“Yoshlik” jurnali
5.12K subscribers
2.99K photos
208 videos
34 files
3.68K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
Koʻring, tinglang...
#Mehmon

Dargohimizdan hechkim norizo bo‘lib chiqmagan

Kuni kecha Sirdaryo viloyatidan bir guruh yosh ijodkorlar “Yoshlik” jurnali tahririyati mehmoni bo‘ldi. Jurnalning tarixi va buguni bilan qiziqdi. Sovg‘a sifatida yosh ijodkorlarga jurnal taqdim etdik.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov!

Feruza Xayrullayeva 1993-yili 19-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” ruknida “Qaqnus parvozi” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.

Jamoamiz bilan muborakbod etamiz. Ijodiy parvozlar tilaymiz!

IQROR
Samo tomon qo‘lim muallaq,
Titrog‘idan adashdi kiprik.
Nilufarga aylanib olib,
Qayg‘um aro shodligim tirik!

Suratingga tikilib turib,
Yashab berdi ming yillar tuyg‘u.
O‘shanda ham kulib turgancha
Yana ming yil yashadim – may – bu!

Kuchga to‘ldim,cho‘qqilar qolib,
Yuksaklasa tuprog‘ingda tan.
Men daraxtday yashagim keldi,
Zamin axir daraxtga vatan!..

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Mushohada

Tengdoshlarim ijodiga nazar

Surxon vohasidan ishtirok etgan Sadoqat Ergasheva to‘rt kun mobaynida menga eng yaqin hamroh va dildosh bo‘ldi. Bu qizning o‘qish va ish faoliyati bilan tanisha turib, bo‘lajak olimaligini bilib oldim. Ayni paytda Termiz oliygohida o‘zining ilmiy izlanishlarini olib borayotgan Sadoqat uchun she’riyat, ijod eng sevimli dunyosiga aylanganini his qilish mumkin. Men shoirlik va olimlikning bir ko‘ngilda yaralishi mumkinligiga biroz shubha qilardim. Biroq Sadoqatning she’rlarini o‘qib, adashganimga amin bo‘ldim.

Soat chiqillaydi…
Tashqari zulmat.
Qorong‘i sukunat alla aytadi.
Mening yuragimda qandaydir xilqat,
Ko‘zingni ziyorat qilib qaytadi.

Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/tadqiqot/tengdoshlarim-ijodiga-nazar/

@yoshlikjurnali
#Nasr

Yolg‘iz odam

Xullas, otam boqqa ketmay, men o‘rin-ko‘rpalarni yig‘may, bobom zikrini boshlashga ulgurmay darvoza vazifasini o‘tovchi g‘ov yog‘ochdan uzun bo‘yli, qomatiga judayam yarashib tushgan kostyum-shim kiygan, yoshi oltmishdan oshgan bo‘lishiga qaramay o‘zini yaxshi saqlagan xushsurat kishi hatlab o‘tdi.

Bobomning huzuriga har kuni o‘nlab mehmon kelishiga o‘rganib qolgan bo‘lsak-da, bunchalik erta tashrifdan biroz ajablandik, rosti.

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz
“Yoshlik”jurnalining 2023-yilgi 1-sonida “Demak…” nomli nasr namunasi qaysi janrga mansub?
Anonymous Quiz
33%
A) Esse
24%
B) Hikoya
36%
D) Novella
7%
E) Qissa
#Fikr

Adabiyot hayotga taqlid qilmaydi, uning oldida ketadi, unga istagan yechimni beradi.

Oskar Uayld

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Latifa

Shoirning davosi

Bir shoir tabibning qoshiga kelib arz qildi:
– Ey tabibi hoziq, bir narsa yuragimda tugun bo‘lib turibdi. Shuning javridan butun vujudim azob chekayotganga o‘xshaydi. Bir iloji bormikan?
Tabib ham zarifgina (nozik fahmli, xushta’b) kishi edi, dedi:
– Bo‘lmasam-chi, olamda dard yo‘qki, uning davosi bo‘lmasa. Xo‘sh, hali hech kimga o‘qib bermagan she’ring bormi?
– Bor, – dedi shoir.
– O‘shani o‘qi.
Shoir she’rini o‘qishga kirishdi. Tabib uni maqtab, tahsinlar aytdi. Keyin o‘sha she’rni yana bir marta, yana bir marta o‘qishni iltimos qildi. Shoir she’rini uch karra o‘qib bergach, tabib dedi:
– Endi bor. Senga shu shifo. Yuragingda tugun bo‘lib turgan narsa shu she’ring edi. Ana, endi yozildi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Uchrashuv

* * *
Men yomg‘irga singilman, bilsang,
Og‘am – chaqmoq, ko‘kni yoqadi.
Tomirimda sokinlik bilan
Gulduraklar to‘lib oqadi.

