Hozir telefonlarga o'rnatiladigan litiy-ion batareyalarining bir minus tomoni bor. Bir plyus tomoni bor.
@YagonaFormula
@YagonaFormula
IAEA eLearning courses - International Atomic Energy Agency tomonidan onlayn kurslar. Ohirida sertifikat ham beradi. O'zbek tilida materiallar yo'q. Agar til bilsangiz sertifikati yaxshi vazn bosishi mumkin portfolioda.
@YagonaFormula
@YagonaFormula
Bugun Regional INPRO School on Strategic Planning for Sustainable Nuclear Energy yakunlandi.
Ikki hafta davomida yadroviy energetikani iqtisodiy tomonini ko'rib chiqdik. Yakunida sertifikatlar berildi.
Bundan tashqari Vengriyadagi AES inshootlari va yadroviy chiqindilarni saqlash va ko'mish obyektlariga tashriflar uyushtirildi. Yadroviy chiqindi va reaktorni tirigini ko'rib keldik(men uchun birinchi marta).
Bu yerda biz tashrif buyurgan manzillar va bu yerda tadbir agendasi.
Rasmlarda ma'ruzachilardan Yulia Chernyakhovskaya va Aleksand Bichkov, Ahmed Irej Jalal, Maksim Gladishev, Paks NPP rahbari Pal Kovacs.

A4
Nega A4 qog'oz o'lchamlari aynan 297×210 mm?
Buni tushunish uchun qog'oz o'lchamlaridagi A seriya haqida ozroq gaplashamiz. Gap shundaki, qog'oz ikkiga buklansa, yana tomonlari avvalgi holatidagi nisbatdagi qog'oz hosil bo'lishi kerak. Buning uchun esa qog'oz tomonlari nisbati √2 bo'lishi kerakligi aniq bo'ladi. A seriyasidagi o'lchamlar shunday tanlanganki, A0 qog'oz yuzasi aynan 1 m² bo'lsin!
A0 2 ga buklansa A1, A1 ikkiga buklansa A2 va hokazo hosil bo'ladi.
Bundan tashqari, boshqa o'lchamlar zarurligi sabab B seriya o'lchamlar ham bor.
Qoida avvalgiday, tomonlar nisbati √2. Masalan B4 qog'oz o'lchamlari 250×353 mm. Aynan B4 qog'ozdan A4 qog'oz ma'lumotlarni chop etish uchun kichik, lekin A3 qog'oz kattalik qiladigan hollarda ishlatiladi.
Yana C seriya ham bor. Lekin C seriya o'lchamlari mos konvertlarga tegishli. Ya'ni sizda C4 o'lchamli konvert bo'lsa, unga A4 o'lchamli qog'oz bemalol joylashadi.
Batafsil shu linkni bosib o'rganishingiz mumkin.

O'lchami 720nm dan kichik obyektlar qizil rangga ega bo'lishi/qizil rangda ko'rinishi mumkin emas. Agar obyekt o'zi nurlanish chiqarmasa.
Bunga sabab - qizil nurlanish bu obyektdan qaytmaydi. Bu obyektni nurlanish to'siq sifatida qabul qilmaydi. Huddi devor ortidagi tovush eshitilgani - devorni "sakrab o'tgani" kabi, chunki devor qalinligi/o'lchami tovush to'lqin uzunligidan kichik. Huddi suvdagi hosil qilingan to'lqin suvdan chiqib turgan cho'pni sezmay o'tib etganidek.
Obyektdan nurlanish qaytmasa, biz uni ko'rmaymiz. Shuning uchun elektron mikroskoplarda olingan mikroblar, viruslar tasvirlari rangli bo'lmaydi.

Nega osmon ko'k?
Bunga sabab - Reyli sochilishi. Reyli sochilishi - nurlanishning o'z to'lqin uzunligidan kichik o'lchamli zarralarda sochilishidir.
Gap shundaki, nurlanish to'lqin uzunligi qancha kichik bo'lsa, shuncha yaxshi sochiladi. Bizning holda bu ko'k nurlanishga to'g'ri keladi. Shu sabab ko'k nurlanish yaxshi sochiladi - barcha yo'nalishlarda sochiladi.

Sonolyuminessensiya - suyuqlik ichida havo pufagini tovush to'lqinlari bilan siqqanda undan yorug'lik taralishi. Aniq sababi hali ham aniq emas.
Ikkinchi rasm esa Instagramdagi shu videoga yozilgan kommentlardan. Instagram qiziq joy😅