Zafar Muminov ijodi
104 subscribers
1 photo
2 videos
13 files
Download Telegram
Chala qolgan surat
Qissa
58-qism


Anavi tog’a-jiyanning tobuti ham bo’lmadi. Maxsus qutilarga suyaklarini joylab kelibdi. Qiyin bo’ldi, yaqinlariga. Quchib yig’lay desa jasadi yo’q. Odamlarning aytishicha suyaklarini ajratish ham qiyin bo’libdi. Aralashib ketgan emish. Iloj yo’q, endi kech. Bu dunyoni o’yin bilganlarni xudoning o’zi o’ynatib qo’ydi. Qilmish-qidirmish deyishgan. Taqdiri shunaqa ekan.
Davron jim o’tirar, Husan akaning gaplariga e’tibor ham bermasdi. Husan aka biroz o’tirgach, o’rnidan turdi.
- Davron, bu direktorning bolasiga qiyin bo’libdi. Aqldan ozib qolgan emish. Jabbor tog’asi oldida o’tirgan emish. U janazaga ham kelmadi. Shotirlari kelib ketdi. Bola tamom bo’ldi. Uni boylik yo’ldan ozdirdi. U buni ko’tara olmadi. Shunaqa gaplar.
- Bularni nega menga aytmoqdasiz? Menga qizig’i yo’q. Biri o’lsin, biri qolsin, - dedi Davron xunob bo’lib.
Husan aka Davronga ajablanib qaradi. “Shu o’zimizning Davronmi?” – deya o’ziga savol berdi. Biroz achchiqlanib turdida, Davronning yoqasidan ushlab o’ziga tortdi. Bu harakatdan Davron qo’rqib qoldi.
- Seni tanimay qoldim, uka. Sen mening jigarim Davronmisan? Nega o’zgarib qolding? Hayotning birinchi zarbasiga dosh bera olmas ekansan o’lib ket. Bor ana, tog’ga chiqib bo’rilarga yem bo’l. Katta jarlikdan o’zingni tashla, oson o’lasan. O’zingni os. Joning qiynalsa ham, men qiynalmayman. Oilang qiynalmaydi. Bu turishda sen befarq bo’lib qolasan. Befarqlik yomon, u o’lgandan yomon. Sen tirik yurasan, atrofingga qaramaysan. Birovga egilib holini so’rashga yaramaysan. Bunday yashagandan ko’ra hozir o’lganing yaxshi. Yaqinlaring bir kun yig’lar, bir oy yig’lar, keyin o’rganib ketishadi. Hayotga befarq bo’lib yashasang, ular har on senga achinib yig’lashadi. Senga shu kerakmi? Ayt?
Davronning nafasi bo’g’ildi. Husan aka chin dildan uni bug’ib qo’ygan edi. Davron o’zini uning changalidan amallab qutqarib olib, entikib nafas oldi. Husan aka ham qilgan ishidan qo’rqib qoldi.
- Hazilni bilmas ekansiz, - dedi Davron og’ir nafas olib. – Men shunaqa insonga o’xshaymanmi? Meni bugun tanidingizmi? Hazillashdim. Janazalarga keliningiz ketdi. Men Yigitali bilan qoldim. Endi aylanib hol so’rab chiqaman. Sal hayotdan charchagan edim, to’g’ri qildingiz. Endi sizga o’zimni kaltaklatib turaman. Aka, ana keliningiz kelayotir. Bizni bu holda ko’rib, bechora hayronda. Aytib qo’ymang. Biroz kurashdik deymiz. Aka, sizga rahmat.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
59-qism


Davron qo’rqib gapiga yolg’on aralashtirib aytardi. Husan aka jim edi. Davronning ayoli kelib ulardan hol so’radi.
- Dadasi, bu nima hol? Yigitalining bobosiga nega baqirmoqdasiz? Uyat emasmi? – deya Husan akaga o’girildi. – Aka, ukangiz nega bunday qildi? Urib tashlang, siz kattasiz. Qani uyga kiraylik.
Ayol uyga kirib ketdi.
- Uka, seni yana bir bora shu holda ko’rsam ayab o’tirmayman. Qasam ichaman, otimning qamchisi bilan kaltaklayman. E, meni bolalaring qamatib yuborsa ham mayli. Sen yoki aslingga qayt, yoki o’lishni tanla. Boshqa yo’ling yo’q.
Husan aka shunday deya jo’nashga hozirlik ko’rdi. Ichkaridan chiqqan ayol Husan akaga yuzlandi.
- Aka, vaqtingiz bo’lsa iningiz bilan azador xonadonlarga birgalikda borib keling. Boya Yigitalidan xavotir olib bora olmagan edi. Har holda bir qishloqning odamlarimiz. To’yimiz, azamiz bitta bo’lsa. Iningiz biroz gina ham saqlayayotir, chamamda. Ayting borib kelsin. Ertalab borishga unamadi. Indamay o’zim ketdim. So’ragan ayollarga yo’lda charchagandir, deb aldash bilan kunni o’tkazdim. Bunaqa qilmasin. Boyaqishlarga qiyin bo’ldi. Ayniqsa, ikkalasi butunlay yonib ketibdi, qarang. Bola bechora esa jinni bo’lib qolibdi. Aka, o’zingiz olib boring. Bu kishi jahl ustida bir narsa demasin, iltimos.
Husan aka Davronga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra ayolga tasalli berdi.
- Rahmat, kelin. Boringga shukur. Bu axmoqni o’zim olib boraman. Meni aldab o’tiribdi. Biz hozir birgalikda aylanib kelamiz. To’g’ri aytding, mehr sovimasin. Mana biz ketdik.
Husan aka Davronni qo’ltiqlab oldi. Biriz yurib past ovozda gapirdi.
- Xudo seni shunday oqila ayol bilan siylagan. Qara senga qanday yaxshilik qilmoqda. Sen axmoq, bunaqa ish qilib o’tirsang. Kelin to’g’ri aytdi, odamgarchilik qilib yasha. Yur, arazni yug’ishtir. Bir aylanib kelamiz. Qani erkakka o’xshab yur. Bunaqada hajiqiz bo’lib qolasan, yur. Kelin qarab turibdi. Uni ham xafa qilma. Ayolni xafa qilish eng og’ir gunoh. Qani bir dadil yur.
Davron ilojsiz holda Husan akaga ergashib qishloq bo’ylab yurdi. U bu insonlar bilan aloqani butkul uzmoqchi edi, aslida. Ayoli bu haqda Husan akaga aytgach, iloji qolmadi. Husan aka u uchun otasidek bir zot. Hatto avliyosifat odam.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
60-qism



Uni ranjitishning o’zi bo’lmaydi. Ular birinchi Salimning uyiga kirishdi. Yaqinlari hali tarqalishmagan ekan. Duo qilishib hol so’rashdi.
- Shunday kerakli odamni mashinada bosib ketishibdi. Hozir malakali, pochchamdek bilimli doktorlarni topish, igna bilan quduq qazishdek bir gap. Men hali u churvaqaga ko’rsatib qo’yaman. Tog’asi qutqarish uchun jinnixonaga tiqibdi. Men uning umrini turmada chiritaman. Eng kerakli, qishlog’i uchun jonidan kechib xizmat qilgan doktorni shu holga solishsa. Bu nima ahvol?
Aftidan gapirayotgan Salim qoraning poytaxtda ishlaydigan qayinukasi edi. Davron unga zahrini sochmoqchi edi, Husan aka biqiniga “Jim” deya turtdi. Davron yerga qaradi. Husan aka uzr aytib o’rnidan turdi. Davron unga ergashdi.
Ular yana ikkita azador uyga kirib chiqishdi. Ular ham taqdirdan nolib yo’’qotgan insonlarini begunoh farishta kabi tasvirlashdi. Bu safar Davron o’zini bosib o’tirdi. Husan aka unga bu haqda ko’p bora tushuntirib bergan va jim o’tirishiga va’dasini olgan edi. Davron yelkasidagi odamgarchilikning yana bir qarzidan qutilib biroz yengil tortib qoldi. Odam taftini odam oladi, deb bekorga aytishmagan ekan. Garchand o’zi uchun yoqimsiz suhbatlarni eshitgan bo’lsa hamki, Davronning qalbi yengillashdi. Nafas olishi yengil bo’lgandek bo’ldi nazarida.
Azador uylarni aylanib chiqqan ikki inson qishloq o’rtasidagi soylikdan indamasdan izma-iz yurib ketishardi.
- Davron, bilasanmi? – dedi Husan aka yurishdan to’xtab. – Yulduz ham kasal bo’lib qolibdi. Kecha yaxshi edi, bugun ishtahasi yo’q. Uni Yigitaliga olib bormoqchi edim, nasib qilmadi. Shamollagan bo’lsa kerak deya ustini qalin qilib kelgan edim. Nevaram qarab turibdi. Endi bu jonivor ham qaridi. Salkam yigirmaga kirmoqda. Bu otga mehrim boshqacha edi. Endi boshqa ot tarbiyalay desam qarilik kuchini ko’rsatmoqda. Davron Yulduzning besh yashar bolasi bor. Qancha odam sot dedi, sotmadim. Shuni senga bersam o’zing ko’pkariga tayyorlab minib yur. Har holda sen ham katta chavandozning o’g’lisan. Otangning ham ruhi shod bo’lardi. O’zim eplay olmayman. Zo’r ot bo’ladi. Ismini Qaytmas qo’yganman. Nima deysan?
- Bilmasam, - deya yelkasini qisdi Davron ham yurishdan to’xtab. – O’zingiz tarbiyalang. Menda shuncha yumush boshimda bor. Hali Yigitali…
Davron gapini davom ettira olmadi.
- Shunday qilma endi, inim, - dedi Husan aka oldinda yana yurib keta turib, - Bu hayot sinovlariga dosh berganlargina baxtli bo’lib yashashadi. Sen barini yengasan.





Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
61-qism


***
Keyingi bir hafta yaxshi o’tdi. Yigitali dorining kuchi bilanmi, yoki bir necha kun miriqib uxlagani sabablimi, ancha bardam bo’lib qoldi. Hol so’rashga kelganlar bilan suhbatlashar, qishloqdagi yangiliklar haqida bilishni istar edi.
Havo yaxshi kunlari dadasi uni tashqariga ko’tarib chiqarardi. Yigitali ko’pincha tosh ustida o’sgan gullarni tamosha qilib o’tirishni istar edi. Dadasi ham bu istakka qarshi chiqmas, uni xarsang tosh yoniga olib borib, o’rindiqqa o’tqazib qo’yardi. Yigitalining ustiga qalin ko’rpa yopib, yolg’iz xayol surishiga qo’yib berib, o’zi uzoqdan kuzatib o’tirardi.
Davron bolasidagi bu o’zgarishlardan quvonib qo’yardi. “Nahotki, nahotki, tuzalib ketsa”. Davronning qalbida umid uchqunlari paydo bo’lgan va ishonchi ortib bormoqda edi. Ayoli ham xursand. Toshkentdagi tanimagan doktorini uzoq duo qilardi. Ayniqsa Husan akani har soatda bir eslab duo qilishni kanda qilmasdi. Bolasiga qarb quvonib to’ymasdi.
Husnora ham kuniga ikki-uch marta kelar, Yigitali bilan soatlab suhbatlashib o’tirardi. Husnora Yigitaliga rasm chizishni taklif qilar, ammo bunga imkon topa olmasdi. Yigitali rasm chizishni istamas edi. Husnora baribir chizish haqida ko’p gapirardi. Husnora uyiga qaytar ekan, ertaga baribir rasm chizdiraman, deya niyat qilib ketardi.
Sakkizinchi kuni, yani aprel oyining ilk kuni, kechga yaqin Yigitalining dardi bezovta qilib qoldi. U ko’zlarini katta ochib, ko’ksiga mushtlardi. Og’ir nafas olib, dodlab baqirardi. Halovatini yo’qotib, o’zini u tomondan, bu tomonga qarab chayqardi. Og’zidan oppoq ko’pik kelar, tili og’zidan chiqib ketardi. Ko’zlari kosasiga sig’may ketgandek olazarak bo’lib atrofga qarardi.
Dadasi va onasi shoshib qolib, nima qilishini bilmay gangib qolishgandi. Onasi uning og’zini artar, dadasi qo’llarini silardi. Shu payt uyga Akbar va Husan aka kirib kelishdi. Ular Toshkentdagi doktorga Yigitali haqida hisobot berib, zarur tavsiyani olish uchun tog’ga borib kelishgandi. Akbar darhol qizil qutichani ochdi. Ichidagi maxsus emdorini Yigitalining tomiriga jo’natdi. Orada besh daqiqa o’tib Yigitali ancha o’ziga kelib qoldi. U ko’zini ochib atrofga qaradi.
- Bolam, senga nima bo’ldi? Bizni rosa qo’rqitding, endi yaxshimisan?
Onasi shunday deya Yigitalining yuzlarini artib tozaladi. Yigitali boshini qimirlatib qo’ydi. U hozir nima bo’lganini eslay olmadi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
62-qism


Akbar Davronni tashqariga chiqishiga ishora qilib o’rnidan turdi. Davron unga so’zsiz ergashdi. Ular tashqariga chiqishdi. Akbar yonidan sigareta olib chekdi. Uydan ancha uzoqlashib ketdi. Biroz ortda qolgan Davron uning ortidan yetib oldi.
- Nima gap? Hozir nima dori berdingiz? Shunchalik ahvoli yomonmi?
Davron yerga qarab tinimsiz savol berardi. U Akbarga qaray ham olmasdi. Nazarida unga qarasa ko’zidagi yoshini ko’rgan Akbar, butun qishloqqa aytib beradigandek edi, go’yo.
- Davron do’stim, - deya gap boshladi chala chekilgan sigaretani chetga otgan Akbar. – Biz hozir kerakli topshiriqni olib keldik. Doktorning aytishi bo’yicha bu holat ertaga boshlanishi kerak edi. Bu kasallikning eng yuqori bosqichi ekan. Hozirgi dori nihoyatda kuchli dori sanalib, tanadagi og’riqni sezdirmasdan turar ekan. Doktorning aytishicha birinchi dorining kuchi yigirma- yigirma ikki soatga yetar emish. Keyingilari tezlashib ketar ekan. Xullas, bu oxirgi chora.
- Nega bu dorini berdingiz? Sabr qilsangiz bo’lar edi-ku. Doktor ertaga degan bo’lsa bugun nega berasiz? Menda qasdingiz bormidi?
Davron yerga o’tirib qoldi. U hiqillab yig’lardi. U ovozsiz yig’lardi.
- Davron do’stim, - dedi Akbar uning yoniga o’tirib olib. – Men ham ilojsizman. Qani imkoni bo’lsa, bu darddan bolangni forig’ qilsam. Bilasan, bu dardga davo yo’q. Endi men ham bir ojiz bandaman. Doktorning aytganini bajardim. Agar bu dori berilmasa bemor darhol jon taslim qiladi. Biz bolangning sal bo’lsa ham umrini uzaytirishga va qiynalishining oldini olishga urinmoqdamiz. Shunaqa, do’stim.
Davron o’rnidan turib uyga qarab jo’nadi. Akbar - “Ertalab kelaman.” - deya jo’nab ketdi. Akbar ketgach Davron uyiga kirdi. Yigitali ancha tetik bo’lib qolibdi. Husan bobosi bilan suhbatlashib o’tirishganini ko’rib, Davron qo’shni xonaga kirib ketdi.
Ayoli kechki ovqatni hozirladi. Hamma dasturxon atrofiga yig’ilishdi. Yigitalining ukalari boyagi holatidan qo’rqibmi, harqalay dasturxon atrofida jim bo’lib o’tirishdi. Ularning holatini ko’rgan onasi dashnom berdi.
- ha bolalarim. Nega jimbo’lib qoldinglar? Xuddi ini buzilgan chumchuq bolasidek bo’lib mung’ayib o’tiribsizlar. Qani bir yayranglar. Ana akalaring ham yaxshi. Biroz tobi qochdida. Shunga jim o’tirish kerakmi? Qani ovqatni xursand boʼlib yenglar. Xafa boʼlib ovqat yegan odamning oshqozoni ovqatni yaxshi hazm qila olmaydi. Keyin qorningiz og’rib qoladi. Qani bir quvoninglar-chi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
63-qism

Ayolining gapidan keyin Davron ham sekin bolalariga qarab chiqdi. Bechoralar goh ovqatga qarashsa, goh bir chetda yotgan akalariga qarashardi. Ular ovqatni ham chala yeyishga urinishardi.
- Onalaring to’g’ri aytdi, - dedi Davron bolalariga qarab olib. – Qani bir kulinglar. Ana Yigitali ham yaxshi bo’lib qoldi. Husan bobosi bularga qiziq ertak aytib bering. Aytasiz-a?
Husan aka tasdiq ishorasini qildi. Xullas bolalar sal jilmayib ovqatlanishdi. Ovqatdan keyin Husan aka uyiga jo’nashini aytdi. Davron uni kuzatishga chiqdi. Ular uydan uzoqlashgach Husan aka nasihat qildi.
- Davron inim, endi iloji qolmabdi. Ukol bilan uch-to’rt kun ushlab turar ekanmiz. Nachora, diydoriga to’yib qolay deya har kuni ertalabdan uyingga shoshaman. Xudoning ishiga qarshi chiqa olmaymiz, u nima desa shu bo’ladi.
- Ne ilojimiz bor, aka, – dedi Davron ham umidsiz ovozda. – Men bilib turibman, ammo onasiga ham aytsakmikan? Nima deysiz? Keyin bilsa yomon xafa bo’ladi.
- Ertaga kampirim bilan kelaman. U yaxshi tushuntira oladi. Har holda qush tilini qush biladi, ona tilini ona biladi, uka. Kampirimning o’zi aytadi.
Husan aka keta turib ortga qaytdi.
- Bu ot bechora ham o’sal yotibdi. Na yemyeydi, na suv ichadi. U ham olib qoladi-yov, - degan Husan aka oxirida uzr so’radi. – Uzr uka. Boshingda shuncha tashvish bor bo’la turib men axmoq bir ot haqida aytib o’tirsam. Kechir uka.
Husan aka uyiga jo’nab ketdi. U qorong’u tun qo’ynida gandiraklab ketardi. Qalbi vayron bo’lib ketardi. Ko’zi yoshga to’lib ketardi.
Davron uyiga kirib borganida Yigitali uxlab qolgan edi. Davronni ko’rgan ayoli sekin dardini aytdi.
- Dadasi, bu bolamizning axvoli kundan-kunga og’irlashib ketmoqda. Bu dard uni yengib qo’ymasinda, ishqilib. Yaxshiyam doktor vaqtida keldi. Aks holda nima qilishni bilmas edik. Xudoning o’zi ularni vaqtida yetkazdi. Shularning boriga shukur.
- Bolang yaxshi ekan, Akbar aytdi. Hozir bergan dorisi zo’r emish. Tezda tuzalib, yurib ketadi. Xavotir olma, ularga ishon.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
64-qism


Yurmasa ham mayli, - dedi bechora ayol Davronga umid bilan qarab. – bu darddan qutilsa bo’ldi. Unga men oyoq bo’laman. Aytgan joyiga opichlab olib boraman. Yashab ketsa bo’ldi.
- Axmoq xotin, - deya baqirib yubordi, Davron bexosdan. – Mana ko’rasan bolang tuzalib ketadi. Hali bunaqa sovuq niyatng ham bormi? Tuzaldi. Ko’rasan, tuzaladi. Endi uxlaymiz, xotin. Qani menga bolamning yonidan o’rin tayyorlab ber. Boshqa bunaqa sovuq nafas qilma.
Ayol mum tishladi. Ayol jim bo’ldi. Ayol tosh qotdi. Biroz turib nargi xonaga chiqib ketdi. U eridan birinchi bora dakki yegan edi. Birinchi bora unga eri ovozini balandlatgan edi. Ayol o’zini kamsitilgan hisoblandi. U taqdiridan birinchi marta nolidi. Bolalarining yoniga yotib tun bo’yi yig’lab chiqdi.
Ertasi kuni tushlik paytida Akbar doktor kelib Yigitalining holidan xabar oldi. Davron Akbardan bolasi haqida so’radi. Ikkalasi suhbatlashib o’tirgan edi, Yigitali dodlab yubordi.
- Boshlandi, - dedi Akbar dorini tayyorlab. – Kechagi dorining kuchi tugadi. Davronjon, yordam qiling. Qani qo’lini bosing.
Davron o’g’lining qo’lini qattiq ushlab oldi. Akbar Yigitalining bilagidan emdorini jo’natdi. Yigitali biroz vaqt dodladi. Uning ovozini eshitib onasi va ukalari uyga chopib kelishdi. Bolalar saf tortib qo’rqibgina turishar, onasi tinmasdan xudoga nola qilardi.
- E, xudojon, bu nima degan gap. Bir ojiz bandangga shuncha dard bergansan. Jon kerak bo’lsa mana mening jonimni ol. Bolam hali yosh, unga rahm qil. Buncha peshonam sho’r bo’lmasa. Nahotki, shu bandangga zor bo’lsang. Buni bag’ringga olganing bilan to’yasanmi? Mening jonimni ol, bolamga rahming kelsin. Jon xudojon, iltimos.
Eshikdan kirib kelgan Husan aka va kampiri bu holni ko’rib shoshib qoldi. Husan akaning kampiri sochlarini yoyib olib ko’ksiga mushtlab yig’layotgan ayolni quchoqlab oldi. Boshiga ro’molini tashlab qo’ydi.
Hoy aylanay, sizdan. Xudodan ham zo’r bo’ldingizmi? Unga shak keltirmang. Bolangiz tuzaladi. Halitdan noumid bo’lmang. Qani turing, aylanay. Bolalrni ham qo’rqitdingiz. Qarang qanday ajoyib bolalaringiz bor. Bolalar nargi xonaga boringlar. Bobosi siz bularga qarang. Turing, aylanay. Bu gaplarni qayta aytmang, uyat bo’ladi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
65-qism


Xudoning dargohi keng, bolangiz tuzalib ketadi. Toshkentdan bobosi bekorga dori olib kelmagan, mana ko’rasiz,…
Husan aka kampirini qo’lidagi aso bilan yelkasiga turtdi. Kampiri mum tishladi. Keyin ayolni o’rnidan turg’azib nargi uyga olib ketdi.
- Husan bobo, - dedi Yigitali xirildoq ovozda. – Nahotki, meni aldagan bo’lsangiz. Biz Toshkentga borgan edik desam, yo’q deysiz. Siz,….. Siz aldamag. Sizga…… aldash….yarashmaydi.
Yigitali oxirgi jumlalarini zo’rg’a aytdi va jim bo’lib qoldi. Husan aka gapirmoqchi edi, Akbar sekin gapirdi.
- Dori ta’sirida dam olsin. Husan aka indinga yeta olarmikan. Nima deysiz?
Davron tiz cho’kib qoldi. Husan aka joyida turib qoldi.
- Men endi bu yerda qolaman, - dedi Akbar Husan akaga yuzlanib. – Dorining quvvati tezroq ketaveradi. Endi buning kuchi o’n besh soatga yetar ekan.
Hamma jim bo’lib qoldi.
Ertasi kuni ertalab yana Yigitaliga dori berishdi. Tunga yaqin yana dori berishdi. Akbar doktor bu uydan keta olmay qoldi. U tinimsiz Yigitaliga qarab turar, zarur tibbiy yordamni berardi.
Husan aka goh bu yerga kelsa, goh uyida o’lim bilan olishib yotgan otining yoniga chopardi. U ikki hovli o’rtasida bo’zchining mokisidek bo’lib tinimsiz yurardi. Otga bir achinsa, Yigitaliga ming achinardi.
Yigitalining onasi Husan akaning kampiridan bolasi haqida bilgach tinimsiz yig’lar, bolalariga ko’z yoshini ko’rsatmaslikka urinardi. U ichidan yemirilishni boshlagan chinor kabi nima qilishini bilmasdan, gandiraklab yurardi.
Shu tun yarmida Yigitali hammadan bitta narsani iltimos qildi. U ertalab turib Husan bobosining otining suratini ishlashini aytdi. Husan bobosi quvonib ketdi.
- Ertalab yukduz aytgan joyingda bo’ladi. Sen nima desang shu bo’ladi. Jonim bolam, sening bitta gapingga jonim qurbon bo’lsin.
Husan aka shunday deya tun yarmida uydan chopib chiqib ketdi. Yigitali Akbarning qulog’iga nimadir dedi, u rozi bo’ldi. Davron qiziqib qaragan edi, Akbar bosh chayqadi. Hamma intiqlik bilan tongning otishini kutishardi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
66-qism

****
Husan aka tun yarmida otining oldiga kirib bordi. Uning yollarini taradi. Mehr bilan siladi.
- Jonivor, senga bir o’tinchim bor. Bilaman holing yo’q, ammo yordaming kerak. Yigitali sening suratingni chizmoqchi. Bu uning so’nggi orzusi. Sen yordam qil. Jonivor bir qaddingni ko’tar. Yur uning uyi oldiga boraylik. Qani tur. Turmasang bo’lmaydi.
Nusan aka otga qamchi ko’tardi. Kampiri fonus ko’tarib keldi. U cholining gapini eshitib yordamga kelgan edi. Kampir cholining qo’lidan tutdi. Keyin yonida olib kelgan oq qanddan bittasini otning og’ziga soldi. Ot bir amallab uni yedi. Kampir ikkinchisini tutdi. Ot uni ham yeb, yana so’radi. Kampir uzoqdan oq qandni cho’zdi. Ot amallab o’rnidan turdi. Kampir xira fonus yorig’ida otni oldinga yurishga undadi. Ot amallab qadam bosib, kampirga ergashdi. Husan aka kampirining aqliga tan berib, otning egarlarini ko’tarib ortidan ergashib ketdi. Chol-kampir bir soatcha harakat qilib otni Yigitali aytgan joyga olib borishdi. Ot aytilgan joyga borib yotdi. Kampir otning og’ziga qand soldi. Ot uni chaynay olmay yerga tashladi. Chol-kampir uyiga qaytganida qishloq xo’rozlari qichqirib tongni qarshi olayotgan edi.
Husan aka tahorat olib, nomozini sal vaqtli o’qidi va Davronning uyiga qarab jo’nab qoldi. Husan aka Yigitalining yoniga kirdi. Derazadan qarab otini va gullarni Yigitaliga ko’rsatdi. Yigitali dadasini chaqirdi. Davron uyqusiz qizarib ketgan ko’zlarini katta- katta ochib uyga kirdi. Yigitali tashqariga chiqishini aytdi. Akbar qizil qutida qolgan dorilarni qo’liga oldi. Bundan uch soat oldin qilingan dorining ta’sirida Yigitalini tashqariga olib chiqishdi. Yigitali chiqayotib Akbarning qulog’iga nimadir dedi. Akbar tasdiq ishorasini qildi.
Yigitali tashqariga chiqqach, o’ziga joy tanladi. Dadasi aytgan joyiga olib bordi. O’rindiq qo’yib unga o’g’lini avaylab joylashtirdi. Rasm chizish dastgohini o’rnatishga yordam berdi. Bo’yoqlar va mo’yqalamini tayyorlab bergach, bolasining iltimosi bilan chetga o’tib ketdi. Akbar Yigitalining yoniga kelib bilagidan dorini jo’natdi.
Shu payt Husnora ham eshitib bu yerga uchib kelgan edi. Yigitali uni yoniga chaqirdi. Husnora Yigitaliga kerakli narsalarni uzatib turmoqchi bo’ldi. Yigitali katta oq qog’ozni tanladi. Husnora ish stoliga joyladi. Yigitali undan sal narida yerga boshini qo’yib yotgan otni biroz kuzatdi. So’ngra ishini boshladi.
Oq qog’ozga ajoyib ot tasvirini ishlay boshladi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍5
Chala qolgan surat
Qissa
67-qism


Onasi yoniga bormoqchi edi, Davron uni qaytardi.
- Bolangga xalaqit berma. Hozir yoniga bora olmaymiz. Husnora qizimiz bor yetarli. Qolaversa Akbarni yoniga chaqirdi. Bizning borishimizni istamadi. Bor onasi choy tayyorlab, shu yerga olib kel. Bolajonimga xalaqit bermaylik. Balki,…- Davron tutilib gapirdi. – Balki, bu uning so’nggi orzusidir. Amalga oshirib olsin. Bor onasi, bolalarga choy ber.
Davron, Husan aka va bolalar qator bo’lib o’tirib Yigitalining ishini kuzatishdi. Husan akaning kampiri ham kelib qatorga qo’shildi. Husan aka unga - “Yordaming kerak bo’lar. Kelin yosh narsa. Yonida tur.” – deya tayinlab kelgan edi. Kampir ham kelib o’tirdi. Husan akaga qarab imladi.
- Qani bolalar, - dedi Husan aka o’rnidan turib. – Davron biz uyga kiraylik. Yigitaliga xalaqit bermaylik. Derazadan qarab turamiz. Choyni uyda ichamiz. Qani ketdik.
Hamma uyga kirishdi. Husan akaning kampiri ishni puxta qildi. “Biror gap bo’lsa bolalr qo’rqmasin, uyda bo’lsa derazani yopib qo’yaman,” - degan o’y bilan uyga olib kirgan edi. Ular uydan turib Yigitalining ishini kuzatishar edi.
Bir soatdan keyin Yigitali Akbarga imo qildi. Akbar yana dori berdi. Yigitali dorining kuchi bilan ishlar edi. Oppoq bulurlar ustida uchib borayotgan otni ajoyib tasvirladi. Buni surat deb bilmagan odam, haqiqiy ot deya o’ylar edi. Yigitali ishidagi kamchiliklarni bo’yoq bilan bekitib, qayta-qayta bo’yardi. Surat bitgan sayin ajoyib manzara kasb etardi. Husnora Yigitali aytgan rangni aralashtirib mo’yqalamga olib berardi. Uning ko’zlaridan yosh marjon kabi to’kilar, buni Yigitaliga ko’rsatmaslikka urinardi. Yigitali otga va chizayotgan suratiga qarardi, u atrofdagi borliqni unitgan edi.
Yana qirq daqiqalardan so’ng, Akbarga yana imo qildi. Akbar yana dori berdi. Shuncha insonni davolagan, qanchasini oxirgi daqiqasini birga o’tkazgan Akbar ham tinimsiz yig’lardi. U o’zini diydasi qattiq deya bilardi, ammo hozir bardoshi yetmadi. Akbar ham suratga va Yigitaliga qarab qo’yar, ko’z yoshini dastro’moliga artib ivitib yuborgan edi.
Yigitali bir zum jim bo’lib turdi. Yonida olib kelgan kichkina ko’zguga biroz qarab turdi. Keyin osmonda parvoz qilayotgan yalang’och otning ustiga o’zining hozirgi, ozib-to’zib ketgan holatini ishlay boshladi. U charchadi shekilli, Akbarga imo qildi. Akbar ham dorini uning tomiriga qiynalib joyladi. Bu safar Yigitalining tomirlari dorini zo’rg’a qabul qildi. Ozroq qismi ortib ham qoldi. Akbar boshini chayqab qo’ydi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
68-qism


Yigitali biroz tin oldi. U deyarli bir yildan ortiq vaqt davomida bir joyda harakatsiz yotgan edi. Shu vaqt mobaynida rasm chizishni xayoliga ham keltirmagan edida, bu oxirgi suratini tezroq bitirish uchun ham harakat qilardi. Akbar doktorga dorini tezroq berishini iltimos qilgan ham o’zi edi. U dorining ta’sirida ishlay olaman degan o’y bilan ish boshlagan edi. Tanasidagi og’riqni yengish, dod deya baqirib yubormaslik uchun ham tilini qattiq tishlab olardi. Uning boshqa iloji yo’q edi. Agar dodlasa onasi yoki dadasi unga yordamga kelar va ishi chala qolardi. Shu sababli ham og’riq kuchaysa tilini tishlardi. Bechora til tishlar orasida g’ajilib, deyarli uzilib tushar holga kelgandi. Og’ziga to’plangan qonni ichiga yutishga majbur edi. Agar tuflasa ishi chala qolishidan qo’rqardi.
Yigitali so’nggi kuchini jamladi. Bir harakat qilib ishini tugatishga kirishdi. Qog’ozga o’zining tasvirini zo’rg’a joylashtirdi. O’zini chiza oldi, ammo oyoqlarini tizzasigacha chiza oldi, xalos. Qo’llari qaltiradi. Tanasi qattiq og’riqdan zirqiradi. Tilini qattiq tishladi. Akbarga najot bilan qaradi. Akbar ham navbatdagi dorini tomirga uladi. U dorini majburlab jo’natar, ammo tomirlar uni qabul qila olmas edi. Bir amallab dorining chorak qismini qabul qilgan yurak biroz tinchlandi. Yigitali bilagiga bor kuchini jamlab rang bera boshladi.
Yerda yotgan ot boshini ko’tardi. Atrofga qaradi. Husnora otning ham ko’zida yoshni ko’rdi. Ot o’rnidan turishga harakat qildi. U boshini ko’tarib oldinga intildi. Kishnamoqchi bo’ldi, ammo eplay olmadi. Og’zidan g’alati ovoz chiqib ketdi. So’ngra biroz qaltirab turdida, yerga yon tomoni bilan yiqildi. Oyoqlarini biroz qimirlatib turdi. Yerni tirnab changitdi. Birozdan keyin o’pkasidan kuchli havo otilib chiqdi. Keyin qimirlamasdan qotib qoldi.
Husan aka o’rnidan turgan edi, kampiri yo’lini to’sdi.
- To’xtang otasi. Ot o’ldi. Endi kech. Bolaga xalaqit bermang. Joyingizga o’tiring. Bir ot ekan, shu bola uchun mening jonim qurbon bo’lsa roziman. O’tiring va kuting.
Kampirining ko’zidagi vajohatni ko’rgan Husan aka joyiga o’tirdi. U derazaga qarab mo’ltirab, yelkasini uchirib yig’lardi. Nazarida kampiri hozir birinchi marta to’g’ri ish qilganiga tan berib ovozsiz yig’lardi. Davron yerga qarab o’tirishga majbur edi. U o’zini yaqin fursatlarda sodir bo’lishi kerak bo’ladigan ishga ruhan tayyorlamoqda edi. Uning ham boshqa iloji yo’q edi.
Davronning ayoli uyning burchagida o’tirib ro’molini og’ziga tiqib unsiz yig’lardi. U bolasiga achinganidan bajarayotgan ishiga ham qaray olmas edi. U ovozsiz yig’lardi, bu qiyin ish edi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
69-qism


Otning o’lganligini ko’rgan Yigitali ishini tezlashtirdi. Mo’yqalamini tezroq ishlatib rang bera boshladi. U avval oyoqlarini chizishni istadi, ammo kuchi yetmasligini bilib rang berishni yakuniga yetkazishga qaror qildi. Shu sababli ham tezroq ishladi. Kuchi tugab borar, tanasdini og’riq egallab olmoqda edi. Akbarga umid bilan qaradi. Akbar hozirgina tomirlar qabul qilmagan dorini yana uladi. Bosim bilan harakat qildi, ammo natija yo’q edi. Akbar boshini chayqadi. Dorini tomirdan uzdi. Ilojsiz qarb turdi.
Husnora hozir o’lgan otga bir achinsa, yonida so’nggi nafaslarini olayotgan Yigitaliga ming achinardi. U ovozsiz holda faqat suratga qarab o’tirardi. U ham unsiz yig’lardi. Onasi rozi bo’lmasa ham qochib kelganiga, hamda Yigitalining yonida so’nggi damgacha birga turganidan xursand edi. U do’stining yonida turish, unga yordam berish baxtiga erishganidan xursand edi.
Yigitali badanida turgan og’riqni bu safar yenga olmadi. Tilini tishlab yarmidan uzib oldi. Tanasidagi dard oldida bu hech narsa emas edi. Tanasidagi og’riq oldida bu tilining uzilishi oyog’iga kirgan bir kichik zirapcha kabi ham og’riq bermadi. Uning og’zi qonga to’ldi. Og’zini ochib, tufladi. Yerga tilining yarmi va qizil laxta bo’lib qotgan qon tushdi. Husnora qo’rqib ketdi. Yigitali uning qo’lini qattiq siqdi. Husnoraga qaradi. Nimadir demoqchi edi, eplab ayta olmadi. Akbar yerga tushgan til parchasini olib qo’ydi. Yigitali osmonga qaradi.
Shu payt hovli oldiga horijda ishlab chiqarilgan qimmqtbaho yengil avtomobil kelib to’xtadi. Undan bir ajnabiy kishi, tarjimon va qishloqdan quvilgan rasm muallimi tushdi. Ular Yigitali chizgan suratni ko’rib joyida qotib qolishdi. Rasm muallimi nimadir dedi. Tarjimon yigit ajnabiy kishiga tarjima qildi. Ular ajablanib turishardi. Yigitalining ishiga xalaqit bermasdan kuzatishga qaror qilishdi.
Yigitali osmonga qarab turdi. Uyiga boshini burib qaradi. Derazadan qarab turgan dadasini ko’rib ko’zidan yosh chiqib ketdi. Nimadir deyishga intildi. Til bo’lmasa bari befoyda ekan. Uning nafasi bug’ildi. Butun kuchini jamlab nafas oldi. Keyin achchiq chinqiriq chiqarib yubordi. Akbar uning boshini tutib qoldi. Husnoraga qarab ketishini aytgan Akbar Yigitalining boshini tutib turdi. Husnora Yigitalining barmoqlari orasidan bilagini ajratib ola olmadi. U ilojsiz Yigitaliga termulib qoldi. yigitali so’nggi nafasini ola olmay qotib qoldi. Akbar uning ko’zlarini yumdi. Husan akani chaqirdi.
- Bolam, bolamdan ayrilib qoldik, - degan Husan aka o’rnidan tura olmay uy bo’ylab emaklab qoldi.
- Voy bolam deya davron eshikka qarab intildi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
- Bolajonim, - deya onasi hammadan oldin eshikka qarab chopdi.
Yigitalining onasi eshikdan chiqib rasmga mahliyo bo’lib turgan, - “O, moy god” – deya hayqirayotgan ajnabiyni urib yiqitib o’tib ketdi. Yerga urilib hayratini bosa olmayotgan ajnabiy chopib o’tgan Davronga, hamda emaklab kelayotgan qari cholga qarab nima qilishini bilmasdan g’o’ldirardi. Tarjimon uni o’rnidan turishiga yordam berdi.
Rasm muallimi vaziyatni bilib yordamga shoshdi. Hamma Yigitalini o’rab olgan paytida u suratda chizilgan ot ustida osmonlarda uchardi, go’yo.
Butun qishloq dardli yig’i ovoziga quloq solar, Davronning ovozini tanib, yuziga fotiha tortishib, shu tomonga qarab chopishardi.
Ajnabiy esa bu holatga e’tibor ham bermasdan, hozirgina chizilgan surat oldida o’tirib olgan, unga mahliyo bo’lib nimadir deyotgan edi. Uning gapini faqat tarjimon yigit tushunar va hozirgina bu yorug’ olamni tark etgan istedodga achinib yig’lardi. Ajnabiy tarjimon yigitning ko’z yoshini tushunmasdan o’zicha suratni maqtar va qimmatbaho narx aytardi. Ajnabiy chala cizilgan bo’lishiga qaramasdan, bu nodir san’at asarini, suratni sotib olishni o’ylardi, xalos.


Chala qolgan surat
Qissa
70-qism


****
Oradan bir yarim oylar vaqt o’tib iyun oyining o’rtalarida qishloqqa yana o’sha ajnabiy keldi. U rasm muallimi hamrohligida Davronning uyiga bordi. Qo’lidagi bir jamodon to’la Amerika dollori bilan kelgan edi. Supa ustida mung’ayib o’tirgan Davrondan hol so’rashib pulni uning oldiga qo’ydi.
- Davron aka, - dedi rasm muallimi. – Bu odam horijlik odam. U suratlarni to’plashni yaxshi ko’radi. Yigitalining so’nggi suratini juda qimmat narxda sotibdi. Pulining bir qismini har bir bolangizning nomiga banklarimizdan omonat ochibdi. Aytib bo’lmas pul ekan ko’rdim. Meni qishloqqa olib qaytdi. Yigitali nomiga bepul rasm maktabi ochmoqdamiz. Unga uzoq shaharlar va qishloqlardan istedodli rassom bolalar kelib bepul rassomlik san’ati bilan tanishib, o’rganishadi. Bu sizga, o’zingiz ishlating. Husan akani Turkiya davlatida davolatib keldik, endi butunlay tuzalib ketdi. Davron aka, bilaman bu pullar sizga bolangizni qaytarib bermaydi, ammo qolgan bolalaringizga xizmat qiladi. Ularni asrang.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍31
-
Chala qolgan surat
Qissa
71-qism

Bilaman, - dedi Davron boshini ko’tarib. – Ayolim bolalarim bilan shaharda yashamoqda. U endi bu yerga kelmaydi. Buni olib qo’y, maktabingga ishlatasan. Men ham shaharga ketaman. Har zamonda kelib turaman. Ol uka, bu senga.
- Menga qancha kerak bo’lsa mana bu beradi. Oling, - dedi rasm muallimi. – Yigitali chizgan ikkita surat hozir jahon muzeylarida talash bo’lib ko’rilmoqda. Hali qancha muzey o’z navbatini kutib yotibdi. Oling bu sizning haqqingiz.
- Uka, buni respublika onkologik shifoxonasiga topshir. Kimningdir sal ko’proq yashashiga, iloji bo’lsa bu darddan butkul xalos bo’lishiga yordam bersin. Yigitalining ham ruhi shod bo’ladi. Shunday qila qol. Men Husan akani ko’rib kelay. Kechga yaqin shaharga bolalarimning oldiga ketaman. Xayr, muallim. Omon bo’l.
Davron qishloq bo’ylab yurib ketdi. Rasm muallimi tumanga bank izlab ketdi. Bu omonatni tegishli joyga o’tkazish uchun shoshib ketardi.

TAMOM.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Assalomu alaykum aziz zamondosh.
Deyarli bir oydan ortiq kanalimizda muallifning "Chala qolgan surat" qissasini berib bordik.
Bu qissa sizda qanday taassurot qoldirdi.
Fikrlar boʻlsa bildirib keting.
Sizga maroqli asarlar berib borishda davom etamiz degan umiddamiz.
Yaxshi kunlarda, yaxshi asarlar oʻqishni tilab qoluvchi muallif nomidan kanal adminlari
Salomat boʻling
👍5
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
I qism

Yo’qolgan ota

-Otajonim, mehribonim, qaydasiz? - deya hovjiga Halima dodlab kirdi. Uni koʻrgan Malika xola yugirib borib, “Jim, qizim, hali otang tirik, faqat bedarak yoʻqolgan. Uyat boʻladi, qizim dodlama." deb ovutib, quchoqlab oldi. Indamasa Malika xola ham yigʻlagudek edi, faqat dilidagi ishonch uni bu holatdan uzoq tutardi. Boʻronda hech narsa koʻrinmas, uchayotgan qor parchalari yuzlariga qum zarrasidek urilardi. Sovuq etni junjiktirar, uzoq turish azobli edi. Hovliga birin-ketin qizlari Umida va Guloyim kirib keldi. Qizlari bejirim kiyingan, ayniqsa Umidaning kiyimi juda zamonaviy edi. Quloqlarida tilla zirak, qoʻllari tilla uzukka toʻlib toshgandi. Xullas, qizlari xushbichim koʻrinishda hovliga kirib keldi. Ulardan keyin kuyovlari va shafyor yigit ogʻir sumkalarni koʻtarib kirishdi.
Kichkina hovli birdan toʻlib qoldi, goʻyo. Malika xola ular bilan koʻrishib, uyga taklif qildi. Ular kichkina yogʻoch eshikni ochib dahlizga kirishdi. Dahliz oppoq ohaklangan, yerga gulli namat toʻshalgan, burchakda oyoq kiyimlar uchun yogʻochdan ishlangan stol bor edi. Dahlizda ustilaridagi qorni qoqishdi. Ichkaridan issiq hovur chiqib, ajib koʻrkamlik bagʻishlab huzur berardi. Hamma kichkina xonali shinam uyga kirishgach, Malika xola duo oʻqidi. Hol-ahvol soʻrashishib, dasturxon yozilib, choy damlandi. Uyda kichkina kitob javoni, yonida sandiq va ustiga koʻrpa hamda yostiqlar taxlab qoʻyilgan. Deraza yonida kichik stolda turli gullar ochilib, kishiga bahoriy kayfiyat bagʻishlaydi. Uy oppoq ohaklangan, fayzli xonadon edi. Toʻrda sandiq, uning ustiga koʻrpalar did bilan taxlab qoʻyilgan. Yonida kichkina taxta stol, ustiga katta televizor qoʻyilgan va usti chiroyli mato bilan oʻralgan. Aftidan bu televizor koʻp koʻrilmagan, shunchaki turgandek tuyulardi. Bu televizorni ham qizlari sovgʻa qilgandi. Xullas uy fayzli xonadon edi. Faqat egasiz qolganligi yomon edida. - Oʻzi, nima boʻldi?- hech narsadan xabari yoʻqdek soʻradi katta kuyovi Gʻaybulla, choydan hoʻplab. “Hammasiga oʻzim aybdorman,” - dedi, Malika xola yigʻlamsirab. “Oʻtgan kuni tushdan keyin hovlida ishlab yursam, targʻil sigirimiz koʻrinmay qolganini sezdim. Keyin otangga “Qarang!” dedim. Sigirimiz bolalashi kerak edi. “Qaydadir ketgandir”- deb otang, izlashga tushdi. Ancha izlab topolmay qaytdi va qari eshagini egarlab izlashga ketdi . Havo salqin edi. Nomozshomdan oldin qor yogʻa boshladi. Shunda shamol turib, boʻron boshlandi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍1
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
II qism

Qish boʻyi yogʻmagan qor, fevralning oxirgi kuni ham yogʻadimi? Ertaga birinchi mart boʻlsa, e, xudoning kunida bolalarim. Aytganday bugun birinchi mart, bahor keldi, qaranglar. Otang sigirni kecha izlab ketuvdiya. Shundan soʻng otang ham, sigir ham yoʻqda, bolalarim.
-Ha, qiyin boʻlibdi, qaynotamizga! - dedi tomdan tarasha tushganday gʻoʻldiradi, oʻrtancha kuyovi Akbar. Boboy zoʻr, "mirovoy" edi. Topiladi, boboy boshqa qishloqqa oʻtib ketgan. Erta tong otsin, boʻron toʻxtaydi. Oʻzi uyga sigirini boshlab keladi, koʻrasizlar. Mabodo, ochiq arogʻidan qolmaganmi? Boʻlsa, olib keling, qaynonajon! - dedi kayfi borligini bildirdi. Akbar oʻzi shunaqa ichmasa ham yarim mast boʻlib yuradi. Hammadan Guloyimga qiyin. Shu erga chidab yashab yurganining oʻzi buyuk ish edi. Guloyim eriga qarab kulib qoʻydi, lekin hech narsa deyolmadi. Malika xola oʻrnidan turib nargi xonadan aroq olib kelib, oʻrtaga qoʻydi. Oraga ogʻir jimlik choʻkdi, birozdan soʻng bu koʻngilsizlikni Malika xola buzdi.
-Olinglar, bolalarim. Bu otalaring sizlarni yigʻib ziyofat berishi uchun olgan aroq edi. Yaxshilikka xizmat qilsin, olinglar. Kuyovlarni hatto paygʻambarlar ham siylagan. Olib oʻtiringlar, men ovqatga harakat qilay, deb oʻrnidan turdi. Qizlari hech narsa koʻrmaganday yeb- ichib oʻtirishar, otalarini butkul unitgandek edi, goʻyo. Faqat Halima biroz otasini oʻylar, yuragi siqilardi. Lekin ilojsiz opalariga qoʻshilib kular, lekin ichi yigʻlar edi.
Halima kichik qiz boʻlsada, oilada erkalanmadi. Doimo otasiga yordamchi boʻlib, xuddi oʻgʻil boladek boʻlib ulgʻaydi. Maktabda yaxshi bilim olgani tufayli oliygohga davlat granti bilan kirib oʻqidi. Oʻqishni tugatib, qoʻshni qishloqqa kelin boʻlib tushdi. Eri ishsiz boʻlsada, Halimani yaxshi koʻrar, doimo yonida yaqin yordamchi edi. Ikkalasi bolalari uchun ishlab roʻzgʻorni butlab yashardi. Eri Nazar oʻzi ichmas, lekin bojalariga qoʻshilsa ichib qoʻyardi. Keyin mast boʻlib oʻzini bilmay qiynalardi. Ichmayman deb tursa ham bojalariga yoʻq deyolmasdi, xullas koʻngli boʻsh edi.
Katta kuyov Gʻaybulla oliy maʼlumotli, tumanda sudya boʻlib ishlardi. Bu katta qizi Umidaning eri va oilaning katta kuyovi edi. Oʻziga toʻq, shu sababli ham mashinasiga shaxsiy haydovchi yoʻllab yurardi. Ikki oʻgʻli ham oʻzidek dimogʻdor edi, shu sababli ular qishloqqa koʻp kelmasdi. Mabodo kelsa ham qishloqdan bezor boʻlib tezda ketib qolardi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍1
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
III qism

Umida ham oliy maʼlumotli boʻlsada, ishlamay uyida oʻtirardi. Erining topgani oilaga toʻliq yetar va ortardi. Umida ham oʻzicha dimogʻdor boʻlib, singillarini oʻzidan past sanardi. Ayniqsa Guloyimning eri Akbarni juda past sanar va koʻp jerkib berardi. Guloyimni ham boʻshangsan deb aytardi. Oʻzidan boyvachcha yasab olgan zamonaviy xonim edi. Umida koʻpincha bu uyga yolgʻiz kelar va tezda ketishga tushib qolardi.
Akbar ishsiz yurar, baʼzan bozorda dallollik qilardi. Guloyim shifokorlikka oʻqigan va tumandagi shifoxonada ishlar edi. Ikki qiz va bir oʻgʻil sohibi boʻlgan oila tinch va baxtli edi.
Malika xola oshxonada kuymalanar, tashqarida boʻron guvillar, oʻziga-oʻzi nimadir der edi. Xayolida "Safar oʻgʻlim boʻlganda otasini toparmidi? Afsuski, umri qisqa ekan. Joying jannatda boʻlsin, bolam, joyingda tinch yot. Otang tirik topilsin, ilohim. Olloh oʻzi qoʻllasin, bizni sharmanda qilmasin. Ishqilib oʻlik yo tirigi topilsinda." Shu kabi xayollar oʻtar, baʼzan nima qilayotganini bilmay qolardi. Tashqaridagi eshik ochilib qoʻshni juvon Farida kirib keldi. Mardon boboni soʻragach, oʻzining dardini dasturxon qildi. - Momo, menga iningiz kun bermaydi. Har kuni uyda janjal. Hamma narsamiz bor, lekin baxt yoʻq. Avvallari biroz yaxshi edi. Roʻzgʻorga ul-bul olib kelardi. Hozir aynigan, ichadi. Choʻntagidagi pulini ham yoʻq qiladi. Bolalariga ham pul bermaydi. Bor tashvish menda, momo. Aytgancha, uyda shakar tugab qolibdi, kenjam yigʻlab balo boʻlyapti. Ozgina shakar berib turing. Dadasi ikki kundirki yoʻq. Kelib qolar. Ertalab otimiz boʻronda kelib qoldi. Bolalar kiritib otxonaga bogʻlashdi. Dadasi bir goʻrda qolgandirda deb qoʻyaman. Bilasizki, yurishini, momo! - deb dardini dasturxon qildi Farida
- Bilasan, Ermat oʻzi shunaqa, bir-ikki kunda kelib qoladi. Yomon boʻlsa ham, bolalaringning otasi. Xudo oʻzi insof berarda, chidaysan endi. Hayot shunaqa, bizni sinaydi, oʻrgilay. Taqdir bu, uning baland-pasti, achchiq-shirini, yaxshi-yomon kunlari bor, chidaymiz. Xudoga shukur qilib yashaymizda, qarogʻim, - deya ovutdi qoʻshnisini Malika xola. Farida omonlashib, sabr tilab, ketishga tutundi. Farida eshikdan chiqar-chiqmas, Tursunboy kirib keldi. Salomlashib, Mardon bobo qolib, “Gʻaybulla pochcha keldimi?”- deb soʻradi. Tasdiq ishorasini olgach shoshib uyga oʻzini urdi. Turdiboy oʻzi shunaqa, ishi tushadigan odamni izzatlaydi, hatto sizlab oyogʻini oʻpishga tayyor turadi. Oʻzi quv ayyor, faqat topsam, oʻzim boʻlsam deydi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
IV qism

Maktab direktori boʻlib ishlaganiga koʻp boʻlmadi. Hammadan yulaverib, yaqinda mashina oldi. Xullas, omadini bersin, xudoning oʻzi gunohlarini kechirsin. Turdiboy xonaga salom berib kirdi va Gʻaybulla bilan quchoqlashib koʻrishdi, qolganlar bilan qoʻl berishib koʻrishdi. Oʻtirib duo qilishgach hamma bilan soʻrashdi. Yoshi katta boʻlsa ham Umidani opay deydi, Gʻaybullani pochcha deb ataydi. Qolganlarni kuyov, singlim deb qoʻya qoldi.
-Bu, Mardon bobo xoʻp insonda, mana bizga aytmaydimi? Oʻzimiz koʻplashib topib kelardik, oʻsha sigirini. Mana endi oʻzi ham yoʻq, omon boʻlsinlar. Aksiga olib bugun boʻron ham toʻxtamadi. Bilasiz, meni bugun tumanda yigʻilishga chaqirgandi. Malika xola ertalab taksiga chiqib qoldi. “Shahargami desam, cholim yoʻqolib qoldi. Shuni Gʻaybulla pochchangga ayt!”- dedi. Men yigʻilishga bormay siznikiga borib aytdim. Xullas, pochcha, tong otsa butun qishloq izlaymiz. Hammaga aytdim, boʻronda yurishning oʻzi boʻladimi? - yaltoqlandi Tursunboy labini yalab. Bu, pochcha, men Ermatdan gumon qilayapmanda. Qurgʻurning qoʻli sal anaqada. Gumon iymondan ayiradi, pochcha, yana bilmadim.
-Agar, Ermat qilgan boʻlsa, umrini turmada chiritaman, kasofatni. Hali meni bilmabdi, yaramas,-deb oʻdagʻayladi toʻrda yotgan Gʻaybulla, qornini qashlab.
- Bu Ermat haqida gapirmanglar, oyim xafa boʻladi, - dedi Umida, dahlizga qarab qoʻyib. Birozdan keyin Malika xola kirib keldi.
-Ovqat tayyor, qizlarim, yordam beringlar. Qani, dasturxonga yaqin oʻtiringlar! -dedi. Keyin dahlizga orqasi bilan chiqib ketdi.
Ovqat suzilgach, hamma ovqatlandi. Faqat Malika xolaga taom botmadi. Qoʻl uchida yegandek boʻldi. Taomdan soʻng suhbat qizidi. Malika xola idishlarni yigʻishtirib olib yuvishga tutundi. Halima pechkaga oʻtin qaladi, olov gurullab yondi. Tashqarida boʻron guvillardi. Anchagina suhbatlashib oʻtirishgach, Tursunboy ketishga harakat qilib qoldi. Oʻrnidan turib “Ertaga Gʻaybulla pochcha, bojalaringizni olib biznikidan choy ichib keting!” - deya yaltoqlandi. Tasdiq ishorasini olgach, shoshib uydan chiqib ketdi. Qizlar uxlash uchun qoʻshni uyga oʻtishdi. Kuyovlar va shafyor yigitga shu uydan joy solishdi. Kuyovlar yechinib yotishdi. Umida chiroqni oʻchirib chiqib ketdi. Qoʻshni xonaga qizlar va Malika xola uchun joy solishdi. Endi yotishmiqchi edi, tashqarida kimdir chaqirgandek boʻldi. Malika xola tashqariga tezlik bilan chiqdi. Xayolida choli kelgandek boʻldida. Qizlari ham dahlizga chiqishdi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
V qism

Uy oldida qadam tovushi eshitildi. Eshik ochilib oppoq qorga belangan, qoshlariga muz qoʻngan odam kirib keldi. Bu Ahmadjon edi. U kun boʻyi tentirab Mardon boboni izlagan, topolmay qaytgan edi. Bir umidi oʻzi uyiga kelgandir deb soʻrashga kelgandi. Vaziyatni bilgach xomush boʻlib qoldi. Malika xolaning “Uyga kir!” deyishiga qaramay iziga qaytdi. "Qarzdorman qarzdorman, oldingda Safar aka!" deya oʻzicha gʻoʻldirab uyi tomon ketdi, Ahmadjon. Ortidan Malika xola uzoq duo oʻqidi. Sekin tun choʻkib, hamma uyquda yotdi. Hamma uxladi, faqat Malika xola bedor boʻlib tongni orttirdi. Tongda boʻron ancha tingan, atrofni koʻrsa boʻladigan darajada kelgan edi. Uy sovib qolibdi, Malika xola pechkaning kulini katta togʻoraga oldi. Tashqaridan oʻtin olib kelib, pechkaga olov yoqdi. Pechkada olov yondi, uy qizib qoldi. Malika xola tahorat olib kelib, joynomozini yozdi va nomoz oʻqiy boshladi. Kuyovlari va qizlari ham turib, tashqarida chiqib kelishdi. Sovuqdan bezillab oʻzlarini uyga urishdi. Hamma nonushta uchun yigʻilishdi va dasturxon atrofini toʻldirishdi. Ular bugun qayerni axtarish haqida suhbatlashardi. Malika xola kuyovlariga “Sizlar bu joylarni yaxshi bilmaysizlar, qoʻshnilar oʻzlari izlashadi.”- dedi. Kuyovlari qo’shnilarga qoʻshilib izlashga ketmoqchi boʻlishdi. Nonushta qilib boʻlishgach tashqarida otning bezovta kishnashi eshitildi. Hamma yugirib tashqariga chiqishdi. Hammaning nazarida xuddi Ahmadjon Mardon otani topgandek tuyildi. Hatto shoshganidan Malika xola dahlizda yuqilishiga bir bahya qoldi. Qizlari yonidan tutib qoldi. “Ehtiyot boʻling, oyijon!”, deb chuvillashdi qizlari. Malika xola shoshganidan kalishini kiyolmay, mahsichan chiqdi. Orqadan kuyovlari ham chiqishdi. Hovli jim, hech zogʻ yoʻq edi. Boʻron pasayib qolgan, lekin shamol hali tinmagandi. Hamma alanglab atrofga qaradi. Malika xola hovli darvozasiga tez-tez qadam bosib bordi va darvozani ochib tashqariga alanglab qaradi. Ot ovozi qoʻshni hovlidan eshitildi. Ketidan ayol kishining chinqirib yigʻlagan ovozi butun qishloqqa eshitildi. Ortidan yosh bolalarning "Dadajonim" degan nolasi uzuq-yuluq boʻlib hammaga eshitildi. Hamma hayron boʻlib, qoʻshni hovliga qarab joʻnashdi. Uyum gurtukda oyoqlariga qor kirib, qiynalib qoʻshni hovliga yaqinlashdi. Akbar kechagi kayfi bilan zoʻrgʻa yurardi, baʼzan oyogʻi toyib yiqilardi. Bojalari yordam qilib turgʻizardi. Ovozlar ayanchli yangrar, odamning dilini gʻashlardi. Oldinda Malika xola hovliga kirib angrayib qoldi. Qizlari ham yoqa ushlab, nima qilishini bilmasdi. Kuyovlarning koʻzlari bejo boʻlib, shoshib qoldi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Gʻordagi tavba yoxud taqdir chiziqlari
VI qism

Ahmadjon
Ahmadjon Mardon boboning yaqin qarindoshi boʻlmasada oʻgʻlidek gap edi. U yoshligidan Mardon boboning yolgʻiz oʻgʻli Safar bilan ogʻa-ini tutundi. Ahmadjon oilada yolgʻiz farzand edi. Otasi nogiron, onasi kasalmand edi. Ahmadjon Safarni akasidek yaxshi koʻrardi. Birga oʻynab, sirdosh boʻlib ulgʻaydi. Safar Ahmadjondan atiga ikki yosh katta boʻlsada, sirdosh edi. Nodirani ham Safarga yaqin qilgan shu Ahmadjon edida. Nodira Safardan bir sinf past oʻqirdi. Safarning koʻnglida Nodiraga nisbatan iliqlik bor edi. Buni Ahmadjonga aytgandi, “xat yozish kerak” deb qoldi. Safar xat yozdi, Ahmadjon eltib berdi. Xullas ikki dil bir-biriga bog’landi. Endi ular uchta sirdoshga aylanishgandi. Yillar oʻtib Safar harbiy xizmatga ketdi. Oradan bir yarim yil oʻtib Ahmadjon ham harbiyga joʻnab ketdi. Ular Afgʻoniston zaminida xizmatni oʻtashdi. Suronli janglardan soʻng, shirin suhbat qilishar, kelajak haqida suhbatlashardi. Kunlar ketidan kunlar oʻtdi. Harbiy hayot davom etardi. Bir kuni Ahmadjon sheriklari bilan togʻga safarga joʻnashi aniq boʻldi. Buni eshitgan Safar kamandirga iltimos qilib Ahmadjonning oʻrniga oʻzi borishini aytadi. Kamandir rozi boʻlgach, askarlar bilan Samad bir haftaga togʻga joʻnab ketadi. Bu qishloqda jangarilar oʻta vahshiyligini hamma bilardi. Oradan uch kun oʻtgach barcha askarlar halok boʻlgani haqida xabar keldi. Buni eshitgan Ahmadjon oʻrnidan turolmay qoldi. Quloqlari shangʻillab hech narsa eshitilmay qoldi. Oʻr-nidan turayotib yiqilib, hushini yoʻqotdi. Harbiy qism shifokorlari tibbiy yordam koʻrsatishib, uni palataga yotqizishdi. Ahmadjon shiftga termulib hech narsani sezmay yotardi. Ertasi kuni palataga bir yarador askarni keltirishdi. Qoʻllari kesilgan, oyoqlari sindirilgan, quloqlari kesilib, yuzlari nimtalangan edi. Askar nimadir der edi. Uning ovozi Ahmadjonga tanish eshitildi. Ahmadjon asta oʻrnidan turib nargi karavatdagi askarning oldiga borib engashib qaradi, va yigʻlab yubordi. Safar asta "Yigʻlama, inim yigʻlama" dedi. Keyin " Uka men tush koʻrgandim, tushimda sen shu holga tushgan ekansan. Bu urush seni, meni, hech kimni ayamaydi. Oʻzingni ehtiyot qil, otang oldida omon borishing kerak. Uyga qaytsang Nodirani yolgʻiz qoʻyma. Unga uylan, men sendan rozi boʻlaman. Yigʻlama, boshing omon boʻlsin. Ota- onamga qarab tur. Ehtiyot boʻl, ruhing bu yerda qolib ketmasin. Mendan rozi boʻl." deya jim boʻlib qoldi. Shifokor kelib –“Tinch boʻldi, endi qiynalmaydi. Joni uzildi, morgga eltinglar.”- degan gapini eshitgan Ahmadjon hushini yoʻqotdi. Qancha yotganini bilmaydi, koʻzini ochsa shinam xonada yotardi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2