Yusuf ABSOATOV
190 subscribers
611 photos
78 videos
10 files
336 links
Download Telegram
Assalomu alaykum. Insoniyatning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabasini 75 yilligi bilan tabriklayman.
Dunyo boyliklarga limmo-limdir (to'ladir). Boyliklarning eng zaruri esa sog'likdir. Sog'ligi bor odamning umidi bor, umidi bor odamning esa hamma narsasi bor.
Hech qachon umidingiz so'nmasin.

@yusufabsoatov
Forwarded from Феруза Мадрахимова
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Юсуф Абсоатов - Олий ва ўрта махсус таълим Вазири ўринбосари билан коронавирус мавзусида суҳбат
O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo'yicha mavzulari yuzasidan bahslashadilar.

Dastlabki 3 ta o‘rin egalari jami 6.000.000 so‘m (1-o‘rin 3.000.000, 2-o‘rin 2.000.000, 3-o‘rin 1.000.000) pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadilar.
Shuningdek, barcha Ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
Olimpiadada Akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib, uning 2 tasi olim hayoti va ijodi asosida bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 13-maydan 17-maygacha.

Batafsil ma'lumot: @moziyeduuz

@yusufabsoatov
Talabalar o'rtasida Respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tadi.

Joriy yilning 15 may kuniga qadar olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'tiladi.

Fan olimpiadasi joriy yilning 20-28 may kunlari platforma orqali onlayn ko'rinishda o'tkaziladi.

Bizni kuzatib boring.

kanalga ulanish 👇👇
@fanolimpiada

@yusufabsoatov
​​Dasturlash boʻyicha oʻtkazilgan onlayn musobaqaning gʻoliblari maʼlum boʻldi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan oʻquvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan dasturlash boʻyicha onlayn musobaqa oʻz nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning birinchi bosqichi dasturiy yechimlarni avtomatik testlovchi tizim orqali onlayn koʻrinishda 2020-yil 26-aprel kuni oʻtkazilgan boʻlsa, unda yuqori natija qayd etgan 105 ta ishtirokchi keyingi bosqich uchun saralab olindi.

Musobaqa savollari rossiyalik xalqaro toifadagi hakam OlegXristenko tomonidan tuzilgan boʻlib, gʻoliblarni ham musobaqani bevosita kuzatib borgan ushbu hakam aniqlab berdi.

Ikkinchi bosqich 2020-yilning 9-may sanasida oʻtkazilib, 5 soat davom etgan murosasiz kurashlar natijalariga quyidagicha koʻrinish oldi:

Talabalar oʻrtasida:

1-oʻrin: Hasanov Husayn Saidjamol oʻgʻli (TATU talabasi) – 8 ta masala
2-oʻrin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala
3-oʻrin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala

Oʻquvchilar oʻrtasida:

1-oʻrin: Baxriddinov Maqsud Ilxomidin oʻgʻli (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi) – 5 ta masala
2-oʻrin: Xoʻjaqulov Dilshodbek Zafar oʻgʻli (Toshkent shahri, Aniq Fanlarga Ixtisoslashgan Davlat Umumtaʼlim Maktabi) – 4 ta masala
3-oʻrin: Oʻrinov Azimjon Mehmonali oʻgʻli (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala

Fuqarolar oʻrtasida:

1-oʻrin: Hojiyev Sunatullo (TATU oʻqituvchisi) – 7 ta masala
2-oʻrin: Hasanov Saidjalol Saidjamol oʻgʻli (NamDU oʻqituvchisi) – 7 ta masala
3-oʻrin: Xoʻjamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala

Yuqorida qayd etilgan ishtirokchilar sovrindor hisoblanadi hamda pandemiya yakuniga yetkazilgandan soʻng Taʼlim inspeksiyasida maxsus sertifikat, tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan beriladigan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Musobaqaning batafsil natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://contest.yandex.ru/contest/18299/standings/

👉@uztdi
Forwarded from moziy.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта таълим вазирлиги қошида янги moziy.edu.uz сайти ишга туширилди

@moziyeduuz

@yusufabsoatov
Forwarded from Феруза Мадрахимова
ЎзА - Ёшларни илм-фанга йўналтирувчи янги лойиҳа ишга тушди

Лойиҳа бўйича Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг ўринбосари Юсуф Абсоатов билан суҳбат.

http://uza.uz/oz/society/yeshlarni-ilm-fanga-y-naltiruvchi-yangi-loyi-a-ishga-tushdi-12-05-2020
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 ǀ Олий ва ўрта таълим вазирлиги ва Педагогика университети билан биргаликда халқаро онлайн анжуман ташкил этилди

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Грант

Германияда магистратурани грант асосида ўқиш имконияти

Германиянинг Пассау университети (University of Passau) Гельмут Шмидт (Helmut-Schmidt-Programme) дастури (Master’s Scholarships for Public Policy and Good Governance) доирасида 2020-21 ўқув йили учун аризалар қабулини бошлади.

Дастур икки йилга мўлжалланган бўлиб, у магистратурада грант асосида таҳсил олиш имконини беради. Грантда ғолиб бўлган магистрнинг барча харажатлари тўлиқ қопланади, оила аъзоларига алоҳида пул ажратилади ҳамда ойлик 850 евро стипендия берилади.

Саралашдан муваффақиятли ўтган номзодларга шу йилнинг декабрь ойи ўрталарида хабар берилади.

Батафсил: @uzbbenelux

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AvPsYY6S0TbOQ
Online olimpiada

O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.

Kimyo

Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo'yicha bahslashadilar.

Rag'bat

- 1-o'rin sohibi 5.000.000 so'm va diplom;
- 2-o'rin sohibi 3.000.000 so'm va diplom;
- 3 - 8-o'rin sohiblari 1.000.000 so'mdan va diplom;
- barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Ishtirokchilar

Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Test savollari

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib:
- 18 tasi o'rta va o'rta maxsus ta'lim mavzulari;
- 5 tasi oliy ta'lim mavzulari;
- 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan bo‘ladi.

Ro'yxatdan o'tish

Ishtirok etish niyatidagilar 25-maygacha moziy.edu.uz saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Olimpiada kuni

Onlayn olimpiada 30-may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil ma'lumot berib boriladi.

Batafsil ma'lumot: @moziyeduuz

@yusufabsoatov
Forwarded from Edu.uz
Онлайн олимпиада

Ўзбекистонда кимё соҳаси ривожига катта ҳисса қўшган олим профессор Тиллаев Раҳим Содиқович хотирасига бағишланган Республика онлайн олимпиадаси ўтказилади.

Кимё

Олимпиада иштирокчилари кимё фани бўйича баҳслашадилар.

Рағбат

- 1-ўрин соҳиби 5.000.000 сўм ва диплом;
- 2-ўрин соҳиби 3.000.000 сўм ва диплом;
- 3 - 10-ўрин соҳиблари 1.000.000 сўмдан ва диплом;
- барча иштирокчилар сертификат билан тақдирланадилар.

Иштирокчилар

Олимпиадада академик лицей, коллеж ва 10-11-синф ўқувчилари, абитуриентлар ҳамда талабалар қатнашиши мумкин.

Тест саволлари

Олимпиада саволлари 25 та бўлиб:

- 18 таси ўрта ва ўрта махсус таълим мавзулари;
- 5 таси олий таълим мавзулари;
- 2 таси олим Тиллаев Р. С. ҳаёти ва ижоди юзасидан бўлади.

Рўйхатдан ўтиш

Иштирок этиш ниятидагилар 25 майгача moziy.edu.uz сайтида рўйхатдан ўтишлари мумкин.

Олимпиада куни

Онлайн олимпиада 30 май куни соат 8:00 да бошланади. Жараён бориши ҳақида батафсил маълумот бериб борилади.

Батафсил: @moziyeduuz

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AvPsYY6S0TbOQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyadagi Siegen universiteti tadqiqotchisi Muzaffar Maksumov
2020-yil 27-aprel kimyodan onlayn dars o‘tib bergan kuni ko‘pchilikda kimyoga taalluqli bo‘lmagan bitta savol "prezentatsiyani yozib tushuntirishda qaysi qurilmadan foydalandingiz" berishdi.
Bu savolni quyidagi video ko‘rinishida javob berdi.

Onlayn dars o'tish qurilmasi?

Hozirgi kunda karantin tufayli butun yer sharida darslar onlayn tarzda olib borilmoqda. Bunda ko'pchilik onlayn dars o'tishga qiynalmoqda. Kompyuterdan sichqoncha yordamida yozish ma'lum bir qiyinchiliklarni tug'diradi. Onlayn dars o'tishga qiziquvchilar ushbu videodan o'zlariga qiziqarli va kerakli ma'lumotlarni olishlari mumkin.

@yusufabsoatov
Talabalar uchun yaxshi yangilik!

Endi my.gov.uz portali orqali bir zumda oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yoʻl kassalariga, mudofaa boʻlimiga, bankka va yana boshqa joylarga oʻqish joyidan maʼlumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Endilikda ushbu maʼlumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati paydo boʻldi.

"Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/323)" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ toʻliq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ hujjatlar repozitoriysida saqlab qoʻyish imkoniyati bor.

Oliy ta'lim muassasasi tomonidan talaba.edu.uz ma'lumotlar bazasiga kiritilayotgan talabalar to'g'risida ma'lumotlar my.gov.uz yagona davlat interktiv xizmatlar portali bilan integratsiya qilingan. Agar sizda o'qish joyidan ma'lumotnoma olish xizmatida ma'lumotlaringizni olish imkoniyati mavjud bo'lmasa tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasangizga murojaat qilishingiz mumkin.

@yusufabsoatov
Matematika yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Аkademik Toshmuhammad Аliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Stipendiya respublika oliy taʼlim muassasalarida Matematika taʼlim yoʼnalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.

- 2020-2021 o‘quv yili uchun Аkademik T.А.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:
- 5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);
- 5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);
- 5 nafar tayanch doktorant(2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi.

Stipendiya Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan taʼsis etildi.

@yusufabsoatov
Forwarded from Masofatalim
​​⚡️⚡️“Masofaviy kimyo — 2020”

Kimyo fanidan yangi iqtidorlarni kashf etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorlikda Masofaviy kimyo — 2020” olimpiadasini taqdim etadi.

🗓25-may, soat 11:00 daMasofaviy ta’lim" Telegram kanalida maktab o‘quvchilari (abituriyentlar) va Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Masofaviy kimyo — 2020” olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

🏆Musobaqa natijasiga ko'ra, har ikkala toifadan ham eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo’lgan 3 nafar g'olib O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilgan pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Mukofotlar (umumiy qiymati 9.000.000 so‘m):
🥇1-o'rin 2.000.000 so'm
🥈2-o'rin — 1.500.000 so'm
🥉3-o'rin — 1.000.000 so'm

📝 Olimpiadadan qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 24-may soat 20:00 ga qadar davom etadi.
❗️Ro'yxatdan o'tish uchun:
@arizamasofatalim_Bot

Olimpiadaning javoblari kimyo fanidan jalb etilgan maxsus ekspertlar tomonidan tekshiriladi.

‼️Olimpiada bo'lib o'tadigan manzil:
https://t.me/masofatalim
Forwarded from moziy.edu.uz
moziy.edu.uz saytimizda bosqichma-bosqich barcha yo'nalishlarda ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi o'zbek olimlari xotirasiga bag'ishlangan olimpiadalar o'tkazish rejalashtirilgan.
@moziyeduuz
Kirib kelgan muborak Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

@yusufabsoatov
Forwarded from Masofatalim
​​«Masofaviy kimyo — 2020» olimpiadasi uchun ro'yxatdan o‘tish yakunlanganini ma’lum qilamiz. Shu vaqtga qadar 5731 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi va olimpiada qatnashchisiga aylandi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan olimpiada ishtirokchilariga eslatma:

👉🏻 Ertaga, 25-may, soat 11:00 da @masofatalim Telegram kanalida olimpiada boshlanadi.
👉🏻 Savollar «Masofaviy ta’lim» (@masofatalim) Telegram kanalida e’lon qilinadi.
👉🏻 Ishlash uchun vaqt beriladi.
Ishlagan yechimlaringizni rasmga olib, to‘g‘ri javoblarni belgilagan holda ko‘rsatilgan Telegram manzilga yuborishingiz kerak bo‘ladi.
👉🏻 Javoblarni qayerga yuborish kerakligi ertaga olimpiada boshlangan vaqtda ko‘rsatib o‘tiladi.
👉🏻 Belgilangan vaqt ichida javoblarni yuborish talab etiladi. Belgilangan vaqtdan keyin, olimpiadaga ajratilgan vaqt tugagach yuborilgan javoblar tekshirilmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim