Zafar Muminov ijodi
104 subscribers
1 photo
2 videos
13 files
Download Telegram
Qorda qolgan gul
Hikoya
1-qism

- Hoy, dadasi! Qizim nima qilib qoʻyding? Voy shoʻrim, endi nima qilaman?
Nazokatning ovozini eshitgan Bolibek hayron boʻlib qoldi. Qish havosi boʻlganligi bois, Bolibek molxona ichida sigirlarga xashak yedirib oʻtirgan edi. Ayolining ovozidan keyin tashqariga chiqib atrofga alanglab qaradi. Nazokatning ovozi uy ichidan eshitilardi. Bolibek uyiga qarab yugurdi. Qoʻlidagi qoʻlqopni uy oldiga yechib, oyogʻidagi etikni yechmay uyiga kirdi. Kirdi-yu qotib qoldi.
Uy oʻrtasida qizi Jamila koʻkarib ketgan holda yotar edi. Ayoli uni siltab hushiga keltirishga harakat qilar, ammo befoyda edi. Bolibek darhol stol ustidagi telefonni olib "Tez yordam"ga qoʻngʻiroq qildi. Ularning kelishini ham kutmay, qizini koʻtarib tashqariga intildi. Nazokat oʻrnidan zoʻrgʻa turdi. Gandiraklab ketdi. Bolibek unga eʼtibor ham bermadi. Uy eshigini tepib ochib, hovliga chiqib ukasini chaqira boshladi.
- Shodibek, ukam. Tezda mashinangni olib kel. Shoʻrim qurib qoldi. Singlingdan ayrilib qoldim.
Katta hovli. Oʻrtadan devor ham tortilmagan edi. Aka-ukalar ahilligi sababli bir hovlida shuncha yil yashab kelishardi. Oʻzlari sen-menga borishmagan, bolalari ham shunday ulgʻayishgan edi.
Akasining ovozini eshitgan Shodibek chopib chiqib mashinasini yuritdi. Orqadan chiqqan ayoli ham yordamga shoshildi.
Mashina hovlidan chiqib shifoxona tomonga qarab yoʻl oldi. Qizini hushiga keltira olmagan ota-onaning yigʻlashdan boshqa iloji yoʻq edi. Birozdan keyin mashina shifoxona hovlisiga kirib bordi. “Tez yordam” mashinasi endi yoʻlga chiqishga hozirlik koʻrayotgan edi. Ularni koʻrib yordamga shoshildi. Hushsiz qizni ichkariga olib kirib ketishdi. Qolganlar tashqarida qolishdi. Shodibek yigʻlayotgan akasini ovutish uchun chora izlardi.
Bir soatdan ortiq vaqt davomida ichkaridan javob kelmadi. Shodibekning soʻroqlariga hamshiralar javob bera olmay, qaytib ketishardi. Birozdan keyin bosh shifokor zalga chiqib keldi. U ancha horgʻin edi. Aftidan vaziyat ogʻir edi. Shodibek shifokorga umid bilan termuldi. Buni sezgan shifokor ham sekin gap boshladi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Qorda qolgan gul
Hikoya
2-qism

- Qizning yaqinlari boʻlsangiz kerak. Qizning ahvoli ogʻir, yashirib oʻtirmayman. Uyqu dorini, yana qandaydir dorilarni meyoridan ortiq isteʼmol qilib tashlagan. Oshqozonini yuvdik, qonini tozalashga harakat qildik. Ammo, qizning yashashga boʻlgan intilishi yoʻq. Qanday muammo bor bilmadim, biz ojizmiz. Agar qiz yashashga harakat qilmasa umid yoʻq. Bizni kechiringlar.
Bosh shifokor shunday deya joʻnab ketdi. Nazokat dodlab yigʻladi. Bolibekning yigʻidan yelkalari siltanib tushardi, ammo ovozsiz yigʻlardi. Shodibek nima qilarini bilmay boshini changallab oʻtirib qoldi.
- Nega? Nega bunday qilding, jon singlim? Axir yashashing kerak edi, hali yoshsan. Jamila biz onadan yosh yetim qolganmiz. Senga onamizning ismini qoʻyib, onashim, onajon der edik-ku. Bizga nahotki shunday qismatni ravo koʻrding, ollohim.
- Boʻldi, xudoni tinch qoʻying, qizimga umr tilang, - dedi Nazokat yigʻidan qizargan koʻzlarini pirpiratib.
Shodibekning jahli chiqib ketdi. Oʻzini bosa olmay, yangasiga qarab baqirdi. U birinchi marta bu ayolga ovozini baland qilishi edi. Ichki gʻalayon uni shunga majbur qildi. Uch oydan buyon ayta olmagan gaplarini aytib tashladi.
- Yanga, hamma gapirsa ham siz gapirmang. Haqqingiz yoʻq. Gulday qizingizni boyvachcha ota-onangizning gapiga ergashib qurbon qildingiz. Axir akangizning bolasini yaxshi tanir edingiz. Koʻrib turib, giyohvandga berdingiz. Nima ularga boshqa qiz qurib qolgan edimi? Boyligiga boshqa qiz topsa boʻlardi. Nega quloq solmadingiz, qizingizning nolasiga. Men aytdim, xafa qildingiz. Ana boylik koʻzingizni koʻr qildi. Oʻzim qiynaldim, sevgisiga oʼt tushsin. Qizim malikadek yashaydi. Mazza qilib davron suradi, dedingiz. Oqibati nima boʻldi?
Shodibekning ovozi titrab chiqardi. Nazokat oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoldi. Qulogʻi shangʻilladi. Koʻz oldi qorongʻilashdi. Ammo bu gaplarni tinglashga majbur edi.
Haqiqatdan ham barchasiga Nazokatning oʻzi aybdor edi. Otasi uyiga kelib: "Qizim, akangning oʻgʻli kuydirdi. Doriga asir boʻlib qoldi. Kecha bir gapni aytdi. Jamilada koʻngli bor ekan. Shuni olib bering deydi. Bugun shifoxonaga yotdi, jiyaning. Qasam ichdi. Sen kuyovni rozi qil. Jamila ham rozi boʻladi. Endi akang uchun ilojing yoʻq. Jamilani ber. Biz onang bilan qancha umrimiz qoldi, xudo biladi. Oʼlsak tinch yotaylik. Bor umidim sendan. Kuyovni rozi qil. Uy-joy, hamma narsani Jamila qizimning nomiga oʻtkazib beraman. Sexlarni, doʻkonlarni, xullas hamma narsani qizingning nomiga xatlab beraman. Bizni toʻgʻri tushun." - deya yalinib turib oldi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Qorda qolgan gul
Hikoya
3-qism

Nazokat qarshilik qildi, ammo otasining rost yoki yolgʻon koʻz yoshi oldida ojiz qoldi. Kechqurun Bolibekka ham qaynotasi va qaynonasi telefon qilib bu haqda maslahat soʻrashdi. Bolibek qarshilik qildi. Ammo ayol makri oldida ojiz qoldi. Bir haftalik janjaldan keyin noiloj rozi boʻldi.
Jamila qarshilik qildi, ammo ojizlik qilib taslim boʻlishdan boshqa ilojini topmadi. Onasiga sevgan insoni Otabek haqida aytib baloga qoldi.
- Qizim, shu ham odammi? Kuni bolalarga dars berish bilan oʻtsa, ozgina maoshga qanoat qilib yashasa. Sening orzularingni amalga oshira olmaydi. Hali otasining uyini tuzukroq taʼmirlay olmagan odam, senga qanday yordam qilsin. Bir umr kosang oqarmaydi. Oʻzi sihatgohga bora olmaydi, seni aslo joʻnatmaydi. Horijga sayohatni tushingda koʻrasan, - deya Nazokat zorlandi.
- Oyi, - degan edi oʻsha damda Jamila yigʻlab. - Otabekka turmushga chiqsam, uyimda ortiqcha pulim boʻlmas, ammo baxtim boʻladi. Chet elga bora olmasman, ammo hayotim tinch oʻtadi. Togʻamning oʻgʻli menga nima qilib bera oladi. Oʻylab koʻring, oyi.
- Qizim, togʻangga kelin boʻlsang yayrab yashaysan. Yoʻq desang, bergan ustimga rozi emasman.
Nazokatning bu gapidan keyin Jamila yigʻlab boshqa xonaga oʻtib ketdi. Shodibekning gapini yangasi va akasi tinglamadi. Shodibek mum tishlab qoldi. Akasini taniy olmay hayron boʻlib qoldi.
Bolibek Nazokatning gapi bilan maktabga borib Otabekka zugʻum qilib keldi. "Agar qizimga yaqinlashib yursang, yoki qoʻngʻiroq qilsang, umring turmada chiriydi. Qari ota-onangni oʻyla. Mening qizimdan uzoq yur."
Bolibekning bu gapidan keyin Otabek ilojsiz Jamiladan voz kechishga majbur boʻldi. Uning boshqa chorasi qolmadi. Shunga ham uch oy boʻlibdi.
Kecha Nazokat qiziga kelasi oy toʻy boʻlishi haqida ogohlantirgan edi. Jamila tuni bilan uxlamay yigʻlab chiqdi. Ertalab qizining koʻchaga chiqib ketganini koʻrgan Nazokat xursand boʻlib "Koʻnikib qoldi. Endi yaxshi boʻladi." deya oʻylagan edi.
Oradan bir soat vaqt oʻtgach Jamila uyiga kirib yotib oldi. Telefondan qandaydir musiqani baland ovozda qoʻyib tinglardi. Nazokat tanbeh bermoqchi edi, yana oʻzini tutdi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Qorda qolgan gul
Hikoya
4-qism


Jamila uch oydirki Otabekka qoʻngʻiroq qilib javob olmaydi. Xabarlarini ham Otabek oʻqimaydi. Bugun tun boʻyi xabar yozib chiqdi, ammo yana Otabek oʻqimadi. Jamila togʻasining dorixonasidan kerakli dorilarni olishga qiynalmadi. Dorixonada sotuvchi boʻlib ishlaydigan qiz uni tanib darhol ayrilgan dorilarni retseptsiz berib yubordi. Chunki u Jamilaning togʻasidan qoʻrqib hatto dorilarga pul ham olmadi. Daftariga bu haqda yozib qoʻydi xalos.
Jamila uyida yotib olib kelgan dorilarni birin-ketin tezlik bilan yuta boshladi. Barchasini yeb qoʻydi. Bu dorilarning zarari haqida internetdan maʼlumot olgan, hamda isteʼmol qilib joniga qasd qilishni maqsad qilgan edi. Shu maqsadda musiqani baland ovozda qoʻyib, hech kim bilmay qolishini istaydi. Ammo Nazokat kirib qizini bu holda topib olgan edi.
Zalga hamshira qiz chiqib: "Shodibek aka kim? Bemor qiz izlamoqda. Oʻziga keldi. Kirsin" dedi.
Bolibek va Nazokat borgan edi, hamshira qiz "Bosh shifokor faqat shu insonni kirsin, deya aytgan. Bemor ham shu kishini izlamoqda" dedi.
Shodibek xonaga kirib ketdi. Qolganlar uni kutib turishdi. Oradan besh daqiqa oʻtib Shodibek xonadan chiqib keldi.
- Aka, Jamila bitta narsani soʻramoqda. Faqat siz rozi boʻlsangiz, Otabekni koʻrmoqchi. Nima deysiz? - dedi akasiga qarab.
Bolibek shoshib qoldi.
- Bor uka. Nega qarab turibsan? Otabek rozi boʻlsa, qizimni unga beraman. Faqat qizim tirik qolsa boʻldi. Iltimos qil, olib kel, ukajon. Kelmasa yalin, - deya Bolibek yigʻlab yubordi. Nazokat ham boshini qimirlatib tasdiq ishorasini qildi. Shodibek maktabga tomon uchib yoʻlga tushdi.
Bir soatlik urinishgan soʻng Otabek zoʻrgʻa rozi boʻldi.
- Aka, hozir boraman. Faqat bir dasta gul olay. Boraman.
Otabekning bu gapi Shodibekka yoqmadi.
- Uka, gulni qayerdan olasan? Bizda gul doʻkon boʻlmasa. Hamma joy qor, sovuq boʻlsa. Yur uka, gulni keyin beraverasan.
Shodibekning bu gapidan keyin Otabek kulib javob berdi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Qorda qolgan gul
Hikoya
5-qism

- Aka, uyimning oldida kichik issiqxonam bor. Bundan uch oy oldin Jamila bilan atirgul koʻchatini ekkan edik. Hozir qip-qizil boʻlib ochilgan. Shuni olib boraman. Aka rozi boʻling, tezda boraman.
Shundan keyin Shodibek shifoxonaga, Otabek uyiga qarab yoʻl oldi. Yana bir soatlardan soʻng Otabek yengil qadam bosib shifoxona tomonga qoʻlidagi qizil atirgullar bilan borardi. Bu paytda Bolibek va Nazokat ham qizining oldiga kirgan, uning holiga achinib yigʻlashardi.
Jamila ogʻir nafas olar, koʻzlari bejo edi. Bosh shifokor boshini chayqab qoʻydi. Jamilaning tomiriga ulangan tomchi dori yurmay qoldi. Hamshira qiz qoʻshimcha em dorini nargi bilagidagi tomiridan joʻnatdi.
Oradan biroz vaqt oʻtib, Jamila koʻzini ochib ota-onasini koʻrdi. Lablari koʻkarib ketgan edi. Yuzlaridan qizillik ketgan, oppoq boʻlib qoldi.
- Ana, Otabek kelmoqda. Qizim qoʻlida guldasta olib kelmoqda.
Nazokatning bu gapidan keyin Jamila "Meni derazaga yaqin olib boringlar" dedi inqillab. Bosh shifokor rozilik bergach uning divanini deraza oldiga surib borishdi. Jamila qoʻl ishorasi bilan derazani ochishni aytdi. Hamshira qiz derazani ochdi. Bu paytda Otabek shifoxona yoʻlagidan kirib kelardi. Jamilani koʻrib toʻxtadi.
- Qara, Jamila. Biz ekkan atirgul. Senga olib keldim. Hozir yoningga chiqaman.
Otabek qoʻlidagi qizil atirgullarni koʻtarib turardi. Jamila gullarga nursiz koʻzlari bilan qarab turardi. Keyin nimadir dedi va jim boʻlib qoldi. Bosh shifokor uning nursiz koʻzlarini yumdi va "Bandalik. Ogʻir boʻlinglar" dedi.
Bolibek dodlab yubordi. Unga zalda nima qilarini bilmay turgan Shodibek qoʻshilib yigʻladi.
Otabek vaziyatni bilib qoʻlida turgan guldastani qorga otib yubordi va yuqori qavatga qarab dodlab yugurdi.
Sovuq havoda oppoq qorlar ustida qizil atirgullar qon misoli sochilib ketgan edi. Goʻyo ular ham hayotning bu zarbiga dosh bera olmagandek edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chayon zahri
Hikoya
1-qism

Solijonning oʻng qoʻl bilagidagi ogʻriq zoʻraygandan, zoʻrayardi. Falokat oyoq ostida deganidek, bugun eski devorni buzayotganda chayon chaqib oldi. Chayon qurgʻur ja katta ekan. Zahri yomon qiynayapdi. Chayon zahri bir tomon, xotinining vaysashi bir tomon edi. Bariga oʻzi shu xotin aybdor.
Bir necha kun oldin akasining uyiga borib keldi-yu jagʻi ochildi, qoldi. Avval ham jagʻi tinmasdi, endi battar boʻldi. Nima emish, hovlining devorini qayta qurish kerak emish, devor eski emish. Yangi devorni koʻchaga ozroq chiqarsa hovli kengayar emish. Hali bolalar katta boʻlmay hovlini kattartirib, devorlarni yangilab olish kerak emish. Akasi shunday qildiribdi. Koʻcha tomonga devorini siljitibdi. Hatto qoʻshnilari tomonga ham ozroq siljitib olibdi. Hovlisi ikki baravar kattaribdi. Solijon u desa, xotini bu dedi. Oxiri Solijon devorni buzib koʻchiradigan boʻldi. Shunday qilsam qulogʻim tinchir deb oʻyladi. Ishdan charchab kelsa, xotini devor buzishga undadi. Noiloj qolgan Solijon koʻchq tomondagi devorni ikki-uch kunda zoʻrgʻa buzdi. Axir osonmi, ishdan kelib yana ishlash.
Bugun ishdan kelib ota-onasidan xabar olib kelmoqchi edi. Xotini uning niyatini eshitib battar gʻazablanib ketdi. Jagʻi ochilib loydan olib, loyga qoridi. Hatto uyda bexabar oʻtirgan qari qaynota-qaynonasini ham rosa qargʻadi. Solijonni dangasa, otasiga topganini tashuvchi dedi, hatto. Solijon umri davomida ota-onasiga hatto bir dona non olib bormagan, olib borishni niyat ham qilmagan. Ota-onasi ham kelinining ahvolini bilardi. Solijonga oʻzing kelib tur, bizdan xavotir olma. Xotining bilan tinch yasha deyishgan. Ular hattoki Solijonning uyiga biror bora kelmagan, garchi bir koʻcha narida yashasa ham. Solijon ham ikki farzandi uchun shu xotinga chidab yashab kelmoqda.
Xullas, bugun Solijon oʻng qoʻshni tomonidagi devorni buzadigan boʻldi. Erinibgina ish boshladi. Xotini tinmay qargʻanish bilan mashgʻul boʻldi. Solijon eʼtibor bermay ishlay boshladi. Nima ham derdi, xotiniga bir gap aytsa baloga qoladi. Shu sabab asta devorni buzardi. Eski gʻisht boʻlagini olayotganda, bilagida bir narsa borligini sezdi. Sezdi-yu, tushirmoqchi boʻlib yengini siltadi. Shu payt bilagiga igna kirgandek boʻldi. Teri va teri ostida qattiq achishish sezildi. Bilagiga gʻalati narsa tegib gʻashini keltirardi. Qoʻlini qattiq siltagan edi, yengidan bir katta chayon uchib yerga urildi. Ustida rangdor chiziqlari ajib koʻrindi

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chayon zahri
2-qism

Chayon zahrini solgan, jonsarak boʻlib qolgandi. Dumi uchi qop-qora boʻlib, Solijonning nazarida dumidagi nayzasi kichrayib qolgandek edi. Solijon chayonni oyogʻidagi kalish bilan ezilib tashladi. Chayon joyini qora suyuqlik qopladi. "Voy, lanati, ja zaharga toʻlgan ekanda" deb oʻylandi, Solijon ogʻriyotgan bilagini silab turib. Bilagi rosa achishdi, keyin chayon nishi kirgan joy shisha boshladi. Birozdan keyin shish ancha kattarib yuragi siqila boshladi. Solijon oʻgʻlini doʻkonchadan nos olib kelishga joʻnatdi. Oʻgʻli keltirgan nosdan ozroq olib ogʻriqli joyiga bosdi. Birozdan soʻng ogʻriq ozgina pasaygandek tuyildi.
Solijon oilada yagona farzand edi. Uning na aka-ukasi, na opa-singlisi bor edi. Solijonni ota-onasi erta uylantirib qoʻydi. Kelin qoʻshni qishloqdan topildi. Chiroyi oʻziga yarasha, sochlari uzun, qop-qora edi. Solijon baxtimdan oʻrgilay deb qoʻyardi. Hammasi toʻydan keyin boshlandi. Xotini ogʻiroyoq boʻldi. Jazavasi qoʻzib qolsa, hech kimni ayamas edi. Ogʻzidan yaxshi soʻz chiqmasdi. Solijon va ota-onasi oʻtib ketadi, vaqtinchalik deb kutishdi. Oʻgʻil tugʻildi, ammo bu shallaqilikni tashlamadi. Zoʻraysa zpraydiki, kamaymadi. Solijon ajrashishga ariza bermoqchi edi, yana ota-onasi yolvorib turib oldi. Solijonning roʻzgʻorini boshqa qilib berdi. Qoʻshni koʻchadan hovli sotib olib berdi. Vaziyat oʻzgarmadi. Bu xotin bu yerdagi qoʻni-qoʻshnilarning ham bezorini oldi. Bu orada Solijon yana ikki oʻgʻillik boʻldi. Uchta bolasi bor xotin battar shallaqi boʻlib ketdi. Bolalarni qargʻar, oʻzicha hammadan bezor edi. Tirnoq ostidan kir qidirish uning yaxshi koʻrgan ishi edi. Hatto oʻz yaqinlarini ham mensimas, jerkib tashlardi.
Solijonning uyiga biror kimsa kelmas, kelsa ham darrov joʻnab qolardi. Bu xotinga bas kelish bandaning ishi emas deyishardi. Solijon hech davraga xotini bilan bormaydi. Avval borishgandi, lekin bu xotin zahar tilidan oʻsha joyda ham janjal chiqarib qoʻyardi. Solijonning ota-onasi ham, qaynota-qaynonasi ham bu "minaz" uni olloh bergan, chidaysanda, bolam, deyishardi. Solijon shu shirin farzandlari uchungina tirik, yashashda davom etadi.
Solijon chayon chaqqanda oʻlib qolaman deb qoʻrqdi. Keyin oʻgʻriqning zoʻridan ingradi. Mingʻirlab qargʻanayotgan xotinini koʻrib, dardni unitdi. Oʻzicha shu xotinning zahriga chidadim, bu nima boʻlibdi, deb ovundi. Oradan ancha vaqt oʻtgach zahar tarqaldi. Faqat, nish kirgan joyigina achishib turardi. Solijon dardni yengdi, chayon zahrini yengdi. Ha, odamlar aytganidek, Solijon jannati insondir balki.
Eng yomon zahar - odam zahrida.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Mag’lubiyat
Hikoya
1-qism

Nodirning uyida bayram. Bayram bo’lganda ham uzoq kutilgan bayram. Ukasi Qodir bilan uzoq kutgan orzusi amalga oshdi. Ular to’plagan puliga mashina oldi. Mashina eskiroq bo’lsa ham yaxshigina “Neksiya” edi. Aka-uka bu kungacha rosa besh yil mehnat qildi. Ikkalasi odamlarning uyida mardikorlik ham qildi. Mashinani olib kelishdi. Hovlida bayram. Butun oila mashina atrofida girdikapalak bo’lishdi. Bolalari va ayollarini aytmaysizmi? Hovli to’lib o’tirishdi.
Dasturxon yozildi. Ayollar uni bezatishdi. Hamma xursand.
- Aka, endi mashinani siz haydaysiz. Ishga birga borib kelamiz. Yanada zo’r ishlaymiz. Bekorchilikda taksi ham qilasiz. Agar yaxshi tushum bo’lsa siz mashinada kira qilasiz. Men avvalgidek qurilishda ishlayman. Yana topib bundan yaxshisini olamiz, dedi Qodir.
- Yo’q uka. Mashinani sen hayda. Men ishlayman. Yana topsak mashinani ikkita qilamiz. Birlashganga ne yetsin- dedi Nodir.
Ayollari buni ma’qullashdi. Hamma xursand. Kelishib olishdi. Nodir mashinani haydaydigan, Qodir esa yana mardikorlik qilib turadigan bo’lishdi. Ularning xotinlari ham xuddi opa-singildek bo’lib yashashadi. Oralarida sir yo’q, hovli to’la bola. Topganlari o’rtada. Kelinlar bir xil kiyim olishadi. Xuddi egiz qo’zidek bo’lib yurishadi. Bolalarga ham bir xil narsa olib berishadi.
Qo’shnilarning hasadi kelib bir necha bora oralariga sovuqchilik tushurmoqchi bo’lishdi. Ayniqsa yo qo’shnilari Adolat ko’p urindi. Bir bor katta kelinni ko’rib dilini ochdi.
- Voy, qo’shni. Qalaysiz? Ovsiningiz bilan bir xil kiyinasiza. Qanday chidaysiz? Axir siz kattasiz, siz chiroyli narsa olishingiz kerak. Eringiz tinim bilmaydi. Qayiningiz ko’pincha ishga bormaydi. Qanday chidaysiz? Men o’lsam ham bunday yashamasdim, - dedi
- Qo’ying opa. Biz endi shunday yashaymiz. Erlarimiz topganiga qanoat qilamiz. Xudo xohlasa kelajakda alohida hovli olamiz. Bolalarimizni uylab joylaymiz, shu hovlida. Kelin esa singlim, qayinim ukamdir, - dedi katta kelin.
Bundan vaziyat yarata olmagan Adolat kichik kelinni ham shunday qayrab ko’rdi. U ham shunday javob qildi. Adolat bir necha bor urinib natija chiqarolmagach ularga havas qildi.
Mana bugun aka-ukalar mashinali bo’lishdi. Nodir mashinada ko’chaga ketdi. Qodir esa ishga yo’l oldi. Adolatning hasadi kelib uyida o’tirgan eriga yozg’irdi.
- Adasi, qarang qo’shnilarga. Mashina olishibdi. Siz esa bitta velosiped ham ololmaysiz. Ukangizku sizni aka deb bilmaydi. Endi ular mashina minganiga tomosha qilamizmi? - dedi eriga.
- Nima qil deysan? Ukamni yomonlab mendan sen ayirdingku. Topganim ro’zg’ordan, qolaversa sening kiyinishingdan ortmasa. Men nima qilay? – dedi eri xunob bo’lib.
- Siz, o’zi shunaqasiz. Menga aybni axtarib ketasiz qolasiz. Men kiyinsam sizning obro’yingizku. Haftada bitta ko’ylak olsam. Shuni ham minnat qiling. Ko’chaga hamma yangi ko’ylak kiyib chiqadi. Men kiymayinmi. Men uyda davlenam oshib o’tiraman. Sizga mazza ishga qochasiz –dedi Adolat, javrab.
Adolatning eri arazlab ishga ketib qoldi. Adolat uyida yolg’iz qoldi.
Oradan bir oy o’tdi. Nodir kira qilib ancha pul yig’nadi. Qodir ham topganini akasiga keltirib berdi. Shu kuni aka-uka yangi rejalar tuzdi.
- Yana bir necha oy ishlasak senga ham mashina olamiz, uka, - dedi Nodir.
- Aka, qttiq ishlayapsiz. Ba’zan tunlari kam uxlayapsiz. Charchab qolasiz. Topganimiz yetarliku. Mashina kerak emas, siz va oilamiz sog’ bo’lsa bo’ldi, aka, - dedi Qodir.
- Uka, hali bolalarimiz yosh. Biz ko’p ishlasak ularga ko’p sharoit yaratib beramiz. Ishdan odam o’lmagan. Hali bitta hovli turg’azishimiz kerak. –dedi akasi xo’rsinib.
- Qo’ying aka. Hali hammasi yaxshi bo’ladi. O’zingizni qiynamang, -dedi Qodir.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Magʻlubiyat
Hikoya
2-qism

Aka-uka yangi rejalar tuzib uxlagani yotdilar. Ertasi kuni Qodir qo’shnisi Adolatning uyida ta’mirlash ishini oldi. Ertalabdan ancha ish qilib qo’ydi. Tushlikka choyga chiqqadida qo’shnisi ham ishdan yetib keldi. Adolat chorpoyaga joy qildi. Qo’shnilar bilan ancha suhbatlashdi. Adolat o’ylab qo’ygan reja bo’yicha ish boshladi.
- Qodirjon, mashina siznikimi? – deb so’radi.
- Akamniki, - dedi Qodir.
- Voy siz ishlasangizu, akangiz mazza qilib mashina haydaydimi? Siz ham har zamonda haydab turingda bunday, - dedi Adolat. Keyin erining oyog’iga siz ham gapiring degandek turtib qo’ydi.
- Ha Qodirjon siz ham haydab turingda. Mashinaga sizning xizmatingiz ko’p singgan, - dedi qo’shnisi.
- Akam, charchaydi. Kun uzog’iga mashinada hammaga qarab yuradi. Ba’zan tunlari ham ishlaydi. Akamga achinaman. Menku charchasam dam olaman. Akam dam olmaydi, qo’shni, - dedi Qodir
- Endi sizga yaxshi bo’lsin dedimda, -dedi Adolat
- Ha biz sizni deymiz, - dedi qo’shnisi.
Shu kuni qo’shnilar Qodirning ko’ngliga g’ulg’ula solib qo’ydi.
Bu haqda kun bo’yi o’ylab yurdi. Ertasi kuni ham shu haqda o’ylab boshi qattiq og’ridi. Keyin ishga chiqmadi. Kechqurun akasi kelganida akasiga ters gap boshladi.
- Aka, mazza qilib aylanib keldingizmi? Mashinani men ham minay. Mashinaga men ham ter to’kkanmanku, - dedi
- Mayli, uka ertaga sen mina qol, -deb gapni qisqa qilmoqchi bo’ldi akasi.
- Minnat qilmang, aka. Men o’ynab yurganim yo’q. Siz kun bo’yi mashinada yurasiz, men qora mehnatda qolaman, - dedi Qodir baland ovozda.
- Tinchlikmi uka, - dedi Nodir hayron bo’lib.
Ichkaridan xotinlari yugirib chiqishdi. Ayollar darrov aka-ukani uyga olib kirib ketishdi. Nodir ham, Qodir ham alamini xotinlaridan olishdi. Tun yarmigacha uyda baqir-chaqir bo’ldi. Ertalab Qodir hech narsa demay mashinani minib ketdi. Nodir ketmonni yeljasiga tashlab ishga ketdi.
Ayollar nima bo’lganini anglay olmadilar. Keyin nonushta chog’ida muammoni hal qilishdi.
- Hoy opa. Bu o’tgan kuni qayinningiz qo’shnimizning uyida ishlagan edi. Bu deyman Adolat erimni rosa qayragan ko’rinadi. Tuni bilan qayiningizni avradim. Aytmadi. –dedi Qodirning xotini
- Ha men ham akangizga shunday dedim, bu Adolat yomonda. Menga sizni bir necha bora yomonlagan. Men e’tibor bermadim. Bari o’tib ketdi, - dedi Nodirning xotini.
- Opa, bu Adolat meni ham sizga tezlagan. Men ham indamagan edim. Mana biz ahilmiz. O’zi ovsinlari bilan kelishmaydi. Bizni ham shunday deb o’ylaydi. Janjalga tortibdida, opa, - dedi Qodirning xotini.
- Endi bunday qilamiz, biz bilmagandek yuramiz. Akangizga ham aytaman. Ukasiga indamaydi. U ham bir-ikki kunda tushunadi. Keyin yana yaxshi yashaymiz. Siz eringizga bu haqda aytmang. Unga qarshi gapirmang. Nima desa xo’p deng. Biz ham xo’p deymiz. Uning arazlashiga, oilmiz parokanda bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz - dedi Nodirning xotini.
- Ayollar ahil bo’lsa, aka-uka bir-biridan ayrilmaydi. Biz ahil bo’laylik opa, - dedi Qodirning xotini.
Ular maslahatni bir joyga qo’yishdi. Kechqurun kelgan Nodirga ham vaziyatni tushuntirdi. Nodir qo’shnisini bir so’kib qo’yib hovuridan tushdi. Keyin hammaga vazifa taqsimlandi. Kim Adolatni ko’rsa hayotidan nolisin, lekin Qodirga hech narsa aytmasin. U o’ziga kelishini kutishga kelishildi. Kech bo’lganda Qodir uyga kirib keldi. Qiyofasi tund edi. Uydagilar supada uni kutib ovqatlanmay o’tirgan edi. U akasidan uyalib uyga kirmoqchi bo’ldi. Keyin fikridan qaytib ularning oldiga kelib o’tirdi. Kechki taom suhbatsiz yeyildi. Bu oilada birinchi bor kulgi yangramadi. Hamma sovuq qiyofada tarqaldi. Bu holat bir necha hafta davom etdi.
Adolat kimni ko’rsa uydagi ahvolni so’rardi. Natijani bilish unga qiziq edi. Bir kuni Nodirning xotinini ko’rdi. U suhbat chog’ida o’zicha aql bo’ldi.
- Mashinani Qodir minmoqdami? Nodir bunga qanday yo’l qo’ydi. Sizchi – dedi Adolat.
- Ha, shunday bo’ldi. Qayinim mashinani olib qo’ydi. Uyda janjal – dedi Nodirning xotini yozg’irib.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Magʻlubiyat
Hikoya
3-qism

- Siz past ketmang, mashina sizniki. Siz kattasiz, hovli ham sizniki – dedi ichidan quvonib Adolat. U o’zini g’olib sanadi.
Nodirning xotinini rosa tezlab qayradi va ichida bir qop semirdi. Tarqalgach uyiga kirib eriga bu haqda telefon qilib maqtandi. Keying kuni Qodirning xotinini ko’rib bu hol takrorlandi. Yana Adolatning ko’nglida bayram bo’ldi. Bir haftadan keyin Nodir ishdan qaytayotsa Adolat uyi oldida o’tirganini ko’rib hol-ahvol so’rashdi.
Salom alikdan so’ng Adolat gap boshladi.
- Nodirjon, bu ukangiz sizni pisand qilmay qo’yibdi. Mashinani sizdan tortib olibdi. Indamadingizmi? – dedi Adolat
Nodir endi gap boshlamoqchi edi. Uyda qo’shnisi chiqib keldi. Adolatning yuziga qarab eri ham Nodirning g’ashiga tegishga qaror qildi.
- Nodirjon, qo’shni. Men sizni yaxshi bilaman. Shu ukangiz uchun kuyib pishasiz. Lekin ukangiz ukalik qilmabdi. Sizning yuzingizni yerga qaratibdi. Bu uyat – dedi qo’shnisi
- Endi shunday bo’lib qoldi, aka. Ertaga uni joyiga o’tqazaman, - deya ulardan uzoqlashdi Nodir.
Nodir asta hovlisiga kirar ekan,qo’shnilariga nazar tashladi. Adolat bir qop semirgandek turardi. Eri esa unga achinib qarab turardi. “E, bechoralar“ deb qo’ydi Nodir va uyiga kirib ketdi. Shu kuni Adolatning quvonishi uchun ikki ovsin uning devori yonida yolg’ondan baqirishdi. Keyin uyga kirib bu haqda Nodirga aytib rosa kulishdi. Nodir “O’zing insof ber qo’shnimga” deya duo qildi.
Qodir topganini xotiniga ham bermay o’zi yashirib saqladi. Aka-uka sovuqqina ko’rishib qo’yardi. Bir kuni Qodir akasining janjal qilmayotganini, ayolining o’ziga soviq munosabatini tushundi. Endi kech bo’ldiyov deb o’yladi. Nihoyat bir kuni kechqurun akasiga kulib gap boshladi.
- Aka, meni kechiring. Men xato qildim. Mashinani endi o’zingiz haydang, - dedi.
- Uka, aybingni tushunganing uchun rahmat. Bilaman seni qo’shnimiz Adolat tezlagan. Sen uning fistqu-fasodiga ishongansan. Agar ayollar bo’lmaganda men ham senga ters gapirardim. Keyin ayrilib ketardik. Bundan biz yutqazib, Adolatga oxshaganlar yutardi. Sen o’zing tushunib olishing uchun biz sabr qildik, rahmat ukam, - dedi Nodir kulib
- Aka, endi boshqa gapga ergashmayman. Birga yashaymiz, - dedi Qodir.
- Uka, senga yangilik bor. Ertaga mashina olamiz. Sening nomingga olamiz. Men do’stlarimdan ozroq qarz oldim. Endi mardikorlik qilmaymiz. Kirakashlik qilamiz. Yangi kasb muborak bo’lsin, ukam – dedi Nodir.
- Menda ham ozroq ishlaganim bor. Sizdek ko’p topmadim. Har holda borini olib chiqib beraman aka, - dedi Qodir va akasini quchoqlab oldi.
- Bir g’alamisning gapi bilan ayrilib ketay dedik, opa – dedi kenja kelin.
- Rahmat sizga, - dedi katta kelin. Siz aytmaganingizda, bizni qo’llamaganingizda shunday kunga yetarmidik. Siz tufayli oilamiz yana jipslashdi, yana baxtlimiz.
Bu oilada yana kulgi ovozi yangradi. Buni kutmagan Adolat devor ortida tizzasiga chimchilardi. Ha bu uning mag’lubiyati edi. Og’ir mag’lubiyat edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Maqom
1-qism
( Zamonaviy hikoya)
Boburning uyi toʻla odam oʻtiribdi. U otasi Gʻulomning yil oshini oʻtkazmoqda. Otasi moʻmingina odam edi. Umri davomida birovga qattiq gapirmagan, diliga ozor bermagan edi. Mana shunday inson oltmish yoshida bandalikni bajo keltirdi. Oʻgʻillari qoldi ortida, nabiralar qoldi, yaxshi nom qoldi.
Shu odamlar orasida bir qariya ham bor edi. U gʻalati inson edi. Ismi Qahhor boʻlsada, oʻzi oddiy, dilkash inson edi. Hamma birdek muomala qilar, ogʻzidan yomon soʻz chiqmas edi. Marhum Gʻulom otadan oʻn besh yosh katta boʻlsa ham sirdosh, ulfat edi. Oralaridan qil oʻtmas edi. Bugun ham erta kelib qabristonga Bobur bilan birga bordi, marhum haqqiga qurʼon tilovat qildi. Uyga kelib kelgan mehmonlarning koʻnglini olib oʻtirdi. Tushlik vaqti boʻlib endi dasturxonga ovqat tortilgan edi. Odamlar kosadagi issiq shoʻrvaga non toʻgʻrab yeb boshlagandi hamki, eshik ochilib "Assalomu alaykum" deya Fayzulla kirib keldi. Yoshi ellikdan oshgan, uzun boʻyli, qora soqolli, ustiga oq kiyim kiygan edi. Fayzulla yaqinda umra safarini oʻtkazib qaytgandi. Oʻzini "hoji" deya atab elga osh tarqatgandi. U kira solib pastda oʻtirmadi. Bir chetdan hammani turgʻazib quchoqlashib koʻrishib ketdi. Orada " Men makkatilloni ziyorat qilganman. Quchogʻim tabarruk" deb qoʻyardi. Xullas bir uy odam bilan koʻrishib boʻlguncha ancha vaqt oʻtdi. Taom sovib qoldi. Buning ustiga toʻrga oʻtib uzoq tilovat qildi. Keyin hamma bilan soʻrashdi. Unga issiq shoʻrva keltirildi. Qolganlar sovigan shoʻrvasini ichishdi. Kosalar olingach, taomga fotiha oʻqildi. Bir ikki kishi uzr aytib joʻnab ketdi. Qolganlar biroz oʻtirmoqchi boʻlishdi.
- Men, ogʻaynilar bilasizlar, hajga borib keldim. Hoji boʻlib qaytdim. Shu oʻsha joyda ham rahmatli Gʻu-lom akaning ham haqqiga duo qildim. Oʻtgan barchaning ham. Endi bilasizlar, hoji nomim bor. Hozircha qishloqda yagonaman. Sizga ham nasib etsin! - deb gap boshladi Gʻaybulla
Qahhor chol endi ogʻiz juftlab gapirmoqchi boʻlgan edi, pastda oʻtirgan shahardan kelgan mehmon gapni ilib ketdi. Qahhor chol birovning gapini boʻlmas, navbat kutib gapirishni yaxshi koʻrardi.
- Uzr, aka gapingizga qarshiman. Umraga borgan hoji sanalmaydi. Hajga borgan hoji boʻladi va u ham maqtanish uchun emas. Hojilik maqom emas, unvon emas. Hajga borgan qancha, lekin hoji maqomiga davo qilmaydilar. Siz umraga oʻzingiz uchun ziyoratga borgansiz. Siz hoji emassiz, ziyoratchisiz. - dedi haligi mehmon.
Gʻaybullaga bu ogʻir botdi. Xuddi birov boʻgʻzidan boʻgʻgandek boʻldi. Shuncha qishloqdoshlari oldida izza boʻldi. Odamlarni endi oʻzini hoji deb atatishga oʻrgatgan edi. Koʻzlari olarib, ovizi xirillab chiqdi.
- Siz kimsiz, oʻzi? Nega aqllilik qilasiz? Sizda diniy bilim yoʻq. Siz nimani bilardingiz? Yo hajga borib qoʻydingizmi? - deb karilladi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Maqom
Hikoya
2-qism

Odamlar ularni tinchlanishga chaqirdi. Mehmon - "Men haqiqatni aytdim. Janjal kerakmas"- deb kulib qoʻydi. Gʻaybulla yuqoridan kelib gapirardi. " Men Makkani ziyorat qildim, paygʻambarimiz yurtini koʻrib keldim. Shu qishloq uchun duo qildim. Endi oʻrnim shu boʻldimi? Mening obroʻyim - shu qishloq obrosi emasmi? " - deb gʻoʻldirardi.
"Gapirib qoʻygan mehmon oʻqimishli ekan". - deb oʻyladi Qahhor chol. Keyin ovoz chiqarib: - Gʻaybulla sen oʻzingdan ketma. Toʻgʻri sen umraga bording, aylanib kelding. Kelib koʻplardan otang, onang haqqiga duo qildim deb taʼma qilding. Toʻxta, jim oʻtir! Oʻzingni hoji atading. Odamlar aytishini istading. Boya kelishing oʻzi yarashmadi. Hamma taom ustida edi. Sen quchoqlashib vaqtni olding. Sen issiq taom yeding, bu yerdagilar soviganini yeyishga majbur boʻldi. Bu aybing emasmi? Sen oʻzingdan yoshi katta necha kishini hatlab toʻrdan joy olding. Kech kelib poygakda oʻtirsang oʻlib qolarmiding? Men sening marhum Gʻulomning haqqiga duo qilganingga ham ishonmayman. Rahmatlini sen yomon koʻrarding. Otishga oʻqing yoʻq edi. U yomonlik tilamasdi senga. Sen esa doim yomonlik qilarding. Endi bu oʻlib akang boʻlib qoldimi? Oʻrningni bilib oʻtir. Mehmonni xafa qilding, kechirim soʻra." - dedi muloyim ovozda.
Oʻtirganlarning koʻpi Gʻaybulladan qoʻrqib uning yonini oldi. Mehmon uzr soʻrab tashqariga chiqib ketdi. Gʻaybullaning koʻkragi koʻtarilib qoldi. Gʻoʻddayib oʻtirdi. Mehmonning yonida shu paytgacha jim oʻtirgan shafyor bola davraga qoʻshilib gap boshladi: " - Avvalo meni maʼzur tutasizlar. Men bir kirakash bolaman. Nomoz oʻqimayman, lekin ollohni tan olaman. Qalbimda Olloh bor. Pul topish uchun elga xizmat qilaman.Bu kishi diniy olim, uch bora hajga borib kelgan. Biror bora elga osh berib maqtanmagan. Oʻzini hoji deb atashini yoqtirmaydi. Hajni oʻzim uchun ado etganman, elga aytsam nima savob topaman, deydi. Hatto shaxsiy mashinasi ham yoʻq. Topganini savob yoʻlida sarflaydi. Maqtanishni yomon koʻradi. Siz umraga boribsiz, lekin aybingizni yuvishga emas, koʻpaytirishga boribsiz. Siz uchun umra ziyorati bir maqom ekan. Maqomingiz muborak boʻlsin, hoji pochcha!" - dedi va yuziga fotiha tortib uydan chiqib ketdi. Bobur hay-haylab mehmonning ortidan chiqib ketdi. Uy suv quygandek jim-jit boʻldi. Hamma endi nima boʻladi deb oʻylardi.
Qahhor chol ham " Maqom, ha maqom" deya yuziga fotiha tortib turib chiqib ketdi. Qolganlar bir Gʻay-bullaga, bir chiqib ketganlar ortidan qarab nima qilishini bilmay oʻtirishardi. Gʻaybullaning ichi yonar, oʻz hojilik maqomi bilan qolgan edi.

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Assalomu alaykum aziz kanalimiz kuzatuvchilari
Qaynoq yoz faslida sizga yangi asarni taqdimot etmoqchi boʻlib turibmiz.
Xudo xohlasa ertaga kechki mutoala vaqtida yangi asarimizni qarshi olasiz

CHALA QOLGAN SURAT

Qissa

Dardli voqealar bayon etilgan bu asar bilan birgalikda tanishib boramiz.

Ertaga kechki mutoala vaqtida uchrashguncha

Omon boʻling

Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍4
Chala qolgan surat
Qissa
1-qism

Bahorning ilk oyi, mart oyinig oxirlarida Yigitali uy oldida joylashgan katta xarsang tosh ustida sudratilib yurardi. U qo’lida nimanidir siqimlab olib tosh ustida deyarli yotib sudralardi. Tunda yog’ib o’tgan yomg’ir sababli tosh usti ho’l bo’lib uning ustidagi eski choponi ivib ketgandi. Yigitali toshning ustidagi chiziqlarga o’ng qo’lidan nimanidir tashlar va chap qo’liga yopishib qolgan loylardan olib chiziq ustini suvab qo’yardi. Shu taxlit u uzoq ishladi. Charchab holdan toyib yiqildi. Yigitali yotgan joyida osmonga tikildi xayol surdi. “Osmon tiniq musaffo. Uchib borayotgan qushlar men sizga havas qildi. Siz ucha olasiz. Men uchmasam ham mayli, yurib ketsam bas. Yursam yana maktabga qaytaman. Do’stlarim bilan uchrashaman. Zo’r rassom bo’laman. Qushlar mening dardimni xudoga yetkazing, chunki siz juda tepada uchasiz. Sizga olloh va jannat bog’lari yaqin bo’lsa kerak. Shamolga aytdim eshitmadi, kecha bulutga aytdim, u yig’ladi. Tun bo’yi yig’ladi, balki u ollohga yeta olmagandir. Menga rahmi kelgandir. Siz yeting. Siz ayting. Men hali yashashni istayman. Qancha orzularim bor. Iltimos, siz ayting. Men tuzalib ketsam sizning suratingizni chizib beraman. Hali hech kim sizni mendek qilib chiza olmagan bo’ladi. Men gul ko’chatini ekdim. Husnora olib keldi. Shu gullar o’sgunicha men ham tuzalib ketar ekanman. Biz niyat qildik. Bulutjon endi tez-tez gullarimga suv quyib tur. Husnora ekib, suv quyib turaman degan edi, rozi bo’lmadim. O’zim mehnat qilmoqchiman. Qushlar dardimni ollohga aytib beringlar, men tuzalishim kerak. Ana uchib ketdingiz, endi javobini qachon aytasiz? Bexabar qolib ketmay!”
Yigitali shunday deya joyidan qo’zg’aldi. U qo’lidagi oxirgi urug’ni ekmoqqa kuch to’pladi. Biroz sudralib olib toshning ustiga oxirgi urug’ini qadadi. Qo’lidagi loylarni olib ohista suvab qo’ydi. Ortga qayrilishga harakat qildi, ammo qo’llari o’ziga bo’ysinmadi. Toshning orqa tomoniga sirpanib tushib ketdi. U birdan dodlab yig’ladi. Tanasi qattiq og’rigani uchun emas, qalbi og’rigani uchun yig’ladi.
O’tgan yili shu paytlari u ham o’rtoqlari bilan birga o’ynab yurgan edi. Yigitali o’sha damlarni sog’inib ketdi. Bahorgi ta’til kunlarining birida u uyida yolg’iz qoldi. Ota-onasi qayergadir jo’nab ketishdi. Uyda yotib zerikib ketgan Yigitali mo’yqalam va bo’yoqlarini olib dalaga jo’nab ketdi. U yosh rassomlar ijodiy ishlari bo’yicha yirik tanlovga ishtirok etish uchun rasm ishlashga qaror qildi. Bugun uyida hech kim yo’q bo’lganidan shu ishni bitirib kelishga ahd qildi. Yigitali qishloq chetidagi katta soylikka qarab yurdi. Soylik bo’ylab o’ziga manzara qidirdi. Topa olmay qiynaldi. Ancha yurgan edi, qulog’iga suvning shildirab oqqan ovozi eshitildi. O’sha tomonga qarab yurdi. Borib qaradi. Bir necha kun oldin yog’gan kuchli jalada bu soydan katta sel kelgan edi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
2-qism

Shu seldan o’ta olmay kechgacha maktab hovlisida qolib ketganini esladi. Soyning bu tomonida uyi bor o’quvchilarga uyiga ruxsat bergan ustozlari bularni kechgacha, ya’ni sel tingunicha olib o’tirishgan edi. Ha shu sel bu joyning qumlarini olib ketib sharshara hosil qilgan ekan.
Yigitali avval sharsharani ko’rmagan faqat suratini ko’rgan edi. Bu ajoyib topilmadan xursand bo’lib ketdi. Bu haqiqiy sharshara bo’lmasa ham, haqiqiydek ko’rinib ketdi. Buning ustiga sal narida ko’rinib turgan tog’ va soy bo’yida o’sgan yovvoyi daraxtlar ajib manzara kasb etgan edi. Yigitali ishga kirishib ketdi. Surat chizish moslamasini o’rnatishga joy qidirdi. U suvning o’rtasi juda ajib ko’rinish berishini taxmin qildi. Oyoq kiyimlarini yechib, shimini tizzasigacha shimarib oldi. Suv sovuq edi. Eti jimirlab ketdi. “Birozdan keyin o’rganib ketaman. Qiyinchilik hamma joyda bor. Muhimi shunday manzarani boshqa hech joydan topib bo’lmaydi. Qani bir ishlay!”
Birozdan keyin tanasi sovuqqa moslashib ketdi, go’yo. Yigitali tinmasdan rang tanlar va chizar edi. Nazarida bu manzarani boshqa topib bo’lmas edi. Katta oq qog’ozning usti ajib tasvirga bezangan sari Yigitalining qalbi zavqlanardi. Oyog’ida turgan sanchiqqa e’tibor ham bermadi. Uzoqdan otda kelayotgan Husan bobosi uning ishini ko’rib zavqlandi, yoniga kelib to’xtadi. Yigitali e’tibor ham bermasdan ishida davom etdi.
- Assalomu alaykum, rassom bolam.
Yigitali shoshib qoldi. Atrofga alanglab qaradi va Husan bobosini ko’rib uyalib ketdi.
- Assalomu alaykum bobojon. Uzr ko’rmay qolibman.
Yigitali shunday deya suvdan sakrab chiqib Husan boboga qo’l uzatdi. Husan bobo ot ustidan egilib uning qo’lini siqib oldi.
- Nega uzr so’raysan, bolam. Salom ollohning qarzi, uni kichik yoki katta bersin degan joyi yo’q. Kim avval salom bersa ollohga xush yoqadi. Buni eslab qol. Ayniqsa sendek asliy insonlarga biz salom berishimiz kerak. Ollohning suygan bandasisan. Olloh suygan bandalariga bunday aql-zakovotni beradi. Hech xijolat bo’lma. Bu chizgan rasming juda jonli chiqibdi. Uyga olib bor bitta qo’zi beraman. Uni uyimning to’riga osib qo’yaman.
- Bobo uyaltirib qo’ydingiz. Bu rasmni katta tanlov uchun chizdim. Bobo sizga boshqasini chizib beraman, menga narsangiz kerak emas, muhimi sizning daldangiz kerak. Siz duo qiling bobo. Sizning duoingiz sabab tumanda va viloyatda birinchilikni oldim. Yana duo qilsangiz bu yuksak tanlovda ham g’olib bo’lardimda.


