Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация
110 subscribers
84 photos
8 videos
11 files
87 links
Новости по правам человека и остальные новости по юриспруденции. Бесплатная юридическая консультация и помощь.


Если есть вопросы обращайтесь:
Саволлингиз бўлса:
@Sardorbek_konsultatsiya_bot
Download Telegram
#Bilib_olgan_yaxshi

QANDAY HOLLARDA BOLALI OILALARGA NAFAQA, BOLA PARVARISHI BOʻYICHA NAFAQA BERISH RAD ETILADI?

Amaldagi qonunchilikka asosan bir oilaning kishi boshiga toʻgʻri keladigan daromadi mehnatga haq toʻlash boʻyicha eng kam miqdorining 0,527 baravaridan (1-fevraldan boshlab bu 393,8 ming soʻm) kam boʻlgan oilalarga ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

Agar oila aʼzolari nomida bittadan ortiq koʻchmas mulki, yaʼni oʻzi yashab turgan uyidan boshqa yana koʻchmas mulki mavjud boʻlsa.

Ishlab chiqarilganiga 10 yil toʻlmagan avtomashinasi mavjud boʻlsa.

Ikkita va undan ortiq avtomashinasi mavjud boʻlsa.

Oila aʼzosi hech qayerda rasman band boʻlmasa, jamoat ishlari ishtirokchisi boʻlmay, ishda ishlash uchun mehnat organlariga murojaat qilib, ish izlayotgani toʻgʻrisida roʻyxatga olinmagan boʻlsa ham ijtimoiy nafaqa berish rad etiladi.
#Bilib_olgan_yaxshi

QANDAY HOLATLARDA ISHGA QABUL QILISHNI RAD ETISH NOQONUNIY HISOBLANADI?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasiga koʻra, quyidagilar ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish hisoblanadi:

jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei va boshqa holatlarga koʻra rad qilish;

ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart boʻlgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va 3 yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;

muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik.
#Bilib_olgan_yaxshi

ISHSIZ SHAXSLARGA QANDAY MODDIY KAFOLATLAR MAVJUD?

Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:

💰ishsizlik nafaqasi toʼlash;

👨‍🔧👩‍🍳 mehnat organlarining yoʼllanmasi boʼyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʼlanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qoʼshish;

👨‍👩‍👧‍👦💰 ishsiz shaxsga qaramogʼidagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

👩‍🌾👷‍♀ haq toʼlanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;

✈️💰 mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʼchish bilan bogʼliq xarajatlarini qoplash.
#Bilib_olgan_yaxshi

HECH QAYERDA ISHLAMAGAN SHAXSDAN QANCH ALIMENT UNDIRILADI?

🧮 Agar aliment toʻlovchi ishlamaydigan boʻlsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.

📌 Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir.

💰 Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summasini belgilashi mumkin.