermat oʻzi bilmay otni jarlikka qarab haydaydi, qamchilab joniga ozor berardi. Ot jonholatda koʻkka sapchidi. Ermat ot ustidan uchib ketdi. Shu ketgancha pastlikka quladi. Ot qutilganiga shukur qilib uyga tomon yeldek yugirdi. Hovliga yetib kelib kishnay boshladi, lekin boʻronda ot ovozini hech zogʻ eshitmadi. Sovuqda ot qaltirab, otxona eshigi ochilishini intiq boʻlib kutib turdi. Shu turgancha tongni orttirdi. Tong otgach Ermatning katta oʻgʻli uni koʻrib qolib, otxonaga kirgizib ustini tozaladi. Oldiga bir bogʻ beda tashladi

XXI qism
Oldiga bir bogʻ beda tashladi. Ot uzoq qiynalishdan soʻng xashakni yutoqib yeya boshladi. Boʻron avj olar, bu ot jonivorga endi bilinmas, xashakni tamshanib kavshardi.
Malika xola
Malika xola yoshligida chiroyli loʻppi yuzli, boʻyi uzun, sochi yerga tekkudek qiz edi. Kamgap, sodda qiz boʻlib, oddiy oʻzbek qishloq qizi edi. U paytda maktab boʻlmagan savodi chala edi. Akalaridan harflarni tanib olgan gazetani hijjalab oʻqiy olardi. Birovga tik boqmagan iboli qiz edi. Qop-qora, uzun sochlari belidan pastga tushar, o’ziga yarashib turardi. Ko’zlari kulib turuvchi, ingichka qaldirg’och qanotiday qoshi o’ziga xos-mos edi. Doimo mayda qadam bilan yurardi. Koʻcha-kuyda koʻrinmas, otasi va akalari ruxsatisiz ostona hatlab chiqmasdi.
Bir kuni qoʻshnisi bolalariga el duosini olay deb kurash berdi. Onasining ruxsati bilan Malika qizlar bilan uy tomida oʻtirib kurashni tomosha qilishdi. Qizlar uchun tomda tomosha qilish ham kata baxt edi. Oʻyin qizigʻida davra bir polvonni chorlay boshladi. Davraga alp kelbatli yigit chiqib kelib bakovul qoshida oʻtirdi. Hamma qiyqirib chapak chalib polvonni olqishladi. Malika buning nimasiga qarsak chalishadi, oddiy polvon boʻlsa, deb ajablandi. Polvonga bir raqib chiqib olisha boshladi. Birozdan keyin boyagi raqibini koʻtarib yerga urdi, davra hayiqib yubordi. Davraboshi polvonning qoʻlini ushlab koʻtarmoqchi edi, polvon qoʻlini tortib olib, "Hali halol yiqitmadim" dedi. Davra uh tortdi. “Halolligini qara, ey uka buni boshqa yiqilmaysan, rozi boʻlaver” - dedi olomon orasidan kimdir. “Men, halol yiqitishni xohlayman, polvonning bir kuragi yerga tegdi, ruxsat bering, qayta olishay” - deb turib oldi. Olomon “Halol, qoʻy kurashma, bu polvonni hali hech kim yengmagan. Hoy, Mardon mardligingni bilamiz, lekin sen halol yiqitding, qoʻy uka, xalqqa quloq sol!” - deyishsa ham, polvon unamadi. Davraboshi “O’ʻzing bilasan, uka!” - dedi. Haligi polvon quvonib sakrab davraga tushdi. “Endi seni yiqmasam boʻlmaydi?”- deb oʻylaydi ichida raqib. “Yiqitsam, halol yiqitaman, ikki kuragini yerga tekkizib, osmonni koʻrsatib, yulduzni sanatmasam, hisob emas!”, - dedi ichida mard polvon.
Ular uzoq olishdi. Bir hal mard polvonni raqibi yiqitish uchun barmogʻini ilib olib qaytdi. Joni ogʻrigan mard polvon dodlab yubordi. Davraboshi darrov ajratib qoʻydi. Nomardlik qilma deb raqib polvonni ogohlantirdi

XXII qism
Mard polvon davraga qaytib kirib, raqibini ushlab, siltab tortdi va osmonga koʻtarib yerga urdi. Raqib osmonga boqib jim qoldi. Davra mard polvonni olqishlab alqadi. Malika tom chetida turib polvonga qaradi, polvon ham qarab turgan ekan. Koʻzlar toʻqnashib, tezda boshqa yoqqa qaratildi. Yuraklar gupillab urdi, tomirlarda qon koʻpirib aylandi. Dillarda ajib hislar joʻsh urdi. O’yin tugadi. Malika qizlar bilan kulishib tomdan hovliga tushib ketdi. Mardon orqasidan yashirincha qarab qoldi. Shu kuni Malika Mardonning yuragidan urgan ekan. Ikki kundan keyin suvga chiqsa, bir kampir uni kutib turgan ekan. Dil rizosini boyagi polvon soʻratibdi. Malika yerga qarab “Uydagilar biladi” - dedi va tezda ortga qaytdi. Tezda sovchi keldi va toʻy oʻtdi. Malika yettinchi osmonda uchib yurar, baxtdan sarmast edi. Oradan yil oʻtdi, lekin kutgan baxtdan darak yoʻq. Oradan oʻn yil oʻtgach qizi Umida tugʻildi. Boshi yettinchi osmonga yetdi go’yo. Baxtdan sarmast uchdi. Soʻng uni xudo bir oʻgʻil va yana ikki qiz bilan siyladi. Ayniqsa ikkinchi farzandi Safar tug’ilganda Malika xolaning bir quvonchi o’n bo’ldi. Malika xola Safarni uzoq cho’lda dunyoga keltirdi. Unda eri bilan cho’lda mol boqardi. Cho’ponga qiyin oilasi bilan davlat aytgan joyga borib mol boqadi. Qizi Umida endi yurib boshlagan edi. Qish yaqinlashgach chorvadorlar qishlov uchun ovulga qaytardi. O’sha kuni erkaklar qo’y suruvini tongdanoq haydab yo’lga chiqishdi. Sherik cho’ponlarning ayollari esa chodirni yig’ishtirishga kirishdi. Chodirlar yig’ilib bolgach ko’pchilik bo’lib yo’lga tushishdi. Kechga yaqin Malika xolaning to’lg’oq azobi boshlandi. Hamma to’xtashga majbur bo’lishdi. Qo’shni kayvoni kampir ko’magida Malika xola pahlavondek o’g’il tug’di. Kayvoni kampir chaqaloqqa “Safarboy” deya ism qo’ydi. “O’z ismi, o’zi bilan qo’yildi. Safarda tug’ildi, ismi Safarboy bo’lsin dedi. Doimo ota-onasi bilan safarda yursin,”- deya duo qilgandi qo’shni kampir. Yillar o’tdi. Bolalari ulg’aydi. Oilali, baxtli bo’lib ketishdi. Shirin nabiralar ardogʻida. Qo’shnisi Samadning bolalari ham xuddi oʻzining nabirasidek boʻlib ketgan. Hovliga kirgan Samadning bolalari “momojon” deb kiradi. Malika xola ularni begona bilmay, mehr berib qarardi.
Mardon bobo bilan shuncha yil turmush qurib, yomonlik koʻrmadi. Yaxshi-yomon kunida yonida tirgak boʻldi. Oʻgʻli Safardan ayrilganda, cholining taskini bilan hayotga qaytdi. Qizlari bilan ovundi. Shular uchun yashashga majbur ekanligini his etdi.
Oʻsha kuni cholini bekor yoʻlga soldim deb oʻkinardi. Shu sigir oʻlgur oʻzi qaytib kelardi, kelmasa ham mayli edi. Endi butun boshli cholidan ayrilib oʻtiribdi. Oʻlib qolgan boʻlsa nima boʻladi. Malika xola bu hovlida qanday yashaydi.

XXIII qism
Qizlari yolgʻiz qoʻymas, olib ketar, balki. Lekin kuyov baribir kuyovda, oʻgʻil boʻlarmidi? Voy nega yomon oʻy qilayapman, boboy tirik, albatta uyga omon qaytadi. Bu lanati boʻron toʻxtay qolsa boʻlmasmikan? Peshonamdan shu kunlar ham bormidi? Malika xola oʻychan boʻlib derazadan tashqariga alanglab qaradi.
Qizlari kelib Malika xolaga ancha tirgak boʻldi. Qizlari kelishdan oldin, choli yoʻqolgan kuni tunni bedor oʻtkazdi. Kutganda vaqt o’tmaydi. Xuddi soat to’xtab qolgandek edi. Malika xola tez-tez soatga qarar, to’xtab qolmadimi drya termulardi. U yoqdan bu yoqqa ag’nay-ag’nay tongni ottirdi. Tong otgach asta turib shaharga ketuvchi taksilar yoniga yugirdi. Bo’ronda zo’rg’a topdi o’ziyam o’sha joyni. Bo’ronda kata shol ro’moli qor bilan qoplanib, bo’yniga qor kirar, ammo Malika xola parvo qilmasdi. Borsa baxtiga hali mashinalar ketmagan ekan. Malika xolani koʻra solib, haydovchi bolalar yugirib keldi.
-Shaharga borasizmi, momo? - deyishdi baravariga ikki haydovchi yigit.
- Yoʻq, oʻrgilaylar, bobongiz boʻronda yoʻqolib qoldi. Qizlarimga aytib qoʻya olmaysizlarmi? - dedi Malika xola, yig’lagudek bo’lib. Qizlarimdan qaysiga aytsalaring ham mayli, oʻrgilaylar.
-Kim yoʻqilibdi? - mashina ichidan sakrab tushib soʻradi, Turdiboy.
-“Mardon bobo”, - deyishdi bolalar.
-Malika yanga, men oʻzim xabar beraman, xavotir olmang -dedi Turdiboy yoqasidagi qorni qoqib.
Malika xola boʻronda qiynalib uyiga qaytar ekan, umid bilan atrofga alanglab qaradi, xayolida choli uyga qaytganu, uni kutib oʻtirgandek tuyilaverdi. Hovli, uyni bir aylanib chiqdi. Endi uyga kirmoqchi boʻlgan edi, tashqarida ot kishnadi. Hovliga Ahmadjon kirib kelib bobosini soʻradi. Keyin ortga qaytib izlagani ketayotganini aytdi. Malika xola uyiga kirib, uyiga sigʻmadi. Uyiga kirib, chiqaverdi. Boʻron tinmas, kun oʻtmasdi, nazarida. Tushga yaqin oqsoqol, Oʻlmas saqov bilan kelib hol-ahvol soʻradi. Oqsoqol qishloqdagi odamlar bilan boʻron toʻxtasa koʻplashib izlashini vaʼda qilib ketdi. Oʻlmas boʻlsa duduqlanib uyda uzoq oʻtirdi. Malika xola O’lmasni bolasiday yaxshi ko’radi. Bu o’sha bolalarini dunyoga kelishiga xizmat qilgan qo’shni doya kampirning katta nabirasi edi. Katta nabiralari tug’liboq dunyoda o’taverdi. Nihoyat, O’lmas tug’ildi. Uni ham o’z nomi bilan, endi bunisi yashar o’lmas deya, O’lmas qo’yishdi. Tug’ilganidan duduqlandi.

XXIV qism
. Katta bolib ham duduqlanishi qolmadi. El uni O’lmas soqov deya atashdi. Malika xola choy damladi, Oʻlmas bilan birga tushlik qildi. Tomogʻidan narsa oʻtmadi, yegan narsasini bilmadi. Oʻlmas ham uydan chiqib ketdi.
Malika xola tashqariga chiqib boʻronni qargʻab qoʻydi. Xuddi qarg’ishi ta’sir qilib bo’ron to’xtab qoladigandek uzoq qarg’andi. U yoqda bu yoqqa samarasiz yurdi. Devor yoniga, hovli burchagidagi molxonaga bir necha bora borib keldi. Xuddi nazarida choli kelib molxonadan chiqolmayotgandek tuyildi. Natijasiz ortga qaytardi. Uyga tez-tez kirib chiqardi. Boshqa nima ham kelardi qoʻlidan.
Tushga yaqin uyiga kirdi. Pechkaga olov yoqdi. Bolalari kelib qolar deb qozon osdi. Uyida bor goʻshtni solib, shoʻrva osib qoʻydi. Shunga ovunib kunni kech qildi. Soʻng bolalari kelib tunni bir amallab oʻtkazdi. Ularga ovunib tongni tezda qarshiladi. Ertalabdan molxona va darvozadan xabar olib keldi. Samarasiz uyga kirib nonushta tayyorladi. Nonushtadan so’ng qishloq ahli cholini izlashga umid qildi. Duo qilib o’tirdi.
Tongda bu voqea boʻlib qoldi. Yoshgina Ermatga achindi, ichi ezildi. Ko’zlardan tomchi-tomchi yosh dumaladi. Ermatning bolalarini uyiga olib chiqib, choy berdi. Uyda oʻtirishni tayinladi. Ermatning uyiga qaytib borsa, deyarli odam yoʻq. Malika xola qoʻshnilardan oʻkindi. Shunday kunda kelmasaya, bu qarindoshlar. Odamlarga nima boʻlayapti, mehr qayga yoʻqolayapti.
Tashqarida boʻron toʻxtagan boʻlsada, havo sovuq edi. Sovuq odamlarni ich-ichidan oʻtardi. Malika xolaning kuyovlari tashqarida Ermatning katta oʻgʻli bilan safda turib, kelgan odamni qarshilardi. Qizlari Faridaning yonida Ermatning mayiti oldida, odam kelsa yigʻi-sigʻiga qoʻshilib turdi. Malika xola pechkaga olov yoqar, hammaga “Ichlaring isiydi” deb choy quyib berardi. Lekin koʻzlari yoʻlda, Ahmadjondan xabar kutardi. Bir-bir kirib qaytib ketayotgan kishilar undan Mardon boboning daragini soʻrar, koʻngliga tasalli berardi. Shu taskin ham choli topilganday koʻngliga malham boʻlardi.
Tushga yaqin Faridaning yaqinlari yetib keldi. Bechoralar bu qorda qiynalishib kelishibdi. Mashina yurishiga imkon yo’q bo’llgach, ot-eshakda kelishibdi bechoralar. Usti-boshlari hol bo’lib ketishgandi. Malika xola uyidan o’zining kiyimlaridan olib kelib kelgan ayollarning kiyimlarini almashtirdi. Axir ular yo’lga chiqqanlarida bo’ron hali tinmagan edida. Kelganlardan rahmat eshitgan, Malika xola ho’l kiyimlarni o’z uyiga olib kelib pech yoniga ilgakka ilib qo’ydi.

XXV qism
Ermatning bolalariga taom bergach azador uyga qaytib bordi. Kelgan ayollar yig’lab ancha hovuridan tushib qolishgandi. Malika xola bilan yana bir kampir kelgach ayollar yana yigi-sig’iga zo’r berishdi. Biroz yigʻi-sigʻidan keyin uyda ham, tashqarida ham yoʻqolgan Mardon bobo haqida suhbat ketardi. Kimdir tirik desa, kimdir muzlab oʻlgan boʻlsa kerak derdi. Malika xola bularga eʼtibor qilmas, dilida yaratganga nola qilardi.
Tashqarida “Mayitni tayyorlanglar, vaqt boʻlib qoldi, harakat qilinglar,” - deya oqsoqolning ovozi eshitildi. Ichkaridan ayollarni Malika xola olib chiqdi. Uyga yuvuvchi gʻassollar kirishdi. Malika xola qizlari bilan kayvoni ayollarni uyiga taklif qildi. Janaza oʻqishda ayollar panada turishadi, shu sababli ayollarni uyiga chaqirib chiqdi.
Uyiga ayollarni kiritib boʻlgan edi hamki, Ahmadjon kelib qoldi. Cholini topilmaganini bilib, oʻtirib qoldi. Oyoq-qo’llari muzlab, boshi aylanib ketdi. Ahmadjonning yordami bilan oʻrnidan turib oʻziga va Ahmadjonga taskin berdi. Roʻmollarini toʻgʻirlab oldi. “Topiladi, oʻgʻlim, topiladi “- deb gʻoʻldirab qoʻydi, Malika xola. Ahmadjon Qoratepaning orqasidan izlamoqchi ekanligini aytib, ketmoqchi edi. Malika xola Ermatning janazasini oʻtkazib keyin izlaysan deb, Ahmadjonni koʻndirdi. Soʻng Ahmadjon janazadan keyin izlashga rozi boʻlib, qoʻshni hovliga oʻtib ketdi.
Malika xola uyiga kirib, ayollarga choy damladi.dasturxon yozib meva-cheva qo’ydi. Mehmonlarni olib o’tirishga chorlab o’zi qoshni uyga, qizlarining yoniga o’tdi. Qizlari azaxonada o’tiraverib oyoqlari tolgandi. Umida to’rda yotib olgandi. Malika xola qizlariga ham dasturxon tuzab choy damladi. O’zi ham o’tirib choy ichdi. Bir payola choy ichib turmoqchi edi, qizlari unamadi. Malika xolani qiyin-qistovga olishdi, zo’rlab biror narsa yeyishga undashdi. Qizlarining qistovi bilan ozroq non yedi. Qizlariga “Dam olinglar,” – deb qo’shni xonaga otib ketdi. Uydagi ayollar choy ichib o’tirishardi. Malika xola pechning og’zini ochib o’tin tashladi. Pechkada olov gurillab yondi. Choynaklardagi choylarni yangiladi. Ayollar qistovi bilan poygakka omonatgina o’tirdi. O’tirishi bilan ko’zi ko’chaga tushdi, lekin tezda yerga qarab otirib oldi. Ayollar har xil mavzularda gʻiybatlashar, bu gaplar Malika xolaning qulogʻiga singmas edi. Uning fikri- xayoli cholida edi.

G'ordagi tavba yoki taqdir chiziqlari
XXVI qism
'Turdiboy
Turdiboy yoshligidan oʻzim boʻlay deb ulgʻaydi. Esini taniboq uyidagilardan narsani qizg’anib o’rgandi. Og’zi to’lib tursa ham ko’rganini qo’liga to’plab olardi. Otasi ishdan kelganidan tizzasiga chiqib olar, boshqa hech kimni yaqinlashtirmas edi. Mabodo otasi tizzasidan tushirsa ko’zini pirpiratib, yig’lamsirab turardi. Unga hammaning achinishini istardi. Maktabda oʻqiganda ham darsda oʻzidan hech kimning oʻzishini istamasdi. Darsda bilmay qolsa bormi, koʻzlarini pirpiratib yalinib turaverardi. Maktabni tamomlabolgach, otasining tanishlari orqali oliygohga kirib,o’qidi. Otasining boyligi tufayli qishloqqa oʻqituvchi boʻlib keldi. Boshiga oq shapka, ustiga qora kastyum-shim, qora tufli kiyib yurardi. Koʻrinishi sipo, lekin uning ichida nima borligini hech kim bilmasdi. Maktabda ilk ishlagan yiliyoq oʻquvchilar bilan ishlash tajribasi yoʻqligini koʻrsatib qoʻydi. Bolalar bilan ishlay olmadi, sababi oʻz fanini yaxshi bilmasdi. Oʻqituvchilar bilan chiqishib ketmadi. Ayniqsa, ilmiy boʻlim mudiri bilan kelisha olmadi. Uning aybini aytishi, Turdiboy uchun ogʻirlik qildi. Keyingi yili asta rahbarga yaqinlashib, qanotiga kirib oldi. Tilyogʻmalik bilan rahbarga aytib ilmiy boʻlim mudirligini bir amallab oldi. Endi uning tili uzun, qoʻli chaqqon boʻlib qoldi. Ancha yillar bu lavozimda ishladi. Direktor nafaqaga chiqqach, oʻrniga oʻtirdi. Tezda oʻqituvchilar bilan kelishib ancha pul ishlab topa boshladi. Yarmi senga, yarmi menga qabilida ish yuritdi. U ilonning yogʻini yalagan odam boʻlgani uchun koʻp qiynalmadi. Yuqorini ham tilyogʻmalik bilan qoʻlga olgan, xullas ishlari "besh" edi.
Turdiboy oʻzi Mardon boboga yaqin qarindosh boʻlib, orada bordi-keldi uzilib uzoqlashib ketgan edi. Turdiboy ota-onasi borida Mardon bobo bilan yaqin edi. Ota-onasi oʻtgach aloqani uzib qoʻya qoldi. Turdiboy birovnikiga mehmonga boraverar, lekin uyiga mehmon borishini istamasdi. Mabodo kimdir adashib uyiga kirib qolsa, “Topganim shu, ancha qimmat zo’rg’a topdim, ko’rish bor, yeyish yo’q. Hazil!” – deb qo’yardi. Uyiga bir borgan odam bu qiligʻidan uyalar, Keyin oʻylab bormas edi.
Turdiboy hamma narsani hisob kitob qilib yurardi. Choʻntagida eski sigateta qutisi va unda bir dona sigaret boʻlardi. Odamlarning orasida sigareta chekkisi kelib qolsa, yonidagi odamdan soʻrab qolardi. Agar unga sigaret berishmasa, oʻzining choʻntagidan qutini olib oʻzinikini chekardi. Shunga ham oʻzi pul sarflamas, oqkoʻngil tanishlaridan ikki-uchta sigaret soʻrar va qutisiga solib qoʻyardi.