“Yoshlik” jurnali
5.1K subscribers
2.95K photos
207 videos
34 files
3.65K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
Abdulla Oripov
Ba’zan menga savol berishadi:
— Iste’dodingiz bor. She’ringizni qadrlaydigan badavlat turkiy nashriyotlar yer yuzida mavjud. Madomiki, shuncha qiyinchilik bo‘lgan ekan, nega siz o‘z qadringizni bilib, vaqtida chet elga chiqib ketmadingiz?
Javobim doimo bitta:
— Yurtdan mosuvo bo‘lganlarga taqdir o‘zi javob bersin. Biroq... shunga imonim komilki, biron-bir o‘zbek chegaraga yetib turganida «ket!» deb orqasiga tepishgan taqdirda ham yo chalqancha va yoki yuztuban Vatan tuprog‘iga yiqiladi. Menimcha, buning izohiga hojat bo‘lmasa kerak...
Xullaski, har bir she’rning yozilish tarixi ko‘pdan-ko‘p hodisalar bilan bog‘liqdir. Shu kunlarda kamina ona tilimizning mavqeini ta’minlash hukumat qo‘mitasining mas’ul a’zosiman. Xo‘sh, o‘sha malomatlar o‘rinli bo‘lganmikan?
Menimcha, bu illatlarning barchasiga aslida muhit aybdordir.

“Yoshlik”1992/7/8

@yoshlikjurnali
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi

Muqovada Muhammadqodir Abdullayev Olimpiada va jahon chempioni.

@yoshlikjurnali
#Tomoshabogdan

Bir chet ellik kishi Aleksandr Dyumaning avlod-ajdodi bilan qiziqib qoldi.
– Janob Dyuma, ayting-chi, siz chindan ham mulatmisiz!
– Ha, bu to‘g‘ri, – dedi Dyuma yashirmasdan.
– Otangiz kim bo‘lgan!
– Kim bo‘lardi, mulat bo‘lgan-da.
– Buvangiz-chi! – so‘radi chet ellik.
– Buvam negr bo‘lgan, – dedi yozuvchi.
– Buvangizning otasi kim bo‘lgan!
– Maymun bo‘lgan, – dedi jahli chiqib Dyuma, – ha, ha, chindan ham maymun bo‘lgan. Mening shajaram sizning shajarangiz tamom bo‘lgan joydan boshlanadi.
Nemis tilidan Yo‘ldosh PARDAYEV tarjimasi
"Yoshlik"/1986-yil 4-son

@yoshlikjurnali
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi

Mahoratli tarjimon, benazir adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurovning menga yozgan maktublari, jumladan shunday so‘zlar bilan boshlangan:
“Hurmatli Ne’matjon! Xatingiz va hikoyangizni oldim. “Kafolat” ancha chuqur hikoya bo‘libdi. G‘oyasining o‘zi juda hayajonli. Siz hikoya uchun zarur so‘z, zarur ohangni yaxshi topa olasiz. Chol ham, yigit ham, va ayniqsa, Behi nozik, ta’sirli chiqibdi. Hikoyani o‘qib hanuzgacha uning ruhi haqida o‘ylanib yuribman. Sizni chin badiiy hikoya bilan tabriklayman, Ne’matjon! Agar shuning yoniga yana ikkita hikoya qo‘shsangiz, “Yoshlik”ka tavsiya qilish mumkin edi”. Jurnalda bir turkum hikoyalaringiz chiqsa soz bo‘lardi”.
Ibrohim G‘afurov.
20.11.1986. Toshkent.

@yoshlikjurnali
#Yoshlik_jurnalining_40_yilligi

Xodimni qanday kuzatish kerak

Kunlardan bir kun Bosh muhrrir Odil aka gazeta xodimlari – Yoqubjon Xo‘jamberdiyev va Ashrali Jo‘rayevlar bilan kafeda tushlik qilishayotgan edi. Ustozning sahovati va taklifi bilan qittay-qittay konyak ichishadi. Gap orasida Yoqubjon “Yoshlik” jurnaliga ishga o‘tayotganini aytib qoladi. Bu xabarni oldindan eshitgan Odil aka konyak quyilgan qadahni olib, sobiq xodimiga shunday tilak bildiradi:
− U yerda yaxshi ishlang¸ yaxshi narsalar yozing. Jurnaldan ko‘tarilib ketayotganingizda. Bosh muharrir Sizni konyak quyib kuzatsin!

Sh.O

@yoshlikjurnali
Yomg‘ir yog‘sa qanday yoqimli,
Yaproqlarning ko‘zida quvonch.
Men topshirdim yolg‘iz jonimni, Novdalarga bildirib ishonch… Ushbu she’riy parcha qaysi shoir qalamiga mansub?
Anonymous Quiz
22%
Elbek Erkin
43%
Elyor Murod
15%
Elyor Haydar
19%
Erkinjon Xojimamatov
#Ibrat

Go‘zallik

U juda go‘zal qiz edi. Tashlab ketdi… Yigit ikki yil o‘ziga kelolmadi. Nihoyat, yaqinlarining qistoviga qarshilik qilishga kuchi tugadi. Uylandi.
Oradan besh yil o‘tdi. Yer aylanaverib odam-odam bilan uchrashar ekan-da. Restoranda sobiq sevishganlar bir-biriga termulib qolishdi. Qiz hamon o‘sha-o‘sha jozibali. Ammo xotinichalik go‘zal emas edi.

Shohrux NE’MATOV

@yoshlikjurnali
#ona_tili_jonu_dilim

Abdulla Oripov: «ONA TILIM» (1965-yil)
— Bu she’rning tarixi juda uzun. Sakkiz qatorlik shu she’r boshimga sakkizta bomba bo‘lib tushishini tush ko‘ribmanmi?
Hozirgi yoshlar ona tilimizga Davlat tili maqomi berish haqidagi Qonunni hatto uddalab bajara olishmayapti. U mahallarda-chi?..
She’r chiqqach, «Hali sening ona tiling bormi? Hali sen jahon sotsializmi g‘oyasiga qarshimisan? Ota-onang kim? Qaysi millatchining bolasisan?» — degan bir dunyo tazyiq ostida qolganmiz.
Har qanday millatda ham xolis va ulug‘ siymolar, albatta, uchraydi. Shundaylardan biri rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Tvardovskiy edi. Ushbu unutilmas inson o‘sha mahallarda mening uch-to‘rtta she’rim atrofidagi mojaroni eshitgan, dunyoga dong‘i ketgan ustozlar aralashgach, shu she’rlarimning ruscha tarjimasini «Novmy mir» jo‘rnalida e’lon qilgan...
Katta minnatdorchilik bilan bir gapni aytib o‘tishim kerak: balki qamashga, balki meni yo‘q qilib yuborishga asos bo‘ladigan o‘sha uch-to‘rtta she’rim, ya’ni «Ona tilim», «Minorai kalon tepasidagi laylak», «O‘zbekiston» kabi tizmalar Aleksandr Tvardovskiy hamda Qaysin Quliev yordami bilan markaziy nashrlarda bosilib chiqmaganida edi, o‘shanda taqdir charxpalagi qayoqqa qarab aylanib ketishi mumkinligini men hozir hatto tasavvur ham qila olmayman.

"Yoshlik"/1992/7-8
@yoshlikjurnali
#ona_tilim_jonu_dilim

Ona tilimga

Oktabr–oktyabr – arosat fasl,
Tugal bir mezon yo’q, qonun yo’q, kor yo’q.
Qasddan tahqirlanib kelding muttasil,
Seningdek to’kis yo’q, sendek afgor yo’q.

Pishmagan mevasan, na bahor, kuzsan,
Kimga nima foyda bor-u yo’qliging?
Ilmiliq xayolsan, na olov, muzsan,
Na tirik, na murda – sevgim, ko’hligim.

Ayoldek ulug’san, ayoldek nochor,
Faqat bayramlarda tushasan yodga.
Ongimni g’ajiydi dahshatli savol:
Ayt, qachon qaytasan, yorug’ hayotga?!

Mehrinoz

@yoshlikjurnali
#ona_tilim_jonu_dilim

O‘g‘limni o‘zbekcha maktabga berdim

Garchi tug‘ilganda meros qilinib
Bu til berilgandir har o‘zbek zotga.
Mehmonga asralgan zar to‘shak kabi,
Bir yilda bir marta olamiz yodga.

Ona tilim, deymiz takror va takror,
Biroq xatolarsiz yozmaymiz xatni.
“-ni” va yoki “-ning”mi? Nima farqi bor?
Ona tilda to‘liq aytmaymiz gapni...

Bir yilda bir bora qilamiz bayram,
Eslaymiz shu til deb fido zotlarni.
Shiorlarni ilib, g‘ururdan yayrab
“Yopamiz” til haqda hisobotlarni...

Garchi so‘zshunosman, lekin tilimdan
Na begona giyoh, na tikan terdim.
Boshqa ish kelmadi, netay, qo‘limdan:
O‘g‘limni o‘zbekcha maktabga berdim.

Sitorabonu

@yoshlikjurnali
#ona_tilim_jonu_dilim

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga ana shunday borishgan.

@yoshlikjurnali
#Qutlov!

Jamoliddin Badalov – 1989-yili 22-oktabrda tug‘ilgan.
Farg‘ona davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi.

Onam

Kelgunimcha yo‘l qarab,
Uyqusi o‘chgan onam.
Yarim tunmi yo sahar
Darvoza ochgan onam.

O‘lim – qisqa judolik,
Jovdirab jannatda ham
Bolam qani, Xudo, deb,
Darvoza ochgan onam.

Savol

Yodingdami paxta, Yozyovon?!
Eslaysanmi eski shiyponni?
Shtab, qizlar, qiy-chuv, to‘polon,
Dala-dashtlar yodingda bormi?

Mo‘yqalamda chizilgan shafaq,
Bilqillagan dala yo‘llari.
O, o‘shanday zarif manzara
Hayotimda qaytib ko‘rmadim!

Tutqatorlar qolganmi hozir,
Tebranarmi tunda shuvoqlar?
Olis-olis yoqlarda yonib,
O‘charmikan milt-milt chiroqlar?

Esingdami, balog‘at fasli,
Qizil boshmoq, sariq ko‘ylaging.
Qo‘ytikandan ayiqcha yasab,
Etagingga solib qo‘yganim...

Quvonchimga qorishiq g‘ussa,
O‘ttizimda sochim oqardi.
Birov seni uchratdim desa
Ishongisi kelmas odamni.

Men nahotki aqldan ozdim,
Haqiqatan bormiding, nigor?!
O‘sha kunlar bo‘lganday rostdan
Tushlarimda shovullar chinor...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Yoshligimdan sevaman men Ozodani,
Suluvlarning sardori – xonzodani.
Yo‘latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, Ozodani...

@yoshlikjurnali
Olloyor BEGALIEV

SHE’RLARIM G‘O‘R, EPLAMA
AHAD QAYUMga
“Shu kunlarda kimnidir,
Sevib qolgim kelyapti”
“Sevib qolgum” she’ridan

* * *
Oy to‘lgani sababmi,
Ko‘zga ko‘zni qadabmi,
Yig‘ishtirib adabni
Shu kunlarda kimnidir,
Ushlab olgim kelyapti.
Qizning mayda odimi,
Sal aqlimni oldimi,
DANning o‘jar xodimin
Mushtlab olgim kelyapti.
Vetvrachga borsammi?!
Folbinga dil yorsammi?!
Yoki Marsda qolsammi?!
Qishlab olgim kelyapti.
She’rlarim g‘o‘r, eplama,
Ijodkorni cheklama,
Maqsadim pul – reklama,
Ishlab olgim kelyapti...

“Yoshlik” 4/2014

@yoshlikjurnali
Do‘xtirga bormaslikning sababi

Mashhur ingliz adibi Bernard Shou vrach qabuliga borib, oyog‘i og‘riyotganidan shikoyat qiladi.

– Oyog‘ingiz qanchadan beri bunday ahvolda? – deb so‘raydi do‘xtir.

– Ikki haftadan beri, – deydi Shou.
– Ikki haftadan beri singan suyak bilan qanday yurdingiz?! Nega ilgariroq kelmadingiz? – deydi vrach hayratlanib.

– Bilasizmi, doktor, – deb o‘zini oqlagan bo‘ladi yozuvchi, – qachon bir joyim og‘riyotganini aytsam, xotinim chekishni tashlashimni talab qila boshlaydi...

Orif Tolib tayyorladi.

@yoshlikjurnali