YOSH OLIMLAR ToshDO'TAU
857 subscribers
2.13K photos
364 videos
251 files
1.66K links
🏛️ToshDO'TAU "Yosh Filolog Olimlar jamiyati" sahifasi.

Nodirbek Jo'raqo'ziyev
Mushtariy Xolmuradova
@Hulkaroy_Oktabr
™️ @Islom_Oqnazarov
Download Telegram
#tanlov #adliya #ayollar

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi bo'yicha hujjatlar qabul qilinmoqda

Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi o'tkazilishi e'lon qilingan.

Tanlov nominatsiyalari:
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun”; “Eng yaxshi blogpost uchun”;
“Adliya e'tirofi”.


Tanlovda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari, xususan, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin.

G'oliblar vazirlik tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Batafsil


©️grants_hunter
Forwarded from ToshDO‘TAU | RASMIY
#TANLOV
#MUVAFFAQIYAT_QOZON

📌 Diqqat tanlov!

📍 Siz o'z g‘oyalaringizni amalga oshirishni va bu orqali muvaffaqiyat qozonishni istaysizmi?
📍 Zamonaviy ilm-fan olamida o‘z nomiga ega yosh olim sifatida tan olishlari uchun eng yaxshi loyihaga egamisiz?

📣 U holda ToshDO‘TAU miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovida ishtirok eting va o'z loyihangizni 5 000 000 so'mgacha moliyalashtirish imkoniyatini qo'lga kiriting.

Loyihada ishtirok etish shartlari, talablari, imkoniyatlari haqida
Batafsil...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
Forwarded from WikiStipendiya
#Tanlov

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.

🗓Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida ko‘rsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

🥇 50 000 000 so‘m
🥈 40 000 000 so‘m
🥉 30 000 000 so‘m
🏅kuchli beshtalik 20 000 000 so‘m
🏅kuchli o‘ntalik 10 000 000 so‘m.

Tilimiz uchun!
https://t.me/wikistipendiya
#Tanlov
Davlat ekologiya qo‘mitasi World Cleanup Day – Butunjahon tozalik kuni https://www.worldcleanupday.org/ munosabati bilan atrof-muhit tozaligiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy roliklar uchun tanlovini e'lon qiladi!

Ijtimoiy roliklarga quyiladigan asosiy talablar:

1. Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2. Mazmuni jihatdan atrof-muhit tozaligi, ona tabiatni asrash masalalarini ochib berishi;
3. Kreativ yondoshuvlarga asoslangan bo‘lishi;
4. Kamida HD formatda bo‘lishi;
5. Ijtimoiy tarmoqlarda (Instagram, Facebook, Youtube) ko‘p marotaba ko‘rilgan bo‘lishi lozim.

Mazkur
tanlov natijalari Davlat ekologiya qo‘mitasi, jamoatchilik vakillari hamda tajribali jurnalistlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi hamda 17 sentyabr' - Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda e'lon qilinadi.

⚜️
Eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovi g‘oliblari tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:

Birinchi o‘rin – 50 mln.so‘m;
Ikkinchi o‘rin – 25 mln.so‘m (2 ta);
Uchinchi o‘rin – 10 mln.so‘m (3 ta).

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar Davlat ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmatiga quyidagi manzillarga murojaat qilishlari so‘raladi:
info@eco.gov.uz,
tel.: (90) 138 47 47, (90) 006 62 79

🗓️
Tanlovning oxirgi muddati - 16 sentyabr', 16-00.

——————————————
Forwarded from Yoshlar Akademiyasi
#tanlov_yashil_innovatsiyalar
#nobel_mukofoti_laureati

📣 📣 📣 DIQQAT TANLOV !!!

💬
O'z loyihangizni Nobel mukofoti sovrindori Rae Kvon Chung bilan muhokama qilishni istaysizmi?

Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

🕹Innovatsion rivojlanish agentligi TDIU huzuridagi “Yangi iqlim innovatsiyalari” ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda

🔋 "Yashil iqtisodiyot va yangi iqlim innovatsiyalari" yo'nalishidagi loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda 10 nafar eng yaxshi loyiha mualliflari g'olib deb topiladi.

🏆Tanlov g’oliblari 23- fevral kuni Janob Rae Kvon Chung bilan uchrashuvda o'z loyihalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

⚠️ Tanlovda ishtirok etish shartlari:
🔹Ishtirokchilar 40 yoshdan oshmagan bo'lishi;
🔹Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi;
🔹O'z loyihasini taqdimot qila olishi;

📩 Loyihalar 20-fevral 18:00 ga qadar birinchi va ikkinchi na'munalar asosida shakllantirib, milliyofis@mininnovation.uz elektron manziliga yuborilishi zarur.

☎️ +998 93 561 88 41
#tanlov
#Uzbekiston_Belarus
#fundamental_loyihalar
🇺🇿🇧🇾

📣📣Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “O’zbekiston-Belarus” fundamental loyihalar tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

❗️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Belarus tomonidan hamkor ilmiy tashkilot topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyuniga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

BATAFSIL
Forwarded from "Innovator" jurnali
#tanlov

📣📣📣Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi!

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.

Yurtimizda ham shunday isteʼdodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Siz yoki do‘stlaringizda kashfiyot yoki ixtirolar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan SIZ UCHUN!

 📌
Tanlov shartlari

O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida o‘tkazilgan tanlovimizda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon o'z loyihasi bilan qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Loyihaning nomi "Aqlli papka" bo'lib, u dars jadvali bo‘yicha kitoblar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda qaysi kitob yo‘q bo‘lsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.

👉 O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

 ❗️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.

 📆Videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.

 🏆 G‘oliblar 1-avgust kuni soat 17:00 da "INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

 🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalariga "INNOVATOR" jurnali tomonidan maxsus diplom va sovg‘alar topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida jurnalimiz sahifalarida maqola ham tayyorlanadi.

‼️Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
#tanlov

📣📣📣DIQQAT

📌"Innovator" jurnali tomonidan tashkil etilgan "Raqamli texnologiya yoshlar nigohida" tanlovi 2023-yil 1-avgust soat 18:00 ga qadar davom etadi.

🚀3 avgust soat 17:00da tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarimizda eʼlon qilinadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Forwarded from Yoshlar Akademiyasi
#tanlov
#mirzo_ulugbek_vorislari

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga
5 kun qoldi!

Bugungi kunda tanlovda ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlar tomonidan 40 mingga yaqin arizalar kelib tushdi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar www.vorislar.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

____

Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube