Yusuf ABSOATOV
178 subscribers
611 photos
78 videos
10 files
336 links
Download Telegram
👨‍💻👩‍💻🧠

🟥 Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak!

Universitetda "Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar-treningda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari, shoir B.Ergashev, universitet ma'naviy-ma'rifiy faoliyatiga ma'sul bo'lgan barcha ma'sullar ishtirok etishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi, bugungi kundagi yoshlar tarbiyasi va yoshlar tarbiyasidagi ma'sullarning o'rni kabi masalalar muhokama etildi.

TDTU Matbuot xizmati:

✝️ Telegram 💟 Instagram ☮️ Facebook 🌎 tdtu.uz ☸️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Diniy ekstremizm- yoshlar kelajagiga tahdid

Bugun, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Diniy ekstremizm- yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri oʼtkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimi M.Xidirov, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunos mutaxassislari Y.Axmadxonov, M.Hakimov, universitet profilaktika inspektorlari, dekan o'rinbosarlari, universitet tyutorlari hamda barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda mehmonlar tomonidan talaba-yoshlarga bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli toʻqnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli oqimlar oʻrtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdimot hamda videorolik orqali tushuntirib berildi.

Shu bilan bir qatorda talabalarga tinch va osuda hayotimizni tinchligini asrash har bir insonning burchi ekanligi va doimo ogoh boʻlishimiz zarurligi haqida tushuncha berildi. Uchrashuv davomida talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

TDTU Matbuot xizmati:

✝️ Telegram 💟 Instagram ☮️ Facebook 🌎 tdtu.uz ☸️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatanparvarlik...

Men bir shaxsiy kuzatuvim haqida gapirib o'tmoqchiman. Ba'zan ust kiyimiga xorij davlatining nomi yoki "Men falon davlatni sevaman" deb yozilgan yigitlarga ko'zimiz tushadi. Shularni suhbatga tortadigan odatim bor. Suhbat orasida harbiy xizmatga borgan-bormaganini so'rab olaman. Hozirgacha birortasi harbiy xizmatga bormagan degan shaxsiy statistikam bor.

To'g'ri, vatanparvar shaxs kamolida biz allani, oilaviy muhitni, ta'limning rolini, ayniqsa, Adabiyot, Tarix, Tarbiya fanlarining o'rnini muhim deb bilamiz. Biroq harbiy xizmatning ahamiyati bir kalla ustunroq, albatta. Birinchidan, harbiy xizmatga borgan yigit jismonana va aqlan ulg'aygan bo’ladi, hammasini ongli ravishda qabul qiladi. Ikkinchidan, u ilk bor o'zini vatanga kerakli inson sifatida his qiladi, burchning muqaddasligini anglaydi.

"Vatan" filmida bir epizod menga juda yoqadi. Bir oyog'i biroz kalta bo'lgani uchun bir yigitni harbiy xizmatga va u orqali urushga olib ketishmaydi. Lekin anavi yigit poyabzali ostiga qo'shimcha poshna qo'ydirib bo'lsa ham harbiyga ketishga harakat qiladi.     Men har bir yigit harbiy xizmatga borishga ana shunday tirishishini xohlayman.

@YusufAbsoatov
Forwarded from Y A
Hazrat Navoiy yozadi:

Ulus chehrayi olam afro'zidin,
"Bilur yil kelishini Navro'zidin".

Bugun ko'chaga chiqib bildikki, havoyi jahon ham, yurtdoshlarimiz kayfiyati ham o'zgacha. Yil kelishini Navro'zidan bilish to'g'ri bo'lsa, demak, oldinda bizni yanada yorqinroq damlar kutyapti.

Yilimiz xayrli kelsin.
Bayram muborak!
#хушхабар

ЎзМУ дунёнинг ТОП-1000 университетлари қаторидан жой олди


QS Quacquarelli Symonds Халқаро олий таълим таҳлилий агентлиги бугун 2025 йил учун дунёнинг энг яхши университетлари рейтинги – QS World University Rankings 2025 натижаларини эълон қилди.

Қувонарлиси, Ўзбекистон Миллий университети дунёнинг энг яхши университетлари рейтингида (QS World University Rankings 2025) 781-790 ўринларни қайд этиб, ТОП-1000 университетлар қаторидан жой олди.

Ушбу натижа янги глобал рейтингда Ўзбекистоннинг илк муваффақияти ҳисобланиб, университетларнинг барқарор ривожланиш мақсадларига ва уларнинг битирувчиларни иш билан таъминлаш истиқболларига қўшган ҳиссаси ва бошқа факторларга асосланади.

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети хорижий ўқитувчиларнинг улуши кўрсаткичи бўйича Марказий Осиё олий ўқув юртлари орасида иккинчи ўринни қайд этди (177-ўрин). “Академик обро” индикатори бўйича дунёдаги энг яхши тўрт юзта олий ўқув юртлари қаторига кирди (347-ўрин).

Халқаро майдондаги ушбу улкан ютуқ билан Ўзбекистон Миллий университети жамоасини чин юракдан табриклайман!

🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум!

Қурбон ҳайити муборак бўлсин.

Улуғ кунлар фазлидан Аллоҳ барчамизни эзгу ниятларимизга етказсин.

Болам илмли бўлсин деб, халқим маърифатли бўлсин деб бир томчи тер тўккан борки, барчаларига улуғ ажрлар тилаб қоламан.
Qadrli talaba yoshlar!

Muhtaram Prezidentimizning yoshlar uchun bildirgan tilaklari, yoshlar uchun yaratib berayotgan sharoitlari, yoshlarni kelajagi uchun amalga oshirilayotgan ishlarning guvohi bo‘lmoqdasiz.

Siz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi ekanligingiz, bu Siz uchun katta baxtdir.

Universitetimizning har bir talabasi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishdek buyuk ishga o‘z hissasini qo‘shishi, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirib, uning ijrosini ta’minlab, yanada yuksak bosqichlarga chiqishimiz zarurdir.

Hurmatli talaba yoshlar! Ishonchim komil, Sizlar el-yurt faravonligi, mamlakatimiz ravnaqi va jamiyatimiz istiqboli yo’lida amalga oshiradigan ezgu ishlaringizga va o’qishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar doim yor bo’lsin. Yoshlar kuni bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Sadritdin Turabdjanov
TDTU rektori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X