Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията
11.8K subscribers
20.4K photos
1.54K videos
5.29K links
Yashnobod tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм канал пресс-службы Яшнабадского хокимията
Download Telegram
🛑#TEZKOR
  
#ELON📣📣📣

YASHNOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDA FAVQULOTDA UZILISHLAR KUZATILMOQDA

Bugun 15-yanvar kuni respublikamizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo, gaz bosimining keskin pasayishi tufayli elektr taminotiga bolgan yuqori talab hamda yuklamaning ortishi natijasida joylardagi turli quvvatdagi elektr qurilmalari va kabel tarmoqlarining shikastlanishi natijasida Yashnobod tumanining ayrim hududlarida favqulotda avariya holatida nosozliklar yuzaga kelmoqda.

Natijada:

Yashnobod tumanining:
Ohangrabo, Karimova, Fargona yoli, Farg‘ona yo'li 9-berk, Farg‘ona yo'li 10-berk, Farg‘ona yo'li 11-berk, Mumtoz, Z.Shamsutdinova, Visol, Visol 6-tor, Visol 8-tor,  Tolariq 2-tor, Mo'ynoq, Chashma, Uysozlar,  hamda Oqdaryo ko'chalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatildi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yashnobod TETKning tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk