“Yoshlik” jurnali
5.12K subscribers
2.99K photos
208 videos
34 files
3.68K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#Haqiqat

Shaxs nima degani?
O‘zini va o‘zligini anglagan odam shaxs bo‘ladi. Millati bilan, vatani bilan, adabiyoti bilan qattiq bog‘langan bo‘ladi shaxs. Har qanday og‘ir va yengil sharoitda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladigan kishi – shaxs. Har qanday murakkab sharoitda ham yo‘lini qilib haqiqatni ifodalaydigan odam – shaxs. Shaxsning zimmasidagi masʼuliyat juda katta bo‘ladi. Talantli shoir va yozuvchilarda shaxsiyat shakllanmasa, u talant yukini ko‘tara olmaydi, adabiyot uchun ko‘zlangan ishlarni qila olmaydi. Аdabiyot uchun shaxs kerak.

Ibrohim Haqqul

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Kanalimizni qaysi yosh toifalar ko‘proq kuzatadi?
Anonymous Poll
58%
20-30
25%
30-40
17%
40-50
Nosir og‘aning “changyutkich”i

Mirtemir akaning 100 yilligini nishonlash uchun Toshkentdan Turkistonga bordik. Mashinadan tushayotib, shimimga changmi, loymi tekkizibman. Xotin kishi baribir xotin kishi-da – rafiqam ro‘molchasini olib, o‘sha joyni darrov artishga tushdi. Bizni kuzatib turgan ikki qozoq qardoshimiz “Nosir og‘am Toshkentdan o‘zi bilan “pilesos”ini ham opkepti”, desa bo‘ladimi! Qarang, qanday chiroyli o‘xshatish.

Yana bir yili Shahrixonga bordik. Pichoq olay deb bozorga tushdim. Ikki cholning gurungiga quloq tutdim: “Bizning yerlar juda yaxshi-da, shudgorga oyog‘ingni tiqib tursang, qulog‘ingdan barg chiqib ketadi”.

Mana, yozuvchi so‘zni qayerdan olishi kerak! Bunaqa noyob topilmalarni, betakror o‘xshatishlarni yozuv stoli oldida ming yil o‘tirib o‘ylasangiz ham topolmaysiz. Bu singari so‘zlar bug‘doy boshog‘iga o‘xshab bitta-bittalab teriladi, yon daftarga qayd qilinadi va kerak mahali sayqal berilib, ishlatiladi.

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/suhbat/men-sizga-aytsam/
@yoshlikjurnali
Urushda ishtirok etgan yozuvchi-shoirlar

Lev TOLSTOY
Adib 1854-yilda bo‘lib o‘tgan Qrim urushida askar o‘laroq ishtirok etgan.

Migel de SERVANTES
Servantes 1571-yilda Ispaniya bilan Usmonli turklar o‘rtasidagi urushga qo‘shiladi, urushlarda og‘ir yaralanadi, hatto o‘ng qo‘lidan ham ajraladi, bir-ikki marta asir ham tushadi.

Ernest HEMINGUEY
Yozuvchi Birinchi va Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan.

Erix Mariya REMARK
Remarkning 18 yosh paytida Birinchi jahon urushi boshlanadi va u ham ko‘plar qatorida frontga yo‘l oladi.

Jorj ORUEL
Yozuvchi 1936-1939-yiillardagi Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Vatan uchun urushida ishtirok etgan.

Jerom SELLINJER
Adib 1942-yilda armiyaga chaqiriladi va Ikkinchi jahon urushi tugaguncha ortiga qaytmaydi.

Somorset MOEM
Yozuvchi Birinchi jahon urushida qatnashgan.

Tarjimon va to‘plovchi:
Maqsuda Yo‘ldoshova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov!

Dostonbek Sharipov 1991-yili 6-iyulda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2022).
Parkent tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.
Tahririyatimiz nomidan bu ijodkorga ulkan sabr va ijodiy parvozlar tilaymiz.

* * *
Biz chamandan gul uzdik,
Gul yig‘ladi, kul bo‘ldi,
Biz osmonga qo‘l cho‘zdik,
Osmon yig‘lab xun qildi.
Tog‘ga urgandik qo‘lni,
Tog‘dan toshlar to‘kildi,
Orom istab tabiat,
Bizdan juda o‘kindi.
Bizlar,
Shafqat qilmadik...
Yerni o‘qdan chiqarib,
Yubormoqqa tayyormiz,
O‘z nafsimiz yo‘lida,
Biz shunchalar ayyormiz!
O‘sha kunga oz qoldi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Shoir_qalbi

Hol

Vo ajab, ko‘nglimdan ohlar o‘tgaydir,
Shu ohlar meniki zorlari bilan.

Yana gunoh qilsam, xudo, kechirgin,
Shu jazo meniki dorlari bilan.

Tog‘lar qizg‘anmaydi mendan o‘zini,
Shu tog‘lar meniki qorlari bilan.

Men ham turibman-ku qatoringizda,
Shu qator meniki norlari bilan.

O‘zi eslatgaydir insonligimni,
Shu g‘urur meniki orlari bilan.

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/nazm/toglar-qizganmaydi-mendan-ozini/

@yoshlikjurnali
"Yoshlik" jurnalining 2023-yil 3-sonidagi Laylo Sharipovaning “Bir soat, ijozat ayla, quvonay…” maqolasi kimga bag‘ishlangan?
Anonymous Quiz
23%
d) Omon Matjon
43%
c) Abduvali Qutbiddin
21%
b) Ozod Sharafiddinov
13%
a) Sadriddin Ayniy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shoir_qalbi

“ESINGDAMI AKA, YOZ OQSHOMLARI?”

She’r muallifi:
Mansur JUMAYEV

O‘qidi:
Erkin Bozorov

Tasvirchi:
Hojiakbar Nurmuhammedov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Tanqid

Yozavergan yozuvchi bo‘ladimi?

Xo‘sh, endi ular nima qilishi kerak? Yozishni yig‘ishtirib qo‘yib, har biri o‘z kasbini – biri o‘qituv­chilikni, ikkinchisi, jurnalistlikni, boshqalari ham o‘zlarining xizmatlarini davom ettiraversinmi?

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/yoshlik-xazinasidan/yozaverganyozuvchi-bo-ladimi/

@yoshlikjurnali
“Adabiyot – sodiq yo‘ldosh”da “Abadiyat qayg‘usi sehrlanganki, odam uchun ijod bu – xonumon, ijod bu – borliq, ijod bu – hamma va hamma narsa” ushbu fikrlar muallifi kim?
Anonymous Quiz
56%
b) Guljamol Asqarova
23%
c) Nargiza Odinayeva
15%
a) Iroda Umarova
6%
d) Muyassar Tilovova
#Mujda

Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Tavsiya

G‘alla va kalla

Ustod Sadriddin Ayniy yosh qalamkashlarga e’tiborli va g‘amxo‘r edi. Qo‘lyozmasini ustodga tashlab ketgan yoshlardan biri ustodning uyiga keladi.
– Qo‘lyozmani o‘qidim, yaxshi, – deydi ustod muallifga yuzlanib.
– Rahmat ustod, rahmat, –javob qiladi muallif mamnun bo‘lib.
– Lekin siz menga bir qop g‘alla keltiribsiz. Unda hamma narsa – bug‘doy ham, tariq, jo‘xori, arpa ham bor ekan.
– Qulluq, ustod, qulluq, – muallif bu gaplarni maqtov deb o‘ylaydi.
– Endi ana shu qopdagi g‘alladan faqat bug‘doyini ajratib, kitobxonga yetkazish sizning vazifangiz. Buning uchun kallani ishlatasiz.
Yigit bu g‘aroyib mulohazani eshitib bir zum garangsib qoldi. So‘ng arang jur’at qilib so‘radi:
– Qopdagi arpa bilan jo‘xorini nima qilaman?
– Vaqti soati yetganda jo‘xoridan go‘ja, arpadan non, tariqdan bo‘za tayyorlaysiz-da, bo‘tam. Agar mehnatidan qochmasangiz bu ishlarni ham uddalaysiz.

Sh.O

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Hangoma

Sariq bo‘lgandan ko‘ra oriq bo‘lgan yaxshi

Said Ahmad domla bilan “Navoiy – 30”dagi muhtasham bino biqinidagi Mahmud mo‘ylovning choyxonasi bo‘lardi…
Said Ahmad domla kun-kunora shu yerda lag‘monxo‘rlik qilardi. U kishi kelsayoq, tezda davrasiga suqilardim.
Bir kuni quramalanib o‘tirsak, ayvon zinapoyasidan Nosir Fozilov ko‘tarila boshladi. Said Ahmad domla uni ko‘riboq, labida nim tabassum bilan do‘rilladi:
– Hov, oltin kokilim, bitta bo‘sh stul topib, bu yoqqa kel!
Davramiz yana bir kishiga ko‘paydi…
– Manavi oltiariqlik bolani taniysanmi? – men tomonga ishora qilib so‘radi Said Ahmad domla.
– Buningizdan ko‘ra Gulmatni yaxshiroq bilaman, – deya, bir qoshini yuqorilatgancha, menga tamtamlanib qiyaladi Nosir aka. – Shogirdning sal semizrog‘ini topmabsiz-da, oqsoqol.
– Sariq bo‘lgandan ko‘ra oriq bo‘lgan yaxshi, – deb mutoyiba qildi hozirjavob ustoz.
Yengil kulgi o‘rmaladi.

Anvar Obidjon

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Forwarded from OYINA.UZ
Oyina.uz jurnalisti Nargiza Odinayevadan yangi kitob – “Muallaq lahza”

📚 Kitob Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.

Batafsil: http://oyina.uz/uz/posts/17766

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Savol_javob

Himoyaga chiqqanning hammasi ham olimmi?

Zamon o‘zgarmoqda. Shu bilan birga, badiiy tafakkur ham, adabiyot ham yangilanish yo‘lidan borib, tamoman o‘zgacha ifoda shakllarini taqdim eta boshlaganiga ancha vaqt bo‘ldi. Xo‘sh, adabiyot o‘zgarayotgan ekan, uni o‘rganuvchi soha – adabiyotshunoslik va uning metodlari ham o‘zgardimi? Yangi ijodkorlar avlodiga mos ravishda tanqidchilarning ham yangi avlodi shakllanmoqdami?

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/suhbat/himoyaga-chiqqanning-hammasi-ham-olimmi-2/

@yoshlikjurnali
#Qutlov!

Bahodir Bahrom 1990-yil 11-iyulda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Palandara qishlog‘ida tug‘ilgan. 2006-2010-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Qashqadaryo”, “Ma’rifat”, “Mahalla” gazetalarida faoliyat yuritgan. “Eng suluv armon”, “O‘ttizinchi fevral” nomli she’riy kitoblari chop etilgan.
Jurnalimiz jamoasi shoirga ijodiy parvoz tilaydi.

* * *
Qancha suvlar oqdi o‘zani bo‘ylab,
Yuz yilki, chinorlar to‘kar salobat.
Giryon bo‘zlaydirman falakka bo‘ylab,
Qachon meni yo‘qlab kelasan, omad?

Qarg‘aday lafzimni tuproqqa ko‘mdim,
Egildi Alpomish kelbatli qomat.
Yurakni changallab, ko‘zimni yumdim,
Qachon meni yo‘qlab kelasan, omad?

Lochin tirnoqlilar o‘tdilar ezib,
Shukrlar bo‘lsinki, ruhim salomat.
Yurakdan bir tuyg‘u oqyapti sizib,
Qachon meni yo‘qlab kelasan, omad?

Umrimga muhabbat shabnamday qo‘ndi,
Shabnamday titradi dilda sadoqat.
Ko‘nglimda hayotga muhabbat undi,
Qachon meni yo‘qlab kelasan, omad?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Tadqiq

Yangi davr she’riyatining Cho‘lponi

Ayni ijodi gullagan davrida mustabid tuzum qurboni bo‘lgan xalqimizning o‘tyurak farzandi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ijodiga, shaxsiyatiga qiziqish hech qachon so‘nmadi. Adib merosi, ayniqsa, istiqlol yillari yurtimizda, shuningdek, xorijda ham katta qiziqish bilan o‘rganila boshladi. Tatariston xalq shoiri Radif Gatashning Cho‘lponga bag‘ishlangan maqolasi fikrimiz isbotidir. Quyida maqola qisqartirib e’tiboringizga havola etilmoqda.

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/tarjima/yangi-davr-sheriyatining-chulponi/
@yoshlikjurnali