Shamol – inim, yaproqqa qo‘shib,
Tuyg‘ularni uchirar gohi.
Osmon – opam, bir yig‘lar to‘lib,
Yo jimgina kechirar gohi.

Maysa bilan egizak ruhim
Ibodatda oqibat tilar.
Yuragimda o‘sgan gullarning
Tilin faqat oymoma bilar.

Kabutarlar bilan ulg‘aydim,
Qanotlarim hali kichkina.
Mehr tama qilgan dillarga
Qo‘l siltayman yig‘lab jimgina.

Yuragimda tog‘ning muhri bor,
Ichib bo‘ldim barcha g‘ussani.
Qabul qila olasanmi, ayt,
Shunday ko‘ngli baland kimsani?!.

Saodat FAYZIYEVA

@yoshlikjurnali
#Sevimli_shoira

Sen kelding

Sen kelding, ko‘zimda gulladi bahor,
Qalbimda qiqirlab qo‘ydi yalpizlar.
Yaldolar kun bo‘ldi, shom esa sahar,
Kulgi lablarimdan boshpana izlar.

Sen kelding, kaftingda eridi g‘amlar,
Dovud ilkidagi temir singari.
Mehring olovidan o‘t olgan shamlar,
Yo‘limni yoritdi mendan ilgari.

Sen kelding yonmoqqa shavq bo‘ldi bois,
Ibrohim olovin rohatin tuydim.
Har bir sharorimdan gul ochdi ildiz,
Ishqing sajdasiga boshimni qo‘ydim!
Sen kelding!
Sen kelding!!
Sen kelding!!!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
“Yoshlik” jurnalining 2023-yil 2-sonidan o‘rin olgan qaysi hikoya “Atoqli yozuvchimiz Sobir O‘narning porloq xotirasiga bag‘ishlayman”, deb ataladi?
Anonymous Quiz
39%
A) “Eshik ortidagi odam”
27%
B) “So‘qirlar”
29%
D) “Odamning soyasi quyoshga tushti”
5%
E) “To‘xtasin”
#Jurnalimiz_arxividan

Adabiyot darg'alari... Kimlarni tanidingiz?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Latifa

Shoir o‘g‘risi

Bir kuni hakim Anvariy Balx bozoridan o‘tib borar edi. Qarasa, bir joyda xalq to‘planib turibdi. Shoir u yerga borib ko‘rdiki, bir kishi Anvariyning qasidalarini o‘z nomidan o‘qib, hammani og‘ziga qaratib turardi. Xaloyiq uning she’riyatdagi salohiyati va o‘qishiga ofarin der edilar. Anvariy u kishiga murojaat qilib dedi:
– Ey, kimning she’rlarini o‘qiyapsan?
– Shoir Anvariyniki.
– Anvariyni taniysanmi o‘zi? – dedi Anvariy.
– Qiziq ekansan-ku, – dedi u kishi, – Anvariy menman-da.
– Yo alhazar, – dedi Anvariy yoqasini ushlab. – Men she’r o‘g‘risini eshitgandim-ku, ammo hanuzgacha shoir o‘g‘risini ko‘rmagan edim.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Uchrashuv

Bu oqshom

Uchrashsak keng, g‘arib ko‘chada,
Ko‘rishsak to‘lganda paymona,
Bir yupanch axtarib kechadan,
Kezarmiz malak va devona.

Qarasang, bu oqshom oy to‘lgan,
Ul tomon burqsiydi sigorim...
Quloqqa pichirlab aytilgan
She’rlarni yozib ol, nigorim.

Yo‘qolgach sog‘inching mazmuni,
Botining kulgilar otmasmi,
Yig‘lama, ko‘zlari mahzunim,
Samoning yig‘lashi yetmasmi?!

Feruza ranglarga burkanib
O‘ptirsa bir malak mastona,
To‘lsa-da dunyoning bir kami,
Bu dunyo – ostona, ostona...

Qarasang, bu oqshom oy to‘lgan,
Ul tomon burqsiydi sigorim.
Quloqqa pichirlab aytilgan
She’rlarni yozib ol, nigorim.

Humoyun FATTOH


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov!

Bugun shoir Faxriddin HAYIT tavallud topgan kun!

U 1980-yili Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. “Ilinj”, “Har yurakda bir Vatan”, “Ishqim senga havola”, “Tong tushlari” va bolalar uchun “Shokoladli tush” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan.


Ishq

Ba’zan guldek yoyib atringni,
Ko‘ngillarni etasan bandi.
Ba’zan baland tutib qadringni
Qoldirasan dillarda chandiq.

Ba’zan taxir tomchidek qalqib,
Qaroqlarda ko‘rinasan, Ishq.
Ayon, axir, jafokash yolqin,
Sen yashashga urinasan, Ishq!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz