Янгича "Мингбулоқ"
252 subscribers
34.3K photos
14.5K videos
140 files
7.07K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
NamMQI vakillari Mingbuloq tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

Tuman hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan tadbirni institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev olib bordi. Ishtirokchilar uchun institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi.

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi.

Mashinasozlik fakulteti dekani Rahmatali Rustamov, kafedra mudiri Umidjon Bobomatov tuman maktablari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgani va bu hamkorlik davom ettirilishi haqida soʻz yuritdi.

Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari, tumandan etishib chiqqan ilg'or talabalar, “Qalqon” guruhi aʼzolari erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi.

Tuman hokimining o'rinbosari Jamshid Rahimov bu kabi tadbirlar bitiruvchilarga kuchli motivasiya berishini taʼkidladi va institut jamoasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

@yangicha_mingbuloq
NamMQI media markazi fotogalereyasi: Mingbuloq tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashuv.

@yangicha_mingbuloq