Chala qolgan surat
Qissa
28-qism
Bu og’ir jarrohlik ishi rosa besh soat davom etdi. Shundan keyin bolam yana to’rt oy doktorlar nazoratida qoldi. Singlim uyalibmi, bilmayman, biror marta xabar olmadi. Men yo’q paytimda ayolimdan xabar olib turdi, harqalay. Shu singlimning gapi bilan bolamni yo’qotib qo’yay dedim. Endi butun umidim sendan singlim. O’zing bir bosh bo’larsan. Qiladigan yaxshiliging mendan qaytmasa yaratgandan qaytsin. Jon sing….
Davron yuzini to’sib o’kirib yig’lab yubordi. Uning yelkalari uchib tushar, ovozi qattiq chiqib ketmasligi uchun yonidagi dastro’molini og’ziga qattiq yopib olgan edi. Hamma jim. Ular nima ham qila olar edi. Bir otaning dardini kim ko’tara olardi. Hamma sukutda edi. Husan aka Davronning yelkasiga qoqib – “Og’ir bo’l, otasan axir. Chidaysan, majbursan!” – dedi. Kuyovlar yerga qarashdi.
Surayyo ham bu kabi taqdir oldida ojiz edi. O’zi shifokor bo’lib bunaqa odamlarni ko’rgan, ammo o’ksib yig’lagan otani uchratmagan edi. “Erkak yig’lamasin ekan, bu olamda. Juda og’ir bo’lar ekan. Ayol yig’isi o’z yo’liga.” Surayyo shularni o’ylab choyni yangilashga harakat qildi va o’rnidan turdi.
Davron hamon yig’lardi. U butun dardini, yuragidagi g’amni, yig’nalib qolgan hasratini ko’zidan yosh qilib to’kib tashlardi, go’yo. Unga hozir farqi yo’q edi. U uchun hozir yonidagi odamlar eng yaqini va hasratdoshi edi go’yoki nazarida. Yaqinlari qilmagan yaxshilikni shu insonlar qilib tursa, ollohning nazariga tushgani shuda. O’n daqiqalik yig’idan keyin Davron o’zini bosib oldi.
- Uzr sizlarni ham bezovta qildim. Dardim og’ir, darmonim yo’q. Bu dunyoda yaxshi odamlar ko’p ekan. Husan aka va sizlarni ollohimning o’zi qo’llasin. Men bir qo’li kalta odam bo’lsam. Yaratgan egam meni sizdek yaxshi odamlar bilan bir zamonda yashatganidan ming bora roziman. Sizlar ham mehnatingizga rozi bo’ling. Olloh sizni bunday azob bilan sinamasin. Bu kunni dushmanimga ham ravo ko’rmayman.
- Chidaysan, - dedi Husan aka yonidagi yostiqni Davronga uzatib. – Yonboshlab ol. Xudo umr bersa hali yaxshi kunlaringni ham ko’rasan. Yigitali bilan o’sha kunlarda bizni kulib eslaysan. Xafa bo’lib ko’nglingni o’ksitma. Orzu qilaver, inson o’lgunicha orzu qiladi. O’lgach orzusi ham o’ladi. Sabr qil, inim, sabr qil. Mana men armonda o’tayapman. Ollohim menga o’g’il bermadi. Berganini ham yoniga chaqirib oldi. Bir quvontirib, bir o’ldirdi meni. Shu bolangga suyanib yashadim. Qolaversa qizlarim qaysi o’g’ildan kam. Kuyovlarim ham o’g’ildek mehribon. Umr shu bilan shirin ekan.
Hamma Husan akaning gapini tasdiqlab qo’ydi. Nargi xonaning eshigi ochilib Surayyoning ikkinchi o’g’li quvonib kirib keldi. Qo’lida hozir chop etilgan rangli surat. U yugurib kelib dadasiga maqtandi.
✍ Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i
Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi

👍3❤1
Chala qolgan surat
Qissa
29-qism
- Dada qarang, mehmon bola zo’r rassom ekan. Akamning kompiyuterida bizlarning rasmimizni ishladi. Xuddi o’zimiz bo’lib qoldik. Telefonda ham bunday surat olib bo’lmaydi. Qarang qanday ajoyib.
Hamma navbat bilan bu suratni tomosha qilishdi. Hamma hayratda edi. Ayniqsa, Davron hayajondan quvonib ketdi.
- Qarang Husan bobosi, - dedi u rasmni qayta ko’rib. – Bolam meni quvontirdi. Deyarli bir yildirki, rasm chizishni istamas edi. Uydagi bo’yoqlarini qo’liga ham olmas edi. Bu umid uchquni, aka, to’g’rimi?
- Ha, - dedi Husan aka suratga qarab. – Bolam o’ziga qaytdi. Qaytgani rost bo’lsin. Qani dasturxonga bir duo qilib dam olaylik. Hamma charchadi. Ertaga umidbaxsh kun bizni kutmoqda.
Husan aka duo qildi. Dasturxonni Surayyo yig’ishtirib oldi. Nargi xonadan xabar keldi, “Mehmonning mazasi qochib qoldi” – deya.
Surayyo chopib o’tib tekshirib ko’rdi va zarur yordamni berdi. Yigitalini ukol qilib uxlatishga harakat qildi. Yo’l charchog’i sabablimi, dori ta’siridami, Yigitali darhol uxlab qoldi. Uning yoniga Davron ham cho’zilib yotib uyquga ketdi. Husan akaning kuyovi ham yotdi. Surayyo Husan akaga ham joy solib berdi. Husan aka tashqariga chiqib ketdi. Uy eshigini Surayyo zichlab yopib qo’ydi.
Nargi uyda Husan aka Surayyoni savolga tutdi.
- Qizim, sen ham shu sohaning odamisan. Nima deysan bola sho’rlik tuzaladimi?
- Qaydam, - dedi Surayyo og’ir nafas olib. – Bolaning tanasini o’simta o’rab olgan. Xuddi chirmoviq kabi ko’payib ketgan. Bu og’riqsiz bosqichdan o’tib ketibdi. Endi kech ota. Ertaga maxsus shifokor ko’rikdan o’tkazsin natijasini bilamiz. Men bunday holga kelmagan bo’lsa kerak deya o’ylab edim. Kutamiz, boshqa iloji yo’q. Aksiga olib bola operatsiyani ham ko’tara olmaydi. Qon tomirlari torayib ichi o’simtaga to’lgan. Em dorini zo’rg’a quyib oldim. Endi ollohdan so’rab qolamiz, bolaga umrni o’zi berarda.
Husan aka bir xo’rsinib oldi. Bir muddat jim bo’lib qoldi.
- Qizim, bu sovuq olishidan bo’ldimi, yoki noto’g’ri qilingan davodanmi? To’g’risini ayt.
- Ota, bu ukolning ta’siri. Qolaversa paylari qotib qolgan. Yana yiringlab suyaklarni yiring yemirgan. Qonga zahar tarqab, o’simtaga aylangan.

👍3
Chala qolgan surat
Qissa
30-qism
Tuman shifoxonasidan chiqanidan keyin boshqa tahlil qildirmabsizlarda? Bir ko’rsatsangiz bunday holatga kelmas edimi?
Qizining bu gapidan keyin Husan aka choy quyib ichdi. Chuqur nafas olib gapirdi.
- Davronning qo’li kaltalik qildi. Menga boshqa aralashishga yo’l bermadi. Tirik yashashi yetarli deya bolasiga qarab yuraverdi. Bu yerga kelishga ham men ko’ndirdim. Uch kun oldin borsam bola so’lib qolgan ekan. Qismatida borini ko’radida odamzod, qizim. Qismat, og’ir qismat.
Surayyo otasiga choy quyib uzatdi. Biroz jim bo’lib turib gapira boshladi.
- Dada, ertaga va indin tahlil qildiramiz. Ishdan ruxsat oldim. Agar ish samarasiz bo’lsa, bolani qiynamay olib ketinglar. Men uning uch oylik umri qolgan desam xafa bo’lmang. Ha, anig’ini maxsus shifokor aytadi. Davron akam bilmasin. Xafa bo’lib qoladi. Dada sezdirib qo’ymang, yana.
- Mayli qizim, - dedi Husan aka o’rnidan turib. – Men ham endi yotay. Bugun namoz ham o’qiy olmadim. Safarga chiqqan paytimda o’qiy olmayman. Musofirchilik deya bahona qilamanda, xudoning oldiga borganimda. Men o’sha kuni shu Salim qorani o’ldirishim kerak edi. Afsuski, bekorga rahm qilibman. Hali qishloqqa borib olay, Salim qorani o’zim bir yoqlik qilaman.
- Ota, - dedi Surayyo jahl aralash. – Nima endi qarigan chog’ingizda qotil degan tamg’ani olib, sovuq turmada yotishingiz kerakmi? Qo’ying bunaqa ishlaringizni. Ja zo’r bo’lsangiz, sudga bering. Davlat jazosini beradi. Qo’ying bu gaplarni unuting.
Husan aka “Xo’p qizim” deya nargi xonaga kirib ketdi.
Surayyo dadasidan xavotir olib biroz xayol surib, bu ishga chora izladi. Har xil fikrlarni o’ylab ko’rdi. Bir xayoli Davronni bu holdan ogohlantirmoqchi bo’ldi. Yana fikridan qaytdi. U qarigan otasini turmaxonaning zax xonasida qolishini, avlodlari peshonasiga qotilning avlodi degan qora tamg’a bosilmasligini istadi. Keyin bu holdan zerikdi chamasi, uxlab qoldi. Hamma shirin uyquga ketdi.
Faqat Yigitaligina majburiy holda dori ta’sirida uxlardi. U og’ir dard bilan olishib ingrardi. Uning bu og’ir dardiga hatto shu kuchli uyqudori ham ta’sir qila olmayotgan edi. Yigitalining oyoqlari qotib qolgan, endi bo’lsa yelkalari ham qota boshlagan edi. Xullas u ingranib, to’lg’onib uxlardi.
Har zamonda Davron va Husan aka uyg’onib uning holidan xabar olib qo’yishardi.

31-qism
****
Ertalab uy oldiga tez tibbiy yordam mashinasi kelib Yigitalini olib ketdi. Husan aka va Davron birgalikda jo’nashdi. Surayyo o’ziga taksi chaqirib oldinda ketdi.
Shahar markazidagi katta shifoxona hovlisiga kirib kelishgach ularni o’ttiz yoshdan oshgan yosh yigit kutib oldi. Aftidan Surayyo uni taklif qilib qo’ygan edi.
- Assalomu alaykum, Surayyo Husanovna. Qalaysiz ustozim? Mana yana sizni ko’rish va suhbatingizni olish baxtiga muyassar bo’lganimdan xursandman. Qani ukamizni ichkariga olib kiringlar. Sizlar men bilan yuringlar.
Surayyo bu yosh shifokor bilan hammani tanishtirdi.
- Tanishinglar. Yurtimiz kelajagi, yosh olim Sarvar To’rayev. Turkiya davlatida ilmiy ish qilib tajriba to’plab kelgan. Mening birinchi shogirdim. Qani ketdik.
Shifoxonaning ikkinchi qavatiga chiqishgach darhol Yigitalining tahlillarini olishni boshlab yuborgan Sarvar mehmonlarni o’zining xonasiga kiritdi.
- Sizlar bu joyda mehmon bo’lib turasizlar. Bugun ukamizning tahlillarini olamiz. Ertaga javobini aytaman. Siz bemalol bu xonada dam oling. Hamshiralar choy qilib berishadi. Ustoz sizga qahvam bor. O’zingiz sevgan usulda tayyorlab oling. Marhamat, endi men ishga kirishsam.
Sarvar tezda xonadan chiqib ketdi. Husan aka ortidan duo qildi.
- G’ayratli yigit ekan. Omadini bersin. Qo’li yengil bo’lib bolamizni davolab yuborsin.
Yigitali maxsus stolda yotib ketar ekan uning yonida yurgan hamshira qizni xuddi Husnoraga o’xshatib yubordi. Ko’zi, qoshi, gavdasi, kulishi, ayniqsa peshonasidan tushib turgan kokili Husnorani eslatdi. Yigitali og’riq bilan xotiralar ummoniga g’arq bo’ldi.
Yigitali maktabning beshinchi sinfida o’qir ekan, qishloqqa yangi muallimlar oilasi ko’chib kelganini eshitdi. Bu oilaning katta qizi o’zi bilan teng ekanligini va yana qiz bola ekanligini bilib ajablandi. Maktabda uni yangi o’quvchi qiz Husnora bilan bir partaga o’tqazishdi. Husnora barcha fanlarni yaxshi bilganligi uchun ham Yigitaliga horijiy tilni o’zlashtirishiga yordam berishini aytgan ustozlar, avval Yigitalining ko’ziga yomon ko’rindi. Keyinchalik Husnora bilan birgalikda dars qilib ustozlaridan xursand bo’lgani ayni haqiqat edi. Bu ikkalasi ajralmas do’st bo’lib qolishdi. Ikki oila ham ularga qarshilik qilishmadi. Sababi hamma tomondan ular o’zlarini teng hisoblab do’stona hayot kechirishni istagan ikki oila edida.

👍2
Chala qolgan surat
Qissa
32-qism
Yigitali o’tgan yili bu falokatga uchragan kunidan boshlab maktabga bora olmay qoldi. Har gal uyiga qaytgan paytida birinchi bo’lib Husnora izlab kelardi. Yigitaliga qolib ketgan darslarini o’rgatar, soatlab gaplashib o’tirishardi. Shu qiz sabali ham Yigitali o’zini yengil his qilar edi.
Bundan bir necha kun oldin Husnora kelib Yigitaliga qandaydir horijiy yozuvchining bir kichik hikoyasini aytib berdi. Unda bosh qahramon uyi oldiga toshga gul ekib, ularni parvarish qilib, og’ir darddan qutilganini aytdi. Yigitaliga ham gul ekishni maslahat berdi. Yonida o’zi bilan olib kelgan gul urug’larini ko’rsatdi.
- Yigitali, - dedi u ko’zlarini pirpiratib. – Men sen uchun derazangga ko’rinib turadigan anavi toshning ustiga gul ekaman. O’zim suv quyaman. Sen gullarni tomosha qilib o’tirasan. Qara qanday katta tosh bor, yana unda chiziqlar bor. Bu chiziqlar orasiga gul ekib, ustiga tuproq tashlayman. Tezda o’sib chiqadi. Hohlasang hozir ekib kelaman. Aftidan bugun tunda yomg’ir yog’adi. Gul urug’lari toza suvdan ichib olishadi. Rozimisan?
Yigitali unga kulib qaradi. Biroz o’ylanib turdi va dedi.
- Husnora bu yaxshiligingni unitmayman. Bilasanmi, ertaga darsdan keyin kelsang ekasan. Men hozir gul urug’larini yonimda saqlab turay. Tunda sovuq bo’lsa qiynalib qoladi. Men ularni tomosha qilib saqlab turaman. Rahmat senga Husnora.
- Nega rahmat deysan? Qiziqmisan? – dedi Husnora kulib.
- Sendek do’stim borligiga rahmat. Aqlli qizsan.
Bu gapdan keyin Husnora uyalib o’rnidan turdi. Gul urug’larini Yigitaliga berib o’zi jo’nab ketdi. Yigitali qizning ortidan qarab qoldi. Bu ikki yoshning qalbidagi birinchi muhabbat nishonalari edi. Ular bir-biriga talpinib turardi.
Shu tun tinmasdan yomg’ir yog’di. Yigitali gul urug’larini o’zi ekishni niyat qilgan edi. Shu sababli ham Husnoraga javob berib yuborgan edi. Ertasi kuni dadasi dalaga ketdi. Ukalari maktabga shoshdi. Onasi non yopishga kirishib ketdi.
Yigitali uyida yolg’iz qoldi. Qo’lidagi gul urug’larini ko’ylagining cho’ntagiga solib. Eshikka qarab ikki qo’li bilan sudratildi. U bu ishni birinchi marta bajarib ko’rdi. Butun tanasini shu ikki qo’li bilan tortib eshikka yetib bordi. Bir amallab dahlizga chiqdi. Undan loy bo’lib yotgan supaga o’rmaladi. Hamma joyi jiqqa ho’l bo’ldi. Shunda ham sudratilib boraverdi. Deraza oldidagi tosh undan uzoqlashib ketayotgandek edi. U charchab yiqildi.

