Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация
111 subscribers
84 photos
8 videos
11 files
87 links
Новости по правам человека и остальные новости по юриспруденции. Бесплатная юридическая консультация и помощь.


Если есть вопросы обращайтесь:
Саволлингиз бўлса:
@Sardorbek_konsultatsiya_bot
Download Telegram
#Huquqshunos_maslahati

PSIXOLOG LAVOZIMIDA ISHLASH UCHUN OLIY MAʼLUMOT TALAB ETILADIMI?

SAVOL: Assalomu alaykum men sirtqi talimga psixologiyaga oʻqishga kirganman maktabgacha talimga ishga kiraman desam bulmaydi deyishyabdi oliy xisoblanmaydi deyishdi uzim ishlagan maktabgacha talim yopilganligi sababli ishsiz qoldim. Kimga murojat qilay kantrak tulashim kerak. Shu toʻgʻrimi sirtqi boʻlimni ishga olishardiku.

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktyabrdagi 795-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori”ning 2-ilovasi bilan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi” 2291-qatorida “psixolog” lavozimi uchun maʼlumot darajasiga oliy maʼlumot, taʼlim yoʻnalishiga “pedagogika va psixologiya” talablari qoʻyilgan.

👨‍⚖ Yuqoridagidan koʻrib turganingizdek psixolog lavozimida ishlash uchun oliy maʼlumotga ega boʻlish kerakligi belgilab qoʻyilgan. Demak bundan xulosa shuki siz oliy maʼlumotga ega boʻlmaganingiz uchun psixolog lavozimida ishlay olmaysiz.
#Huquqshunos_maslahati

DOIMIY PROPISKA QANDAY BEKOR QILINADI?
SAVOL: Assalom alaykum! doimiy propiskadan chiqarish mumkinmi, mumkin bo'lsa propiskadan chiqarish uchun qayerga murojaat qilish kerak va qanday hujjatlar topshiriladi?

JAVOB: Albatta mumkin buning uchun fuqaro roʻyxatdan chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʻldiriladi);
pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari boʻlimidan hisobdan oʻchirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar;
uy daftari;
belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.

🔰Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyxatdan chiqarilishi lozim.

🚮 Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan, shuningdek, viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʻlish uchun asos boʻlgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska TSHIIBB MvaFRB tomonidan bekor qilinadi.

☑️ Propiskani bekor qilish yoki roʻyxatdan chiqarish sud qaroriga koʻra, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.

📆 Roʻyxatdan chiqarilganda yoki propiska bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini yuboradi.
#Huquqshunos_maslahati

UYNI NOMIMGA OʻTKAZISH UCHUN QANCHA DAVLAT BOJI TOʻLAYMAN?

SAVOL: Assalom alaykum hurmatli huquqshunos sizga savolim bor edi agar mumkin boʻlsa. Uyimiz ayamni nomida shuni oʼzimni nomimga oʼtkazmoqchiman davlat boji qancha boʼladi?

JAVOB: "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga ilovada, Davlat boji stavkalarining miqdorlari keltirilgan boʻlib, unga koʻra:

🏘 Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

👉 Agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab:

☑️ 100 kv.m. gacha bo‘lgandaBHMning 1 baravari (223,000)

☑️ 100 kv.m. dan 200 kv.m.gacha bo‘lgandaBHMning 2 baravari (446,000)

☑️ 200 kv.m. va undan ortiq bo‘lgandaBHMning 3 baravari (669,000)

👉 agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa:

☑️ 100 kv.m. gacha bo‘lgandaBHMning 50 foizi (111,500)

☑️ 100 kv.m. dan 200 kv.m. gacha bo‘lgandaBHMning 1 baravari (223,000)

☑️ 200 kv.m. va undan ortiq bo‘lgandaBHMning 1,5 baravari (334,500)

📜 Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
#Huquqshunos_maslahati

MEHNAT QONUNCHILIGI XUSUSIY TASHKILOTKARGA HAM TATBIQ QILINADIMI?

SAVOL: Men xususiy korxonadan ish topdim. Meni bir narsa o’ylantirayapti: agar mening xodim sifatidagi huquqlarim nodavlat, ya’ni xususiy tashkilotda buzilgan bo’lsa men yordam so’rab vakolatli tashkilotlarga murojaat qila olamanmi?

JAVOB: Albatta murojaat qila olasiz. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar va xodimlarga (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan) nisbatan tatbiq etiladi.

Siz ishga joylashmoqchi bo’lgan xususiy korxonaning ish beruvchisi ham davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bir xil javobgarlikka ega.

Barcha hollarda ham mehnat munosabatlarining vujudga kelishiga Siz va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Biroq, shuni e’tiborga olish lozimki, barcha tashkilotlar Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo’lmasligi zarur bo’lgan, o’zlarining ichki tartib qoidalarini o’rnata oladilar.