Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
3.07K subscribers
24.6K photos
3.09K videos
68 files
10.6K links
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали.

Мурожаат: @Tumanpressa
Instagram: https://bit.ly/3rXniLD
Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX
Youtube: https://bit.ly/3INm4IC
Туман ҳокимига мурожаат: https://t.me/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Bosh_prokuror_kubogi

Milliy kurashning final bosqichida Dinara Abdurahmonova 3-oʻrin sohibi boʻldi

Toshkent shahridagi Taekvondo assotsiatsiyasi Universal sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Bosh prokuror kubogi” uchun oʻtkazilayotgan sportning milliy kurash turi boʻyicha musobaqalarning final bosqichi yaqin soatlar oldin boʻlib oʻtdi.

Final bahslarining ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirok etdi.

Ushbu bellashuvlarda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Said-ota mahallasida yashovchi Dinara Abdurahmonova 87 kg. vazn toifasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Yangiyoʻl tumani mahallalaridan qizg'in ish jarayonlari

Samarqand mahallasida 350 dona olcha daraxti koʻchatlari ekildi.

Qirariq mahallasida hashar yoʻli bilan keltirilgan beton ustunlar oʻrnatildi.

Guliston mahallasining Muqimiy koʻchasiga hashar yoʻli bilan sheben toʻkildi.

Koʻkalamzor mahallasidan chiqindilar olib chiqildi.

Qovunchi mahallasida 250 metr uzunlikdagi ichimlik suvi quvurlari almashtirilmoqda.

Yuksalish mahallasi Istiroxat koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi FVB xodimlari bilan oʻrganildi.

Said-ota mahallasida gaz quvurlarida yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Yangiyo‘l tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida aholi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
         
Mazkur uchrashuvda fuqarolar bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam tayinlash, yolg‘iz yashayotgan va yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Interaktiv o‘yinlar, qiziqarli trening va o‘zaro savol-javoblarni o‘zida jamlagan kouchingda ishtirokchilar ijtimoiy himoya sohasida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'ldilar.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site