Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация
103 subscribers
84 photos
8 videos
11 files
87 links
Новости по правам человека и остальные новости по юриспруденции. Бесплатная юридическая консультация и помощь.


Если есть вопросы обращайтесь:
Саволлингиз бўлса:
@Sardorbek_konsultatsiya_bot
Download Telegram
#kredit
Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Ta’lim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qo‘shimcha kontrakt degan narsa yo‘q edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq ko‘rsatilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ko‘ra, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun berilishi mumkin.

Bu yerda muhim joyi - «qabul qilingan» so‘zi. Qo‘shimcha kontraktda avval 100% lik to‘lov amalga oshiriladi, undan keyin oktyabr oylariga borib o‘sha abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror chiqadi. Toki to‘lovni amalga oshirmaguncha ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi.

Shunga ko‘ra, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

Agar mabodo bo‘lgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimcha. Chunki ta’lim krediti qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha, ya’ni yillik 14% ga beriladi. Bu degani ta’lim kreditlari banklar uchun «невыгодно😁».

Shuningdek, ta’lim krediti uchun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday sharoitda banklar bir necha yuz millionlab mablag‘ini 14% lik kreditga ajratishni xohlamasdi albatta.

Yuqoridagilarni inobatga olib, banklardan super-kontrakt uchun kredit olish amalda ushalmas orzu.

O‘zi 8 mln so‘mlik kontraktga kredit ololmay xalq sarson bo‘ladiku, 200 mlnga yo‘l bo‘lsin.