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍3
Chala qolgan surat
Qissa
3-qism

Yigitalining gapidan Husan bobosi zavqlanib kuldi. Otdan sekin tushib bolaning yoniga o’tirdi. Uning boshini siladi.
- Bolam, men seni duo qilayda. Sizdek o’z ishining ustalari bu eldan chiqar ekan, biz quvonib ketamiz. Bu elni, bu qishloq nomini davlatimiz va jahon tanisa qani. Senlar tanitasan hali. Davralarda bu qishloq ahli og’zini to’ldirib “Men falonchiyevning qishlog’idanman” desa qani, hammaning dami ichiga tushib ketadi. O’sha kunlar kelsin. Men ot chopishga qiziqdim, ammo eplay olmadim. Keyin faqat otlarni ko’pkariga tayyorlab keldim. Meni ko’pchilik bilib qishlog’imiz nomini faxr bilan aytadi, ammo bu kam. Ko’pkariga oz odam qiziqadi. Ilm-fan elni tanitadi. Sen tanitasan.
Yigitali bu gaplardan keyin ancha quvonib o’tirdi. Oyog’idagi ko’kargan joylarini ko’rib shimini tushirib oldi. Husan bobosi e’tibor bermadi. Biroz rasmga termulib turib qoldi.
- Bolam, omadingni bersin. Men qaytdim. Otni biroz terlatib olay. Hali xom. Erta-indin to’ylar boshlanib ketadi. Ot pishib tayyor bo’lib tursa chopag’on polvonlar talashib minishadi. Sen ham suvda ko’p turma. Ishingni bitirib uyingga qayt. Havo iliq bo’lgani bilan suv sovuq. Zaxlab qolma. Men ketdim.
Husan bobosi otga sakrab minib oldi. U sakson yoshga yetgan bo’lsa ham ajib chaqqonlik bilan harakat qilardi. Yigitalining dadasi Husan bobo haqida gap ketsa -“Husan akaning otida devi bor. Qariyani ham ustiga tortib ketadi. Ko’pkari bo’layotgan davraga kirsa tamom, bir haybatli otga aylanib qoladi. Undan zo’ri yo’q. yoniga birorta ot bora olmaydi. U ayirmagan katta solim qolmaydi. Faqat shu ot qarib bormoqda. Shu ot Husan akaga tayanch bo’lib yuribdi. Shu otning dovrug’i bilan yuribdi.” - deb qo’yardi.
Hozir ham Husan boboning oti haybatli bo’lib ketdi. Husan bobo biroz yurdi va otini to’xtatdi. Yigitaliga qarab oldi.
- Bolam shu rasmingni tanlovdan keyin nima qilasan? Agar uyingga qaytarib olib kelsang menga berasan. Kelishdikmi?
- Bobo roziman. Ertaga uyda bo’lasizmi? Otingiz bilan sizning suratingizni ham chizib tanlovga yuboraman.
- Rahmat rassom bolam. Shunday qil. Bu ot bilan meni ham sen sabab, olam tanisin. Bitta shartim bor. Faqat chizgan rasmingning ostiga men va otimning ismimizni yozib qo’yasan rozimisan!




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
4-qism


Husan bobosi zavqlanib kuldi. Yigitali ham kulib yubordi.
- Roziman bobo. Faqat otingizning nomini “Zvezda” deb qo’yaman. Bu rus tilida yulduz degani. Otingizning nomi Yulduz-ku. Rozimisiz.
- Yo’q bolam. Yulduz deya o’z nomini yozib qo’y. Men ba’zilarga o’xshab horijiy nomni ko’tarib yurmoqchi emasman. O’zimizning o’zbekcha so’zga nima yetsin. Hozir hamma chet elning nomini ishlatib yotibdi. Hatto o’zining bolasiga ham uyalmay chet ellikning ismini qo’yib yotibdi. Bu uyat. O’zbekliging qayerda qoldi, nomardlar. Sen bunday qilma, bolam. O’zligingdan quvon.
Yigitali Husan bobosining gaplaridan uyalib ketdi.
- Men tushindim. Endi bunaqa qilmayman. O’zining ismini yozib beraman. Ertaga albatta boraman.
Husan bobo “Xo’p” deya otiga achchiq qamchi urdi. U kimgadir jahl qildi chamasi. Husan bobo otini bekorga urmaydi, hozir urdi. Ursa ham jahl bilan urdi. Yigitalining dadasi “Husan aka ajoyibda, odamni xafa qilmaydi. Hatto otini urmaydi, chavandoz ursa xuddi o’zi kaltak yeyotgandek ingranib qo’yadi. Ajoyib rahmdil insonda. Aniq jannatga kiradi, bu odam.” – deb qo’yardi.
Yigitali ham bu qariyani yaxshi ko’rardi. Ko’pincha erkalanib otini so’rab minardi. Husan bobosi boshqalarga otini bermas, hatto yoniga yo’latmas edi. Yigitali so’rab qolsa bormi, darhol otdan tushib olardi. Yigitalini otga mindirib “Uzoq ketmang, polvonim” deb erkalab qo’yardi. Hamma hayron bo’lib qolardi. Yigitali o’zidan g’ururlanib ancha joyga borib kelar va otdan tushib rahmat aytardi. Boshqa bolalar yalinsa ham otni bermas va “Ot hammani ham yaqin olmaydi. Sizlarni tan olmayapti. Tan olsin sizlar ham minasizlar” deya jo’nab ketardi.
Yigitali bu haqda dadasidan, oyisidan so’ragan payti ko’p bo’lgan, ammo ular yelka qisib qo’ya qolishgan. Bir kuni uyiga tuman markazida yashaydigan katta ammasi mehmonga keldi. Ammasi shifoxonada doya bo’lib ishlaydi. Doya bo’lganida ham bosh doya, ya’ni oliy ma’lumotli doya. Yigitali tunda ammasining yonida yotgan edi, bu haqda so’radi. Ammasi hech kimga aytmaslikni tayinladi va bor gapni aytib berdi.
- Husan aka yaxshi odam. Faqat qizi ko’p. Kampiri faqat qiz tug’di. Ayb unda ham emas, bu xudoning ishi. Husan aka ezilib yurdi. Bundan yigirma besh yil oldin kampiri zo’rlik qilib o’zining qishlog’idan bir baxti singan qizni nikohlatib berdi. Kampiri mard ayol. Mardlik qildi. O’zi nargi hovliga ko’chib o’tdi. El gapirib qo’ydi. Ammo bu safar ham Husan akaning ayoli qiz tug’di. Ketma-ket uch qizaloq dunyoga keldi.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
5-qism


Husan aka taqdirga tan berdi. Indamay otlarini o’g’ildek qilib tarbiyalab yurdi. Onang senga homilador paytida tumanga tibbiy tekshiruvga olib ketildi. Onang sen haqingda eshitib quvondi. Shu kuni Husan aka ham ayolini olib bordi. Tekshirdim o’g’il ekan. Husan aka quvonib ketdi, meni quchoqlab oldi va cho’ntagidan ancha pul olib berdi. Bu pul mening deyarli uch oylik maoshimga teng edi. Olmayman desam ham qo’ymasdan berib qaytdi. Shundan keyin har oyda Husan aka ayoli va sening onangni oldimga olib borib turdi. Ikkalangni do’st qilib tarbiyalashga va ikkita polvonni davralarga qo’shish haqida maqtanib o’tirar edi. Nihoyat sizlar tug’iladigan kin keldi. Onalaringni o’n kun oldin menga olib borgan Husan aka “Singlim jiyanlaringni o’zing yorug’ dunyoga kelishiga xizmat qilasan. Suyunchi mendan” deb hazillashardi. Har kuni xabar olardi. Aksiga olib Husan akaning o’g’li tug’ilishidan ikki kun oldin birdan meni qo’shni davlatga xizmat safariga chaqirib qoldi. O’rnimga qolgan doyaga qattiq tayinlab jo’nab ketdim. Ikki kun o’tib Husan akaning o’g’li tug’ilgan. Shu kuniyoq unga Yigitali deya nom qo’yib to’y boshlagan Husan akaning quvonchi uzoqqa bormagan. Ayolining ahvoli og’irlashib qolib vafot etgan. Doyalar bu haqda ayta olishmayotgan paytida o’gli ham bu dunyoni tark etgan. Tug’riqdan keyin noto’g’ri qo’llanilgan ukol ikki jonni olamdan olib ketgan edi. O’rnimga qolgan shifokor erkak kishi bo’lib ishga ichkilik ta’sirida kelgan ekan. Hamshiralarga zo’rlik qilib o’zi ukol qilgan. Kechga borib sen tug’ilgansan. Doya erkakni bu paytda Husan aka urib do’pposlab, tegishli idoralarga topshirgan. Dadang senga guvohnoma olishga borganida Husan aka ham birga borgan. Dadang senga Quvonch deya ism qo’ymoqchi bo’lgan. Husan aka “Yigitali qo’y. Mening bolamning ham umrini qo’shib bergan bo’lsin” deya, senga shu ismni bergan. Seni boshqacha yaxshi ko’rishi shundan Husan akaning.
Yigitali shularni eslab turdi va “Attang avval Husan boboni oti bilan birga chizsam bo’lar ekan” deb qo’ydi. U shartta suvga sakrab tushdi va ishini davom ettirdi. Suratni bitirib suvdan chiqdi. Narsalarini to’plab oldi. Oyoq kiyimini kiyib o’rnidan turmoqchi edi, tura olmadi. Qo’rqib ketin harakat qildi, ammo eplay olmadi. Emaklab ko’rdi. Oyoqlari o’ziga bo’ysunmadi. Birdan dodlab yig’lay boshladi.
Hozir ham toshdan tushib ketib xuddi shunday holda baqirdi. Uning ovozini eshitgan ukasi yugurib keldi va uni ko’tarishga urindi, ammo kuchi yetmadi. Uy tomonga qarab kimnidir chaqirdi. Uydan ayol kishi chiqib keldi va Yigitalini ikkalasi sudrab uyga olib kirishdi. Ustidagi ho’l kiyimlarini yechib oldi. Quruq kiyimlar kiygizgan onasi yig’lamsiradi.
- Sen nega qaramading? – dedi yonida o’tirgan o’g’liga qarab.
- Darsdan hozir keldim, - dedi uka yig’lamoqdan beri bo’lib.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
6-qism



****
Kechga yaqin dadasi uyga horg’in holda kirib keldi. U ayolining qo’liga belidagi belbog’idan ancha pul olib tutqazdi.
- Maosh oldingizmi? – dedi ayoli pulni yonidagi sandiqning ichiga sola turib.
- Yo’q, Husan aka undiribdi. Ertaga Toshkentga boramiz. Katta bir shifokor bor ekan. Gazetada shu haqda yozishibdi. Husan akaning katta qizi Toshkentda yashaydi, bilsang. Shu orqali izlab boramiz. Husan akaning o’zi ham borar ekan. Nargi qishloqdagi kuyovi “Damas” mashinasi bilan bizni olib boradi. Fermerdan bir haftaga zo’rg’a javob oldim. Tahlillariga qarab davolar ekan. Biz joylab qaytamiz. Husan akaning qizi xabar olib turar ekan. Ertaga tongda yo’lga chiqamiz. Choy tayyorla, Yigitalini yuvintirib qo’y. Hamma narsasini tugunga joyla. Qaymoq, sigir yog’idan u singlimizga sol. Mozor bosdi bo’ladi.
Erining bu gapidan quvonib ketgan ayoli Husan akani rosa duo qildi. Bolalari duoga qo’shilib qo’yishdi.
Choy ichib olgach nargi xonaga Yigitalini olib o’tishigach, onasi yuvintirishga kirishib ketdi. Dadasi Yigitalini yo’qolib qolgan kunini eslab o’tirdi. Choynakdagi choydan quyib ichdi.
Er-xotin mehmondan tushlikdan so’ng kelishib uyga kirishdi. Hovlida o’ynab yurgan bolalariga qarab qo’yib ish bilan mashg’ul bo’lishdi. Kechga yaqin Yigitalini ukalari so’roqlab qolishdi. Onasi shoshib qoldi. Darhol uning darsxonasiga kirib chiqdi. U yerdan topa olmagach, eriga shikoyat qildi.
- Dadasi, Yigitali yo’q. qayerda bo’lishi mumkin. Boya dars qilayotgan bo’lsa kerak deya qaramabman. Endi nima qilamiz?
Ayolining bu gapidan ajablangan er javob qaytardi.
- Buncha vahima qilma. Biror joyga chiqqan bo’lsa kerak. Balki maktabga ketgandir. Ustoziga chizgan rasmini ko’rsatib kelar.
- Izlab keling, dadasi. Negadir yuragim g’ash. Bora qoling.
Ayolining bu gapi erining yuragiga ham xavotir solib qo’ydi. U sekingina hovlidan chiqib ketdi. Yigitalini kimdan so’rasin, axir u do’stlarining uyiga chiqib ketavermaydi. O’yinni yoqtirmaydi. Oldidan chiqqan hammadan bolasini daraklatib maktabga bordi. Rasm muallimi xonasida ekan. Uning yonida maktab direktori va erkatoy o’g’ilchasi bor edi. Direktor davralarda o’g’lini “Bizning erkatoy” deya maqtab gapirib yurardi.




Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍2
Chala qolgan surat
Qissa
7-qism



Rasm muallimi erkatoyning chizgan suratini tanqid qilib turgan ekan. Direktor -“Indinga tanlovga yuborish uchun shu rasmni o’zingiz chizib bering. Yo’q demang, ish kerak bo’lsa bajaring.” – derdi. Direktor shunday deya xonadan chiqib ketdi. Orqasidan erkatoyi ham chiqib ketdi. Yigitalining dadasi ochiq eshikni taqillatdi.
- Assalomu alaykum, muallim kirsam bo’ladimi.
Rasm muallimi uni ko’rib darhol o’rnidan turdi.
- Keling Davron aka. Qani bu tomonga o’tiring.
Davron rasm muallimi ko’rsatgan joyga o’tirdi. Stol ustidagi allaqandaydir chiziqlardan iborat oq qog’ozni ko’rib kuldi.
- Bu nima muallim?!
- Rasm, Davron aka, rasm. Kattaning erkatoyi rassom bo’lishga qiziqib qolibdi. Bilasiz aytgani bo’lmasa yomon. O’tgan oyda she’riyatga qiziqib qolib adabiyot muallimi bitta she’r yozib tuman gazetasiga chiqarib berdi. Endi men rasm chizib berishim kerak emish. Yaqinda respublika bo’yicha katta rasmlar tanlovi bo’lib o’tadi. Shunga Yigitali bilan buning rasmini ham rahbar indin kuni tanlovga qo’shib jo’natar ekan. Noinsof bular.
Rasm muallimining gapidan keyin Davron o’glini eslab qoldi va so’radi.
- Aytmoqchi, Yigitali shu yerdami?
- Yo’q, - dedi rasm muallimi. – Bugun darsdan keyin dalaga chiqib manzara chizib kelmoqchi va ertaga menga bermoqchi edi. Tinchlikmi?
- Tinchlik muallim, - dedi Davron boshini qashlab. – Uyga kelib uni topa olmadim. Shunga maktabda bo’lsa kerak deya kelgan edim. Mayli muallim, men ketdim. Sizga omad.
Davron rasm muallimi bilan omonlashib chiqqan payti kun botish arafasida edi. Uzoqdan Husan aka otda kelib qoldi.
- Davron uka. Shu Yigitalimiz bir rassom bo’libdi, qoyil qoldim. Soyda sharsharani jonlidek qilib chizibdi. Ko’z tegmasin.
Husan aka yoqasiga tuflab qo’ydi.
- Nima dedingiz? Qaysi soyda?


Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍21
Chala qolgan surat
Qissa
8-qism

Davron shoshib savol berardi. Husan aka avval ajablandi, keyin birdan baqirib yubordi.
- Voy men xomkalla. Yigitali hali qaytmadimi?
Davron bosh chayqadi. Husan aka gapida davom etdi.
- U soylikda rasm chizib o’tirgan edi. Suvga oyoqyalang tushib olgan edi. Xudo saqlasin, yur inim xabar olaylik. Yur xavotir olma.
Ularga maktabdan chiqqan rasm muallimi ham ergashib oldi. Yarim soatlarda Yigitalini soy yonidan topib olishdi. U o’rnidan tura olmay dodlab yordamga chaqirardi. Husan aka otni qamchilab hammadan oldin yetib bordi. Otdan sakrab tushib Yigitalini bag’riga bosdi.
- Senga nima bo’ldi bolam?
Husan akaning ovozi qaltirab chiqardi.
- Oyogim, bobo, oyog’im qotib qoldi. Ikkalasi ham jonsiz bo’lib qoldi. Endi nima qilaman?
Husan aka unga dalda berdi.
- Hozir uyingga boramiz. Issiq qilib qo’ysak tuzalib qoladi.
Husan aka halloslab yetib kelgan Davronni qarshi olib tushuntirdi.
- Xavotir olma inim. Bolang yoshlik qilibdi. Muzdek suvda uzoq qolib oyog’ining paylari tortishibdi. Qani otga o’tqazaylik. Uyga borib isitamiz. Yaxshi bo’lib ketadi. Sen inim otga min. Bolangni orqangga o’tqazib uyingga bor. Biz keyin boramiz.
- Yo’q, - dedi Davron yig’ili ko’zlarini bolasidan yashirib. – Siz mining, biz ortdan boramiz. Qani, ana muallim ham keldi, aka otga mining.
Husan aka otga sakrab mindi. Rasm muallimi va Davron Yigitalini ohista bobosining ortiga o’tqazib qo’yishdi. Yigitalinig sovuqdan qotgan oyog’ini avaylab ikki yonga tushirishdi. Davron ustidagi choponini o’glining bir oyog’iga o’rab qo’ydi. Rasm muallimi ustidagi kamzulini ikkinchi oyog’iga o’rab bekitdi. Yigitali bir zumga og’riqni unitdi.
- Muallim, - dedi Yigitali past ovozda. - Ana tanlov uchun ishlagan manzaram. O’zingiz jo’natib bering, iltimos. Kamchiligi yo’q, to’liq tayyor.



Zafar Muminov
Qo‘shrabot tumani
Qizilbuloq qishlog‘i



Bizning telegram kanalimiz
👉@zafarmuminovijodi
👍21👏1