Kadastr - Live
4.54K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

Zakovat: “Uchqurlar” Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogining respublika bosqichiga yo‘l oldi

Shu yil 4-dekabr kuni Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniriga start berilgan edi. Musobaqaning navbatdagi saralash bosqichi 15-dekabr kuni Namangan viloyatida tashkil etildi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi, tuman inspeksiyalari, hamda kadastr boshqarmasi vakillaridan iborat jami 28 jamoa ishtirok etdi.

Saralash bosqichida Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limining “Uchqurlar” jamoasi birinchi o‘rinni olib, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasining “Shijoat” jamoasi ikkinchi, Namangan tumani davlat soliq inspeksiyasining “Intellekt” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram