Chala qolgan surat
Qissa
42-qism
- Doktor, biror yo’li yo’qmi? – dedi Husan aka betoqat bo’lib. – Balki operatsiya degandek, ha.
- Yo’q, - dedi Sarvar qat’iy ohangda. – Operatsiya mumkin emas. Uni bu ukamiz ko’tara olmaydi. Yurak bardosh bermaydi.
- Qancha? Qancha umri qolgan? Ayting, qancha?
Davron entikib savol berdi va javobini kutdi.
- To’g’risi men xudo emasman, ammo shu sohada bilimim bor. Bir oyga yaqin. Anig’i ikki haftadan ortiq. Boshqa sizni alday olmayman. Men haqiqatni aytishim kerak. Buni kecha bilgan edim, ammo umid qilib edim. Aka, hayot shavqatsiz. Peshonangizda bu kunlar bor ekan. Mening otam ham, onam ham shu darddan ketishgan. Men yosh yetim bo’lib qoldim. Kelajakda shu dardni yengish uchun, unga davo topish uchun ham shifokor bo’lganman. Aka bu dardga keskin davo yo’q. Qilinadigan amallar bemorning umrini biroz bo’lsa ham uzaytirish uchun xizmat qilmoqda. Bemor orzusiga erishib olsin, bu dunyodan armonda ketmasin deya harakat qilamiz xalos. Borimiz shu.
Sarvar gapirar va ko’zidan bir tomchi chiqqan yoshini artib qo’yardi. U borini aytdi, yashirib o’tirmadi. Boshqa iloji ham yo’q edida.
- Balki, biroz shifoxonada ushlab turarmiz, - dedi Husan aka yana umid bilan. - Balki so’nggi umid bordir. Ilinj bordir.
- Yo’q. Imkoni yo’q, endi kech. Bolani qiynamang. - Sarvar shunday deya biroz jim bo’lib qoldi va davom etdi. – Davron aka operatsiya qilamiz. Bu oson, ammo bola buni ko’tara olmaydi. Yaxshisi siz uyi uyiga olib boring. Oila a’zolari bilan yashasin. Xayollarga berilsin. So’nggi nafasini sizning bag’ringizda olsin. Oilaviy muhit boshqacha ta’sir etishi ham mumkin. Aytib bo’lmaydi, yana bir necha kunga umri uzayishi mumkin. Buni vaqt ko’rsatadi. Men amaliy jihatini aytdim xalos.
- Yaxshi olib ketaman. Bolamni uyimga olib ketaman. Bolam qiynalmasin. Sarvarjon, sizdan so’nggi savolni so’rayman. Javob bering. Nega oddiy shamollash bu darajaga yetib kelsa, biz nima xato qildik. Ayting, men qilgan xatoni boshqa odam qilmasin.
Davronning gapiga Sarvar o’ylanib olib javob berdi.
- Xato sizdan o’tmagan. Bola oddiy shamollagan, xalos. Uni to’g’ri davolash kerak edi. Ammo hali bizning kasbimizda, balki butun insoniyatga xizmat etuvchi kasblarda o’z kasbini noto’g’ri tanlab qo’ygan, aniqrog’i adashib kelib qolganlar bor. Oddiy cho’pon ham ishini bilmasa qancha mollarni qurbon qiladi. Bir hisobchi hisobotda nafsining quliga aylansa, qancha mablag’lar havoga uchadi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍2
Chala qolgan surat
Qissa
43-qism
Bizning o’sha adashib kasbimizga kelib qolgan hamkasbimiz o’zining bilimi pastligi uchun ham bu ishni noto’g’ri qo’llagan, ya’ni muddati o’tgan dorini qo’llagan. Bu aks ta’sir etib dori tanada zaharga aylanib, yiringga aylangan. Yiring qonga tez so’rilgan. O’zi paylar qotib qolgan va oyoq qimirlamagan. Shu sababli yiring tez harakat qilib qonga aralashgan. Suyaklar yiringga dosh bera olmagan, o’z tanasini yiringga boy bergan suyak o’zlarini yemira boshlagan. Uyda saqlagansiz, operatsiyadan keyin muolajani davom ettirish kerak edi. Sizlar eskilik deya uyda saqlagansizlar. Ayb hammada bor. Aybsizman deya ayta olmaysiz. Bemorning har bitta yaqini bitta aybga, kamchilikka yo’l qo’ygan. Natija mana. Yana bitta yosh umr xazon bo’lmoqda. Yana bitta istedod yaroqsiz holga kelmoqda. Aybdormiz.
- Qishloqqa borsam Salim qorani o’z qo’llarim bilan bug’ib o’ldiraman. Salim qora endi seni mening changalimdan kim qutqara oladi? Yaramas.
Husan aka vajohat bilan gapirardi. U deyarli o’ziga-o’zi gapirardi. U boshqani eshitadigan holda emas edi. Baqirar va kimdan alamini ola bilmasdan bir joyda o’tira olmasdan tinimsiz yurardi. Uning jahli chiqsa shunaqa holga kelib qolardi. Qishloqda bo’lsa Yulduz otini minib hech kim yo’q joyga chiqib ketar va jahldan tushgunicha uyidan uzoqda yurardi. Bu Husan akaning oddiy holati edi. Hozir ham Husan aka nima qilishini bilmasdan o’rindiq atrofida aylanib yurardi.
- Ota, bo’ldi-da endi. O’zingizni buncha qiynaysiz? Sal o’zingizni bosib oling, - dedi Surayyo otasining holatiga achinib, - Iloj yo’q, sabr qilasiz? Hamma o’zini asrasin. Hayot to’xtab qolmaydi. Ota, bas, o’tiring.
Husan aka bu gapdan keyin sal yumshadi va qizi ko’rsatgan o’rindiqqa o’tirib oldi. Davron indamasdan tashqariga chiqmoqchi edi, Surayyo to’xtatib qoldi.
- Davron aka, endi nima qilishni bilib oling. O’g’lingizning so’nggi kunini baxtli o’tkazish uchun maslahat olib oling. Balki, bu sizga yordam berar. Bilaman, sizga qiyin. Qo’ng’iz ham bolasini oppog’im, tipratikan yumshog’im deydi. Sizku odam, chidaysiz. Sabr bilan yashaysiz. Ortda qancha bolalaringiz bor. Ularga ham keraksiz. O’zingizni asrang. Qani joyingizga o’tiring.
Davron bu gapdan keyin o’zini bosib olib joyiga qayta o’tirdi. U qolgan farzandlarini ham o’ylash kerakligini his etib qaytdi shekilli. Bo’lmasa qaytish niyati deyarli yo’q edi. Surayyo gapni joyida topib gapirgan edi. Surayyo o’zi shunaqa ayol edi, hammaning dardini bilar va davo topishga usta edi. Davron bolasining yoniga kirib yotib olmoqchi bo’lib o’rnidan turgan edi, aslida.

👍3
Chala qolgan surat
Qissa
44-qism
Taqdirga tan berib bolasini quchoqlab yotishni istagan, umrining so’nggi kunlarida yolg’iz qoldirmaslikka qaror qilgan edi. U ilojsiz qolgan edi.
- Menga to’g’ri yo’l ko’rsatinglar. Nima qilsam bolamning so’nggi kunlarini baxtli o’tkaza olaman. Maslahat bering, jon qulog’im bilan eshitaman.
Davronning bu gapida keyin Husan aka unga qarab - “Endi o’zingga kelding, uka. Bor bo’l” – dedi. Sarvar bu insonlarning oqibatiga tan berdi. “Haqiqiy insonlar shunaqa bo’ladi” – deya ichidan quvonib qo’ydi.
- Siz aka, bunday qiling, - dedi Sarvar maslahat berishga harakat qilib. – Bolangizni uyingizga olib keting. U bilan ko’proq suhbatlashing. Ko’ngliga yo’l toping. O’zi istasa surat chizsin. Qayerga boraman desa olib boring. Yayrasin. Men unga bir oy umr bera olmayman, bu xudoning irodasi. Balki ko’ngli yayrab ko’proq yashar. Uning bir soat, bir kun ortiq umr kechirishi sizning harakatingizga bog’liq. Agar siz harakat qilmasangiz, uning umri kamayadi. Harakatingiz yaxshi samara bersa uzayadi. Hammasi sizga bog’liq. Siz o’zingizni bosib oling. Siz bosh bo’lsangiz, bolalaringiz yordam qilsa, yaxshi natija bo’ladi. Bilib oling, hammasi sizga bog’liq.
Sarvarning bu gapidan keyin Davron o’rnidan turdi.
- Men bolamning oldiga boraman. Qachon olib ketsam bo’ladi? Hozir ketsak nima deysiz, Husan aka.
Husan aka Sarvarga qaradi. Sarvar sekin gapirdi.
- Hozir imkoni yo’q. Ertaga yo’lga chiqasiz. Faqat biz maxsus mashina ajratamiz. Yana bitta hamshiramiz ham birga boradi. Og’ir vaziyatda kerak bo’ladigan choralarni mahalliy hamshiraga o’rgatib keladi. Men tumaningizga shikoyat yo’lladim. Ertaga sizlarni tumandan maxsus vakillar kutib olib yordam berishadi. Siz faqat bolaning yonida bo’lasiz, qolganini biz hal qilamiz. Endi operatsiyaga kirishim kerak. Davron aka, bolangiz bilan bugun birga qolishingiz mumkin. Xayr.
Sarvar xonadan chiqib ketdi. Davron bolasining yoniga ketdi. Husan aka qizi bilan uyga qaytishga majbur bo’ldi. Hamma iztirobli kunni qarshi olgan edi. Hammaning xayoli parishon edi.
Davron bolasining yoniga borganida u hamon avvalgidek behush yotar edi.
- Xavotir olmang, amaki, - dedi eshik oldida navbatchilik qilib turgan hamshira qiz. – Bolangizni uxlatib qo’yganmiz. U juda toliqqan.

👍3❤1
Chala qolgan surat
Qissa
45-qism
Biroz uxlab dori ta’sirida kuch to’plab olishi kerak. Bizga shu buyurildi. Kutasiz. Kechga yaqin uyg’otsak kerak. Hozir kuzatib o’tiring.
Davron bolasining yoniga borib o’tirdi. Yigitalining ko’zlariga qaradi. Qo’llarini silab qo’ydi. Chuqur nafas oldi. Yig’idan qizargan ko’zlarini yumdi. Biroz o’tirdi, keyin xonadan chiqib yuzlarini yuvdi. U yuzlarini, qizargan ko’zlarini yuvar ekan – “Bolam meni bu holda ko’rmasin. Men uni ko’proq yashatishga harakat qilaman. Xudo senga men biror marta qarshi chiqmadim. Kambag’al qilding, bo’yin egdim. Sinading, bo’yin egdim. Endi senga qarshilik qilaman. Bolam uchun kurashaman. Doktorlar aytgan kunidan ko’proq yashashi uchun harakat qilaman. Men armonda qolib ketishni istamayman. Men nochor emasman. Bolam ham nochor emas. Hayot sinovlarida toblangan bandang endi senga qarshilik qiladi. Mana men tayyorman.” – deya o’ziga-o’zi gapirardi.
Davron yuzlarini yuvib olib tashqariga chiqdi. Yaqindagi sartaroshxonaga borib soch-soqolini oldirdi. Sochi mayli, bir haftaki, soqoli olinmasdan o’sib ketgan, uni xunuk holda ko’rsatardi. Davron sekin borib biroz tamaddi ham qildi. Bolasi bilan o’tkazadigan kunlariga rejalar tuzdi. Kechgacha shunday qilib vaqtni o’tkazdi.
Kechqurun ham bolasini uyg’otmaslikka qaror qilgan Sarvar Davronga tasalli berdi.
- Davron aka, bolangiz bu tunda ham dam olsin. Miya, yurak, butun tana dam olishi kerak. Lanati o’simta bunga ruxsat bermagan. Endi biroz dam olsa bu a’zolar kuch to’plab unga qarshilik qiladi. Ertaga ertalab yo’lga chiqasiz. Surayyo Husanovna ham ma’qul dedi. Bitta hamshira birgalikda boradi. Xafa bo’lmaysiz, bolangizni yo’lda uxlatib boradi. Bu charchash alomatini yo’qotadi. Qarshi bo’lmasangiz, bolangizni uyingizda uyg’otishadi. U bu yer haqida bilmasdan qoladi. Agar shunday qilsak u odatiy holda yashaydi. Siz va boshqalar ham unga bu haqda aytmasin. Endi men ertaga yo’lga hozirlik ko’ruvchi hamshiramizni ogohlantirib qo’yay. Siz bardam bo’ling.
Sarvarning gapidan keyin Davron quruqqina qilib “Rahmat” deya oldi xalos. U boshqa gapira olmasdi. U butun vujudi bilan bolasihaqida o’ylardi.
Yigitali esa dori ta’sirida uxlardi, balki uyg’oqdir. Bu tomoni Davronga qorong’u edi. Davron bolasi bilan bu kechada bu yerda birga qolganiga xursand edi. U nazarida eng baxtli ota edi. Boshqa narsa haqida o’ylay ham olmasdi.
Davron shunaqa ota edi. Uni endi hech narsa o’zgartira olmasdi.

46-qism
****
Ertasi kuni ertalabdan Yigitalini maxsus xizmat mashinasiga joylagan Sarvar ularni kuzatar ekan, o’z hissiyotlarini jilovlay olmay gapirdi.
- Davron aka, omad. Bu joylarga boshqa kelmang. Hatto meni sog’inib ham o’tirmang. Bu joyni xotirangizdan butunlay o’chirib tashlang. Endi boring. Har lahza g’animat. Vaqtdan unumli foydalaning. Hamshira siz, buyruqni bajaring. Yaxshi boringlar. Xayr. Qayta uchrashish nasib etmasin.
Sarvar mashina eshigini zichlab yopdi. Davron bolasining yonida mum tishlab o’tirdi. Yana bitta joyga hamshira, old o’rindiqqa Husan aka joylashdi. Qishloqdan kelgan kuyoviga Husan aka kecha tushlikdan keyin javob berib, uyiga kuzatib qo’ygan edi. Hamma jim bo’lib shifoxona hovlisidan chiqib ketishdi. Surayyo ularni biroz kuzatib turib Sarvarga rahmat aytib uyiga jo’nab ketdi.
Mashina shitob bilan poytaxtdan qishloqqa qarab yo’l oldi. Hamma jim o’ychan holda qaytishardi. Yigitalini uxlatib qo’yishgan, bilagiga emdori ulab qo’yilgan edi. Og’ziga suniy nafas berish asbobi bilan nafas berishardi. Hamshira qiz emdoriga qarab qo’yar, zarur holda almashtirib qo’yardi.
Tushlikdan keyin mashina tuman markazidan o’tib Yigitalining qadrdon qishlog’i tomon yeldek uchib borardi. Old o’rindiqda o’tirgan Husan aka haydovchi yigit bilan past ovozda suhbatlashib borar va yo’lni ko’rsatib ketardi. Yo’lni yaxshi bilganligi uchun ham yomon joylar haqida ogohlantirib borardi.
Ular tuman markazidan ancha uzoqlashgan edi, mashina yonidan o’t o’chirish mashinasi ogohlantiruvchi belgisini yoqib shitob bilan o’tib ketdi. Haydovchi yigit unga yo’l berdi. Uning ortidan ikkita tez yordam mashinasi va bir nechta ichki ishlar xodimlarining maxsus mashinasi ogohlantiruvchi belgi berib o’tib ketdi. Bularni ko’rgan Husan aka ajablanib oldinga qarab qo’ydi.
- Davron, bular qayerga buncha shoshmoqda. Biror joyga o’t ketdi desam, tez yordam va ichki ishlar xodimlari ham bor, - dedi Husan aka orqaga qarab olib. – Ishqilib, tinchlik bo’lsin. Bular bekorga shoshmaydi. Kimningdir uyi kuydi. Balki, …
Husan aka gapini tugatib qo’ya qoldi. Davron endi yo’lga qaradi. U shu npaytgacha indamay xayol surib kelmoqda edi. Boya tushlik mahali Husan aka yo’lda to’xtab somsa olib chiqqaniga ham e’tibor bermagan, hatto o’ziga berilgan somsani ham totib ko’rmagan edi. Davron oldinda ogohlantirib hammani deyarli to’xtashga majbur qilgan mashinalar karvoniga qarab qo’ydi va esnab oldi.

47-qism
- Husan aka, bitta boyning uyi kuydi. Kambag’alga bular bu holda borishmaydi. Qarang ana ketishini. E, manavi mashina tumandagi ichki ishlar xodimlarining kattasi Jabborning mashinasi-ku! Ha, bitta boyning holiga maymun yig’ladi. Bizga niam>
- Shunday bo’lsa, mayli, - dedi Husan aka Davronning gapini maqullab. – Kambag’aldan yiroqqa. Boyga balo ham urmaydi, davlat ham uni himoya qiladi. Kambag’alga qiyin, uni tuyaning ustida ham it qopadi.
Mashina ancha yurgan edi, qiyalikda yo’l to’sib qo’yilganligini ko’rishdi. Sein borib haydovchi yo’lda turgan ichki ishlar xodimiga qo’lidagi hujjatni ko’rsatdi. U hujjatni ko’zdan kechirib chiqqach, javob berdi;
- O’ta olmaysiz. Yo’l yopilgan, oldinda katta avtohalokat sodir bo’lgan. Yo’lning o’rtasida bitta mashina yonib yotibdi. O’tishning iloji yo’q. Kutasiz, men ruxsat berishim mumkin, ammo u joydan o’tishning iloji yo’q. Biroz kuting, imkoni bo’lishi bilan birinchi sizni o’tkazamiz. Hozir boshliqlarga xabar beraman.
Ichki ishlar xodimi ketgach Husan aka mashinadan tushdi. Haydovchi yigitni ogohlantirdi.
- Inim, men piyoda borib xabar olaman. Yo’l ochilsa yuraver, men o’zim sizlarni topib olaman. Men ketdim.
Husan aka piyoda mashinadan uzoqlashib ketdi. Unga boshqa mashinada kelgan odamlar ham hamrohlik qildi. Odamlar izma-iz yurishib, qiyalik yonidan o’tib oldindagi holatni ko’rishdi. Ancha narida yo’l o’rtasida bitta yengil mashina yonar, o’t o’chirish xodimlari uni o’chirishga urinishardi. Birozdan keyin kimdir qattiq baqirdi. Olov yonayotgan joydagi hamma xodimlar yerga yotib olishdi. Yonayotgan mashina gumburlab osmonga uchib ketdi. Ancha yuqoriga ko’tarilib atrofga parchalanib sochilib ketdi. Yonayotgan bo’laklar yerga qarab uchib tusha boshladi. Xizmat qilayotgan xodimlar o’zlarini yonib yerga tushayotgan bo’laklardan himoya qilishar va tushib yonayotgan har bir bo’lakni o’chirishardi.
“Yo xudo, o’zing asra.” Husan aka va odamlar shunday deyishib qo’yishdi. Husan aka yana oldinga qarab yurdi. U nima bo’lganligiga juda qiziqib ketdi. Uning yo’lini to’sgan ichki ishlar xodimini surib yuborib yo’lida davom etdi. Sal narida tez yordamda kelgan xodimlar bir yigitchaga yordam ko’rsatishardi. Husan aka egilib qaradi va bu direktorning erkatoy bolasi ekanligini ko’rdi.

48-qism
Yana biroz yurdi. Maxsus xodimlar deyarli ikki bo’lakka bo’linib ketgan bir odamning murdasini maxsus qopga solishardi. Husan aka egilib qaradi, avval tanimadi. Keyin tanib dong qotdi.
- Axir bu, Salim qora-ku. Ha, xudo sal shoshibsan-da, buning jonini o’zim olardim. Attang.
Husan aka g’o’ldirab qo’ydi. Ortidan yetib kelgan ikkita ichki ishlar xodimlari uning ikki qo’lidan tutib ortga tortishdi.
- Hurmatli fuqaro. Bu yerda tekshirish ishlari ketmoqda. Bular yaqiningiz bo’lsa ham, ishlashga xalaqit bermang. Qani ortga ketamiz.
Ichki ishlar xodimlari uni biroz ortga olib o’tishdi. Unga kimdir bir piyola suv quyib uzatdi. Husan aka suvni ichib olib biroz o’zini bosib oldi. “Bularning ichida yaqini bor shekilli” dedi kimdir tomoshabin insonlar ichida turib. Husan aka miyig’ida kulib qo’ydi.
Sal narida erkatoy o’g’ilga tibbiy yordam berilardi. Uning yoniga kelgan maxsus xodim undan hol so’radi.
- Uka, o’zingga keldingmi? Rulda sen edingmi? Yoningdagi ikki kishi kim edi? Eslay olasanmi? Javob ber, - deya past ovozda so’radi.
- Rulda men edim, - deb baqirib kuldi erkatoy. – Men Salim qorani bosib ketdim. Yonimda dadam va Azizbek jiyanim bor edi. Rosa ichgan edik. Men ham ichgandim. Mening hikoyam viloyat gazetasida chiqqan ekan. O’zim ham bugun bildim. Jabbor tog’am kimgadir yozdiribdi. Mazza qilib ichdik. Mazza. Ular osmonga uchdi. Ularga mazza. Men ham uchmoqchiman. Jabbor tog’a.
Tuman ichki ishlar boshlig’i Jabbor bolaning yoniga keldi. Bolaning og’zini kafti bilan berkitdi.
- Jiyan, kamroq gapir. Rulda boshqa odam ekan. Bu orqada ekan. Tushib qolibdi. Ko’rgan odamlar bor. Siz bolani keyin so’roq qilasiz. Hozir u travma olgan bo’lishi mumkin. Gapini eplab gapira olmaydi. Bolaning huquqlarini poymol qilmang.
- Nima? – deya o’rnidan sakrab turgan bola baqira boshladi. – Rulda men edim. Menga ham siz ichirdingiz. Endi bola emas, mening jiyanim buyuk odam. Hali ko’p kitoblar chiqaradi. Pochcha, bu bizning faxrimiz. Quvonish kerak, degan kim? Rulda seni birov to’xtata olmaydi, to’xtatgan onasini ko’radi, degan kim?

49-qism
Ana, pochchangiz uchdi. Sizni pulga ko’madigan Azizbek uchdi. Men ham uchishim kerak. Hozir uchaman.
Bola shunday deya harakat qildi. Jabbor uni ushlaboldi va qarab turgan hamshiraga qarab baqirdi.
- Bolani tinchlantiruvchi ukol qil. Shuni ham men senlarga o’rgataymi? Nimaga bezrayib turibsan.
Hamshira yugurib kelib bolani emladi. Birozdan keyin bolakay tinchlanib qoldi.
- Tezda shifoxonaga olib bor. Boshlig’ingga meni ayt. Yaxshi qarasin. - Jabbor tutoqib gapirdi.
Hamshira tez yordam mashinasiga bolani o’tqazib, tumanga qarab jo’nab ketdi. Jabbor bir chetga borib o’tirdi. Uning yoniga Husan aka yaxshi taniydigan ikki odam yetib bordi. Darhol ikkalasi ham muddaoga o’tishdi.
- Jabbor aka, aytdik, rulda Azizbek edi, deya guvohlik berdik. Endi bizga ruxsatmi? Hammaga bu haqda aytamiz. Jiyaningiz qutilib ketadi. Biz guvohlik beramiz. Jabbor aka, hammasi siz aytgandek bo’ladi. Pochchangizning o’limi bevaqt bo’ldi. Biz eshiklarni buza olmadik. Ularning ikkalasi ham qisilib qolishgan ekan. Bandalik aka, xudo sabr bersin.
Jabbor ularning gapiga boshini qimirlatib qo’ya qoldi. Ikki odam qutilganiga shukur aytishib tezda Jabborning yonidan uzoqlashdi.
- Ha, vijdonini ham, uymonini ham sotgan, nokaslar. Jabbor akang jonlaringga oro kiradi-da. O’lib ketgan odamni rulda deya qanday uyalmay aytmoqdasanlar? Nahotki yuzingiz biroz bo’lsa ham qizarmasa. Bolani asrash uchun yolg’on aytmoqdasan. Endi tunlari qanday uxlaysan? O’lgan Azizbekka tuhmat qilding, ruhi seni tinch qo’ymaydi. Tirik paytida oyog’ini yalar eding, endi sassiq bo’lib qoldimi? Nokaslar.
Husan aka ikkalasining yo’lini to’sib baqirdi. Jabbor o’rnidan turgan edi, Husan aka unga ham qarab baqirdi.
- Meni qama, Jabbor. Men senga qarshi chiqaman. Sening rejalaringni men buzaman. Jabbor, meni hali ham qama. Bunday sharmandachilik va sharmanda odamlarni qayta ko’rmay. Qama.
Jabbor indamay oldinga qarab ketdi. Ikki guvoh odamlardan rosa gap eshitib Jabborning ortidan ura qochdi. Hamma ularni haqorat qilib qoldi. Bechoralar dumi kesilgan kaltakesakdek indamasdan qaytishdi.

50-qism
Ular nima ham deyishsin, axir ularning jilovi Jabborning qo’lida bo’lsa. Yur desa yurib, tur desa turishadi. Iloji qancha bularning. Jabbor katta bo’lsa, bularning barcha ishi Jabbor orqali bajarilsa. Bu insonlarni ham tushunish kerak. Husan aka shu xayollar bilan o’tirgan edi, yelkasidan kimdir turtdi. Husan aka qayrilib qaradi. Davron ekan.
- Husan aka, haydovchi yigit eski yo’lni ko’rib keldi. Bu joyni aylanib o’tamiz. U yursa bo’lishini aytdi. Ketdik. Bu yo’l ochilmaydi. Ketamizmi?
Husan aka o’rnidan turib mashina tomon yurdi.
- Davron, sen ham ko’rdingmi? Ular uchdi, balki do’zaxga uchgandir-a?
Husan aka past ovozda gapirdi. Davron avval yelka qisdi, keyin birovdan qo’rqqan kabi gapirdi.
- Husan aka. Bilmadim. Har holda yomon bo’ldi. Bir qishloqda, bir kunda uchta o’likni ko’mish, xalqqa jabrda. Salimning jasadi bor, ammo nargi ikkalasining suyagi ham topilmasa kerak. Uzoq yonishdi, keyin portlab sochilib ketishdi, boyaqishlar. Joylari jannatda bo’lishsin.
Davron duo qilib yuziga fotiha tortdi. Husan aka unga ajablanib qaradi. O’zining yonida yurgan Davrondan asar ham yo’qligiga ishonib o’ziga-o’zi gapirib qo’ydi.
- Davron, sen jannati insonsan. Inim senga Jannat eshiklari ochiq. Dushmaniga yaxshilik qilish hammaning ham qo’lidan keladigan ish emas. E olloh, agar shu inim jannatingga kira olmasa, sening borliging yolg’on. Sening buyukliging yolg’on. Men qayerga buyursang boraman, ammo bu bandangga jannatingdan o’rin bermasang o’zim janjal qilaman. Bu jannati bandangga o’zing mehringni ber, og’irini yengil qil.
Husan akaning bu gapiga Davron e’tibor ham bermadi. Husan aka ajib chaqqonlik bilan mashinaga o’tirib oldi.
- Yo’lni ko’rdingizmi? Yursa bo’lar ekanmi? Qiynalmaysizmi? _ deya haydovchi yigitdan so’radi.
- Ko’rdim, yursa bo’ladi. Qani, Davron aka chiqing, yuramiz. Bu joyda hali ko’p qolib ketamiz. Yo’l ochilmaydi, chamamda, - deya haydovchi yigit mashinaning motorini o’t oldirdi.
Birozdan keyin mashina eski tuproq yoʻldan siltanib olib yurib ketdi. Uning ortidan quyuq chang ko’tarilardi. Mashina qancha yurib tekis yo’lga qo’shilib oldi. Buni ko’rganlar ham shu yo’ldan yurishga qaror qilishdi. Mashinalar ikki tomondan shu eski yo’l orqali aylanib o’tishardi.

51-qism
****
Kechga yaqin Toshkentdan kelgan mashina Davronning uyi oldiga kelib to’xtadi. Qo’shnilar mashinani ko’rib shu tomonga qarab shoshilishdi. Hamma nima bo’lganligiga qiziqib kelishardi. Davronning ayoli qishloq o’rtasidagi buloqdan ikki chelak suv olib xayolga berilib qaytardi. Yonidan bolalar - “Mashina keldi. Mashina keldi. Yigitali keldi.” – deyishib chopib o’tib ketganini ko’rgan ayol shoshib qoldi. Uyi oldida turgan katta “Tez yordam” mashinasini ko’rib, ayolning qo’lidagi chelaklar yerga tushib ketdi. Yerga urilib suvi to’kilgan chelaklar pastlikka soyga qarab taraqlab ovoz berib, yumalab ketdi.
- Yigitali, bolam. Bolajonim, - deya baqirgan ayol uyi tomonga qarab chopdi. Biroz yurib yiqilib tushdi. Qattiq hayajon sababli bo’lsa kerak, ayol o’rnidan sakrab turdi. Tizzasi shilinib ketganligiga qaramasdan uyiga qarab yugirardi. Oyoqlari ustiga oqqan qonga e’tibor ham bermasdan uyiga shoshgan ayolini ko’rgan Davron baqirdi.
- Shoshma, onasi, shoshma. Bolang sog’-omon. Qo’rqma. Bolang tuzalib ketdi. Sekin kelaver. Mana bolang sog’lom.
Davron ayoliga tasalli berar, ammo o’zini yig’idan zo’rg’a tutib turardi.
- Qani bolam, o’zim ko’ray dadasi. Qani mening bolam, - deya yetib brogan ayol, Yigitalini ko’rib battar baqirdi. - Nima bo’ldi? Bu nega indamaydi? Nega jimsan, bolam?
Husan aka ayolni yoniga kelib past ovozda gapirdi.
- Kelin, qattiq baqirma. Yigitali yaxshi, yo’lda charchab uxladi. Qani uyga kiratlik. Hozir bolang uyg’onib seni ko’radi. Kelin, yuzlaringni yuvib ol. Yigitali seni bu holda ko’rsa xafa bo’ladi. Qani endi bolani uyga kiritaylik, chetga o’t.
- Bobosi, sizga ishonaman, - dedi ayol chetga chiqib. – Siz yolg’on aytmaysiz. Bolam yaxshimi?
Husan aka hamshiraga yordam berib, - “Yaxshi, juda yaxshi” - deb qo’ydi. Ayol tezda yuzini yuvib olib ichkariga kirdi. Qo’shnilar tashqarida qolishdi. Haydovchi mashinani chetga oldi. Tumandan yopshiriq olgan Akbar doktor va yordamchi hamshira ham yetib kelishdi. Ular ham uyga kirishdi.
Husnora soyga tushib ketgan chelaklarga suv olib keldi va dahlizga joylashtirib chiqdi. Eshik oldida turgan qo’shni ayollar bilan birgalikda jim turdi. Husnora jim turar, ammo butun vujudi quloqqa aylanib ichkariga quloq solardi.

52-qism
Ichkaridan chiqqan hamshira qiz tashqarida turgan odamlar orasidan o’tib borarkan, xuddi o’ziga o’xshagan qizni ko’rib to’xtadi. Qarshisida turgan qiz bir tomchi suvdek o’ziga o’xshashiga hayron bo’lib qaradi. Biroz qarab turdi va kulib dedi.
- Adashmasam, siz Husnorasiz. Adashmadimmi?
Husnora bu begona qiz uning ismini bilishiga ajablanib qaradi. Biroz vaqt jim turib, keyin shoshib so’radi.
- Mening ismimni qayerdan bilasiz? Biz avval uchrashmaganmiz. Siz qayerdan bilasiz? Ayting?
Hamshira qiz Husnoraning bilagidan tutdi va chetroqqa imladi. Ikki qiz hovli burchagidagi katta o’rik daraxtining oldiga borishdi. Hamshira qiz atrofga qarab oldi va gap boshladi.
- Qo’rqmang, singlim. Siz haqingizda Yigitali aytib berdi. To’g’risi meni siz deya o’yladi. Husnora deya alazsiradi. O’zim ham sizga bunchalik o’xshashimga ishonmagan edim. Qarang xuddi egizaklar kabi o’xshar ekanmiz. Ismim Adolat. Mening yoshim katta, siz kichik. Farqimiz shu tomoni, xalos. Yigitali sizni juda sevadi. Baxtli bo’ling der edim, ammo uning umr shami tugab bormoqda…
- Rahmsiz ekansiz, - dedi yig’lab Husnora. – Nahotki, bu gaplarni rahm qilmasdan aytmoqdasiz. Yigitali yashaydi. Siz keting. Biz qayta uchrashmaylik.
- O’zingizni bosib oling, - deya hamshira qiz Husnoraning yo’lini to’sdi. – Bu gaplarni aytish menga ham og’ir. Men ham bu ukamni yashashini istayman. Sizga bitta maslahat berishni maqsad qildim. Eshiting. Yigitalining umr shami tugamoqda. Bu haqda o’zi va onasi bilmasin. Sizdan iltimos, o’zingizni bosib olib, bu yigitga yordam bering. Umrining so’nggi lahzasini siz bilan o’tkazsin. Toshkentda qolsa o’zim shunday qilar edim. Otasi qarshilik qildi. Endi siz unga yordam bering. Bu dunyo rahmsiz. Menda rahm bor. Mening onam ham shu darddan olamdan o’tgan. Men rahmsizlik qilmadim, sizga najotkor bo’ldim. Menga onam haqida aytishmagan, shu sababli onamni xursand holda jon taslim qilishini ko’ra olmaganman. Siz shunday qiling, Yigitaliga yordam bering. Uning so’nggi nafasi sizning yoningizda qolsin. Uzr singlim, bu haqda o’ylab ko’ring. Dunyo shafqatsiz. Sabr tilayman.
Hamshira qiz ko’zidan oqqan yoshini artib mashina tomonga qarab yurdi. Husnora yuzini yopib yig’ladi. Akbar doktor uydan chiqib hamshira tomon yurdi.

53-qism
Adolatxon singlim. Biroz shoshmang. Menda sal tushunmovchilik bor. Mana bu yo’riqnomani sal tushuntirib keting. Malol kelmasa bilib olay. Bu yog’ini o’zimiz eplaymiz, ammo mana bu dorilarni qachon berish haqida tushuncha bering. Singlim, siz shu sohada ishlab tajribangiz bor. Biz bilib qolaylik, shoshib qolmaslik uchunda, Adolatxon.
Hamshira yig’idan qizargan ko’zini ko’rsatmaslik uchun qora ko’zoynagini taqib oldi. Akbarning yoniga kelib zarur tushunchani berdi. Ancha tushuntirgach, qo’liga dorilar orasidagi qizil yozuvli dorilarni olib ko’rsatdi.
- Mana bu qutichada o’nta dori bor. Buni asrab turasiz. Bemor umrining so’nggi damlarida og’riqqa chiday olmay dodlab qoladi. Shu paytda bundan tomirga jo’natasiz. Birinchisi bir sutkaga ta’sir qiladi. Keyin vaqti kamayib ketaveradi. Toshkentdan Sarvar akadan maslahat olib turasiz. Sizlarda tog’da uyali aloqa vositasi ishlar ekan. Husan bobo yordam berib turadi. Bu dorini tejab ishlating. Agar ortsa tumanga topshirasiz. Har bir emdorining vaqtini qayd etib borasiz. Buning har bittasiga javobgarsiz. Agar yetmay qolsa, tumandan yordam olasiz. Boshqa savolingiz yo’qmi?
Akbar hamshiraga bosh irg’ab qo’ydi. Hamshira mashinaga chiqayotgan edi, ichkaridan Husan aka chiqib keldi.
- Mehmonlar, uyga boramiz. Bir payola choyimiz bor, qani ketdik.
- Uzr, Husan bobo, - dedi hamshira ochiq chehra bilan. – Biz ketishimiz kerak. Vaqt g’animat. Yana kimgadir yordam kerak bo’lib qoladi. Bu bizning vazifamiz. Rahmat, biz yo’ldan qolmaylik. Uzr.
Adolat eshikni yopdi. Mashina yurib ketdi. Husan aka ortidan qo’l siltab xayrlashib qoldi. Adolat bu qishloqda yana biroz tursa butun umr shu yerda qolishini istab qolishidan qo’rqib jo’nab ketdi. Bu qishloq, sodda odamlar, mehrli ko’zlar uni maftun etgan edi. U mashinaning yon oynasidan ortga qarab ketar ekan, haydovchi yigit hazillashdi.
- Adolat opa, qishloqdan ko’z uza olmay qoldingiz. Qishloq yoqib qoldimi, deyman. Husan boboga aytish kerak edimi, sizga bu joydan munosib kuyov topib berardi. Hali ham qaytib aytaymi, opa. Nima deysiz?
Haydovchi yigit xandon otib kuldi. Adolat ham biroz jilmaydi.

54-qism
- Bu qishloqda yashasang mazza ekan. Odamlari samimiy. Bunaqa odamlar bizda yo’q. Hamma bir-biriga mehribon, ko’nglida kiri yo’q ekan. Bir soatlik qishloq ahli bilan suhbat menda shunday taassurot qoldirdi. Husan boboga gap yo’q. dilkash inson. Faqat, Yigitalining taqdiri meni o’ylantirib qo’ydi. Shu isteʼdod bilan shaharda tug’ilganida yaxshi bo’larmidi?
- Adolat opa, - dedi haydovchi yigit chaqqonlik bilan mashinani boshqarib. – Balki, Yigitali shaharda tug’ilganida bunday buyuk isteʼdod sohibi bo’lmas edi. Shaharda bunaqa tabiat, bunaqa insonlar yo’q. Balki, umri shunday tugamas edimi? Balkilar ko’p, javobi yo’q.
Shundan keyin ikkalasi ham jim bo’lib o’z xayollari bilan band bo’lishdi. Ular shovqinli shaharlariga qaytishmoqda edi.
Yigitali kechki paytda ko’zini ochdi. G’ira-shira onasini ko’rib hayron bo’lib qoldi.
- Ona, men uyga qachon keldim? Nega hamma joyim og’rimoqda?
Yigitalining savollariga onasi kulib javob berdi.
- Qayerdan kelding. Sen uydasan. Biroz tobing bo’lmadi. Bobong va doktor amaking senga qarashdi. Ertalabdan buyon mazza qilib uxlading. Issig’ing ham tushibdi. Hozir issiq ovqat ichib ol.
- Voy, tush ko’ribmanda. Axir kecha Toshkentga brogan edik. To’g’rimi. Husan bobo.
- Rosa uxlab tush ko’ribsan. Mana biz uydamiz. Tushda nimalar ko’rinmaydi. Endi dam ol. Yaxshi bo’lib qolding. Men Yulduzdan xabar olay, ertaga senga olib kelaman. Minasanmi? Minasanmi? Minasanmi?
Husan aka oxirgi gapini bo’g’ziga tiqilgan achchiq alam bilan qayta-qayta aytdi. Ko’zida yosh miltilladi. Yigitaliga sezdirmaslik uchun o’rnidan turib ters o’girilib oldi.
Yigitalining o’rniga Davron javob qaytardi.
- Otingizni olib keeling, bobojonisi. Ertaga albatta otga minadi. Sizni kutamiz, to’g’rimi o’g’lim?
Davron o’rnidan turayotgan Husan akaga yordam berdi. U ham namli ko’zini ko’rsatmaslik uchun ham shunday qildi.
Akbar doridan olib Yigitalining bilagidan ukol qildi. Unga hamshira qiz yordam qildi. Akbar ishini tamomlab, hamshira qiz bilan ertaga kelishini aytib jo’nab ketdi.

55-qism
Xonaga ruxsat so’rab Yigitalining ukalari kirib kelishdi. Ular chug’urlashib Yigitaliga gapirishardi. Yigitali yon tomonga burilmoqchi edi, quvvati yetmadi. Og’zi quruqlashib qoldi. Ukalari uzatgan choyni to’kib ichdi. Keyin ko’zini yumdi. Doktorlar bergan uyqudori o’z ta’sirini ko’rsatib, uxlab qoldi. Onasi ukalarini qo’shni uyga olib o’tdi. Davron Yigitalining yoniga joy solib cho’zilib yotdi.
Ayoli uyga kirib keldi. Eriga biroz qarab turib so’radi.
- Jon dadasi, to’g’risini ayting, nega bolamizni u yoqdan olib kelib qo’ydingiz? Sababi nima? Nega bobosi bolamga gapirsa ko’zidan yosh chiqmoqda? Ayting, mening ham bilishga haqqim bor. Men onaman, ayting.
- Bu nima deganing? –dedi Davron ters o’girilib yotib. – Yigitali sog’lom ekan. Doktorlar uyga javob berishdi. Har xil xayollarni boshingdan chiqarib tshla. Bolang tuzalib ketar ekan. Boshqasi bilan nima ishing bor? Endi uxla.
- Yo’q, dadasi. Nimadir bo’lgan? Nega men bilishim mumkin emas? Mening haqqim yo’qmi? Yo bolam o’lib qoladimi? A, a, a.
Ayolining bu gapidan keyin Davron sapchib o’rnidan turdi. Jahl bilan ayolining yuziga urib yubordi. Ayoli yig’ladi.
- Bu nima deganing, axmoq xotin? Kim senga bolang o’ladi dedi? Kim? Sen menga emas shu gapni aytganlarga ishonasanmi? Ayt, kim?
- Aziz fermer aytdi, - ayol yig’lab gapirardi. – Ering Toshkentga bekor ketdi. Salim qora aytdi, bolang bir oyga yetmay o’ladi. Tog’amdan Husan tirriq majburlab pul olibdi, bu pulni olib qo’yishing kerak edi, bolang o’lgach marakasiga ishlatarding, dedi. Salimni ham ushlab oldim, u ham shunday dedi. Dadasi meni aldamang, bolam o’lsa men nima qilaman. Tuzalib ketsin. Bolamni ularning oldidan bir bora yurib o’tishi uchun jonimni ham beraman. Aldamang, dadasi.
- Bolamiz tezda yurib ketadi. Ular hali jazosini oladi. Toshkentga olib bordim, endi bolam tezda tuzalib ketadi. Men seni bekorga urib qo’ydim, kechir onasi.
Davron yerga yotib yig’layotgan ayolining sochlarini silar, kechirim ham so’rab qo’yardi. Davron ayolini birinchi bora urishi edi, u o’zini tuta olmaganidan xafa edi. Davronning shu ayolni urib nima topdim deya ichini it tirnardi. U ayolini sekin quchub oldi. Ayolining yig’idan siltanayotgan yelkalarini siladi. Er-xotin bir-biriga suyanib tongni bedor bo’lib kutib olishdi.

56-qism
****
Ertasi kuni Yigitali sal bardam holda uyg’ondi. Onasi va dadasini ko’rib quvondi/ onasi nonushta tayyorlagan ekan Yigitaliga majburlab yedirdi. Tashqarida dadasini kimdir chaqirdi. Dadasi chiqqach kimdir – “Qishloqda uchta janaza bor ekan. O’tarsiz.” – dedi. Yigitali hayron bo’ldi. Shu kichkina qishloqda uchta janaza, bu nima degan gap. Kim ekan u baxtiqoralar. Dadasi uyga qaytib kirmoqchi edi, Husnorani ko’rib to’xtadi.
- Kir qizim. Yigitali sinfdoshing uyda. Qani kira qol, - degan Davron oxirida past ovozda gapirdi. – Qizim, Yigitali Toshkentga borganimizni bilmasin. Kelishgan edikku.
Husnora uyga kirib keldi. Yigitali kulib qo’ydi. Onasi sekin tashqariga chiqib ketdi. Husnora Yigitali yotgan joyga yaqin kelib o’tirdi. U Yigitaliga kulib qaradi.
- Nimaga kulayapsan? – dedi Yigitali ham xush kayfiyat bilan. – Men xafaman, bilasanmi? Qishlog’imizda uch kishi olamdan o’tibdi. Kim ekan ular, taniysanmi?
- Ha, - dedi Husnora atrofga qarab olib. – Maktabimizning direktori va Azizbek fermer, hamda Salim aka. Bilasanmi, erkatoy do’stimiz Salim akani mashinasida bosib o’ldirib ketibdi. Keyin shoshib mashinani ag’darib yuboribdi. Erkatoy mashinadan tushib qolibdi. Dadasi va jiyani portlab ketibdi. Shunaqa…
- Nima? – deya Yigitali o’rnidan turmoqchi bo’ldi. – Sen erkatoy deyotgan odam, mening qadrdon sinfdoshim bo’ladi. Bechoraga qiyin bo’lobdi. Dadamga aytishim kerak, men ham do’stimdan xabar olishim, dalda berib turishim kerak. Husnora, dadamni chaqir.
- Shoshma, - dedi Husnora xunob bo’lib. – U seni do’st deb bilmaydi. Sendan biror marta hol so’ramadi. Hatto mendan holingni ham so’ray olmagan, nomard-ku. U marosimda ishtirok eta olmas emish. U ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolibdi. Oyimning aytishicha, uning tog’asi qutqarish uchun ham shunaqa joyga qamab qo’ygan bo’lishi mumkin. Bularning qo’li uzun. Sen ularning rahmini yemay qo’ya qol.
- Sen bunchalik berahm bo’lib ketding, Husnora. – dedi Yigitali xunob bo’lib. – u vaqt topmagan bo’lishi mumkin. Nima endi men shu sabab bilan o’z sinfdoshimdan yuz buraymi? Yomon kunida yonida dardkash bo’la olmasang, qanaqa do’stsan. Men baribir boraman.
- O’zing bilasan, - deya Husnora deraza tomonga qaradi. – Ana qara, sen ekkan gul unib chiqa boshlabdi. Qara, qanday ajoyib.

57-qism
Yigitali ham deraza tomonga qaradi va ajablanib qo’ydi. Tosh ustida gullar ungan va xiyla bo’y cho’zgan edi. Yigitali ko’zlariga ishonmadi. Bu qisqa muddatda gullar bu holga kelishi ajablanarli hol edi. U qayerdan bilsin, tunda Husnora kelib gullarni ko’chat qilib ketganligini. Husnora bu ishini yashirib bajargan va bu orqali Yigitalini hayotga bo’lgan intilishini oshirmoqchi, qalbida kichik bo’lsa ham umid uchqunini hosil etmoqchi edi. Yigitali bu ishni dadasi yoki onasi bajargan deya o’ylab qo’ydi.
- Bu gular hali chiroyli bo’ladi. Sen yurib borib ularga suv berasan. Men yoningda suv olib kelib berib turaman.
- Husnora, rahmat senga, - deya uning gapini bo’ldi Yigitali bexosdan. – Sen eng yaxshi o’rtoqsan. Bilaman, mening umrim tugab bormoqda, ammo meni esdan chiqarma. Kelajakda baxtli oilang bo’ladi. Biz birgalikda bir kino ko’rgan edik, esingdami? Odam o’lgach sog’ingan yaqinlariga uning ruhi yangi chaqaloqqa o’tib kelgan edi. Men o’lgach, sen turmushga chiqib meni esla va o’g’lingga ismimni qo’y. Mening ruhim balki shunda qaytib kelar. Nima deding?
- Bu nima deganing? Sen hali yashaysan. Bunaqa noumid bo’lma. Dadang, onang, yaqinlaring, men ham sening sog’ayishingni kutib o’tirsak, bu qanday gap? Sen ishonmasang, biz qanday yuramiz? Sen kurash, bu dardni yengasan. Deyarli tuzalib qolding. Meni xafa qilding, ketdim. Yaxshi gap aytmoqchi bo’lsang chaqirasan. Ketdim, axmoq ekansan.
Husnora uydan yig’lab chiqib ketdi. U yig’laganini Yigitali ko’rmasin deya yolg’on araz qolib ketib qoldi. Husnora uy ortidagi toshdagi gullarga biroz qarab turib uyiga qaytib ketdi.
Tushlikdan keyin Husan aka kelib Yigitalini ko’rib chiqdi. Tashqariga chiqib ertalabdan buyon toshdagi gullarga qarab o’tirgan Davronning yoniga o’tirdi.
- Janazalarga bormading? Nima odamgarchilikni ham o’ldirdingmi? Bir ko’rinib kelsang bo’larmidi? Har holda ular ham odam edi. Nima deysan?
Husan aka Davronning yelkasiga turtdi. Davron chuqur nafas olib oldi.
- Aka, men bora olmadim. Qatorda yig’lab turgan yaqinlarini ko’rib “Bolam” deb yuborishdan qo’rqdim. Ha, qo’rqdim. Men o’zimni tayyorlab olishim kerak. Siz bordingizmi? Odam ko’pdir?
Ha, - dedi Husan aka, uzoqlarga qarab. – Bordim. Hamma joyda odam kam. Salimning tobutini ko’tardik, joyiga qo’ydik.

58-qism
Anavi tog’a-jiyanning tobuti ham bo’lmadi. Maxsus qutilarga suyaklarini joylab kelibdi. Qiyin bo’ldi, yaqinlariga. Quchib yig’lay desa jasadi yo’q. Odamlarning aytishicha suyaklarini ajratish ham qiyin bo’libdi. Aralashib ketgan emish. Iloj yo’q, endi kech. Bu dunyoni o’yin bilganlarni xudoning o’zi o’ynatib qo’ydi. Qilmish-qidirmish deyishgan. Taqdiri shunaqa ekan.
Davron jim o’tirar, Husan akaning gaplariga e’tibor ham bermasdi. Husan aka biroz o’tirgach, o’rnidan turdi.
- Davron, bu direktorning bolasiga qiyin bo’libdi. Aqldan ozib qolgan emish. Jabbor tog’asi oldida o’tirgan emish. U janazaga ham kelmadi. Shotirlari kelib ketdi. Bola tamom bo’ldi. Uni boylik yo’ldan ozdirdi. U buni ko’tara olmadi. Shunaqa gaplar.
- Bularni nega menga aytmoqdasiz? Menga qizig’i yo’q. Biri o’lsin, biri qolsin, - dedi Davron xunob bo’lib.
Husan aka Davronga ajablanib qaradi. “Shu o’zimizning Davronmi?” – deya o’ziga savol berdi. Biroz achchiqlanib turdida, Davronning yoqasidan ushlab o’ziga tortdi. Bu harakatdan Davron qo’rqib qoldi.
- Seni tanimay qoldim, uka. Sen mening jigarim Davronmisan? Nega o’zgarib qolding? Hayotning birinchi zarbasiga dosh bera olmas ekansan o’lib ket. Bor ana, tog’ga chiqib bo’rilarga yem bo’l. Katta jarlikdan o’zingni tashla, oson o’lasan. O’zingni os. Joning qiynalsa ham, men qiynalmayman. Oilang qiynalmaydi. Bu turishda sen befarq bo’lib qolasan. Befarqlik yomon, u o’lgandan yomon. Sen tirik yurasan, atrofingga qaramaysan. Birovga egilib holini so’rashga yaramaysan. Bunday yashagandan ko’ra hozir o’lganing yaxshi. Yaqinlaring bir kun yig’lar, bir oy yig’lar, keyin o’rganib ketishadi. Hayotga befarq bo’lib yashasang, ular har on senga achinib yig’lashadi. Senga shu kerakmi? Ayt?
Davronning nafasi bo’g’ildi. Husan aka chin dildan uni bug’ib qo’ygan edi. Davron o’zini uning changalidan amallab qutqarib olib, entikib nafas oldi. Husan aka ham qilgan ishidan qo’rqib qoldi.
- Hazilni bilmas ekansiz, - dedi Davron og’ir nafas olib. – Men shunaqa insonga o’xshaymanmi? Meni bugun tanidingizmi? Hazillashdim. Janazalarga keliningiz ketdi. Men Yigitali bilan qoldim. Endi aylanib hol so’rab chiqaman. Sal hayotdan charchagan edim, to’g’ri qildingiz. Endi sizga o’zimni kaltaklatib turaman. Aka, ana keliningiz kelayotir. Bizni bu holda ko’rib, bechora hayronda. Aytib qo’ymang. Biroz kurashdik deymiz. Aka, sizga rahmat.

59-qism
Davron qo’rqib gapiga yolg’on aralashtirib aytardi. Husan aka jim edi. Davronning ayoli kelib ulardan hol so’radi.
- Dadasi, bu nima hol? Yigitalining bobosiga nega baqirmoqdasiz? Uyat emasmi? – deya Husan akaga o’girildi. – Aka, ukangiz nega bunday qildi? Urib tashlang, siz kattasiz. Qani uyga kiraylik.
Ayol uyga kirib ketdi.
- Uka, seni yana bir bora shu holda ko’rsam ayab o’tirmayman. Qasam ichaman, otimning qamchisi bilan kaltaklayman. E, meni bolalaring qamatib yuborsa ham mayli. Sen yoki aslingga qayt, yoki o’lishni tanla. Boshqa yo’ling yo’q.
Husan aka shunday deya jo’nashga hozirlik ko’rdi. Ichkaridan chiqqan ayol Husan akaga yuzlandi.
- Aka, vaqtingiz bo’lsa iningiz bilan azador xonadonlarga birgalikda borib keling. Boya Yigitalidan xavotir olib bora olmagan edi. Har holda bir qishloqning odamlarimiz. To’yimiz, azamiz bitta bo’lsa. Iningiz biroz gina ham saqlayayotir, chamamda. Ayting borib kelsin. Ertalab borishga unamadi. Indamay o’zim ketdim. So’ragan ayollarga yo’lda charchagandir, deb aldash bilan kunni o’tkazdim. Bunaqa qilmasin. Boyaqishlarga qiyin bo’ldi. Ayniqsa, ikkalasi butunlay yonib ketibdi, qarang. Bola bechora esa jinni bo’lib qolibdi. Aka, o’zingiz olib boring. Bu kishi jahl ustida bir narsa demasin, iltimos.
Husan aka Davronga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra ayolga tasalli berdi.
- Rahmat, kelin. Boringga shukur. Bu axmoqni o’zim olib boraman. Meni aldab o’tiribdi. Biz hozir birgalikda aylanib kelamiz. To’g’ri aytding, mehr sovimasin. Mana biz ketdik.
Husan aka Davronni qo’ltiqlab oldi. Biriz yurib past ovozda gapirdi.
- Xudo seni shunday oqila ayol bilan siylagan. Qara senga qanday yaxshilik qilmoqda. Sen axmoq, bunaqa ish qilib o’tirsang. Kelin to’g’ri aytdi, odamgarchilik qilib yasha. Yur, arazni yug’ishtir. Bir aylanib kelamiz. Qani erkakka o’xshab yur. Bunaqada hajiqiz bo’lib qolasan, yur. Kelin qarab turibdi. Uni ham xafa qilma. Ayolni xafa qilish eng og’ir gunoh. Qani bir dadil yur.
Davron ilojsiz holda Husan akaga ergashib qishloq bo’ylab yurdi. U bu insonlar bilan aloqani butkul uzmoqchi edi, aslida. Ayoli bu haqda Husan akaga aytgach, iloji qolmadi. Husan aka u uchun otasidek bir zot. Hatto avliyosifat odam.

60-qism
Uni ranjitishning o’zi bo’lmaydi. Ular birinchi Salimning uyiga kirishdi. Yaqinlari hali tarqalishmagan ekan. Duo qilishib hol so’rashdi.
- Shunday kerakli odamni mashinada bosib ketishibdi. Hozir malakali, pochchamdek bilimli doktorlarni topish, igna bilan quduq qazishdek bir gap. Men hali u churvaqaga ko’rsatib qo’yaman. Tog’asi qutqarish uchun jinnixonaga tiqibdi. Men uning umrini turmada chiritaman. Eng kerakli, qishlog’i uchun jonidan kechib xizmat qilgan doktorni shu holga solishsa. Bu nima ahvol?
Aftidan gapirayotgan Salim qoraning poytaxtda ishlaydigan qayinukasi edi. Davron unga zahrini sochmoqchi edi, Husan aka biqiniga “Jim” deya turtdi. Davron yerga qaradi. Husan aka uzr aytib o’rnidan turdi. Davron unga ergashdi.
Ular yana ikkita azador uyga kirib chiqishdi. Ular ham taqdirdan nolib yo’’qotgan insonlarini begunoh farishta kabi tasvirlashdi. Bu safar Davron o’zini bosib o’tirdi. Husan aka unga bu haqda ko’p bora tushuntirib bergan va jim o’tirishiga va’dasini olgan edi. Davron yelkasidagi odamgarchilikning yana bir qarzidan qutilib biroz yengil tortib qoldi. Odam taftini odam oladi, deb bekorga aytishmagan ekan. Garchand o’zi uchun yoqimsiz suhbatlarni eshitgan bo’lsa hamki, Davronning qalbi yengillashdi. Nafas olishi yengil bo’lgandek bo’ldi nazarida.
Azador uylarni aylanib chiqqan ikki inson qishloq o’rtasidagi soylikdan indamasdan izma-iz yurib ketishardi.
- Davron, bilasanmi? – dedi Husan aka yurishdan to’xtab. – Yulduz ham kasal bo’lib qolibdi. Kecha yaxshi edi, bugun ishtahasi yo’q. Uni Yigitaliga olib bormoqchi edim, nasib qilmadi. Shamollagan bo’lsa kerak deya ustini qalin qilib kelgan edim. Nevaram qarab turibdi. Endi bu jonivor ham qaridi. Salkam yigirmaga kirmoqda. Bu otga mehrim boshqacha edi. Endi boshqa ot tarbiyalay desam qarilik kuchini ko’rsatmoqda. Davron Yulduzning besh yashar bolasi bor. Qancha odam sot dedi, sotmadim. Shuni senga bersam o’zing ko’pkariga tayyorlab minib yur. Har holda sen ham katta chavandozning o’g’lisan. Otangning ham ruhi shod bo’lardi. O’zim eplay olmayman. Zo’r ot bo’ladi. Ismini Qaytmas qo’yganman. Nima deysan?
- Bilmasam, - deya yelkasini qisdi Davron ham yurishdan to’xtab. – O’zingiz tarbiyalang. Menda shuncha yumush boshimda bor. Hali Yigitali…
Davron gapini davom ettira olmadi.
- Shunday qilma endi, inim, - dedi Husan aka oldinda yana yurib keta turib, - Bu hayot sinovlariga dosh berganlargina baxtli bo’lib yashashadi. Sen barini yengasan.

61-qism
***
Keyingi bir hafta yaxshi o’tdi. Yigitali dorining kuchi bilanmi, yoki bir necha kun miriqib uxlagani sabablimi, ancha bardam bo’lib qoldi. Hol so’rashga kelganlar bilan suhbatlashar, qishloqdagi yangiliklar haqida bilishni istar edi.
Havo yaxshi kunlari dadasi uni tashqariga ko’tarib chiqarardi. Yigitali ko’pincha tosh ustida o’sgan gullarni tamosha qilib o’tirishni istar edi. Dadasi ham bu istakka qarshi chiqmas, uni xarsang tosh yoniga olib borib, o’rindiqqa o’tqazib qo’yardi. Yigitalining ustiga qalin ko’rpa yopib, yolg’iz xayol surishiga qo’yib berib, o’zi uzoqdan kuzatib o’tirardi.
Davron bolasidagi bu o’zgarishlardan quvonib qo’yardi. “Nahotki, nahotki, tuzalib ketsa”. Davronning qalbida umid uchqunlari paydo bo’lgan va ishonchi ortib bormoqda edi. Ayoli ham xursand. Toshkentdagi tanimagan doktorini uzoq duo qilardi. Ayniqsa Husan akani har soatda bir eslab duo qilishni kanda qilmasdi. Bolasiga qarb quvonib to’ymasdi.
Husnora ham kuniga ikki-uch marta kelar, Yigitali bilan soatlab suhbatlashib o’tirardi. Husnora Yigitaliga rasm chizishni taklif qilar, ammo bunga imkon topa olmasdi. Yigitali rasm chizishni istamas edi. Husnora baribir chizish haqida ko’p gapirardi. Husnora uyiga qaytar ekan, ertaga baribir rasm chizdiraman, deya niyat qilib ketardi.
Sakkizinchi kuni, yani aprel oyining ilk kuni, kechga yaqin Yigitalining dardi bezovta qilib qoldi. U ko’zlarini katta ochib, ko’ksiga mushtlardi. Og’ir nafas olib, dodlab baqirardi. Halovatini yo’qotib, o’zini u tomondan, bu tomonga qarab chayqardi. Og’zidan oppoq ko’pik kelar, tili og’zidan chiqib ketardi. Ko’zlari kosasiga sig’may ketgandek olazarak bo’lib atrofga qarardi.
Dadasi va onasi shoshib qolib, nima qilishini bilmay gangib qolishgandi. Onasi uning og’zini artar, dadasi qo’llarini silardi. Shu payt uyga Akbar va Husan aka kirib kelishdi. Ular Toshkentdagi doktorga Yigitali haqida hisobot berib, zarur tavsiyani olish uchun tog’ga borib kelishgandi. Akbar darhol qizil qutichani ochdi. Ichidagi maxsus emdorini Yigitalining tomiriga jo’natdi. Orada besh daqiqa o’tib Yigitali ancha o’ziga kelib qoldi. U ko’zini ochib atrofga qaradi.
- Bolam, senga nima bo’ldi? Bizni rosa qo’rqitding, endi yaxshimisan?
Onasi shunday deya Yigitalining yuzlarini artib tozaladi. Yigitali boshini qimirlatib qo’ydi. U hozir nima bo’lganini eslay olmadi.

62-qism
Akbar Davronni tashqariga chiqishiga ishora qilib o’rnidan turdi. Davron unga so’zsiz ergashdi. Ular tashqariga chiqishdi. Akbar yonidan sigareta olib chekdi. Uydan ancha uzoqlashib ketdi. Biroz ortda qolgan Davron uning ortidan yetib oldi.
- Nima gap? Hozir nima dori berdingiz? Shunchalik ahvoli yomonmi?
Davron yerga qarab tinimsiz savol berardi. U Akbarga qaray ham olmasdi. Nazarida unga qarasa ko’zidagi yoshini ko’rgan Akbar, butun qishloqqa aytib beradigandek edi, go’yo.
- Davron do’stim, - deya gap boshladi chala chekilgan sigaretani chetga otgan Akbar. – Biz hozir kerakli topshiriqni olib keldik. Doktorning aytishi bo’yicha bu holat ertaga boshlanishi kerak edi. Bu kasallikning eng yuqori bosqichi ekan. Hozirgi dori nihoyatda kuchli dori sanalib, tanadagi og’riqni sezdirmasdan turar ekan. Doktorning aytishicha birinchi dorining kuchi yigirma- yigirma ikki soatga yetar emish. Keyingilari tezlashib ketar ekan. Xullas, bu oxirgi chora.
- Nega bu dorini berdingiz? Sabr qilsangiz bo’lar edi-ku. Doktor ertaga degan bo’lsa bugun nega berasiz? Menda qasdingiz bormidi?
Davron yerga o’tirib qoldi. U hiqillab yig’lardi. U ovozsiz yig’lardi.
- Davron do’stim, - dedi Akbar uning yoniga o’tirib olib. – Men ham ilojsizman. Qani imkoni bo’lsa, bu darddan bolangni forig’ qilsam. Bilasan, bu dardga davo yo’q. Endi men ham bir ojiz bandaman. Doktorning aytganini bajardim. Agar bu dori berilmasa bemor darhol jon taslim qiladi. Biz bolangning sal bo’lsa ham umrini uzaytirishga va qiynalishining oldini olishga urinmoqdamiz. Shunaqa, do’stim.
Davron o’rnidan turib uyga qarab jo’nadi. Akbar - “Ertalab kelaman.” - deya jo’nab ketdi. Akbar ketgach Davron uyiga kirdi. Yigitali ancha tetik bo’lib qolibdi. Husan bobosi bilan suhbatlashib o’tirishganini ko’rib, Davron qo’shni xonaga kirib ketdi.
Ayoli kechki ovqatni hozirladi. Hamma dasturxon atrofiga yig’ilishdi. Yigitalining ukalari boyagi holatidan qo’rqibmi, harqalay dasturxon atrofida jim bo’lib o’tirishdi. Ularning holatini ko’rgan onasi dashnom berdi.
- ha bolalarim. Nega jimbo’lib qoldinglar? Xuddi ini buzilgan chumchuq bolasidek bo’lib mung’ayib o’tiribsizlar. Qani bir yayranglar. Ana akalaring ham yaxshi. Biroz tobi qochdida. Shunga jim o’tirish kerakmi? Qani ovqatni xursand boʼlib yenglar. Xafa boʼlib ovqat yegan odamning oshqozoni ovqatni yaxshi hazm qila olmaydi. Keyin qorningiz og’rib qoladi. Qani bir quvoninglar-chi.

👍4