Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🤝2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 Rim imperatori va stoik faylasufi Mark Avreliy (121–180) tomonidan yozilgan “Mulohazalar” – inson ruhiyati va hayot ma’nosi haqidagi eng teran asarlardan biri.
✍️ Muallif bu kitobni nashr uchun emas, balki o‘zini tarbiyalash va hayotiy tamoyillarini mustahkamlash maqsadida shaxsiy daftar sifatida bitgan. Shu sababli ham asarda sun’iy bezaklar, ritorik qochimlar yo‘q – faqat samimiy, hayotiy va tajriba bilan chiniqqan fikrlar mavjud. Kitobda vaqtning o‘tishi, taqdirga rozi bo‘lish, hayotning beqarorligi, insonning ichki erkinligi, adolat va insoflilik, boshqalarga yaxshilik qilish zaruriyati haqida mardona va sokin ohangda mulohazalar bayon etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1❤1❤🔥1🔥1
📘 Jeyn Ostinning "Andisha va g'urur romanida qishloq aslzodasining qizi Elizabet Bennet bilan o'zining kelib chiqishi, boyligi ila mag'rur katta yer egasining o'g'li Fitsuilyam Darsi o'rtasidagi sarguzashtlar hikoya qilinadi. 1813-yilda chop etilgan roman o'z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi.
✍️ Jeyn Ostin hamon ingliz adabiyotining "birinchi xonimi" hisoblanadi. Uning asarlari Buyuk Britaniyadagi barcha kollej va universitetlarda hozirgacha o‘qilishi shart bo‘lgan kitoblar ro‘yxatiga kiradi. Yozuvchi hayoti davomida "His va hissiyotga berilish", "Andisha va g‘urur", "Mansfild-park", "Emma" romanlarini chop ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Jeyn Ostinning "Nortenger abbatligi" va "Ishontirish" asarlari vafotidan so‘ng 1818-yilda nashr etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Ushbu kitob turkiy xalqlarning boy merosi, o‘zbek xalqining qadim o‘tmishi va tarixiy xotirasini jonlantiradi. Unda qadimgi turklarning yemak - ozuqalanish madaniyati hamda manbalarda aks etgan harbiy san’ati yoritiladi.
✍️ "Turon" va "Turkiston" nomlarining qachondan boshlab ishlatilgani, Beruniy tilga olgan "turk podsholari" kimlar ekani, o‘zbek nomining kelib chiqishi butunlay yangicha qarash bilan ilmiy asosda ochiqlanadi. Qadimiy tangalar tahlil qilinar ekan, o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar o‘tmishining naqadar buyuk ekani ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. "Turkiy o‘zlik" bizni o‘z kechmishimizni anglashga, ajdodlarimiz merosidan saboq olishga chaqirish bilan birga, milliy g‘ururimizni ham uyg‘otadi. Shu bois, asar ilmiy jamoatchilikdan tortib, milliy o‘zligini chuqurroq his etishni istagan har bir o‘qirman uchun bebaho manba vazifasini o‘taydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🤩2❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3🔥2❤1
"Zaminga sig‘magan orzular"
📘 Ushbu to‘plamda Bahodir Yo‘ldoshev, Rimma Ahmedova, Dilorom Karimova, Murod Muhammad Do‘st kabi millatimiz oydinlari bilan suhbatlar, san'at va adabiyot haqidagi maqolalar, esselarga keng o‘rin berilgan. Kitobni qisqagina qilib "uyg‘unlik jozibasi" deb ta'riflash mumkin.
✍️ Nega bizda lanjlik hukm suryapti? Shoir tarannum etgandek, chindan ham yerdagi jannatda yashayapmizmi? Bali, biz o‘zimizni ko‘p narsadan, hatto haqiqatni ko‘rishdan (aytish demayapman) ham ihotalab tashlagandirmiz. Dard miqyosi tor bo‘lgani uchun badiiy va ekran asarlarida yurakning zarbi sustmikan? O‘zimiz tanlagan ilmlilik, "oltin o‘rtalik" deb ataganimiz sixni ham, kabobni ham kuydirmaslik istagi o‘z-o‘zidan matnga ekranga ko‘chyapti. Afsuski, biz bugun "shaxs" deb ulug‘layotgan ziyolilarni jadidlarning qismati va jasoratidan ko‘ra ularga o‘rnatilgan haykal ko‘proq hayajonlantiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 Asli Germaniyada tug'ilgan Rut Praver Jabvala qalamiga mansub "Halokat to'zoni" romani birinchi marta 1975-yil nashr etilgan va o'sha yili nufuzli Buker mukofotiga sazovor bo'lgan.
✍️ Roman bobosining birinchi xotini Oliviya hagida ko'proq ma'lumot olish uchun Hindistonga sayohat qilgan ayol hikoyasi bilan boshlanadi.
Uning qo'lida Oliviyaning olisdagi dugonasiga yozgan maktublari bor edi. U ana shu maktublar va Hindistonda kechgan vaqti davomida Oliviya hamda uning hayoti haqidagi ko'plab haqiqatlarni ochadi.
Kitob 2014-yilda "The Telegraph" nashri tomonidan Osiyoning eng buyuk o'n romani qatoriga kiritilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
Nazar Eshonqul ixlosmandlari shu yerdamisiz 🗣
📚 Yangi kitobimiz tayyor!
Lekin sizsiz yakunlanmaydi…
Quyida 3 ta muqova dizaynini ulashdik. Qaysi biri sizning didingizga mos?
Biz uchun sizning fikringiz — eng qimmatlisi.
👉 Ovoz bering va aynan siz tanlagan muqova kitobimizning rasmiy yuzi bo‘ladi!
1⃣- ❤️
2⃣- 🔥
3⃣- 😍
📚 Yangi kitobimiz tayyor!
Lekin sizsiz yakunlanmaydi…
Quyida 3 ta muqova dizaynini ulashdik. Qaysi biri sizning didingizga mos?
Biz uchun sizning fikringiz — eng qimmatlisi.
👉 Ovoz bering va aynan siz tanlagan muqova kitobimizning rasmiy yuzi bo‘ladi!
1⃣- ❤️
2⃣- 🔥
3⃣- 😍
😍30🔥11❤8🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 1813-yilda chop etilgan roman o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
✍️ "The British Critic"("Britaniya tanqidchisi") jurnali "Andisha va g‘urur" haqida shunday yozgandi: "Roman shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi barcha asarlardan yuqori turadi". Umid qilamizki, mazkur roman o‘zbek kitobxonlarini ham befarq qoldirmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🕊3
"Or-nomus xuni"
📘 «Tergovchi» seriyasining navbatdagi asari е'tiboringizga havola qilinayotganidan mamnunmiz. Ushbu kitob seriyadagi 16-kitob bo'lib, mavzu markaziga olinayotgan or-nomusning toptalishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, bir kishining noto‘g‘ri xatti-harakatlari ortidan turli-tuman qabihliklarga qo‘l urilishi yoritilgan.
✍️ Kitobni o‘qish davomida, bir tarafdan, jamiyatning ayrim a’zolari bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolayotganligi, ularning axloq, tarbiya, xulq borasida qay darajada tubanlashib borayotganligi va buning natijasida yuzaga kelayotgan baxtsizliklar vujudingizda og‘riq hosil qilsa, ikkinchi tarafdan, sizu bizni hushyorlikka, yon-atrofda bo‘layotgan hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍3❤2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 “Beatrisa”ning o‘zbek tilida chop etilishi kitobxon uchun Balzak ijodining yangicha qatlamini kashf etish imkonini beradi. Asarda parodiya, istehzo va jamiyat tahlili birlashib, fransuz realizmining yorqin aksiga aylanadi.
✍️ Onore de Balzakning “Beatrisa” romani oddiy muhabbat hikoyasi emas, balki Dantening “Ilohiy komediya”siga parodiya tarzida yozilgan bo‘lib, muallif o‘z zamonasining jamiyatini o‘tkir istehzo bilan ochib beradi. Balzak Dante asarlaridagi ulug‘ Beatrisa timsolini butunlay teskarisiga buradi: endi Beatrisa ilohiy ilhom manbai bo‘lmay, aristokratik doiralar ichidagi kulgi va masxara nishoniga aylantiriladi. Balzak Beatrisa orqali jamiyatning ikkiyuzlamachiligini, samimiyatdan yiroq, manfaat va shon-shuhratga mukkasidan ketgan aristokratik muhit qiyofasini fosh etadi. Beatrisa — fojeali shaxs emas, aksincha, ijtimoiy o‘yinlarning bir parchasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡3🔥2
"Oliver Tvistning boshidan kechirganlari"
📘 Charlz Dikkensning "Oliver Tvistning boshidan kechirganlari" romani XIX asr Angliyasidagi ijtimoiy tengsizlik, bolalar mehnati va muhtojlar hayotini fosh etuvchi ilk ingliz ijtimoiy-realistik romanlaridan biridir. Asarda yetim Oliverning jamiyatda omon qolish kurashi, axloqiy tanlovlari, jinoyatchilar olamidan qutulish yo'lidagi sa'y-harakatlari tasvirlanadi.
✍️ Charlz Dikkens - 1812-yil 7-fevralda Portsmut shahrida dunyoga kelgan. U o‘n yosh bo‘lganida otasi qamaladi va ularning oilasi qashshoqlashib qoladi. Yosh Charlz bu vaqtda oilani boqish o‘zining zimmasiga tushganini tushunib yetadi. Bolalik va o‘smirlik yillari u uchun og‘ir kechadi, uning nozik qalbi hayotning barcha past-balandini tushunishga ojizlik qiladi. U tez xafa bo‘lardi, hayotning turli o‘nqir-cho‘nqir ko‘chalari, yaxshi-yomon odamlar yozuvchining xotirasidan umrbod joy oladi. Dikkens aynan bolaligidagi o‘sha xotiralarni o‘z asarlarida haqqoniy tasvirlaydi va katta yozuvchi bo‘lib yetishib, barcha qiyinchiliklar ortda qolganida ham o‘sha kunlarni yodidan chiqarolmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤🔥5⚡3❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qaynatilgan qurbaqa bo‘lmang"
📘 Bu kitob zamonaviy insonning eng katta fojiasi hayotidagi og‘riqli o‘zgarishlarga asta-sekin ko‘nikib, o‘zi bilmagan holda "qaynatilgan qurbaqa"ga aylanishini tahlil qiladi. Muna al-Jahoniy jonli misollar, hayotiy vaziyatlar va ichki mulohazalar orqali insonni o‘ziga qayta nazar tashlashga chorlaydi.
✍️ Muallif o‘quvchini ruhiy uyqudan uyg‘otishga, o‘z qadrini anglashga va nafaqat tashqi, balki ichki erkinlikni topishga undaydi. "Qaynatilgan qurbaqa bo‘lmang" bu faqat motivatsion kitob emas, balki zamonaviy insonning ruhiy inqirozi haqidagi falsafiy ogohlik hamdir.
Asar hayot bosimlari ostida tobora behis bo‘lib borayotgan insonlarga yo‘l ko‘rsatadi, ularni chuqur fikrlashga va ongli yashashga chorlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥6😍3😐3🦄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 Ivan Buninning «Qorong‘i xiyobonlar» to‘plami – muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan noyob hikoyalar majmuasidir. Bunin inson qalbidagi eng nozik tuyg‘ularni – erkin xotiralar, ajralish alami, kechikkan iqror va iztirobli muhabbatni inja nafosat bilan tasvirlaydi.
✍️ Har bir hikoya alohida bir hayot falsafasi, qaysidir ma’noda fojia va o‘tgan zamonlar uchun so‘nggi vido singari yangraydi. Undagi sevgi izhorlari – poeziyadek alam va shukronalik hissi bilan to‘ldirilgan. «Qorong‘i xiyobonlar» – ajralgan qalblar, kechikkan tan olishlar va yechilmagan muhabbatlar tarixi. Bu to‘plam orqali Bunin inson ruhiyatidagi eng noyob hislar: fidoyilik, hasrat, himoyasiz muhabbat va iztirobni benihoya noziklik bilan tarannum etadi. To‘plam o‘quvchini muhabbatning sokin va bir vaqtning o‘zida og‘riqli tabiatini his qilishga chorlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 Bu juda dahshatli tuyg‘u edi! Men o‘tmishga aylanyotganimni his qilaman. Kelajagim ham yo‘q – o‘tmish shu lahzada, hozirdanoq atrofimda to‘planib bormoqda. Odamlar menga behafsala qaraydi. Ular oldinga emas orqaga qarab yurayotganimni ko‘rib turishibdi.
✍️ Murakami qahramonlari kechagi xotiralar, murakkab tuyg‘ular, o‘tmishdagi og‘riqlar va tushunarsiz hodisalar domida yashaydi. Hikoyalar syujeti sokin, lekin ichki keskinlik bilan to‘la. Muallif g‘ayritabiiylik va real hayot o‘rtasidagi pillapoyalar uzra yurib, o‘quvchini ham bu noaniq, jozibali hududga boshlab kiradi. Uning minimalizm, ichki musiqiylik va metaforik qatlamlar uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lgan uslubi inson ruhi, vaqt, xotira va yolg‘izlik haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o‘rtaga qo‘ya olgani hamda sukunli bezovtalik hissiga to‘ldirishi bilan o‘qirmanni aslo befarq qoldirmasligiga ishonamiz.
+998770130060
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡13🔥8❤5👍3