33-qism
O’zi ko’rgan urush kinodagi qahramon shu tarzda uzoqqa dushmanlaridan qochib sudratilib ketganini esladi. O’zini noshud sanadi. Atrofga alangladi. Uy ortida tandirdan olov ko’rindi. Demak onasi shu tomonda ekan. Qo’llariga kuch to’plab olgan Yigitali yana harakat qila boshladi. Ancha urinishdan so’ng tosh oldiga borib oldi. Bir amallab uyiga o’zi o’tiradigan xonaga qaradi. To’g’ri kelganiga ishonch hosil qildi. Yana dam oldi.
Uy oldida onasi tandir tomon non olib o’tdi. Non yopishga shoshgan onasi unga qarab ham qo’ymadi. U tandirga shoshardi. Uning nonni maromida pishirib olishi uchun atrofga qarashga ham vaqti yo’q edi. Onasi uy ortiga o’tgach, Yigitali yana toshga intildi. U amallab toshga chiqib olib chiziqlari orasiga gul urug’larini joyladi. Ustiga qo’llaridagi, choponidagi yopishib qolgan loylarni yopib ketaverdi.
Nihoyat barcha urug’larni qadab bo’lib qushlarga nola qildi. Ularga mahliyo bo’lib toshning orqa tomoniga tushib ketdi. Yigitali qattiq urilib dodlab yubordi. Baxtiga o’zidan keyingi ukasi darsdan onasiga yordam berish uchun qochib kelgan ekan. U akasining ovozini eshitib shu tomonga yugurdi. Avval akasining yurib ketganini o’zi ko’rishi, keyin qolganlardan suyunchi olishini niyat qilgan uka chopdi. Tosh ortiga kelib akasining boshi bilan yotganini ko’rib qo’rqib ketdi. Onasini yordamga chaqirdi. O’zining kuchi yetmadi. Ona-bola Yigitalini zo’rg’a ko’tarib uyga olib kirdi.
Onasi ho’l bo’lib ketgan ustini alishtirdi. Tanasini artib tozaladi. Ukasi unga yordam qilib turdi. Onasi Yigitalini mehr bilan tozalardi.
- Ha bolajonim. Tashqariga chiqmoqchi bo’lsang o’zim olib chiqar edim. Yana shamollab qolsang nima qilaman. O’zi endi yaxshi bo’lib qolgan eding. Onang sen uchun yashab yuribdida, bir og’iz aytsang bo’lmasmidi? Qani ukasi issiq ko’rpani akangga yop. Men nonimdan xabar olib kelay. Uydagi oxirgi unni non qilgan edim. Ertaga dadang un olib keladi. Maosh oladi. Sizlarga ajoyib unli ovqatlar pishirib beraman. Men hozir.
Onasi shunday deya chiqib ketdi.
- Akajon, o’zingiz tashqariga chiqdingizmi? Endi yurib ketasizmi? Qachon maktabga yana birgalikda qo’l ushlashib boramiz. Erkatoy do’stingiz meni mazax qilayapti? Siz bo’lsangiz himoya qilar edingiz? Endi yurib ketasizmi? Husnora opam menga ertak o’qib berdi. Maktabdan qochib kelib yaxshi qilibman, sizning yurishingizni birinchi bo’lib men ko’rdim. Dadamga aytaman, Husnora opaga ham, hammaga maqtanib chiqaman. Yashasin, mening akajonim!

34-qism
Bola uydan chiqib ketdi. Uy ortiga chopib o’tdi. Onasiga maqtandi. Onasi unga e’tibor ham bera olmadi. Ayol bechora tandirdan qorayib kuyib ketgan nonlarni bittalab terib olar ekan, ko’zidan oqqan yoshlar tandir ichidagi chog’ga tushib, pichirlagan ovoz chiqarar edi. “Oxirgi unni non qilgan edim. Hali dadasi qachon maosh oladi. Endi qaysi qo’shnidan un tilayman. Uyat bo’ldi. Na bolamni, na nonni eplay olmadim. Noshud ona ekanman. Attang, shuncha non uvol bo’ldi. Buni yeydigan birorta sigirim ham yo’q. Qo’shnilar ko’rsa nima deydi?”
Ayol shunday deya nonlarni terib xaltaga joyladi. Shu payt Husnora ham kelib qoldi. Kuygan nonlarni ko’rib achindi, ammo ayolga sezdirmadi. Yigitalini so’roqladi.
- O’rtog’ing uyda. Bugun xarsang toshning ustiga chiqib ketibdi. Qanday borganini menga aytmadi. Sen so’rab ko’r qizim, senga aytar. Usti boshi ho’l bo’libdi. Shunga qarab nonim kuyib ketibdi. Uyda un ham tugagan ekan. Endi nima qildim. Voy bularni senga nimaga aytmoqdaman. Uyga kir, Yigitali ichkarida. Kira qol, qizim.
Husnora uyga kirmasdan o’z uyiga qaytib ketdi. Birozdan keyin onasi bilan besh-oltita non olib qaytib keldi. Husnoraning onasi nonni majburlab berib uyiga qaytib ketdi. Husnora Yigitalining oldiga kirdi. Ular ancha vaqt birga so’zsiz o’tirishdi. Yigitali faqat tashqaridagi xarsang toshga tikilib o’tirdi. Husnora tashqariga chiqib xarsang tosh yoniga borib chala ekilgan gul urug’larini ko’rdi. So’ngra yaxshi yopilmagan urug’larning ustiga o’zi tuproq sepib qo’yib, uyiga qarab ketdi.
Yigitali nimadir demoqchi edi, madori yetmasdan o’rindiqdan yiqilib tushdi. Onasi chopib kelib uni joyiga yotqizdi. Yigitali faqat derazaga boqib yotishga majbur bo’ldi. U ovozsiz yig’lardi. Uning ko’z yoshlari tugagan edi.
Hozir uning yonida hamroh bo’lib aravachada olib yurgan hamshira qizni Husnoraga o’xshatib tez-tez qarab qo’yar, nimadir deyishga botina olmasdi. Nihoyat tushlikka yaqin og’ir tahlillar tugadi. Hamshira qiz uni o’ziga ajratilgan divanga yotqizib qo’ydi. Bilagidan uyqu dorini jo’natdi.
- Endi uxlaymiz, Yigitali. Dam olishing kerak. So’ngra yana biroz ishimiz bor. Qani dam olaylik.
- Husnora, men uxlaganimda yonimda bo’l. To’g’risi men yana yolg’iz qolishdan qo’rqaman. Ketma.
Yigitalining bu gapidan hamshira qiz zavqlanib kuldi. Yigitalining boshini silab qo’ydi.

👍4
Chala qolgan surat
Qissa
35-qism
- Mening ismimni senga kim aytdi. Mening Husnora ekanligimni qayerdan bilding? Ha topdim, mana ismimni yozib olganman. Oq xalatim chiroylimi? Men ketmayman. Tunda ham navbatchiligim bor. Endi uxla.
Yigitali og’riq va dori ta’sirida zo’rg’a gapirar edi.
- Sen mening sinfdoshim Husnorasan. Sen hali maktabda o’qiysan. Kecha ekkan gullardan xabar olmadingmi? Nega bu joyga kelding? Bu joy yomon hidlarga to’la ekan. Hamma ingrab yotibdi. Ket bu joydan. Ket, Husnora. Ke….
Yigitali shunday deya uxlab qoldi. Husnora ajablanib turgan edi, xonaga Davron kirib keldi.
- Singlim, sizni ham urintirib qo’ydik. Chaqirsangiz, o’zim yordam berar edim. Rahmat sizlarga.
- Amaki bir narsa so’rasam maylimi? – dedi sekingina hamshira qiz. – O’g’lingizning Husnora degan sinfdosh qizi bormi? Kecha ular qayergadir gul ekishibdi. Hozir u charchagan. Alahsirab yotibdi. Ammo bolangiz o’sha qizni yaxshi ko’rar ekan. Qizning ham ko’ngli bor ekan, adashmasam. Uzr amaki.
Davron hamshira qizga qaradi.
- Ha, singlim. Husnora ismli sinfdoshi bor. Ular orasida iliqlik ham bor. Demak kecha uy oldidagi xarsangga o’g’lim gul urug’ini qadagan. Endi bilib oldim. Shu sababli ham uydan sudratilib chiqqan. E, bolam. Menga aytsang, o’zim ekib berardimku. Nega jonigga azob berasan. Rahmat singlim.
- Mayli amaki, bolangiz tuzalib ketadi. Hali yashashga qiziqishi bor. Bu yerdagilarning ko’pining hayotdan umidi qolmagan. Shu sababli tanasi dardga qarshilik qilmay qo’yishadi. Keyin davo topilmaydi. Bolangizning omadi bor ekan. Hali tuzalib ketadi.
Hamshira qiz tashqariga chiqib ketdi. Davron orqasidan “Rahmat, singlim” deya oldi, xalos. U bolasiga termulib turardi.
Kechga yaqin Yigitalini shifoxonada olib qolishdi. Qolganlar Surayyo bilan uyga qaytishdi. Davron xomish holda bolasini yolg’iz tashlab kelayotganiga achinib ortiga qarab qo’yib qaytdi.
- Xavotir olmang, Davron aka. Ular bolangizga yaxshi qarashadi. Yigitali ishonchli qo’llarda. Ularga ishoning. Qani ketdik, - deya Surayyo uyiga yo’l boshladi.
Davron indamay ergashib ketishga qaror qildi.

