Yoshlar ishlari agentligi
75.6K subscribers
9.25K photos
1.62K videos
7 files
3.9K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston ilk bor Venetsiya biennalesida ishtirok etadi!

🎨 Shu yilning 22-mayidan 21-noyabrigacha bo'lib o'tadigan san'at va rassomchilik bo'yicha jahonning eng yirik ko'rgazmasida O'zbekiston «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» mavzusidagi milliy pavilyoni bilan qatnashadi.

🔸 "Mahalla: shahar va qishloq hayoti loyihasi" — bu xalqaro jamoa bilan hamkorlik natijasi bo‘lib, O‘zbekistonning yosh rassomlari va meʼmorlari ishtirokida tashkil etilgan.

🔹 Shuningdek, Venetsiya arxitektura biennalesidagi O‘zbekiston pavilyoniga tashrif buyuruvchilar uchun mahallalarda mavjud bo‘lgan nomoddiy madaniy merosni 40 ta asosiy so‘zlarda ta'riflovchi Fаnzin «Mahalla 40» fan jurnali tayyorlangan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Chirchiq va Nurafshonlik yoshlar ham tadbirkorlikka oid bilimlarini oshirdilar

Respublikamizning turli hududlarida yosh tadbirkorlar va soha qiziquvchilarini atrofida jamlayotgan "Biznes marafon" loyihasi Toshkent viloyatida ham o'tkazildi.

🔰 Ishtirokchilar Laziz Adhamov, Sherzod Beknazarov, Hasan Mamasaidov, Shahzod Bahodirov, Akmal Paiziev, Temurbek Adhamov, Shohida Ibragimova, Husan Mamasaidov, Umidjon Ishmuhamedov, Firuz Allaev kabi tajribali tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📍 Navbatdagi manzil - Jizzax viloyati! Bizni kuzatishda davom eting, keyingi marafon aynan sizning hududingizda o'tkazilishi mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda 219 ta sanoat zonalari tashkil etiladi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-aprel sanasida "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori imzolandi.

Ushbu qarorga binoan yosh tadbirkorlarning sanoat va xizmat ko'rsatish sohasidagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etildi.

👁 Youtube orqali ko‘rish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

🇺🇳 BMT ning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi(UNODC) tomonidan “Korrupsiyaga qarshi hamkorlik: yoshlar ishtiroki va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro yoshlar forumi tashkil etilmoqda.

🔰 Forumda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilotlar, ekspertlar hamda yoshlar ishtirok etadilar.

✔️ Sohada xalqaro tajribalarni o'rganish hamda o'z savollariga javob olishni istagan yoshlar ushbu havola orqali 5-mayga qadar ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari dayjesti bilan tanishing:

- "Yosh kitobxon oila" tanlovi uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda;

- Zomin bolalar oromgohida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun "Iqtidor" ta'lim va motivatsiya loyihasi bo'lib o'tdi;

- Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokidagi "Biznes marafon" Toshkent viloyatida ham o'tkazildi;

- Xalqaro press klubning "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: yangi istiqbollar" mavzusidagi sessiyasi bo'lib o'tdi;

- O‘zbekiston mezbonligida ilk MDH davlatlarining Yoshlar ishlari bo'yicha Kengashi yig'ilishi o'tkazildi;

- Yosh tadbirkorlarning sanoat va xizmat ko'rsatish sohasidagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etildi;

- “Korrupsiyaga qarshi hamkorlik: yoshlar ishtiroki va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro yoshlar forumida ishtirok eting.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxlik yoshlar "Biznes marafon"ga mezbonlik qiladi!

🔰 Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning tajriba va bilimlarini yoshlarga yetkazishda ko'prik bo'lib xizmat qilib kelayotgan hamda minglab yoshlarni o'z atrofiga jamlagan "Biznes marafon" loyihasining navbatdagi manzili - Jizzax viloyati!

📍 Marafon 6-may, soat 14:00 da Jizzax Musiqali drama teatrida bo'lib o'tadi.

🔗 Ro'yxatdan o'tish👉@biznesmarafon_bot

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” mediaforumiga start berildi

✍️ Jurnalistikaga oid turli konferensiyalar, mahorat darslari, festival hamda ijodiy uchrashuvlarni o'z ichiga olgan media haftalik 3-7-may kunlari poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da o'tkaziladi.

🔰 Haftalik doirasida tadbirlarga media-ekspert Rene Falkner, "Россия сегодня" xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov, teleboshlovchi Valdis Pelsh, telerejissyor Saida Medvedeva kabi soha ekspertlari yosh jurnalistlar, iqtidorli mutaxassislar va talabalar uchun mahorat darslari o'tkazadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi