Yangi kun
Bulut ko‘kda suzar ohista,
Azon yangrar, soat urar bong.
Ibodatga shoshilar ana –
Oppoq ro‘mol o‘ragancha tong.
Tomchiladi rahmat yomg‘iri,
Yer taftidan olgancha bahra.
Bulut taslim bo‘lib oxiri,
Quyoshda ham ochildi chehra.
Ko‘ngil ichra porladi umid,
Ma’sud kunga yetdim, yo Olloh.
Uyg‘ondi dil, sen o‘zing shohid,
Go‘dak kabi bu tong begunoh...
Zilolabonu
@yoshlikjurnali
Bulut ko‘kda suzar ohista,
Azon yangrar, soat urar bong.
Ibodatga shoshilar ana –
Oppoq ro‘mol o‘ragancha tong.
Tomchiladi rahmat yomg‘iri,
Yer taftidan olgancha bahra.
Bulut taslim bo‘lib oxiri,
Quyoshda ham ochildi chehra.
Ko‘ngil ichra porladi umid,
Ma’sud kunga yetdim, yo Olloh.
Uyg‘ondi dil, sen o‘zing shohid,
Go‘dak kabi bu tong begunoh...
Zilolabonu
@yoshlikjurnali
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
#siz_kutgan_xabar
"Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘ladi?
Tez kunlarda "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi. Tanlovning qaysi kunda bo‘lib o‘tishi yuqoridagi jadvalda viloyatlar kesimida ko‘rsatilgan.👆👆
Ma'lumot uchun: To‘rtinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylari davomida quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1️⃣“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2️⃣“Tezkor savol-javob” sharti.
✔️Shartlar bilan batafsil tanishish:
🔎https://t.me/yoshkitobxonuz

Tanqid va ziyofat
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida taniqli adib Dadaxon Nuriyning yangi asari muhokama qilinadi. So‘zga chiquvchilar asarning yutuq va kamchiliklari haqida fikr-mulohaza bildiradilar. Ustoz Erkin Vohidov asar qayta ishlanganda muallifga asqotar deya ko‘proq kamchiliklari haqida gapiradi.
Muhokama nihoyasida ishtirokchilar tashqarida uyushtirilgan bir piyola choyga taklif etiladi. Shunda Erkin aka luqma tashlaydi:
– Tanqid qilganlar ham ziyofatga borsa bo‘laveradimi?
Sh.O

Forwarded from “Yoshlik” jurnali
“Yoshlik”ning qadrli o‘quvchilari, Siz uchun yana bir qulaylik!
Endi “Yoshlik” mobil ilovasini telefoningizga o‘rnatib, jurnalning barcha sonlarini o‘qish imkoniga egasiz!
1. Telefon raqamingizni kiritasiz.
2. Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan raqam bo‘lsa, ism-familya va parol kiritish so‘raladi va o‘sha telefon raqamga sms yuboriladi.
3. Xabardagi raqamni kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.
4. Ilovada jurnal sonlari roʻyxati bilan tanishasiz.
5. Agar avval ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘sha telefon raqam orqali avval qo‘ygan parolingizni terib ilovaga kira olasiz.
Batafsil 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.greatsoft.yoshlik
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Ilk uchrashuv
Atoqli rus shoiri Vladimir Mayakovskiy politexnika institutiga uchrashuvga boradi. U yerda nutq so‘zlayotib:
– Men ruslar orasida o‘zimni rus deb his qilaman, gruzinlar orasida esa gruzin... – deydi. Shu payt:
– Ahmoqlar orasida-chi? – deb baqiradi kimdir zaldan.
– Ahmoqlar orasida birinchi bor bo‘lishim, – deb javob beradi shoir o‘sha zahotiyoq.
"Yoshlik"/2016/8

#Ibrat
Aka-singil
Bugun erta tongdan kuzga o‘xshamagan ob-havo kuzatildi. Bahordagidek chaqmoq chaqib, momaqaldiroq bo‘lib yomg‘ir sharros quydi. Yomg‘ir bahorgiga o‘xshasam ham havo kuzga xos – etni junjiktiradi.
Ishga kelayotib, yo‘lda 13-14 yoshlardagi ikki bolaning yomg‘irpo‘sh ostida mashina kutib turganini ko‘rib to‘xtadim.
– Tez chiqinglar, maktabga boryapsizlarmi? – dedim.
– Meni emas, singlimni olib keting amaki, o‘quv kursiga boryapti – dedi bola singlisi boradigan manzilni aytib.
Yo‘limning ustida bo‘lmasa ham qizchaga tezroq mashinaga chiqishini aytdim.
Shu payt bola qo‘lidagi yomg‘irpo‘shni yopib, singlisiga tutqazdi.
– Yo‘q, aka, o‘zing olib ket, uygacha yomg‘irda qolasan, – dedi qiz e’tiroz bildirib.
– Sen olib ketaver, kelishingda kerak bo‘ladi, men yugurib uyga yetvolman – dedi bola va mashina eshigini yopib ortiga yugurib ketdi.
G‘olib Hasanov

Nima uchun yoziladi?
Moris Safir bir yozuvchi bilan tortishib qoladi. Suhbatdoshi qizishib ketadi va g‘azabi qo‘zib:
– Siz, qadrdonim Safir, faqat pul uchun yozasiz, men esa faqat vijdon uchun yozaman, – deydi.
– Do‘stim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham o‘zimizda yo‘q narsa uchun yozamiz-da!
“Yoshlik”/2016/8

Birorta asaringizni o‘qimaganman
Ko‘p tomoshabinlar “Shoushenkdan qochish” filmi va unga asos bo‘lgan qissa o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib hayron bo‘ladi. Aslida, bu adabiyot va san’atda uchrab turadigan hol. Ushbu asar mavzusi va uslubiga ko‘ra ham Stiven King asarlari orasida ajralib turadi. Chunki yozuvchi “qo‘rqinchlar qiroli” sifatida mashhur.
Yozganlarining aksariyatida dahshatli voqealar tasvirlangan. Adib bir kuni bir ziyoli kampir bilan suhbatlashib qoladi. U Kingning birorta asarini o‘qimaganini aytadi va “Shoushenkdan qochish” singari jiddiy kitoblarni ma’qul ko‘rishini ta’kidlaydi. Yozuvchi har qancha urinmasin, ushbu asar uning qalamiga mansub ekaniga qariyani ishontira olmaydi.

* * *
Gapiramiz – ta’siri yo‘q.
Pul topamiz – barakasi yo‘q.
Ishlaymiz – natijasi yo‘q.
Nega shunday?
Nega?
Elbek Erkin
@yoshlikjurnali
Gapiramiz – ta’siri yo‘q.
Pul topamiz – barakasi yo‘q.
Ishlaymiz – natijasi yo‘q.
Nega shunday?
Nega?
Elbek Erkin
@yoshlikjurnali
Choyga taklif
Graf Shaxovskiy va Gyote uchrashuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashhur. 1802-yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida mashhur shoir grafni choyga taklif qiladi. Shaxovskiy dasturxonda choydan boshqa narsa yo‘qligini ko‘rgach, tortinib o‘tirmay, buterbrod va yog‘liroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli kechadi. Ertasiga knyaz Shaxovskiy bir holdan hayron qoladi: kechagi yeguliklar uchun uning nomiga hisob qog‘ozi keltirishadi. Chunki “ziyofat”dan so‘ng Gyote ortiqcha pul to‘lashni rad etadi. Axir, u knyazni faqatgina choyga taklif qilgan edi-da!

#Qutlov
Shahrizod Shodiyev Ulug‘bek o‘g‘li – 1998-yili 15-noyabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani G‘ulva qishlog‘ida tug‘ilgan. Sharof Rashidov nomidagi SamDU Filologiya fakulteti talabasi.
DADAMGA
Biz Odam atoning begonalari,
Ota, bek yigitman bekligi meros,
Yurt uchun tug‘ilmas bahonalari,
Jon bitta – Vatanning bittaligi rost.
Kulbasi ko‘nglimning qasri bo‘lgaydir,
Kim kulsa ustidan, meni ko‘rgaydir,
O‘t qo‘ysa g‘azabi tutgan bulutning,
Chaqingan chaqini avval kuygaydir.
Or bilan dunyoga kelganman, ota,
Dor bilan dunyoga kelganman, ota.
Tuprog‘im shu Vatan yeriga qorish,
Yor bilan dunyoga kelganman, ota.
Siz ekkan niholman ildiz otmagan,
Mudom o‘zin sotgan do‘stni sotmagan.
Ortida ming xanjar, tig‘ning izi bor,
Yana ming tig‘ ursin kiprik qoqmagan.
Otajon, dunyolar tanimiz bilan,
Erlikning bahosi sha’nimiz bilan.
Xiyonat qazigan qabriston dilda,
Ko‘ngillar ko‘mildi jonimiz bilan.
Biz, Odam atoning begonalari...
***
Na’ra tortma, qo‘y, akkillab,
Jonqulog‘ing yeyishar.
Jim yotganing ko‘rishsa bas,
Suyak g‘ajir, deyishar.
Sendan uzoq tutar o‘zin
sen o‘zingni yiroq tut!
Zamonangda zaminingni
moldek toptab kelishar.
Qo‘y arslonim, na’ra tortma,
qo‘yxonada ne zarur?
Erking – o‘rmon,
erking o‘rmoningda seni axtarur.