36-qism
****
Ular uyga borishaganida Husan akaning katta kuyovi osh damlab qo’ygan ekan. U bugun ishdan vaqtli qaytib, qaynotasi yaxshi ko’radigan usuldagi oshni damlab qo’ygan edi. U qaynotasi kelsa o’z qo’li bilan osh damlab berishga bel bog’laydi. Husan aka ham uni maqtab qo’yib, oshini yeb olib, duo qiladi. Hozir ham osh tayyor edi.
- Ukamiz qani, onasi. U ham pochchasining oshidan yer edi. Javob berishmadimi? Qani uyga kiramiz.
Kuyov ularni shunday kutib oldi. Bolalar ham Yigitalini so’rashdi. Hamma horg’in holda uyga kirishdi. Kechki taom, osh suzildi. Hamma jim o’tirib ovqatlanishdi. Hammaning xayoli band edi. Ovqatdan keyin duo o’qilgach, katta kuyov so’z boshladi.
- Bu ukamiz istedodli rassom ekan. Ijodiy ishlarini birorta tanlovga berganmi? Maktabi qo’lladimi?
Davron javob berdi.
- Ha, ko’p tanlovlarda g’olib bo’lgan. Yaxshi natijalari ham bor. Maktabida rasm muallimi yaxshi edi. U qo’llab tarbiyalab berdi, baraka topgur.
- Nomardlar haqida ham ayt. Bular ham tanib olsin. O’sha direktor bu kuyovning sinfdoshi bo’ladi. Haromxo’r, - Husan aka jahl bilan gap boshladi. – O’tgan yili Yigitali katta tanlovda ishtirok etish uchun soyda suvda turib rasm chizgan. Shu sababli shamollab qolgan edi. Shu tanlovga direktorning bolasi uchun ham bechora rasm muallimi rasm chizib bergan. U bola nima desa otasi bajaradi. Falonchi muallim ishdan ketsin desa tamom ishdan ketasan, to’rvangni ko’tarib, boshingni egib. Xullas tumanda rasmlar maxsus odamlar tomonidan saralanib tanlovga jo’natilgan. Direktorning bolasining nomiga Yigitali chizgan rasm jo’natilgan. Rasm muallimi boshini balodan asrash uchun chizib bergan rasm Yigitalining nomidan jo’natilgan. Natijada biz ko’rgan, havas qilgan Yigitalining chizgan surati erkatoy nomidan g’olib bo’lgan. Yigitaliga hech narsa yo’q, chunki rasm muallimi chizgan asar tanlovga nomiga jo’natilgan xalos. Rasm muallimi bu tanlovdagi ishlar haqida Davronga aytgan, bu akam ojizlik qilib mum tishlagan.
- Qo’ying, Husan aka. Kuyinib yotmang, bitta oddiy rasm ekan, bolamning taqdiri hal bo’lmoqda. Siz bu haqda o’ylamang.

37-qism
Davron shunday deya yerga qarab oldi. U o’tgan ishlarni eslagisi kelmayotgan edi. U hozir faqat Yigitalining ertalab chiqishi kerak bo’lgan tahlil natijalari haqida o’ylab o’tirgan edi.
- Yo’q, inim. Bu haqda aytish kerak. Butun olam haqiqatning o’lganligini bilishi kerak. Sen o’zingga achinmasang ham bolangning mehnatiga achinishing, uni himoya qilishing kerak. Sen otasan, sen bolang uchun hatto tog’ni ham surib ketishing kerak.
Husan aka gapida davom etar, ammo bu gaplar Davronga ta’sir etmas edi. Qolganlar jim, hammaning xayoli Yigitalining taqdiri haqida o’y bilan band edi. Husan aka davom etdi.
- Rasm muallimi kurash taklif qilib maktabdan boshini viqor bilan ko’tarib ketdi. U yomonlikka bo’yin egmadi. Sen qo’rqding, inim. Yoningda men bor edim. Sudga berganimizda g’olib bo’lar edik. Bolang bunchalik cho’kib qolmas edi. Sen nega bunday qilding?
- Ha, qo’rqdim. Nima deysiz? Mendan nima istaysiz? Men ulardan qo’rqaman. Jiyanining qo’lida ishlab ro’zg’or boqsam. Yaqinlari tumanning egasi bo’lsa, nima qilay? Men ojizman, ha ojizman. Meni zamon tegirmoni yanchib ketdi. Men qo’rqdim. Hozir ham bolamning umri uchun qo’rqib o’tiribman. Men ojizman, Husan aka. Notavonman.
Davron yelkalarini uchirib yig’lashga tushdi. U o’ksib-o’ksib o’zini erkin qo’yib yig’lar edi. Atrofdagilar unga qarashiga ham e’tibor bermasdan yig’ladi. Qalb tubida qolgan hasratlarini to’kib yig’ladi. Hamma unga achinib turar, ammo tasalli aytishga bir so’z ham topa olmas edi. Faqat Husan aka gapirardi.
- Yig’la, yig’la inim. Sen bir yig’lab ol, yuragingni bo’shat. Agar yig’lab olmasang, yuraging to’lib ketadi, zardobga. Sening yuragingdagi bor zaharni chiqarish kerak. Yig’la. Davron inim ota bo’lish azob, otalik o’lim. Har zamonda hech kimga aytmagan dardlaringni o’zingga aytib yig’lab ol. Yuraging bo’shab qoladi. Toki yuragingga boshqa hayot zaharlari to’plangunicha yaxshi nafas olib yashaysan. Men shunday qilaman. Men shunday yashadim.
Husan aka gapirar, Davron battar yig’lardi. Davron uzoq yig’ladi. Surayyo choyni yangilab keldi. Bu paytda Davron ancha o’zini bosib olgan edi. U endi yig’lamas, faqat chuqur nafas olib o’tirardi.
- Ota, - dedi Surayyo Husan akaga choy uzatib. – Nahotki, siz bu haqda bilmay qolgansiz?

38-qism
Xo’p, suratni qaytarishning moddiy va ma’naviy jihatlarini izlab ko’rmadingizmi? O’sha direktordan pul olib bo’lsa ham Yigitalini ertaroq Toshkentga olib kelishingiz kerak edi. Shuncha vaqtni yutqazib yurish kerakmidi? Hozir tibbiyot, fan-texnika rivojlanib ketgan davrda yashamoqdamiz. Yoshlarimiz jahon tibbiyotida ham yetakchilik qilib kelmoqda. Jahonning manaman degan nufuzli shifoxonalarida hech bo’lmasa bitta o’zbek o’g’li yoki qizi shifokorlik qilmoqda. O’zingiz harakat qilsangiz bo’larmidi?
Husan aka choydan ichib oldi. Piyolani qayta uzatdi.
- Choy quy, qizim, - dedi past ovozda. – Men yaqinda bilib qoldim. Qishloqdan ketgan rasm muallimi viloyatda qandaydir oliygohga ishga kiribdi. Yangi yildan keyin qishloqqa qaytib borib qoldi. U avval Yigitalini yo’qlabdi. Davron bilan uchrashib natija chiqara olmagach, meni izlab bordi. Suhbatlashdik. U – “Bola chizishi kerak. Chizmasa hayotga qayta olmaydi. Unga chizishni qaytarib berish kerak. O’zi ham ancha so’lib qolibdi. Dardi og’ir, jilla qursa undan bir kichik rasmni chizishni iltimos qiling. U chizmasa yashay olmaydi. Men u bilan gaplashdim, chizishga qarshi, ammo qalbida ishtiyoq bor. O’zingiz harakat qiling,” – deb qoldi. Shundan keyin men bu ishga bel bog’ladim. Borib Yigitalini ko’rsam ahvoli xarob. Menda ham, Davronda ham ortiqcha pul yo’q edi. Nima qilishni bilmasdan direktorning o’zi bilan olishdim. U avval yo’q dedi, keyin mening harakatimdan qo’rqdi, shekilli, pul berib rozi qilishga qaror qildi. Shu bilan kunlar o’tib ketdi. Men u nabakorni qiyin-qistovga olib turdim. Nihoyat u men aytgan mablag’ni topib berdi. Shundan keyin bu yerga shoshdik, qizim. Men ham nima qilay, qarib qoldim. Avvalgi kuchim endi yo’q. Davron o’zini kamtar sanasa, nima qilaylik. Muhimi shu yerdamiz. Bolamiz tuzalib ketsa bo’ldi, bizga shu yetarli.
Hamma yana bir muddat jim bo’lib qoldi. Davron tashqariga chiqib ketdi. Husan aka katta kuyoviga qarab – “Mehmonni yolg’iz qo’yma!” – degach, u ham tashqariga odimladi. Husan aka choydan ichdi.
Davron liftga chiqmoqchi edi, ortida kuyov ham yetib keldi.
- Mehmon qayerga? – deya kulib so’radi u.
- Pastga tushib bir oz o’tiray deb edim. Qishloqni sog’indim. Bu yer boshqacha ekan, - dedi Davron yoniga liftga kirgan kuyovga joy berib.
- Qanday ekan? – dedi kuyov ham yengilgina ovozda.
- Kunduz kuni hayot qaynaydi. Tunda hamma jim. Bizda hayot to’xtamaydi. Tunda ham kimdir yaqini yo’qlaydi, kimdir ishlaydi.

39-qism
Hamma bir-birini tanigan, hamma birga intilib yashaydi. Shahar boshqacha ekan. Yon qo’shningizga salom bersam, alik olmay o’tib ketdi. Bizda qo’shni uyoqda tursin, mehmoniga ham salom berishadi. Mehmon kelsa avval qo’shni kirib keladi. Choyga aytib chiqishadi. Bir shirin suhbatlar bo’ladi.
Ular bu paytda pastga tushib bo’lishgan edi. Davron entikib nafas oldi. Biroz yurib uy oldiga qo’yilgan o’rindiqqa ikkalasi o’tirdi. Ancha fursat jim o’tirishdi.
- Bu yerdan osmondadagi yulduzlarni ham kuzatish qiyin ekan. Bizda kaftdagidek ko’rinib turadi. Qarang osmon bor, ammo yulduzlar xira.
Davronning bu gapiga kuyov kulib javob berdi.
- Ha, bu yer shahar. Havosi toza emas. Kun bo’yi shahardan chiqqan changlar osmonimizni tunda qoplab olishadi. Shu sababli ham tunda osmon ko’rinmaydi. Menga ham shahar yoqmaydi, ammo ishimiz shu yerda. Bolam shu yerda tug’ildi, o’zim palak yoydim. Shaharda hamma shoshadi, vaqtdan yutish uchun shoshsa kerak, menimcha. Biz shunaqa yashadik, shunaqa yashasak kerak.
Kuyov ham osmonga qaradi. U ham yulduzlarni xira holda ko’rdi. U ham ko’pdan buyon osmonga tikilmagan edi. Uzoq vaqtdan beri tunda uyidan tashqariga chiqmagan, hozirgidek yayrab o’tirmagan edi. Kunduz kuni ishdan kelib, tunda uyida yotib kunlarni o’tkazib yuboribdi. Shunday qilib tunda tashqarida o’tirsa bo’lar ekan-ku. Kuyov o’z holiga biroz achinib qo’ydi. Endi tunlari tashqariga chiqib o’tirishga qaror qilgan kuyov mehmonni ichkariga taklif qildi.
- Tun salqin ekan. Ichkariga kiraylik. Mehmon salqinlab qolmang, - dedi kuyov o’rnidan turib.
- Ha, salqin ekan, - dedi Davron ham o’rnidan turib. – Ichkariga kiraylik.
Ular o’rnidan turishgan edi Davron gapida davom etdi.
- Bilasizmi, men yig’lab o’zimni bu hayotga tayyorlab olmoqdaman. Bilaman bolam kasal, u tuzalmaydi. Qancha umri qoldi, uni xudo biladi. Men faqat shuni bilamanki, men bolamga dalda bo’lishim kerak. Boshqa ilojim yo’q. Ertaga nima bo’lishini biz bandalar bilmas ekanmiz. Nahotki, mening bolamning taqdiri shunaqa bo’lsa. Yosh bola axir. Balki ayb mendadir, uni ko’chaga chiqishiga, hayotdan zavqlanib yashashiga ruxsat bermasligim kerakmidi? Balki, uydan chiqarmasdan ish qildirib yurishim kerakmidi? Savollarim ko’p, ammo javobsiz. Shunga siqilaman.
- Chidaymiz, - dedi kuyov ham sekingina. – ichkarida qaynatam aytdi, hayot sinovlariga chidab yashashga majbur ekanmiz.

40-qism
Biz xudoga nola qilmay, uning buyruqlarini bajarib yashashga majbur ekanmiz. Keksalar bilib aytishadi. Ha, biz endi shunday yashashimiz kerak ekan.
- Ha, - deb qo’ydi Davron ham.
- Sizga bir gapni aytishim kerak, - dedi Davron kuyovning yoniga kelib. – Men shaharga nega kelganimni bilasiz. Bolam tuzalmasligini esa men bilaman. Uyda so’lib qolishini istamay harakat qildim, ammo eplay olmadi. Husan aka harakat qildi, bolamni olib keldi. Endi armonim yo’q. Xudoga kerak ekan, jonimizni olsin. Bolamdan ko’nglim to’q, u taqdirga tan berdi. Men ham tan berishga majbur bo’ldim. Bilaman, u uzoq yashamaydi, ammo mazmunli yashadi. Ko’plarning tiliga tishdi. U istedodli edi, ammo biz uni qo’llay olmadik. Taqdiri shu ekan. Na ilojim bor. Men shaharga kelmas edi, bolam uchun keldim. U bilan so’nggi kunlarini birgalikda o’tkazish uchun keldim.
- Unaqa sovuq nafas qilmang, - dedi kuyov Davronning siltanayotgan yelkasidan tutib. – Bolangiz hali tuzalib ketadi. Mana ko’rasiz.
- Tuzalsin, - dedi Davron o’zini bosib olib. – U uzoq yashasin. Men hamma narsaga tayyor bo’lib kelganman. Xafa bo’lmayman, ammo bolam o’z uyida yashasin. Uning so’nggi nafasi o’zi big’illab yig’lab tushgan xonada qolsin. Menga shu yetarli. Boshqa ilijim yo’q. Uning so’nggi nafasi o’z uyida qolishi kerak. Ha qolishi kerak.
Kuyov Davronni qanday ovutishni bilmay qiynaldi. Nima deyishini bila olmadi. Ular yana biroz tashqarida turib, uyga qaytishdi. Uyda hamma uxlamoqda edi. Davron o’ziga ajratilgan joyga, Husan akaning yoniga kirib yotdi. Davronning nazarida Husan aka uxlamoqda edi. Ammo Husan aka uyqusiz holda hozirgina Surayyodan eshitgan gapini hazm qila olmay qiynalib yotgan edi. Husan akaning ko’zlari yumuq, qalbi uyg’oq edi. U Yigitaliga achinib yotar, taqdirning chigal jumboqlari oldida o’zini ojiz sanab, jim yotardi.
Husan akaning katta kuyovi ham o’z xonasiga kirib bugungi kuni haqida o’ylab yotdi. U tez-tez yoniga ag’darilib yotardi. U ham yosh yigit taqdiriga befarq emasdi. U endi bolalari bilan ko’proq vaqt o’tkazishga qaror qilgan edi.
Surayyo shifokor yigit aytgan tahlillarni o’ylab yotardi. Har zamonda - “Nahotki, nahotki. Shuncha tez bo’ladimi?” – deya o’ziga-o’zi gapirib qo’yardi. U hozirgina telefonda eshitgan xabarni hazm qila olmayotgan edi. Surayyo ham uyqusiz holda yotardi. U Davronning holidan ham Husan akaga qattiq achinardi. Otasi bu holni qanday ko’taradi?

41-qism
****
Ertasi kuni shifoxonaga borgan Davron avval o’g’lining yoniga kirib chiqmoqchi bo’ldi. O’g’li yotgan xonaning eshigini ochib qotib qoldi. Yigitalining ko’zlari yumuq, bilagiga uzun emdori simi osilgan, og’ziga sun’iy nafas beruvchi asbob ulangan holda yotardi. Xona eshigi oldida kechagina tanishgan hamshira qiz, stol qo’yib Yigitaliga qarab o’tirardi. Davron shoshib qoldi va o’g’li tomon qadam bosdi.
- Bolam, senga nima bo’ldi? Kecha yaxshi edingku? Jonim bolam, gapir. Ayt, nima bo’ldi? Nega bu holda yotibsan? Seni nega tashlab ketdim? Kechir meni. Jonim bolam.
Davron tinimsiz bolasining ochiq yuzidan o’pardi. Hamshira qiz biroz qarab turdi va tashqariga chiqib ketdi.
Bosh shifokor ishga kelgach xonasiga Davronni taklif qildi. Hol so’radi. Davron darhol bolasining taqdiri haqida so’radi.
- Bilasizmi? – dedi Sarvar oq xalatining tugmasini joyiga qadab. – Davron aka, bolangiz ancha dardga bardoshli ekan. Uning butun tanasini o’simta ildiz otib qoplab olgan. Endi bu o’simta yurakka qarab hujum boshlamoqda. Yurak bu holdan norizo. Bu shunday ayyor dardki, u og’riq bermaydi. Og’riq berishi mumkin, bemor buni sezmasdan qoladi. O’g’lingiz metin bardoshli yigit ekan. Shuncha dardni ko’taribdi. Endi….
Uning gapini Husan aka bo’ldi.
- Sarvar, uzr bolam. Dardni bildik. Davosi bormi?
Husan akaning bu gapi Davronga ham ta’sir qilib boshini biroz ko’tarib doktorga umid bilan qaradi. Sarvar esa biroz jim turib davom etdi.
- Bu dard boshlanganida iloji bor. Uni turli usullar bilan aldab o’sishdan to’xtatish yoki butunlay o’ldirib tashlash mumkin. Hozir iloji yo’q.
Davron dodlab yubordi. Unga Husan aka choy quyib berdi.
- Ich, o’zingni bos. Sen otasan.
Davron choydan ozroq ho’pladi.

42-qism
- Doktor, biror yo’li yo’qmi? – dedi Husan aka betoqat bo’lib. – Balki operatsiya degandek, ha.
- Yo’q, - dedi Sarvar qat’iy ohangda. – Operatsiya mumkin emas. Uni bu ukamiz ko’tara olmaydi. Yurak bardosh bermaydi.
- Qancha? Qancha umri qolgan? Ayting, qancha?
Davron entikib savol berdi va javobini kutdi.
- To’g’risi men xudo emasman, ammo shu sohada bilimim bor. Bir oyga yaqin. Anig’i ikki haftadan ortiq. Boshqa sizni alday olmayman. Men haqiqatni aytishim kerak. Buni kecha bilgan edim, ammo umid qilib edim. Aka, hayot shavqatsiz. Peshonangizda bu kunlar bor ekan. Mening otam ham, onam ham shu darddan ketishgan. Men yosh yetim bo’lib qoldim. Kelajakda shu dardni yengish uchun, unga davo topish uchun ham shifokor bo’lganman. Aka bu dardga keskin davo yo’q. Qilinadigan amallar bemorning umrini biroz bo’lsa ham uzaytirish uchun xizmat qilmoqda. Bemor orzusiga erishib olsin, bu dunyodan armonda ketmasin deya harakat qilamiz xalos. Borimiz shu.
Sarvar gapirar va ko’zidan bir tomchi chiqqan yoshini artib qo’yardi. U borini aytdi, yashirib o’tirmadi. Boshqa iloji ham yo’q edida.
- Balki, biroz shifoxonada ushlab turarmiz, - dedi Husan aka yana umid bilan. - Balki so’nggi umid bordir. Ilinj bordir.
- Yo’q. Imkoni yo’q, endi kech. Bolani qiynamang. - Sarvar shunday deya biroz jim bo’lib qoldi va davom etdi. – Davron aka operatsiya qilamiz. Bu oson, ammo bola buni ko’tara olmaydi. Yaxshisi siz uyi uyiga olib boring. Oila a’zolari bilan yashasin. Xayollarga berilsin. So’nggi nafasini sizning bag’ringizda olsin. Oilaviy muhit boshqacha ta’sir etishi ham mumkin. Aytib bo’lmaydi, yana bir necha kunga umri uzayishi mumkin. Buni vaqt ko’rsatadi. Men amaliy jihatini aytdim xalos.
- Yaxshi olib ketaman. Bolamni uyimga olib ketaman. Bolam qiynalmasin. Sarvarjon, sizdan so’nggi savolni so’rayman. Javob bering. Nega oddiy shamollash bu darajaga yetib kelsa, biz nima xato qildik. Ayting, men qilgan xatoni boshqa odam qilmasin.
Davronning gapiga Sarvar o’ylanib olib javob berdi.
- Xato sizdan o’tmagan. Bola oddiy shamollagan, xalos. Uni to’g’ri davolash kerak edi. Ammo hali bizning kasbimizda, balki butun insoniyatga xizmat etuvchi kasblarda o’z kasbini noto’g’ri tanlab qo’ygan, aniqrog’i adashib kelib qolganlar bor. Oddiy cho’pon ham ishini bilmasa qancha mollarni qurbon qiladi. Bir hisobchi hisobotda nafsining quliga aylansa, qancha mablag’lar havoga uchadi.

43-qism
Bizning o’sha adashib kasbimizga kelib qolgan hamkasbimiz o’zining bilimi pastligi uchun ham bu ishni noto’g’ri qo’llagan, ya’ni muddati o’tgan dorini qo’llagan. Bu aks ta’sir etib dori tanada zaharga aylanib, yiringga aylangan. Yiring qonga tez so’rilgan. O’zi paylar qotib qolgan va oyoq qimirlamagan. Shu sababli yiring tez harakat qilib qonga aralashgan. Suyaklar yiringga dosh bera olmagan, o’z tanasini yiringga boy bergan suyak o’zlarini yemira boshlagan. Uyda saqlagansiz, operatsiyadan keyin muolajani davom ettirish kerak edi. Sizlar eskilik deya uyda saqlagansizlar. Ayb hammada bor. Aybsizman deya ayta olmaysiz. Bemorning har bitta yaqini bitta aybga, kamchilikka yo’l qo’ygan. Natija mana. Yana bitta yosh umr xazon bo’lmoqda. Yana bitta istedod yaroqsiz holga kelmoqda. Aybdormiz.
- Qishloqqa borsam Salim qorani o’z qo’llarim bilan bug’ib o’ldiraman. Salim qora endi seni mening changalimdan kim qutqara oladi? Yaramas.
Husan aka vajohat bilan gapirardi. U deyarli o’ziga-o’zi gapirardi. U boshqani eshitadigan holda emas edi. Baqirar va kimdan alamini ola bilmasdan bir joyda o’tira olmasdan tinimsiz yurardi. Uning jahli chiqsa shunaqa holga kelib qolardi. Qishloqda bo’lsa Yulduz otini minib hech kim yo’q joyga chiqib ketar va jahldan tushgunicha uyidan uzoqda yurardi. Bu Husan akaning oddiy holati edi. Hozir ham Husan aka nima qilishini bilmasdan o’rindiq atrofida aylanib yurardi.
- Ota, bo’ldi-da endi. O’zingizni buncha qiynaysiz? Sal o’zingizni bosib oling, - dedi Surayyo otasining holatiga achinib, - Iloj yo’q, sabr qilasiz? Hamma o’zini asrasin. Hayot to’xtab qolmaydi. Ota, bas, o’tiring.
Husan aka bu gapdan keyin sal yumshadi va qizi ko’rsatgan o’rindiqqa o’tirib oldi. Davron indamasdan tashqariga chiqmoqchi edi, Surayyo to’xtatib qoldi.
- Davron aka, endi nima qilishni bilib oling. O’g’lingizning so’nggi kunini baxtli o’tkazish uchun maslahat olib oling. Balki, bu sizga yordam berar. Bilaman, sizga qiyin. Qo’ng’iz ham bolasini oppog’im, tipratikan yumshog’im deydi. Sizku odam, chidaysiz. Sabr bilan yashaysiz. Ortda qancha bolalaringiz bor. Ularga ham keraksiz. O’zingizni asrang. Qani joyingizga o’tiring.
Davron bu gapdan keyin o’zini bosib olib joyiga qayta o’tirdi. U qolgan farzandlarini ham o’ylash kerakligini his etib qaytdi shekilli. Bo’lmasa qaytish niyati deyarli yo’q edi. Surayyo gapni joyida topib gapirgan edi. Surayyo o’zi shunaqa ayol edi, hammaning dardini bilar va davo topishga usta edi. Davron bolasining yoniga kirib yotib olmoqchi bo’lib o’rnidan turgan edi, aslida.

44-qism
Taqdirga tan berib bolasini quchoqlab yotishni istagan, umrining so’nggi kunlarida yolg’iz qoldirmaslikka qaror qilgan edi. U ilojsiz qolgan edi.
- Menga to’g’ri yo’l ko’rsatinglar. Nima qilsam bolamning so’nggi kunlarini baxtli o’tkaza olaman. Maslahat bering, jon qulog’im bilan eshitaman.
Davronning bu gapida keyin Husan aka unga qarab - “Endi o’zingga kelding, uka. Bor bo’l” – dedi. Sarvar bu insonlarning oqibatiga tan berdi. “Haqiqiy insonlar shunaqa bo’ladi” – deya ichidan quvonib qo’ydi.
- Siz aka, bunday qiling, - dedi Sarvar maslahat berishga harakat qilib. – Bolangizni uyingizga olib keting. U bilan ko’proq suhbatlashing. Ko’ngliga yo’l toping. O’zi istasa surat chizsin. Qayerga boraman desa olib boring. Yayrasin. Men unga bir oy umr bera olmayman, bu xudoning irodasi. Balki ko’ngli yayrab ko’proq yashar. Uning bir soat, bir kun ortiq umr kechirishi sizning harakatingizga bog’liq. Agar siz harakat qilmasangiz, uning umri kamayadi. Harakatingiz yaxshi samara bersa uzayadi. Hammasi sizga bog’liq. Siz o’zingizni bosib oling. Siz bosh bo’lsangiz, bolalaringiz yordam qilsa, yaxshi natija bo’ladi. Bilib oling, hammasi sizga bog’liq.
Sarvarning bu gapidan keyin Davron o’rnidan turdi.
- Men bolamning oldiga boraman. Qachon olib ketsam bo’ladi? Hozir ketsak nima deysiz, Husan aka.
Husan aka Sarvarga qaradi. Sarvar sekin gapirdi.
- Hozir imkoni yo’q. Ertaga yo’lga chiqasiz. Faqat biz maxsus mashina ajratamiz. Yana bitta hamshiramiz ham birga boradi. Og’ir vaziyatda kerak bo’ladigan choralarni mahalliy hamshiraga o’rgatib keladi. Men tumaningizga shikoyat yo’lladim. Ertaga sizlarni tumandan maxsus vakillar kutib olib yordam berishadi. Siz faqat bolaning yonida bo’lasiz, qolganini biz hal qilamiz. Endi operatsiyaga kirishim kerak. Davron aka, bolangiz bilan bugun birga qolishingiz mumkin. Xayr.
Sarvar xonadan chiqib ketdi. Davron bolasining yoniga ketdi. Husan aka qizi bilan uyga qaytishga majbur bo’ldi. Hamma iztirobli kunni qarshi olgan edi. Hammaning xayoli parishon edi.
Davron bolasining yoniga borganida u hamon avvalgidek behush yotar edi.
- Xavotir olmang, amaki, - dedi eshik oldida navbatchilik qilib turgan hamshira qiz. – Bolangizni uxlatib qo’yganmiz. U juda toliqqan.

45-qism
Biroz uxlab dori ta’sirida kuch to’plab olishi kerak. Bizga shu buyurildi. Kutasiz. Kechga yaqin uyg’otsak kerak. Hozir kuzatib o’tiring.
Davron bolasining yoniga borib o’tirdi. Yigitalining ko’zlariga qaradi. Qo’llarini silab qo’ydi. Chuqur nafas oldi. Yig’idan qizargan ko’zlarini yumdi. Biroz o’tirdi, keyin xonadan chiqib yuzlarini yuvdi. U yuzlarini, qizargan ko’zlarini yuvar ekan – “Bolam meni bu holda ko’rmasin. Men uni ko’proq yashatishga harakat qilaman. Xudo senga men biror marta qarshi chiqmadim. Kambag’al qilding, bo’yin egdim. Sinading, bo’yin egdim. Endi senga qarshilik qilaman. Bolam uchun kurashaman. Doktorlar aytgan kunidan ko’proq yashashi uchun harakat qilaman. Men armonda qolib ketishni istamayman. Men nochor emasman. Bolam ham nochor emas. Hayot sinovlarida toblangan bandang endi senga qarshilik qiladi. Mana men tayyorman.” – deya o’ziga-o’zi gapirardi.
Davron yuzlarini yuvib olib tashqariga chiqdi. Yaqindagi sartaroshxonaga borib soch-soqolini oldirdi. Sochi mayli, bir haftaki, soqoli olinmasdan o’sib ketgan, uni xunuk holda ko’rsatardi. Davron sekin borib biroz tamaddi ham qildi. Bolasi bilan o’tkazadigan kunlariga rejalar tuzdi. Kechgacha shunday qilib vaqtni o’tkazdi.
Kechqurun ham bolasini uyg’otmaslikka qaror qilgan Sarvar Davronga tasalli berdi.
- Davron aka, bolangiz bu tunda ham dam olsin. Miya, yurak, butun tana dam olishi kerak. Lanati o’simta bunga ruxsat bermagan. Endi biroz dam olsa bu a’zolar kuch to’plab unga qarshilik qiladi. Ertaga ertalab yo’lga chiqasiz. Surayyo Husanovna ham ma’qul dedi. Bitta hamshira birgalikda boradi. Xafa bo’lmaysiz, bolangizni yo’lda uxlatib boradi. Bu charchash alomatini yo’qotadi. Qarshi bo’lmasangiz, bolangizni uyingizda uyg’otishadi. U bu yer haqida bilmasdan qoladi. Agar shunday qilsak u odatiy holda yashaydi. Siz va boshqalar ham unga bu haqda aytmasin. Endi men ertaga yo’lga hozirlik ko’ruvchi hamshiramizni ogohlantirib qo’yay. Siz bardam bo’ling.
Sarvarning gapidan keyin Davron quruqqina qilib “Rahmat” deya oldi xalos. U boshqa gapira olmasdi. U butun vujudi bilan bolasihaqida o’ylardi.
Yigitali esa dori ta’sirida uxlardi, balki uyg’oqdir. Bu tomoni Davronga qorong’u edi. Davron bolasi bilan bu kechada bu yerda birga qolganiga xursand edi. U nazarida eng baxtli ota edi. Boshqa narsa haqida o’ylay ham olmasdi.
Davron shunaqa ota edi. Uni endi hech narsa o’zgartira olmasdi.

