Millat degan tushuncha – shartli belgi. Siz hech qachon sof o‘zbekni topa olmaysiz. Har bir odam qonida yuzlab elatlarning geni mujassam. Har bir o‘zbek o‘z irsiy merosida qanchadir foiz yunon, qanchadir foiz fors, qanchadir foiz arab va mo‘g‘il.
Millat degan narsa shu qadar ongimizga mahkam o‘rnashganki, mening bu gaplarim juda ko‘pchilikda norozilik uyg‘otadi. Lekin jahlingiz bosilib, ozgina sergak turib o‘ylasangiz – rostdan ham sof millat degan narsa mavjud emasligini anglab yetasiz.
Millatchilik – juda ham xunuk odat. Bu ilmsizlik va ojizlik belgisi. O‘zining kelib chiqishini aniq bilmaydigan odamgina millatchi bo‘lishi mumkin. Bu o‘zligini anglay bilmagan odamga xos.
Milliy muhimlik – o‘z milliy kelib chiqishiga o‘ta katta ahamiyat berishdir. Bunday muhimlik odamni zaiflashtiradi – chunki bunday odamga uning millatini bahona qilib ta’sir o‘tkazish, uning irodasini nazorat qilish mumkin.
7QADAM - 5
@yettiqadam

Bilasizmi, aql va qalb – ko‘pincha har xil narsani istaganlari bilan – bir maqsadni, ya’ni sizning farovonligingizni ko‘zlaydilar. Faqat aql bunda ustunlikka intilaveradi. Aslida esa qaror qabul qilishga qalb ixtisoslashgan – aql esa bu qarorni amalga oshirish yo‘llarini izlash bilan shug‘ullangani ma’qul. Agar vazifalar shunday taqsimlanishiga erisha olinsa, hayotda inson afsuslanadigan narsalar deyarli qolmaydi.
Aql bilan qalbni do‘stlashtiring – ular ittifoqqa kirishsa, siz bu dunyoda qila olmaydigan ish bo‘lmaydi.
Ko‘pchiligimiz birovning aqllilik darajasini uning bilimdonligi bilan o‘lchaymiz. Ammo aql – bu bilim, bilim esa – bu aql emas. Aqlli odam bilimsiz bo‘lishi, bilimli odam aqlsiz bo‘lishi mumkin (bunga hayron bo‘lmang). Qadimgilar bizdan oz narsa bilishgan, lekin shu oz bilimdan ham unumli foydalanib yashashgan. Biz, axborot asri odamlari, ulardan ancha ko‘proq narsani bilamiz – ammo shunda ham aqliy faoliyatda ajdodlarimizchalik bo‘la olganimiz yo‘q.
Bilimga aqlsiz ham ega bo‘lish mumkin. Sherdan qochayotgan kiyik yirtqich unga yetib olsa, uning hayoti barham topishini biladi – garchi buni anglamasa ham. Bu bilimni unga qalbi yetkazadi. Bu bilimni unga tabiat ato etgan.
Aslida qalb dunyo bilimlari maydoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulana oladi. Ko‘ngilning bu qobiliyatidan boshqa jonzotlar ustalik bilan foydalanadilar. Inson esa aqliga tayanib atrof dunyoni o‘rganishga shu darajada ko‘nikib ketganki, buni qalbi orqali amalga oshirish qobiliyatini sustlashtirib qo‘ygan.
Intuitsiya (qalb bilimi) shu darajada to‘g‘ri ishlaydiki, ko‘pchiligimiz bunga shaxsan amin bo‘lganmiz va buni rad eta olmaymiz. Biror ishga ko‘nglingiz bo‘lmasa, biror joyga oyog‘ingiz tortmasa, yoki ichingizda nimadir sizga biror ishni buyurib qolsa – siz bilan qalbingiz so‘zlashyapti demak. Ona farzandi uzoq safardan qaytayotganini sezib turadi. Ba’zi odamlar esa o‘z hayotlari poyoniga yetayotganini avvaldan bilib, bunga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar.
Qalb bilishi mumkin bo‘lgan narsalar na vaqtda va na fazoda cheklangan bo‘ladi. Aqlga esa ma’lumot olish uchun vosita kerak (ko‘z, quloq va boshqa sezgi organlari kabi). Ko‘ngil bilmagan narsani aql bilishi mumkin emas – ammo aql bilmaganini qalb biladi. Intuitiv bilimlar shuning uchun har doim to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu dunyoda boshqalardan ko‘proq yoki ozroq biladigan odam yo‘q – har birimizda cheksiz bilim manbayi – qalbimiz bor. Dunyo degan muallimdan saboq olib, qalb degan darslikdan ko‘proq mutolaa qilib tursak – baxt uchun ana shu yetarli.
7QADAM - 1

Inson o‘z intilishi bilan katta shaxsiy kuch egasi bo‘lishi mumkin. Avval aytilgandek, shaxsiy kuch yetishmasligi bizni turli buzg‘unchi ishlarga boshlaydi. Bu esa odamlar orasida yaxshi va yomon haqidagi yolg‘on ommalashishiga hissa qo‘shadi.
O‘z maqsadiga to‘g‘ri yo‘ldan bora bilmaslik – shaxsiy ojizlik alomati. Masalan, nega odamlar o‘z niyatiga erishish uchun, kimgadir pora beradi. Poraxo‘rlik avj olishida pora beruvchining hissasi ko‘proq bo‘ladi. Chunki u o‘z shaxsiy ojizligi sabab, maqsadiga to‘g‘ri yo‘ldan bora olishiga ko‘zi yetmaydi, o‘z imkoniyatlariga – o‘ziga ishonmaydi.
Bunday odamning jazosi o‘zi bilan. U har qancha maqsadiga erishib ham, o‘zini baxtli va xotirjam his qilmaydi. Va u o‘z shaxsiy ojizligi sabab ko‘p narsa yo‘qotadi. Aytaylik, bir yigit pora berib, oliygohga shartnoma asosida o‘qishga kirdi. Shaxsiy ojizlik sabab, u endi oliygohda o‘qiy ham olmaydi va pora berib, fanlardan baho oladi. Natijada u ham poraga, ham shartnomaga pul sarflaydi – va oliygohni hech qanday bilim olmasdan bitiradi. Bunday holatni men “yirik hisobda yutqazish” deb atayman.
Yuqoridagi kabi insonlarni yomon deb bo‘lmaydi. Ular, shunchaki, ojiz odamlar. Ularni qoralash ham, ayblash ham – ularga achinish ham kerak emas. Ularga nisbatan bizda hech qanday salbiy munosabat bo‘lmasligi kerak. Chunki biz ham oddiy odammiz – bizning ham ko‘plab nuqsonlarimiz bor. Biz ham kamchiliklardan holi emasmiz. Undan keyin – kuchli shaxs hech qachon boshqa shaxslarni ojizligi uchun qoralamaydi.
Odamlarni yaxshi-yomonga ajratish – muhimlik belgisi. O‘ylaymanki, shaxsiyatingizni siz muhimlik kasalidan davolab ulgurgansiz. Yaxshi inson bo‘lish haqida qayg‘urish kerak emas – chunki “yaxshi odam” degan tushunchaning o‘zi mavhum. O‘z shaxsiyatingizni jamiyat chizib bergan “yaxshi odam” qolipiga solishga urinmang. Chunki jamiyatning “yaxshi” va “yomon” qoliplari tinimsiz o‘zgarib turadi. O‘zingiz bilan uzoq kurashdan so‘ng, yaxshi odam qolipiga kirganingizda – jamiyat yangi qolipni o‘ylab topgan bo‘ladi. Bu ham “yirik hisobda yutqazish” bo‘ladi.
Bunyodkor odam bo‘lib, bunyodkor ishlar qilish haqida qayg‘urgan afzal. Buning uchun esa sizga birgina narsa – shaxsiy kuch kerak. To‘g‘ri – moddiy kuch ham zarar qilmaydi: tanangizni chiniqtirsangiz, obro‘ va boylik orttirish uchun harakat qilsangiz, bilim oviga chiqsangiz – buning hech bir zarari yo‘q. Lekin shaxsiy kuch sizning eng muhim o‘ljangiz bo‘lishi lozim. Moddiy kuch to‘plash yo‘lida xotirjam va baxtli yashash uchun sizga aynan shaxsiy kuch kerak bo‘ladi.
Asosiysi, moddiy kuch ortidan quvish uchun, shaxsiy kuchdan voz kechib, oxir oqibat yirik hisobda yutqazmaslik. Shaxsiy ojizlik – bizni “yomon” odamlar sirasiga qo‘shadi. Shaxsiy ojizlik bilan biz buyuk yolg‘onning bir qismi – buzg‘unchi bir qismiga aylanamiz. Shaxsiy ojizlikning yomonligi ana shunda.
7QADAM - 4

Odam katta mavqe va davlatga erishib ham, shaxsiy ojizligini yo‘qotmasligi – natijada buzg‘unchi ishlar qilishda davom etishi mumkin. Shuning uchun qo‘lida katta boyligi va qudrati bo‘lgan odamlar har doim ham bunyodkor ish qilavermaydilar.
Keling, shu yerda ikki xil kuch haqida eslab olaylik. Odamzodga (xuddi boshqa har qanday jonzot singari) ikki xil kuch berilgan: moddiy va ma’naviy. Moddiy kuch – atrof dunyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy ta’sir qiladigan kuchdir. Bizning jismoniy kuchimiz – moddiy kuch. Boyligimiz va ijtimoiy ta’sirimiz – moddiy kuch. Mantiqiy fikrlash qobiliyatimiz – moddiy kuch.
Ma’naviy kuch esa – bizdagi hayotiy quvvat darajasi bilan belgilanadi. Og‘ir qaltis vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik – ma’naviy kuch. Qo‘rquvlardan holi yashash – ma’naviy kuch. Har qanday holatda ham xotirjamlikni va sergaklikni saqlay bilish – ma’naviy kuch. Odamlarga ma’naviy zavq va ozuqa beradigan ijod namunalarini yaratuvchi ilhom – ma’naviy kuch.

Mazmunli jonzot – Telegraph
https://telegra.ph/Mazmunli-jonzot-08-15

Telegraph
Mazmunli jonzot
Yaxshi-yomon haqidagi yolg‘onga ergashib, bizda bir zararli odat avj oladi: biz o‘z borligimizga asos qidiramiz. Odamzod o‘z mavjudligini ahamiyatsiz, oddiy holat deb qabul qila olmasligiga sabab – mazmunsiz hayot yomon, mazmunli hayot yaxshi deb bilishidir.…
Har qanday urushda mag'lublar ikkita bo'ladi.
https://geopolitika.uz/hududlar/global-geopolitika/118-har-qanday-urushda-mag-lublar-ikkita-bo-ladi

Milliy manmanlikka berilgan shaxslarning yana bir mantiqsiz odati bor: ular millatning ojiz vakillarini qabul qila olmaydilar. Ular o‘zbeklar orasida ham turli xatolarga yo‘l qo‘yadigan kuchsiz odamlar borligini tan olishni istamaydilar. O‘z hayotini boshqara olmagan yoki yo‘ldan adashgan millatdoshlarini ko‘rsalar – ulardan nafratlanishga tushadilar. Va bu bilan o‘zlaridagi faxr tuyg‘usi qanchalik nisbiy va ishonchsiz ekanini oshkor qilib qo‘yadilar.
Va nihoyat, faxrning eng yuqori ko‘rinishi – bu g‘ururdir. Ko‘pchilik kibr va manmanlikni g‘urur bilan adashtiradi.
Odamlar o‘zlarida haddan ziyod avj olib ketgan shaxsiy muhimlik tuyg‘usini ham “g‘urur” niqobi ortiga berkitmoqchi bo‘ladilar.
Mag‘rur shaxs – shartsiz va sababsiz g‘ururlanadi. U o‘z xalqi bilan faxrlanish uchun asos ham, sabab ham izlamaydi.
Uning xalqiga bo‘lgan mehri millatning buyuk o‘tmishiga ham, bugun erishgan yutuqlari yoki yo‘l qo‘ygan xatolariga ham bog‘liq emas. U xalqidan shunchaki faxrlanadi. Mana shu milliy g‘urur. Mana shu vatanni shartsiz sevish.
G‘ururli odam o‘z tarixidagi qora kunlardan uyalmaydi. U har qanday millat tarixida ham xatolar, noto‘g‘ri qarorlar bo‘lishini biladi. Bunday odam alohida shaxs singari butun xalq ham o‘z xatolaridan tajriba orttirishini – yuksalib borishini biladi. Mag‘rur odam xalqi o‘tmishda qilgan xatolari va ulardan o‘ziga olgan qimmatli xulosalari bilan ham faxrlanadi. G‘ururli odam o‘z tarixidagi ulug‘ ishlardan kibrlanmaydi. U inson qilishi mumkin bo‘lgan har qanday buyuk ish kamtarona mehnat evaziga amalga oshishini biladi. Bunday odam o‘z millatini boshqalardan buyukroq yoki ustunroq bilgani uchun emas –xalqi hech kimnikiga o‘xshamagan, hech kimniki bilan taqqoslab bo‘lmaydigan o‘ziga xos yo‘l bosib o‘tgani uchun yaxshi ko‘radi.
Faxrning bu uch ko‘rinishini bir-biridan ajratish juda oson. Buni sportga muxlislik qilishda yaqqol ko‘rish mumkin. Kibrli odam o‘zbeklarning ham o‘z sporti, terma jamoasi va chempionlari borligidan faxrlanadi. Vaholanki, u o‘zbek sporti, terma jamoa a’zolari, ular erishgan yutuqlar haqida juda kam narsa biladi. U, shunchaki, faxrlanish yoqimli bo‘lgani uchun milliy sportchilaridan faxrlanadi.
Manman odam terma jamoa kimnidir yutsa, kimdandir ustun kelsagina ulardan faxrlanadi. Unga jamoaning mehnati emas – nom va faxr beradigan yutuq muhim. Bordi-yu sportchilar kimgadir yutqazib qo‘ysa, ular o‘zlarini kamsitilgan his qiladilar. Ularning milliy sport bilan faxrlanishlari bellashuv natijasiga bog‘liq.
G‘ururli odam milliy sporti, sportchilari bilan har qanday holatda faxrlanadi. Uning hurmati g‘alabaga emas – terma jamoaning mehnatiga qaratilgan. U sportchini millionlab yoshlarga sog‘lom turmush tarzi bilan o‘rnak bo‘lgani uchun qadrlaydi. Sportchining musobaqadagi g‘alabasidan ham, mag‘lubiyatidan ham birdek faxrlanadi.
Vatanga bo‘lgan mehringizni kibr va manmanlikdan holi qilsangiz – qolgani sof g‘urur tuyg‘usi bo‘ladi. Kuchli shaxsga o‘z xalqini sevish uchun buyuk tarix yoki nomdor ajdodlar kabi asos kerak emas. Kuchli shaxs o‘z xalqidan yuksalishi yoki tushishi, buyukligi yoki qoloqligi, g‘olib yoki mag‘lubligidan qat’iy nazar faxrlanaveradi. Kuchli shaxsning milliy g‘urur tuyg‘usi ham kuchli va haqiqiy bo‘ladi.

...Umuman, nafrat – dinga xos bo‘lmagan tuyg‘u. E’tiqodi butun odam nafratdan nari yuradi. Faqat mehr yaratuvchi kuchga ega. Nafrat – shaytoniy tuyg‘u. U faqat vayron qilishni biladi. Shuning uchun qahrga berilganda biz nimalarnidir sindirgimiz, buzgimiz keladi.
Dinning asl mohiyatini yaxshi anglamaganlar boshqacha hayot tarzini tanlaganlarga nafrat bilan qarashga odatlangan. Buning sababi ularning o‘zlari yagona to‘g‘ri yo‘ldan borayotganliklariga ishonishidir. Ammo haqiqatga borish yo‘llari cheksiz ko‘p – din ulardan biri, xolos.
Dunyoda dinlar qadrini tushirayotgan va dinga nisbatan ishonchsizlik, hadiksirash hisini paydo qilayotgan voqealar ortida dinga noto‘g‘ri munosabat turadi. Dinni o‘z shaxsiy manfaatlariga erishish, boshqa odamlarni o‘z izmiga solish uchun ishlatadigan odamlar va guruhlar faoliyati natijasida ommada din haqida asossiz salbiy tasavvur uyg‘onmoqda. Yana qaytaraman - din o‘z-o‘zicha buzg‘unchi narsa emas, undan alohida odamlar va guruhlar buzg‘unchi maqsadlariga erishishda foydalanadilar, xolos.
E’tiqod haqiqatga erishish uchun nima qilish kerakligini aytadi: “ilm izla, shukr keltir, bunyodkor ishlar qil”. Din shularni qanday qilish kerakligini aytadi: “falon kitobni falon marta o‘qib chiq, boyligingdan sadaqa ber, ibodatxona qur”. Asrlar davomida din ana shunday ko‘rsatmalarning eng sara va samaralilarini jamlab keladi. Natijada bu ko‘rsatmalar inson hayotining deyarli hamma jihatlarini qamrab olgan va ularning barchasiga amal qilishga bitta odam umri davomida ham ulgurmasligi mumkin. Ba’zida bir dinning ichida turli xil ko‘rsatmalar paydo bo‘ladi va alohida yo‘nalish, mazhab va oqimlar kelib chiqadi.
Biznikidan boshqacha yo‘ldan borayotganlarni hurmat qilishni o‘rgansak – ana shunda bunyodkor shaxs bo‘lamiz. Ana shunda dinimiz bizga ato etgan bilimlardan o‘zimiz bilmay boshqalarni ayblashda foydalanmagan, bu bilimlarni o‘zimiz va yaqinlarimiz hayotini baxtliroq va mazmunliroq qilishga safarbar qilgan bo‘lamiz.

Qirqta jon – Telegraph
https://telegra.ph/Qirqta-jon-08-21-2
https://telegra.ph/Qirqta-jon-08-21-2
Telegraph
Qirqta jon
Ushbu bob eng aziz va muhtaram onalarimiz va opa-singillarimizga bag’ishlanadi Bugun muhokama qiladigan so‘ngi masala – jinsiy muhimlikdir. Anglab turganingizdek, bu bizda ko‘p uchraydigan erkaklarning ayollardan o‘zini yuqori hisoblash holatidir. Qadim-qadimdan…
Agar kitob sizga maqul kelgan bo'lsa, uni do'stlarga tavsiya qiling. Bunday bilimlarga ega bo'lish va foyda topishga har kim haqli.
Ishoning, atrofimizda kuchli shaxslar qancha ko'p bo'lsa, hayotimiz shuncha farovon bo'ladi. :)

Shaxsiy muhimlik – Telegraph
https://telegra.ph/Shaxsiy-muhimlik-09-23
https://telegra.ph/Shaxsiy-muhimlik-09-23
Telegraph
Shaxsiy muhimlik
Men Janobi Oliylari “Shaxsiy muhimlik tuyg‘usi insonning eng zolim va makkor dushmanidir” (Don Xuan, Karlos Kastanedaning ustozi) Odamning tabiati erkinlikka intiluvchan qilib yaratilgan. Ammo eng qiziq holat shundaki, bizni tobe etishi mumkin bo‘lgan kuchlar…
O‘zlikni anglab, kuchli shaxs bo‘lishning eng oliy mukofoti – inson yangi kengliklarni kashf qilishidir. Shaxsiy kuch sizga to‘rtinchi va undan ko‘p o‘lchamlar eshigini ochib beradi. Intuitsiyangiz rivojlanib, dunyoga vaqt va fazoga tobe bo‘lmagan holda qarashni o‘rganasiz.
Juda xayolparast gaplardek tuyilmayaptimi sizga bular? Agar shunday tuyilayotgan bo‘lsa – demak aqlingiz mantiq yordamida hali ham sizni nazoratda saqlayapti ekan. Axir, yuqoridagi gaplarni imkonsiz xayollar sirasiga qo‘shgan aynan mantiq.
Men intuitsiya (ya’ni qalb bilimi) haqida bejiz gapirmadim. Maqsadlarimizga oson erishishda intuitiv bilimlarning ahamiyati katta. Intuitsiya esa shaxsiy kuchi ko‘p odamlarda kuchli bo‘ladi.
Biz – uch o‘lchamli odamlarmiz. Ammo bizga shu uch o‘lcham chegaralaridan tashqariga chiqish qudrati berilgan. Shunday imkoniyatimizga ishonmaganlar mana shu yerda bizni tark etishlari mumkin. Insonning cheksiz imkoniyatlariga ishonganlarga esa meni hali aytadigan gapim ko‘p.
7QADAM - 3