Zafar Muminov ijodi
104 subscribers
1 photo
2 videos
13 files
Download Telegram
Chala qolgan surat
Qissa
48-qism


Yana biroz yurdi. Maxsus xodimlar deyarli ikki bo’lakka bo’linib ketgan bir odamning murdasini maxsus qopga solishardi. Husan aka egilib qaradi, avval tanimadi. Keyin tanib dong qotdi.
- Axir bu, Salim qora-ku. Ha, xudo sal shoshibsan-da, buning jonini o’zim olardim. Attang.
Husan aka g’o’ldirab qo’ydi. Ortidan yetib kelgan ikkita ichki ishlar xodimlari uning ikki qo’lidan tutib ortga tortishdi.
- Hurmatli fuqaro. Bu yerda tekshirish ishlari ketmoqda. Bular yaqiningiz bo’lsa ham, ishlashga xalaqit bermang. Qani ortga ketamiz.
Ichki ishlar xodimlari uni biroz ortga olib o’tishdi. Unga kimdir bir piyola suv quyib uzatdi. Husan aka suvni ichib olib biroz o’zini bosib oldi. “Bularning ichida yaqini bor shekilli” dedi kimdir tomoshabin insonlar ichida turib. Husan aka miyig’ida kulib qo’ydi.
Sal narida erkatoy o’g’ilga tibbiy yordam berilardi. Uning yoniga kelgan maxsus xodim undan hol so’radi.
- Uka, o’zingga keldingmi? Rulda sen edingmi? Yoningdagi ikki kishi kim edi? Eslay olasanmi? Javob ber, - deya past ovozda so’radi.
- Rulda men edim, - deb baqirib kuldi erkatoy. – Men Salim qorani bosib ketdim. Yonimda dadam va Azizbek jiyanim bor edi. Rosa ichgan edik. Men ham ichgandim. Mening hikoyam viloyat gazetasida chiqqan ekan. O’zim ham bugun bildim. Jabbor tog’am kimgadir yozdiribdi. Mazza qilib ichdik. Mazza. Ular osmonga uchdi. Ularga mazza. Men ham uchmoqchiman. Jabbor tog’a.
Tuman ichki ishlar boshlig’i Jabbor bolaning yoniga keldi. Bolaning og’zini kafti bilan berkitdi.
- Jiyan, kamroq gapir. Rulda boshqa odam ekan. Bu orqada ekan. Tushib qolibdi. Ko’rgan odamlar bor. Siz bolani keyin so’roq qilasiz. Hozir u travma olgan bo’lishi mumkin. Gapini eplab gapira olmaydi. Bolaning huquqlarini poymol qilmang.
- Nima? – deya o’rnidan sakrab turgan bola baqira boshladi. – Rulda men edim. Menga ham siz ichirdingiz. Endi bola emas, mening jiyanim buyuk odam. Hali ko’p kitoblar chiqaradi. Pochcha, bu bizning faxrimiz. Quvonish kerak, degan kim? Rulda seni birov to’xtata olmaydi, to’xtatgan onasini ko’radi, degan kim?



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
49-qism


Ana, pochchangiz uchdi. Sizni pulga ko’madigan Azizbek uchdi. Men ham uchishim kerak. Hozir uchaman.
Bola shunday deya harakat qildi. Jabbor uni ushlaboldi va qarab turgan hamshiraga qarab baqirdi.
- Bolani tinchlantiruvchi ukol qil. Shuni ham men senlarga o’rgataymi? Nimaga bezrayib turibsan.
Hamshira yugurib kelib bolani emladi. Birozdan keyin bolakay tinchlanib qoldi.
- Tezda shifoxonaga olib bor. Boshlig’ingga meni ayt. Yaxshi qarasin. - Jabbor tutoqib gapirdi.
Hamshira tez yordam mashinasiga bolani o’tqazib, tumanga qarab jo’nab ketdi. Jabbor bir chetga borib o’tirdi. Uning yoniga Husan aka yaxshi taniydigan ikki odam yetib bordi. Darhol ikkalasi ham muddaoga o’tishdi.
- Jabbor aka, aytdik, rulda Azizbek edi, deya guvohlik berdik. Endi bizga ruxsatmi? Hammaga bu haqda aytamiz. Jiyaningiz qutilib ketadi. Biz guvohlik beramiz. Jabbor aka, hammasi siz aytgandek bo’ladi. Pochchangizning o’limi bevaqt bo’ldi. Biz eshiklarni buza olmadik. Ularning ikkalasi ham qisilib qolishgan ekan. Bandalik aka, xudo sabr bersin.
Jabbor ularning gapiga boshini qimirlatib qo’ya qoldi. Ikki odam qutilganiga shukur aytishib tezda Jabborning yonidan uzoqlashdi.
- Ha, vijdonini ham, uymonini ham sotgan, nokaslar. Jabbor akang jonlaringga oro kiradi-da. O’lib ketgan odamni rulda deya qanday uyalmay aytmoqdasanlar? Nahotki yuzingiz biroz bo’lsa ham qizarmasa. Bolani asrash uchun yolg’on aytmoqdasan. Endi tunlari qanday uxlaysan? O’lgan Azizbekka tuhmat qilding, ruhi seni tinch qo’ymaydi. Tirik paytida oyog’ini yalar eding, endi sassiq bo’lib qoldimi? Nokaslar.
Husan aka ikkalasining yo’lini to’sib baqirdi. Jabbor o’rnidan turgan edi, Husan aka unga ham qarab baqirdi.
- Meni qama, Jabbor. Men senga qarshi chiqaman. Sening rejalaringni men buzaman. Jabbor, meni hali ham qama. Bunday sharmandachilik va sharmanda odamlarni qayta ko’rmay. Qama.
Jabbor indamay oldinga qarab ketdi. Ikki guvoh odamlardan rosa gap eshitib Jabborning ortidan ura qochdi. Hamma ularni haqorat qilib qoldi. Bechoralar dumi kesilgan kaltakesakdek indamasdan qaytishdi.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
50-qism


Ular nima ham deyishsin, axir ularning jilovi Jabborning qo’lida bo’lsa. Yur desa yurib, tur desa turishadi. Iloji qancha bularning. Jabbor katta bo’lsa, bularning barcha ishi Jabbor orqali bajarilsa. Bu insonlarni ham tushunish kerak. Husan aka shu xayollar bilan o’tirgan edi, yelkasidan kimdir turtdi. Husan aka qayrilib qaradi. Davron ekan.
- Husan aka, haydovchi yigit eski yo’lni ko’rib keldi. Bu joyni aylanib o’tamiz. U yursa bo’lishini aytdi. Ketdik. Bu yo’l ochilmaydi. Ketamizmi?
Husan aka o’rnidan turib mashina tomon yurdi.
- Davron, sen ham ko’rdingmi? Ular uchdi, balki do’zaxga uchgandir-a?
Husan aka past ovozda gapirdi. Davron avval yelka qisdi, keyin birovdan qo’rqqan kabi gapirdi.
- Husan aka. Bilmadim. Har holda yomon bo’ldi. Bir qishloqda, bir kunda uchta o’likni ko’mish, xalqqa jabrda. Salimning jasadi bor, ammo nargi ikkalasining suyagi ham topilmasa kerak. Uzoq yonishdi, keyin portlab sochilib ketishdi, boyaqishlar. Joylari jannatda bo’lishsin.
Davron duo qilib yuziga fotiha tortdi. Husan aka unga ajablanib qaradi. O’zining yonida yurgan Davrondan asar ham yo’qligiga ishonib o’ziga-o’zi gapirib qo’ydi.
- Davron, sen jannati insonsan. Inim senga Jannat eshiklari ochiq. Dushmaniga yaxshilik qilish hammaning ham qo’lidan keladigan ish emas. E olloh, agar shu inim jannatingga kira olmasa, sening borliging yolg’on. Sening buyukliging yolg’on. Men qayerga buyursang boraman, ammo bu bandangga jannatingdan o’rin bermasang o’zim janjal qilaman. Bu jannati bandangga o’zing mehringni ber, og’irini yengil qil.
Husan akaning bu gapiga Davron e’tibor ham bermadi. Husan aka ajib chaqqonlik bilan mashinaga o’tirib oldi.
- Yo’lni ko’rdingizmi? Yursa bo’lar ekanmi? Qiynalmaysizmi? _ deya haydovchi yigitdan so’radi.
- Ko’rdim, yursa bo’ladi. Qani, Davron aka chiqing, yuramiz. Bu joyda hali ko’p qolib ketamiz. Yo’l ochilmaydi, chamamda, - deya haydovchi yigit mashinaning motorini o’t oldirdi.
Birozdan keyin mashina eski tuproq yoʻldan siltanib olib yurib ketdi. Uning ortidan quyuq chang ko’tarilardi. Mashina qancha yurib tekis yo’lga qo’shilib oldi. Buni ko’rganlar ham shu yo’ldan yurishga qaror qilishdi. Mashinalar ikki tomondan shu eski yo’l orqali aylanib o’tishardi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
51-qism


****
Kechga yaqin Toshkentdan kelgan mashina Davronning uyi oldiga kelib to’xtadi. Qo’shnilar mashinani ko’rib shu tomonga qarab shoshilishdi. Hamma nima bo’lganligiga qiziqib kelishardi. Davronning ayoli qishloq o’rtasidagi buloqdan ikki chelak suv olib xayolga berilib qaytardi. Yonidan bolalar - “Mashina keldi. Mashina keldi. Yigitali keldi.” – deyishib chopib o’tib ketganini ko’rgan ayol shoshib qoldi. Uyi oldida turgan katta “Tez yordam” mashinasini ko’rib, ayolning qo’lidagi chelaklar yerga tushib ketdi. Yerga urilib suvi to’kilgan chelaklar pastlikka soyga qarab taraqlab ovoz berib, yumalab ketdi.
- Yigitali, bolam. Bolajonim, - deya baqirgan ayol uyi tomonga qarab chopdi. Biroz yurib yiqilib tushdi. Qattiq hayajon sababli bo’lsa kerak, ayol o’rnidan sakrab turdi. Tizzasi shilinib ketganligiga qaramasdan uyiga qarab yugirardi. Oyoqlari ustiga oqqan qonga e’tibor ham bermasdan uyiga shoshgan ayolini ko’rgan Davron baqirdi.
- Shoshma, onasi, shoshma. Bolang sog’-omon. Qo’rqma. Bolang tuzalib ketdi. Sekin kelaver. Mana bolang sog’lom.
Davron ayoliga tasalli berar, ammo o’zini yig’idan zo’rg’a tutib turardi.
- Qani bolam, o’zim ko’ray dadasi. Qani mening bolam, - deya yetib brogan ayol, Yigitalini ko’rib battar baqirdi. - Nima bo’ldi? Bu nega indamaydi? Nega jimsan, bolam?
Husan aka ayolni yoniga kelib past ovozda gapirdi.
- Kelin, qattiq baqirma. Yigitali yaxshi, yo’lda charchab uxladi. Qani uyga kiratlik. Hozir bolang uyg’onib seni ko’radi. Kelin, yuzlaringni yuvib ol. Yigitali seni bu holda ko’rsa xafa bo’ladi. Qani endi bolani uyga kiritaylik, chetga o’t.
- Bobosi, sizga ishonaman, - dedi ayol chetga chiqib. – Siz yolg’on aytmaysiz. Bolam yaxshimi?
Husan aka hamshiraga yordam berib, - “Yaxshi, juda yaxshi” - deb qo’ydi. Ayol tezda yuzini yuvib olib ichkariga kirdi. Qo’shnilar tashqarida qolishdi. Haydovchi mashinani chetga oldi. Tumandan yopshiriq olgan Akbar doktor va yordamchi hamshira ham yetib kelishdi. Ular ham uyga kirishdi.
Husnora soyga tushib ketgan chelaklarga suv olib keldi va dahlizga joylashtirib chiqdi. Eshik oldida turgan qo’shni ayollar bilan birgalikda jim turdi. Husnora jim turar, ammo butun vujudi quloqqa aylanib ichkariga quloq solardi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
52-qism



Ichkaridan chiqqan hamshira qiz tashqarida turgan odamlar orasidan o’tib borarkan, xuddi o’ziga o’xshagan qizni ko’rib to’xtadi. Qarshisida turgan qiz bir tomchi suvdek o’ziga o’xshashiga hayron bo’lib qaradi. Biroz qarab turdi va kulib dedi.
- Adashmasam, siz Husnorasiz. Adashmadimmi?
Husnora bu begona qiz uning ismini bilishiga ajablanib qaradi. Biroz vaqt jim turib, keyin shoshib so’radi.
- Mening ismimni qayerdan bilasiz? Biz avval uchrashmaganmiz. Siz qayerdan bilasiz? Ayting?
Hamshira qiz Husnoraning bilagidan tutdi va chetroqqa imladi. Ikki qiz hovli burchagidagi katta o’rik daraxtining oldiga borishdi. Hamshira qiz atrofga qarab oldi va gap boshladi.
- Qo’rqmang, singlim. Siz haqingizda Yigitali aytib berdi. To’g’risi meni siz deya o’yladi. Husnora deya alazsiradi. O’zim ham sizga bunchalik o’xshashimga ishonmagan edim. Qarang xuddi egizaklar kabi o’xshar ekanmiz. Ismim Adolat. Mening yoshim katta, siz kichik. Farqimiz shu tomoni, xalos. Yigitali sizni juda sevadi. Baxtli bo’ling der edim, ammo uning umr shami tugab bormoqda…
- Rahmsiz ekansiz, - dedi yig’lab Husnora. – Nahotki, bu gaplarni rahm qilmasdan aytmoqdasiz. Yigitali yashaydi. Siz keting. Biz qayta uchrashmaylik.
- O’zingizni bosib oling, - deya hamshira qiz Husnoraning yo’lini to’sdi. – Bu gaplarni aytish menga ham og’ir. Men ham bu ukamni yashashini istayman. Sizga bitta maslahat berishni maqsad qildim. Eshiting. Yigitalining umr shami tugamoqda. Bu haqda o’zi va onasi bilmasin. Sizdan iltimos, o’zingizni bosib olib, bu yigitga yordam bering. Umrining so’nggi lahzasini siz bilan o’tkazsin. Toshkentda qolsa o’zim shunday qilar edim. Otasi qarshilik qildi. Endi siz unga yordam bering. Bu dunyo rahmsiz. Menda rahm bor. Mening onam ham shu darddan olamdan o’tgan. Men rahmsizlik qilmadim, sizga najotkor bo’ldim. Menga onam haqida aytishmagan, shu sababli onamni xursand holda jon taslim qilishini ko’ra olmaganman. Siz shunday qiling, Yigitaliga yordam bering. Uning so’nggi nafasi sizning yoningizda qolsin. Uzr singlim, bu haqda o’ylab ko’ring. Dunyo shafqatsiz. Sabr tilayman.
Hamshira qiz ko’zidan oqqan yoshini artib mashina tomonga qarab yurdi. Husnora yuzini yopib yig’ladi. Akbar doktor uydan chiqib hamshira tomon yurdi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
53-qism



Adolatxon singlim. Biroz shoshmang. Menda sal tushunmovchilik bor. Mana bu yo’riqnomani sal tushuntirib keting. Malol kelmasa bilib olay. Bu yog’ini o’zimiz eplaymiz, ammo mana bu dorilarni qachon berish haqida tushuncha bering. Singlim, siz shu sohada ishlab tajribangiz bor. Biz bilib qolaylik, shoshib qolmaslik uchunda, Adolatxon.
Hamshira yig’idan qizargan ko’zini ko’rsatmaslik uchun qora ko’zoynagini taqib oldi. Akbarning yoniga kelib zarur tushunchani berdi. Ancha tushuntirgach, qo’liga dorilar orasidagi qizil yozuvli dorilarni olib ko’rsatdi.
- Mana bu qutichada o’nta dori bor. Buni asrab turasiz. Bemor umrining so’nggi damlarida og’riqqa chiday olmay dodlab qoladi. Shu paytda bundan tomirga jo’natasiz. Birinchisi bir sutkaga ta’sir qiladi. Keyin vaqti kamayib ketaveradi. Toshkentdan Sarvar akadan maslahat olib turasiz. Sizlarda tog’da uyali aloqa vositasi ishlar ekan. Husan bobo yordam berib turadi. Bu dorini tejab ishlating. Agar ortsa tumanga topshirasiz. Har bir emdorining vaqtini qayd etib borasiz. Buning har bittasiga javobgarsiz. Agar yetmay qolsa, tumandan yordam olasiz. Boshqa savolingiz yo’qmi?
Akbar hamshiraga bosh irg’ab qo’ydi. Hamshira mashinaga chiqayotgan edi, ichkaridan Husan aka chiqib keldi.
- Mehmonlar, uyga boramiz. Bir payola choyimiz bor, qani ketdik.
- Uzr, Husan bobo, - dedi hamshira ochiq chehra bilan. – Biz ketishimiz kerak. Vaqt g’animat. Yana kimgadir yordam kerak bo’lib qoladi. Bu bizning vazifamiz. Rahmat, biz yo’ldan qolmaylik. Uzr.
Adolat eshikni yopdi. Mashina yurib ketdi. Husan aka ortidan qo’l siltab xayrlashib qoldi. Adolat bu qishloqda yana biroz tursa butun umr shu yerda qolishini istab qolishidan qo’rqib jo’nab ketdi. Bu qishloq, sodda odamlar, mehrli ko’zlar uni maftun etgan edi. U mashinaning yon oynasidan ortga qarab ketar ekan, haydovchi yigit hazillashdi.
- Adolat opa, qishloqdan ko’z uza olmay qoldingiz. Qishloq yoqib qoldimi, deyman. Husan boboga aytish kerak edimi, sizga bu joydan munosib kuyov topib berardi. Hali ham qaytib aytaymi, opa. Nima deysiz?
Haydovchi yigit xandon otib kuldi. Adolat ham biroz jilmaydi.





Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
54-qism


- Bu qishloqda yashasang mazza ekan. Odamlari samimiy. Bunaqa odamlar bizda yo’q. Hamma bir-biriga mehribon, ko’nglida kiri yo’q ekan. Bir soatlik qishloq ahli bilan suhbat menda shunday taassurot qoldirdi. Husan boboga gap yo’q. dilkash inson. Faqat, Yigitalining taqdiri meni o’ylantirib qo’ydi. Shu isteʼdod bilan shaharda tug’ilganida yaxshi bo’larmidi?
- Adolat opa, - dedi haydovchi yigit chaqqonlik bilan mashinani boshqarib. – Balki, Yigitali shaharda tug’ilganida bunday buyuk isteʼdod sohibi bo’lmas edi. Shaharda bunaqa tabiat, bunaqa insonlar yo’q. Balki, umri shunday tugamas edimi? Balkilar ko’p, javobi yo’q.
Shundan keyin ikkalasi ham jim bo’lib o’z xayollari bilan band bo’lishdi. Ular shovqinli shaharlariga qaytishmoqda edi.
Yigitali kechki paytda ko’zini ochdi. G’ira-shira onasini ko’rib hayron bo’lib qoldi.
- Ona, men uyga qachon keldim? Nega hamma joyim og’rimoqda?
Yigitalining savollariga onasi kulib javob berdi.
- Qayerdan kelding. Sen uydasan. Biroz tobing bo’lmadi. Bobong va doktor amaking senga qarashdi. Ertalabdan buyon mazza qilib uxlading. Issig’ing ham tushibdi. Hozir issiq ovqat ichib ol.
- Voy, tush ko’ribmanda. Axir kecha Toshkentga brogan edik. To’g’rimi. Husan bobo.
- Rosa uxlab tush ko’ribsan. Mana biz uydamiz. Tushda nimalar ko’rinmaydi. Endi dam ol. Yaxshi bo’lib qolding. Men Yulduzdan xabar olay, ertaga senga olib kelaman. Minasanmi? Minasanmi? Minasanmi?
Husan aka oxirgi gapini bo’g’ziga tiqilgan achchiq alam bilan qayta-qayta aytdi. Ko’zida yosh miltilladi. Yigitaliga sezdirmaslik uchun o’rnidan turib ters o’girilib oldi.
Yigitalining o’rniga Davron javob qaytardi.
- Otingizni olib keeling, bobojonisi. Ertaga albatta otga minadi. Sizni kutamiz, to’g’rimi o’g’lim?
Davron o’rnidan turayotgan Husan akaga yordam berdi. U ham namli ko’zini ko’rsatmaslik uchun ham shunday qildi.
Akbar doridan olib Yigitalining bilagidan ukol qildi. Unga hamshira qiz yordam qildi. Akbar ishini tamomlab, hamshira qiz bilan ertaga kelishini aytib jo’nab ketdi.





Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
55-qism


Xonaga ruxsat so’rab Yigitalining ukalari kirib kelishdi. Ular chug’urlashib Yigitaliga gapirishardi. Yigitali yon tomonga burilmoqchi edi, quvvati yetmadi. Og’zi quruqlashib qoldi. Ukalari uzatgan choyni to’kib ichdi. Keyin ko’zini yumdi. Doktorlar bergan uyqudori o’z ta’sirini ko’rsatib, uxlab qoldi. Onasi ukalarini qo’shni uyga olib o’tdi. Davron Yigitalining yoniga joy solib cho’zilib yotdi.
Ayoli uyga kirib keldi. Eriga biroz qarab turib so’radi.
- Jon dadasi, to’g’risini ayting, nega bolamizni u yoqdan olib kelib qo’ydingiz? Sababi nima? Nega bobosi bolamga gapirsa ko’zidan yosh chiqmoqda? Ayting, mening ham bilishga haqqim bor. Men onaman, ayting.
- Bu nima deganing? –dedi Davron ters o’girilib yotib. – Yigitali sog’lom ekan. Doktorlar uyga javob berishdi. Har xil xayollarni boshingdan chiqarib tshla. Bolang tuzalib ketar ekan. Boshqasi bilan nima ishing bor? Endi uxla.
- Yo’q, dadasi. Nimadir bo’lgan? Nega men bilishim mumkin emas? Mening haqqim yo’qmi? Yo bolam o’lib qoladimi? A, a, a.
Ayolining bu gapidan keyin Davron sapchib o’rnidan turdi. Jahl bilan ayolining yuziga urib yubordi. Ayoli yig’ladi.
- Bu nima deganing, axmoq xotin? Kim senga bolang o’ladi dedi? Kim? Sen menga emas shu gapni aytganlarga ishonasanmi? Ayt, kim?
- Aziz fermer aytdi, - ayol yig’lab gapirardi. – Ering Toshkentga bekor ketdi. Salim qora aytdi, bolang bir oyga yetmay o’ladi. Tog’amdan Husan tirriq majburlab pul olibdi, bu pulni olib qo’yishing kerak edi, bolang o’lgach marakasiga ishlatarding, dedi. Salimni ham ushlab oldim, u ham shunday dedi. Dadasi meni aldamang, bolam o’lsa men nima qilaman. Tuzalib ketsin. Bolamni ularning oldidan bir bora yurib o’tishi uchun jonimni ham beraman. Aldamang, dadasi.
- Bolamiz tezda yurib ketadi. Ular hali jazosini oladi. Toshkentga olib bordim, endi bolam tezda tuzalib ketadi. Men seni bekorga urib qo’ydim, kechir onasi.
Davron yerga yotib yig’layotgan ayolining sochlarini silar, kechirim ham so’rab qo’yardi. Davron ayolini birinchi bora urishi edi, u o’zini tuta olmaganidan xafa edi. Davronning shu ayolni urib nima topdim deya ichini it tirnardi. U ayolini sekin quchub oldi. Ayolining yig’idan siltanayotgan yelkalarini siladi. Er-xotin bir-biriga suyanib tongni bedor bo’lib kutib olishdi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
56-qism


****
Ertasi kuni Yigitali sal bardam holda uyg’ondi. Onasi va dadasini ko’rib quvondi/ onasi nonushta tayyorlagan ekan Yigitaliga majburlab yedirdi. Tashqarida dadasini kimdir chaqirdi. Dadasi chiqqach kimdir – “Qishloqda uchta janaza bor ekan. O’tarsiz.” – dedi. Yigitali hayron bo’ldi. Shu kichkina qishloqda uchta janaza, bu nima degan gap. Kim ekan u baxtiqoralar. Dadasi uyga qaytib kirmoqchi edi, Husnorani ko’rib to’xtadi.
- Kir qizim. Yigitali sinfdoshing uyda. Qani kira qol, - degan Davron oxirida past ovozda gapirdi. – Qizim, Yigitali Toshkentga borganimizni bilmasin. Kelishgan edikku.
Husnora uyga kirib keldi. Yigitali kulib qo’ydi. Onasi sekin tashqariga chiqib ketdi. Husnora Yigitali yotgan joyga yaqin kelib o’tirdi. U Yigitaliga kulib qaradi.
- Nimaga kulayapsan? – dedi Yigitali ham xush kayfiyat bilan. – Men xafaman, bilasanmi? Qishlog’imizda uch kishi olamdan o’tibdi. Kim ekan ular, taniysanmi?
- Ha, - dedi Husnora atrofga qarab olib. – Maktabimizning direktori va Azizbek fermer, hamda Salim aka. Bilasanmi, erkatoy do’stimiz Salim akani mashinasida bosib o’ldirib ketibdi. Keyin shoshib mashinani ag’darib yuboribdi. Erkatoy mashinadan tushib qolibdi. Dadasi va jiyani portlab ketibdi. Shunaqa…
- Nima? – deya Yigitali o’rnidan turmoqchi bo’ldi. – Sen erkatoy deyotgan odam, mening qadrdon sinfdoshim bo’ladi. Bechoraga qiyin bo’lobdi. Dadamga aytishim kerak, men ham do’stimdan xabar olishim, dalda berib turishim kerak. Husnora, dadamni chaqir.
- Shoshma, - dedi Husnora xunob bo’lib. – U seni do’st deb bilmaydi. Sendan biror marta hol so’ramadi. Hatto mendan holingni ham so’ray olmagan, nomard-ku. U marosimda ishtirok eta olmas emish. U ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolibdi. Oyimning aytishicha, uning tog’asi qutqarish uchun ham shunaqa joyga qamab qo’ygan bo’lishi mumkin. Bularning qo’li uzun. Sen ularning rahmini yemay qo’ya qol.
- Sen bunchalik berahm bo’lib ketding, Husnora. – dedi Yigitali xunob bo’lib. – u vaqt topmagan bo’lishi mumkin. Nima endi men shu sabab bilan o’z sinfdoshimdan yuz buraymi? Yomon kunida yonida dardkash bo’la olmasang, qanaqa do’stsan. Men baribir boraman.
- O’zing bilasan, - deya Husnora deraza tomonga qaradi. – Ana qara, sen ekkan gul unib chiqa boshlabdi. Qara, qanday ajoyib.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍31
Chala qolgan surat
Qissa
57-qism


Yigitali ham deraza tomonga qaradi va ajablanib qo’ydi. Tosh ustida gullar ungan va xiyla bo’y cho’zgan edi. Yigitali ko’zlariga ishonmadi. Bu qisqa muddatda gullar bu holga kelishi ajablanarli hol edi. U qayerdan bilsin, tunda Husnora kelib gullarni ko’chat qilib ketganligini. Husnora bu ishini yashirib bajargan va bu orqali Yigitalini hayotga bo’lgan intilishini oshirmoqchi, qalbida kichik bo’lsa ham umid uchqunini hosil etmoqchi edi. Yigitali bu ishni dadasi yoki onasi bajargan deya o’ylab qo’ydi.
- Bu gular hali chiroyli bo’ladi. Sen yurib borib ularga suv berasan. Men yoningda suv olib kelib berib turaman.
- Husnora, rahmat senga, - deya uning gapini bo’ldi Yigitali bexosdan. – Sen eng yaxshi o’rtoqsan. Bilaman, mening umrim tugab bormoqda, ammo meni esdan chiqarma. Kelajakda baxtli oilang bo’ladi. Biz birgalikda bir kino ko’rgan edik, esingdami? Odam o’lgach sog’ingan yaqinlariga uning ruhi yangi chaqaloqqa o’tib kelgan edi. Men o’lgach, sen turmushga chiqib meni esla va o’g’lingga ismimni qo’y. Mening ruhim balki shunda qaytib kelar. Nima deding?
- Bu nima deganing? Sen hali yashaysan. Bunaqa noumid bo’lma. Dadang, onang, yaqinlaring, men ham sening sog’ayishingni kutib o’tirsak, bu qanday gap? Sen ishonmasang, biz qanday yuramiz? Sen kurash, bu dardni yengasan. Deyarli tuzalib qolding. Meni xafa qilding, ketdim. Yaxshi gap aytmoqchi bo’lsang chaqirasan. Ketdim, axmoq ekansan.
Husnora uydan yig’lab chiqib ketdi. U yig’laganini Yigitali ko’rmasin deya yolg’on araz qolib ketib qoldi. Husnora uy ortidagi toshdagi gullarga biroz qarab turib uyiga qaytib ketdi.
Tushlikdan keyin Husan aka kelib Yigitalini ko’rib chiqdi. Tashqariga chiqib ertalabdan buyon toshdagi gullarga qarab o’tirgan Davronning yoniga o’tirdi.
- Janazalarga bormading? Nima odamgarchilikni ham o’ldirdingmi? Bir ko’rinib kelsang bo’larmidi? Har holda ular ham odam edi. Nima deysan?
Husan aka Davronning yelkasiga turtdi. Davron chuqur nafas olib oldi.
- Aka, men bora olmadim. Qatorda yig’lab turgan yaqinlarini ko’rib “Bolam” deb yuborishdan qo’rqdim. Ha, qo’rqdim. Men o’zimni tayyorlab olishim kerak. Siz bordingizmi? Odam ko’pdir?
Ha, - dedi Husan aka, uzoqlarga qarab. – Bordim. Hamma joyda odam kam. Salimning tobutini ko’tardik, joyiga qo’ydik.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
58-qism


Anavi tog’a-jiyanning tobuti ham bo’lmadi. Maxsus qutilarga suyaklarini joylab kelibdi. Qiyin bo’ldi, yaqinlariga. Quchib yig’lay desa jasadi yo’q. Odamlarning aytishicha suyaklarini ajratish ham qiyin bo’libdi. Aralashib ketgan emish. Iloj yo’q, endi kech. Bu dunyoni o’yin bilganlarni xudoning o’zi o’ynatib qo’ydi. Qilmish-qidirmish deyishgan. Taqdiri shunaqa ekan.
Davron jim o’tirar, Husan akaning gaplariga e’tibor ham bermasdi. Husan aka biroz o’tirgach, o’rnidan turdi.
- Davron, bu direktorning bolasiga qiyin bo’libdi. Aqldan ozib qolgan emish. Jabbor tog’asi oldida o’tirgan emish. U janazaga ham kelmadi. Shotirlari kelib ketdi. Bola tamom bo’ldi. Uni boylik yo’ldan ozdirdi. U buni ko’tara olmadi. Shunaqa gaplar.
- Bularni nega menga aytmoqdasiz? Menga qizig’i yo’q. Biri o’lsin, biri qolsin, - dedi Davron xunob bo’lib.
Husan aka Davronga ajablanib qaradi. “Shu o’zimizning Davronmi?” – deya o’ziga savol berdi. Biroz achchiqlanib turdida, Davronning yoqasidan ushlab o’ziga tortdi. Bu harakatdan Davron qo’rqib qoldi.
- Seni tanimay qoldim, uka. Sen mening jigarim Davronmisan? Nega o’zgarib qolding? Hayotning birinchi zarbasiga dosh bera olmas ekansan o’lib ket. Bor ana, tog’ga chiqib bo’rilarga yem bo’l. Katta jarlikdan o’zingni tashla, oson o’lasan. O’zingni os. Joning qiynalsa ham, men qiynalmayman. Oilang qiynalmaydi. Bu turishda sen befarq bo’lib qolasan. Befarqlik yomon, u o’lgandan yomon. Sen tirik yurasan, atrofingga qaramaysan. Birovga egilib holini so’rashga yaramaysan. Bunday yashagandan ko’ra hozir o’lganing yaxshi. Yaqinlaring bir kun yig’lar, bir oy yig’lar, keyin o’rganib ketishadi. Hayotga befarq bo’lib yashasang, ular har on senga achinib yig’lashadi. Senga shu kerakmi? Ayt?
Davronning nafasi bo’g’ildi. Husan aka chin dildan uni bug’ib qo’ygan edi. Davron o’zini uning changalidan amallab qutqarib olib, entikib nafas oldi. Husan aka ham qilgan ishidan qo’rqib qoldi.
- Hazilni bilmas ekansiz, - dedi Davron og’ir nafas olib. – Men shunaqa insonga o’xshaymanmi? Meni bugun tanidingizmi? Hazillashdim. Janazalarga keliningiz ketdi. Men Yigitali bilan qoldim. Endi aylanib hol so’rab chiqaman. Sal hayotdan charchagan edim, to’g’ri qildingiz. Endi sizga o’zimni kaltaklatib turaman. Aka, ana keliningiz kelayotir. Bizni bu holda ko’rib, bechora hayronda. Aytib qo’ymang. Biroz kurashdik deymiz. Aka, sizga rahmat.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
59-qism


Davron qo’rqib gapiga yolg’on aralashtirib aytardi. Husan aka jim edi. Davronning ayoli kelib ulardan hol so’radi.
- Dadasi, bu nima hol? Yigitalining bobosiga nega baqirmoqdasiz? Uyat emasmi? – deya Husan akaga o’girildi. – Aka, ukangiz nega bunday qildi? Urib tashlang, siz kattasiz. Qani uyga kiraylik.
Ayol uyga kirib ketdi.
- Uka, seni yana bir bora shu holda ko’rsam ayab o’tirmayman. Qasam ichaman, otimning qamchisi bilan kaltaklayman. E, meni bolalaring qamatib yuborsa ham mayli. Sen yoki aslingga qayt, yoki o’lishni tanla. Boshqa yo’ling yo’q.
Husan aka shunday deya jo’nashga hozirlik ko’rdi. Ichkaridan chiqqan ayol Husan akaga yuzlandi.
- Aka, vaqtingiz bo’lsa iningiz bilan azador xonadonlarga birgalikda borib keling. Boya Yigitalidan xavotir olib bora olmagan edi. Har holda bir qishloqning odamlarimiz. To’yimiz, azamiz bitta bo’lsa. Iningiz biroz gina ham saqlayayotir, chamamda. Ayting borib kelsin. Ertalab borishga unamadi. Indamay o’zim ketdim. So’ragan ayollarga yo’lda charchagandir, deb aldash bilan kunni o’tkazdim. Bunaqa qilmasin. Boyaqishlarga qiyin bo’ldi. Ayniqsa, ikkalasi butunlay yonib ketibdi, qarang. Bola bechora esa jinni bo’lib qolibdi. Aka, o’zingiz olib boring. Bu kishi jahl ustida bir narsa demasin, iltimos.
Husan aka Davronga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra ayolga tasalli berdi.
- Rahmat, kelin. Boringga shukur. Bu axmoqni o’zim olib boraman. Meni aldab o’tiribdi. Biz hozir birgalikda aylanib kelamiz. To’g’ri aytding, mehr sovimasin. Mana biz ketdik.
Husan aka Davronni qo’ltiqlab oldi. Biriz yurib past ovozda gapirdi.
- Xudo seni shunday oqila ayol bilan siylagan. Qara senga qanday yaxshilik qilmoqda. Sen axmoq, bunaqa ish qilib o’tirsang. Kelin to’g’ri aytdi, odamgarchilik qilib yasha. Yur, arazni yug’ishtir. Bir aylanib kelamiz. Qani erkakka o’xshab yur. Bunaqada hajiqiz bo’lib qolasan, yur. Kelin qarab turibdi. Uni ham xafa qilma. Ayolni xafa qilish eng og’ir gunoh. Qani bir dadil yur.
Davron ilojsiz holda Husan akaga ergashib qishloq bo’ylab yurdi. U bu insonlar bilan aloqani butkul uzmoqchi edi, aslida. Ayoli bu haqda Husan akaga aytgach, iloji qolmadi. Husan aka u uchun otasidek bir zot. Hatto avliyosifat odam.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
60-qism



Uni ranjitishning o’zi bo’lmaydi. Ular birinchi Salimning uyiga kirishdi. Yaqinlari hali tarqalishmagan ekan. Duo qilishib hol so’rashdi.
- Shunday kerakli odamni mashinada bosib ketishibdi. Hozir malakali, pochchamdek bilimli doktorlarni topish, igna bilan quduq qazishdek bir gap. Men hali u churvaqaga ko’rsatib qo’yaman. Tog’asi qutqarish uchun jinnixonaga tiqibdi. Men uning umrini turmada chiritaman. Eng kerakli, qishlog’i uchun jonidan kechib xizmat qilgan doktorni shu holga solishsa. Bu nima ahvol?
Aftidan gapirayotgan Salim qoraning poytaxtda ishlaydigan qayinukasi edi. Davron unga zahrini sochmoqchi edi, Husan aka biqiniga “Jim” deya turtdi. Davron yerga qaradi. Husan aka uzr aytib o’rnidan turdi. Davron unga ergashdi.
Ular yana ikkita azador uyga kirib chiqishdi. Ular ham taqdirdan nolib yo’’qotgan insonlarini begunoh farishta kabi tasvirlashdi. Bu safar Davron o’zini bosib o’tirdi. Husan aka unga bu haqda ko’p bora tushuntirib bergan va jim o’tirishiga va’dasini olgan edi. Davron yelkasidagi odamgarchilikning yana bir qarzidan qutilib biroz yengil tortib qoldi. Odam taftini odam oladi, deb bekorga aytishmagan ekan. Garchand o’zi uchun yoqimsiz suhbatlarni eshitgan bo’lsa hamki, Davronning qalbi yengillashdi. Nafas olishi yengil bo’lgandek bo’ldi nazarida.
Azador uylarni aylanib chiqqan ikki inson qishloq o’rtasidagi soylikdan indamasdan izma-iz yurib ketishardi.
- Davron, bilasanmi? – dedi Husan aka yurishdan to’xtab. – Yulduz ham kasal bo’lib qolibdi. Kecha yaxshi edi, bugun ishtahasi yo’q. Uni Yigitaliga olib bormoqchi edim, nasib qilmadi. Shamollagan bo’lsa kerak deya ustini qalin qilib kelgan edim. Nevaram qarab turibdi. Endi bu jonivor ham qaridi. Salkam yigirmaga kirmoqda. Bu otga mehrim boshqacha edi. Endi boshqa ot tarbiyalay desam qarilik kuchini ko’rsatmoqda. Davron Yulduzning besh yashar bolasi bor. Qancha odam sot dedi, sotmadim. Shuni senga bersam o’zing ko’pkariga tayyorlab minib yur. Har holda sen ham katta chavandozning o’g’lisan. Otangning ham ruhi shod bo’lardi. O’zim eplay olmayman. Zo’r ot bo’ladi. Ismini Qaytmas qo’yganman. Nima deysan?
- Bilmasam, - deya yelkasini qisdi Davron ham yurishdan to’xtab. – O’zingiz tarbiyalang. Menda shuncha yumush boshimda bor. Hali Yigitali…
Davron gapini davom ettira olmadi.
- Shunday qilma endi, inim, - dedi Husan aka oldinda yana yurib keta turib, - Bu hayot sinovlariga dosh berganlargina baxtli bo’lib yashashadi. Sen barini yengasan.





Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
61-qism


***
Keyingi bir hafta yaxshi o’tdi. Yigitali dorining kuchi bilanmi, yoki bir necha kun miriqib uxlagani sabablimi, ancha bardam bo’lib qoldi. Hol so’rashga kelganlar bilan suhbatlashar, qishloqdagi yangiliklar haqida bilishni istar edi.
Havo yaxshi kunlari dadasi uni tashqariga ko’tarib chiqarardi. Yigitali ko’pincha tosh ustida o’sgan gullarni tamosha qilib o’tirishni istar edi. Dadasi ham bu istakka qarshi chiqmas, uni xarsang tosh yoniga olib borib, o’rindiqqa o’tqazib qo’yardi. Yigitalining ustiga qalin ko’rpa yopib, yolg’iz xayol surishiga qo’yib berib, o’zi uzoqdan kuzatib o’tirardi.
Davron bolasidagi bu o’zgarishlardan quvonib qo’yardi. “Nahotki, nahotki, tuzalib ketsa”. Davronning qalbida umid uchqunlari paydo bo’lgan va ishonchi ortib bormoqda edi. Ayoli ham xursand. Toshkentdagi tanimagan doktorini uzoq duo qilardi. Ayniqsa Husan akani har soatda bir eslab duo qilishni kanda qilmasdi. Bolasiga qarb quvonib to’ymasdi.
Husnora ham kuniga ikki-uch marta kelar, Yigitali bilan soatlab suhbatlashib o’tirardi. Husnora Yigitaliga rasm chizishni taklif qilar, ammo bunga imkon topa olmasdi. Yigitali rasm chizishni istamas edi. Husnora baribir chizish haqida ko’p gapirardi. Husnora uyiga qaytar ekan, ertaga baribir rasm chizdiraman, deya niyat qilib ketardi.
Sakkizinchi kuni, yani aprel oyining ilk kuni, kechga yaqin Yigitalining dardi bezovta qilib qoldi. U ko’zlarini katta ochib, ko’ksiga mushtlardi. Og’ir nafas olib, dodlab baqirardi. Halovatini yo’qotib, o’zini u tomondan, bu tomonga qarab chayqardi. Og’zidan oppoq ko’pik kelar, tili og’zidan chiqib ketardi. Ko’zlari kosasiga sig’may ketgandek olazarak bo’lib atrofga qarardi.
Dadasi va onasi shoshib qolib, nima qilishini bilmay gangib qolishgandi. Onasi uning og’zini artar, dadasi qo’llarini silardi. Shu payt uyga Akbar va Husan aka kirib kelishdi. Ular Toshkentdagi doktorga Yigitali haqida hisobot berib, zarur tavsiyani olish uchun tog’ga borib kelishgandi. Akbar darhol qizil qutichani ochdi. Ichidagi maxsus emdorini Yigitalining tomiriga jo’natdi. Orada besh daqiqa o’tib Yigitali ancha o’ziga kelib qoldi. U ko’zini ochib atrofga qaradi.
- Bolam, senga nima bo’ldi? Bizni rosa qo’rqitding, endi yaxshimisan?
Onasi shunday deya Yigitalining yuzlarini artib tozaladi. Yigitali boshini qimirlatib qo’ydi. U hozir nima bo’lganini eslay olmadi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
62-qism


Akbar Davronni tashqariga chiqishiga ishora qilib o’rnidan turdi. Davron unga so’zsiz ergashdi. Ular tashqariga chiqishdi. Akbar yonidan sigareta olib chekdi. Uydan ancha uzoqlashib ketdi. Biroz ortda qolgan Davron uning ortidan yetib oldi.
- Nima gap? Hozir nima dori berdingiz? Shunchalik ahvoli yomonmi?
Davron yerga qarab tinimsiz savol berardi. U Akbarga qaray ham olmasdi. Nazarida unga qarasa ko’zidagi yoshini ko’rgan Akbar, butun qishloqqa aytib beradigandek edi, go’yo.
- Davron do’stim, - deya gap boshladi chala chekilgan sigaretani chetga otgan Akbar. – Biz hozir kerakli topshiriqni olib keldik. Doktorning aytishi bo’yicha bu holat ertaga boshlanishi kerak edi. Bu kasallikning eng yuqori bosqichi ekan. Hozirgi dori nihoyatda kuchli dori sanalib, tanadagi og’riqni sezdirmasdan turar ekan. Doktorning aytishicha birinchi dorining kuchi yigirma- yigirma ikki soatga yetar emish. Keyingilari tezlashib ketar ekan. Xullas, bu oxirgi chora.
- Nega bu dorini berdingiz? Sabr qilsangiz bo’lar edi-ku. Doktor ertaga degan bo’lsa bugun nega berasiz? Menda qasdingiz bormidi?
Davron yerga o’tirib qoldi. U hiqillab yig’lardi. U ovozsiz yig’lardi.
- Davron do’stim, - dedi Akbar uning yoniga o’tirib olib. – Men ham ilojsizman. Qani imkoni bo’lsa, bu darddan bolangni forig’ qilsam. Bilasan, bu dardga davo yo’q. Endi men ham bir ojiz bandaman. Doktorning aytganini bajardim. Agar bu dori berilmasa bemor darhol jon taslim qiladi. Biz bolangning sal bo’lsa ham umrini uzaytirishga va qiynalishining oldini olishga urinmoqdamiz. Shunaqa, do’stim.
Davron o’rnidan turib uyga qarab jo’nadi. Akbar - “Ertalab kelaman.” - deya jo’nab ketdi. Akbar ketgach Davron uyiga kirdi. Yigitali ancha tetik bo’lib qolibdi. Husan bobosi bilan suhbatlashib o’tirishganini ko’rib, Davron qo’shni xonaga kirib ketdi.
Ayoli kechki ovqatni hozirladi. Hamma dasturxon atrofiga yig’ilishdi. Yigitalining ukalari boyagi holatidan qo’rqibmi, harqalay dasturxon atrofida jim bo’lib o’tirishdi. Ularning holatini ko’rgan onasi dashnom berdi.
- ha bolalarim. Nega jimbo’lib qoldinglar? Xuddi ini buzilgan chumchuq bolasidek bo’lib mung’ayib o’tiribsizlar. Qani bir yayranglar. Ana akalaring ham yaxshi. Biroz tobi qochdida. Shunga jim o’tirish kerakmi? Qani ovqatni xursand boʼlib yenglar. Xafa boʼlib ovqat yegan odamning oshqozoni ovqatni yaxshi hazm qila olmaydi. Keyin qorningiz og’rib qoladi. Qani bir quvoninglar-chi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
63-qism

Ayolining gapidan keyin Davron ham sekin bolalariga qarab chiqdi. Bechoralar goh ovqatga qarashsa, goh bir chetda yotgan akalariga qarashardi. Ular ovqatni ham chala yeyishga urinishardi.
- Onalaring to’g’ri aytdi, - dedi Davron bolalariga qarab olib. – Qani bir kulinglar. Ana Yigitali ham yaxshi bo’lib qoldi. Husan bobosi bularga qiziq ertak aytib bering. Aytasiz-a?
Husan aka tasdiq ishorasini qildi. Xullas bolalar sal jilmayib ovqatlanishdi. Ovqatdan keyin Husan aka uyiga jo’nashini aytdi. Davron uni kuzatishga chiqdi. Ular uydan uzoqlashgach Husan aka nasihat qildi.
- Davron inim, endi iloji qolmabdi. Ukol bilan uch-to’rt kun ushlab turar ekanmiz. Nachora, diydoriga to’yib qolay deya har kuni ertalabdan uyingga shoshaman. Xudoning ishiga qarshi chiqa olmaymiz, u nima desa shu bo’ladi.
- Ne ilojimiz bor, aka, – dedi Davron ham umidsiz ovozda. – Men bilib turibman, ammo onasiga ham aytsakmikan? Nima deysiz? Keyin bilsa yomon xafa bo’ladi.
- Ertaga kampirim bilan kelaman. U yaxshi tushuntira oladi. Har holda qush tilini qush biladi, ona tilini ona biladi, uka. Kampirimning o’zi aytadi.
Husan aka keta turib ortga qaytdi.
- Bu ot bechora ham o’sal yotibdi. Na yemyeydi, na suv ichadi. U ham olib qoladi-yov, - degan Husan aka oxirida uzr so’radi. – Uzr uka. Boshingda shuncha tashvish bor bo’la turib men axmoq bir ot haqida aytib o’tirsam. Kechir uka.
Husan aka uyiga jo’nab ketdi. U qorong’u tun qo’ynida gandiraklab ketardi. Qalbi vayron bo’lib ketardi. Ko’zi yoshga to’lib ketardi.
Davron uyiga kirib borganida Yigitali uxlab qolgan edi. Davronni ko’rgan ayoli sekin dardini aytdi.
- Dadasi, bu bolamizning axvoli kundan-kunga og’irlashib ketmoqda. Bu dard uni yengib qo’ymasinda, ishqilib. Yaxshiyam doktor vaqtida keldi. Aks holda nima qilishni bilmas edik. Xudoning o’zi ularni vaqtida yetkazdi. Shularning boriga shukur.
- Bolang yaxshi ekan, Akbar aytdi. Hozir bergan dorisi zo’r emish. Tezda tuzalib, yurib ketadi. Xavotir olma, ularga ishon.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
64-qism


Yurmasa ham mayli, - dedi bechora ayol Davronga umid bilan qarab. – bu darddan qutilsa bo’ldi. Unga men oyoq bo’laman. Aytgan joyiga opichlab olib boraman. Yashab ketsa bo’ldi.
- Axmoq xotin, - deya baqirib yubordi, Davron bexosdan. – Mana ko’rasan bolang tuzalib ketadi. Hali bunaqa sovuq niyatng ham bormi? Tuzaldi. Ko’rasan, tuzaladi. Endi uxlaymiz, xotin. Qani menga bolamning yonidan o’rin tayyorlab ber. Boshqa bunaqa sovuq nafas qilma.
Ayol mum tishladi. Ayol jim bo’ldi. Ayol tosh qotdi. Biroz turib nargi xonaga chiqib ketdi. U eridan birinchi bora dakki yegan edi. Birinchi bora unga eri ovozini balandlatgan edi. Ayol o’zini kamsitilgan hisoblandi. U taqdiridan birinchi marta nolidi. Bolalarining yoniga yotib tun bo’yi yig’lab chiqdi.
Ertasi kuni tushlik paytida Akbar doktor kelib Yigitalining holidan xabar oldi. Davron Akbardan bolasi haqida so’radi. Ikkalasi suhbatlashib o’tirgan edi, Yigitali dodlab yubordi.
- Boshlandi, - dedi Akbar dorini tayyorlab. – Kechagi dorining kuchi tugadi. Davronjon, yordam qiling. Qani qo’lini bosing.
Davron o’g’lining qo’lini qattiq ushlab oldi. Akbar Yigitalining bilagidan emdorini jo’natdi. Yigitali biroz vaqt dodladi. Uning ovozini eshitib onasi va ukalari uyga chopib kelishdi. Bolalar saf tortib qo’rqibgina turishar, onasi tinmasdan xudoga nola qilardi.
- E, xudojon, bu nima degan gap. Bir ojiz bandangga shuncha dard bergansan. Jon kerak bo’lsa mana mening jonimni ol. Bolam hali yosh, unga rahm qil. Buncha peshonam sho’r bo’lmasa. Nahotki, shu bandangga zor bo’lsang. Buni bag’ringga olganing bilan to’yasanmi? Mening jonimni ol, bolamga rahming kelsin. Jon xudojon, iltimos.
Eshikdan kirib kelgan Husan aka va kampiri bu holni ko’rib shoshib qoldi. Husan akaning kampiri sochlarini yoyib olib ko’ksiga mushtlab yig’layotgan ayolni quchoqlab oldi. Boshiga ro’molini tashlab qo’ydi.
Hoy aylanay, sizdan. Xudodan ham zo’r bo’ldingizmi? Unga shak keltirmang. Bolangiz tuzaladi. Halitdan noumid bo’lmang. Qani turing, aylanay. Bolalrni ham qo’rqitdingiz. Qarang qanday ajoyib bolalaringiz bor. Bolalar nargi xonaga boringlar. Bobosi siz bularga qarang. Turing, aylanay. Bu gaplarni qayta aytmang, uyat bo’ladi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
65-qism


Xudoning dargohi keng, bolangiz tuzalib ketadi. Toshkentdan bobosi bekorga dori olib kelmagan, mana ko’rasiz,…
Husan aka kampirini qo’lidagi aso bilan yelkasiga turtdi. Kampiri mum tishladi. Keyin ayolni o’rnidan turg’azib nargi uyga olib ketdi.
- Husan bobo, - dedi Yigitali xirildoq ovozda. – Nahotki, meni aldagan bo’lsangiz. Biz Toshkentga borgan edik desam, yo’q deysiz. Siz,….. Siz aldamag. Sizga…… aldash….yarashmaydi.
Yigitali oxirgi jumlalarini zo’rg’a aytdi va jim bo’lib qoldi. Husan aka gapirmoqchi edi, Akbar sekin gapirdi.
- Dori ta’sirida dam olsin. Husan aka indinga yeta olarmikan. Nima deysiz?
Davron tiz cho’kib qoldi. Husan aka joyida turib qoldi.
- Men endi bu yerda qolaman, - dedi Akbar Husan akaga yuzlanib. – Dorining quvvati tezroq ketaveradi. Endi buning kuchi o’n besh soatga yetar ekan.
Hamma jim bo’lib qoldi.
Ertasi kuni ertalab yana Yigitaliga dori berishdi. Tunga yaqin yana dori berishdi. Akbar doktor bu uydan keta olmay qoldi. U tinimsiz Yigitaliga qarab turar, zarur tibbiy yordamni berardi.
Husan aka goh bu yerga kelsa, goh uyida o’lim bilan olishib yotgan otining yoniga chopardi. U ikki hovli o’rtasida bo’zchining mokisidek bo’lib tinimsiz yurardi. Otga bir achinsa, Yigitaliga ming achinardi.
Yigitalining onasi Husan akaning kampiridan bolasi haqida bilgach tinimsiz yig’lar, bolalariga ko’z yoshini ko’rsatmaslikka urinardi. U ichidan yemirilishni boshlagan chinor kabi nima qilishini bilmasdan, gandiraklab yurardi.
Shu tun yarmida Yigitali hammadan bitta narsani iltimos qildi. U ertalab turib Husan bobosining otining suratini ishlashini aytdi. Husan bobosi quvonib ketdi.
- Ertalab yukduz aytgan joyingda bo’ladi. Sen nima desang shu bo’ladi. Jonim bolam, sening bitta gapingga jonim qurbon bo’lsin.
Husan aka shunday deya tun yarmida uydan chopib chiqib ketdi. Yigitali Akbarning qulog’iga nimadir dedi, u rozi bo’ldi. Davron qiziqib qaragan edi, Akbar bosh chayqadi. Hamma intiqlik bilan tongning otishini kutishardi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
66-qism

****
Husan aka tun yarmida otining oldiga kirib bordi. Uning yollarini taradi. Mehr bilan siladi.
- Jonivor, senga bir o’tinchim bor. Bilaman holing yo’q, ammo yordaming kerak. Yigitali sening suratingni chizmoqchi. Bu uning so’nggi orzusi. Sen yordam qil. Jonivor bir qaddingni ko’tar. Yur uning uyi oldiga boraylik. Qani tur. Turmasang bo’lmaydi.
Nusan aka otga qamchi ko’tardi. Kampiri fonus ko’tarib keldi. U cholining gapini eshitib yordamga kelgan edi. Kampir cholining qo’lidan tutdi. Keyin yonida olib kelgan oq qanddan bittasini otning og’ziga soldi. Ot bir amallab uni yedi. Kampir ikkinchisini tutdi. Ot uni ham yeb, yana so’radi. Kampir uzoqdan oq qandni cho’zdi. Ot amallab o’rnidan turdi. Kampir xira fonus yorig’ida otni oldinga yurishga undadi. Ot amallab qadam bosib, kampirga ergashdi. Husan aka kampirining aqliga tan berib, otning egarlarini ko’tarib ortidan ergashib ketdi. Chol-kampir bir soatcha harakat qilib otni Yigitali aytgan joyga olib borishdi. Ot aytilgan joyga borib yotdi. Kampir otning og’ziga qand soldi. Ot uni chaynay olmay yerga tashladi. Chol-kampir uyiga qaytganida qishloq xo’rozlari qichqirib tongni qarshi olayotgan edi.
Husan aka tahorat olib, nomozini sal vaqtli o’qidi va Davronning uyiga qarab jo’nab qoldi. Husan aka Yigitalining yoniga kirdi. Derazadan qarab otini va gullarni Yigitaliga ko’rsatdi. Yigitali dadasini chaqirdi. Davron uyqusiz qizarib ketgan ko’zlarini katta- katta ochib uyga kirdi. Yigitali tashqariga chiqishini aytdi. Akbar qizil qutida qolgan dorilarni qo’liga oldi. Bundan uch soat oldin qilingan dorining ta’sirida Yigitalini tashqariga olib chiqishdi. Yigitali chiqayotib Akbarning qulog’iga nimadir dedi. Akbar tasdiq ishorasini qildi.
Yigitali tashqariga chiqqach, o’ziga joy tanladi. Dadasi aytgan joyiga olib bordi. O’rindiq qo’yib unga o’g’lini avaylab joylashtirdi. Rasm chizish dastgohini o’rnatishga yordam berdi. Bo’yoqlar va mo’yqalamini tayyorlab bergach, bolasining iltimosi bilan chetga o’tib ketdi. Akbar Yigitalining yoniga kelib bilagidan dorini jo’natdi.
Shu payt Husnora ham eshitib bu yerga uchib kelgan edi. Yigitali uni yoniga chaqirdi. Husnora Yigitaliga kerakli narsalarni uzatib turmoqchi bo’ldi. Yigitali katta oq qog’ozni tanladi. Husnora ish stoliga joyladi. Yigitali undan sal narida yerga boshini qo’yib yotgan otni biroz kuzatdi. So’ngra ishini boshladi.
Oq qog’ozga ajoyib ot tasvirini ishlay boshladi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍5
Chala qolgan surat
Qissa
67-qism


Onasi yoniga bormoqchi edi, Davron uni qaytardi.
- Bolangga xalaqit berma. Hozir yoniga bora olmaymiz. Husnora qizimiz bor yetarli. Qolaversa Akbarni yoniga chaqirdi. Bizning borishimizni istamadi. Bor onasi choy tayyorlab, shu yerga olib kel. Bolajonimga xalaqit bermaylik. Balki,…- Davron tutilib gapirdi. – Balki, bu uning so’nggi orzusidir. Amalga oshirib olsin. Bor onasi, bolalarga choy ber.
Davron, Husan aka va bolalar qator bo’lib o’tirib Yigitalining ishini kuzatishdi. Husan akaning kampiri ham kelib qatorga qo’shildi. Husan aka unga - “Yordaming kerak bo’lar. Kelin yosh narsa. Yonida tur.” – deya tayinlab kelgan edi. Kampir ham kelib o’tirdi. Husan akaga qarab imladi.
- Qani bolalar, - dedi Husan aka o’rnidan turib. – Davron biz uyga kiraylik. Yigitaliga xalaqit bermaylik. Derazadan qarab turamiz. Choyni uyda ichamiz. Qani ketdik.
Hamma uyga kirishdi. Husan akaning kampiri ishni puxta qildi. “Biror gap bo’lsa bolalr qo’rqmasin, uyda bo’lsa derazani yopib qo’yaman,” - degan o’y bilan uyga olib kirgan edi. Ular uydan turib Yigitalining ishini kuzatishar edi.
Bir soatdan keyin Yigitali Akbarga imo qildi. Akbar yana dori berdi. Yigitali dorining kuchi bilan ishlar edi. Oppoq bulurlar ustida uchib borayotgan otni ajoyib tasvirladi. Buni surat deb bilmagan odam, haqiqiy ot deya o’ylar edi. Yigitali ishidagi kamchiliklarni bo’yoq bilan bekitib, qayta-qayta bo’yardi. Surat bitgan sayin ajoyib manzara kasb etardi. Husnora Yigitali aytgan rangni aralashtirib mo’yqalamga olib berardi. Uning ko’zlaridan yosh marjon kabi to’kilar, buni Yigitaliga ko’rsatmaslikka urinardi. Yigitali otga va chizayotgan suratiga qarardi, u atrofdagi borliqni unitgan edi.
Yana qirq daqiqalardan so’ng, Akbarga yana imo qildi. Akbar yana dori berdi. Shuncha insonni davolagan, qanchasini oxirgi daqiqasini birga o’tkazgan Akbar ham tinimsiz yig’lardi. U o’zini diydasi qattiq deya bilardi, ammo hozir bardoshi yetmadi. Akbar ham suratga va Yigitaliga qarab qo’yar, ko’z yoshini dastro’moliga artib ivitib yuborgan edi.
Yigitali bir zum jim bo’lib turdi. Yonida olib kelgan kichkina ko’zguga biroz qarab turdi. Keyin osmonda parvoz qilayotgan yalang’och otning ustiga o’zining hozirgi, ozib-to’zib ketgan holatini ishlay boshladi. U charchadi shekilli, Akbarga imo qildi. Akbar ham dorini uning tomiriga qiynalib joyladi. Bu safar Yigitalining tomirlari dorini zo’rg’a qabul qildi. Ozroq qismi ortib ham qoldi. Akbar boshini chayqab qo’ydi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
68-qism


Yigitali biroz tin oldi. U deyarli bir yildan ortiq vaqt davomida bir joyda harakatsiz yotgan edi. Shu vaqt mobaynida rasm chizishni xayoliga ham keltirmagan edida, bu oxirgi suratini tezroq bitirish uchun ham harakat qilardi. Akbar doktorga dorini tezroq berishini iltimos qilgan ham o’zi edi. U dorining ta’sirida ishlay olaman degan o’y bilan ish boshlagan edi. Tanasidagi og’riqni yengish, dod deya baqirib yubormaslik uchun ham tilini qattiq tishlab olardi. Uning boshqa iloji yo’q edi. Agar dodlasa onasi yoki dadasi unga yordamga kelar va ishi chala qolardi. Shu sababli ham og’riq kuchaysa tilini tishlardi. Bechora til tishlar orasida g’ajilib, deyarli uzilib tushar holga kelgandi. Og’ziga to’plangan qonni ichiga yutishga majbur edi. Agar tuflasa ishi chala qolishidan qo’rqardi.
Yigitali so’nggi kuchini jamladi. Bir harakat qilib ishini tugatishga kirishdi. Qog’ozga o’zining tasvirini zo’rg’a joylashtirdi. O’zini chiza oldi, ammo oyoqlarini tizzasigacha chiza oldi, xalos. Qo’llari qaltiradi. Tanasi qattiq og’riqdan zirqiradi. Tilini qattiq tishladi. Akbarga najot bilan qaradi. Akbar ham navbatdagi dorini tomirga uladi. U dorini majburlab jo’natar, ammo tomirlar uni qabul qila olmas edi. Bir amallab dorining chorak qismini qabul qilgan yurak biroz tinchlandi. Yigitali bilagiga bor kuchini jamlab rang bera boshladi.
Yerda yotgan ot boshini ko’tardi. Atrofga qaradi. Husnora otning ham ko’zida yoshni ko’rdi. Ot o’rnidan turishga harakat qildi. U boshini ko’tarib oldinga intildi. Kishnamoqchi bo’ldi, ammo eplay olmadi. Og’zidan g’alati ovoz chiqib ketdi. So’ngra biroz qaltirab turdida, yerga yon tomoni bilan yiqildi. Oyoqlarini biroz qimirlatib turdi. Yerni tirnab changitdi. Birozdan keyin o’pkasidan kuchli havo otilib chiqdi. Keyin qimirlamasdan qotib qoldi.
Husan aka o’rnidan turgan edi, kampiri yo’lini to’sdi.
- To’xtang otasi. Ot o’ldi. Endi kech. Bolaga xalaqit bermang. Joyingizga o’tiring. Bir ot ekan, shu bola uchun mening jonim qurbon bo’lsa roziman. O’tiring va kuting.
Kampirining ko’zidagi vajohatni ko’rgan Husan aka joyiga o’tirdi. U derazaga qarab mo’ltirab, yelkasini uchirib yig’lardi. Nazarida kampiri hozir birinchi marta to’g’ri ish qilganiga tan berib ovozsiz yig’lardi. Davron yerga qarab o’tirishga majbur edi. U o’zini yaqin fursatlarda sodir bo’lishi kerak bo’ladigan ishga ruhan tayyorlamoqda edi. Uning ham boshqa iloji yo’q edi.
Davronning ayoli uyning burchagida o’tirib ro’molini og’ziga tiqib unsiz yig’lardi. U bolasiga achinganidan bajarayotgan ishiga ham qaray olmas edi. U ovozsiz yig’lardi, bu qiyin ish edi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4