An Earthling
6 subscribers
316 photos
42 videos
5 files
50 links
Download Telegram
Ishtaxani ochib tashladi
🔥1
Noto'g'ri muxitdan noto'g'ri muxitga

Litseyni bitirgan vaqtimda man allaqachon universititetga tayyor edim. Chunki menda matematik, va til ko'nikmalari va logik qobiliyatlar bor edi. Matematikadan masalalarni mantiqiy yo'l bilan tezroq yechishni o'rgangandim. Ingliz tilidan esa allaqachon 6.5 IELTS sertifikatim bo'lgan.

Narxo'zga kelgunga qadar bu universititetni juda ham boshqacha tasavvur qilgandim. Umuman ta'lim tizimi bo'yicha ijobiy fikrda edim. Lekin asta-sekin bakalavr darslari boshlangach, bu fikrlarim 180 gradusga o'zgardi. Bakalavrda o'qiyotgan vaqtim, ish topishga majbur bo'ldim va sartaroshlikni o'rgandim. Sababi negaligini o'zim ham tushunmayman. Ko'p tanishlar orttirdim, do'stlar topdim lekin sartaroshlikdan ichim yonmasdi. Balki o'sha vaqtlarda ichimdagi "MEN"ni topa olmaganligimdandur.

To'rt yilimni sartaroshlik uchun sarfladim. Na til o'rgandim, va na biron kuchli sertifikatga tayyorlandim. Hech qanday skillarim o'smadi, o'sgan bo'lsa ham juda ham oz miqdorda. Ko'proq "Critical thinking" o'sdi meni fikrimcha.

Universititet darslariga davomad uchun qatnashar edim. Kunim o'tsa, tezroq ishga borsam va ishlasam. Hayotdan maqsadim ish bo'lib qoldi. G'alati hayotda yashayotgandek his qilganman o'zimni. O'sha vaqtda nega bironta kattaroq tashlilot yoki kompaniyaga bormadim ekana deb o'ylab qolaman. Axir o'shanda vaqtim bor ediku.

Universititetni bitirdim. Itga suyak berganday, diplomimni topshirishdi. Hozir shu diplom uyda, tokchaning bir burchagida yotibdi. Na qadri bor, na qiymati. Bilmadim, balki litseyni bitirgandan so'ng, darrov o'qimasdan biroz dunyo qarashamni shakllantirib olishim kerakmidi, bilmadim.

Hozir pul topaymi, yoki o'qiymi bilmay qolganman. Chuqurga tushib qolgandakman. Nimalardur qilmoqchiman lekin "DUX" yetishmayapti. Charchadim.

Yangi hayot boshlamoqchiman. Lekin qanday, qayerdan, qachon boshlashni bilmayapman. Miyyada 100 xil fikrlar.

Balki, shunday bo'lishi kerakmikan. Peshonamga shu yozilganmi yoki bu bir sinov bo'lib yaqin orada o'zim uchun munosib joyni topamanmi, buni ham bilmayman.
Eng yomon haqiqatlardan biri shuki: sen itdek kechasi bilan ishlaysan, rahbar kelib senlar ishlamayapsanlar deb ketadi.😂😂
An Earthling
Eng yomon haqiqatlardan biri shuki: sen itdek kechasi bilan ishlaysan, rahbar kelib senlar ishlamayapsanlar deb ketadi.😂😂
Blin, shu postdan keyin instagramga kirgandim.

Bir videoda aytyapti. Sen vazifalarni yaxshi bajarganing uchun 'rahmat' o'rniga yanada ko'proq vazifa berilayotganini his qilgan payting ulg'aygan bo'lasan.
Forwarded from TROLL.UZ
Dollar kursi tushib ketsa ham, ko’tarilib ketsa ham xafa bo’ladigan o’zbegim (:

Парадокс: нас огорчает как и рост курса доллара, так и его падение (:

@trolluz
👍1
"G'arb hech qachon adolatli bo'lmagan. Ularning yuksalishlarida begunohlarning qoni bor. Ularning halokatiga ham begunohlarning ko'zyoshlari sabab bo'ladi". Abdulxamid II
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
“Ҳаё ва иймон бир манбададир; улардан бири кетса, иккинчиси ҳам унинг орқасидан кетади.”

- Ҳазрати
Муҳаммад (сав)
👍1
❗️Сиёсатчи билан фоҳишанинг бир ўхшаш томони шундаки, иккови ҳам қилиб қўйган "кароматини" ҳамма кўриб билиб турганини англасада, ҳеч хижолат бўлмай оммага беғубор табассум улаша оладилар...
❤‍🔥1
An Earthling
Video
Insonning chegaralari bo'lmasa, nima sodir bo'ladi? 1974-yilda rassom Marina Abramovich eng daxshatli psixologik performanslardan biri - "Rhythm O"ni o'tkazdi.

U shunchaki odamlar qarshisida 6 soat davomida qimirlamay turdi.

Tomoshabinlar oldida 72 ta buyum bor edi - atirgul va asaldan tortib, pichoq va o'qlangan toʻpponchagacha.

Faqat bittagina ko'rsatma berilgandi:

> "Menga nima qilishni xohlasangiz, shuni qilishingiz mumkin. Men qarshilik ko'rsatmayman".

<

Avvaliga odamlar ehtiyotkor edilar. Atirgullar sovg'a qilishdi. Sochlarini silashdi. Ammo bir necha soatdan keyin hamma narsa o'zgardi.

Uning kiyimlarini kesib tashlashdi. Atirgul tikanlari bilan terisini teshib chiqishdi. Badanni pichoq bilan kesishdi. Bir nuqtada kimdir to'pponchani uning boshiga qaratdi.

Nima uchun bu sodir bo'ldi?

Chunki unda chegaralar yo'q edi.

Inson o'zini himoya qilmasa, dunyo juda tez uning hududiga bostirib kira boshlaydi.

Eng hayratlanarli voqea performans yakunida yuz berdi.

6 soatdan so'ng Marina qimirlab, odamlar tomon yura boshlaganda, tomoshabinlar qochishga va ko'zlarini yashirishga tushishdi.

Chunki ular birdaniga uning buyum emas, balki inson ekanligini qaytadan ko'rdilar.

> Ba'zan odamlar bizning hayotimizga aynan biz ruxsat bergan darajadacha kirib kelishadi!!! > AGRESSIYA (ba'zan) o'z chegaralarimizni belgilab olishga imkon beradi!



1. 'Yo'q' deyishni o'rganing: Bu sizning g'ururingiz, balki hayotingizni himoya qilish uchun zarur.

2. Chegaralarni tushuntiring: Odamlar sizning hududingizni bilishlari kerak.

Unutmang: 'Ba'zan odamlar bizning hayotimizga aynan biz ruxsat bergan darajadacha kirib kelishadi!!!' Sizning chegaralaringiz bormi?