7QADAM
596 subscribers
28 photos
2 videos
3 files
59 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

Admin: @yettiqadamBot

"Yaratish - yashash demakdir."
Download Telegram
to view and join the conversation
​​E’tiqod haqiqatga erishish uchun nima qilish kerakligini aytadi: “ilm izla, shukr keltir, bunyodkor ishlar qil”. Din shularni qanday qilish kerakligini aytadi: “falon kitobni falon marta o’qib chiq, boyligingdan sadaqa ber, ibodatxona qur”. Asrlar davomida din ana shunday ko’rsatmalarning eng sara va samaralilarini jamlab keladi. Natijada bu ko’rsatmalar inson hayotining deyarli hamma jihatlarini qamrab olgan va ularning barchasiga amal qilishga bitta odam umri davomida ham ulgurmasligi mumkin. Ba’zida bir dinning ichida turli xil ko’rsatmalar paydo bo’ladi va alohida yo’nalish, mazhab va oqimlar kelib chiqadi.

Biznikidan boshqacha yo’ldan borayotganlarni hurmat qilishni o’rgansak – ana shunda bunyodkor shaxs bo’lamiz. Ana shunda dinimiz bizga ato etgan bilimlardan o’zimiz bilmay boshqalarni ayblashda foydalanmagan, bu bilimlarni o’zimiz va yaqinlarimiz hayotini baxtliroq va mazmunliroq qilishga safarbar qilgan bo’lamiz.

Bu bobda men bildirgan fikrlar ba’zi o’quvchilarda norozlilik hissini uyg’otishi mumkin. Balki, kimlarningdir mendan ko’ngli ham qolar. Nailoj – diniy tuyg’ularingiz men va men bildirgan fikrlarni qoralayotgan bo’lsa, bu sizning tanlovingiz. Mening e’tiqodim har bir inson o’z nuqtai nazarini erkin aytishi, tabiat va jamiyatni anglashga intilishi, boshqacha hayot tarzini yuritadiganlardan ham ilm olish mumkinligini ta’kidlaydi. Men bilgan va tushungan e’tiqod man qilish usulidan emas – ruxsat berish usulidan borib meni tarbiyalaydi. U qaysidir ishni qilishni man qilmaydi – u vayronkor ishlarni tanish, ularning oqibatini bilish va ulardan tiyinishga ruxsat beradi. U odamlarni yaxshi-yomonga ajratmaslikni, Xudoning har qanday mavjudotiga mehr bilan qarashni, kim bu dunyoda bo’lishga haqli-yu, kim haqli emasligini Xudoning o’rniga hal qilishga urinmaslikni o’rgatadi.

7QADAM - 4
@yettiqadam
​​Zamon jadallashgani sayin, bizdagi raqobatga intilish kuchaymoqda. Biz hayotdagi o’rinimiz uchun, moddiy farovonligimiz uchun – afsuski, baxtimiz uchun ham mudom kimlar bilandir bellashamiz. Raqobat nafaqat o’qish va ishda – hayot tarzimizda, maqsadlarimizda, baxtimizni topishda ham asosiy yoqilg’i bo’lib xizmat qiladi.

Raqobatni “taraqqiyot asosi” deydiganlar mutlaqo haq. Aynan raqobat bosimi ostida odamlar samaraliroq, foydaliroq, tejamkorroq usullarni yaratadilar. Ammo har qanday qozon qaynashi uchun, o’choqqa o’tin solish kerak. Raqobat taraqqiyot qozonini odamlarning shaxsiy baxtini o’tin kabi yoqib qaynatadi. Biz esa qozonimiz qo’shnimiznikidan yaxshiroq qaynayotganidan xursandmiz.

Kompleks ta’siriga tushgan odamlar birgina haqiqatni esdan chiqarishgan. Buni hamma biladi. Eng qizig’i – bu haqida juda ko’p gapiriladi. Xudo hammani o’z rizqi bilan yaratgan degan gapni ko’p aytamiz. Sergak tortib, ana shu jumladagi o’z rizqi iborasiga qarang.

Siz faqat siz uchun atalgan rizq, manfaat, mol-mulk bilan yaratilgansiz (nahotki, rizq haqida tinimsiz takrorlaydigan gaplaringizga o’zingiz ishonmasangiz?) Sizning baxtingiz – birgina sizga atalgan, uni hech kim olib qo’ymaydi, ilib ketmaydi, yeb qo’ymaydi.

Siz egalik qilayotgan narsalarning juda ko’pchiligi – aslida sizniki emas. Hayotdagi o’rningiz va qadringizni siz egalik qilgan mol-mulk belgilamaydi. Agar shunday bo’lganda edi, oddiygina yong’in tufayli bor mulkidan ayrilgan odam insoniylik qadrini yo’qotardi.

Aksincha – juda ko’p hollarda katta mol-mulk odamning shaxsiy kuchini kamaytiradi, uni ma’nan tubanlashishiga, inson sifatida qadrsizlanishiga olib keladi.

Oldingizga qo’yayotgan maqsadlaringiz orasidan molparastlik sabab kelib chiqqanlarini aniqlash va ulardan halos bo’lish payti keldi. Molparastlik aytgan maqsadlar – puch maqsaddir, puch maqsad esa baxtga olib bormasligini siz yaxshi bilasiz.

Iste’molchi kompleksi sizni erkinlikdan ayiradi. Siz raqobat va reklama quliga aylanasiz. Juda ko’p hollarda bu kompleks odamni yot maqsadlarga intilishga undaydi. Uyingizdagi ikki yillik ta’mirni yangilash – sizga emas, bu tadbirdan daromad qiladiganlarga kerak. But-butun kiyimdan voz kechib, yangisini sotib olish sizga emas – moda orqali sizning cho’ntagingizga ko’z tikkanlarga kerak. Bozordagi tabiiy toza mahsulotni emas, oynavand do’konlarning peshtaxtasidagi suvqog’ozga o’ralgan qimmatroq chala yemishlarni sotib olish – sizga emas, katta supermarketlarda harid qilish obro’ ekaniga sizni asossiz ishontirib, pulingiz evaziga sizga zararli yemak va soxta faxr hissini berayotgan do’kondorlarga kerak.

Albatta, Xudo sizni bus-butun rizq bilan yaratadi va boshqalar uni olib qo’ya olmaydi – ammo siz o’zingiz ana shu rizqni boshqalarga berib yuborishingiz mumkin. Iste’molchi kompleksi bunda o’sha boshqalarga beminnat xizmat qiladi. Undan halos bo’lib, siz shaxsiy rivojlanishda ildamlaysiz va moddiy farovonlikka erishasiz.

Kattaroq rizqni talab qilib, hayot bilan olishgan bilan hech nima o’zgarmaydi. Lekin bizga o’lchab berilgan rizqdan sergaklik bilan, o’z o’rnida foydalanish turmushimizda ko’p narsani o’zgartirishi tayin.

7QADAM - 3
@yettiqadam
Kitoblarni baholashda xolis va faol bo'ling. 😉
Final Results
84%
6%
1%
0%
9%
7QADAM pinned «Nashr qilingan 1-qism kitoblarni Book.uz do'konlaridan topasiz. Barcha kitoblarni elektron variantda Ridero.ru yoki Iqtisod.uz dan, mobil ilova variantda Google Play yoki shu kanaldan topasiz. Muxlislardan: - Izohlar - Maktublar - Kitoblar reytingi Kitoblarning…»
Kitobdagi sizga eng yoqqan joyini izohda keltiring.

"Siz – boringizcha haqsiz, haq va nohaq bo’lishga, to’g’ri va xato ish qilishga to’liq haqqingiz bor."
"Oʻz ilmini boshqalarni ilmsizlikda ayblash uchun ishlatadiganlar - zulmatda oʻz yoʻlini yoritish uchun emas, boshqalar koʻzini qamashtirish uchun chiroq tutib yuradiganlardir."
#muallifdanFikr
@iqtisodBot ga ulanish orqali muallifning iqtisod.uz blogidagi yangi maqolalaridan boxabar bo'lishingiz mumkin.
Ilmdir insonning asil bezagi,
Idrok daraxtining hosil kurtagi,
Ilmdir ravnaqqa kuch bergan manba -
Insonning dunyoni sevish istagi!

@yettiqadam
Xo’sh, biz qarorlarimizni qanday qabul qilamiz? So’nggi qarorimizga ratsional va irratsional omillar qanday ta’sir qiladi? Aytaylik, tansiq ovqatdan keyin sizga shirinlik taklif qilishdi. Uni yeyish-yemaslikni tanlashingiz kerak. Bunda miyangizda qanday jarayonlar kechadi? Keling, mana shu oddiy misolda qarorlarimiz tarkibini o’rganib chiqaylik.

1 — Ratsional omillar

1.a — Obyektiv bilim: Siz shirinlikning organizmingiz uchun foyda yoki zararlarini o’zingizda avval sinab ko’rgansiz va buni bilasiz. Ana shu avvalgi tajriba sizga shirinlikni yeyish-yemaslikni ratsional baholashga yordam beradi.

1.b — Mantiqiy taxmin: Lekin hech kim hamma narsa haqida hamma narsani bilmaydi. Shu bois biz aniq bilimlarimiz tugagan joyda mantiqni ishga solamiz. Siz o’zingiz shirinlik yeb zarar ko’rmagan bo’lishingiz mumkin. Lekin, aytaylik, onangiz organizmi shirinlikni yaxshi hazm qilmaydi – siz esa sog’lik jihatdan onangizga o’xshaysiz. Bundan shirinlik sizga ham zarar qilishi ehtimoli baland degan mantiqiy xulosa chiqarasiz.

2 — Irratsional omillar

2.a — Intuitsiya: Bu ko’nglimiz buyruqlari, qalb (ruh) bilimi. Biz bu bilimlar qayerdan kelganini izohlab bera olmaymiz. Lekin ko’pincha ularga quloq solamiz.

2.b — Muhimlik: Mana shu yerda eng qiziq jarayon boshlanadi. Miyamiz shu yerga kelganda ajoyib iqtidorlarini namoyon qiladi. Siz shaxsiy yoki tashqi muhimlik sabab, shirinlikni qabul qilasiz. Chunki sizga uni taklif qilayotgan odam siz uchun o’ta muhim va uning qo’lini qaytarish juda-juda yomon ish (kinoyani sezgandirsiz). Shirinlik sizga zararligini bilsangiz ham, muhimlik sizni uni yeyishga majburlaydi. Yoki aksincha – ko’nglingiz shu shirinlikni tusab tursa ham, muhimlik bosimi ostida uni yeya olmaysiz.

2.c — Qo’rquvlar: Qarorlarimizga yashirin va oshkor qo’rquvlarimiz ham ta’sir qiladi. Siz kimdir shirinlikdan zaharlanganini ko’rgan bo’lsangiz – bu sizga shu taklif qilinayotgan shirinlikni xotirjam olib yeyishga imkon bermaydi. Yoki siz semirib ketishdan qo’rqasiz va shirinlikka qo’l tekkizmaysiz.

2.d — Komplekslar: Bunisi eng oddiysi. Tortinchoqlik, nuqsonlilik kabi komplekslar sizni shirinlikni yemaslikka undasa – ochko’zlik kabi kompleks sizni aslida yegingiz kelmagan shirinlikni yeyishga majburlaydi.

7QADAM - 6
@yettiqadam
Musiqa - sof sanʼat! :)