YOSH OLIMLAR ToshDO'TAU
1.01K subscribers
2.13K photos
369 videos
254 files
1.68K links
🏛️ToshDO'TAU "Yosh Filolog Olimlar jamiyati" sahifasi.

Nodirbek Jo'raqo'ziyev
Mushtariy Xolmuradova
Dilnavoz Najimova
Samandar Yusupov
Hulkaroy Rajapova
™️ Islom Oqnazarov
Download Telegram
Forwarded from "Innovator" jurnali
​​🏆“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yana bir iqtidor egasi — Islom Oqnazarov.

✔️Islom Oqnazarov 2001-yil Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tavallud topgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining o'zbek tili filologiyasi fakulteti talabasi.

✔️O'zi o'qiyotgan ta'lim maskanida qahramonimiz tashabbusi bilan turli respublika tanlovlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan berib boriladigan ilmiy ma'lumotlarning e'lonlari joylab boriladigan "Yosh olimlar ToshDO'TAU" telegram kanali tashkil etilgan.

✔️Islombek respublikamiz miqyosida o'tkaziladigan tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Jumladan, muntazam ravishda o'tkazilib kelinadigan "Innoweek" g'oyalar haftaligining doimiy ishtirokchisi. "Yil talabasi 2020" tanlovining universitet bosqichida "Yilning eng yaxshi Ixtirochi-innovator talabasi" nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin sohibi. Shuningdek, "O'zbekiston uchun 100 g'oya" Respublika tanlovining ishtirokchisi.

✔️Qahramonimiz shu yildan etiboran o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovida o'zining "Velo madaniyat" nomli loyihasi bilan g'oliblar qatoridan joy oldi.

✔️Bugungi kunda Toshkent shahrida avtomobil turar joylari to'liq yo'lga qo'yilib ulgurilmagan. Ko'chalarda tirbandliklar ko'p uchraydi. Havoda ifloslantiruvchi zaharli gazlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Islombekning loyihasi esa aynan poytaxtimiz bo'ylab eko-tizimni samarali yo'lga qo'yishga qaratilgan. "Yuqoridagi muammoga yechim sifatida biz hech qanday yonilg'i ishlatilmaydigan, jismoniy harakat bilan harakatlanishi mumkin bo'lgan transportni ommalashtirishimiz kerak. Kerak bo'lsa har hafta yoki har oyning 1 kunini #Avtomobilsizkun sifatida joriy qilinsa, aholida va yosh avlodda ekologik madaniyat shakllanishiga zamin yaratgan bo'lardik." — deydi innovatorimiz.

Qahramonimiz loyihasi asosida yurtimizdagi ekologik muhitning sezilarli darajada yaxshilanishiga ishonamiz va kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avtomobilsizkun

🚘24-aprel, chorshanba kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi!

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

“Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang va ekologik toza transport vositasini tanlang!
___

©️ @ecogovuz