“Yoshlik” jurnali
1.9K subscribers
2.25K photos
172 videos
34 files
2.99K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#Nasr

Yolg‘iz odam

Xullas, otam boqqa ketmay, men o‘rin-ko‘rpalarni yig‘may, bobom zikrini boshlashga ulgurmay darvoza vazifasini o‘tovchi g‘ov yog‘ochdan uzun bo‘yli, qomatiga judayam yarashib tushgan kostyum-shim kiygan, yoshi oltmishdan oshgan bo‘lishiga qaramay o‘zini yaxshi saqlagan xushsurat kishi hatlab o‘tdi.

Bobomning huzuriga har kuni o‘nlab mehmon kelishiga o‘rganib qolgan bo‘lsak-da, bunchalik erta tashrifdan biroz ajablandik, rosti.

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz
Ushbu misralar muallifi kim?

Kelarmidim aqlim bo‘lsa joyida, Rohat tilab kelgan joyimga boqing. Ichaman deb dunyoning ko‘k choyidan, Kosa-kosa yutgan “voy”imga boqing…
Anonymous Quiz
25%
Alisher Sabriy
33%
Shahriyor Shavkat
20%
Niyatullo Elbek
22%
Rahmat Bobojon
#Tadqiqot

“Bir soat, ijozat ayla, quvonay…”


Yomg‘ir qachon tig‘ga aylanadi?! Sevilmagan inson dastlab og‘rinadi, bu og‘riq g‘azabga, g‘azab o‘chkorlikka, nafratga aylanib boradi. Shoir shu jarayonni anglatar ekan, sevilmagan bu oshiqning yomg‘irga evrilganini ifodalaydi. Faqat o‘ta g‘azabnok holatda, ya’ni shitob bilan yog‘ayotgan yomg‘ir tomchidan tig‘ga aylana oladi. Sevilmasa-da, sevgani sabab seviklisining yashirinishini so‘ramoqda, buni “Zinhor senga, ey yor, yomonligim yo‘q” deb ta’kidlamoqda. She’rning ikkinchi qismida yomg‘irga aylanib, tuproqqa singgan oshiq “Tindimmi, indimmi, oxir-ul kalom” deb o‘z holati o‘zgarganini, g‘azabidan tushganini ifodalab, maysa, chechaklarga “yorimga salom ber” deb o‘tinmoqda.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
Ushbu misralarning muallifi kim?

Deding: seva olasanmi oʻzingdan kechib, Manguga tushdayin boʻlsam gar gʻoyib? Tasavvur charxfalak kosalariga Yodingni quyarkan umrimni sogʻib…
Anonymous Quiz
16%
G‘ulom Mirzo
42%
Xurshid Davron
34%
Aziz Said
9%
Rustam Musurmon
#nishondasiz!

“Cambridge sertifikati” universitetga kirishingizga yordam berishi mumkin, ammo savodxon bo‘lishingizga nafi tegmaydiganga o‘xshaydi.

(Otabek Safarovning facebookdagi sahifasidan olindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Yana ko‘zmunchoqday g‘ildiraydi vaqt,
Yana yuragimga yuklar vazifa.
Dunyo shovqinidan yetmasin deb zarb,
Oyni ham mehri-la uxlatgan onam.

Yana olmos kabi charxlanar sabr,
Yana haddan oshar umid bechora.
Qaro nigohlardan o‘lmasin deb qalb,
Ishqimning ko‘ziga uyqu begona.

Qaddim shay ruhimga tirgak turgani,
Lek ilhom qo‘lida hamon tutqunman.
Ko‘nglim yig‘lagani – ko‘zim kulgani,
Ne baxt, dunyolardan ozod bir qulman!!!

Himmatoy NOZIMOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#hozir_javob

– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Nargiza Odinayeva: – Bu savolga javob berishdan oldin “halovat” tushunchasiga to‘xtalsam, chunki har bir ijodkor uchun yozish – halovat. “Qaysi jihati bilan halovat bo‘lsin?” degan savolga, halovat insonning o‘zi uchun yetmagan moddiy va ruhiy unsurlarni qabul qilishi hamda ortiqchasini chiqarib yuborishi, deb javob berish mumkin.
Dabdurustdan yozishga o‘tirish qorin ovqat istamagan payti dasturxon yozishdek gap. Kuzatgan bo‘lsangiz, ochiqib ovqatlangan odam ma’lum darajada halovat topadi, aksincha, to‘q qorin bilan dasturxonga o‘tirgan odamning taomlanishida hafsalasizlik yaqqol ko‘rinib turadi. Yozishdan oldin, ta’bir joiz bo‘lsa, “madda” to‘planadi (qo‘polroq o‘xshatish, bu holni boshqacha nomlayolmadim). O‘sha madda me’yoriga yetib pishgach, yoriladi: shu paytda odam ko‘zi charaqlab ochilganini his qiladi. Men uchun ehtiyoj ana shu daqiqadagi holat. Mabodo, o‘sha “madda” to‘planmasa-chi? Unda yozishdan halovat ham, ma’no ham yo‘q.

@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar

Kutish


Osmon kulaverdi,
Poyimga cho‘kdi
tunning tovonini erkalagan yer.
Xazonlarni tutib, ko‘zimni yopdim,
Endi ko‘zlarim ko‘r,
Qo‘rqmay kelaver.

Men qo‘rqoq ruhimni olovda yoqdim,
Beixlos tanimda tatimadi nur,
Bag‘ri ko‘k,
Ko‘ksi ko‘k,
Osmoni ko‘m-ko‘k
Tog‘larga oshiqqan ko‘nglim behuzur.

Men halovat istab, bir safo istab,
Bir yo‘lga haliyam tushmagan odam.
Men ko‘nikib bo‘ldim, men ko‘nib bo‘ldim
Ko‘rmagan kunimni ko‘rganimga ham.

Bir taskin sado ber, ey yorijonim,
Hurlarga ko‘nglimdan afsun o‘qib ber,
Sehrgar oqshomlar tonglarni o‘pdi,
Endi halovat yo‘q,
Endi kelaver...

Sevinch Abdazova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mitti_hikoya

Yolg‘on

Og‘ir sumkalarni ko‘targan ayol taksi to‘xtatdi. Yonida bolasi. Manzilga yetib borishganda kirakash odamgarchilik yuzasidan ayolning sumkalarini ko‘tarishib eshigigacha olib bordi. Bolakay to‘xtab unga savol berdi:
– Siz dadam bo‘lasizmi?
Erkak tushunmay, bolaning onasiga qaradi.
Ayol dovdirab qoldi. U dadasining qayerdaligini ko‘p so‘raydigan o‘g‘liga doim “Otang bir kun uyimizga keladi. Uning mashinasi bor” derdi. Dadasi ularni tashlab ketganda bolakay juda kichkina edi...

Sitora AZIZOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Ulug‘bek Hamdamning she’ridan olingan ushbu parchada nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.

Dunyolar bazmidan …….. qochdim men, Ruhimni ruhingga sezib ochdim men, Poyingga umrimni ……. sochdim men, Sezmayapsanmi?..
Anonymous Quiz
7%
Yomon, guldek
28%
Bezib, sevib
7%
Yomon, sevib,
58%
Bezib, guldek
#mulohaza

Xayriyat, uyg‘onmadi!

Dunyo. Xuddi toshbaqaga o‘xshaydigan g‘alati va sehrli xilqat... Uxlamoqchi bo‘lsa, kichkintoy qo‘llarini Quyosh chirog‘iga sekin uzatadi va pishillab uxlab qoladi, u bilan bag‘ridagi sakkiz milliard mardum ham uyqu ayiqchasini bag‘riga bosadi. “Azal va abad yo‘li”da dunyo onaga o‘xshatiladi... Ha, dunyo – ona... Dunyo deganda, ko‘zlarim o‘ngida cheksizlik qa‘rida “sarson gizgizlagan”, sabr ila mushtipar nigohini Allohning rahmatiga tikkancha, og‘irlashib borayotgan dardlari – bolalarini zo‘rg‘a ko‘tarib, jim yashaydigan, goho o‘ziga o‘zi o‘ranib kapalakday ma’sum uxlaydigan, yum-yumaloq Yer sharimizni aytyapman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
#latifa

Talaba shoir


Talaba yigit yaxshi ko‘rgan qizi bilan do‘konga kirib, narsa xarid qildi-da o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchiga:
– Qaytimi kerak emas! – desa.
Sotuvchi:
– Pulingiz kam chiqdi, to‘xtang! – deb qolsa bo‘ladimi…

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar

Umr


Umr – dengiz, to‘lqinlar aro
G‘arq bo‘ladi harakatsizlar.
Odam zoti hayot ekan to,
Baxtiyorlik sohilin izlar.

Umr – dengiz, uning bag‘riga
Qismat durlar aylagan nihon.
Yetib borib bir kun qa’riga,
Olib chiqqum javohir, marjon.

Umr – dengiz, dolg‘alari ko‘p,
Mashaqqatdir manziling qadar.
Yutib ketar to‘lqin, taloto‘p,
Tushib qolsang domiga agar.

Umr – dengiz, mavjlanib goho,
Jilvalari olar hushingni.
Aldanmagin unga mutlaqo,
Suvga aytib yurma tushingni.

Feruza RAHMATOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#hozir_javob

– Yaratish va aks ettirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni biz badiiy ijod jarayonida ko‘ra­miz. Sizningcha ham, adabiyot hayotning in’ikosimi?


Guljamol Asqarova: – Adabiyot hayotning in’ikosi ham, aynan o‘zi ham emas. Adabiyot hayot bilan omixta, uyg‘un, shu bilan birga, ilohiy va ruhoniy olam bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Yashalgan tuyg‘ular, fojialar, zamiriga bashariy bir iztirob singigan quvonchlar va ruhiy larzalardan adabiyot yaraladi.
Adabiyot hayot qanday bo‘lishligi yoki bo‘lmasligi kerakligi haqida ham, yetishib bo‘lmas hayot haqida ham so‘z ayta oladi. Men adabiyot­ni hayotning ilohiy bir qo‘shig‘i deb o‘ylayman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
Ushbu misralarning muallifi kim?

Cheksiz osmoningda porlar yulduzim, Yo‘lingni yoritgay yorug‘ kunduzim. Muazzam daraxtman saodatga g‘arq, Sening yuragingda mening ildizim…
Anonymous Quiz
15%
Muhayyo Rustam
25%
Gulnoz Mo‘minova
57%
Guljamol Asqarova
3%
Nilufar Jabborova
#munosabat

Millat taraqqiyoti, ma’rifati, tamadduni ochun ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta, albatta.
Bugungi kundagi shunday ijtimoiy-adabiy jurnallardan biri “Yoshlik”dir. 1982-yildan buyon bosiladigan bu jurnal o‘tgan vaqt davomida ko‘plab iste'dodlarni kashf etdi. Mustaqillikdan avval ham Tog‘ay Murod, Shavkat Rahmon, Murod Muhammad Do‘st va yana bir qancha ijodkorlarning o‘lmas asarlari ilk marotaba aynan “Yoshlik” jurnalida muxlislar e'tiboriga havola etilgan.
Bundan tashqari, jurnalda yoshlar uchun foydali asarlardan tarjimalar, ustoz ijodkorlar bilan jurnalistik suhbatlar ham berib boriladi.
Shaxsan o‘zim ham maktab paytidan boshlab jurnal orqali Nigora Muhammad, Parizoda Ro‘ziboyeva, Bobomurod Sa'dullayev, Mahliyo Xurram, Bayram Ali va boshqa ko‘plab ijodkorlar ijodi, asarlari bilan tanishdim.
2024-yilning 5-sonida o‘zimning ijodiy ishlarim e'lon qilinishi esa kutilmagan va quvonchli hodisa bo‘ldi. Chunki oddiy maktab o‘quvchisining she'riy mashqlari ustozlar imtihonidan o‘tib, tahririyat talablariga javob berib, jurnal sahifalarida joy olishi quvonarli holat. Zotan, ijodkorning ko‘ngil so‘zlari, qalb kechinmalari jurnal sahifalari orqali qanchadan qancha dil sahifalariga ko‘chadi...
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, “Yoshlik” chin ma’noda iste'dodlarni kashf etadigan va ko‘ngillarga so‘z yog'dularini ulashuvchi ko‘ngilnomadir!

Rayhona Davronova
#latifa

Tejamkorlik


Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
– Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan
Talaba:
– 2000 so‘m tejab qolish uchun
Kishi:
– Undan ko‘ra, taksining orqasidan yugur, 20 000 so‘m tejaysan!

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz