Yoshlar ishlari agentligi
75.6K subscribers
9.25K photos
1.62K videos
7 files
3.9K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
1 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza: Mendeleyev nomidagi Xalqaro olimpiadada yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etdi!

👨‍🔬🧑‍🔬 An'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, O'zbekiston, Vengriya kabi davlatlardan ishtirokchilar ikki bosqichda o'zaro bellashdi.

🏅 Yakuniy natijalarga ko'ra yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Firdavs Sobirov - oltin medalni, Azimjon Jamolov, Sobirjon Amanov, Nafisa Normurodova, Durdona Muxtarxo‘jayevalar - kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Ikromiddin Boymahammadov va Begzod Ro‘ziboyevlar O'zbekiston hisobiga 2 ta bronza medalni yozib qo'ydi.

🇺🇿 G'oliblarni mehnatlarining munosib e'tirofi bilan qutlaymiz, kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitobxonlikni oiladan boshlab koʼnikmaga aylantiramiz!

👨‍👩‍👧‍👦 Yosh oilalarning intilishlarini qoʼllab-quvvatlash, kitobxonlikni mamlakatimiz boʼylab koʼnikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida "Yosh kitobxon oila" respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov millionlab kitobxonlarni birlashtirgan "Yosh kitobxon"ning uzviy davomi sifatida ziyoli yosh oilalar qatlamini rivojlantirishga xizmat qiladi.

📌 Ishtirok etish istagida boʼlgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali joriy yilning 30-may sanasiga qadar roʼyxatdan oʼtishlari lozim.

☝️3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov Nizomi ushbu havolada.

Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — "Spark" avtomashinasi kutmoqda.

📚Tanlovda ishtirok etib, kelajak uchun ziyoli avlodni shakllantirishga munosib hissangizni qoʼshing!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O'z rejalaringizga "Biznes marafon"da ishtirok etishni ham qo'shib qo'ying!

💫 Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida soha qiziquvchilariga zarur va foydali ma'lumotlarni yetkazish maqsadida respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Biznes marafon" loyihasi - Toshkent viloyatida!

📍 Marafon bugun, soat 14:00 da Toshkent viloyatining Bekobod va Olmaliq shaharlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔰 Ma'lumot uchun: Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul bo'lib, qatnashchilar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari zarur.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi va Xalqaro press klub hamkorligida navbatdagi loyiha - "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: yangi istiqbollar" mavzusida sessiya

🇺🇿 Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi, hokimliklar, tadbirkorlar va albatta faol yoshlar bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb mavzularda suhbatlashadilar.

📺 O'tkazib yubormang! Xalqaro press klubning ushbu sessiyasini bugun, soat 11:15 da "O'zbekiston 24" va "UzReport" telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ayni paytda Xalqaro press klubning "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: yangi istiqbollar" mavzusidagi sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi mas'ul rahbarlari ishtirokidagi muloqotni jonli tarzda ushbu havola orqali kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi ishtirokchilari bilan tanishing!

🇺🇳 Xabaringiz bor, poytaxtimizda O‘zbekiston va MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy tashkilotlari vakillari ishtirokida Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi bo'lib o'tmoqda.

🔰 Uchrashuv ishtirokchilari bilan ushbu infografika orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, xalqaro tadbir 29-30-aprel kunlari soat 11:00 da "Hilton" mehmonxonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar muammolari hamda bandlik masalalariga bag'ishlandi

🔰 Yoshlar bandligini ta'minlash, ularga tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchrashuvning kun mavzusiga aylandi.

📺 Xalqaro press klubning ushbu sonini tez kunda "O'zbekiston24" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
MDH davlatlari Kengashining Yoshlar ishlari bo'yicha 28-majlisida masofaviy tarzda ishtirok eting

🔰 O'zbekiston va MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha asosiy tashkilot vakillari ishtirokidagi Kengash yig'ilishi 29-30-aprel kunlari soat 11:00 da Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda siz ham Zoom platformasi orqali qatnashish imkoniga egasiz.

🔗 Ishtirok etish uchun havola

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Biznes marafon" davom etmoqda!

🔰 Yosh tadbirkorlar marafoni bugun soat 14:00 da Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yoshlar markazi va Chirchiq shahri, Talabalar madaniyat saroyida bo'lib o'tadi.

📩 Ishtirok etishni istagan yoshlar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

🔸 Ma'lumot uchun: "Biznes marafon" respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston mezbonligida ilk MDH davlatlarining Yoshlar ishlari bo'yicha Kengashi yig'ilishi o'tkazildi

Yig‘ilishda MDHga a’zo mamlakatlarning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan xalqaro yoshlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi, MDHga a’zo mamlakatlarning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ko‘ngillilik harakatini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi, “MDHning yoshlar poytaxti” davlatlararo dasturi Nizom loyihasi hamda “MDH uchun 100 ta g‘oya” loyihasi kun mavzusiga aylandi.

🤝 Shuningdek, Kengash a’zolari tomonidan navbatdagi Kengash yig‘ilishini o‘tkazish masalasini muhokama qilindi va yig‘ilish yakuni bo‘yicha Kengash bayonnomasi tasdiqlandi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi