YASIRA BOOKSHOP
532 subscribers
1.02K photos
34 videos
34 files
658 links
📚Diniy-ma’rifiy, badiiy va bestseller kitoblar

Ish vaqti: 9:00- 20:30
➡️ Murojaat uchun: +998974273732 | @Yasira_admin | @YasiraBookShopBot
📍 Manzil: Chilonzor metro bekati, Texnomart chilonzor filiali
Download Telegram
#nazm

Hayot – o`rmon tulkisi, och bo`riga o`xshaydi.
Tiz cho`kib yo`lbarslari, najot so`rab yig`laydi.
Hayot – hayot, odamlar, goh odamga o`xshamas.
Xokisor qalb yig`laydi, yetim nodon to`xtamas.

Hayot – osmon yulduzi, armon deydi eskilar.
Shohni ham, gadoni ham, mehmon deydi eskilar.
Hayot – karvon tuyasi, sahrodan suv so`raydi.
Sabrning kosasiga, o`rgimchak to`r o`raydi.

Hayot – sharob, quyilib, kayf yarmida tugaydi.
Bag`irlar kabob bo`lib, kir ko`rada tutaydi.
Hayot – bevafo go`zal, hech kimga qilmas vafo.
Bandang bilib bandangni, asragin qodir, Xudo.

Hayot – bekat, keladi va ketadi qanchalar.
Kimdir mag`rur yashaydi, Kimlar ostona yalar.
Hayot – achchiq haqiqat, u kimga ham yoqardi.
Haqni haq bilganlarning, go`rda sochi oqardi.

♻️ @yasirabookshop
#nazm

Holimni ko'rganlar ba'zida kuldi,
Ba'zida yig'ladi hayron bo'lg'uli.
Arzimas hayotta yashab qo'ydimmi,
Shuncha achinarli, shuncha kulguli..


Ko'ksimda jahd urar hayotning huni,
Sariq chaqasiga tikdimmi umrim ?
Yolg'on o'tirikni ko'rib har kuni,
Nahot uzilmadi bor bo'lsa tomrim.

Nahot yurak bo'lsa chap tomonimda,
Urdi, uraverdi nahot shunda ham
Shunchalik qo'rqoqlik bormi qonimda,
Munojot qilishda qo'rqdim tunda ham.

Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey meni titratgan ilohiy qasam
Bas yetar orom ham asabga tegar
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar !

©️H.Xamidov

♻️@yasirabookshop
#nazm

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, soʻzung mul, menging meynon.
Meynon menging, soʻzing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur koʻzum, koʻnglum qilurlar magar bordur,
Koʻzunga koʻngul vola, yuzunga koʻzum hayron.
Hayron koʻzum yuzunga, vola koʻngul koʻzunga,
Bordur magar, qilurlar koʻnglum, koʻzum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni koʻrdum emassen magar inson.
Inson magar emassen, koʻrdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.


Zahiriddin Muhammad Bobur

🕊 @yasirabookshop
#nazm

Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim.
Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.

Betoqat kurashning vayronligida Yiqildim — vujudu ruhim chilparchin.
Mening mag‘lubligim zindonligiga Botinib boqmadi biror Oybarchin. Yolg‘izlikning buyuk sukunatida Qorong‘u osmonga boqarkan ko‘zim,
Miyamning shovqindan yiroq qatida Sharpaday "lip" etdi to‘zg‘igan o‘zim.
Bir tirik nuqtaga jamlab dardimni, Dil o‘zlik ortidan choparkan halak — Yuragimga qo‘ydi bitta gardimni Yolg‘izlik — mehribon tilsiz kapalak

©️ Usmon A’zim

♻️
@yasirabookshop
#nazm

Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha
Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha
Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha
Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha
Xudo ko'rsatmasin yiqilsam agar
Mening atrofimdan qochganlar qancha

Barchani muzlatgan qorsan deydilar
Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar
Lochin yo'lda qolar sarson deydilar
Qarang! Osmonimda uchganlar qancha

Sirimni o'g'irlab mehrim o'g'irlab
Xatoim to'g'irlab dilim sehrlab
Kelib qulog'imga asta pichirlab
Yechilmas tugunni yechganlar qancha

Dardlarim yotadi titrab tanamda
Bitirar ishini ko'ngilxonamda
Jigardan yaqinim deb ostonamda
Maqtab sharobimni ichganlar qancha


Ishondim ko'zdagi yoshlarin artib
Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib
Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib
Darrov kafanimni bichganlar qancha

G'iybat eshigini yopdim qiynalib
Yopguncha ming bora ketdim loylanib
Soch-u suluvlarga qolsam boylanib
Yana shu eshikni ochganlar qancha

Ko'plarim bilmaysiz dardim ichimda
Dard bor san'atimdan olgan kuchimda
G'am bilan to'qnashgan har bir kunimda
Bir bir hayolimdan o'tganlar qancha

O'shal g'animlarga zo'rlik qilmayman
Omonlik tilayman sog'lik tilayman
Bilmaysiz do'stlarim men ham bilmayman
Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha

Bilmaysiz do'stlarim men ham bilmayman ?!

Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha.....

Maqtab sharobimni ichganlar qancha......

Darrov kafanimni bichganlar qancha......

♻️@yasirabookshop
#nazm

Balo dashtida Majnundek, manim devonadur ko'nglim,
Junun bozorida mansur kabi afsonadur ko'nglim.
Muhabbat deb, boshim so'zon bo'lib parvonadur ko'nglim,
Tushib zindonu, g'am ichra, ki bandi xonadon ko'nglim.

Asiri g'am bo'lib bandi ichra rangi zafarondurman,
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman


Tamomi mulki olamni ajalning chokari ko'rdim,
Hayolimga nazar qildim, o'zimni ozari ko'rdim
Borib royiga man yurdim, ki nafsi kofari ko'rdim
Bu dayri ko'hnaga keldim ey, buzilgan langari ko'rdim.

Ki men yo'l o'tguvchi bundan ey, g'arib bir karvondurman
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman.


Jahonni bebaho derlar, qani Kayhusravu dono,
Qani Jamshid, Iskandar, qani Rustam, Qani Suqrot....
Qani jumla avliyolar, qani ul sohibi Mehrob ....
Qani Abu-Bakru Siddiqu, Umar, Usmon duri noyob.
Qani Temur derdilar : Ki men Sohibqirondurman.
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman.

Iloho, rahmi qil men xastaga, ko'p notovondurman,
Qizil gul g'unchasidek  tax-batahkim bag'ri qondurman....


♻️ @yasirabookshop
#nazm

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, soʻzung mul, menging meynon.
Meynon menging, soʻzing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur koʻzum, koʻnglum qilurlar magar bordur,
Koʻzunga koʻngul vola, yuzunga koʻzum hayron.
Hayron koʻzum yuzunga, vola koʻngul koʻzunga,
Bordur magar, qilurlar koʻnglum, koʻzum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni koʻrdum emassen magar inson.
Inson magar emassen, koʻrdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.


Zahiriddin Muhammad Bobur

🕊 @yasirabookshop
#nazm

O'xshamaysan kalondimog birovlarga,
Tavoze-la turishingni sevaman, bas.
Ro'molingga osilgan hov sinovlarga
Sabr so'rab yurishingni sevaman, bas.

O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Ro'mollilar noyob bolib ketgan payti,
Ro'mol orab yurishingni sevaman, bas.

O Muslima, seni qanday ona tuqqan?!
Bilmam, senga bunday iymon kimdan yuqqan?
Hijolatdan nazarimni yerga bukkan,
Yerga qarab yurishingni sevaman, bas.

Ishonsang gar, termulmadim yuzingga hech,
Ko'zim uzoq boqqan emas ko'zingga hech.
Meni oshiq demasinlar o'zingga hech,
Haqni yaxshi ko'rishingni sevaman, bas.

(Desangiz, anglasin Mardum dilimni,
Yot xalq ham tushunsin mening tilimni.
Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi,
“Yaratgan Robbingiz nomi-la o'qing…”

Ko'nglingizda bormi zarracha iymon,
Iymondoshim, sizning g'amingiz yeyman.
Yaratgan Robbingiz so'zi-la deyman:
“Yaratgan Robbingiz nomi-la o'qing…”)

♻️ @yasirabookshop
#nazm

⭕️ SHE'R VAQTI:

Yashnagil, ey mahzun ko'ngil, yetdi fursat izhor shirin,
Tashrif ayla shohsuvoring, senga layli nahor shirin.
Jilvaga xaridor do'stlar, so'zlari hokisor do'stlar
Jam bo'lsalar majlis aro, hush suhbatu-guftor shirin.

Ko'klam fasli bahor biryon, gulzor-u lolazor biryon,
Derlar: jannat guli rayhon taratgan hush ifor shirin.
Soqiyo, ko'ksimni qondir, qatra nur chashmasiga,
Hikmatingdur zam-zam suvi oqqan buloq-anhor shirin

Munavvarlik istar ersang, bor olamlar shohiga sen
Sajda birla qo'ygil qadam, ul yor vasli diydor shirin
#nazm

⭕️ SHE'R VAQTI :

Oshiqdurman senga janon, guvoh olam nigohboni
Manzilingni so'rsam aytdi, go'zalliklar gulistoni.
Sening darding shirin g'amdur, orom bermas bir lahza ham
Ayro qolsam, vayron bo'lg'ay, muhabbatim oshiyoni

Termulsa ko'z qamashgaydur, jamoling bir zarrasiga
Tur tog'i ham oti shamdur, lol qoldirar ul Musoni
Hush insonlar ichra tanho, hush zabon ham o'zindursan
Muttaqiylar aro bo'lsam, kaloming hush suhandoni

O'kinchim shu zor etmagil, yetay Shirin diydoriga
Menga jondan azizdursan husn mulkining sultoni