46-qism
****
Ertasi kuni ertalabdan Yigitalini maxsus xizmat mashinasiga joylagan Sarvar ularni kuzatar ekan, o’z hissiyotlarini jilovlay olmay gapirdi.
- Davron aka, omad. Bu joylarga boshqa kelmang. Hatto meni sog’inib ham o’tirmang. Bu joyni xotirangizdan butunlay o’chirib tashlang. Endi boring. Har lahza g’animat. Vaqtdan unumli foydalaning. Hamshira siz, buyruqni bajaring. Yaxshi boringlar. Xayr. Qayta uchrashish nasib etmasin.
Sarvar mashina eshigini zichlab yopdi. Davron bolasining yonida mum tishlab o’tirdi. Yana bitta joyga hamshira, old o’rindiqqa Husan aka joylashdi. Qishloqdan kelgan kuyoviga Husan aka kecha tushlikdan keyin javob berib, uyiga kuzatib qo’ygan edi. Hamma jim bo’lib shifoxona hovlisidan chiqib ketishdi. Surayyo ularni biroz kuzatib turib Sarvarga rahmat aytib uyiga jo’nab ketdi.
Mashina shitob bilan poytaxtdan qishloqqa qarab yo’l oldi. Hamma jim o’ychan holda qaytishardi. Yigitalini uxlatib qo’yishgan, bilagiga emdori ulab qo’yilgan edi. Og’ziga suniy nafas berish asbobi bilan nafas berishardi. Hamshira qiz emdoriga qarab qo’yar, zarur holda almashtirib qo’yardi.
Tushlikdan keyin mashina tuman markazidan o’tib Yigitalining qadrdon qishlog’i tomon yeldek uchib borardi. Old o’rindiqda o’tirgan Husan aka haydovchi yigit bilan past ovozda suhbatlashib borar va yo’lni ko’rsatib ketardi. Yo’lni yaxshi bilganligi uchun ham yomon joylar haqida ogohlantirib borardi.
Ular tuman markazidan ancha uzoqlashgan edi, mashina yonidan o’t o’chirish mashinasi ogohlantiruvchi belgisini yoqib shitob bilan o’tib ketdi. Haydovchi yigit unga yo’l berdi. Uning ortidan ikkita tez yordam mashinasi va bir nechta ichki ishlar xodimlarining maxsus mashinasi ogohlantiruvchi belgi berib o’tib ketdi. Bularni ko’rgan Husan aka ajablanib oldinga qarab qo’ydi.
- Davron, bular qayerga buncha shoshmoqda. Biror joyga o’t ketdi desam, tez yordam va ichki ishlar xodimlari ham bor, - dedi Husan aka orqaga qarab olib. – Ishqilib, tinchlik bo’lsin. Bular bekorga shoshmaydi. Kimningdir uyi kuydi. Balki, …
Husan aka gapini tugatib qo’ya qoldi. Davron endi yo’lga qaradi. U shu npaytgacha indamay xayol surib kelmoqda edi. Boya tushlik mahali Husan aka yo’lda to’xtab somsa olib chiqqaniga ham e’tibor bermagan, hatto o’ziga berilgan somsani ham totib ko’rmagan edi. Davron oldinda ogohlantirib hammani deyarli to’xtashga majbur qilgan mashinalar karvoniga qarab qo’ydi va esnab oldi.

47-qism
- Husan aka, bitta boyning uyi kuydi. Kambag’alga bular bu holda borishmaydi. Qarang ana ketishini. E, manavi mashina tumandagi ichki ishlar xodimlarining kattasi Jabborning mashinasi-ku! Ha, bitta boyning holiga maymun yig’ladi. Bizga niam>
- Shunday bo’lsa, mayli, - dedi Husan aka Davronning gapini maqullab. – Kambag’aldan yiroqqa. Boyga balo ham urmaydi, davlat ham uni himoya qiladi. Kambag’alga qiyin, uni tuyaning ustida ham it qopadi.
Mashina ancha yurgan edi, qiyalikda yo’l to’sib qo’yilganligini ko’rishdi. Sein borib haydovchi yo’lda turgan ichki ishlar xodimiga qo’lidagi hujjatni ko’rsatdi. U hujjatni ko’zdan kechirib chiqqach, javob berdi;
- O’ta olmaysiz. Yo’l yopilgan, oldinda katta avtohalokat sodir bo’lgan. Yo’lning o’rtasida bitta mashina yonib yotibdi. O’tishning iloji yo’q. Kutasiz, men ruxsat berishim mumkin, ammo u joydan o’tishning iloji yo’q. Biroz kuting, imkoni bo’lishi bilan birinchi sizni o’tkazamiz. Hozir boshliqlarga xabar beraman.
Ichki ishlar xodimi ketgach Husan aka mashinadan tushdi. Haydovchi yigitni ogohlantirdi.
- Inim, men piyoda borib xabar olaman. Yo’l ochilsa yuraver, men o’zim sizlarni topib olaman. Men ketdim.
Husan aka piyoda mashinadan uzoqlashib ketdi. Unga boshqa mashinada kelgan odamlar ham hamrohlik qildi. Odamlar izma-iz yurishib, qiyalik yonidan o’tib oldindagi holatni ko’rishdi. Ancha narida yo’l o’rtasida bitta yengil mashina yonar, o’t o’chirish xodimlari uni o’chirishga urinishardi. Birozdan keyin kimdir qattiq baqirdi. Olov yonayotgan joydagi hamma xodimlar yerga yotib olishdi. Yonayotgan mashina gumburlab osmonga uchib ketdi. Ancha yuqoriga ko’tarilib atrofga parchalanib sochilib ketdi. Yonayotgan bo’laklar yerga qarab uchib tusha boshladi. Xizmat qilayotgan xodimlar o’zlarini yonib yerga tushayotgan bo’laklardan himoya qilishar va tushib yonayotgan har bir bo’lakni o’chirishardi.
“Yo xudo, o’zing asra.” Husan aka va odamlar shunday deyishib qo’yishdi. Husan aka yana oldinga qarab yurdi. U nima bo’lganligiga juda qiziqib ketdi. Uning yo’lini to’sgan ichki ishlar xodimini surib yuborib yo’lida davom etdi. Sal narida tez yordamda kelgan xodimlar bir yigitchaga yordam ko’rsatishardi. Husan aka egilib qaradi va bu direktorning erkatoy bolasi ekanligini ko’rdi.

48-qism
Yana biroz yurdi. Maxsus xodimlar deyarli ikki bo’lakka bo’linib ketgan bir odamning murdasini maxsus qopga solishardi. Husan aka egilib qaradi, avval tanimadi. Keyin tanib dong qotdi.
- Axir bu, Salim qora-ku. Ha, xudo sal shoshibsan-da, buning jonini o’zim olardim. Attang.
Husan aka g’o’ldirab qo’ydi. Ortidan yetib kelgan ikkita ichki ishlar xodimlari uning ikki qo’lidan tutib ortga tortishdi.
- Hurmatli fuqaro. Bu yerda tekshirish ishlari ketmoqda. Bular yaqiningiz bo’lsa ham, ishlashga xalaqit bermang. Qani ortga ketamiz.
Ichki ishlar xodimlari uni biroz ortga olib o’tishdi. Unga kimdir bir piyola suv quyib uzatdi. Husan aka suvni ichib olib biroz o’zini bosib oldi. “Bularning ichida yaqini bor shekilli” dedi kimdir tomoshabin insonlar ichida turib. Husan aka miyig’ida kulib qo’ydi.
Sal narida erkatoy o’g’ilga tibbiy yordam berilardi. Uning yoniga kelgan maxsus xodim undan hol so’radi.
- Uka, o’zingga keldingmi? Rulda sen edingmi? Yoningdagi ikki kishi kim edi? Eslay olasanmi? Javob ber, - deya past ovozda so’radi.
- Rulda men edim, - deb baqirib kuldi erkatoy. – Men Salim qorani bosib ketdim. Yonimda dadam va Azizbek jiyanim bor edi. Rosa ichgan edik. Men ham ichgandim. Mening hikoyam viloyat gazetasida chiqqan ekan. O’zim ham bugun bildim. Jabbor tog’am kimgadir yozdiribdi. Mazza qilib ichdik. Mazza. Ular osmonga uchdi. Ularga mazza. Men ham uchmoqchiman. Jabbor tog’a.
Tuman ichki ishlar boshlig’i Jabbor bolaning yoniga keldi. Bolaning og’zini kafti bilan berkitdi.
- Jiyan, kamroq gapir. Rulda boshqa odam ekan. Bu orqada ekan. Tushib qolibdi. Ko’rgan odamlar bor. Siz bolani keyin so’roq qilasiz. Hozir u travma olgan bo’lishi mumkin. Gapini eplab gapira olmaydi. Bolaning huquqlarini poymol qilmang.
- Nima? – deya o’rnidan sakrab turgan bola baqira boshladi. – Rulda men edim. Menga ham siz ichirdingiz. Endi bola emas, mening jiyanim buyuk odam. Hali ko’p kitoblar chiqaradi. Pochcha, bu bizning faxrimiz. Quvonish kerak, degan kim? Rulda seni birov to’xtata olmaydi, to’xtatgan onasini ko’radi, degan kim?