Ramazon - unga borib yana qaytib ketiladigan bir orol emas. Balki, Ramazon - yoqilgʻi quyish shahobchasi kabiki, unda toʻxtab (umr safarida quvvat olib davom etish uchun) yoqilgʻi g'amlab olinadi.
© arabic uz
🕯@yunus_blog
© arabic uz
🕯@yunus_blog
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Juma kunida yigirma to‘rt soat bor. Har bir soatda Alloh taolo olti yuz ming do‘zaxga mustahiq bo‘lgan musulmonni do‘zaxdan ozod qiladi", – dedilar.
Abu Ya’lo va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

#tavsiya
Ba’zi tanishlarim "Sen shu sohada o’qigansan, yaxshi bilasan-ku, qanday qilib telefondan, internetdan oson pul topishni o'rgat", deyishadi. Hatto ba’zilarga bunday pul topib bo’lmasligini aytsam jahllari chiqadi.
Oddiyroq qilib tushuntiraman.
Oson pul topishning yo’llari bor. O’g’rilik, qimor, sudxo'rlik, yoki yo’lto’sarlik qiling. Osongina pul topasiz. Lekin bularni sizga o'rgatolmayman, uzr.
Lekin sizga oltindan qimmat so'zlarni o’rgataman. Qulog'ingizga quyib oling:
Tekin pishloq faqat qopqonda bo’ladi

Fuzaylning qulog‘ida qo‘shni xolaning "Fuzaylni boqib olishgan", degan so‘zlari o‘rnashib qoldi.
Uyga kirdi. Onasi namoz o‘qiyotgandi. Ibodatini yakunlagach, Fuzaylga kulib o‘girildi.
--- Oyi, "boqib olgan" nima degani? - so'radi Fuzayl.
--- Boqib olgan... Boqib olgan degani qornida emas, yuragida katta qilish, --- dedi-da, yig‘ab yubordi...
© Muhammad Yunus

#nasihat
Tun uzundir, uni uxlash bilan qisqartirma. Kun musaffodir, uni gunohlar bilan kirlama.
Yahyo ibn Muoz rahimahulloh

Ey yoshlar!
Bu ummatning sizga qanchalar muhtoj ekanini bilsangiz edi, uyquni oʻzingizga harom qilar edingiz!
Nureddin Yildiz

‼️Gʻaflatda qolmang! Bugun Ramazonning toq kechasi:
23-aprel (shanba)dan — 24-aprel (yakshanba)ga oʻtar kecha
Abul Oliya roziyallohu anhu aytadilar: “Bir aʼrobiy Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Qadr kechasi qachon boʻladi?” deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazonning ilk va eng soʻnggi hamda toq kechalaridan izlanglar!” dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi oʻn kunligidan qidiringlar”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslom rivoyati).
🌙 @yunus_blog

Roʻza sababli jigarda biroz quruqlik hosil boʻladi. Agar uni suv bilan namlantirilsa, u holda jigar ozuqadan foyda olishda davom etadi. Shu sabab ham tashna va chanqoq roʻzador iftor vaqtida avval biroz suv ichib, soʻngra yeyishni boshlasa, manfaatli boʻladi.
Ibn Qoyyimning “Zadul maʼod”idan.
© Arabic uz
🌙 @yunus_blog
Ibn Qoyyimning “Zadul maʼod”idan.
© Arabic uz
🌙 @yunus_blog
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kimning umri roʻzador holida yakun topsa, jannatga kiradi”.
Imom Bazzor rivoyati.
Munoviy rahimahulloh dedilar: “Kimning umri roʻza kuni yakun topsa, yaʼni, roʻzador holida, yoki oʻsha kungi roʻzasini yakuniga yetkazib, iftordan soʻng vafot qilsa - “saabiqiynal avvaliyn” qatorida jannatga kiradi”.
Allohim xotimalarimizni goʻzal qilgin!
“Fayzul qodir” kitobidan.
© Arabic Uz

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Albatta Qadr kechasining alomatlari shuki, u musaffo, yop-yorugʻ, xuddi sukunatga oʻralgan yogʻduli oy charaqlab turgandek boʻladi. U kechada (oʻta) sovuq ham, (juda) issiq ham boʻlmaydi. Oʻsha kechada tonggacha yulduzlar otilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yana uning alomatlaridan biri quyosh ertalab oʻn toʻrt kechalik oyga oʻxshab, nursiz charaqlamasdan chiqadi. Oʻsha kuni shaytonlar chiqishiga ham yoʻl qoʻyilmaydi”
Imom Ahmad rivoyati.
🌙@yunus_blog

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,
Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.
Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bagʻri – dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim…
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar.
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim – tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen boʻlmasang nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yoʻqda, dil yoʻq derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlaru Abdullolar,
Sening qaytgan kuning mening mavlud yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
© Muhammad Yusuf
✍️ @yunus_blog

Forwarded from arabic.uz (hikmatlar)
Гўзал ўхшатиш
Агар сенга мана шу калитларнинг бири олтин ва жавоҳирларга тўла сандиқ- сейфнинг калити дейилса, буларнинг қайси бири сандиқнинг калити экан деб тахмин қилиб ўтирасанми ёки калитларни ҳаммасини олиб қўя қоласанми?
Шу каби, Қадр кечасини ҳам охирги ўн кунликнинг биридадир. Унга етишиш учун уларнинг ҳаммасини ғанимат билгин.
@arabicuz

Siz madaniylashgan yoshlar qo‘rqoqsiz. Buyuklar hech qachon odamlarning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qilmaydilar. Ular faqat qalb haqida o‘ylaydilar.
© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"
📚@yunus_blog
© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"
📚@yunus_blog
Farzandlaring va o‘zing g‘amxo‘rlik qilgan insonlarning sen yurgan yo‘lingdan yurishlarini kutishing befoyda.
© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"
📚@yunus_blog
© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"
📚@yunus_blog
Oisha onamiz (roziyallohu anho): “Yo Rasululloh, agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sen: Allohumma innaka 'afuvvun, tuhibbul 'afva fa'fu 'anniy, deb aytgin”,– dedilar”
Imom Termiziy va ibn Moja rivoyati
Arabiy duo: "اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي"
Tarjimasi: “Yo Alloh, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Meni kechirgin”.

Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Бу одам Путиннинг қарийб сўзчиси бўлиб қолди, Жириновскийдан кейин. Агар улар шундай фикрлашаётган бўлса, ҳаммамиз масъулмиз, ҳаммамиз давлатимиз мустақиллиги ва келажагига жавобгармиз! Раҳбар ва сиёсатчилар сиёсатларини, аскар ва ҳарбийлар қурол-яроғларини, олим ва зиёлилар сўз ва фикрларини, ҳамда ватандошлар онгларини уларга қарши созласинлар!
Кеча қозоқ бовурларимиз, сиёсатдонидан тортиб оддий ватандошигача, россиялик армани-дашноқнинг таҳдидига муносиб жавоб ва норозиликларини изҳор этишди ва тўғри қилишди. Биз ҳам бу белорус диктаторнинг алжирашига муносиб жавоб қилишимиз керак. Ташқи ишлар масъуллари ва сенаторларимиздан баёнот, сиёсатшуносларимиздан бу жирканч фикр таҳлили ва оддий ватандошларимиздан қарши муносабат кутиб қоламан.
Ўзим бу янги ясама иттифоқ ғоясини кескин қоралайман! Мазкур ғоя амалга ошмаслиги учун имконимда бўлган бор кучимни сарфлайман! Янги қуллик занжирини бўйнига илишни хоҳламаган барча билан ҳамкор ва иттифоқчиман!
Ҳаммани ҳушёрлик ва фаолликка чорлайман
@MubashshirAhmad

#sheriyat
Alvido ramazon
Alvido, ey mohi rahmat, shahri gʻufron, alvido,
Aylading azmi safar, boʻlduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu , xatmi Qurʼon, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.
Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qurʼoning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San ato maʼnidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yangligʻ aylading bizlarni giryon alvido.
Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga boʻlding xosi merosi Rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yigʻlab oʻgʻul,
Tez kel qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.
Shomdin ilgori amr aylar malaklarga Gʻafur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur,
Bim etib mandin yemaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga toʻkunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan boʻlsa isyon, alvido.
Bir ajib mihsan mohlar aro qurbing azim,
Kim sani e'zoz qilsa hashrda bexavfu-bim,
Hurmatingdin jannat ichra bo'ldi hurlar ko'hlikim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi moh san kabi sohib xayr-u ehson alvido!
Hurmatingdin gʻarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qurʼoning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, koʻb erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil Haq soʻrsa pinhon, alvido.
Nag'v qilib erdim ketib qilsang mani oshuftahol,
Garchi badman yaxshi arz et so'rsa gar Vojib Taol,
Umrga yo'q e'timodim to kelguncha yangi sol,
Xizmating erdi manga ayni rizoi Zuljalol,
Ey mohi farxundai, nuri shabiston, alvido!
Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha boʻldi ahvolim xarob,
Kim sani eʼzoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu aʼlam bis-savob,
Mashrabingdin rozi boʻl, ey yaxshi mehmon, alvido.

Kecha bayram qilib biznikiga opamlar kelishdi. Katta opamga o'zimdan shikoyat qildim. "Saharlik-iftorlikda ko'p yeb o'rganib qolibman, qornim kattalashib semirib ketyabman", dedim. Opam shakar va non yemaslikni va kechki taom o'rniga salad yeyishni bir hafta sinab ko'rishim kerakligini aytdilar. Qo'shimcha qilib, ertalab nonushtadan oldin suv ichib, kun davomida 8 stakan suv ichishni ham aytdilar.
Kechki taom va shirinliklar, meni ma'zur tutasizlar. Sizlarni sevaman, lekin shunga majburman...
@yunus_blog
Kechki taom va shirinliklar, meni ma'zur tutasizlar. Sizlarni sevaman, lekin shunga majburman...
@yunus_blog
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Бу халқ сиёсатдан узоқ тутилгани ва доимо кун ўтказиш қорин тўйғазиш ғами билан банд этиб қўйилгани учун юртига бостириб келганларни ҳам индамай қабул қилаверадиган, ҳаттоки уларга «нажоткор» сифатида қарайдиган даражага етиб келган экан”
1873- йил Хива ишғолида рус чор аскарлари сафида қатнашган америкалик ҳарбий мухбир Январий Алеизий Маггахен шундай ёзади:
«Амударё кечувидан ўтиб хориб чарчаган эдик. Агар қатиқ қаршилик бўлса бу аҳволда нима қиламиз экан деган ташвиш ҳам бор эди. Аммо биз Хозараспдан Хивагача бирор қаршиликсиз, ҳаттоки маҳаллий аҳолидан озиқ овқат олиб қийналмай етиб бордик. Аскарларимиз аҳолидан янги узулган олма, ўрик, шафтоли нон чой сотиб олишар эди. «Жассирама иссиқда отларимизни нима билан озуқлантирамиз» деб хавотирда эдик. Боғот ва Хозараспликлар бизга отларимиз учун жўғори ва беда ҳам сотишди»
Юртига бостириб кирган босқинчилар билан бемолол савдо қилувчи бу халқ америкалик ҳарбий мухбирни аввалига тажжублантирди. Хива ишғолидан сўнг қочиб кетган хон, Чор Россияси вассали бўлишга рози бўлиб, яна саройга қайтгач, мухбир у билан кўришди ва суҳбат қурди. Ва шу суҳбат жараёнида тушундики бу халқ сиёсатдан узоқ тутилгани ва доимо кун ўтказиш қорин тўйғазиш ғами билан банд этиб қўйилгани учун юртига бостириб келганларни ҳам индамай қабул қилаверадиган, хаттоки уларга «нажоткор» сифатида қарайдиган даражага етиб келган экан.
Ўз Халқига паст назар билан қаровчи ҳукумдорларни, аҳолисини аксарият қисмини ишсиз ва камбағал холатида ўзлари кайфу сафо билан банд амалдорларни мабодо четдан душман бостириб кирса шу халқдан ёрдам кутишга қанчалик ҳаққи бор экан?
3 та хонлик ишғол этилгач уни бошқарган бирорта хон ёки сарой амалдорлари мардларча юртда қолиб уни ҳимояси учун туриб бермаган. Ҳаммаси четга қочган ўз жонини ўйлаб. Шу тарихий воқеалар бизга ўрнак бўлиши лозим.
Қўқоннинг сўнги хони Худоёрхон -- 1882-йил. Афғонистонда йўлда, вафот этади.
Хиванинг сўнги хони Саид Абдуллахон -- Украинда 1930-йили, 63 ёшида отбақарлик қилиб, очарчиликдан вафот этади ва кончилар қабристонига дафн этилган. Қабри ҳозиргача топилмаган.
Бухоронинг сўнги амири Саид Муҳаммад Олимхон — Мамлакатдан қочиб кетганидан кейин қоракўл тери сотиб тирикчилик қилган. Умрини сўнги кунлари кўзи бутунлай кўрмай қолган.
1944-йилда, 64 ёшида вафот этган. У Афғонистонга дафн этилган.
Қабр тошига шу мисралар ёзилган экан:
"Беватан амир хору фақирдир,
Гадо гар ўз Ватанида бўлса Амирдир..
© Mirjalol Saidov
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Bir zot kechasi baytullohning yonida Qur'on tilovat qilib o'tirgan ekanlar, yaqinroqdan qadam ovozi eshitilibdi. Keyinroq uxlab tush ko'ribdilar. O'sha kungi o'qilgan oyatlar nur bo'lib ko'rinar emish. Faqat ba'zi oyatlar ko'rinmasmush. Shunda "axir bu oyatlarni ham o'qigan edim-ku, ularga savob berilmaydimi?", --deb savol qilibdilar. Javob qilinibdi: "savobini o'sha qadamning egasidan olasiz"
© Ustoz Olimxon domla rohimahulloh
"Nigoh" ko'rsatuvi
🕯 @yunus_blog
© Ustoz Olimxon domla rohimahulloh
"Nigoh" ko'rsatuvi
🕯 @yunus_blog